𝑼𝒔𝒆𝒇𝒖𝒍_𝒓𝒆𝒔𝒐𝒖𝒓𝒄𝒆𝒔
Open in Telegram
Kanalimiz havolasi👇 t.me/useful_resource Chat uchun👇 t.me/useful_resource_chat Murojaat uchun👇 t.me/useful_resource_chat
Show more1 183
Subscribers
No data24 hours
-57 days
-1930 days
Posts Archive
1 183
Барчани кириб келаётган Янги 2024 йил билан самимий табриклаймиз!
Барчангизга сиҳат-саломатлик, аъло кайфият, ишларингизда улкан зафарлар, хонадонингизда файзу барака тилаймиз.
Кириб келаётган йил барчамизга бахт-саодат ва фаровонлик олиб келсин.
Чукур ехтиром билан Useful resource жамоаси!
1 183
#yangi_xizmat
❗️ my.gov.uz portalida siz kutgan xizmat!
💻 Endi “Harbiy xizmatdan ozod etish to‘g‘risida ma’lumotnoma berish” xizmatidan onlayn foydalanish mumkin.
💁🏻♂️ Buning uchun:
💬 my.gov.uz portalida roʻyxatdan oʻtish;
💬 “Ma'lumotnomalar” boʻlimidan tegishli xizmatni tanlash;
💬 kerakli maʼlumotlarni toʻldirib, ariza yoʻllash kifoya.
🆓 Ushbu ma’lumotnoma mutlaqo bepul taqdim etiladi.
⏱ Arizalar 3 ish kunida ko‘rib chiqiladi.
❗️Eslatma: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qaroriga muvofiq chaqiruvga oid tadbirlar davom etayotgan hamda chaqiriluvchi harbiy xizmatga chaqirilgan, biroq shartnomaga muvofiq pul badallarini belgilangan muddatda to'lamagan bo'lsa, ma'lumotnoma berilmaydi.
📣 my.gov.uz bilan hujjat ishlarini bitirish oson, tez va qulay!
🌐 my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵Facebook 🎬YouTube 📷instagram
1 183
Repost from Edu.uz
#talabaga_qulaylik
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Transport vazirligi bilan hamkorlikda joriy yilning 23-dekabr kuni soat 10.00 dan eʼtiboran Toshkent shahri, Talabalar shaharchasida joylashgan Oʻzbekiston Milliy universiteti (moʻljal: Beruniy metrosi) bosh binosi qarshisidagi maydonda (kirish darvozasi, arka oldida) Toshkent shahrida tahsil oluvchi va qishki taʼtil munosabati bilan doimiy yashash joylariga joʻnab ketuvchi talabalar uchun qoʻshimcha avtobus yoʻnalishlari tashkil etildi.
Avtobuslar qatnovi talab (buyurtma) mavjud boʻlgan quyidagi yoʻnalishlarda tashkil etilmoqda:
Toshkent — Olot (Buxoro);
Toshkent — Qarshi;
Toshkent — Termiz.
Chiptalar Oʻzbekiston Milliy universiteti bosh binosida tashkil etilgan sayyor kassada sotiladi.
Izoh: Toshkent-Olot (Buxoro) yoʻnalishi boʻyicha avtobuslar Jizzax, Samarqand, Navoiyga boradigan talabalar uchun yoʻnalishda belgilangan narxlarda xizmat koʻrsatishi mumkin.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Namangan, Fargʻona, Andijon viloyatlariga joʻnab ketuvchi talabalar uchun alohida qoʻshimcha temir yo'l vagonlari tashkil etilgan. Ushbu yoʻnalishlarda imtiyozli temiryoʻl chiptalari Oʻzbekiston Milliy universiteti bosh binosida tashkil etilgan sayyor kassa (moʻljal: Beruniy metrosi) orqali berilishini maʼlum qilamiz.
Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
1 183
Телеграмдаги @legistuz каналида сиз билишингиз керак бўлган ҳуқуқларингиз ўзига хос шаклда, лонгрид мақолалар ва видеолар воситасида тушунтириб борилади. Масалан:
📄 Судга қандай мурожаат қилинади? Муҳим 5 саволга жавоб
📄 Фарқи бор: ҳақорат ва туҳмат. Буларни нима фарқлаб туради?
📄 Фарқи бор: озодликни чеклаш, қамоқ, озодликдан маҳрум қилиш, уй қамоғи, шартли ҳукм
📄 Фуқаролик-ҳуқуқий шартнома ва меҳнат шартномасининг ўзаро фарқланиши
🎞 Мурда қачон қабрдан чиқарилади? Эксгумация ҳақида
🎞 Хусусий олийгоҳда ўқийдиган талабaлар ҳам 12% лик контракт имтиёзидан фойдалана оладими?
🎞 Ўқувчи мактабга келмаса, синф раҳбари жавобгарликка тортилиши мумкин
Уланиб олинг: 👉 @legistuz.
1 183
Repost from TDYU Registrator ofisi
Hurmatli talabalar, 2023/2024-o‘quv yili kuzgi semetrida dars mashg‘ulotlari o‘tkazilgan fanlar bo‘yicha oraliq nazorat ballari elektron ta’lim platformasi orqali 2023-yilning 5-dekabr kuni soat 18.00 da e’lon qilinadi.
Oraliq nazorat bo‘yicha qo‘yilgan balldan norozi bo‘lgan talabalar baho e’lon qilingandan boshlab 72 soat davomida (dam olish kunlarini hisobiga 2023-yilning 11-dekabr kuni soat 18.00 ga qadar) elektron ta’lim platformasi orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.
Уважаемые студенты, промежуточные контрольные баллы по предметам, преподаваемым в осеннем семестре 2023/2024 учебного года, будут объявлены на электронной образовательной платформе 5 декабря 2023 года в 18:00.
Студенты, недовольные оценкой промежуточного контроля, могут подать апелляцию через платформу электронного обучения в течение 72 часов с момента объявления баллов (с учетом праздничных дней до 18:00 ч. 11 декабря 2023 г.)
https://t.me/Law_SSC2
1 183
1-kurs kunduzgi.pdf3.29 KB
1 183
Repost from TDYU • KARYERA
#Soʻrovnoma
♾ TDYU bakalavriat 2–4-kurs hamda sirtqi ta’lim yo’nalishining 2-3-kurs talabalari diqqatiga!
🔴 “Bo'lajak advokatlar klubi”;
🔴 “Bo'lajak notariuslar klubi”;
🔴“Bo'lajak sud xodimlari klubi“ ga a'zolik boshlandi.
Klubga a’zo bo’lish istagidagi talabalar quyidagi hujjatlarni so’rovnomaga biriktirishlari lozim:
➖ rektor nomiga ariza | namuna;
➖ ma’lumotnoma (obyektivka) | namuna;
⏳ Muddat: 30.11.2023 | 12:00
‼️ Eslatma: 1 ta talaba faqat 1 ta klubga a'zo bo'lishi mumkin, bir vaqtning o'zida 2 yoki undan ortiq klublarga a'zo bo'lish mumkin emas.
‼️ Oxirgi muddatdan keyin topshirilgan murojaatlar qabul qilinmaydi.
✍️✍️✍️✍️✍️✍️
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook
1 183
Assalomu alaykum hurmatli talabalar Yakuniy kasuz savollarni endi kafedralardan emas tizimdan olasiz tizimda ko
ringan kasuzlar aniq yakuniyda tushadi ( kafedradan olganingizda xato bolishi mumkin )
Kazus savollar dekanlar tomonidan tasdiqlangandan song tizimda avtomatik ravishda korinadi.
Eslatma: 04.12.2023 holatida 2023/2024 oquv yili kungi semestr uchun oraliq baholar olishning ( superlardan tashqari) oxirgi kuni undan song oqituvchi quygan topshiriqlarga javoblar yukalash va yoki oqituvchi baholashi toliq yopiladi. Shu munosabat bilan oraliq baholarni aynan tizimda korinishini kuzatib boring tizimda korinmasa oqituvchi qogozda qo`yiilgan baholari inobatga olinmaydi.1 183
Repost from Xushnudbek.uz
❗️ 1-dekabrdan ish haqi, pensiyalar va ijtimoiy nafaqalar 7% ga oshiriladi
O‘zAning xabar berishicha, Prezident farmoniga (196-son, 17.11.2023-yil) ko‘ra, joriy yil 1-dekabrdan ish haqi, pensiyalar va ijtimoiy nafaqalar 7% ga oshirilmoqda, yaʼni:
— pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori — 372 ming so‘m;
— yoshga doir eng kam pensiya miqdori — 725 ming so‘m;
— mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori — 1 mln 50 ming so‘m etib belgilanmoqda.
Farmon natijasida 4,5 mln kishining pensiyasi va nafaqalari miqdori ko‘payadi va barcha byudjet tashkilotlari xodimlarining oylik maoshlari dekabrdan boshlab 7% ga oshgan holda hisoblanadi.
Shuni alohida taʼkidlash kerakki, bazaviy hisoblash miqdori 1-dekabrdan 3% miqdorda (7% emas) o‘zgarib, 340 ming so‘m etib belgilanmoqda. Umuman olganda yil davomida ish haqi, pensiya va ijtimoiy nafaqalar jami 14,5% ga oshgan bo‘lsa, bazaviy hisoblash miqdori esa bundan kamroq, yaʼni 13% ni tashkil etdi.
👉 @xushnudbek 👈
1 183
Repost from Huquqiy axborot
#Диққат_танлов
🇺🇿 Умуммиллий Конституция имтиҳони ўтказилади
Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг 31 йиллиги муносабати билан Адлия вазирлиги томонидан Умуммиллий Конституция имтиҳони ўтказилади.
✅ Имтиҳонда барча иштирок этиши мумкин.
📝 Танловда иштирок этиш учун 8-dekabr.adliya.uz сайтида рўйхатдан ўтилади (15 ноябрдан 25 ноябрь 23:59 гача).
🔰 Танлов қуйидаги 2 босқичда 3 та тоифа учун алоҳида ташкил этилади:
1️⃣-босқич – тест синовлари:
▫️ умумтаълим мактаб, академик лицей ва техникум ўқувчилари учун – 27 ноябрь соат 9:00 дан 14:00 гача;
▫️ ҳуқуқшунослар ва олий таълим муассасаларида ҳуқуқшунослик мутахассислиги бўйича ўқиётган талабалар учун – 28 ноябрь соат 9:00 дан 14:00 гача;
▫️ бошқа барча фуқаролар учун – 29 ноябрь соат 9:00 дан 14:00 гача;
2️⃣-босқич – суҳбат.
➡️ Тест синовида 8-dekabr.adliya.uz сайти орқали онлайн тарзда иштирок этилади.
☑️ Тест синови янги Конституция асосида тузилган 20 та тест саволи ва 1 та ижодий саволдан иборат. Тест саволларига энг қисқа муддатда тўғри жавоб берган иштирокчилар орасидан 30 нафари танлаб олиниб, уларнинг ижодий саволга жавоблари кўриб чиқилади.
❕Баҳолаш натижасига кўра, энг юқори балл тўплаган 10 нафар иштирокчи кейинги босқичга ўтади.
⏩ Иккинчи босқич (суҳбат) 8 декабрь – Конституция байрами арафасида ташкил этилади.
🖥 Суҳбат жараёнлари онлайн трансляция қилинади.
🎁 Ғолиблар диплом ва қимматбаҳо совғалар билан тақдирланади.
⚠️ Танловда фақат битта аккаунтдан иштирок этишга рухсат этилади.
❗️Иштирокчи кейинги босқичга ўтиш вақтида турли аккаунтлардан қатнашган ҳолатлар аниқланган тақдирда, натижасидан қатъи назар, имтиҳондан четлаштирилади.
Каналга уланиш👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot
1 183
Hudud24'даги навбатдаги мақоламда фуқаролик-ҳуқуқий шартнома ва меҳнат шартномасининг ўзаро фарқланиши ҳақида ёзилади. Долзарб мавзу. Албатта, ўқиш тавсия қилинади.
“Ишга кирганингизда қўлингизга шартнома тутқизишади ва сиз уни ўқиб-ўқимай имзолайсиз. Асосийси, ишга кириб олдим-ку, энди яхши ишласам бўлди деб ўйлайсиз. Тўхтанг! Шартномани яхшилаб ўқинг.
Иш берувчи нега фуқаролик ҳуқуқий шартномани (ФҲШ) афзал кўради? Меҳнат кодексидаги кафолатлардан ФҲШ асосида ишга ёлланганлар фойдалана олмайдими? Янги Меҳнат кодекси бўйича ФҲШ тузиш тақиқландими? Меҳнат шартномаси ва фуқаролик-ҳуқуқий шартнома қайси жиҳатларга кўра ўзаро фарқланади?... ”.
📃 Ўқиш: https://hudud24.uz/?p=20878
Каналга уланиш:
👉 @legistuz
