"TURON" AXBOROT - KUTUBXONA MARKAZI
Открыть в Telegram
Bir Asrlik Xazinaga Sayohat - "TURON" axborot-kutubxona markazinining har Sahifasi Tarix, Har Kitobi Boylik! Barchaga kitob mutolaasi uchun sokinlik va tinchlik berib kelayotgan kutubxonamiz rasmiy Telegram kanaliga a'zo bo'ling!
Больше318
Подписчики
-124 часа
-17 дней
-230 дней
Архив постов
«Буюклар изидан» — ўзбек ёзувчиси Қамчибек Кенжанинг сафарнома асарларидан бири. Китобда муаллиф буюк аждодларимиз, хусусан, Заҳириддин Муҳаммад Бобур ҳаёти ва мероси билан боғлиқ тарихий жойларга қилинган сафар таассуротларини баён қилади. Асарда турли мамлакатларга қилинган илмий экспедициялар, тарихий обидалар ва аждодларимиз қолдирган маънавий мерос ҳақида қизиқарли маълумотлар берилган.
Китобнинг асосий ғояси — ёшларни миллий тарихни ўрганишга, буюк аждодларимиз билан фахрланишга ва улардан ибрат олишга чорлашдир. Асар сафарнома жанрида ёзилган бўлиб, тарихий маълумотлар ва муаллифнинг шахсий кузатувлари уйғунлашган.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Instagram Telegram Fecabook Yutube
🏛#Bekobod_tumani_akm
22.09.2026
📖 "O‘zbek xalq ertaklari"
🎧 Audio havola
🕰 Davomiyligi 31:15
💿 Hajmi 21.5 МB
🎤 Nabixonova Umida
Axborot-kutubxona markazining ijtimoiy tarmoqlardagi kanal va sahifalariga obuna bo'ling.
🌐Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram kanal // Instagram
Facebook // YouTube
#Bekobod_tumani_akm
✍️O‘tkir Hoshimov
📚TURMUSH CHORRAHALARIDA
📖Tushda kechgan umurlar
(asardan parcha)
QURBONOY XOLANING HAR KUNGI TASHVISHLARI
Biqini achishib uyg‘ondi. „Xudoyim, o‘zingning rahming kelsin“, dedi pichirlab. Eski dardi yana qo‘zg‘adi shekilli. To‘rt yildirki, ahvol shu. Sal og‘irroq ish qilsa, yoqmasroq ovqat yesa tamom: o‘ng ko‘kragining tagi simillab og‘riydi. Bodringdek bir narsa biqiniga botib, to‘satdan sanchiq kiradi. Oxiri og‘zi taxirlanib, ko‘ngli behuzur bo‘ladi. Qayt qiladi.Umida uch-to'rt marta qo'lidan sudragudek bo'lib, do'xtirxonaga olib chiqdi.......davomi bor.
🌐Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram kanal // Instagram
Facebook // YouTube
#Bekobod_tumani_akm
✍️Abdulhamid Cho‘lpon
📚Jadid adabiyoti durdonalari
📖"Go‘zal Turkiston"
SHAMOL NIMADAN PAYDO BO‘LADUR
(Ermak-kulgi)
Bir shaharda, bir majliska shul shaharning yoshlari,
El boshida turaturg‘on rahbarlari, „bosh“lari
Yig‘ildilar el qayg‘usin qayg‘ulashmoq o‘yida,
Qayg‘ulashib, dardlariga davo topmoq ko‘yida.
Biri — elning bir g‘amini aytmakchiydi majlisda,
Yana biri davo topib bermakchiydi. Shul kechda
Ulus uchun, balki, bir zo‘r ishni boshlab yuborub,
Qolarlardi o‘zlariga shonli bir nom qozonib...
🌐Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram kanal // Instagram
Facebook // YouTube
#Yangiyol_tumani_akm
#Rauf_Parfi_so'z_san'atining_betakror_namoyandasi
Yangiyo'l tuman axborot-kutubxona markazi Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Yangiyo‘l tuman bo‘linmasi tashabbusi bilan tuman “Kelajak markazi"da tashkil etilgan O‘zbekiston xalq shoiri Rauf Parfining hayoti va ijodiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy xotira kechasida ishtirok etdi.
Unda O‘zbekiston “Nuroniy” jamg‘armasi raisining birinchi o‘rinbosari, taniqli jurnalist va publitsist Sharof Ubaydullayev, taniqli ijodkorlar, tuman faollari hamda yoshlar ishtirok etishdi.
Tadbir davomida Rauf Parfining serqirra ijodiy faoliyati, o‘zbek adabiyotiga qo‘shgan munosib hissasi va boy merosi haqida so‘z yuritildi. Shoir bilan bog‘liq xotiralar yodga olinib, uning ijodidan namunalar o‘qildi.
Axborot-kutubxona markazi tomonidan Rauf Parfi hayoti va ijodiga bag'ishlangan ko'rgazma tashkil etildi.
AKM axborot-bibliografiya xizmati xizmat rahbari I.Saliyeva tadbir ishtirokchilarini ko'rgazma bilan tanishtirib,Rauf Parfi kitoblarini targ'ib etdi.
Rauf Parfi she’riyati — inson qalbi, Vatan, ozodlik va ma’naviyat tuyg‘ularini ifoda etgan bebaho merosdir.
Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yosh avlodni milliy adabiyotimizga hurmat, kitobxonlik va ijodga mehr ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Instagram | Facebook |
Youtube|Telegram kanal
Telegram guruh.
+3
#Ohangaron_shahar_akm
#sovg‘a
Joriy yilning 22-sentyabr kuni Ohangaron shahar axborot -kutubxona markaziga, Ohangaron shahar, Adolat MFY raisi Jasur Yuldashov kutubxonani yangi kitob bilan boyitdi, Ohangaron vohasida taniqli tadbirkor, "Fidokorona xizmatlari uchun" ordeni sohibi Shunqor Umarovich Umirzakov tomonidan yozilgan "Sabr chashmasi" nomli kitobi sovg‘a qilindi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Facebook
Instagram | You tube
+2
#Olmaliq_shahar_akm
#So'rovnoma
2026-yil 22-sentyabr kuni Olmaliq shahar axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan yoshlarimizning kitob mutolaasiga qiziqishlarini aniqlash maqsadida"Siz qanday kitoblarni mutolaa qilishni hohlaysiz" mavzusida sôrovnoma ôtkazildi. Natijalarga ko'ra kutubxona fondiga so'ralgan adabiyotlardan xarid qilish rejalashtirildi.
🌐Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Telegram Instagram
Facebook Twitter
Angren_shahar
axborot-kutubxona markazi
Drabbllar📕
Angren shahar axborot kutubxona markazi xodimlari ,,Drabbl"(kichik hikoya)lar bilan tanishtirishda davom etadi .
* * * * *
Layli va Majnun
Men uni bolaligidan bilardim. O‘sha paytda ham go‘zalligi bilan hammadan ajralib turardi. Dunyoda bunday maftunkor chehrali qizni topish amri - mahol edi. U sham yorug‘iga oshiq parvonaday bu parivashga shaydo edi va uni jonidan ortiq ko‘rardi. Ba'zan go‘zal ham unga oshiqu beqarorday tuyulardi. Lekin endi vaqt o‘tdi. Boshqa bir yigit Laylini Majnunidan ayirib, olislarga olib ketdi. Yuragini qizga tutqazgan oshiq yigit esa devona bo‘ldi.
Jey Bounstel
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Telegram | Instagram |
Facebook | YouTube |
#Angren_shahar_akm
📚She'r
📚Zafar Diyor
📚 Samarqandga sayohat
📖 "Mehmonda"
Tayyorlovchi:Angren shahar axborot-kutubxona markazi
Telegram |Instagram |
Facebook |You tube|
#Bostonliq_tumani_akm
#tavsiya
#rolik
📘 Bo'stonliq tumani axborot-kutubxona markazi AKT va raqamlashtirish xizmati
✍ Avtor: Usoma Muslim
📚 Kitob nomi: Binafsha shu’lasi
📌 “Binafsha shu’lasi” kitobi — insonning ichki kechinmalari, hayotdagi sinovlari, orzu-umidlari va ruhiy izlanishlarini yorituvchi badiiy asar. Unda inson qalbidagi nozik tuyg‘ular, mehr-muhabbat, sadoqat, hayotga munosabat hamda yaxshilik va ezgulik kabi qadriyatlar tasvirlanadi.
Asar o‘quvchini qahramonlarning taqdiri va kechinmalari orqali hayot haqida chuqurroq fikrlashga, insoniylikni qadrlashga undaydi.
“Binafsha shu’lasi” nomining o‘zi ham noziklik, umid va qalbdagi yorug‘lik ramzi sifatida talqin qilinishi mumkin.
📘 Kutubxonaga tashrif buyuring va mutolaa qiling.
🏫 Bizning manzil: Bo'stonliq tumani G'azalkent shahri, Lutfiy ko'chasi 2-uy.
🌎 Google xarita: https://maps.app.goo.gl/pA6NG18aWzGSVygWA
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
| Instagram | Facebook | Youtube | Telegram | Telegram guruh |
+1
#Olmaliq_shahar_akm
#Hayot_ilmi
📌Kitob va hayot eng yaxshi ustozlardir. Aynan shu tufayli insonlar tomonidan barcha davrlarda kitob sevib oʼqib kelingan.
2026- yilning 22-sentyabr kuni Olmaliq shahar axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan MMTB tasarrufidagi 20-maktab o'quvchilari ishtirokida "Hayot ilmi" loyihasi doirasida O'zbek xalq dostonlari turkumidan "Go'ro'g'lining tug'ilishi" nomli kitobi haqida maʼlumot berib oʻtildi.
🌐Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Telegram Instagram
Facebook Twitter
+1
#Olmaliq_shahar_akm
#Uslubiy_yordam
2026-yilning 10-sentyabr kuni
Olmaliq shahar axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan MMTB tasarrufidagi 17-maktab kutubxonachisiga kutubxona faoliyati yuzasidan uslubiy yordam boʻyicha tavsiyalar berildi.Kutbxonada kitoblarni saqlash boʻyicha amaliy tavsiyalar berildi.
🌐Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Telegram Facebook
Instagram Twitter
+1
#Piskent_tuman_akm
#taklifnoma
#ijodiy_uchrashuv
АSSALOMU ALAYKUM!
Adabiyoga oshno aziz mehmonimiz!
Sizni 2026 yil 26-sentyabr kuni soat
10:00 da Piskent tuman Axborot-kutubxona markazi va Muzayyana Alaviya nomidagi adabiyot to’garagi tashabbusi bilan o’tkaziladigan yosh adabiyotshunos olim, filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori Akrom Malik ishtirokidagi ijodiy uchrashuvga alohida ehtirom ila taklif etamiz.
🏛Manzil: Piskent tumani Axborot-kutubxona markazi
📍 Piskent tuman Mitan MFY Mustaqillik 1-uy
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
✅Telegram kanal ✈️ Telegram chat
✅ Facebook 🌐 Instagram
📹 Youtube 🕊Twitter
+4
#Yangiyol_shahar_akm
📚 Kitob bilan mazmunli kun!
Yangiyo‘l shahar Axborot-kutubxona markazining zamonaviy o‘quv zalida kitobxonlar uchun barcha qulay sharoitlar yaratilgan. Ayni damda yoshlar mutolaa bilan band. 📖✨
Mutolaa — tafakkur sari eng yaxshi qadam! 💫
Telegram | Facebook | YouTube | Instagram
