en
Feedback
Andijon viloyati | Kasbiy ta’lim boshqarmasi

Andijon viloyati | Kasbiy ta’lim boshqarmasi

Open in Telegram

Andijon viloyat kasbiy ta’lim boshqarmasi rasmiy sahifasi

Show more
The country is not specifiedThe category is not specified
4 031
Subscribers
-1124 hours
-767 days
-29730 days

Data loading in progress...

Similar Channels
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Tags Cloud
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Incoming and Outgoing Mentions
---
---
---
---
---
---
Attracting Subscribers
September '26
September '26
+12
in 17 channels
August '26
+25
in 17 channels
Get PRO
July '26
+20
in 24 channels
Get PRO
June '26
+235
in 30 channels
Get PRO
May '26
+11
in 27 channels
Get PRO
April '26
+16
in 31 channels
Get PRO
March '26
+6 907
in 30 channels
Get PRO
February '260
in 36 channels
Get PRO
January '26
+1
in 7 channels
Date
Subscriber Growth
Mentions
Channels
11 September0
10 September0
09 September0
08 September+4
07 September+3
06 September0
05 September0
04 September0
03 September+2
02 September+3
01 September0
Channel Posts
RAXBAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PF-207-son Farmoni ijrosini ta’mi
+4
RAXBAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PF-207-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida giyohvandlikning oldini olish, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda zararli odatlarga qarshi immunitetni shakllantirishga qaratilgan tadbir tashlik etildi. Ochiq muloqotda Shahrixon tuman IIB, boshlig'i E.Qodirov hamda Shahrixon tuman IIB hodimi D.Odilov , F.Nishonov va texnikum o‘quvchi-yoshlar ishtirok etdilar. Tadbir davomida bugungi kunda giyohvandlikning oldini olish, ayniqsa, yoshlarni zararli illatlardan asrash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va sog‘lom hayot tarziga yo‘naltirish muhim vazifalardan biri ekanini takidlandi. Bizni kuzatishda davom eting!

2
Andijon pedagogika texnikumi “Biz giyohvandlikga qarshimiz!” shiori ostida o‘tkaziladigan sport musobaqalari doirasida! Pedag+9
Andijon pedagogika texnikumi “Biz giyohvandlikga qarshimiz!” shiori ostida o‘tkaziladigan sport musobaqalari doirasida! Pedagogika texnikumida o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida "Biz sog‘lom turmush tarafdorimiz!" shiori ostida sportning voleybol turi bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi. Musobaqalardan ko‘zlangan asosiy maqsad — yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, ularning bo‘sh vaqtlarini giyohvandlikka emas, foydali mashg‘ulotlarga sarflash, sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda jamoaviylik va do‘stona munosabatlarni mustahkamlashdan iborat. ✅Bizni kuzating! 📱 Telegram | | 📱Instagram
861
3
“Biz giyohvandlikka qarshimiz!” — rasmlar tanlovi Andijon shahar 8-son texnikumida “Payshanba — Yoshlar kuni” hamda Sentyabr+5
“Biz giyohvandlikka qarshimiz!” — rasmlar tanlovi Andijon shahar 8-son texnikumida “Payshanba — Yoshlar kuni” hamda Sentyabr oyi — Giyohvandlikning oldini olish oyligi doirasida o‘quvchilar o‘rtasida “Biz giyohvandlikka qarshimiz!” mavzusida rasmlar tanlovi tashkil etildi. Tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad — yoshlar o‘rtasida giyohvandlikning salbiy oqibatlari haqida tushuncha va xabardorlikni oshirish, ularni sog‘lom turmush tarziga yo‘naltirish hamda zararli illatlarga qarshi qat’iy fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishdan iborat. Tanlov davomida o‘quvchilar o‘z ijodiy ishlari orqali sog‘lom hayot, ezgu maqsadlar va giyohvandlikka qarshi kurash g‘oyalarini aks ettirdilar. ✅Bizni kuzating ❗️ 📱Telegram | 📱Instagram
526
4
Andijon shahar 6-son texnikumi hamda Toshkent xalqaro sertifikatsiyalash akademiyasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik Memorandumi i+1
Andijon shahar 6-son texnikumi hamda Toshkent xalqaro sertifikatsiyalash akademiyasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik Memorandumi imzolandi. Mazkur memorandumning asosiy maqsadi texnikum faoliyatida milliy va xalqaro standartlar (ISO) hamda ilg‘or amaliyotlarni joriy etish, o‘quvchi-yoshlar va pedagoglarning malaka hamda kompetensiyalarini rivojlantirish, milliy malaka tizimini takomillashtirish, shuningdek milliy va xalqaro darajada tan olinadigan malaka baholash hamda sertifikatlashtirish tizimlarini rivojlantirishdan iborat. Ushbu hamkorlik doirasida: • ISO standartlari bo‘yicha o‘quv va amaliy dasturlar yo‘lga qo‘yiladi; malaka baholash va sertifikatlashtirish jarayonlari takomillashtiriladi; • pedagoglar hamda o‘quvchilar uchun trening va seminarlar tashkil etiladi; • xalqaro talablar asosida raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlashga xizmat qiluvchi qo‘shma loyihalar amalga oshiriladi. Andijon shahar 6-son texnikumi — sifatli ta’lim va xalqaro standartlar sari ishonchli qadam!
450
5
“YOSHLAR — YANGI O‘ZBEKISTON KELAJAGI!” Payshanba — “Yoshlar kuni” munosabati bilan Qo‘rg‘ontepa Abu Ali ibn Sino nomidagi Ja+6
“YOSHLAR — YANGI O‘ZBEKISTON KELAJAGI!” Payshanba — “Yoshlar kuni” munosabati bilan Qo‘rg‘ontepa Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida “Yoshlar — yangi O‘zbekiston kelajagi!” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy suhbat tashkil etildi. Suhbat davomida texnikum direktori tomonidan yoshlarning ta’lim olishi, bilim va salohiyatini oshirishi, Vatanga sadoqatli hamda faol fuqarolar bo‘lib voyaga yetishining ahamiyati haqida fikrlar bildirildi. Shuningdek, Mustaqilligimizning tarixiy ahamiyati va milliy xotiramizga bag‘ishlangan videolavha namoyish etilib, unda xalqimizning bosib o‘tgan shonli yo‘li, tinchlik va istiqlolning qadr-qimmati yoritib berildi. Bunday suhbat va videolavhalar yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat, milliy g‘urur, tarixiy xotira va kelajakka ishonch tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Bizni kuzating! ✅ http://t.me/tib_tex
807
6
“Vatanparvar” tashkiloti Xonobod shahar o‘quv sport texnika markazi tomonidan “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri tashkil etildi x
“Vatanparvar” tashkiloti Xonobod shahar o‘quv sport texnika markazi tomonidan “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri tashkil etildi xonobod shahar 2-son texnikumi (Andijon viloyati televideniyesi, 7-sentyabr, 2026-yil). |Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
674
7
Baliqchilik yo‘nalishida tahsil olayotgan o‘quvchilar uchun amaliy tashrif tashkil etildi. Ulug‘nor tuman texnikumida tahsil+6
Baliqchilik yo‘nalishida tahsil olayotgan o‘quvchilar uchun amaliy tashrif tashkil etildi. Ulug‘nor tuman texnikumida tahsil olayotgan baliqchilik yo‘nalishi o‘quvchilarining kasbiy bilim va amaliy ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash, ularni zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishtirish hamda dual ta’lim tizimiga jalb etish maqsadida amaliy tashrif tashkil etildi. Tashrif davomida o‘quvchilar Baliqchi tumanida joylashgan “Chinobod Real” MChJ faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi. O‘quvchilarga korxonada ish jarayonining qanday tashkil etilishi, baliqlarni yetishtirish va parvarishlashda zamonaviy usullardan foydalanish, mehnat xavfsizligi qoidalariga rioya qilish hamda kasbiy mas’uliyatning ahamiyati tushuntirildi. Tashrifning muhim jihatlaridan biri baliqchilik yo‘nalishida tahsil olayotgan o‘quvchilarni dual ta’lim asosida korxonaga biriktirish va ularning nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirish bo‘yicha ishlarning olib borilayotganidir. Dual ta’lim orqali o‘quvchilar ta’lim muassasasida olgan nazariy bilimlarini bevosita ishlab chiqarish jarayonida qo‘llash, tajribali mutaxassislardan kasb sirlarini o‘rganish va kelgusida mehnat faoliyatiga puxta tayyorgarlik ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Ulug‘nor tuman texnikumi tomonidan kelgusida ham ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlikni kengaytirish, o‘quvchilarni amaliyotga yo‘naltirish va dual ta’lim tizimini rivojlantirish bo‘yicha ishlar izchil davom ettiriladi. https://t.me/+ZNufgRD3L4gwN2My
827
8
Germaniya bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda Asaka tuman 2-son texnikumida Germaniyaning xalqaro tashkiloti bilan dual ta’lim+9
Germaniya bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda Asaka tuman 2-son texnikumida Germaniyaning xalqaro tashkiloti bilan dual ta’lim tizimini rivojlantirish va samarali tashkil etish bo‘yicha hamkorlik ishlari olib borildi. Hamkorlik doirasida dual ta’limni xalqaro tajriba asosida rivojlantirish, o‘quvchilarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirish hamda ularning zamonaviy kasblarni puxta egallashi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish masalalari muhokama qilindi. Mazkur hamkorlik texnikumda ta’lim sifatini oshirish va o‘quvchilarni mehnat bozoriga yanada samarali tayyorlashga xizmat qiladi. ✅Bizni kuzating! 📱 Telegram | | 📱Instagram
636
9
🚫 GIYOHVANDLIKKA QARSHI KURASHISH — SO‘ROVNOMA O‘TKAZILDI Oltinko‘l tuman 3-son texnikumida yoshlar o‘rtasida giyohvandlikni+9
🚫 GIYOHVANDLIKKA QARSHI KURASHISH — SO‘ROVNOMA O‘TKAZILDI Oltinko‘l tuman 3-son texnikumida yoshlar o‘rtasida giyohvandlikning oldini olish, uning salbiy oqibatlari haqida xabardorlikni oshirish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida talabalar o‘rtasida anonim so‘rovnoma o‘tkazildi. 📝 So‘rovnoma davomida talabalarning mazkur illatga munosabati, xabardorlik darajasi va giyohvandlikning oldini olish bo‘yicha fikrlari o‘rganildi. 🌱 Sog‘lom yoshlar — sog‘lom kelajak! 📲 Batafsil ma’lumot: https://t.me/oltinkol_3_son
622
10
Andijon pedagogika texnikumi Dual taʼlim yo‘nalishi doirasida! Pedagogika texnikumi direktori Dilafro‘z Qurbonova boshchiligi+9
Andijon pedagogika texnikumi Dual taʼlim yo‘nalishi doirasida! Pedagogika texnikumi direktori Dilafro‘z Qurbonova boshchiligida dual taʼlim tizimi kutubxonashunoslik yo‘nalishi birinchi bosqich o‘quvchilari uchun amaliyot kunlari boshlandi. Andijon viloyati Z. M. Bobur nomidagi axborot resurs markazida dastlab kutubxona bo‘ylab o‘qituvchi Mahbubaxon Isroilova rahbarligi ostida 19-guruh o‘quvchilari uchun sayohat tashkil etildi. Unda  har bir bo‘limga kirilib, ularning faoliyati haqida to‘liq maʼlumotlar berildi. So‘ngra kutubxonashunoslik yo‘nalishi o‘quvchi-yoshlar uchun ilk amaliyot jarayonlari  boshlandi. ✅Bizni kuzating! 📱 Telegram | | 📱Instagram
1 086
11
Qo'rg'ontepa Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida talabalar o'rtasida "O'z yo'lingni o'zing tanla" mavzus+6
Qo'rg'ontepa Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida talabalar o'rtasida "O'z yo'lingni o'zing tanla" mavzusida o'tkazilgan rasmlar tanlovi, yoshlarning ijodiy qobiliyatlarini namoyish etish va o'z kelajagini belgilashda yordam berishga qaratilgan muhim tadbir bo'ldi. Ushbu tanlovda talabalar o'z orzularini, kelajakdagi kasblarini va hayot yo'llarini ifodalovchi rasmlar yaratdilar. Har bir ishtirokchi o'z tasavvurlarini ranglar, shakllar va kompozitsiyalar orqali aks ettirishga harakat qildi. Rasmlar orqali talabalar o'z ichki dunyolarini, maqsadlarini va hayotga bo'lgan qarashlarini ko'rsatdilar. Tanlov davomida ko'plab ijodiy va qiziqarli ishlar taqdim etildi. Ushbu tadbir nafaqat san'atni rivojlantirishga, balki talabalar o'rtasida hamkorlik va muloqotni kuchaytirishga ham xizmat qildi. Tanlovning natijalari esa, eng yaxshi rasmlarni tanlash va ularni mukofotlash orqali, yoshlarni yanada ilhomlantirishga yordam beradi. Bizni kuzating! https://t.me/ktbandijon
865
12
Paxtaobod tuman 1-son texnikumining “Tikuvchilik” va “Moda va tikuv ishlab chiqarish texnologiyasi” hamda “Yigiruv ishlab chi
Paxtaobod tuman 1-son texnikumining “Tikuvchilik” va “Moda va tikuv ishlab chiqarish texnologiyasi” hamda “Yigiruv ishlab chiqarish” yo‘nalishlarida tahsil olayotgan o‘quvchilarning amaliyot jarayonlari o‘rganildi. O‘quvchilarning kasbiy ko‘nikmalarini mustahkamlash, nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirish hamda ishlab chiqarish jarayonlarida bevosita ishtirok etishlarini ta’minlash maqsadida texnikumning hamkor korxonasi — “THE BESTTEX” korxonasida amaliyot mashg‘ulotlari tashkil etilgan. Amaliyot jarayonlari ICHTBDO‘ Temirov Xaydarjon tomonidan o‘rganilib, o‘quvchilarning amaliy mashg‘ulotlarda ishtiroki, kasbiy ko‘nikmalarni egallashi va ishlab chiqarish jarayonlariga moslashuvi bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi.
653
13
No text...
618
14
GIYOHVANDLIKKA QARSHI KURASH — USTUVOR VAZIFA Andijon viloyatidagi texnikumlarda o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida giyohvandlik va u+7
GIYOHVANDLIKKA QARSHI KURASH — USTUVOR VAZIFA Andijon viloyatidagi texnikumlarda o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida giyohvandlik va uning salbiy oqibatlarining oldini olish, yoshlarni turli zararli illatlardan asrash hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga qaratilgan profilaktik va targ‘ibot-tashviqot tadbirlari keng ko‘lamda olib borilmoqda. Tadbirlar doirasida o‘quvchi-yoshlar bilan ochiq muloqot va davra suhbatlari tashkil etilib, giyohvandlikning inson salomatligi, ma’naviy hayoti, oilasi va jamiyat kelajagiga salbiy ta’siri haqida batafsil tushuntirishlar berilmoqda. Shuningdek, giyohvandlik bilan bog‘liq huquqbuzarliklarning huquqiy oqibatlari yuzasidan ham zarur ma’lumotlar yetkazilmoqda. (Telemetr) Mazkur tadbirlarning asosiy maqsadi — yoshlarning huquqiy va ijtimoiy ongini yuksaltirish, ularning giyohvandlikka nisbatan qat’iy immunitetini shakllantirish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda sog‘lom hayot tarzini keng targ‘ib qilishdan iborat. Ta’lim muassasalarida ushbu yo‘nalishdagi ishlarni tizimli ravishda davom ettirish, yoshlarni zararli illatlardan himoya qilish va ularni ezgu maqsadlar sari yo‘naltirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Sog‘lom yoshlar — yurtimiz kelajagi! Giyohvandlikka — YO‘Q!
918
15
Giyohvandlik — kelajak kushandasi! Paxtaobod tuman 1-son texnikumida yoshlar o‘rtasida giyohvand moddalarni iste’mol qilish v+4
Giyohvandlik — kelajak kushandasi! Paxtaobod tuman 1-son texnikumida yoshlar o‘rtasida giyohvand moddalarni iste’mol qilish va ularning noqonuniy tarqalishining oldini olish, yoshlarni zararli illatlardan asrash hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi. Tadbirlar davomida o‘quvchi-yoshlarga giyohvand moddalarning inson salomatligi, kelajagi va jamiyat hayotiga salbiy ta’siri haqida tushunchalar berildi. Shuningdek, turli zararli odatlarga qarshi immunitetni shakllantirish, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish va sog‘lom hayot tarziga amal qilishning ahamiyati ta’kidlandi. Yoshlar — yurtimiz kelajagi. Ularni giyohvandlik va boshqa zararli illatlardan asrash barchamizning umumiy vazifamizdir! ✅Bizni kuzating! 📱 Telegram | | 📱Instagram
741
16
📹 Giyohvandlikka qarshimiz! Giyohvandlik — inson hayoti, salomatligi va kelajagini izdan chiqaruvchi eng xavfli illatlardan
📹 Giyohvandlikka qarshimiz! Giyohvandlik — inson hayoti, salomatligi va kelajagini izdan chiqaruvchi eng xavfli illatlardan biridir. U nafaqat bir insonning, balki butun oilaning baxti va jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bugungi kunda yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, zararli odatlarga qarshi kurashish va ularning ongida mustahkam hayotiy pozitsiyani shakllantirish muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Andijon tumani 2-son texnikumi jamoasi va o‘quvchi-yoshlari giyohvandlikning har qanday ko‘rinishiga qarshi ekanligini bildiradi. Biz yoshlarni bilim olishga, kasb-hunar egallashga, sport bilan shug‘ullanishga va bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishga chorlaymiz. Unutmang, birgina noto‘g‘ri tanlov butun umrga ta’sir qilishi mumkin. Kelajagingizni asrang, sog‘lom hayotni tanlang! ✅Biz sog‘lom turmush tarafdorimiz! ✅Biz porloq kelajak tarafdorimiz! ✅Biz giyohvandlikka qarshimiz! 📍 Andijon tumani 2-son texnikum Matbuot xizmati Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating! 📱Telegram 📱Instagram📱Facebook
613
17
🇺🇿🤝🇨🇳 Xitoylik hamkorlar Qo‘rg‘ontepa tuman 2-son texnikumiga tashrif buyurdi Qo‘rg‘ontepa tuman 2-son texnikumiga Xitoy+9
🇺🇿🤝🇨🇳 Xitoylik hamkorlar Qo‘rg‘ontepa tuman 2-son texnikumiga tashrif buyurdi Qo‘rg‘ontepa tuman 2-son texnikumiga Xitoy Xalq Respublikasidan tashrif buyurgan hamkorlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Tashrif davomida xitoylik hamkorlar texnikumning moddiy-texnik bazasi, ta’lim jarayoni hamda talaba-yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, mehmonlar texnikumning talaba-yoshlari bilan uchrashib, ular bilan ochiq muloqot o‘tkazdilar. Uchrashuv davomida yoshlarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishish hamda amaliy tajriba orttirish masalalari muhokama qilindi. Suhbat davomida dual ta’lim tizimi doirasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, talabalarni amaliyotga jalb etish va kelgusida o‘zaro hamkorlik asosida ish faoliyatini tashkil etish imkoniyatlari haqida fikr almashildi. ✅Bizni kuzating! 📱 Telegram | | 📱Instagram
742
18
RASMIY MUNOSABAT Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon turizm va madaniy meros texnikumi xodimlari nomidan texnikum faoliyati, xodimla
RASMIY MUNOSABAT Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon turizm va madaniy meros texnikumi xodimlari nomidan texnikum faoliyati, xodimlarning mehnat sharoitlari hamda rahbariyat tomonidan olib borilayotgan ishlar yuzasidan murojaat e’lon qilingan. Mazkur murojaatda keltirilgan ayrim fikr va e’tirozlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qilamiz. Andijon viloyati kasbiy ta’lim boshqarmasi tomonidan texnikumlarda ta’lim sifatini oshirish, pedagog va xodimlarning mehnat faoliyatini samarali tashkil etish, mavjud imkoniyatlardan oqilona foydalanish hamda o‘quvchilarga sifatli ta’lim berish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Shuningdek, murojaatda Andijon turizm va madaniy meros texnikumining sobiq direktori D. Abidova ishdan bo‘shatilgani haqida fikr bildirilgan. Ushbu ma’lumotni rad etamiz. D. Abidova ishdan bo‘shatilmagan, balki belgilangan tartibda boshqa ishga rotatsiya qilingan. Mazkur jarayon xodimning mehnat faoliyatini davom ettirishiga to‘sqinlik qilmagan. Texnikum xodimlarini ommaviy ravishda ishdan bo‘shatish, majburiy ravishda ariza yozdirish, mehnat ta’tilidan foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik, xodimlarga asossiz ravishda bosim o‘tkazish kabi holatlar yuzasidan keltirilgan da’volar ham asossiz ekanligini ma’lum qilamiz. Texnikumda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari amaldagi qonunchilik va tegishli me’yoriy hujjatlar asosida tashkil etilmoqda. Xodimlarning mehnat huquqlari, o‘quvchilarning qonuniy manfaatlari hamda ta’lim jarayonining barqarorligini ta’minlash masalalari doimiy nazoratda. Murojaatda tilga olingan boshqa masalalar bo‘yicha ham tegishli tartibda o‘rganish ishlari olib boriladi. Agar ayrim holatlar yuzasidan aniq dalillar mavjud bo‘lsa, ular belgilangan tartibda ko‘rib chiqilib, qonuniy baho beriladi. Andijon viloyati kasbiy ta’lim boshqarmasi jamoatchilikni tasdiqlanmagan ma’lumotlar va bir tomonlama xulosalarga emas, balki rasmiy ma’lumotlarga tayanishga chaqiradi. Boshqarma tomonidan tizimdagi barcha ta’lim tashkilotlarida sog‘lom ma’naviy-psixologik muhitni ta’minlash, pedagog va xodimlarning qonuniy huquq hamda manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan ishlar izchil davom ettiriladi. ✅Bizni kuzating ❗️ 📱Telegram | 📱Instagram
884
19
Andijon pedagogika texnikumi “Kelajak soati” darsi! Andijon pedagogika texnikumida o‘quvchilarning ma’naviy-ma’rifiy dunyoqar+9
Andijon pedagogika texnikumi “Kelajak soati” darsi! Andijon pedagogika texnikumida o‘quvchilarning ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini kengaytirish, Vatanga bo‘lgan sadoqat va mas’uliyat tuyg‘usini mustahkamlash maqsadida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g‘oyasiga bag‘ishlangan navbatdagi “Kelajak soati” darsi o‘tkazildi. Darslar davomida o‘quvchilarga "Yagona xalq", " Yangi hayot" tushunchalarining mazmun-mohiyati, xalq birdamligining jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni va kelajakka taʼsiri haqida ilmiy asoslangan faktlar, maʼlumotlar berildi. Jarayonlarda ustozlar tomonidan yagona maqsad va umumiy manfaatlar yo‘lida xalqning hamjihat bo‘lib harakat qilishi, yoshlarning mamlakat kelajagini barpo etishdagi muhim vazifasi, burchi, masʼuliyati alohida ta’kidlandi.
925
20
DUAL TA’LIM DOIRASIDA AMALIYOT Andijon shahar 8-son (Media-taʼlim) texnikumida dual taʼlim asosida tahsil olayotgan o‘quvchil+7
DUAL TA’LIM DOIRASIDA AMALIYOT Andijon shahar 8-son (Media-taʼlim) texnikumida dual taʼlim asosida tahsil olayotgan o‘quvchilar navbatdagi amaliy mashg‘ulotlarini amaliyot o‘tash joylarida olib bordilar. Amaliyot davomida o‘quvchilar egallayotgan mutaxassisliklari bo‘yicha nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirib, kasbiy ko‘nikma va malakalarini mustahkamlamoqdalar. https://t.me/Andmediat🖌Facebook 📱 Instagram  📱You Tube | https://t.me/ktbandijon
954