DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI
الذهاب إلى القناة على Telegram
Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti rasmiy sahifasi Murojaatlar uchun: @Davlat_tili_murojaat_bot
إظهار المزيد3 030
المشتركون
-524 ساعات
-227 أيام
-5730 أيام
أرشيف المشاركات
Xorijdagi vatandoshlarimizning farzandlari ishtirokida ommaviy diktant tadbiri bo‘lib o‘tdi.
+7
🦅 Davlat tilida ish yuritish — qonunchilik ijrosining muhim yo‘nalishi
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasining "Davlat tili haqida"gi Qonuni hamda sohaga oid me'yoriy-huquqiy hujjatlar ijrosini ta'minlash maqsadida Marhamat tumani hokimining ma'naviyat va davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi O‘. Qurbonova tomonidan tuman hokimligi, iqtisodiyot va moliya bo‘limi, Yoshlar agentligi tuman bo‘limi hamda oila va xotin-qizlar bo‘limida davlat tilida ish yuritish holati o‘rganildi. ✅ Monitoring davomida qog‘oz va elektron shakldagi xizmat hujjatlarining sifati, buyruq va farmoyishlar, xizmat yozishmalari, blankalar hamda elektron hujjat aylanishi tizimidagi hujjatlarning davlat tili me'yorlari, adabiy til talablari va imlo qoidalariga muvofiqligi batafsil tahlil qilindi. ✅ O‘rganish yakunida mavjud ijobiy tajribalarni yanada mustahkamlash, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas'ullarga tegishli tavsiyalar va amaliy tushuntirishlar berildi. Shuningdek, tumanda davlat tilida ish yuritish sifatini oshirish, hujjatlar bilan ishlash madaniyatini yuksaltirish hamda sohada uchrayotgan muammolarni tizimli hal etish bo‘yicha mas'ullar ishtirokida muhokamalar o‘tkazilib, kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.
+4
#ommaviy_diktant
✍️Xorijlik yosh vatandoshlar o‘rtasida o‘zbek tilida “Ommaviy diktant” tadbiri o‘tkazildi.
🇺🇿«Anor» loyihasi doirasida Bo‘stonliq tumanidagi oromgohda 14 ta davlatdan kelgan 250 nafar xorijda istiqomat qiluvchi vatandoshlarimizning farzandlari o‘rtasida 25-iyul kuni “Ommaviy diktant” o‘tkazildi.
➡️batafsil
#Nodir_ovozlar
“Nodir ovozlar” loyihasining 22-sonini e’tiboringizga havola etamiz!
1. Alisher Navoiy "Topmadim" g'azali
2. Mirodil Hakimov va Dilnoza Ismiyaminova "Qaramaysiz" qo'shig'i
3. O'tkir Hoshimov "Ikki eshik orasi" romani
Kanalga ulanish 👉 https://t.me/dtrdep
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Turkiyalik yozuvchining “Men tanigan O‘zbekiston” nomli kitobi nashr etildi
Asarda O‘zbekistonning qadimiy tarixi, turkiy-islom sivilizatsiyasi taraqqiyotidagi beqiyos o‘rni va davlatchilik an’analari haqida so‘z yuritiladi.
Batafsil: https://oyina.uz/uz/posts/33917
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Instagram | X | YouTube
#tilga_etibor
Shu ma’noda dunyo hamjamiyatidan munosib o‘rin egallashni maqsad qilib qo‘ygan har qaysi davlat, avvalo o‘z xalqining milliy tili va madaniyatini asrab-avaylashga, rivojlantirishga intiladi.
Mustaqillik yillarida ona tilimizni tom ma’noda davlat tiliga aylantirish yo‘lida katta chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
✈️ @tilxon
Imloviy jihatdan toʻgʻri yozilgan soʻzni belgilang
Inglizcha oʻzlashmalar qanday yozilishi kerak?
Tilimizga kirib kelayotgan inglizcha soʻzlarni yozishda koʻpincha rus tili imlosiga taqlid qilamiz. Rus tilida дресс-код, QR-код, бизнес-план, мастер-класс kabi soʻzlar defis bilan yoziladi. Chunki bu oʻsha tilning oʻziga xos qoidasidir.
Oʻzbek tilida esa bunday oʻzlashmalarda defis ishlatishga hojat yoʻq. Bu haqda oldinroq ham yozgan edim: imlomizda chiziqcha asosan juft va takror soʻzlar orasiga qoʻyiladi. Inglizcha oʻzlashmalar esa juft ham, takror soʻz ham emas.
Shuning uchun ularni oʻzbekchada chiziqcha bilan yozish xatodir. Ular ajratib yoki yaxlitligiga qarab qoʻshib yozilishi kerak.Masalan: ❌ biznes-reja, QR-kod, taym-menejment ✅ biznes reja, QR kod, taym menejment Startap, fleshmob, keshbek, fastfud kabi yaxlit soʻz sifatida olingan oʻzlashmalar esa qoʻshib yoziladi. Eʼtibor bergan boʻlsangiz, ular nisbatan qisqa, boʻgʻini kam. Siz oʻzlashma soʻzlarni qanday yozardingiz? 🔥 – defissiz, shu qoidaga mos 😎 – ruscha qolipda, defis bilan @oriftolib | Sahifalarimiz
#maqola
✅Namangan viloyati Mingbuloq tumani hokimining ma'naviyat va davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi Shoiraxon Turg‘unboyevaning "Alifbo islohoti — yozuvimizdagi yangi bosqich" nomli maqolasi "Namangan haqiqati" gazetasining 2026-yil 16-iyul kungi 54–55-sonida chop etildi.
✨Maqolada lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini takomillashtirishning mazmun-mohiyati, uning davlat tili nufuzini oshirish hamda zamonaviy talablarga mos yozuv tizimini shakllantirishdagi ahamiyati yoritilgan.
💐BUGUN TUG‘ILGAN KUN
💐Bugun Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi direktori filologiya fanlari doktori, professor Inomjon Mamasodiqovich Azimov tavallud topgan kun.
💐 O‘zbek tili rivojiga ulkan hissa qo‘shayotgan fidoyi ustoz va olim Inomjon Azimov o‘zining qutlug‘ 60 yoshini yuksak ilmiy-amaliy zafarlar bilan qarshi olmoqda.
💐 Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti, O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi hamda barcha davlat tashkilotlarining davlat tili boʻyicha maslahatchilari nomidan ustozni bugungi yubileylari bilan samimiy muborakbod etamiz.
💐 Inomjon Mamasodiqovichga mustahkam sog‘lik, ilmiy-ijodiy faoliyatlarida yangi zafarlar va oilaviy totuvlik tilab qolamiz. 60 yoshingiz muborak bo‘lsin!
#Ona_tilim
O‘zbekcha so‘ylaganim rost
✍️Shahlo Axrorova
🎻Abduxoshim Ismoilov
Kanalga ulanish 👉 https://t.me/dtrdep
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
+4
👍 O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini oshirish bo‘yicha amaliy ishlar davom etmoqda
🇺🇿 Yangihayot tumani hokimligi mas’ul xodimlari tomonidan o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini yanada mustahkamlash hamda davlat tili to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya etilishini ta’minlash maqsadida tizimli ishlar olib borilmoqda.
👍 Xususan, "Sof til" maxsus Telegram boti orqali kelib tushayotgan murojaatlar joyiga chiqib o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rilmoqda. Shuningdek, qonunchilik talablariga zid holatlarning oldini olish, yozuvlar va e’lonlarni davlat tili me’yorlariga muvofiqlashtirish bo‘yicha ham izchil ishlar davom etmoqda.
🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site
+4
#oʻzbek_tili_kurslari
😊 Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazining Xorazm viloyati hududiy bo‘linmasida xorijlik talabalar uchun tashkil etilgan o‘zbek tili kursi yakunlandi.
📂 Uch oy davom etgan o‘quv kursida xorijlik talabalar o‘zbek tilining boshlang‘ich muloqot ko‘nikmalarini egallash, kundalik hayotda erkin muloqot qilish hamda o‘zbek tili va madaniyati bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Mashg‘ulotlar zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida tashkil etilib, tinglab tushunish, gapirish, o‘qish va yozish ko‘nikmalarini kompleks rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.
✉️ Kurs yakunida tinglovchilarning bilim va ko‘nikmalari baholanib, ularni muvaffaqiyatli tamomlagan ishtirokchilarga tegishli sertifikatlar topshirildi.
✍️ Mazkur o‘quv kursi xorijlik talabalarning o‘zbek tilini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning mamlakatimizdagi ta’lim va ijtimoiy hayotga moslashuvini qo‘llab-quvvatlash hamda o‘zbek tilining xalqaro nufuzini yuksaltirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.
✅ Eslatib o‘tamiz, mamlakatimizdagi oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan o‘zbek tilini o‘rganish istagida bo‘lgan chet ellik talabalar uchun Markaz va uning hududiy bo‘linmalarida davlat tili bo‘yicha bepul o‘qitish kurslari tashkil etib kelinmoqda.
🌎Bizning manzillar:
🌐Veb-sahifa |✈️Telegram |™️ Facebook | 📺Youtube
💐BUGUN TUG'ILGAN KUN
💐 15-iyul Toshkent shahar hokimining ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to'g'risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash masalalari bo'yicha maslahatchisi Akmal Roʻzitoyev tavallud topgan kun.
💐 Qutlug‘ sana munosabati bilan Akmal Roʻzitoyevga uzoq umr tilagan holda, barcha davlat tashkilotlar rahbarlari, qolaversa, hokimlarning maʻnaviy-maʻrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʻminlash masalalari boʻyicha maslahatchilari nomidan chin yurakdan muborakbod etamiz.
💐Toshkent shahrida davlat tilini rivojlantirish borasidagi keng ko'lamli ishlarni olib borayotganligingizni yuksak qadrlaymiz!
💐Shunday qutlug' kunda sizga sog'lik-salomatlik, tinchlik-omonlik, uzoq umr, mustahkam iroda tilaymiz!
Hurmat bilan
Davlat tilini rivojlantirish departamenti
