en
Feedback
Toshvil_davxizmat | Rasmiy kanal

Toshvil_davxizmat | Rasmiy kanal

Open in Telegram

Халққа хизмат қилиш - энг олий бурчимиз! Мурожаат учун: @dxa_toshvil_bot

Show more
218
Subscribers
No data24 hours
+17 days
No data30 days
Posts Archive
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️ Akademiyaga o‘qishga qabul qilish va kadrlar tayyorlash jarayoniga yangi mexanizmlar joriy etiladi
🔰 Qarorga ko‘ra, 2026/2027-o‘quv yilidan Akademiyaga o‘qishga qabul qilish tartibi va kadrlar tayyorlash jarayoniga quyidagi mexanizmlar joriy etiladi: ➖ vazirlik, respublika va xalqaro miqyosdagi xakaton hamda startap loyihalari g‘olibi bo‘lgan Ichki ishlar vazirligi akademik litseylari o‘quvchilari Akademiya bakalavriati ta’lim yo‘nalishining kunduzgi ta’lim shakliga dastlabki va maxsus kasbiy tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgandan so‘ng belgilangan qabul kvotalari doirasida o‘qishga yakka tartibdagi yakuniy suhbatsiz qabul qilinadi; ➖ axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi oliy ta’lim tashkilotlarining 2-bosqichini tamomlagan talabalar Akademiya bakalavriati ta’lim yo‘nalishining kunduzgi ta’lim shaklidagi Yurisprudensiya (“Raqamli texnologiyalar sohasida jinoyatlarga qarshi kurashish”) yo‘nalishiga “2+2” dasturi (davlat granti) asosida maqsadli tanlov orqali o‘qishga qabul qilinishi mumkin; ➖ ta’lim jarayoni kredit-modul tizimi asosida tashkil etiladi va kursantlar 1-kursdan boshlab Ichki ishlar vazirligi sohaviy xizmatlari hamda hududiy bo‘linmalariga biriktiriladi. Bunda bitiruvchi kurs kursantlariga o‘qishni yakunlaguniga qadar “katta serjant” maxsus unvoni beriladi; ➖ ta’lim dasturini o‘zlashtirmaganligi uchun kursantlar safidan chetlashtirilgan shaxslar ichki ishlar organlari tegishincha safdorlar yoki serjantlar tarkibidagi lavozimlarda xizmatni o‘tashga yo‘naltiriladi hamda ularga 1 yildan 3 yilgacha muddatda qayta tiklanish imkoniyati yaratiladi; ➖ har yili professor-o‘qituvchilar, ilmiy-pedagogik va o‘quv-uslubiy tarkibdagi xodim (xizmatchi)larning kamida 50 nafari “Yangi O‘zbekiston” universitetida malaka oshirishi (stajirovka o‘tashi), shuningdek, 30 nafarini xorijiy ta’lim tashkilotlariga maqsadli malaka oshirishga yuborish tizimi joriy etiladi. Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot_lotin

#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️ Ichki ishlar organlari uchun kadrlar tayyorlashning yaxlit va uzluksiz tizimi yaratiladi
“Ichki ishlar organlari uchun professional kadrlarni tayyorlash tizimini transformatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–303-son, 26.08.2026-y.) qabul qilindi. 🔰 Qarorga ko‘ra, Ichki ishlar vazirligining Farg‘ona, Jizzax, Toshkent va Surxondaryo mintaqaviy o‘quv markazlari yuridik shaxs maqomini saqlab qolgan holda Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti (Institut)ning Farg‘ona, Jizzax, Toshkent va Surxondaryo filiali (filiallar) sifatida qayta tashkil etiladi. Bunda: 🤑 2027-yil 1-yanvardan tashkil etilayotgan filiallar boshliqlari, xodimlari va o‘qituvchilari uchun tegishlicha Institut boshlig‘i o‘rinbosari, xodimlari va o‘qituvchilari lavozimlariga belgilangan pul ta’minoti tartibi va miqdorlari qo‘llanadi; 💚 Institutning Nukus filiali kasbiy tayyorgarlik fakulteti Malaka oshirish instituti Nukus filiali Serjantlar tayyorlash markazi sifatida qayta tashkil etiladi; 💚 vazirlik va idoralarning harbiylashtirilgan va qorovullik qo‘riqlash bo‘linmalari mutaxassislarini Institut va uning filiallarida o‘qitish to‘lov-kontrakt asosida (1 nafar tinglovchi uchun 1 akademik soatga BHMning 12 foizi miqdorida) amalga oshiriladi. 🏛 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab Ichki ishlar vazirligi akademiyasi (Akademiya) ta’lim jarayoni bosqichma-bosqich dunyoning top–1000 talik reytingga kirgan universitetlari hamda “Yangi O‘zbekiston” universiteti tajribasi asosida quyidagi tartibda tubdan takomillashtiriladi: 🔸 Akademiyada “ta’lim – tadqiqot – amaliyot” integratsiyasini ta’minlash hamda kadrlar tayyorlash tizimini ilg‘or xalqaro akademik modellar asosida tashkil etish maqsadida maktablar (school) tizimi joriy etiladi; 🔸 Akademiya fakultetlari va kafedralari maqbullashtirilib, ular negizida maktablar va sho‘balar tashkil etiladi. Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot_lotin

#Adliya_xabari ⚖️ Intellektual mulk sohasiga munosib hissa qo‘shganlar rag‘batlantiriladi ✅Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-
#Adliya_xabari ⚖️ Intellektual mulk sohasiga munosib hissa qo‘shganlar rag‘batlantiriladi ✅Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-sentabrdagi 471-son qarori bilan “Intellektual mulk sohasini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun” ko‘krak nishoni ta’sis etildi. 📣 Ko‘krak nishoni mamlakatimizda intellektual mulk sohasini rivojlantirish, intellektual mulk obyektlarining huquqiy himoyasini ta’minlash hamda jamiyatda intellektual faoliyat natijalariga hurmat hissini shakllantirishga munosib hissa qo‘shgan davlat va nodavlat tashkilotlari xodimlari, xalqaro tashkilotlar vakillari hamda tadbirkorlik subyektlariga beriladi. 📌Nomzodlarni baholashda quyidagilar inobatga olinadi: ✔️ intellektual mulk sohasini rivojlantirishga oid davlat dasturlari va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishdagi ishtiroki; ✔️ intellektual mulk obyektlari yaratilishini qo‘llab-quvvatlash borasidagi faoliyati; ✔️ intellektual mulk obyektlarining huquqiy himoyasini ta’minlashdagi faol ishtiroki; ✔️ jamiyatda intellektual faoliyat natijalariga hurmat hissini shakllantirishga qo‘shgan hissasi; ✔️ intellektual mulk sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va amalga oshirilayotgan islohotlar haqida xalqaro hamjamiyatni xabardor qilishdagi ishtiroki. 😅 Ko‘krak nishoni bilan taqdirlash bo‘yicha takliflar har yili 1-yanvardan 1-martga qadar Adliya vazirligiga taqdim etiladi. Nomzodlar bo‘yicha yakuniy xulosa 1-aprelga qadar qabul qilinadi, taqdirlash to‘g‘risidagi buyruq esa 20-aprelga qadar rasmiylashtiriladi.
🖥 Ko‘krak nishoni har yili 26-aprel – Xalqaro intellektual mulk kuni arafasida tantanali ravishda topshiriladi.
🔘 Taqdirlangan shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari miqdorida bir yo‘la pul mukofoti beriladi. Shuningdek, taqdirlanganlar ro‘yxati Adliya vazirligining rasmiy veb-sayti, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari va boshqa ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi. ✅ Bir shaxs mazkur ko‘krak nishoni bilan faqat bir marta taqdirlanadi. Intellektual mulkni rivojlantirishga qo‘shilgan munosib hissa e’tiborsiz qolmaydi. 🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter

📌 NOTARIAT SOHASIDAGI DOLZARB MASALALAR MUHOKAMA QILINDI Toshkent viloyati adliya boshqarmasida notariuslar ishtirokida nota
+2
📌 NOTARIAT SOHASIDAGI DOLZARB MASALALAR MUHOKAMA QILINDI Toshkent viloyati adliya boshqarmasida notariuslar ishtirokida notariat sohasidagi dolzarb masalalarga bag‘ishlangan seminar-yig‘ilish o‘tkazildi. 🔐 Seminar davomida kiberjinoyatlarga qarshi kurashish, ijro xatini ijroga qaratish, ijro xatini rasmiylashtirish, yerga bo‘lgan ijara huquqini qayta ijaraga berish hamda notariat sohasiga oid qonunchilik talablariga rioya etish masalalari muhokama qilindi. 💬 Shuningdek, notariuslar tomonidan amaliyotda uchrayotgan muammolar yuzasidan taklif va mulohazalar bildirildi. Bildirilgan takliflar asosida mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi. 🤝 Seminar sohadagi amaliy masalalarni muhokama qilish, mavjud muammolarga yechim topish hamda notarial xizmatlar sifatini yanada oshirishga qaratildi. Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling 👇 Telegram | Facebook | Veb sayt | Youtube Telegram

#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️ Profilaktika inspektorlarining huquqiy mavqei va xizmat mas’uliyati oshiriladi
🧾 Qarorga ko‘ra, mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish va aholi bilan yaqindan ishlash bo‘yicha huquqbuzarliklar profilaktikasini manzilli tashkil etishda quyidagi tartib o‘rnatiladi: 🔸 profilaktika inspektori kasbiy faoliyatining ustuvor maqsadi unga nisbatan aholi ishonchining yuqori darajasiga erishish hamda xizmat joyida jinoyatchilikni jilovlash etib belgilanadi; 🔸 profilaktika inspektorlariga ularning kasbiy faoliyatiga doir vazifalardan tashqari qo‘shimcha vazifalar belgilanishi, shuningdek, bevosita yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshliq bo‘lmagan boshqa rahbarlar tomonidan topshiriq va ko‘rsatmalar berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi; 🔸 aholi tomonidan ovoz berish tartibida profilaktika inspektorining kasbiy faoliyatiga nisbatan “ishonchsizlik tashabbusi”ni bildirish tizimi joriy etiladi hamda natijada unga nisbatan ichki ishlar organlari xizmatidan bo‘shatishgacha bo‘lgan jazo chorasi qo‘llanilishiga asoslar yaratiladi; 🔸 sudlar tomonidan profilaktika inspektorlarining elektron shaklda yuritilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlari bo‘yicha zaruratsiz qo‘shimcha ravishda qog‘oz shaklidagi hujjatlarni talab etishga oid amaliyot bekor qilinadi. 📖 Profilaktika inspektorining xizmat joyidagi kasbiy faoliyati natijadorligini baholash quyidagi ustuvor mezonlarga muvofiq amalga oshiriladi: 🔹 aholining profilaktika inspektoriga ishonchi darajasi; 🔹 xavf guruhiga kiruvchi shaxslar tomonidan (aholining huquqbuzarliklar sodir etishga moyil toifasi) yoki ularga nisbatan (huquqbuzarlikdan jabrlanish xavfi bo‘lgan toifasi) jinoyat sodir etilishi darajasi; 🔹 shaxslar tomonidan ma’muriy huquqbuzarliklarni qayta sodir etish darajasi. Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot_lotin

#Adliya_xabari 🌱 “Qog‘ozsiz bir kun” ekoaksiyasi o‘tkazilmoqda 🔹Adliya organlari va muassasalarida “Qog‘ozsiz bir kun” ekoaksiyasi o‘tkazilmoqda. 🔹Mazkur tashabbus doirasida har oyning ikkinchi dushanba kuni hujjatlar almashinuvi va ish yuritish jarayonlarini to‘liq elektron shaklda tashkil etish, qog‘oz sarfini kamaytirish hamda ekologik madaniyatni oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. 🔹Ekoaksiya davomida xodimlar tomonidan elektron hujjat almashinuvi tizimlaridan samarali foydalanish, raqamli texnologiyalarni keng joriy etish hamda resurslardan oqilona foydalanish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda. 📌 “Qog‘ozsiz bir kun” tashabbusi ekologiyani asrash, zamonaviy ish yuritish tizimini rivojlantirish hamda raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirishga xizmat qiladi. Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling 🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazining Sud-eksper
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazining Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti joriy yilning 15-sentabridan 15-oktabriga qadar tayanch doktoranturaga qabul e’lon qiladi Batafsil:👇 https://sudex.uz/?p=7066

#Adliya_xabari “Mualliflik huquqi – ijod himoyasi” 👥 “Yoshlar va rahbar uchrashuvi” doirasida Toshkent viloyati Adliya boshq
+4
#Adliya_xabari “Mualliflik huquqi – ijod himoyasi” 👥 “Yoshlar va rahbar uchrashuvi” doirasida Toshkent viloyati Adliya boshqarmasi Intellektual mulk huquqlari himoyasi sho‘basi xodimlari va soha vakillari tomonidan yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi. 🎯 Tadbirning asosiy maqsadi — yoshlar o‘rtasida mualliflik huquqiga hurmat madaniyatini yuksaltirish va o‘z ijodiy mehnati natijalarini qonuniy himoya qilish ko‘nikmalarini shakllantirish. 📚 Uchrashuv davomida soha mutaxassislari tomonidan: 🔹 mualliflik huquqi obyektlari va ular egasiga tegishli huquqlar; 🔹 eng ko‘p uchraydigan huquqbuzarliklar — plagiat, kontrafakt mahsulot va noqonuniy nusxa ko‘chirish hamda ularning oqibatlari; 🔹 asarlarni ixtiyoriy ro‘yxatdan o‘tkazish (deponentlash) tartibi; 🔹 internet tarmog‘ida musiqa, video va matnli kontentdan qonuniy foydalanish qoidalari yuzasidan tushuntirishlar berildi. Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling 👇 Telegram | Facebook | Veb sayt | Youtube Telegram

#Adliyatv #Eslatma ❗️ Qurilishga oid talablar: nimalarni bilish kerak? 🔴 Jonli efirni ushbu havola orqali kuzatish mumkin: h
#Adliyatv #Eslatma
❗️ Qurilishga oid talablar: nimalarni bilish kerak?
🔴 Jonli efirni ushbu havola orqali kuzatish mumkin: https://www.youtube.com/watch?v=X8FTyzPovwk ✅ Jonli efir “Huquqiy axborot” telegram kanalida ham translyatsiya qilinadi. Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot_lotin

Eslatma: mazkur audio "LexVoice" sun'iy intellekt xizmatidan foydalanib tayyorlangan. #Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️ Universitetning ta’lim tizimi takomillashtiriladi
🔰 Qarorga ko‘ra, Universitet bakalavriat ta’lim yo‘nalishida: 🤓 Qurolli Kuchlar va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar uchun mutaxassislarni tayyorlash kunduzgi ta’lim shaklida davlat granti asosida; ➖ masofaviy ta’lim shaklida Milliy gvardiya va ichki ishlar organlarining oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan harbiy xizmatchilari va xodimlari uchun davlat granti asosida, oliy ma’lumotga ega bo‘lgan hamda Qurolli Kuchlar va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlari harbiy xizmatchilari va xodimlari uchun to‘lov-kontrakt asosida; ➖ kadrlarni umumfuqaroviy asosda tayyorlash kunduzgi, kechki va masofaviy ta’lim shakllarida to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. 📖 Universitetning dual ta’lim tizimida har bir kursant va tinglovchiga o‘qishni boshlashidan uni tamomlanguncha bir nafardan tajribali amaliyotchi-mutaxassisni mentor-tyutor sifatida biriktirish tartibi joriy etiladi. 📜 Har yili oliy harbiy va harbiylashtirilgan ta’lim tashkilotlari kursantlari o‘rtasida “Huquqshunoslik” fan olimpiadasi tashkil etiladi hamda g‘olib bo‘lganlarga xalqaro olimpiadalarda ishtirok etish imkoniyati beriladi. ⏳ Universitet ta’lim jarayonining sifat ko‘rsatkichlari va kelgusidagi strategiyasi bitiruvchilarning 5 yil davomidagi kasbiy o‘sishi hamda xizmat samaradorligi monitoringi natijasi orqali belgilanadi. 📄 Universitet tomonidan budjet, budjetdan tashqari mablag‘lar hamda grantlar hisobidan har yili professor-o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar, doktorantlar va magistrlarning kamida 30 nafarini hamkor xorijiy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalariga malaka oshirish, stajirovka va tajriba almashish uchun yuborish amaliyoti joriy etiladi. Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot_lotin

#Adliya_xabari Har bir qiyinchilik ortida — yangi imkoniyat bor! 🇺🇿 O‘zbekistonda to‘lovga qobiliyatsizlik sohasida zamonaviy, shaffof va samarali tizim shakllanmoqda. 🏛 O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi sohada yagona davlat siyosatini amalga oshirish, to‘lovga qobiliyatsizlikning oldini olish va moliyaviy qiyinchiliklarni samarali hal etishga xizmat qiladi. 🎯 Maqsadimiz — tadbirkorlik subyektlarini darhol tugatish emas, balki ularni moliyaviy sog‘lomlashtirish va faoliyatini tiklash uchun imkoniyat yaratish. 🔹 Sudgacha sanatsiya orqali: 🏢 korxonalarni saqlab qolamiz; 👥 ish o‘rinlarini himoya qilamiz; 📈 biznes rivojiga yangi imkoniyatlar yaratamiz. 💻 Jarayonlarni raqamlashtirib, 📑 byurokratik to‘siqlarni qisqartirib, ⚡️ xizmatlarni yanada qulay, tezkor va shaffof qilamiz. 🌍 Professional kadrlar va ilg‘or xalqaro tajriba orqali tizimni yangi bosqichga olib chiqamiz. 🤝 Chunki samarali to‘lovga qobiliyatsizlik tizimi — bu nafaqat qarzdorlik masalasini hal qilish, balki tadbirkorga yangi imkoniyat berish, korxonalarni tiklash, fuqarolar manfaatlarini himoya qilish va iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashdir. 🏛 To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi — yangi imkoniyatlar sari! 🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter

Qonun mazmun-mohiyati — huquqiy bilim va mas’uliyat mezoni 📚 Bekobod tuman hokimligi hamda tuman Adliya bo‘limi hamkorligida
+5
Qonun mazmun-mohiyati — huquqiy bilim va mas’uliyat mezoni 📚 Bekobod tuman hokimligi hamda tuman Adliya bo‘limi hamkorligida O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 14-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi O‘RQ-1166-sonli Konstitutsiyaviy Qonuni mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan huquqiy o‘quv tashkil etildi. Unda hokimlik mas’ullariga mazkur Konstitutsiyaviy Qonunning asosiy mazmuni, maqsad va vazifalari, Prezident Administratsiyasining faoliyati hamda davlat boshqaruvidagi o‘rni haqida batafsil tushuntirishlar berildi. Shuningdek, qonunchilikdagi yangiliklardan kelib chiqadigan vazifalar, ularning amaliy ahamiyati hamda davlat xizmatchilarining huquqiy bilim va huquqiy madaniyatini yanada oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. ✅ Seminar davomida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan tegishli tushuntirish va javoblar berildi. 📖 Huquqiy bilim — samarali boshqaruv, qonuniylik va mas’uliyatli xizmatning muhim mezonidir. Rasmiy sahifalarimizTelegramFacebook🌐Instagram📹YouTube 🌐Vebsite

#Tayinlov To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligiga direktor tayinlandi Prezidentning tegishli qarori bilan Muxammadiyev N
#Tayinlov To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligiga direktor tayinlandi Prezidentning tegishli qarori bilan Muxammadiyev Nu’mon Usmonovich adliya vaziri o‘rinbosari — Adliya vazirligi huzuridagi To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi direktori lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan adliya vaziri o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi. 🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter

#Bilasizmi #Tadbirkorlik_huquqi 🔹 Kichik tadbirkorlik subyektlarini har qanday tekshirishga 3 yilga moratoriy e’lon qilindi
+2
#Bilasizmi #Tadbirkorlik_huquqi 🔹 Kichik tadbirkorlik subyektlarini har qanday tekshirishga 3 yilga moratoriy e’lon qilindi 🔹 Tadbirkorlar uchun “Ikkinchi imkon” iqtisodiy amnistiyasi e’lon qilinadi 🔹 Ayrim imtiyozlarning amal qilish muddatlari uzaytiriladi Batafsil infografikalarda👆 Manba: PF–175-son, 27.08.2026 y. Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot_lotin

#Bilasizmi #Ijtimoiy_himoya 🤑 Qonunchilikka ko‘ra, korreksion sinf tashkil etgan holda umumiy o‘rta ta’lim xizmatini ko‘rsat
#Bilasizmi #Ijtimoiy_himoya 🤑 Qonunchilikka ko‘ra, korreksion sinf tashkil etgan holda umumiy o‘rta ta’lim xizmatini ko‘rsatuvchi nodavlat ta’lim tashkilotlariga ushbu sinfda ta’lim oladigan har bir o‘quvchi uchun quyidagi miqdorlarda subsidiya ajratiladi: 🔹 Toshkent shahrida BHMning 11 baravari; 🔹 viloyatlar markazi va Nukus shahrida BHMning 9,5 baravari; 🔹 boshqa tuman (shahar)larda BHMning 8,5 baravari. Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot_lotin

#Adliya_xabari Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling 👇 Telegram | Facebook | Veb sayt | You
#Adliya_xabari Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling 👇 Telegram | Facebook | Veb sayt | Youtube Telegram

Аслида бу мен эмасман! 🤖 Сунъий идрок технологиялари орқали яратилган турлича алдовли контентларга алданиб қолманг! ОГОҲ БЎЛИНГ! 📱Telegram | 📱Youtube |📱Instagram | 📱 Facebook

#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️ Xalqaro tan olingan vizalarga ega xorijliklarning O‘zbekistonga kirishi soddalashtiriladi
“Xalqaro tan olingan vizalarga ega bo‘lgan xorijiy fuqarolar uchun O‘zbekiston Respublikasiga kirish tartibini soddalashtirish to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–180-son, 29.08.2026-y.) qabul qilindi. 🔰 Farmonga ko‘ra, 2026-yil 1-sentyabrdan Avstraliya, AQSH, Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi, Kanada, Koreya Respublikasi, Shengen kelishuvi ishtirokchilari bo‘lgan davlatlar, Yangi Zelandiya va Yaponiyaning amaldagi ko‘p martalik biznes va turizm toifasidagi kirish vizasiga ega bo‘lgan hamda o‘z yoki uchinchi mamlakatga uchish aviachiptasini taqdim qilgan Hindiston Respublikasi fuqarolari uchun: ➖ ushbu xorijiy vizalardan birining amal qilish muddati mobaynida O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirgan kundan e’tiboran 30 kungacha bo‘lgan muddatga vizasiz rejim amaliyoti joriy etiladi. Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot_lotin

Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling 👇 Telegram | Facebook | Veb sayt | Youtube Telegram
Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling 👇 Telegram | Facebook | Veb sayt | Youtube Telegram

#Adliya_xabari Yangi o‘quv yili — ezgu tilaklar va katta maqsadlar bilan boshlandi Bugun, 2-sentabr kuni Adliya vaziri Akbar
+9
#Adliya_xabari Yangi o‘quv yili — ezgu tilaklar va katta maqsadlar bilan boshlandi Bugun, 2-sentabr kuni Adliya vaziri Akbar Tashkulov Toshkent shahridagi 294-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib, yangi o‘quv yilini boshlayotgan o‘quvchilar bilan uchrashdi. Tadbir avvalida vazir maktab o‘quvchilariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning yangi o‘quv yili munosabati bilan yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi. Unda yosh avlodga bildirilgan ezgu tilaklar, ta’lim olish, bilim va kasb-hunar egallash yo‘lida ulkan imkoniyatlar yaratilayotgani alohida ta’kidlandi.
Shundan so‘ng Akbar Tashkulov maktabning yuqori sinf o‘quvchilari bilan ochiq muloqot o‘tkazib, ularga ta’limning inson hayotidagi o‘rni, zamonaviy kasblarni egallash, huquqiy bilim va dunyoqarashni kengaytirishning ahamiyati haqida so‘zlab berdi. O‘quvchilarning savollariga javob berib, kelajakdagi maqsadlari va orzulari bilan qiziqdi.
Vazir maktabning 1-sinf o‘quvchilari uchun ham dars mashg‘ulotida ishtirok etdi. Kichik yoshdagi o‘quvchilar bilan samimiy suhbatlashib, ularni maktab hayotidagi ilk qadamlari bilan tabrikladi va bilim olishga, kitob o‘qishga hamda ustozlarini hurmat qilishga chorladi. Yangi o‘quv yilining ilk kunida bunday uchrashuvlar o‘quvchilarga nafaqat katta motivatsiya, balki kelajak sari dadil qadam tashlash, o‘z oldiga ulkan maqsadlar qo‘yish va ularga erishishga intilish uchun qo‘shimcha ruh bag‘ishlaydi. Yangi o‘quv yili muborak bo‘lsin! Barcha o‘quvchilarga mustahkam bilim, yuqori marralar va yorqin kelajak tilaymiz! 📚✨ 🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter