en
Feedback
DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

Open in Telegram

Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti rasmiy sahifasi Murojaatlar uchun: @Davlat_tili_murojaat_bot

Show more
3 215
Subscribers
No data24 hours
+1097 days
+12330 days
Posts Archive
#jarayon Mamlakatni dunyoga tez tanitadigan soha, bu — sport. Sport millat va irq tanlamaydi, u barchani o‘z atrofida birlash
+9
#jarayon Mamlakatni dunyoga tez tanitadigan soha, bu — sport. Sport millat va irq tanlamaydi, u barchani o‘z atrofida birlashtiradi. Sport nafaqat aholi salomatligini mustahkamlaydi, balki sog‘lom avlodni tarbiyalashning asosiy mezonlaridan biri sanaladi. Tuman ishchi guruh vakillari To‘raqo‘rg‘on tuman Sport maktabidagi ijtimoiy maʼnaviy muhit holati yuzasidan o‘rganish ishlarini olib borishdi. Dastlab Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan olib borilgan ishlar, shuningdek, maʼnaviy-maʼrifiy ishlarga masʼul xodimning ish hujjatlari, ularning Davlat tili mezonlariga mosligi, tashqi va ichki targ‘ibot vositalarining sifat ko‘rsatkichlari o‘rganildi. Murabbiy va sportchilar bilan ularning kasbiy salohiyatlari, o‘smirlarning sportga bo‘lgan qiziqishlari, yaratilgan shart-sharoitlar va intilishlari bo‘yicha suhbatlashildi.

📝 Taomnoma (menyu) ham o‘zbek tilida bo‘lishi lozim. 🟢 Samarqand shahar hokimligining Ishchi guruhi Vazirlar Mahkamasining
+3
📝 Taomnoma (menyu) ham o‘zbek tilida bo‘lishi lozim. 🟢 Samarqand shahar hokimligining Ishchi guruhi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil ikkinchi yarim yillik ish rejasini tasdiqlash to‘g‘risidagi 78-son bayonining 8-ilovasi 16-bandida belgilangan topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida shaharda faoliyat yuritayotgan umumiy ovqatlanish shoxobchalarida iste’molchilarga taqdim etilayotgan taomnomalarning davlat tilida rasmiylashtirilganlik holatini o‘rganmoqda. 🔵 O‘rganish jarayonida taomnomalarda davlat tilida yozilmagan yoki imlo xatolari bilan berilgan taom nomlari aniqlanib, ularni davlat tilida to‘g‘ri va adabiy til me’yorlariga muvofiq rasmiylashtirish yuzasidan tegishli tushuntirish va tavsiyalar berilmoqda. Norbek Alkarov, Samarqand shahar hokimining maslahatchisi. 🌍 Web-sayt|  📱 Telegram| 📱 YouTube   📱 Instagram| 📱 Facebook| 📱 Facebook

#Munosabat 🦅O‘Z TILINGDA SO‘ZLASH — BU MUSTAQILLIK NE’MATI Kechagi armonlar, bugungi erkinlik va ertangi avlod oldidagi masʼ
#Munosabat 🦅O‘Z TILINGDA SO‘ZLASH — BU MUSTAQILLIK NE’MATI Kechagi armonlar, bugungi erkinlik va ertangi avlod oldidagi masʼuliyat haqida: Xotiramdagi mustaqillik Baʼzan inson tarixni kitobdan emas, oʻz hayotidan oʻqiydi.  Biror sana, biror voqea, biror uchrashuv yoki hatto oddiy bir suhbat xotirasi uni qayta kashf etadi. Yillar oʻtib, oddiydek tuyulgan bir voqea bugun butun bir davrning mohiyatini anglatib turganini his qiladi.
Men ham baʼzan talabalikka tayyorgarlik koʻrgan yillarimni eslayman. S.X.Sirojiddinov litseyini bitirib, sinfdoshlarimiz har kim oʻz qiziqishi va tanlagan yoʻnalishi boʻyicha turli tomonlarga tarqalib ketgan  pallalar. Kimdir oliygohga tayyorgarlik koʻrar, kimdir boshqa maqsad sari  yoʻl olar, yana kimdir oʻz orzusi ortidan yurardi. Yozning chillasi avjiga chiqqan, biz abituriyentlar esa ilmning “chilla”sida qaynar edik. Oliygohga kirish oson emasdi. Ayniqsa, tanlagan mutaxassislik boʻyicha puxta tayyorgarlik koʻrish kerak. Qoʻlimizda kitob, qoʻltiqda “Axborotnoma”. Misol-masalalarning u yogʻini yechib, bu yogʻini yechib, har bir mavzuni qayta-qayta oʻqirdik. Hatto nafas rostlashga ketadigan vaqtni ham qizgʻanardik. Kimdir oʻz uyida tayyorlanardi, kimdir ijarada. Maqsad bitta: hech kim xalaqit bermasa, kitobni tinch oʻqish, mutaxassislik boʻyicha tayyorgarlikni yanada kuchaytirsa. Men ham vaqtni tejash maqsadida bir rus kampirining ijara uyiga joylashdim. Uydan qatnab oʻqishim mumkin edi. Ammo yoʻlga ketadigan vaqtni qizgʻanardim. “Ijarada yashasam, koʻproq oʻqiyman”, deb oʻyladim. Ammo hayotning oʻz rejasi bor ekan. Uy egasi bilan yashash, ayniqsa, yosh qiz boʻlsangiz, uy yumushlaridan chetda qolish oson emas. Dars qilish uchun kitobni ochaman — ruschalab biror ish buyuriladi. Men bajaraman. Ruschani esa unchalik yaxshi bilmayman. “Hoy, inson men tayyorgarlik koʻrishim kerak, vaqtim zoye ketadi,” deya qani tushuntira olsam uy egasiga. Qizigʻi, momo oʻzbekchani tushunardi. Ammo mening rus tilida qiynalayotganimni koʻrib, goʻyo atayin yanada gapirtirardi. — Ne ponyala... Yana tushuntirishga urinaman. Yana: — Ne ponyala... Soʻng oʻsha gaplar: — “Tebe nado russkogo uchit. Kak mojno ne znat russkogo yazыka? Snachala russkiy yazыk uchi, potom k spetsialnosti gotovsya...” Bugun oʻylasam, oʻsha gaplar menga juda qattiq taʼsir qilgan ekan. Balki alam qilgandir, balki oʻqishga tayyorgarlik koʻrishimga xalaqit berilayotgani jonimga tekkandir. Balki oʻzim bilmagan tilda oʻz fikrimni tushuntirishga majbur boʻlganim uchun. Yoki inson oʻz yurtida oʻz tilini bilgan holda ham qandaydir “kamchilik” egasidek his qilishi, yelka qisib yurishi menga ogʻir botgandir.
✍️Oygul Kajanova,  “Maʼrifat targʻibotchilari” jamiyati aʼzosi, Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi raisining maʼnaviyat va davlat tili masalalari boʻyicha maslahatchisi 👉Maqolani_o‘qish ✈️Telegram | ™️Facebook | 📺 Youtube

#etimologiya So‘zlarimiz etimologiyasini bilasizmi❓ YAQIN ‘uncha uzoq bo‘lmagan’. Shaharga yaqin bir qishloqda yashaymiz. Bu
#etimologiya So‘zlarimiz etimologiyasini bilasizmi❓ YAQIN ‘uncha uzoq bo‘lmagan’.
Shaharga yaqin bir qishloqda yashaymiz.
Bu so‘z qadimgi turkiy tildagi ‘tomon’ ma’nosini anglatuvchi yaq otdan qadimgi vosita kelishigining -(i)n qo‘shimchasi bilan hosil qilingan. Keyinroq a: unlisining cho‘ziqlik belgisi yo‘qolgan. O‘zbek tilida a unlisi ä unlisiga almashgan, i unlisining qattiqlik belgisi yo‘qolgan.   🛡 Ma'lumotlar Sh.Rahmatullayevning "O'zbek tilining etimologik lug'ati" dan olindi. 🌎Bizning manzillar: 🌐Veb-sahifa |✈️Telegram |™️ Facebook | 📺Youtube

📝 Menyu emas, taomnoma 🟢 Qo‘shrabot tumanida hokimlik Ishchi guruhi tomonidan hududda joylashgan umumiy ovqatlanish shoxobc
+4
📝 Menyu emas, taomnoma 🟢 Qo‘shrabot tumanida hokimlik Ishchi guruhi tomonidan hududda joylashgan umumiy ovqatlanish shoxobchalarida iste’molchilarga taqdim etilayotgan taomnomalarning davlat tilida yozilish holati o‘rganilmoqda. 🔵 O‘rganish jarayonida davlat tilida bo‘lmagan yoki imlo xatolar bilan yozilgan taomlar nomi bo‘yicha kerakli ko‘rsatmalar berilmoqda. Soxib Dusmurodov, Tuman hokimining maslahatchisi Kanalga ulanish 👇👇👇 @iftixorim_tilim

+1
Diqqat, Tanlov! 🇺🇿Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti hamda Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi “Jonajon oʻzbek tilim” tanlovini e’lon qiladi. Tanlov quyidagi yo‘nalishlarda o‘tkaziladi: • oʻzbek tilining oʻziga xos xususiyatlari, muammo va yechimlari yoritilgan eng yaxshi ilmiy tadqiqot; • oʻzbek tilini raqamlashtirishga qaratilgan eng yaxshi dasturiy mahsulot; • oʻzbek tilining boy imkoniyatlari tarannum etilgan eng yaxshi badiiy-ijodiy asar; • davlat tili boʻyicha ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan eng yaxshi material; • oʻzbek tili targʻibotiga bagʻishlangan eng yaxshi videorolik; • oʻzbek tilini xalqaro miqyosida ommalashtirishga xizmat qilayotgan eng yaxshi amaliy ish; • oʻzbek tilining xorijlik doʻstlari tomonidan yaratilgan eng yaxshi ilmiy-ijodiy ish. ⚠️Tanlovda ishtirok etuvchi nomzodlar o‘zi haqidagi ma’lumotlarni (namuna: Ismi, otaismi, familiyasi, ish joyi yoki o‘qish joyi) ilmiy-ijodiy ishining elektron nusxasini ilova qilgan holda 20-avgustdan 20-sentabrgacha yuborishlari lozim. Hujjatlar quyidagi manzillarda qabul qilinadi: • Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi (Manzil: Toshkent shahri Yakkasaroy tumani Bobur koʻchasi 21A); @Jonajontilim_bot telegram boti; Uz_til_jamgarma@umail.uz elektron pochtasi. G‘oliblar bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdoridagi pul mukofoti, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi. Mukofotlar 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni arafasida topshiriladi. ✈️Telegram | ™️Facebook | 📺 Youtube

DAVLAT TILI — MILLIY O‘ZLIGIMIZ TIMSOLI O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonuni hamda Vazirlar Mahkam
+3
DAVLAT TILI — MILLIY O‘ZLIGIMIZ TIMSOLI O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevraldagi 61-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Qumqo‘rg‘on tumani hokimligi mas’ul xodimlari tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi. 📌 O‘rganish davomida Qumqo‘rg‘on tuman Tibbiyot birlashmasi hamda tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limida davlat tiliga oid qonun hujjatlari ijrosi, ish yuritish hujjatlarining davlat tilida va lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida yuritilishi holati ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, tashkilotlarda peshlavha, e’lon, ko‘rgazmali axborot va boshqa yozuvlarning davlat tili talablariga muvofiqligi o‘rganildi. 🔎 O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, davlat tilida ish yuritishni yanada takomillashtirish hamda amaldagi qonunchilik talablariga rioya etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

“Oksford o‘zbekshunoslik dasturi” doirasida Yozgi maktab boshlandi “Oksford o‘zbekshunoslik dasturi” doirasida Yozgi maktab o
“Oksford o‘zbekshunoslik dasturi” doirasida Yozgi maktab boshlandi “Oksford o‘zbekshunoslik dasturi” doirasida Yozgi maktab o‘z ishini boshladi. U 27-avgustdan 23-sentyabrgacha Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida o‘tkaziladi. Loyiha 2025-yil oktabr oyida Prezident Administratsiyasi Rahbari Saida Mirziyoyeva tomonidan boshlangan bo‘lib, “El-yurt umidi” jamg‘armasi tomonidan Oksford universiteti hamda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti hamkorligida amalga oshirilmoqda.
Yozgi maktabda Oksford universiteti talabalari va tadqiqotchilari o‘zbek va chig‘atoy tillarini chuqur o‘rganish, shuningdek, O‘zbekiston tarixi, adabiyoti, tasavvuf, jadidchilik, qo‘lyozma meros va milliy madaniyat bo‘yicha bilimlarini mustahkamlash imkoniga ega bo‘ladi.
Ta’lim dasturi Toshkent, Samarqand va Buxoro shaharlarini qamrab olib, muzeylar, tarixiy obidalar, kutubxonalar va hunarmandchilik markazlariga tashriflarni ham o‘z ichiga oladi. Yozgi maktab “Oksford o‘zbekshunoslik dasturi”ning muhim amaliy bosqichi bo‘lib, o‘zbek tili, tarixi va madaniyatini xalqaro akademik maydonda keng targ‘ib etishga xizmat qiladi. Kanalga ulanish: 🏫 @uzauz

#Tabrik 🇺🇿Qadrli yurtdoshlar! Sizlarni eng ulug‘, eng aziz bayram – Mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy
#Tabrik 🇺🇿Qadrli yurtdoshlar! Sizlarni eng ulug‘, eng aziz bayram – Mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etamiz! 🇺🇿Mustaqilligimizni mustahkamlash, Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz hayoti farovonligi yo‘lida amalga oshirayotgan ezgu va xayrli ishlaringizga zafarlar yor bo‘lsin! 🇺🇿Xalqimizning bebaho xazinasi, milliy o‘zligimiz ramzi bo‘lgan ona tilimizni asrab-avaylash, uni avlodlarga bezavol yetkazishda, jonajon tilimizning o‘rni va nufuzini oshirishda barchangizni hamjihatlikka, hamkorlikka chorlaymiz! 🇺🇿Sizlarga mustahkam salomatlik, uzoq umr, oilangizga to‘kinlik, totuvlik, shodu xurramlik tilaymiz! Betakror diyorimiz – g‘o‘zal O‘zbekistonimizning quyoshi mangu porlab tursin! Istiqlolimiz umrboqiy bo‘lsin! Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti

📚 Quvasoyning tarixiy xotirasi bir kitobda jamlandi Farg‘ona viloyati Quvasoy shahar Axborot-kutubxona markazida Farg‘ona vi
+9
📚 Quvasoyning tarixiy xotirasi bir kitobda jamlandi Farg‘ona viloyati Quvasoy shahar Axborot-kutubxona markazida Farg‘ona viloyati Pedagogik mahorat markazi professori, tarix fanlari nomzodi Nodirjon Abdulahatov hamda Quvasoy shahar hokimining ma’naviyat va davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi Husniddin Xojanazarov muallifligidagi “Quvasoyning qadimiy yodgorliklari va joy nomlari” kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Farg‘ona viloyati hokimining ma’naviyat va davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi Sohibjamol Tongotarova, Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi raisi Shuhratjon Dadaboyev, nuroniylar, yoshlar hamda kitobxonlar ishtirok etdi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan chop etilgan mazkur kitobda Quvasoyning boy tarixi, qadimiy yodgorliklari hamda joy nomlarining kelib chiqishiga oid qimmatli ma’lumotlar jamlangan. Xususan, Arsif, Sufon, Yuqori Muyan, Chuntepa, Qaramko‘l, Kokilon, Qo‘chqorchi, Bekmirzatepa kabi hududlar, shuningdek, “Quvasoy” nomining tarixi va toponimik xususiyatlari keng yoritilgan. Taqdimot davomida kitobning yaratilish jarayoni, Quvasoyning tarixiy merosi hamda tarixiy xotirani asrab-avaylashning ahamiyati haqida fikr almashildi. Ta’kidlanganidek, mazkur nashr o‘lkashunoslik va tarix yo‘nalishidagi yangi ilmiy izlanishlar uchun muhim manba bo‘lib xizmat qiladi. Tarixini bilgan xalq o‘zligini anglaydi. Joy nomlarini asrash esa ajdodlardan meros bo‘lib kelayotgan tarixiy xotirani kelajak avlodlarga yetkazishning muhim omilidir.

#chellenj #chorlov O‘zbek tilida muqobili bor ekan, nega boshqa tildagi so‘zni ishlatamiz? Tilimizda har bir fikrni ifodalash
#chellenj #chorlov O‘zbek tilida muqobili bor ekan, nega boshqa tildagi so‘zni ishlatamiz? Tilimizda har bir fikrni ifodalashga yetadigan go‘zal va boy so‘zlar bor. O‘zbekcha so‘z turib, begona so‘zni tanlash — tilimiz imkoniyatlarini chetga surishdir. O‘zbek tilini sevish — uni shunchaki madh etish emas, har kuni so‘zlarimizda asrashdir.Keling, o‘zbekcha so‘z bor joyda o‘zbekcha so‘zni tanlaylik! Oʻzbek tili qoida va meʼyorlari asosida shakllantirilgan hamda rasmiy muomalaga kiritiladigan yangi soʻz va atamalar bilan bizning kanalda tanishib boring. 🌎Bizning manzillar: 🌐Veb-sahifa |✈️Telegram |™️ Facebook | 📺Youtube

#Nodir_ovozlar “Nodir ovozlar” loyihasining 24-sonini e’tiboringizga havola etamiz! 1. Zahiriddin Muhammad Bobur "Yana" she'ri 2. Dilshod Rahmonov "Chaman ichinda bir gul" qo'shig'i 3. O'tkir Hoshimov "Ikki eshik orasi" romani Kanalga ulanish 👉 https://t.me/dtrdep Bizning manzil: Veb-sahifa | Telegram | Facebook

+3
#loyiha 🥇G‘oliblarga sovg‘alar to‘plami topshirilib kelinmoqda. 🎙Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi hamda “Sevimli” (FM 103.5) radiokanali bilan hamkorlikda tashkillashtirilgan "O‘zbekchilik" loyihasi haftaning seshanba va juma kunlari soat 18:00 dan 20:00 gacha efirga uzatiladi. 📞Bog‘lanish uchun telefon: +998 (90) 115-10-35 ✅Ushbu loyihada siz ham ishtirok eting hamda Davlat tili bo‘yicha bilimlaringizni sinab, sovg‘alarni qo‘lga kiriting! ✈️ Telegram | ✅ Veb-sayt