en
Feedback
Ikkinchi miya

Ikkinchi miya

Open in Telegram
516
Subscribers
No data24 hours
-47 days
-3230 days
Posts Archive
Farzandingizning salohiyati siz tasavvur qilganingizdan ham ko'proq boʻlishi mumkin. ✨️✨️

Bugun mana shu tadbirni tashkil etish jarayonini bizning marketing jamoamiz bosh qosh boʻldi. Qariyb 2 hafta davomida bu ish rejasi tuzildi va shukrki muvaffaqiyatli yakunladik. Tadbirni oʻziga hos alohida tarafi bu taqdimot mutloqo oʻzbek tilida tashkillashtirilgani. Bannerlar, spikerlar, video meteriallardan tortib brashura va agendalargacha sof oʻzbek tilida tayyorlandi.

Repost from Alisher Tojiev
Bugun “PDP Vision 2030” keldik, aura bomba, yaxshi odamlar, goʻzal maqsadli jamoa, doʻstlar hamma shu yerda. Odilbek aka Allo
+1
Bugun “PDP Vision 2030” keldik, aura bomba, yaxshi odamlar, goʻzal maqsadli jamoa, doʻstlar hamma shu yerda. Odilbek aka Alloh xayrli qilsin. Bardavom qilsin! Omad yordir dovyuraklarga!

Andijon. Yakshanba. Jahon bozorga kiraverishdagi asosiy yoʻlda probkada 30 daqiqadan beri, rasvo yoʻl sabab 30 darajada qiyshaygan Damasda Yulduz Usmonovani "Hech kimga bermaymiz seni Oʻzbekiston" qoʻshigʻini tinglab oʻtiribman.

Patirchilardan yangi marketing usuli. Reklama brashuralari o'rniga mahsulotni kichkina nusxalari bepulga tarqatilmoqda. Yo'ld
Patirchilardan yangi marketing usuli. Reklama brashuralari o'rniga mahsulotni kichkina nusxalari bepulga tarqatilmoqda. Yo'lda 3 ta joyga to'xtab uchta shunaqa kulcha oldim. Obed yonga qoldi)))

Repost from Kitoblar ombori
Bir yonda ManCityda Husanovni o'yini, bir yonda "Fonus" she'riy kechasi, yana boshqa tarafda Mirshakarni konserti bo'layotgan bir paytda, biz hammasiga qo'l siltagancha simfoniyaga bordik

To‘satdan har bir sahifam sen haqingda bo‘lib qoldi Bu qanday sodir bo‘lganiga men ham hayronman. Men hech qachon bunday bo‘lishini xohlamaganman. O‘y-xayollarim sen bilan band bo‘lishini, kunlarim g‘amgin o‘tishini, tunlarim sen tufayli notinch bo‘lishini hech qachon istamaganman. Lekin shunday bo‘ldi. Bu shunchalik sekin, shunchalik to‘satdan sodir bo‘ldiki, anglab yetgunimcha, hayotimning har bir sahifasi sen haqingda bo‘lib qoldi. Sening ovozingni eshitishni istaydigan, sening yoningda bo‘lishni xohlaydigan bo‘lib qoldim. Sen mening xayolimga shivirlab kirib kelding va to‘satdan butun ongimni egallab olding. Har bir qo‘shiq menga seni eslatadigan bo‘lib qoldi. Sen yonimda bo‘lmasang, har bir lahza ma’nosiz tuyulardi. Go‘yo butun dunyoyim o‘zgarib, hamma narsa sening atrofingda aylanayotgandek edi. Kundalik hayotimda: tish tozalayotganda, ko‘chada sayr qilayotganda, derazadan tashqariga qarayotganda ham seni o‘ylardim. Ismingning sadosi xotiramda yurak urishi kabi doimiy va shafqatsiz jaranglardi. Men bunga qarshi kurashishga harakat qildim. O‘zimga "Bu shunchaki o‘tkinchi holat, oddiy ehtiros", dedim. Ammo... Qarshilik ko‘rsatganim sari bu tuyg‘u kuchayib borardi. Sen men tark etolmaydigan hikoyaga, uyg‘onishni istamaydigan tushga aylanding. Sen haqingda yozishni boshladim, hech qachon ovoz chiqarib aytolmagan fikrlarimni, his-tuyg‘ularimni sahifalarga to‘ka boshladim. Har bir so‘z sening bir bo‘laging edi. Bu sahifalar aytilmagan so‘zlar, amalga oshmagan istaklar bilan to‘la edi. Baxtli yakuni bo‘lmagan sevgi qissasiga, shunchaki intihosiz sog‘inch va sukut boblarini yoza boshladim. Sen borligini bilmagan hikoyaning bosh qahramoni eding. Sen hech men haqimda o‘ylaganmisan, ismim xayolingga kelganmi? Men seni qanday ko‘rgan bo‘lsam, sen ham meni shunday ko‘rganmisan? Sen ham men his qilgandek tuyg‘uni his qilganmisan? Yoki men hayotingdagi shunchaki ikkinchi darajali qahramon bo‘lib, tez unutiladigan insonmanmi? To‘satdan har bir sahifa sen haqingda bo‘lib qoldi va men bundan nafratlanardim. Menga hukmronlik qilishingni, butun ongimni egallab olishingni yomon ko‘rardim. Baxtim sening tabassumingga, nigohingga, so‘zingga bog‘liqligidan nafratlanardim. Men bu sahifalarni yirtib tashlamoqchi, tarixni qayta yozmoqchi, sendan oldingi holatimga qaytish yo‘lini topmoqchi edim. Ammo haqiqat shundaki, avvalgi holatimga qaytishga ishonchim yo‘q. Chunki kimdir hayotingizning bir qismiga aylansa, yuragingizga o‘rnashsa, uni o‘chirib tashlash deyarli imkonsiz. Sen voqealar rivojining kutilmagan burilishi eding, hamma narsani o‘zgartirib yubording, men hech qachon kutmagan burilish nuqtasi eding. Endi esa, qanchalik urinmayin, sen mening butun borlig‘imning markaziga aylanmagan davrga qayta olmayman. Men ishtirok etishni so‘ramagan hikoya ichida adashib qoldim. To‘satdan har bir sahifa sen haqingda bo‘lib qoldi va men endi qanday qilib yozishni to‘xtatishni bilmayman.

Трамп, дунёнинг энг бой одами Илон Маскни жуда қудратли ролга яъни бутун федерал ҳукуматни аудит ва текшириш билан шуғулланув
Трамп, дунёнинг энг бой одами Илон Маскни жуда қудратли ролга яъни бутун федерал ҳукуматни аудит ва текшириш билан шуғулланувчи нодавлат нотижорат ташкилот бўлган “Ҳукумат самарадорлиги департаменти” раҳбари сифатида тайинлаганида, Трампдан шуларни ўргандим. Маск турли вазирлик ва идоралар вакили бўлган "давлат ичидаги давлат" яъни чуқур давлатга қарши курашмоқда, чунки улар мамлакат ресурсларини керак-кераксиз қуритмоқда. Маск кундалик ҳаётга хизмат қилмайдиган кераксиз қўмита ва агентликларга қарши чиқмоқда, уларни йўқотмоқда. Маск олигархларга, чуқур давлатга ва давлат маблағларини ўзлаштирган ноқонуний шартномаларга қарши очиқ уруш бошлади. У коррупционерларни, қариндошларни, кераксиз агентликлар ва зарарли шартномаларни бартараф этиш орқали ҳукуматни тозаламоқда…ва бу ҳодиса дунёдаги энг йирик иқтисодиёт ва ҳозирги глобал супер куч бўлган Қўшма Штатларда содир бўлмоқда. Аммо Денара республикасида бунинг акси. Очкўз олигархлар, агентликлар ва коррупционерлар халқ ҳисобидан иқтисодий эркинлик ва имтиёзлардан фойдаланиб, мамлакат бюджетини қуритишмоқда. Ва, афсуски, Денара республикаси АҚШ эмас.

As the years pass, the soul begins to crave stillness more than excitement 🏞️
As the years pass, the soul begins to crave stillness more than excitement 🏞️

— Ba’zida umuman kerakmas narsalar bilan shug‘ullanayotgandek his qilaman o‘zimni. — Keyinchi? — Keyin, bu uchun oylik olayotganim esimga tushib, ancha tinchlanaman... P.S. Aktual sarkazm…

Pulingizni yetkaza olmayapsizmi? Bundan koʻngilingiz ogʻriyaptimi? Sizga moliyaviy savodxonlik emas, qalb xotirjamligi kerak! @ikkinchi_miya

Ko‘pchilik qizlar yigitning moliyaviy holatiga qarab baho berishadi. Ayrimlar buni to‘g‘ri deb bilib, faqat moliyaviy holati barqaror bo‘lgan yigitlarga turmushga chiqishni maslahat berishadi. Men shunday fikrlarni o‘qisam, ko‘nglim ranjiydi doim. Yigit kishini, agar ota-onasi "tagi baquvvat" oiladan bo‘lmasa, tezda ko‘tarilishi imkonsiz. Shaxsan o‘zim ham 23-24 yoshligimda juda og‘ir sharoitlarda kun kechirganman, o‘zimni moliyaviy mustaqilman, deb ham aytolmaganman o‘shanda. Keyin esa ko‘p narsa o‘zgarib ketdi. Yigitning moliyaviy holatiga qarab emas, aql zakovatiga baho berish kerak, deb o‘ylayman. Agar u ahmoq bo‘lsa, uning qo‘lidagi mol-mulkining bari vaqtinchalik vosita bo‘lib chiqadi, agar u iste’dodli bo‘lsa, unga vaqt kerak bo‘ladi. Xullas, qizlar, o‘z yigitlaringizga/erlaringizga boshqacha rakursdan qarashni o‘rganinglar, unga imkoniyat beringlar. Ko‘pchilik erkaklarning 25-30 yoshgacha bo‘lgan davrda hayotga bo‘lgan qarashlari jiddiylashishni boshlaydi, ayrimlariga 30 dan keyin omad keladi. Inson bilimli bo‘lsa, u bu hayotda ertami-kech o‘z yo‘lini topib ketoladi. @ikkinchi_miya

O'zbeklar unday deyishmaydi:
Sen endi 20 yoshdasan!
O'zbeklar bunday deydi:
To'y qachon endi?

Yanvarni oyligi tugadi, ammo yanvar tugamadi

Boya YouTubeʼda fokuschilarni videosini koʻrib bir narsani oʻylab qoldim. Nima uchun fokuschilar oldida doimo chiroyli qizlar bilan chiqadi? Buning sababi omma fokus paytida kerakli tomonga qarashni oʻrniga qizlarga diqqatini qaratadi. Oqibatda esa fokus siri ochilmay qoladi. Naqadar soddamiza😄

Бугун 3 та хабар ўқиб қолдим. 🇨🇳Хитойнинг Цингхуа университети мустақил таълимни ривожлантириш ва талабаси кўп бўлган синфлардаги ўқитувчи-профессорларга ёрдам бериш учун сунъий интеллектга асосланган ассистент тьюторни ишга туширди. Пекин университети эса квант алгоритмлари ва технологиялари соҳасидаги тадқиқотларни ривожлантириш учун квант ҳисоблаш лабораториясини очди. 🇺🇸АҚШдаги Стенфорд университети эса тадқиқотчилар учун адабиётларни кўриб чиқиш ва маълумотларни таҳлил қилишда ёрдам берадиган сунъий интеллектга асосланган тадқиқотчи асситент роботни тақдим этди. MIT университети эса барқарор энергия соҳасида перовскит материалларидан фойдаланган ҳолда янги, тежамкор қуёш батареясини тақдим этди. 🇺🇿Ўзбекистонда ТАТУ университетида маънавият ва маърифат маркази очилди.

Voice message01:20

Shu mingdan oʻtib olsak yaxshi boʻb ketadi bu yer ham

Anavi katta kanalni kommentlarini berkitib qo'ydim Endi shuncha odam gaplarini qayerga yozarkin deb siqilyapman