ANDIJON SHAHAR 6-SON TEXNIKUMI
Open in Telegram
584
Subscribers
-124 hours
-37 days
-730 days
Posts Archive
Repost from Андижон вилояти ҳокимлиги матбуот хизмати
Бугун жойларда бир вақтнинг ўзида “Янги Ўзбекистон бунёдкорлари – 2026” Республика касбий маҳорат миллий танловига старт берилди.
Тадбир Андижонда ҳам юқори савия ва тантанали руҳда ташкил этилди. Мазкур нуфузли танлов ёшларнинг касбий билим ва амалий кўникмаларини ошириш, иқтидорли ҳамда салоҳиятли кадрларни аниқлаш, замонавий касб эгаларини қўллаб-қувватлаш мақсадида ўтказилди.
Танлов доирасида иштирокчилар турли касбий йўналишлар бўйича ўз маҳоратини намоён этди. Шунингдек, ёшлар ўртасида соғлом рақобат муҳити яратилиб, ўзаро тажриба алмашиш имконияти таъминланди.
Тадбирда вилоятнинг энг фаол ва истеъдодли ёшлари бир майдонда жам бўлиб, ўз билим ва қобилиятларини синовдан ўтказдилар.
“Янги Ўзбекистон бунёдкорлари – 2026” танлови ёшларнинг профессионал салоҳиятини юзага чиқариш, уларни рағбатлантириш ҳамда келажак бунёдкорларини қўллаб-қувватлашда муҳим аҳамият касб этади.
Andijan.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
Repost from Andijon viloyati | Kasbiy ta’lim boshqarmasi
Repost from Andijon shahar hokimligi matbuot xizmati
+9
#live
Barcha yo’nalishlar bo’yicha bellashuvlarga start berildi.
Andijon shahar hokimligi matbuot xizmati
web I Telegram I Instagram I Facebook
Repost from Andijon shahar hokimligi matbuot xizmati
+9
#live
▶️ “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari – 2026” Respublika kasbiy mahorat milliy tanlovining ochilish marosimi boshlandi!
Yurtimizda malakali kadrlarni kashf etish va yoshlarning professional mahoratini yuksaltirish maqsadida intiqib kutilgan ulkan bellashuv — “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari – 2026” respublika kasbiy mahorat milliy tanlovining tantanali ochilish marosimi ayni damda Toshkent shahar Ilg‘or kasbiy mahorat texnikumida bo‘lib o‘tmoqda!
Ushbu nufuzli milliy tanlov mamlakatimiz taraqqiyotiga beqiyos hissa qo‘shadigan eng mohir, kreativ va o‘z kasbining haqiqiy ustalari bo‘lgan yosh bunyodkorlarni bir maydonda birlashtirmoqda.
✔️ Yurtimizning barcha hududlari kasbiy ta’lim boshqarmalarida parallel ravishda tanlovning hududiy bosqichiga start bermoqda;
✔️ Zamonaviy va ilg‘or kasbiy mahorat yo‘nalishlari namoyish etilmoqda.
Andijon shahar hokimligi matbuot xizmati
web I Telegram I Instagram I Facebook
Repost from Andijon viloyati | Kasbiy ta’lim boshqarmasi
+2
#live
Elektromontaj yo’nalishi bo’yicha bellashuvlarga start berildi
Repost from Andijon viloyati | Kasbiy ta’lim boshqarmasi
+3
#live
Tikuvchilik yo’nalishi bo’yicha bellashuvlarga start berildi
Repost from Andijon viloyati | Kasbiy ta’lim boshqarmasi
+3
#live
Andijon viloyatida “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari – 2026” Respublika kasbiy mahorat milliy tanlovining hududiy bosqichi boshlandi!
Ayni damda Andijon shahridagi 6-son texnikumida “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari – 2026” Respublika kasbiy mahorat milliy tanlovining hududiy bosqichi tantanali ruhda bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur nufuzli tanlov yoshlarning kasbiy mahoratini oshirish, iqtidorli va salohiyatli kadrlarni aniqlash hamda zamonaviy kasb egalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etildi.
✔️ Tanlov doirasida turli kasbiy yo‘nalishlar bo‘yicha yoshlar o‘z bilim va amaliy ko‘nikmalarini namoyish etmoqda;
✔️ Ishtirokchilar o‘rtasida sog‘lom raqobat va tajriba almashinuvi muhiti yaratilgan;
✔️ Hududdagi eng faol va iste’dodli yoshlar bir maydonda jam bo‘lmoqda.
“Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari – 2026” tanlovi yoshlarning professional salohiyatini yuzaga chiqarish va kelajak bunyodkorlarini qo‘llab-quvvatlashda muhim maydon bo‘lib xizmat qilmoq
Repost from Andijon viloyati | Kasbiy ta’lim boshqarmasi
#Live
Bobur shahridagi “Kasblar festivali” dan Videolavha
Repost from Andijon viloyati | Kasbiy ta’lim boshqarmasi
#LIVE
Bobur shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Kasblar festivali” karnay-surnay sadolari, milliy kuy-qo‘shiqlar va yuqori kayfiyat ostida start berildi.
Repost from Andijon viloyati | Kasbiy ta’lim boshqarmasi
#LIVE
Bobur shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Kasblar festivali” karnay-surnay sadolari, milliy kuy-qo‘shiqlar va yuqori kayfiyat ostida start berildi.
Repost from Andijon viloyati | Kasbiy ta’lim boshqarmasi
#LIVE
Qisqa fursatdan so’ng Bobur shahridagi “Kasblar festivali” ning ochilish marosimi bo’lib o’tadi
Repost from Andijon viloyati | Kasbiy ta’lim boshqarmasi
RASMIY MUNOSABAT
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-190-sonli Farmoni hamda PQ-316-sonli qaroriga asosan Andijon shahri Kasbiy ko‘nikmalar markazi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Kasbiy ta’lim agentligi tizimiga o‘tkazilib, Andijon shahar 6-son texnikumi sifatida qayta tashkil etildi.
Qayta tashkil etish jarayonida texnikumning yangi shtatlar jadvali tasdiqlanib, ayrim shtat birliklari qisqartirilganligi sababli 17 nafar xodim bilan mehnat shartnomalari Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi talablariga muvofiq bekor qilindi.
Mazkur xodimlarga qonunchilikda belgilangan tartibda 2 oylik ish haqi miqdorida kompensatsiya, ishdan bo‘shatish nafaqasi hamda barcha yakuniy hisob-kitob mablagʻlari toʻliq toʻlab berildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan ayrim xabarlar asossiz ekanligini, texnikumda barcha mehnat munosabatlari amaldagi qonunchilik asosida olib borilganligini maʼlum qilamiz.
Andijon shahar 6-son texnikumi maʼmuriyati
+4
“Bir askar — bir kasb” tamoyili asosida o‘quv mashg‘ulotlariga start berildi
Andijon viloyatidagi 14014-harbiy qismida muddatli harbiy xizmatchilar uchun tashkil etilgan o‘quv mashg‘ulotlarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur o‘quv jarayonlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 7-apreldagi qarori asosida ilgari surilgan “Bir askar — bir kasb” tamoyili doirasida tashkil etilib, harbiy xizmatchilarning xizmat davomida kasb-hunar egallashi, amaliy ko‘nikmalarini oshirishi hamda kelgusida jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
Tadbir nafaqat 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy jarayon, balki harbiy xizmatchilar uchun yangi bilim va imkoniyatlar sari muhim qadam bo‘lgan ochilish marosimi sifatida ham alohida ahamiyat kasb etdi.
Mazkur o‘quv mashg‘ulotlarida Andijon shahar 6-son texnikumining fidoyi ishlab chiqarish ta’lim ustalari ham faol ishtirok etib, harbiy xizmatchilarga turli kasb yo‘nalishlari bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalar berish jarayoniga o‘z hissalarini qo‘shmoqda.
Bunday tashabbuslar yoshlarning nafaqat harbiy tayyorgarligini mustahkamlash, balki ularni zamonaviy kasb-hunarga yo‘naltirish, mehnat bozorida raqobatbardosh kadr sifatida shakllanishiga xizmat qilishi bilan muhim ahamiyatga ega.
Telegram | Instagram | Facebook
9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan faxriy holidan xabar olindi
9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Andijon shahar 6-son texnikumi xodimlari tomonidan texnikum joylashgan mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi Afg‘on urushi qatnashchisi holidan xabar olindi.
Faxriy bilan samimiy suhbat qurilib, uning hayot yo‘li, Vatan oldidagi fidokorona xizmatlari hamda bugungi tinch va osoyishta hayotimiz yo‘lidagi jasorati alohida e’tirof etildi.
Shuningdek, texnikum jamoasi tomonidan faxriyga ehtirom ko‘rsatilib, bayram tabriklari va ezgu tilaklar bildirildi. Bunday uchrashuvlar mashaqqatli hayot yo‘lini qadrlash hamda yosh avlod qalbida vatanparvarlik, insoniylik va sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Andijon shahar 6-son texnikumida amalga oshirilayotgan bunday ezgu tashabbuslar xalqimizga xos mehr-oqibat, inson qadri va faxriylarni ulug‘lash kabi yuksak qadriyatlarning amaldagi ifodasidir.
Faxriylarni qadrlash — millatga bo‘lgan hurmat ifodasidir.
Telegram | Instagram | Facebook
🇺🇿 Milliylik – yurakda, qadriyat – amalda!
#MilliyFest
Andijon shahar 6-son texnikumida o‘tkazilgan #MilliyFest tadbiri milliy qadriyatlarimizni ulug‘lash, urf-odatlarimizni keng targ‘ib etish hamda jamoada milliy ruhni mustahkamlashga qaratilgan mazmunli va ko‘tarinki ruhdagi bayramga aylandi.
Tadbirda texnikum xodimlari milliy liboslarda ishtirok etib, o‘zbek xalqining boy madaniy merosi, nafosati va betakror an’analarini yorqin namoyon etdilar. Atlas va adras liboslar, milliy bezaklar tadbirga o‘zgacha fayz va ko‘rk bag‘ishladi.
Mazkur tadbir nafaqat milliylikni targ‘ib qilish, balki jamoa o‘rtasida ahillik, hamjihatlik va o‘zaro hurmat muhitini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi.
Telegram | Instagram | Facebook
🎓 Ochiq eshiklar kuni – Siz uchun!
Barchangizni taklif qilamiz!
Andijon shahar 6-son texnikumida 2026-yil 23-aprel kuni “Ochiq eshiklar kuni” bo‘lib o‘tadi.
Mazkur tadbirga barcha maktab bitiruvchilarini taklif etamiz!
✅ Texnikumda mavjud zamonaviy kasb yo‘nalishlari bilan tanishish
✅ O‘quv-amaliy jarayonlarni bevosita ko‘rish
✅ Ustozlar va mutaxassislardan batafsil ma’lumot olish
✅ O‘zingizga mos kasbni tanlash imkoniyatiga ega bo‘lish bularning barchasi aynan shu kunda sizni kutmoqda!
🚀 Kelajagingiz sari ilk qadamni biz bilan qo‘ying!
Sizni Andijon shahar 6-son texnikumida kutamiz!
⏰ 23-aprel, 2026-yil
📌 Manzil: Andijon shahar 6-son texnikumi
Telegram | Instagram | Facebook
Milliy qadriyatlar – faxrimiz va iftixorimiz!
#MilliyFest
Andijon shahar 6-son texnikumida milliy an’analarimizni ulug‘lash, qadriyatlarimizni keng targ‘ib etish maqsadida o‘tkazilgan #MilliyFest tadbiri yuqori saviyada, ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.
Mazkur tadbirda texnikum xodimlari milliy liboslarda ishtirok etib, o‘zbek xalqining boy madaniy merosi, urf-odatlari va betakror an’analarini amalda namoyon etdilar. Rang-barang atlas va adras liboslar, milliylikni ifodalovchi bezaklar tadbirga o‘zgacha joziba bag‘ishladi.
Tadbir davomida xodimlar tomonidan milliy taomlarimiz tayyorlanib, ularning tayyorlanish jarayoni, o‘ziga xos jihatlari hamda qadimiy retseptlari haqida ma’lumotlar berildi. Bu esa nafaqat milliy oshxonamiz boyligini targ‘ib qildi, balki jamoa o‘rtasida samimiylik va ahillik muhitini yanada mustahkamladi.
Mazkur #MilliyFest tadbiri orqali texnikum jamoasi milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, yosh avlodga yetkazish hamda ularda milliy o‘zlik va faxr tuyg‘usini shakllantirish yo‘lida yana bir muhim qadam tashladi.
+6
“Berlin Zentrum” o‘quv markazi hamkorligida “Berufs Expo” ko‘rgazmasi o‘tkazildi
“Berlin Zentrum” o‘quv markazi hamkorligida “Berufs Expo” ko‘rgazmasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur ko‘rgazmada Germaniyaning yetakchi kompaniyalari vakillari ishtirok etib, texnikum o‘quvchi-yoshlariga zamonaviy va talab yuqori bo‘lgan kasblar bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berishdi. Shuningdek, yoshlarni kasbga yo‘naltirish, ularning malakasini xalqaro darajada rivojlantirish hamda Germaniyada ishlash imkoniyatlari yuzasidan tushuntirishlar olib borildi.
Ushbu marosim doirasida Germaniyaning yetakchi kompaniyalari hamda Andijon shahar 6-son texnikumi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Shuningdek, ushbu hamkorlik doirasida o‘quvchilar uchun Germaniyada malaka oshirish, amaliyot o‘tash hamda kelgusida ish bilan ta’minlanish imkoniyatlarini yaratish, pedagog xodimlar uchun esa tajriba almashish va malaka oshirish dasturlarini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.
Mazkur tashabbus kasbiy ta’lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish, yoshlarning zamonaviy kasblarga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish hamda ularning kelajakdagi muvaffaqiyatli faoliyati uchun mustahkam zamin yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Repost from Andijon viloyati | Kasbiy ta’lim boshqarmasi
+4
Andijon viloyati Kasbiy ta’lim boshqarmasi hamda “Berlin Zentrum” o‘quv markazi hamkorligida “Berufs Expo” ko‘rgazmasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur ko‘rgazmada Germaniyaning yetakchi kompaniyalari vakillari ishtirok etib, texnikum o‘quvchi-yoshlariga zamonaviy va talab yuqori bo‘lgan kasblar bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berishdi. Shuningdek, yoshlarni kasbga yo‘naltirish, ularning malakasini xalqaro darajada rivojlantirish hamda Germaniyada ishlash imkoniyatlari yuzasidan tushuntirishlar olib borildi.
Tadbir davomida o‘quvchilarga xorijiy tajriba asosida ta’lim olish, amaliyot o‘tash hamda kelgusida Germaniya kompaniyalarida faoliyat yuritish bo‘yicha taklif va tavsiyalar taqdim etildi.
Ushbu loyiha yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni zamonaviy kasblarga yo‘naltirish va xalqaro mehnat bozoriga tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
