en
Feedback
📚CHDPU Akademik litseyi

📚CHDPU Akademik litseyi

Open in Telegram

Chirchiq Davlat pedagogika universiteti Akademik litseyi rasmiy kanali 📞 Matbuot xizmati: +998 (70) 716-57-41 ✉️ E-mail: chdpial@inbox.uz 📲Facebook: www.fb.com/chdpial 🌎 Rasmiy sayt: www.chdpial.uz Taklif va mulohazalar: @Orifjon86

Show more
907
Subscribers
-324 hours
-177 days
-7830 days
Posts Archive
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan bayram tantanasini quyidagi havolalar orqali tomo
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan bayram tantanasini quyidagi havolalar orqali tomosha qiling: — Смотрите празднование 35-й годовщины государственной независимости Республики Узбекистан по следующим ссылкам: Telegram Youtube Facebook Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Chet tillaridan 2026-yilning 2-yarmida bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihonlari 📆 Chet tilini bilish darajasini aniqla
Chet tillaridan 2026-yilning 2-yarmida bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihonlari
📆 Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari avgust, sentabr, oktabr, noyabr va dekabr oylarida bo‘lib o‘tadi. 🧑‍💻 Bunda nemis va fransuz tillaridan imtihonlar elektron shaklda o‘tkaziladi (kompyuterda olinadi). 🆔 Test sinovi uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi. ⛳ Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin. 🧑‍💻 Test sinovlari qaysi tillardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan. Muhim eslatma: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-fevraldagi 73-son qarori bilan tasdiqlangan Ma’muriy reglamentga ko‘ra, imtihon o‘tkaziladigan joy, sana hamda muayyan hudud bo‘yicha o‘tirish o‘rinlari soni Bilimni baholash agentligi tomonidan belgilanadi. Shu sababli, hudud uchun belgilangan limit to‘lgach, mazkur hudud boʻyicha ro‘yxatdan o‘tish yopiladi. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Umumta'lim fanlaridan 2026-yilning 2-yarmida bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihonlari 📆 Umumta'lim fanlarini bilish da
Umumta'lim fanlaridan 2026-yilning 2-yarmida bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihonlari
📆 Umumta'lim fanlarini bilish darajasini aniqlash boʻyicha imtihonlar sentyabr, oktyabr, noyabr va dekabr oylarida o‘tkaziladi. 🆔 Milliy sertifikat uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi. ⛳ Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda imtihonlarda ishtirok etishlari mumkin. 🧑‍💻 Milliy sertifikat imtihonlari qaysi fanlardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan. Muhim eslatma: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-oktyabrdagi 646-son qaroriga ko‘ra, imtihon o‘tkaziladigan joy, sana hamda muayyan hudud bo‘yicha o‘tirish o‘rinlari soni Bilimni baholash agentligi tomonidan belgilanadi. Shu sababli, hudud uchun belgilangan limit to‘lgach, mazkur hudud boʻyicha ro‘yxatdan o‘tish yopiladi. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

🤔 Super-kontrakt? Qaror qabul qilishga shoshilmang! 👍 Toshkent shahridagi Adju universiteti xalqaro ta’lim, xorijiy dasturlar va chet elda o‘qish imkoniyatlarini taklif etadi — bunda to‘lov narxi O‘zbekiston OTMlaridagi super-kontraktdan qariyb ikki baravar arzonroq bo‘lishi mumkin. ✅ Kelajagingiz uchun xalqaro imkoniyatlarni tanlang — Adjuni tanlang! 🌟 Batafsil: info.ajou.uz 📝 Hujjatlar admission.ajou.uz havolasi orqali topshiriladi. 📞 Murojaat uchun telefon: +998712086969 📆 Kirish imtihoni — 26-avgust kuni bo‘lib o‘tadi. ➖➖➖ 🤔 Суперконтракт? Не спешите с решением! 👍 Университет Аджу в городе Ташкент предлагает международное образование, зарубежные программы и возможности обучения за границей — при этом стоимость может быть почти в два раза ниже суперконтракта в вузах Узбекистана. ✅ Выбирайте международные возможности для своего будущего — выбирайте Аджу! 🌟 Подробнее: info.ajou.uz 📝 Подача документов осуществляется по ссылке: admission.ajou.uz. 📞 Звоните: +998712086969 📆 Вступительный экзамен — 26 августа

#Live #shukuh #Mustaqillik35 🇺🇿 Vatan himoyachilarining tantanali chiqishi — Mustaqillik bayramining eng ta’sirchan lahzala
+5
#Live #shukuh #Mustaqillik35 🇺🇿 Vatan himoyachilarining tantanali chiqishi — Mustaqillik bayramining eng ta’sirchan lahzalaridan biri bo‘ldi. Har bir qadamda Vatanga sadoqat, har bir harakatda mardlik va jasorat mujassam. Zero, tinch va osuda hayotimiz, aziz Mustaqilligimizning ishonchli himoyachilari bor. Jonli efir: https://www.instagram.com/chirchiq_shahar_hokimligi/live/17884587426621531 💬 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌎 Web-site

Repost from Edu.uz
❔ Korrupsiya qayerdan boshlanadi? Korrupsiya har doim pora bilan boshlanmaydi. Ko‘pincha u indamaslikdan, “mayli, shunaqa bo‘
Korrupsiya qayerdan boshlanadi?
Korrupsiya har doim pora bilan boshlanmaydi. Ko‘pincha u indamaslikdan, “mayli, shunaqa bo‘lsin” degan fikrdan, kichik yon berishlardan paydo bo‘ladi.
Bugun ⚖️ adolatsizlikka ko‘z yumsak, ertaga 🚫 halollik qadrsizlanadi. Bugun 🎙 sukut saqlasak, ertaga 🚫 ishonch yo‘qoladi.
Korrupsiyaga qarshi kurash faqat jazo emas. Bu har bir insonning shaxsiy tanlovi. ➖ halol ishlash; ➖ ochiq gapirish; ➖ qonuniy yo‘lni tanlash – jamiyatni aynan shu qarorlar o‘zgartiradi.
🙋 Korrupsiyaga qarshi kurash o‘zimizdan boshlanadi. 👍Bugun tanlangan to‘g‘ri yo‘l – ertangi adolatli jamiyatning poydevoridir.
Korrupsiyaga duch kelsangiz, quyidagi aloqa manzillariga murojaat qilishingizni so‘raymiz: ☎️Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Call-markazi – 1253 📞Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Ishonch telefoni – 1006, anticor@edu.uz elektron pochta. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Repost from Xushnudbek.uz
❗️Vakant joylar ro’yxati e’lon qilindi #abituriyent 2026-2027-oʻquv yili qoʻshimcha tanlov uchun vakant oʻrinlar mavjud bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati shakllantirildi. Roʻyxatda KUNDUZGI, KECHKI va MASOFAVIY ta'lim shakllari bo'yicha OTMlarning umumiy qabul parametrlari doirasida qolgan vakant (bo‘sh) o‘rinlar taqsimoti keltirilgan. OTMlar, taʼlim yoʻnalishlari, taʼlim shakli, taʼlim tili kesimida amalga oshirilgan vakant oʻrinlar taqsimoti va fanlar majmuasi bilan yuqorida berilgan PDF fayl orqali batafsil tanishish mumkin. 👉 @xushnudbek 👈

#Mustaqilligimiz35yilligi #YagonaVatan #YagonaXalq 🇺🇿 Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri! O‘zbe
+3
#Mustaqilligimiz35yilligi #YagonaVatan #YagonaXalq 🇺🇿 Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri! O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida bayram tadbiri tashkil etiladi. 📅 2026-yil 24-avgust 🕕 Soat 18:00 📍 O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining ochiq o‘yingohi 🎤 Bayram tadbirida taniqli san’atkorlar Hamdam Sobirov, Afruza, Shaxriyor, Doston Ergashev hamda bir guruh san’atkorlar ishtirok etib, o‘zlarining musiqiy chiqishlarini namoyish etadilar. ✨ Barchangizni Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan tashkil etiladigan bayram tadbiriga taklif etamiz! 🔥 BIZ BILAN BIRGA BO‘LING! 💬 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌎 Web-site

#Qabul2026 #Vakant_joy #Tanlov DIQQAT, E'LON! Vakant o‘rinlarga qo‘shimcha tanlov uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi Oliy ta’l
#Qabul2026 #Vakant_joy #Tanlov DIQQAT, E'LON!
Vakant o‘rinlarga qo‘shimcha tanlov uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi
Oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlarida ishtirok etib, belgilangan minimal 56,7 ball va undan yuqori ball to‘plagan, biroq talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarga, shu jumladan, ro‘yxatdan o‘tishning ikkinchi bosqichida oliy ta’lim tashkiloti va bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini tanlamagan abituriyentlarga vakant o‘rinlar mavjud bo‘lgan, fanlar majmuasi va ta’lim tili mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘shimcha tanlovda ishtirok etish imkoniyati yaratildi. 2026-yil 22-avgustdan 28-avgustga qadar (shu kuni ham) Agentlikning my.uzbmb.uz rasmiy platformasi orqali mazkur toifadagi abituriyentlar qo‘shimcha tanlovda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. Abituriyentlarga fanlar majmuasi va ta’lim tili mos bo‘lgan, vakant o‘rinlar mavjud bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini tanlash huquqi beriladi. Ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar vakant o‘rinlarga to‘plagan ballari ketma-ketligiga qat’iy rioya qilingan holda, bazaviy to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya qilinadi. Tanlov yakunlari bo‘yicha Agentlik tomonidan tegishli tanlov qaydnomalari shakllantirilib, oliy ta’lim tashkilotlariga taqdim etiladi. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Repost from Edu.uz
#Qabul2026 #Vakant_joy #Tanlov Abituriyentlar diqqatiga! 🎥 Oliy ta’lim muassasalari, ta'lim yo‘nalishlari, ta'lim shakllari va ta'lim tillari kesimidagi vakant o‘rinlar uchun qo‘shimcha tanlovda ishtirok etishda ro‘yxatdan o‘tish tartibi bo‘yicha videoqo'llanma tayyorlandi. 📹 Ushbu bosqich tanlovda ishtirok etuvchilarni mazkur videoqo‘llanma bilan tanishib chiqishlari tavsiya etiladi. Videoqo'llanmani Youtube orqali ko‘rish (HD formatda) Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Repost from Alisher Sadullaev
Yaponiya bugungi madaniyatga qanday erishgan? Yaponiyaning toza ko‘chalari, tartibli jamiyati va o‘ziga xos turmush tarzi haqida gap ketganda, ko‘pincha bu xalqning yuksak madaniyati bilan izohlanadi. Ammo ularda ham doim bunday tartib bo‘lmagan. Ko‘pchilik havas qiladigan yapon madaniyatining ortida yillar davomida ishlagan butun boshli tizim turibdi. Ya’ni, jamiyatdan madaniyat talab qilishning o‘zi yetarli bo‘lmagan. Qoida ham bo‘lgan, nazorat ham, javobgarlik ham. Shu bilan birga, odamlarning o‘z hududi va jamoat joylariga munosabatini o‘zgartiradigan mexanizmlar yaratilgan. Bu masala O‘zbekiston uchun ham dolzarb. Ko‘chani tozalashga qancha kuch va mablag‘ sarflanmasin, uni iflos qilish odat bo‘lib qolaversa, muammo yana qaytib kelaveradi. Yaponiya odamlarni tozalik va tartibga qanday o‘rgatgan — batafsil videoda. @alisher_sadullaev

O‘zbekistonda dunyoning 50 dan ortiq davlatidan kelgan talabalar tahsil olmoqda O‘zbekiston oliy ta’lim tashkilotlarida xorij
O‘zbekistonda dunyoning 50 dan ortiq davlatidan kelgan talabalar tahsil olmoqda O‘zbekiston oliy ta’lim tashkilotlarida xorijiy talabalar soni 24 647 nafarni tashkil qiladi. Ularning eng katta qismi Hindiston fuqarolari – 13 060 nafar. Keyingi o‘rinlarda Turkmaniston – 4 884 nafar, Pokiston – 1 165 nafar ва Qozog‘iston – 1 129 nafar qayd etilgan. Xorijiy talabalar orasida eng ommabop yo‘nalish tibbiyot bo'lib, ushbu yo‘nalishda 16 476 nafar xorijiy talaba yoki xorijiy talabalar kontingentining qariyb 67 foizini qamrab olgan. Eng ko‘p xorijiy talabalar Toshkent davlat tibbiyot universitetida – 4 155 nafar, Samarqand davlat tibbiyot universitetida – 4 153 nafar, TIQXMMI Milliy tadqiqot universitetida – 2 886 nafar, Buxoro davlat tibbiyot institutida – 2 178 nafar hamda O‘zbekiston Milliy universitetida – 1 917 nafar. Son bo‘yicha TOP-10 talikka, shuningdek, Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti, Andijon davlat tibbiyot instituti, Urganch davlat tibbiyot instituti, Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti ham kiradi. Oliy ta’lim tashkilotlarining mazkur indikator bo‘yicha natijalari va toifalar kesimidagi reytingi bilan ilova qilinayotgan batafsil axborot-tahliliy sharhda tanishishingiz mumkin. HEMIS ma’lumotlari asosida tayyorlandi English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ ☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook

Abituriyentlarga maksimal ball berish tartibi qayta ko‘rib chiqilishi mumkin Milliy sertifikat bilan oliy ta’lim tashkilotlar
Abituriyentlarga maksimal ball berish tartibi qayta ko‘rib chiqilishi mumkin Milliy sertifikat bilan oliy ta’lim tashkilotlariga hujjat topshirayotgan abituriyentlar soni yil sayin ortib bormoqda. Shu sababli ularga maksimal ball berish mexanizmini qayta ko‘rib chiqish masalasi o‘rganilmoqda. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sardor Rajabov 2026–2027-o‘quv yili qabul natijalariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ma’lum qildi. Rajabovning ta’kidlashicha, milliy sertifikat imtihonlari oddiy kirish testlaridan farq qiladi. Ularda ochiq topshiriqlar ham mavjud bo‘lib, natijalar xalqaro Rash modeli asosida hisoblanadi. Shu sababli tasodifiy javob orqali yuqori ball olish ehtimoli kamroq. Biroq sertifikatga ega abituriyentlarga maksimal ball berilishi ko‘plab talabgorlarning bir xil yuqori natija atrofida to‘planishiga va o‘tish ballariga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Hozirda amaldagi tartib Bilim va malakalarni baholash agentligi bilan hamkorlikda tahlil qilinmoqda.

Repost from Edu.uz
#rasmiy_xabar ⚡️Oliy ta’lim tashkilotlari, akademik litsey va texnikumlarda yangi o‘quv yili boshlanish sanasi belgilandi 202
#rasmiy_xabar ⚡️Oliy ta’lim tashkilotlari, akademik litsey va texnikumlarda yangi o‘quv yili boshlanish sanasi belgilandi 2026/2027-o‘quv yilida akademik litsey va texnikumlarda o‘quv jarayonlari 2-sentyabrdan boshlanadi. Oliy ta’lim tashkilotlarida esa:1-bosqich talabalari uchun — 7-sentyabrdan;2-bosqich va undan yuqori bosqich talabalari uchun — 14-sentyabrdan o‘quv jarayonlari tashkil etiladi. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

DIQQAT! CHDPU AKADEMIK LITSEYI IJROCHI DIREKTORIGA MUROJAAT! Xabaringiz bor, CHDPU akademik litseyimizda barcha jamoa a’zolari oʻrtasida oʻzaro hurmat muhitini yaratish, o'quvchilarni oʻylantirayotgan muammolarni hal etish, ularning takliflarini chuqur oʻrganish, pedagog va ishchi xodimlarning faoliyatlari davomida uchrayotgan kamchiliklarni bartaraf etish va jamoaviy muhit mustahkamligini yanada oshirish maqsadida oʻqituvchi-pedagoglar va o'quvchilarning Chirchiq davlat pedagogika universiteti akademik litseyi ijrochi direktori Zakirov Doniyor Utkirovich bilan anonim tarzda online muloqoti tashkil etildi. Marhamat! Sizda CHDPU akademik litseyi faoliyatiga doir taklif hamda e'tirozlar bo'lsa tog’ridan-to’g’ri CHDPU akademik litseyi ijrochi direktoriga: @ChdpialdirektorBot manzili orqali xabar yo’llang! Sizning fikringiz biz uchun juda muhim va biz Sizni qoʻllab-quvvatlashga tayyormiz. Bu sotqinlik emas, bu jinoyat emas, bu yanada yaxshi bo‘lish uchun kichik bir qadam, bu Sizu-bizning kelajagimiz! LEKIN, HAR QANDAY VAZIYATGA VIJDONAN BAHO BERIB, XOLIS VA ALBATTA TUHMATDAN YIROQ BO'LGAN HOLATDA FIKR BILDIRISHINGIZNI ILTIMOS QILAMIZ!

Repost from Xushnudbek.uz
+1
Abituriyentlar tomonidan eng ko‘p berilayotgan 8 ta savolga javoblar: 1-qism: 1️⃣ Magistratura javobi qachon chiqadi? 2️⃣ O‘qishga kirganlar ham birinchi yo‘nalishga super-kontrakt qila oladimi? 3️⃣ Tibbiyot yo‘nalishlariga super-kontrakt yopildimi? 4️⃣ Nega imtiyozim qo‘shilmadi? 2-qism: 5️⃣ Oltinchi yo‘nalishga onlayn ariza topshiriladimi? 6️⃣ Qoraqalpog‘iston yoshlari uchun bu yil ham qo‘shimcha kvota bormi? 7️⃣ 56,7 balldan kam ball olganlar super-kontrakt qila oladimi? 8️⃣ Nega talabalar turar joyiga 1-kurslar ariza topshira olmayapti? 👉 @xushnudbek 👈

#matbuot_anjumani 📣 Bilim va malakalarni baholash agentligi ishtirokida matbuot anjumani o‘tkaziladi 📆 2026-yil 17-avgust k
#matbuot_anjumani 📣 Bilim va malakalarni baholash agentligi ishtirokida matbuot anjumani o‘tkaziladi 📆 2026-yil 17-avgust kuni soat 11:00 da matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi. 🧑‍💻 Matbuot anjumani "O‘zbekiston" teleradio kanali bilan hamkorlikda MTRK binosida tashkil etiladi. 📝 Mavzu: "2026-2027 o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovlarning yakuni (yakuniy tanlov natijalari"). 👥 Spikerlar: 🎙️ F.Mirzayev – Bilim va malakalarni baholash agentligi direktori o‘rinbosari; 🎙️ J.Nurmatov – Bilim va malakalarni baholash agentligi, departament boshlig‘i; 🎙️ B.Yusupov -- Bilim va malakalarni baholash agentligi, boshqarma boshlig‘i; 🎙️ H.Nuraliyev -- Bilim va malakalarni baholash agentligi, boshqarma boshlig‘i; 📹 Jarayon "O‘zbekiston" tele va radio kanallari hamda uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali jonli efirga uzatiladi. 💼 OAV xodimlari va blogerlarni taklif etamiz. 📝 Ishtirok etishni xohlovchilar uchun ro‘yxatdan o‘tish havolasi: @reg_uzanjuman_bot 📨 Savol yuborish uchun havola: @uzbekistan_murojaat_bot 📍 Manzil: Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Botir Zokirov ko'chasi, 2-uy. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

📌O‘qishga kirolmaganlar uchun qanday imkoniyatlar bor? O‘qishga tavsiya etilmadingizmi, xafa bo‘lishga aslo hojat yo‘q! Davlatimiz tomonidan abituriyentlar uchun bir qator qo‘shimcha imkoniyatlar yaratilgan: 1️⃣ Birinchi imkoniyat — vakant o‘rinlar uchun qo‘shimcha qabul tanlovi: Davlat OTTlaridagi bo‘sh (vakant) qolgan o‘rinlar tanlovida 2 toifadagi abituriyentlar ishtirok etishi mumkin: 🔹 Test sinovlarida 56,7 ball va undan yuqori natija ko‘rsatgan, ammo kvota doirasida talabalikka tavsiya etilmaganlar; 🔹 Ro‘yxatdan o‘tishning ikkinchi bosqichida oliy ta’lim tashkiloti va bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini tanlamagan abituriyentlar. 2️⃣ Ikkinchi imkoniyat — tabaqalashtirilgan (super) kontrakt: Davlat OTTlarida tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish imkoniyati mavjud. Vakant o‘rinlar uchun tanlov yakunlangach (taxminan 1 haftadan so‘ng), super-kontrakt bo‘yicha ariza topshirish platformasi ochiladi va aniq ma’lumotlar e’lon qilinadi. 3️⃣ Uchinchi imkoniyat — qo‘shma ta’lim dasturlari: Davlat OTTlarining xorijiy universitetlar bilan hamkorlikdagi qo‘shma ta’lim dasturlari orqali o‘qish mumkin. Qabul jarayonlari har bir muassasa tomonidan alohida tashkil etiladi. Ma’lumotlarni OTTlarning rasmiy saytlari orqali aniqlashtirish mumkin. 4️⃣ To‘rtinchi imkoniyat — nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari: Litsenziyaga ega nodavlat OTTlarda tahsil olish imkoniyati bor. Qabul jarayonlari har bir muassasa tomonidan mustaqil olib boriladi va sentyabr oyi oxirigacha davom etadi. 5️⃣ Beshinchi imkoniyat — xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va filiallari: O‘zbekistondagi xorijiy OTTlar filiallarida yoki xorijdagi OTTlarda o‘qish mumkin. Qabul talablari va muddatlari har bir oliygoh tomonidan alohida belgilanadi (qabul sentyabr oyi oxirigacha davom etadi). 6️⃣ Oltinchi imkoniyat — texnikumlar: Texnikumlarda 2–2,5 yil davomida zamonaviy kasb-hunar egallash mumkin. Bitirgach: 🔹 To‘g‘ridan-to‘g‘ri mehnat bozoriga kirib, o‘z sohasi bo‘yicha ishlash; 🔹 A’lo baholar bilan tamomlab, suhbat asosida OTTlarning 2-kursidan o‘qishni davom ettirish imkoniyati mavjud. Qabul 10-avgustdan boshlangan bo‘lib, 10-sentyabrgacha my.edu.uz platformasi orqali hujjat topshirish mumkin. @chdpial

Repost from Edu.uz
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri bilan suhbat 📺 “UzReport TV” telekanalining 14-avgust kungi efirida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov bilan bu yilgi qabul jarayonlari, ta’lim sifati, talabalar uchun yotoqxonalar, oliy ta’limdagi yangilanishlar va boshqa dolzarb mavzularda suhbat bo‘lib o‘tdi. Suhbat davomida boshlovchi Gulnoza Husanova ta’kidlaganidek, Qo‘ng‘irotboy Sharipov “UzReport TV” studiyasiga tashrif buyurgan ilk vazir bo‘ldi. 🎥 Suhbatni to‘liq tomosha qiling: 🌐 YouTube: https://youtu.be/PmbnFisA6sI 🌐 Facebook: https://www.facebook.com/share/v/186Dy6pc7h/ Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Repost from Edu.uz
#vazir_tabrigi Aziz yoshlar! 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga yakuniy tanlov natijalari — mandat e’lon q
#vazir_tabrigi Aziz yoshlar! 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga yakuniy tanlov natijalari — mandat e’lon qilindi. Avvalo, talabalikka tavsiya etilgan barcha yoshlarni ushbu quvonchli kun bilan chin qalbimdan muborakbod etaman! Bugun sizlar hayotingizdagi eng muhim va unutilmas kunlardan birini boshdan kechirmoqdasiz. Sizning bu natijangiz ortida yillar davomidagi izlanish, mehnat, ustozlaringizning sabog‘i va ota-onangizning ishonchi turibdi. Bu yutuq — nafaqat sizning, balki sizni qo‘llab-quvvatlagan oilangiz va ustozlaringizning ham quvonchidir. Endi oldingizda yangi, yanada mas’uliyatli bosqich — talabalik davri turibdi. Oliy ta’lim dargohida sizlarni yangi bilimlar, yangi do‘stlar, yangi imkoniyatlar va katta maqsadlar kutmoqda. Tanlagan yo‘nalishingizni chuqur egallab, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishingiz, kelajakda mamlakatimiz rivojiga munosib hissa qo‘shadigan malakali mutaxassis bo‘lib yetishishingizga ishonaman. Shu bilan birga, talabalikka tavsiya etilmagan yoshlarimiz uchun ham imkoniyatlar eshigi ochiq. Yurtimizning barcha hududlarida faoliyat yuritayotgan texnikumlarda ta’lim olish va zamonaviy kasb egallash imkoniyati mavjud. Barcha yangi talabalarni yana bir bor samimiy muborakbod etaman! Sizlarga mustahkam sog‘liq, katta marralar, ilm yo‘lida muvaffaqiyat va yorqin kelajak tilayman! Talabalik baxti muborak bo‘lsin! Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Facebook | Instagram | YouTube | Telegram