cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

Aziz Rahimov

Bog’lanish uchun: @Azizrahimov Reklama olmaymiz.

Більше
Рекламні дописи
34 460
Підписники
+5324 години
+2177 днів
+1 12930 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

Doimiylari muhimroq bo’ladi 700 kundan beri ertalab mashq uchun chiqamiz. Kasallik, safar, ramazon bo’lmasa - deyarli qoldirmaymiz. Eshitganlar qo’shilishni so’raganida - odam ko’payib ketmasin deb, yo’q deb yurardim. Endi kim so’rasa ham - ha ertadan kelavering deyapman. Chunki bilaman. 80% baribir chiqmaydi. Chiqqanlarlarning 99% oy oxirigacha yetib bormaydi. Natijamiz yo’qligi - doimiylik yo’qligidan. Ikkita post yozamiz, blogni tashlab qo’yamiz. 10ta so’z yodlab, dars qilmay qo’yamiz. Bir hafta zo’r ishlaymiz, keyingi hafta kasal bo’lamiz. Amallarni katta qilmoqchi bo’lamiz, bilmaymiz-ki kichik bo'lsa ham, doimiylari muhimroq bo’ladi. @azizrakhimov_blog
Показати все...
Ehtimol, sizni qidiryapmiz Aziz Rahimov boshchiliklaridagi Rahimov School maktabimiz jamoasiga menejment bo’yicha shogird olmoqchimiz. Ma’qul nomzod Farg’ona shahridagi yangi loyihamizga “operatsion menejer” sifatida tarbiyalanadi. Keyinchalik poytaxtga chaqirishimiz ham mumkin. Farg’onalik, ta’lim menejmenti va bizning jamoada o’sishga qiziquvchilar ushbu formani to’ldiring. Talablarimizga moslar bilan aloqaga chiqamiz, suhbatlashamiz. @abdulloh_shamsutdinov
Показати все...
Sirenalar oldida qo'lni bog'lash 2900 yil oldin yozilgan Gomerning Odisseyidan sahna: Kema sirenalar vodiyidan o‘tishi kerak bo‘ladi. Sirenalar mayin ovozi bilan kemachilarni rom qilardi. Ovozlarga aldanib yuzlab kemalar halok bo‘lgandi.  Odissey ekipajiga quloqlarini paxta bilan yopishni buyuradi. O‘zini esa bog‘lab qo‘yishlarini so‘raydi.  Yechishlarini so‘rab baqirganda ham, jamoasi arqonlarni qattiqroq ushlab turadi. Kema vodiydan tirik chiqib ketadi.  Bugun sirenalarni izlab borish shart emas, har birimizni telefonimizda - bizni halok qilish uchun tayyor bo‘lib turibdi.  Aqli yetgan odisseylar jamoasini saqlab qolishga harakat qilishyapti.  Xitoy hukumati 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarga kuniga 1 soat ko'p o‘yin o‘ynashga ruxsat bermaydi.  Florida hokimi Desantes 16 yoshga yetmagan bolalarga ijtimoiy tarmoqlarni taqiqladi. Jazo - 5000$.  Maktabimizda ham kichik va o‘rta sinflarda telefonga taqiq bor.  Apple screen time, onesec, appblock, opal - Zamonaviy Odissey arqonlari, o‘rnating, o'rnatib bering. Bugun sirenalar oldida qo‘lingizni bog‘lamas ekansiz - halok qilgan yillaringiz arqonni bo‘yiningizga bog‘laydi.  @azizrakhimov_blog
Показати все...
Ba’zilar tepalikka yurayotgan bo’ladi O’g’lim bilan samokat uchyapman. Pastlik va tekisliklarda oson uchib o’tdik. Tepalikka qiynalishni boshladi. -Tepalikka chiqish qiyin bolam. O’sha kuch bilan chiqa olmaysan. Bu pastlikka tushish emas. Tushuntirdim-ku, o’zim ham bir narsani tushunib qoldim. Harakat = natija deb o’ylaymiz. Natijasizlarni harakatsizlikda ayblaymiz. Ikkita odam bir xil harakat qiladi. Natija har xil bo’ladi. Bizga ko’rinmaydigan joyi - kimnidur yo’li tekis, pastlik. Ozgina harakat bilan uzoqlarga yetib oladi. Kimdadur tepalik. Kam harakat qilsa joyida turadi. Ko’p harakat qilsa - ozgina yuradi. Daromadingiz yildan yilga faqat oshayotgani - O’zbekiston iqtisodi tez o’sayotganidan bo’lishi mumkin. [1], [2] Kuzatuvchilaringiz ko’payib ketayotgani - instagramga 5 million yangi odam qo’shilganidan bo’lishi mumkin. Sizni yuqori qadrlashayotgani - shunchaki yaxshi kadr yetishmayotganidan bo’lishi mumkin. Tekis yo’lda tezlashib olishda muammo yo’q. Aqlli odam shunday qiladi. Yurayotgan yo’lini tushunmagan esa - omad bilan erishgan narsasiga kibrlanib yuradi. @azizrakhimov_blog
Показати все...
Bugun pontlar haqida gaplashamiz. Ko'p maqtanaverish muammolarni berkitish uchun qilinadi yoki muammolarga olib boradi do’stlar. Afinaning eng taniqli binolari Perikl davrida qurilgan. Qonli urush, ocharchilik, Grek imperiyasining qulashiga ham aynan u sababchi bo’lgan. Hindistonda dunyodagi eng chiroyli deyilgan maqbara bor - Tojmahal. Uning qurilishi Shohjahon imperiyasini bankrotlikka olib borgan. Luis XIV davrida Versalni kengaytish, moliyaviy inqirozga, keyin esa Fransuz revolutsiyasiga ulanib ketgan. Tadbirkor shaxsiy brendiga ko’proq vaqt ajratgani sari, jamoasi qiyinchiligi ortib boraveradi. Ijtimoiy tarmoqda baxtli ekanligini eng ko’p gapiradiganlar, eng baxtsizlar bo’ladi. Puli ko’pligini atayin ko’rsatayotganlar, asosan pulingizni olish uchun qilayotgan bo’ladi. Ishlar ko’ringanidek emas. Boylar berkitadi, baxtlilar jim yuradi, qilayotganlar gapiravermasdan, qiladi. Maqtaganni yuziga tuproq soching. Maqtangandan esa qoching. Ikkalovidan ham foyda topilmaydi azizlar. @azizrakhimov_blog
Показати все...
Matn kuchli Blogimda faqat matn chiqadi. Dumoloq video, ovozli xabar, rasm, hatto stiker ham qo’ymayman. Bugun sababini aytish vaqti keldi. Tylerning tilshunos bilan intervyusi 80 daqiqa. Intervyu matnini esa 30 daqiqada o’qib bo’ldim. Matn barakali. Medianing o’z tezligi bor. Uni o’sha tezlikda ko’rishingiz, eshitishingiz kerak. Matn o’quvchining tezligida yuradi. Demak tasavvur to’liq ishlaydi. Tasavvur - eng kuchli media. Matn ta’sirli. Jiddiy ish qilayotganlar band bo’lishadi. Bandlar videolar ko’rishga vaqti kam bo’ladi. Ular matnni tanlashadi. Matn tanishish qiyin bo’lganlar bilan tanishtiradi. Audioga ovoz yetarli. Videoga yaxshi sur’at yetarli. Matn esa fikrsiz bo’la olmaydi. Shu sababli suniy intellekt video, rasm, ovoz yasayotgani bitta pallada, matn yozayotgani boshqa pallada turibdi. Matn kuchli. @azizrakhimov_blog
Показати все...
Ilmlarini sizga tashlab ketishadi Ko’pchilik o’z tengdoshlari bilan gaplashishni xohlaydi. Mavzular bir xil. Qiziqishlar yaqin. Ta’lim tizimi ham 3-yoshimizdan faqat tengdoshlarimiz guruhiga joylashtiradi. Bloglar, videolarda ham ko’pchilik o'z yoshidagilarni kuzatadi. Faqat tengdoshlari bilan gaplashadiganlar tengdoshlaridan o’tib keta olmaydi. Hayotda har xil yoshdagi odam bilan gaplashishga to’g’ri keladi - tajriba yo’qligi, qiyinchilikka olib boradi. O’zidan kattalar bilan ko’p gaplashganlar - bosiqroq, dunyoqarashi kengroq bo’ladi. O’zidan yoshroqlar bilan gaplashadiganlar quvvatga to’la bo’ladi. Yoshlar bilan ko’proq gaplashing. Samimiy bo’ling. Butun umr sizni eslab yuradi. Qariyalar bilan ko’proq gaplashing. Hikmatlarini oling. Butun umrlik ilmlarini sizga tashlab ketishadi. @azizrakhimov_blog
Показати все...
Tadbirkorlikka yaqinlashgan bo'lasiz Yaxshi xodim bo’lish haqida postlar yozdim. [1],[2],[3] Yoshlar xodim bo’lib qolaversinmi? Tadbirkor bo’lishga ham undamaysizmi? mazmundagi izohlar tushdi. Do’stlar, kuchli tadbirkorlik - kuchli xodim bo’lishdan boshlanadi. Nvidia asoschisi Jensen Huan birinchi ishidagi eng yaxshi tozalovchi va eng yaxshi ofitsiant bo’lganini aytyapti. Alibaba asoschisi, milliarder, Jack Ma yaxshi o'qituvchi bo'lgani, o'quvchilari uni sevgani haqida ko'p gapiradi. Do’stimiz Jahongir Pulatov moykada ishlaganini hamma bilsa kerak. Ishlaganini ko’rgan aka aytgandi — u ham eng zo’r ishchi bo’lgan. Jamoada ishlash tajribasi yo’q odamga tadbirkor bo’ling deb, faqat tadbirkorlik kursini sotuvchilar to’g’ridan-to’g’ri aytadi. Tadbirkorlik noma’lumlikdan iborat. Ma’lum ishlarni qoyillatmaganlar, noma’lumlarini o’xshatishiga shubham bor. Ishlayotgan joyingizda 100% eng zo’ri bo’ling. Tadbirkorlikka 85% yaqinlashgan bo’lasiz. @azizkrakhimov_blog
Показати все...
Misol bo’lib bering Ba’zida farzandimni tarbiya qilib bering deb, maktabimizga olib kelishadi. Dunyoga endi kelgan bola o’zini qanday tutish kerakligini bilmaydi. Bilish uchun birinchi tanigan odamlari - ota, onasiga qaraydi. Bolaning kimligi besh yoshigacha aniq bo’ladi degandi Tolstoy. Teng yarmi yuzaga chiqayotgan irsiyat (genetika), qolgan yarmi ota onani kuzatishdan olingan xulosalar. (Jhon Medina) Dinimizda farzand tarbiyasi haqida, nafs tarbiyasiga o’xshab ko’p gapirilmaydi. O’zingizni tarbiya qilar ekansiz, farzandingizni ham tarbiya qilayotgan bo’lasiz. Shaxsiy rivojlanish, oilaning rivojlanishi. Kitob o’qitmoqchimiz? - o’qishni boshlang. Sabr qildirmoqchimiz? - sabrli bo’ling. Vaqtini bekor sarflamasinmi? - siz ham sarflamang. Quloqlar bilan olingan nasihat ba’zan eshitiladi, ba’zan eshitilmaydi. Ko’zlar bilan olingan nasihat unutilmaydi. @azizrakhimov_blog
Показати все...
O'zbekistondagi eng katta, bepul va intensiv onlayn marafonni kutib oling! Ramazon Hayiti munosabati bilan StudentHunter va IVYonaire jamoalari sizga bu tuhfani taqdim etadi! 31 kun davom etadigan bu onlayn marafonomizda 😳Harvard, 🏴󠁧󠁢󠁥󠁮󠁧󠁿Oxford, 😳ale, 😳Princeton, 😳Brown va 💜NYU kabi dunyoning eng nufuzli universitetlarining 20dan ortiq talabalari qatnashishadi. Ammo, biz bu bilan cheklanib qolmaymiz!🚀 ⚡️Iqtidorli yoshlarimiz qatorida onlayn marafonimizda O'zbekistonning 10dan ortiq eng mashhur tadbirkorlari va influencerlari ham o'z maslahatlarini siz bilan ulashishadi!⚡️ ❤️Qatnashuvchilar TOP universitet talabalari tomonidan universitetga hujjat topshirish bo'yicha bepul konsultatsiyani ham qo'lga kiritish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Tadbirkorlarimiz va influencerlarimizdan ham ajoyib sovg'alarni kutib qoling! Marafon ishtirokchilari bilan tanishing👇: Top universitet talabalari Tadbirkorlar va influencerlar 🖇Quyidagi bot orqali marafon bo'lib o'tadigan yopiq kanalga havolani qo'lga kiritishingiz mumkin: https://t.me/admission_career_marathon_bot https://t.me/admission_career_marathon_bot 📌Marafonga taaluqli barcha yangiliklar StudentHunter va IVYonaire kanallarida yoritilib boradi.📌 Yangiliklarga tayyor turing! 🔥Bu hali boshlanishi!🔥 @StudentHunter & @ivyonaire Instagram | Facebook | Website
Показати все...