en
Feedback
Rahmat Bobojon I Раҳмат Бобожон

Rahmat Bobojon I Раҳмат Бобожон

Open in Telegram

♢ Qaysidir og‘riq yaratgan she’rlar ♢ Egasi o‘qishni istagan maktublar ♢ Ruh va ko‘ngil kayfiyatining lahzalik so‘zlari ♢ Mutarjim daftaridan © R. B. Ijtimoiy tarmoqlar: http://myurls.co/rahmat_bobojon Blog: https://teletype.in/@rahmatbobojon

Show more
712
Subscribers
+124 hours
-47 days
-1930 days
Posts Archive
* * * I Ko‘ksim aro lashkar tortib Kuz keladir, Kuz kelar. Xazonmisol dardu g‘amlar yuz keladir, yuz kelar. Nigohimga sanchilguvchi muz keladir, muz kelar. Muz keladir, yuz keladir, Kuz keladir, Kuz kelar... Men Kuzakman – ishqi zarrin, dardi bitmas, darbadar. Faqat seni o‘ylaydirman yurak sening amringda. Kuzak bo‘lsam yo‘lingda, yor, zor qo‘lingda bu zamon, Bahor bo‘lsang, kechir, ammo xush kelmaydir Tangriga... iyun, 2019 y. R. B. #eski_daftardan | @Rahmat_Bobojon

Xo'sh, hammangizga savol: bu qaysi yozilajak asarning qahramoni?
Xo'sh, hammangizga savol: bu qaysi yozilajak asarning qahramoni?

Repost from Nodirabegim
🔰 Бўлажак таржимонлар, яқинроқ келинг. Сизларни «Таржима Маҳорат Мактаби»га таклиф этамиз! Жаҳон адабиёти дурдоналарини она
🔰 Бўлажак таржимонлар, яқинроқ келинг. Сизларни «Таржима Маҳорат Мактаби»га таклиф этамиз! Жаҳон адабиёти дурдоналарини она тилимизга ўгиришни истайсизу, кўникмангиз етарли эмасми? Агар бирор хорижий тилни билсангиз ҳамда таржима санъатининг нозик сирларини ўрганишни, матн билан ишлашдаги назарий ва амалий билимларингизни оширишни мақсад қилган бўлсангиз, бу дарслар сиз учун! Bақти: Сентябрдан Формат: Zoom орқали Жадвал: Ҳафтада 2-3 кун Дарслар: 12 та Нарх: 500 минг сўм.
Маърузачиларимиз: Алишер Сабрий Алишер Файзуллаев Гўзал Рўзиева Илҳом Салимов   Мирзоҳид Музаффар Мунира Норова Назарбек Назаров Нодирабегим Иброҳимова Раҳмат Бобожон Тилланисо Шерзод Комил Халил Шохрух Усмонов
  👉 Маърузалар мавзуси билан танишиш  Янги билимлар олиш ва тажрибали таржимонлар билан мулоқотда бўлиш имконини қўлдан бой берманг. Мурожаат: @nodirabegim_18

Repost from XORAZMIYLAR
#muallif_dastxati Xabaringiz bor, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Xorazm viloyati bo‘limi tomonidan navbatdagi "Muallif dastxati" loyihasi bo‘lib o‘tgan edi. Shoir Rahmat Bobojonning "Qursin dagan dillari qursin" nomli kitobining she'riy konsert dasturi o‘tkazildi. Taqdimotga kela olmagan kitobxonlar talablariga binoan ushbu taqdimotni to'liq shaklini youtube kanalimizga joyladik. Marhamat ushbu taqdimotni tomosha qilib o'z fikrlaringizni izohlarda qoldirishingiz mumkin. 👇🏻👇🏻👇🏻👇🏻👇🏻👇🏻👇🏻👇🏻👇🏻 https://www.youtube.com/watch?v=FhtCCng8wKw https://www.youtube.com/watch?v=FhtCCng8wKw

Repost from soʻz!
Soʻz birlashtiradi! “Soʻz”ning yangi mavsumi boshlanish arafasida avvalgi ishtirokchilarining telegram kanallarini bitta chatjildga yigʻib chiqdik! Quyidagi havolani bosib, barchasini kuzatib borishingiz mumkin. 👇👇👇👇 https://t.me/addlist/-CPFBIiNqmM2MTA6

📣 "Iste'dodli muallif" tanlovi natijalari 🏆 Yakuniy natijaga koʻra qaysi ishtirokchilar tanlov gʻolibi boʻlganini yuqoridag
+4
📣 "Iste'dodli muallif" tanlovi natijalari 🏆 Yakuniy natijaga koʻra qaysi ishtirokchilar tanlov gʻolibi boʻlganini yuqoridagi postda koʻrishingiz mumkin. Barcha gʻoliblarni va ishtirok etgan ijodkorlarni tabriklaymiz hamda tashakkur bildiramiz. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating! 🌐 Telegram | 🌐 Instagram

XORAZMDA ILK MARTA SHEʼRIY KONSERT VA TEATRLASHTIRILGAN KITOB TAQDIMOTI Saltanat restorondo “Muallif dastxati” bo, Xolong voxtindo galing, xolong yo erta galing. Aziz xorazmlila, ey muhtaram eldoshlo, Hazzab sheʼr eshitmaka sheʼriy konserta galing. Sizni 15-iyul kuni soat 15:00 da bo‘lib o‘tadigan iste’dodli shoir Rahmat Bobojonning “Muallif dastxati” loyihasi doirasindagi yangi chop qilingan “Qursin” dagan dillari qursin...” kitobi taqdimotiga bag‘ishlangan she’riy konsertga lutfan taklif etamiz! 📍 Manzil: Urganch shahar, "Saltanat" restorani 💺 Joylarimiz soni cheklangan! 📞 Murojaat uchun tel: +998 (88) 091-96-96 #sheriy_konsert | @Rahmat_Bobojon

#sheʼriy_konsert Saltanat restorondo “Muallif dastxati” bo, Xolong voxtindo galing, xolong yo erta galing. Aziz xorazmlila, ey muhtaram eldoshlo, Hazzab sheʼr eshitmaka sheʼriy konserta galing. Sizni 15-iyul kuni soat 15:00 da bo‘lib o‘tadigan iste’dodli shoir Rahmat Bobojonning “Muallif dastxati” loyihasi doirasindagi yangi chop qilingan “Qursin” dagan dillari qursin...” kitobi taqdimotiga bag‘ishlangan she’riy konsertga lutfan taklif etamiz! 📍 Manzil: Urganch shahar, "Saltanat" restorani 💺 Joylarimiz soni cheklangan! 📞 Murojaat uchun tel: +998 (88) 091-96-96

Xorazmdan yangilik! “QURSIN” DAGAN DILLARI QURSIN 2014-2015 yillar edi adashmasam, maktabimiz kutubxonasidan bir kitopcha topib oldim — “Bir qujoq gul” – Matnazar Abdulhakim. Xorazmcha gapiradigan, lekin tili adabiycha sheʼrlarga o‘rganib qolgan mendek o‘quvchi uchun bu sheʼrlar shunchalik g‘alati tuyuldiki, o‘qishga ham qiynalgandim hatto.  Lekin u sheʼrlar ruhi ruhimga yaqin, mag‘zi to‘q va kamina o‘sha yoshgacha eshitmagan xorazmcha so‘zlarga juda boy edi. Oradan 2-3 yil o‘tib bu shaklan mitti, mazmunan katta ishni zimmasiga olgan kitob mening eng yaxshi ko‘rgan asarimga aylandi va uning taʼsirida bir nechta sheʼr qoraladim. Bu kitobimni chiqarish orzusi o‘shanda paydo bo‘lgan, “Balki 40 yoshlarga yetganimda nashr etilsa kerak...” deb o‘ylagandim. Ammo... Ammo o‘tgan bir necha yillar davomida har Xorazmga borganimda yuragim siqildi. Shunday go‘zal til (sheva deyolmayman negadir) yo‘qolib borayotgani, avlodlar almashgani sayin unutilayotganini o‘ylab qayg‘uga tushdim. Bugun shu qayg‘ular barham topdi biroz bo‘lsa ham... Bu kitobda ajoyib sheʼriy sanʼatlar, go‘zal mazmun, betakror o‘xshatishlar bor deyolmayman, mening maqsadim bu emasdi zotan. Xorazmcha yozgim keldi, yozdim, uni o‘qib xorazmliklarning sarkash ruhini his qiling, bo‘ldi. O‘ylaymanki, ustozlar Matnazar Abdulhakimning “Bir qujoq gul”, Boltaboy Bekmatovning “Shoir dagani” asarlaridan so‘ng aziz xorazmliklarga taqdim etayotgan ushbu mashqlarim to‘plangan kitob maʼqul bo‘ladi.
So‘zimni shu to‘rtlik bilan tugatsam:
Har gun do‘yib-do‘yib dotosim galar, Bol bo yor bog‘ini mevalarinda. O‘yib-o‘yib gapla otosim galar, Yurtim Xorazmni shevalarinda.
Matnazar Abdulhakim
Kim bu kitobni olmoqchi bo‘lsa, menga bog‘laning (@RahmatBobojon) albatta beraman (mutmi yo pulli dab o‘tirmonglo, himmatingiza qorob hammasi, barsangizam roziman, barmasangizam). O‘qisongizlo bo‘ldi! #xo‘shxovor | @Rahmat_Bobojon

Chamasi bundan 7-8 yillar oldin o‘zimcha futbol haqida “Futbolga ashaddiy muxlis qiz haqida ballada” degan bir sheʼr yozgandi
Chamasi bundan 7-8 yillar oldin o‘zimcha futbol haqida “Futbolga ashaddiy muxlis qiz haqida ballada” degan bir sheʼr yozgandim. O‘sha sheʼrda shunday satrlar bor edi: ...Sening xayolingda Pelelar, Yeb o‘tirar pishirgan oshing. Maradona choy ichar sen-la, Ronaldolar quradi suhbat. Mamnun aytar Messi: “Qaytaylik, Ko‘p o‘tirdik, begoyim, rahmat...” Mana, oradan yillar o‘tib futbol boshqa darajaga chiqdi va meni ushbu sheʼrni tahrirlashga majbur qildi. Endi u bunday: ...Sening xayolingda Husanov, Yeb o‘tirar pishirgan oshing. Shomurodov choy ichar sen-la, Masharipov quradi suhbat. Mamnun aytar Abbos: “Qaytaylik, Ko‘p o‘tirdik, begoyim, rahmat...” Ishonamanki, bu Vatanda hali ko‘p yaxshi o‘zgarishlar bo‘ladi va kamina ham sheʼrlarini tahrirlashda davom etaveradi. Olg‘a, O‘zbekiston! To‘liq sheʼrni kommentda qoldiryapman #bugun | @Rahmat_Bobojon

Sog‘inchi – bir Vatan. Vatangado dil. Tunlari sening ham tushingga kirar, Tongotar tarafga qarayotgan qiz. #lahza | @Rahmat_B
Sog‘inchi – bir Vatan. Vatangado dil. Tunlari sening ham tushingga kirar, Tongotar tarafga qarayotgan qiz. #lahza | @Rahmat_Bobojon

* * * Hijron silab o‘tdi bir qiz ko‘ksini, Sochlari yoyildi tovonlariga, Shodligi aridi, ko‘zyoshlar botdi. O‘sha tun baxtiga kuyib, o‘ksinib, Muhabbatning ko‘hna ayvonlarida – Oylar ham qaridi, quyoshlar botdi. Qachonki, jonini olar azozil. Gʻamning ko‘zgusida o‘zini ko‘rar, Armon sochlarini tarayotgan qiz. Sog‘inchi – bir Vatan. Vatangado dil. Tunlari sening ham tushingga kirar, Tongotar tarafga qarayotgan qiz. avgust, 2021 y. Rahmat Bobojon #eski_daftardan | @Rahmat_Bobojon

MINNATDORLIK XATI
Bolaligimda yil bo‘yi daladan chiqmay goh paxta yagonasini olib, goh kartoshka-piyoz, goh tarvuz-qovun ekib, qish kelgach rohatini ko‘rardik! Menimcha mehnatdan qochmaslik o‘sha yillariyoq qonimga kirgan…
Kuni kecha O‘zbekistonga turkiy mamlakatlardan 80 ga yaqin yozuvchi-shoirlar, san’atkorlar kelib, ulug‘ mutafakkir va shoir Alisher Navoiyning 585 hamda O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripovning 85 yilligini nishonlashdi. Samimiy e’tibori uchun qardoshlarga ko‘p rahmat! Ana shu tadbirlar sirasida tarjima sohasi va ijoddagi mehnatlarim munosib baholanib, Ozarbayjon xalq yozuvchisi, Ozarbayjon Yozuvchilar birligi raisi Anar muallim jo‘natgan maxsus diplom bilan taqdirlashdi. Minnatdorman! Qirg‘izistondagi “Yangi ovoz” Markaziy Osiyo ijodkorlari va tarixshunoslari jamiyati hamda Amir Temur fondi esa kaminaga turkiy xalqlar birligi yo‘lidagi xizmatlari uchun Mustafo Kamol Otaturk va ijoddagi dadil qadamlari uchun Abdulla Oripov bilan medallari bilan siyladi. Ko‘p tashakkur! Turkiy dunyo birlashuvi yo‘lidagi ishlarimiz davomiy bo‘lsin! #minnatdorlik_xati | @Rahmat_Bobojon