"TURON" AXBOROT - KUTUBXONA MARKAZI
Відкрити в Telegram
Bir Asrlik Xazinaga Sayohat - "TURON" axborot-kutubxona markazinining har Sahifasi Tarix, Har Kitobi Boylik! Barchaga kitob mutolaasi uchun sokinlik va tinchlik berib kelayotgan kutubxonamiz rasmiy Telegram kanaliga a'zo bo'ling!
Показати більше336
Підписники
-124 години
-87 днів
-830 день
Архів дописів
#Chirchiq_Shahar_AKM
#jadidlar
Dengizga...
Oq dengiz, yaxshi qol! Yaxshi qol, Shimol!
Ko‘nglimda ishqingni olib qaytaman.
Sochimni o‘ynaydi muzdek sho‘x shamol,
Men unga dardimni qanday aytaman?
Kechqurun qirg‘oqda aylanib tanho
Sevdim, sevib qoldim to‘lqinlaringni.
Oyni cho‘miltirgan tinch tunlaringni
Tushimda ko‘rganda ne qilarman, o?
O’ynagil so‘ng marta, chayqal, erkalan!
Armonim qolmasin ketar oldimda.
Bag‘ringda baliqday yuzgan oq yelkan
Bir umr sayr etgay mening yodimda...
Yaxshi qol, erkin suv! Yaxshi qol, dengiz!
To‘lqinlar, qo‘ynimga qizday kirdingiz...
Usmon Nosir
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Тelegram kanal | Instagram |Facebook | Web sayt | Youtube | Telegram book
#Chirchiq_shahar_AKM
#yozgi_tatil
🎨📹 "Yosh rassom" to‘garagidan qisqa videolavha.
Har bir mo‘yqalam izi — bolajonlarning cheksiz tasavvuri va ijodkorligining yorqin ifodasidir. Mashg‘ulotning qiziqarli va maroqli lahzalarini birgalikda tomosha qiling!
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Тelegram kanal | Instagram |Facebook | Web sayt | Youtube | Telegram book
+4
#Ohangaron_shahar_akm
#Mustaqillik_toyi_doirasida
#kitob_karvoni
🇺🇿 “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Mustaqillik to‘yi” festivali doirasida Ohangaron shahar axborot -kutubxona markazi, Ohangaron shahri Adolat mahallasida bir qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi. Festival mamlakat bo‘ylab O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan o‘tkazilmoqda.
Tadbirlar davomida yoshlar o‘rtasida shaxmat musobaqasi hamda kitobxonlik tadbiri tashkil etilib, ishtirokchilarning intellektual salohiyati, mantiqiy fikrlashi va mutolaa madaniyatini oshirishga alohida e’tibor qaratdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Facebook
Instagram | You tube
+4
#toshkent_tumani_akm
📚 Kitob – ma'naviyat bulog'i: harbiy qismda ma'rifiy yarmarka o'tkazildi.
Inson qalbini yorituvchi nur, tafakkurini boyituvchi bitmas-tuganmas xazina – bu shubhasiz kitobdir.
Aynan shunday ezgu g'oya asosida Toshkent tumanida joylashgan Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan DXX chegara qo'shinlariga qarashli harbiy qismlarning birida ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.
📚 "Kitob – ma'naviyat bulog'i" shiori ostida o'tkazilgan ushbu kitob yarmarkasi yurt osoyishtaligi yo'lida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilarning mutolaaga bo'lgan qiziqishini yanada oshirish maqsadga xizmat qildi.
🏢 Ko'tarinki va samimiy ruhda o'tgan yarmarka yakunida harbiy xizmatchilar qiziqishlariga mos bo'lgan kitoblarni tanlab, mutolaa qilish uchun oldilar. Ma'naviy dunyosini yangi bilimlarga to'ldirishga hamda kitobga bo'lgan mehrni kuchaytirishga amaliy qadam bo'ldi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
📘 Facebook | 📸 Instagram | 📺 YouTube |
🐦 Twitter 📢 Telegram kanal | 💬 Telegram guruh
#TURON_axborot_kutubxona_markazi
📚 KITOB TARG‘IBOTI | “TO‘LAQONLI”
(Radislav Gandapas — To‘laqonli)
Har bir inson hayotda bir nuqtaga keladi: “Men to‘liq yashayapmanmi yoki shunchaki kunlarni o‘tkazyapmanmi?”
Ana shu savolga javob izlashda yordam beradigan kitoblardan biri — “To‘laqonli”.
Bu kitob insonning ichki salohiyatini ochish, hayotda o‘zini to‘liq namoyon qilish va maqsad sari ongli harakat qilish haqida. Muallif o‘z fikrlari orqali inson faqat tirik qolish uchun emas, balki to‘liq va mazmunli yashash uchun yaratilganini ta’kidlaydi.
🧠 “To‘laqonli” nima haqida?
Kitob shaxsiy rivojlanish, liderlik, ichki intizom va hayotdagi maqsadni aniq belgilash haqida. Unda inson o‘z imkoniyatlarini cheklamasligi, qo‘rquv va shubhalardan chiqib, harakat qilishga o‘rganishi haqida kuchli g‘oyalar beriladi.
✨ Ushbu kitob kimlar uchun?
— Hayotida o‘zgarish qilishni xohlaganlar;
— O‘z maqsadini aniq belgilamoqchi bo‘lganlar;
— Motivatsiya va ichki kuch izlayotganlar;
— Shaxsiy rivojlanish va liderlikka qiziqadiganlar uchun.
📖 Kitobdan g‘oya:
“Insonning eng katta cheklovi — uning o‘ziga qo‘ygan chegaralaridir.”
🌟 “To‘laqonli” kitobi sizni o‘zingizga yangicha qarashga, imkoniyatlaringizni kengaytirishga va hayotingizni ongli boshqarishga undaydi.
📚 Hurmatli kitobxonlar! Agar siz ham hayotingizni yangi bosqichga olib chiqmoqchi bo‘lsangiz, ushbu kitobni mutolaa qilishni tavsiya qilamiz! 🌿📖
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Sayt | Instagram |
Facebook | YouTube | telegram
#toshkent_tumani_akm
✨Jadidlar — XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Turkistonda faoliyat yuritgan ma'rifatparvar ziyolilar harakati edi. Ularning asosiy maqsadi xalqni ilm-fan, zamonaviy ta'lim va ma'rifat orqali taraqqiy ettirish, vatan ravnaqiga xizmat qilish edi.
🏢Jadidlar:
Yangi usul maktablarini ochdilar. Gazeta va jurnallar nashr etdilar. Teatr va adabiyotni rivojlantirdilar.
Yoshlarni ilm olishga, vatanga sadoqat va milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyaladilar.
📜Mashhur jadidlar
Mahmudxoʻja Behbudiy
Abdulla Avloniy
Abdurauf Fitrat
Munavvarqori Abdurashidxonov
Choʻlpon
Jadidlarning shiori
"Najot – ilmda, taraqqiyot – ma'rifatda."
Jadidlar xalqni uyg'otish, yoshlarni bilimli va vatanparvar etib tarbiyalash yo'lida fidokorona xizmat qildilar. Ularning ma'rifatparvarlik g'oyalari bugungi kunda ham o'z ahamiyatini yo'qotmagan.
🎤 Tayyorladi: Toshkent tumani axborot-kutubxona markazi
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
📘 Facebook | 📸 Instagram | 📺 YouTube | 🐦 Twitter
📢 Telegram kanal | 💬 Telegram guruh
+2
#Chirchiq_shahar_AKM
#yozgi_tatil
#yosh_rassom
🏛 Chirchiq shahar Axborot-kutubxona markazida navbatdagi "Yosh rassom" to‘garak mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.
🎨Mashg‘ulot davomida bolajonlar bo‘yoqlar yordamida gullagan daraxt tasvirini chizdilar. Ular o‘z tasavvuri va ijodiy yondashuvi orqali bahorning go‘zalligini rasmlarda mahorat bilan aks ettirdilar. Har bir ijodiy ish o‘ziga xosligi, yorqin ranglari va betakror g‘oyalari bilan ajralib turdi.Mashg‘ulot jarayoni qiziqarli va maroqli ruhda o‘tib, bolalarning tasviriy san'atga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Тelegram kanal | Instagram |Facebook | Web sayt | Youtube | Telegram book
Chirchiq_shahar_AKM
🪄Bugun markazimizda "Sehrli qo‘llar" to‘garagi mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi. Unda bolalar ijodiy ishlar bilan shug‘ullanib, o‘z qobiliyat va mahoratlarini namoyish etdilar.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Тelegram kanal | Instagram |Facebook | Web sayt | Youtube | Telegram book
+2
#Chirchiq_Shahar_AKM
🌞Chirchiq shahar Axborot-kutubxona markazida bolalar uchun tashkil etilgan "Sehrli qo‘llar" to‘garagining navbatdagi mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.
🌈Bu galgi mashg‘ulotda bolajonlar rang-barang plastilinlardan foydalanib, savatdagi chiroyli gulchalarni yasadilar. Ijodiy jarayon davomida ular o‘z tasavvuri, didi va mahoratini namoyon etib, bir-birlari bilan hamjihatlikda ishladilar. Mashg‘ulot bolalarga quvonch ulashib, yozgi ta’tilni mazmunli va qiziqarli o‘tkazishlariga xizmat qildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Тelegram kanal | Instagram |Facebook | Web sayt | Youtube | Telegram book
+2
#Bostonliq_tumani_akm
#hayot_davomida_oʻqish
🔹Bo'stonliq tumani axborot-kutubxona markazi abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatish bo'limi mutaxassisi tomonidan 3-iyul kuni tumandagi Soyliq qishlog'ida joylashgan "Oqtosh" bolalarni sog'lomlashtirish oromgohiga tashrif buyurib, dam oluvchi bolajonlarga "Geografik kashfiyotlar" nomli bolalar uchun ensiklopediya kitobining targ'iboti o'tkazildi.
🔹"Geografik kashfiyotlar" — bolalar uchun mo‘ljallangan qiziqarli ensiklopediya bo‘lib, unda insoniyat tarixidagi eng muhim sayohatlar va kashfiyotlar sodda hamda tushunarli tilda bayon etilgan. Kitob orqali yosh kitobxonlar qadimgi sayohatchilar, buyuk dengizchilar va tadqiqotchilar bosib o‘tgan yo‘llar, yangi qit'alar va orollarning kashf etilishi hamda dunyo xaritasining shakllanish tarixi bilan tanishadilar.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
| Instagram | Facebook | Youtube | Telegram | Telegram guruh |
+7
#Bostonliq_tumani_akm
#soʻrovnoma
🔹Bugun 3-aprel kuni Bo'stonliq tumani axborot-kutubxona markazi abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatish bo'limi mutaxassisi tomonidan tumandagi Soyliq qishlog'ida joylashgan "Oqtosh" bolalarni sog'lomlashtirish oromgohiga tashrif buyurib, dam oluvchi bolalar o'rtasida "Kitob va kitobxonlik" mavzusida anketa so'rovnomasi tashkil etildi.
🔹So'rovnoma orqali yosh kitobxonlarning kitob o'qishga bo'lgan qiziqishi, mutolaa odatlari hamda bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish borasidagi fikr va qarashlari o'rganildi.
🔹Bolalarni kitobga oshno qilish va qiziqtirish maqsadida "Kitob filmdan qiziqroq" nomli adabiy o'yin o'tkazildi.
🔹Tadbir davomida bolalar savollarga faol va qiziqish bilan javob berdilar.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
| Instagram | Facebook | Youtube | Telegram | Telegram guruh |
+3
#Quyichirchiq_tuman_akm
📚📚📚Joriy yilning 3-iyul sanasida Quyi Chirchiq tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari hamda "Nuroniylar" jamiyati bilan hamkorligida "Milliy libos – milliy g‘urur va iftixor timsoli" nomli suhbat o‘tkazildi. Suhbat davomida milliy liboslarimiz xalqimizning tarixi, urf-odatlari va qadriyatlarini o‘zida mujassam etgani, ularni asrab-avaylash hamda kelgusi avlodlarga yetkazish har birimizning muqaddas burchimiz ekani ta'kidlandi.
📚📚📚Shuningdek, milliy liboslarning bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmaganligi, ularni kundalik hayotda va turli ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarda keng targ‘ib etish zarurligi haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
Suhbat ishtirokchilari milliy liboslarimizning o‘ziga xos jozibasi, nafisligi va milliy qadriyatlarimizni aks ettiruvchi jihatlari yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdilar.
🌐Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz.
📲Telegraml 📲Facebookl
📲Instagraml 📲Youtubel
+5
#Yangiyol_shahar_akm
📚 Kitob – tafakkur va ma’naviyat manbai!
Joriy yilning 2-iyul kuni "Yoshlar kuni" oyligi doirasida Yangiyo‘l shahar Axborot-kutubxona markazida AKM Bibliografiya xizmat rahbari D. Xusanova tomonidan kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish hamda yoshlarning mutolaa qilishga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida yoshlarga yangi olingan adabiyotlar tanishtirildi va tavsiya etildi.
Tadbir davomida yoshlarga "Binafsha shu’lasi" asarini mutolaa qilish tavsiya etildi va kitob mazmuni yuzasidan qiziqarli fikr-mulohazalar almashildi.
Shuningdek, ishtirokchilarga zamonaviy axborot-resurslaridan samarali foydalanish imkoniyatlari, jumladan, audiokitoblar va elektron kutubxona platformalari haqida batafsil ma’lumot berildi.
✨ Kitob mutolaasi – bilim, tafakkur va yuksak ma’naviyat sari tashlangan muhim qadamdir.
#YoshlarKuni #Kitobxonlik #YangiyolAKM #ElektronKutubxona #Audiokitob
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Facebook | YouTube | Instagram
+5
#Yangiyol_shahar_akm
#DOLZARB_90_KUN_AMALDA
"Kitob karvoni" loyihasi doirasida navbatdagi targ'ibot tadbiri o'tkazildi
"Kitob karvoni" loyihasi doirasida Fondlarni to'ldirish, saqlash va ularga ishlov berish xizmat mutaxassisi M. Karimova "Mehrigiyo" maktabgacha ta'lim tashkilotiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida tarbiyalanuvchilarga turli janrdagi bolalar adabiyotlari namoyish etildi. Mutaxassis kitoblarning mazmuni, ularning tarbiyaviy va ma'rifiy ahamiyati hamda mutolaaning inson kamolotidagi o'rni haqida bolalar bilan samimiy va qiziqarli suhbat o'tkazdi.Tadbir davomida bolalarda kitobga mehr uyg'otish, mutolaa madaniyatini shakllantirish hamda kitob o'qishga bo'lgan qiziqishni oshirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.
Mazkur targ'ibot tadbiri tarbiyalanuvchilarning ma'naviy dunyosini boyitish, kitobxonlikka bo'lgan qiziqishini yanada kuchaytirish va ularni mutolaaga keng jalb etishga xizmat qildi.
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Facebook | YouTube | Instagram
#TURON_axborot_kutubxona_markazi
Har bir kitob — bilim mevasi, har bir mutolaa — kelajak sari ildiz. Kitob inson tafakkurini boyitadi, dunyoqarashini kengaytiradi va ma'naviy kamolot sari yetaklaydi. Mutolaa madaniyatini yuksaltirish — bilimli, vatanparvar va zamonaviy fikrlaydigan avlodni tarbiyalashning muhim omillaridan biridir. Bilim daraxtining ildizi qanchalik mustahkam bo'lsa, uning mevasi ham shunchalik sermazmun va barakali bo'ladi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Sayt | Instagram |
Facebook | YouTube | telegram
#Ohangaron_shahar_akm
#Kitobsevar_millat
#Videorolik
Joriy yilning 3-iyul kuni Ohangaron shahar axborot- kutubxona markazi xodimlari tomonidan O'zbek xalq ertaklaridan "Jonivorlarning sarguzashtlari" kitobiga videorolik tayyorlandi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Facebook
Instagram | You tube
#Chirchiq_shahar_AKM
#Usmon_Nosir
#Jadidlar
📚 Usmon Nosir-o‘zbek adabiyotining iste’dodli shoirlaridan biri bo‘lib, qisqa umr ko‘rganiga qaramay, o‘zbek she’riyatida chuqur iz qoldirgan. Usmon Nosir 1912-yil 13-noyabrda Namangan viloyatida tugʻilgan, shoir 1944-yilda vafot etgan. Shoir, tarjimon Usmon Nosir yoshligidan she’riyatga qiziqqan va juda erta ijod qila boshlagan. Uning she’rlarida Vatanga muhabbat, erkinlik, yoshlik, tabiat va inson tuyg‘ulari asosiy mavzu hisoblanadi. Shoirning tili sodda, obrazlari yorqin va hissiyotlarga boy. Usmon Nosir shuningdek jahon adabiyoti namoyandalarining ayrim asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan va o‘zbek tarjimachiligi rivojiga ham hissa qo‘shgan.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Тelegram kanal | Instagram |Facebook | Web sayt | Youtube | Telegram book
Вже доступно! Дослідження Telegram за 2025 — головні інсайти року 
