"TURON" AXBOROT - KUTUBXONA MARKAZI
Open in Telegram
Bir Asrlik Xazinaga Sayohat - "TURON" axborot-kutubxona markazinining har Sahifasi Tarix, Har Kitobi Boylik! Barchaga kitob mutolaasi uchun sokinlik va tinchlik berib kelayotgan kutubxonamiz rasmiy Telegram kanaliga a'zo bo'ling!
Show more324
Subscribers
No data24 hours
+27 days
No data30 days
Posts Archive
#Zangiota_tuman_akm
📆 3-sentabr, 2026-yil
Zangiota tymani axborot-kutubxona markazi
EZGU TASHABBUS — YUKSAK E’TIROF
📚 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Zangiota tumanida yurtimiz taraqqiyoti, hudud ravnaqi va xalq farovonligiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan fidoyi insonlardan bir guruhi “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi” estalik nishoni bilan taqdirlandilar. Ular orasida tuman mahallalarida o‘z tashabbusi va shaxsiy mablag‘lari hisobidan bir nechta kichik kutubxonalar tashkil etib, yoshlar va aholini kitobga, ilm-ma’rifatga oshno etib kelayotgan Abduvali ota Xolmaxmudovning borligi quvonarli. Bu tashabbuslar — samimiy mehnat, xalqparvarlik va Vatanga daxldorlikning yorqin namunasidir. Ushbu yuksak mukofot tuman hokimi E.Rustamov tomonidan jamoatchilik, nuroniylar va mahalla faollari ishtirokida Abduvali otaga tantanali ravishda topshirildi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar otaxonning fidoyiligi va ezgu tashabbuslari haqida oʻz fikrlarini bildirdilar, nuroniylar yurt tinchligi, xalqimiz farovonligi va Yurtboshimizga mustahkam sog‘lik tilab, samimiy duolar qildilar. 🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Sayt | Instagram | Facebook | YouTube | telegram
+1
#Ohangaron_shahar_akm
#Kutubxonaga_hush_kelibsiz
📚Kitoblar bolalarning dunyoqarashini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega bo'lib, ularning o'qish, o'rganish va o'z fikrlarini ifoda qilish uchun zarur bo'lgan ularning o'ziga xos fikr-mulohazalarini o'rgatadi va o'z-o'zidan uning kelajagiga va kelajakda o'z yo'lini topib keta olishda eng kerakli manba bo'lib xizmat qiladi. Joriy yilning 3-sentyabr kuni Ohangaron shahar axborot-kutubxona markaziga kitobxonlar tashrifi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Facebook
Instagram | You tube
+2
#Boka_tumani_akm #kitob_ko'rgazma
📚 📚📚📚📚📚📚📚
Shukrullo o‘zining sermazmun ijodi, yuksak badiiy mahorati va hayotiy asarlari bilan milliy adabiyotimiz rivojiga munosib hissa qo‘shgan ijodkorlardan biridir.🏛2026-yil 3-sentabr kuni Bo'ka tumani axborot-kutubxona markazida iste'dodli shoir,nosir va dramaturg Shukrullo tavalludining 105 yilligiga bag'ishlab kitob ko'rgazma tashkil etildi. Ushbu ko'rgazmada shoirning bir nechta asarlari kitobxonlarga tavsiya etildi. 🌐Biz ijtimoiy tarmoqlarda https://taplink.cc/akmbt
+6
#Boka_tumani_akm
#Kochma_kutubxona
"Kitob - ma'rifat manbai"📚📚📚📚📚📚📚 📗2026-yil 3-sentabr kuni Boʻka tumani axborot-kutubxona markazining abonementlar va kitobxonlarga xizmat ko'rsatish bo'limi xodimlari tomonidan "Kitob - ma'rifat manbai" loyihasi ostida "Buxoro bilimdonlar maktabi"da tashkil etilgan ko'chma kutubxonaga o'qituvchi va o'quvchilar uchun badiiy, siyosiy va sohaviy 30 dona kitoblar olib borildi. 📚📚📚📚📚📚📚 🌐Biz ijtimoiy tarmoqlarda https://taplink.cc/akmbt
+2
#Chirchiq_shahar_AKM
📚Joriy yilning 3-sentabr kuni Chirchiq shahar Axborot-kutubxona markazida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Mustaqillik abadiydir!” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
🇺🇿Davra suhbatida mustaqillikning xalqimiz hayotidagi ahamiyati, tinchlik va osoyishtalikning qadri haqida fikr almashildi. Mustaqillik-bu erkin nafas, osuda tong, farzandlarimizning beg‘ubor kulgusi va kelajakka bo‘lgan ishonchdir. Zero, tinchlik-eng buyuk boyligimiz, mustaqillik-eng ulug‘ ne’matimiz, Vatan esa qalbimizdagi eng muqaddas maskandir.Bugungi osuda hayotimiz, farzandlarimizning quvonchli kulgisi va ertangi kunga bo‘lgan ishonchimiz-mustaqillikning bebaho ne’matlaridandir. Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin! Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, kelajagimiz porloq bo‘lsin!
👥Davra suhbatida 27 nafar yosh kitobxon ishtirok etdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Тelegram kanal | Instagram |Facebook | Web sayt | Youtube | Telegram book
#toshkent_tumani_akm
📖 Abdulla Oripovning ushbu kitobini mutolaa qilishni chin dildan tavsiya qilaman. Shoir ijodini o‘qish orqali nafaqat go‘zal she’rlar, balki inson qalbiga yaqin kechinmalar, hayot haqidagi chuqur mushohadalar va Vatanga bo‘lgan samimiy tuyg‘ularni his qilish mumkin.
Agar siz she’riyatni yaxshi ko‘rsangiz, mazmunli va ta’sirchan satrlarni qadrlasangiz, bu kitob kutubxonangizdan albatta joy olishi kerak.
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
📘 Facebook | 📸 Instagram | 📺 YouTube |
🐦 Twitter📢 Telegram kanal | 💬Telegram guruh
+2
#Ohangaron_tuman_akm
#davra_suhbati
Ohangaron tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan. Bir guruh faol kitobxonlar bilan birgalikda davra suhbati boʻlib oʻtdi.
Suhbat jarayonida Tohir Malikning "Bek va bekajonlar" asari haqida suhbat oʻtkazildi.
Oilaviy kitobxonlikni targʻib qilish maqsadida kutubxonaga kelgan yangi badiiy adabiyotlar oʻqish uchun tavsiya qilindi.
Telegram Instagram Facebook
+1
#Olmaliq_shahar_akm
#Diqqat_yangi_rukn:
Olmaliq shahar axborot-kutubxona markazi hamda "Olmaliq hayoti" gazetasi hamkorlikda Kitobga oshno bo'ling nomli rukn o'tkazib borishni rejalashtirdi. Ushbu rukn orqali siz aziz kitobxonlarga kutubxonamiz fondida mavjud bo'lgan eng sara asarlarni mutolaa qilishga tavsiya etamiz.
Olmaliq hayoti gazetasi
28.08.2026 yil 35-36-soni
🌐Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Telegram Instagram
Facebook Twitter
+1
#Bekobod_tumani_akm
03.09.2026
📚Kitob bizning do'stimiz
Bekobod tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan yoshlar ishtirokida ''Kitob bizning do'stimiz ''nomli kitob targ'iboti o'tkazildi. Kitobхonlarga kutubxonaga kelgan yangi adabiyotlar targ'ib qilindi.
Axborot-kutubxona markazining ijtimoiy tarmoqlardagi kanal va sahifalariga obuna bo'ling.
🌐Biz ijtimoiy tarmoqlarda:👇
Instagram📲 Facebook
YouTube📲 Telegram kanal
+4
#Qibray_tumani_akm
📆 3-sentabr, 2026-yil
📚 KO‘CHMA KUTUBXONA — KITOBXONLIK SARI YANA BIR QADAM!
📆 2026-yil 3-sentabr kuni Qibray tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 48-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida ko‘chma kutubxona tashkil etildi.
🤝 48-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktab rahbari Xusniddinov Zayniddin bilan hamkorlik shartnomasi imzolandi.
📖 Ko‘chma kutubxona faoliyati davomida o‘quvchilarga Qibray tumani axborot-kutubxona markazi faoliyati haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, o‘zbek adabiyotining taniqli namoyandalari tomonidan yaratilgan eng sara asarlar va hikoyalar bilan tanishtirildi.
🌱 Kitob — inson tafakkurini boyitadi, bilimini oshiradi va qalbiga nur bag‘ishlaydi!
📚 Mutolaa qilaylik, kitob bilan do‘stlashaylik!
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Instagram / telegram / facebook / facebook /youtube
+1
#Chirchiq_shahar_AKM
📚Joriy yilning 3-sentabr kuni Chirchiq shahar Axborot-kutubxona markazida bolalar o‘rtasida shashka musobaqasi tashkil etildi.
👥Musobaqa davomida yosh ishtirokchilar o‘zlarining ziyrakligi, tezkor fikrlash, qobiliyatlarini namoyon etdilar. Har bir yurish ortida puxta o‘ylangan qaror, har bir g‘alaba ortida esa bilim va intilish mujassam bo‘ldi. Shashka-bolalarda mantiqiy fikrlash, diqqatni jamlash, sabrli bo‘lish va to‘g‘ri qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantiruvchi ajoyib mashg‘ulotdir. Bunday musobaqalar yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning intellektual salohiyatini oshirish va sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishga xizmat qiladi.
👥Shashka musobaqasida 15 nafar o'quvchi ishtirok etdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Тelegram kanal | Instagram |Facebook | Web sayt | Youtube | Telegram book
+7
#Angren_shahar_akm
#Kitobsevar_millat
03.09.2026
Kitobga yo'ldosh inson hayotning har qanday sinovini tafakkur bilan yengib o'ta oladi.
Angren shahar axborot - kutubxona markazi xodimlari Dukent qo‘rg‘onida joylashgan kutubxonada ish faoliyatini davom ettirib, kitobxonlarga xizmat ko'rsatmoqda.
🌐Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Telegram |Instagram |
Facebook | YouTube |
#Quyichirchiq_tuman_akm
O‘zbek adabiyotining zabardast vakili, atoqli shoir va yozuvchi Shukrullo tavalludi yurtimiz ma’naviy-adabiy hayotida muhim sanalardan biridir.
Shukrullo o‘zining sermazmun ijodi, yuksak badiiy mahorati va hayotiy asarlari bilan milliy adabiyotimiz rivojiga munosib hissa qo‘shgan ijodkorlardan biridir.
Shoir ijodida Vatanga muhabbat, inson qadr-qimmati, ezgulik, sadoqat va hayot haqiqatlari o‘zining yorqin ifodasini topgan. Uning boy adabiy merosi bugungi avlodni kitob mutolaasiga, ma’naviy kamolotga va ezgu qadriyatlarga chorlab kelmoqda.
Atoqli ijodkorning hayoti va ijodiy merosini yod etish, uning adabiyotimiz rivojiga qo‘shgan hissasini qadrlash — milliy ma’naviyatimizga bo‘lgan hurmatning yorqin ifodasidir.
Shukrullo nomi va uning bebaho ijodiy merosi xalqimiz qalbida hamisha yashaydi.
🌐Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz.
📱Telegraml 📱Facebookl
📱Instagraml 📱YouTubel
#Qibray_tumani_akm
📅 3-sentyabr, 2026-yil
🌟 “Kitobxonlar klubi” — bolajonlar bilan maroqli va mazmunli uchrashuv!
Joriy yilning 3-sentyabr kuni Qibray tumani Axborot-kutubxona markazida yosh kitobxonlarning kitobga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda mutolaa madaniyatini shakllantirish maqsadida navbatdagi “Kitobxonlar klubi” mashg‘uloti tashkil etildi.
📚 Tadbirda 48-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining 4-sinf o‘quvchilari faol ishtirok etdilar. Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan o‘quvchilarga jahon adabiyotining mashhur asarlaridan biri — Antuan de Sent-Ekzyuperining “Kichkina shahzoda” kitobi taqdimoti o‘tkazildi.
🌟 Taqdimot davomida asarning mazmun-mohiyati, undagi do‘stlik, mehr-oqibat, insoniylik, sadoqat va ezgulik kabi muhim qadriyatlar haqida bolalarga qiziqarli ma’lumotlar berildi. O‘quvchilar asar qahramonlarining sarguzashtlari haqida suhbatlashib, o‘z fikr va taassurotlarini bildirdilar.
✍️ Shuningdek, yosh kitobxonlar o‘zlari sevib o‘qigan ertak va hikoya kitoblaridan parchalar o‘qib, ularning mazmunini tengdoshlariga so‘zlab berdilar. Bu esa bolalarning mustaqil fikrlashi, ravon nutqi va kitobxonlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi.
📕 Tadbir yakunida o‘quvchilarga kutubxonaning mavjud adabiyotlari, kitob fondi va xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi. Yosh kitobxonlar Axborot-kutubxona markaziga a’zo qilinib, o‘zlarini qiziqtirgan o‘zbek xalq ertaklari, bolalar adabiyoti va boshqa badiiy asarlarni mutolaa qilish uchun olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
“Kitobxonlar klubi”da jami 12 nafar yosh kitobxon ishtirok etdi.
💫 Kitob — bolaning tasavvurini boyitadi, tafakkurini kengaytiradi va qalbida ezgu fazilatlarni shakllantiradi. Yosh avlodni kitobga oshno qilish, ularni muntazam mutolaaga jalb etish — kelajak uchun qo‘yilgan eng muhim qadamlardan biridir!
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Instagram / telegram / facebook / facebook /youtube
#Chirchiq_shahar_AKM
#Mutolaa
#XomrayganBolakayvaUniHayratgaSolоlmaganGayrioddiHodisalar
🎧 “Endi nima qilamiz?” — 13-bo‘lim
Bugungi audio postimizda hikoyaning 13-bo‘limi — “Endi nima qilamiz?” haqida so‘z yuritamiz.
Avvalgi bo‘limda haqiqat oshkor bo‘lgach, qahramonlar oldida yangi savollar va muhim tanlovlar paydo bo‘ladi. Endi ular qanday yo‘l tutishlari, yuzaga kelgan vaziyatdan qanday chiqishlari kerak?
🤔 “Endi nima qilamiz?” — bu savol qahramonlarni oson bo‘lmagan qarorlar oldida qoldiradi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Тelegram kanal | Instagram |Facebook | Web sayt | Youtube | Telegram book
+3
#Ohangaron_shahar_akm
#kitobxonlik
Bog‘cha yoshidagi bolalarga kitob o‘qib berish – ularning kelajakdagi muvaffaqiyati va shaxs bo‘lib shakllanishining mustahkam poydevoridir.Joriy yilning 3-sentyabr kuni Ohangaron shahar axborot -kutubxona markazi xodimlari, shaharimizdagi 8-sonli DMTMda bo‘lib, o‘rta guruh bollariga qiziqarli, ertak kitoblari o‘qib berdi.
Aynan 3–6 yosh oralig‘ida bolaning miya faoliyati va tasavvuri eng jadal rivojlanadigan davr hisoblanadi. Kitob mutolaasi ularning kelajagiga quyidagi ijobiy ta’sirlarni ko‘rsatadi.
Kitob o‘qigan yoshning dunyoqarashi keng, fikrlashi teran va kelajakka intilishi kuchli bo‘ladi. Bugun kitob bilan do‘stlashgan avlod — ertangi kunning bilimli, ma’rifatli va barkamol avlodidir.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Facebook
Instagram | You tube
#Yangiyol_tumani_akm #tavsiya
🏢Yangiyo'l tuman Axborot-kutubxona markazi tavsiya qiladi.
📚"Iroda kuchi" - Kelli Makgonigal.
Kelli Makgonigal - falsafa fanlar doktori, psixolog va Stenford universiteti professori insonning ruhiy va jismoniy holati o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rganish bo‘yicha yetakchi mutaxassisdir. Uning bakalavriat psixologiya kurslari ko‘plab mukofotlarga sazovor bo‘lgan. Bulardan biri Stenford universitetining o‘qituvchilar uchun eng yuqori mukofoti - Valter Gor mukofotidir. Makgonigalning mashhur ochiq kurslari, jumladan, "Iroda kuchi ilmi" va "Mehr-shafqat ilmi" insonni baxtli va muvaffaqiyatli qilish uchun psixologiyadan qanday foydalanishni o‘rgatadi.
Ushbu kitob esa vasavasa, giyohvandlik, ishlarini o'z vaqtidan kechiktirgan va o'zini biror narsa qilishga ko'ndirish bilan kurashgan har bir kishiga, ya'ni barchamizga bag'ishlanadi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Instagram | Facebook |
Youtube |Telegram kanal
Telegram guruh
