Doctor's Mind 👩⚕️
Open in Telegram
👩⚕️Vrach Dildora Karimovaning kitob blogi 📖Bu yerda faqat kitob va kitoblar olami haqida gaplashamiz. Murojaat uchun: @Doc_Dildora instagram.com/doctorsmind_books
Show more949
Subscribers
No data24 hours
-77 days
-2330 days
Posts Archive
+2
#new_books
Yangi kitoblarimni ko’rsatish bahonasida kanalga yana yozishni boshladim)
Hozirda “Fransiya siyrati”ni o’qiyapman, bir tekisda yengil o’qiladigan, muhit chiroyli tarzda tasvirlangan asar ekan.
Siz qaysi asarni o’qiyapsiz? “Giryon”ga siz ham qiziqdingizmi?
@doctorsmind📖
Repost from Zabarjad Mediа
❄️ Qish kelayotir. Va u endi yangi ko‘rinishda kelmoqda…
📕 Muqova ochildi. Taxt uchun kurash boshlanadi. Do‘stlik yemiriladi, sadoqat sinovdan o‘tadi. Bu o‘yinda yutish ham xavfli, yutqazish esa — halokat.
“Taxtlar o‘yini” — o‘yin boshlanadi. “Qirollar to‘qnashuvi” — qoidalar yo‘q qilinadi.
🤴 TEZ KUNDA SOTUVDA
@ZabarjadMedia — eng yaxshisini ilinamiz!
Repost from Ilhom Sharifov | Choponli aka
#youtube 📹
Yilning soʻnggi oyida nashr qilingan kitoblar bilan “Dekabr sarhisobi”da tanishamiz. Mehmonimiz Jasur Ismoiliy(Ivan Karamazov desam bilishadi). Videoda yangiliklar koʻp va oxirida sovgʻasi ham bor.
p.s: bu safar jiddiyroq tayyorlanganim uchun Jasurdan koʻp gapirvoribman)https://youtu.be/XZGamrcHk3w?si=Q3LjOWWfnRWlI3Dw
+2
#sovga
Bugun manam sovg'a oldim😍😍😍Ertalabdan kayfiyatim yanada ko'tarildi. Kitob o'qish vaqtida shunaqa chiroyli bookmark ishlatishni xohlarmidingiz? Ko’rish bir zavq bo’lsa, ishlatish boshqa zavq)
Avvallari o’zim bookmark’lar yasardim, hozir esa shunaqa har xil chiroyli variantlari bor.
Sovg’a uchun @goldenbooks_uz va @varoqla’ga katta rahmat. Qiziqsangiz albatta bu yangi sahifani kuzating, bookmarklarni esa o'zingiz istagan dizayndagisiga buyurtma bering!
@doctorsmind📖
#mutolaa
Booklist tutasizmi?
Sizningcha booklist yuritish kerakmi?
Man shu paytgacha buni shunchaki vaqtni ketkazadigan jarayon deb bilardim. Aslida esa maroqli mashg’ulot ekan. Kitoblarni o’qigan vaqtimga qaytgandek bo’ldim.
@doctorsmind📖
#taklifnoma
Ilhom Sharifov(@choponliaka) @kitobhouse brendi ostida o’z kitob do’konlarini ochibdilar. Bu xursandchilik haqida sizlarga ham aytgim keldi. Ilhomning ishlarida omad tilab, do’konlarining soni kelajakda yanada ko’p bo’lishini tilab qolaman.
@doctorsmind📖
#unpacking
“Graf Monte Kristo”ning Asaxiydan chiqqan nashrini kimdir o’qidimi?)
Qancha vaqt sarfladingiz?
Qish faslida o’qiyman degandim, hech yetib bora olmayapman.
@doctorsmind📖
+6
Bular esa bugungi yangi mehmonlar)
“1984”ning grafik variantdagi kitobi eng sevimlisi bo’ldi. Chiqqanidayoq olaman deb rejalashtirgandim
@doctorsmind📖
+6
Bular esa bugungi yangi mehmonlar)
“1984”ning grafik variantdagi kitobi eng sevimlisi bo’ldi. Chiqqanidayoq olaman deb rejalashtirgandim
@doctorsmimd📖
+3
Har yili yangi yil oldi albatta book.uz kitoblar do'koniga borishga harakat qilaman, chunki har safar bayramga katta tayyorgarlik ko’riladi, do’konda bayramona kayfiyat hukm suradi. Har safar bayramning kitobli archasi oldida rasmga tushaman. Arxivimda eski yillardagi archalarning rasmlari hali ham bor. Yaxshi xotiralarni eslatadi. Hattoki 2020-yil karantin vaqtida ham maska taqib borgan ekanman) Ayrim rasmlarni yubordim. Yildan-yilga archalar yanada chiroyli bo’lmoqda. Bu yilgisi ham juda ajoyib chiqqan.
@doctorsmind📖
+1
#new_book
“Huzur” nashriyotidan chiqqan navbatdagi yangi kitob manga ham yetib keldi. Judayam sifatli va chiroyli kitob bo'libdi.
@doctorsmind📖
Derazaning raxidan qorni kuzatadi tuvakdagi gul.
Tashqarida yoqqanida qor, uyda kitob o'gigan ma'qul.
Rauf Parfi
@doctorsmind📖
Instagramda “uchib” ketgan videoyimni yubordim. Videoni ancha qiyinchilik bilan tayyorlagandim. Aktivlikni ko’rib qilgan mehnatimni biroz unutdim.
Video hozirda bo’layotgan “Van Gog bo’lmoq” ko’rgazmasi haqida.
Videoni ochishga eringanlar uchun instagramdan havola.
https://www.instagram.com/reel/DSJ4vF7jE3C/?igsh=aDhrY2hzNWJ0M3Nx
@doctorsmind📖
✍️Mark Levi
📖”Ikki olam aro”
“Ba’zan nurni ko‘rish uchun zulmatni boshdan kechirish kerak”.
“Ikki olam aro” asari real hayot va biz yaxshi bilmaydigan mistik olam o’rtasidagi chegara haqidagi asar bo’lib, unda ruhiy bog’lanish, muhabbat, taqdir mavzulari oldingi o’rinlarda ifodalanadi. Mark Levi ushbu asar orqali hayot faqat nafas olishdan, muhabbat esa faqat romantikadan iborat emasligini aytmoqchi bo’ladi.
Asar bosh qahramoni aqlli, tig’iz hayot tarzida yashaydigan shifokor qiz Loren va tinchgina o’z hayotida yashayotgan, samimiy, insoniyligi yuqori darajada bo’lgan Artur ismli yigit. Taqdir ularni kutilmagan holat, vaziyat va olamda uchrashtiradi. Arturning hayotiga Lorenning kirib kelishi unga katta o’zgarishlarni
olib keladi. Endi qiyinchiliklardan o’zini olib qochishga emas balkim kurashishga o’tadi.
Asarda menga eng yoqqan fikrlardan biri shuki, sevgi - bu faqat tana, ya’ni qo’l tekkiza olish, quchoqlash orqali bir-birini his qilish emas, balkim ruhning yaqinligidir. Haqiqiy sevgi ruhni uyg’ota oladigan darajada kuchli. Shu bilan birgalikda, asarda mo‘jizaga ishonish va uning kutilmagan vaqtda kelishi g‘oyasi ham mavjud. Bu ham bejizga emas. Mark Levi ushbu asarni kasallikka chalinib umri oz qolgan onasiga umid berish maqsadida yozadi va bu orqali barcha o’quvchilarda umid va ishonchni uyg’otadi.
Asar qandaydir samimiy tilda bo’lib yengil o’qiladi, boshida o’qishga arzirmikan deb ham o’yladim. Keyin tushundimki, asar g’oyasi ajoyib. Asar asosida film ham suratga olingan bo’lib ma’lum darajada kitob ruhiyatini ochib bergan.
“Ikki olam aro” faqat sevgi hikoyasi emas, balkim - hayotning ma’nosi, kelajakka ishonch, mo’jiza, yo‘qotishlar va topishlar hamda insonning ruhiy jihatdan uyg‘onishi haqidagi ajoyib roman.
Mark Levi bizga shuni eslatadi: “Ba’zan mo‘jizalar biz o‘ylaganimizdan ham yaqin joyda bo‘ladi ya’ni yuragimizda”.
@doctorsmind📖
+4
Man qaytdim🥳
Axir yangi olgan kitoblarimni, uyimizga yangi kelgan archamni maqtanishim kerakku)
Albatta hazil) Yozishga endi biroz vaqt topildi. Yozadigan fikrlarim, o’qib tugatgan kitoblarim ko’payib qolgan. Ular haqida yozib yengil bo’lib olishim kerak. Sekin-sekin post qilaman.
Bugungi olgan kitoblarimdan ko’nglim to’ldi. Ayniqsa, “Behalovat avlod” uchun ikki karra xursandman.
Har yili yangi yil oldi o’zimga o’zim kitob sovg’a qilish odatga aylangan.
@doctorsmind📖
“Golden books” do'koni men uchun ancha qadrli bo'lib qolgan. Do’kon tarixi va kitob savdosi haqida yaxshi foydali suhbat bo'libdi. Dam olish kunlarida eshitish uchun ajoyib variant. O’zim kecha eshitib chiqdim. Sizga ham tavsiya qilaman.
Izohda fikrlaringizni yozib qoldirishni unutmang, ha aytgancha videoni yaxshilab ko‘rsangiz sovg‘asi ham bor)https://youtu.be/FaUFly-DjHQ?si=HAZQhddWDrMa2aVE
Man ham eski kitoblar bilan unchalik chiqisha olmayman. Yangi kitobni o’qishni boshlashni yoqtiraman. Talabalik vaqtimda ham kutubxonadan kitoblarni olayotganimda iloji boricha yangilarini tanlab olishga harakat qilardim. U vaqtlarda ya’ni 2012-2013-yillarda internetdan foydalanish ham qiyin edi. Shuning uchun ba’zan yangisi topilmaganda eski kitoblarni ham ko'zimga surtib o’qiganman) Hozirgi kunda imkoniyatlar cheklanmagan vaqtda doim yangi kitob o’qishga harakat qilaman.
Repost from The Stranger
Mendan avval kimgadir tegishli boʻlgan kitobni yoqtirmayman. Kimdir eski kitob deydi bularni, kimdir arzon kitob, kimdir ikkinchi qoʻl kitob, sal noyobroq boʻlsa qimmat kitob ham deyiladi. Men esa oʻlik kitob deyman ularni.
Bukinistlardan deyarli kitob olmayman. Olsam ham oʻqimayman. Oʻqisam ham sevimliga aylanolmaydi. Nega?
Chunki egasi oʻlganida kitoblar ham oʻladi. Ozarbayjonlik bir yozuvchi kitoblar yangi eganing qoʻlida yangi hayot boshlaydi, deydi. Yoʻq, qoʻshilmayman. Buni avval kimgadir tegishli boʻlgan kitobni ushlab koʻrsangiz sezasiz. Ularda ruh yoʻq. Ular egasi bilan birga oʻlgan...
Shu uchun mendan keyin taqdiri nima boʻlarkin deb uydagi minglab kitoblarimdan xavotir olmayman. Ular ham oʻzim bilan ketadi.
@salimov_blogi
