cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

Tanzila Narbaeva

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Facebook: https://www.fb.com/narbaevatanzila/ Instagram: https://www.instagram.com/tanzilanarbaeva Twitter: twitter.com/TNarbaeva

Більше
Рекламні дописи
9 351
Підписники
-324 години
-497 днів
-25830 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Mamlakatimizda rasmiy tashrif bilan boʼlib turgan BMT bosh kotibi Аntoniu Guterrish janoblari bilan uchrashuv oʼtkazdik. Suhbatimiz avvalida, BMT bilan Oʼzbekistonning global hamkorligi va Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish boʼyicha chora-tadbirlarni amalga oshirishdagi faol ishtirokiga toʼxtalib oʼtildi. Bosh kotib janoblari Oʼzbekistonning Markaziy Osiyo davlatlarini birlashtirish yoʼlidagi tashabbusi va saʼy-harakatlarini alohida eʼtirof etdi. Shuningdek, mamlakatimizda olib borilayotgan siyosiy, iqtisodiy, tashqi siyosatdagi ochiqlik, xususan, ijtimoiy himoya hamda gender tengligi masalalaridagi islohotlarni yuqori baholadi. Suhbatimiz davomida, ekologiya, iqlim oʼzgarishi, munosib mehnat tamoyillari, raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellekt imkoniyatlaridan foydalanish masalalari yuzasidan fikr almashdik. BMT tomonidan ilgari surilayotgan taraqqiyot dasturlarini joriy etishda parlamentlarning faolligini oshirish borasidagi muhim vazifalar ham koʼrib chiqildi. #senat #BMT #hamkorlik @tanzilanarbaeva
Показати все...
IMG_1746.MP414.88 MB
20👍 7👏 6
Фото недоступнеДивитись в Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Аziz yoshlar! Butun Oʼzbekiston boʼylab keng nishonlanayotgan Yoshlar kuni bilan barchangizni samimiy tabriklayman! Mana shunday shodiyona kunda yurtimiz kelajagi, umid va ishonchimiz ramzi boʼlgan yoshlarimiz timsolida Vatanimiz naqadar ulkan imkoniyatlarga ega ekanini yanada chuqur his etamiz. Hech shubhasiz, sizlar bugun Yangi Oʼzbekistonning bunyodkori va yorqin istiqbolisiz. Shuni aslo unutmangki, sizning azmu-shijoatingiz, tashabbusingiz, intilishingiz va Vatanimizga boʼlgan muhabbatingiz millatimiz birligi uchun juda ham muhimdir. Sizlarni bugungi navqiron bayram – Yoshlar kuni bilan yana bir bor tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, baxt-saodat va yangi zafarlar yor boʼlishini tilayman. Bayramingiz muborak boʼlsin qadrli farzandlarim! #senat #yoshlarkuni @tanzilanarbaeva
Показати все...
👍 27 11🔥 2🥰 2👏 2
Фото недоступнеДивитись в Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Bugun davrimizning eng muhim kasb egalari – ommaviy axborot vositalari xodimlarining bayrami yurtimizda keng nishonlanmoqda. Davlatimiz, jamoatchiligimiz tomonidan, soha xodimlari tomonidan xalqimizni tezkor va ishonchli axborot bilan taʼminlash borasida olib borilayotgan samarali ishlar alohida eʼtirof etilmoqda. Chunki yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning oshkoraligi, adolatliligini taʼminlashda jurnalistlarning o‘rni beqiyosdir. Har qanday sharoitda ham adolat tamoyiliga rioya qiladigan, barcha dolzarb jarayonlarni xolis yoritadigan, ijodiy prinsiplariga qatʼiy amal qiladigan soha vakillarigina jamiyatimizning jamoatchilik fikri va dunyoqarashini shakllantirishda yetakchi kuch hisoblanadi. Aziz do‘stlar! Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin! Sizlarga mustahkam sog‘lik, ijodingizga muvaffaqiyatlar, oilangizga baxt-saodat tilayman! #senat #OAV @tanzilanarbaeva
Показати все...
19👍 9🔥 3👏 1
🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Davlat tashrifi bilan mamlakatimizda boʼlib turgan Moʼgʼuliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux bilan uchrashuv oʼtkazdik. Prezident janoblari bilan suhbatimiz davomida ikki davlat yetakchilarining siyosiy irodasi tufayli bugun Oʼzbekiston-Moʼgʼuliston oʼrtasidagi munosabatlarda yangi sahifa ochilib, oʼzaro aloqalar yuqori bosqichga koʼtarilganligi alohida taʼkidlandi. Davlatlarimiz oʼrtasida, savdo-iqtisodiy, togʼ-kon sanoati, qishloq xoʼjaligi, axborot texnologiyalari, ijtimoiy-gumanitar kabi keng qamrovli sohalarda tuzilgan shartnomalarning ijrosini taʼminlashda parlament nazorati muhimligini qayd etdik. Kelgusida Oʼzbekiston-Moʼgʼuliston parlamentlararo doʼstlik guruhlarining faoliyatini yanada jadallashtirish va shu yoʼnalishda tegishli hamkorlik hujjatlarini qabul qilish yuzasidan fikr almashdik. #senat #hamkorlik @tanzilanarbaeva
Показати все...
👍 28 13🥰 2
Фото недоступнеДивитись в Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Оliy Majlis Senatining ellik uchinchi yalpi majlisi o‘z ishini davom ettirmoqda Yalpi majlisda ko‘rib chiqiladigan masalalarni Senatning YouTube tarmog‘idagi sahifasi orqali onlayn kuzatib borishingiz mumkin. #yalpimajlis53 @tanzilanarbaeva
Показати все...
👍 19 5🥰 2
🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Giyohvandlik illati — koʼplab oilalarning fojiasiga aylangan. Аyniqsa, hozirgi kunda giyohvandlik va psixotrop vositalarga yoshlarning ruju qoʼyishi, ular oʼrtasida zamonaviy axborot vositalari orqali targʼib qilish holatlari uchrab turibdi. Bugun Senatda mazkur muammolarga barham beruvchi hayotiy muhim qonunni maʼqulladik.
Qonunga koʼra, giyohvandlik moddalarini internet orqali tarqatish yoki ularga reklama berish uchun qatʼiy jinoiy javobgarlik belgilanadi. Mazkur qonunning ijrosini taʼminlashda biz ota-onalar, mutasaddi vazirlik, idoralardan tortib quyi boʼgʼindagi mahallagacha, birgalikda harakat qilsak, yoshlarimiz uchun xavfsiz va sogʼlom muhit yaratishga erishamiz.
#yalpimajlis53 @tanzilanarbaeva
Показати все...
👍 14🥰 4👏 1
🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Navbatdagi yalpi majlisda nogironligi boʼlgan shaxslarga boshqa fuqarolar bilan teng ravishda inson huquqlari va erkinliklarini amalga oshirish imkoniyatini beruvchi “Nogironligi boʼlgan shaxslarning huquqlari toʼgʼrisida”gi Oʼzbekiston Respublikasi Qonuniga qoʼshimcha va oʼzgartirishlar kiritish haqida”gi Qonunni senatorlar bilan muhokama qildik.
Qonunga koʼra, nogironligi boʼlgan shaxslarning sudlovdan foydalanish, saylash va saylanish, referendumda ishtirok etish, shuningdek taʼlim olishga boʼlgan huquqlarini taʼminlash uchun qoʼshimcha shart-sharoitlar yaratish, ijtimoiy infratuzilma obʼektlarini ular uchun moslashtirish kabi normalar belgilanmoqda. Inson qadri va insonparvarlikning asosiy mezoni boʼlmish ushbu qonun koʼplab fuqarolarimizning farovon hayot kechirishlari uchun muhim asos boʼlib xizmat qilishiga ishonaman.
#yalpimajlis53 @tanzilanarbaeva
Показати все...
👍 18 4👏 2
🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Bugungi yalpi majlisda bir necha yillardan buyon aholini qiynab kelayotgan muammolarning qonuniy hal etilishiga imkon beruvchi “Oʼzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʼlgan huquqlarni eʼtirof etish toʼgʼrisida”gi Qonuninni muhokama qildik.
Qonun bilan yer uchastkasi va unda qurilgan imoratga boʼlgan huquqni, shuningdek yakka tartibdagi uy-joy qurilgan oʼzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasiga ijara huquqini eʼtirof etish boʼyicha huquqiy munosabatlar tartibga solinmoqda. Shuningdek, ortiqcha egallangan yer uchastkasiga, bogʼdorchilik va uzumchilik shirkatlari hududida joylashgan turar joylar egallagan yer uchastkasiga, kichik sanoat zonalari hududidagi yer uchastkasiga boʼlgan ijara huquqini eʼtirof etish normalari belgilanmoqda. Mazkur Qonunda, oʼzboshimchalik bilan egallab olingan yerlar va binolarga boʼlgan huquqlarni eʼtirof etishda nogironligi boʼlganlarga, kam taʼminlanganlarga yengilliklar yaratish nazarda tutilganligi bilan ham ahamiyatlidir.
#yalpimajlis53 @tanzilanarbaeva
Показати все...
👍 21 6
Фото недоступнеДивитись в Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Oliy Majlis Senatining ellik uchinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi Yalpi majlisda masalalar muhokamasi jarayonini Senatning YouTube tarmog‘idagi sahifasi orqali onlayn kuzatib borishingiz mumkin. #yalpimajlis53 @tanzilanarbaeva
Показати все...
👍 27 2🥰 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Аziz yurtdoshlar! Sizlarni barchamiz uchun muqaddas boʼlgan Qurbon Hayiti ayyomi bilan samimiy tabriklayman! Ushbu ulugʼ kunda, sizlarga sihat-salomatlik, baxt va omad hamisha yor boʼlishini tilayman, oilangizdan tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka arimasin. Аllohdan soʼragan barcha ezgu niyatlaringiz ijobat boʼlsin. #QurbonHayiti @tanzilanarbaeva
Показати все...
👍 45 16👏 5🥰 2🔥 1🤝 1
Оберіть інший тариф

На вашому тарифі доступна аналітика тільки для 5 каналів. Щоб отримати більше — оберіть інший тариф.