Qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti (QXMITI)
Open in Telegram
Qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot institutining rasmiy telegramm kanali t.me/qxmiti Rasmiy veb sayt: https://qxmiti.uz/ E-mail: qabulxona@uzmei.uz info@uzmei.uz Тел.: +99870 601 07 04 @qxmitiChat
Show more312
Subscribers
No data24 hours
-17 days
-330 days
Posts Archive
+7
🟦🟦🟦
NATIJALAR SARHISOB QILINMOQDA
🔎Ayni daqiqalarda Milliy markazda Sholichilik ilmiy-ilmiy tadqiqot instituti Janubiy Koreya Respublikasining KOPIA xalqaro tashkiloti bilan amalga oshirilayotgan ''Sholining serhosil navlarini tanlash, zamonaviy texnologiyalarga ega urug‘chilik asosida O‘zbekistonda barqaror oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash'' hamkorlik loyihasining 2024-yil davomida amalga oshirilgan tadqiqot ishlari natijasiga bag‘ishlangan yillik hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
✅Dastlabki hisobot KOPIA tashkilotining O’zbekistondagi markazi direktori Oh Sung Jong tomonidan taqdim etildi. Ma’lim qilinishicha, joriy yilda 330 gektar maydonda serhosil sholi navlarini yaratish va yuqori avlodli urug’lik yetishtirish ustida tadqiqotlar olib borilgan. Shuningdek, sholidan bir yilda ikki marta hosil olish ustida olib borilayotgan tadqiqotlar davom ettirilgan. Bundan tashqari, besh yilga mo’ljallangan 3,7 million dollarlik loyiha doirasida Sholichilik ulmiy-tadqiqot institutiga zamonaviy texnikalar taqdim etildi. Kelgusi yilda esa bu boradagi hamkorlik ko’lami yanada kengaytirilib, innovatsion agrotexnologiyalari qo’llash orqali serhosil navlarni yaratish va bozorda guruch narxining barqarorligini ta’minlash maqsad qilingani ta’kidlandi.➡️Milliy markaz direktori Shuhrat Otajonov ikki do’st davlat tomonidan barcha sohalarda bo’lgani kabi agrar soha ilm-fanini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ham ijobiy natija berayotganligini, bunda KOPIA tashkilotining muhim o‘rni bor ekanligini qayd etdi. Ayniqsa, sholichilikni rivojlantirish borasidagi hamkorlik natijasida tarmoqni mexanizatsiyalash, yangi agrotexnologiyalari qo‘llash borasida sholichilikda ham yangicha qarashlar, ijoriy natijalar qo‘lga kiritilayotganligini mamnuniyat bilan e’tirof etdi. Ta’kidlandiki, kelgusida amalga oshiriladigan hamkorlik natijasida O‘zbekistonda nafaqat sholidan olinadigan guruch mahsuloti narxini bozorda barqaror saqlash, balki eksport qilish imkoniyatiga ham ega bo‘lamiz.
🕯Shundan so‘ng Sholichilik ilmiy-tadqiqot institutining doktorantlari tomonidan KOPIA tashkiloti bilan hamkorlikda olib borilayotgan ilmiy loyihalarning bu yilgi natijalarining taqdimoti o‘tkazildi. Taqdimotlarda tadqiqot jarayonlarning har bir bosqichida qo‘lga kiritilgan natijalar tahliliy ravishda bayon qilindi.🔗Bugun kun davomida Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti olimlari tomonidan yaratilgan sholining yangi navlaridan olingan hosilning ko‘rsatkichlarini baholash tadbiri ham bo‘lib o‘tadi. Natijalarni rasmiy sahifalarimizda bayon qilamiz. Bizni kuzatib boring!
⚡️Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!🌐WEB|🚀 Telegram| 📷 Instagram | 🔵Facebook |▶️ Youtube
+7
🟦🟦🟦
➡️ILMIY TEXNIK KENGASHNING NAVBATDAGI YIG'ILISHI BOSHLANDI
⌛Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning sakkizinchi yig‘ilishi bo'lib o'tmoqda.
Bugungi yig'ilish kun tartibidan dissertasiya natijalari amaliyotga tatbiq etilganligi, dastlabki talablar va texnik topshiriqlarni tasdiqlash bo‘yicha kelib tushgan murojaatlar, davlat buyurtmasi sifatida e’lon qilish uchun taqdim etilgan tematik mavzular va noyob ilmiy obyektlar ro‘yxatiga kiritish uchun taklif etilgan tadqiqot obyektlarini ko‘rib chiqish kabi masalalar joy olgan.
⚡️Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!🌐WEB|🚀 Telegram| 📷 Instagram | 🔵Facebook |▶️ Youtube
Repost from Ilmiy darajali kadrlarni tayyorlash
⭕️⭕️⭕️
2025-yil uchun stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura va doktoranturaga
⚡️hujjat qabul qilish muddatlari joriy yil 10-noyabrga qadar,
⚡️kirish imtihonlarini tashkil etish 30-noyabrga qadar uzaytirildi.
Hujjatlarni:
📌hozircha faqat daraja.ilmiy.uz sayti orqali topshirish imkoni mavjud.
👉 2024-yil 4-noyabrdan boshlab esa my.gov.uz orqali ham amalga oshirish mumkin.
👉@ilmiy_darajali_kadrlar
Repost from QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
🇺🇿Bugun 21-oktabr — O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun. Avvalo, bugungi qutlug‘ ayyom – O‘zbek tili bayrami bilan sizlarni chin qalbimdan tabriklayman.
Inson uchun kindik qoni tomgan Vatani, dunyoga keltirib voyaga yetkazgan ota-onasi qanchalik aziz va mukarram bo‘lsa, uning o‘zligi va ma’naviy olamini belgilaydigan ona tili ham shunchalik qadrli va mo‘tabardir.
🔸Xalqimiz tafakkurining tiniq ko‘zgusi bo‘lgan bu bebaho xazinani asrab-avaylash va rivojlantirish bugungi kundagi eng sharafli vazifalarimizdan biridir.
O‘zbek tili – xalqimizning birligi va yaxlitligi, jipsligining muhim omili hisoblanadi. Milliy madaniyatimiz va o‘ziga xosligimizni ifoda etuvchi vosita bo‘lmish o‘zbek tilining har tomonlama rivojlanishini ta’minlash, mazkur tilning davlat tili maqomidek salohiyatini izchil va to‘liq ro‘yobga chiqarish muhim vazifadir.
✅Qishloq xo‘jaligi sohasida ham o‘zbek tilining nufuzini mustahkamlash, davlat tilida ish yuritishni samarali tashkil qilish hamda qonun hujjatlariga so‘zsiz rioya etilishiga erishish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda. Ona tilimizning xalqaro miqyosdagi obro‘-eʼtiborini yuksaltirishda, uni milliy va umumbashariy tushunchalar asosida taraqqiy etgan tillar safiga qo‘shishda har birimiz tilimizga chuqur hurmat bilan yondashishimiz lozim.
✨O‘zbek tili — O‘zbekiston tili! Davlat sifatida uni himoya qiladigan, taraqqiyotini, qonuniy asoslarini to‘liq ta’minlaydigan ham mana shu Vatan!
Bu bizga yanada vatan tuyg‘usini jo‘sh urdiradi va tilimizga bo‘lgan mehr-muhabbatni kuchaytiradi. Shu o‘rinda aytish joizki, o‘zbek tili o‘tgan yillar davomida mamlakatimizdagi yuzdan ortiq millat va elat vakillarini o‘zaro bog‘laydigan mehr-oqibat tiliga aylandi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Yana bir bor barchangizni ushbu ayyom bilan samimiy qutlayman.
Hurmat bilan, Ibrohim Abdurahmonov
🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
+5
💐 XALQARO QISHLOQ AYOLLARI KUNI
💠 BMT Bosh Assambleyasining 2007-yil 18-dekabrdagi “Qishloq hududlarida ayollarning ahvolini yaxshilash” to‘g‘risidagi rezolyusiyasiga asosan 15-oktabr "Xalqaro qishloq ayollari kuni" deb e’lon qilingan.
⚙️ Shu bois joriy yilning 15-oktabr kuni Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy tadqiqot institutida bayram tadbiri o‘tkazildi.
💐 Tadbir davomida institut rahbariyati hamda kasaba uyushmasi tomonidan jamoamizda faoliyat yuritayotgan nozik xilqat va go‘zallik timsoli bo‘lgan ayollarimizni "Xalqaro qishloq ayollari kuni" bilan tabriklashdilar.
Repost from QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
+6
Energiya tejamkorligini ta’minlash ehtimoliy muammolar yechimiga ko’mak bo’ladi
🟢Respublikamizda energiya resurslarini tejash, undan samarali foydalanishga oid fuqarolardagi immunitetni kuchaytirish, sohada zamonaviy, tegnologik va innovatsion loyihalarni keng jalb etish borasida amaliy harakatlar boshlangan.
▶️Toshkent davlat agrar universitetida tashkil etilgan "Energiya tejamkorligini ta'minlash, muqobil quvvatlardan foydalanishni kengaytirish" masalalari muhokamasi bag’ishlagan yig’ishda ham ayni yuqoridagi jihatlarga urg’u qaratildi.
🔫Qishloq xo’jaligi vazirligining Ichki audit boshqarmasi boshlig’i Fahriddin Ashurov hamda boshqa bir qator mutaxassislar ishtirok etgan ushbu yig’ishda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi mas’ul xodimlari tomonidan mavzuga doir muhim ma’lumotlar taqdim etildi.
🔵Shuningdek, uchrashuvda tabiiy gaz quvurlarini ta’mirlash, yangisiga almashtirish hisobiga 9 ming kub metr tabiiy gazni iqtisod qilish, manan va jismonan eskirgan isitish qozonlarini almashtirish, rejim sozlash ishlarini amalga oshirish hisobiga 14,3 ming kub metr gazni tejab qolish masalalari ham ko’rib chiqildi.
🔗Yig’ilish davomida, ushbu jarayonlarni bosqichma-bosqich tarzda tashkil etish, dastlab 950 metr tabiiy gaz quvurlarini mukammal ta’mirlash, 30 ta isitish qozonlarini zamonaviy energiya tejamkoriga almashtirish va 8 ta gaz taqsimlash punktlarini almashtirish va ta’mirlash borasida ish rajalar belgilab olindi.
🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Repost from Shuhrat Otajonov | Rasmiy kanal
💬Terim mashinalarini ta’mirlashga amaliy yordam ko‘rsatilmoqda
🕐Shu kunlarda Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov bilan birga Jizzax viloyatidamiz. Guruhimiz tomonidan viloyatda paxta xom ashyosini yig‘ib-terib olish, paxta qabul qilish maskanlarida ishni to‘g‘ri tashkil qilish, qabul qilingan xom ashyoning ma’lumotlarini “agroplatforma. uz” portaliga to‘g‘ri kiritish borasidagi ishlarga e’tibor qaratilyapti. O‘rganish jarayonida yechimini kutayotgan masalalar, terim sur’atini oshirishga to‘siq bo‘layotgan sabablarga ham vazir boshchiligida yechim topishga harakat qilyapmiz.
📍Masalan, bugun viloyatning Sharof Rashidov tumanidagi paxta dalalarida bo‘ldik. Tumanda joriy yilda 10 ming gektar maydonga paxta ekilgan bo‘lib, 36 ming tonna hosil yetishtirish mo‘ljallangan.
📌Ta’kidlash kerakki, mo‘l hosil yetishtirilgan. Biroq, quyosh ko‘kda doim porlab turavermaydi. Shu bois hosilni qisqa fursatda yig‘ishtirib olish zarur. Buning uchun terimga ko‘proq texnika jalb etish zarur. Ammo paxta teruvchi kombaynlar kam. Borlarining ham aksariyat qismi nosoz holatda.
➡️Misol uchun “Jizzax indsturial to‘qima” MCHJning 30 dona paxta terish mashinasi bor. Taassufki, shuncha texnikadan sozi 6 tagina ekan. Qolganlarini tuzatishga ehtiyot qism va mutazassislar kerak. Vaqt esa to‘xtab turmaydi. Vazir I.Abdurahmonovning tashabbusi va sa’y-harakati bilan ehtiyot qismlar uchun mablag‘ yo‘naltirilib, Milliy markaz tizimidagi Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot institutidan texnikalarni ta’mirlashga mutaxassislar jalb qilindi.
➡️Qalovini topsang qor ham yonadi, deganlaridek nosoz texnikalar ta’mirlanib, texnika parkidan paxta dalalariga yo‘l oldi.
Maqsadimiz, hosilning bir misqolini ham uvol qilmasdan, sifatli tarzda yig‘ib olishdir.
Shuhrat Otajonov |Rasmiy kanali
+6
#️⃣ 🟦🟦🟦
⚙️ Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti tajriba xo‘jaligining dala maydonida ko‘rgazmali dala seminari o‘tkazildi.
💠 Seminarda institut jamoasi, Qishloq xo‘jaligi texnika va texnologiyalarini sinash markazi xodimlari, tajriba xo‘jaligining rahbarlari hamda fermer xo‘jaliklarining mexanik va mexanizatorlari ishtirok etdilar.
🟢 Seminarda Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan UNDP loyihasi doirasida ishlab chiqilgan No-Till texnologiyasi asosida ishlaydigan makkajo‘xori, soya, mosh kabi chopiqtalab ekinlarni ekadigan yangi seyalka namoyish etildi.➡️Bu seyalka avvalgi ekindan bo‘shagan maydonlarga hech qanday ishlov bermasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri takroriy ekinlar urug‘larini bittadan yoki 2-3 tadan uyalab aniq eka oladi. Natijada shudgorlash va tuproqni ekishga tayyorlash harajatlari (yonilg‘i, texnika vositalari) iqtisod qilinadi, 7-10 kun oldin ekib, ertaroq hosil olish imkoni yaratiladi.
⚡️Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz! 🌐WEB|✈️ Telegram| 📱Instagram | 📱Facebook |🎞Youtube
+6
#️⃣ 🟦🟦🟦
⚙️ Bugun Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti tajriba xo‘jaligining dala maydonida ko‘rgazmali dala seminari o‘tkazildi.
💠 Seminarda institut jamoasi, Qishloq xo‘jaligi texnika va texnologiyalarini sinash markazi xodimlari, tajriba xo‘jaligining rahbarlari hamda fermer xo‘jaliklarining mexanik va mexanizatorlari ishtirok etdilar.
🟢 Seminarda Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan UNDP loyihasi doirasida ishlab chiqilgan No-Till texnologiyasi asosida ishlaydigan makkajo‘xori, soya, mosh kabi chopiqtalab ekinlarni ekadigan yangi seyalka namoyish etildi. Bu seyalka avvalgi ekindan bo‘shagan maydonlarga hech qanday ishlov bermasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri takroriy ekinlar urug‘larini bittadan yoki 2-3 tadan uyalab aniq eka oladi. Natijada shudgorlash va tuproqni ekishga tayyorlash xarajatlari (yonilg‘i, texnika vositalari) iqtisod qilinadi, 7-10 kun oldin ekib, ertaroq hosil olish imkoni yaratiladi.
#OAV
📣 “O‘zbekiston 24” telekanalida “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashda innovatsion yechimlar” sarlavhasi ostida maxsus reportaj efirga uzatildi.
📣 Ko‘rsatuvda Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot institutida “Yuqori samarali qishloq xo‘jalik mashinalarini yaratish va texnika vositalaridan foydalanish darajasini oshirishning innovatsion yechimlari” mavzusida bo’lib o’tgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tafsilotlari keng yoritilgan.
⚡️Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz!
🌐WEB|✈️ Telegram| 📱Instagram | 📱Facebook |🎞Youtube
+5
Qadri bilinadi endi menga goh, Olis maktabimni, o‘sha behasham. Navoiyku bizga ustozdir, biroq, Kimdir o‘qitganku Navoiyni ham. Shunday ulug‘ zotga harf o‘rgatgan kim?- Oddiy muallimda, oddiy muallim.⚙️ Bugun Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy tadqiqot institutida “1-oktabr – Ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi. 💐 Tabdir davomida institut rahbariyati tomonidan jamoamizda ko‘p yillardan buyon faoliyat yuritib kelayotgan ustozlarimizni kasb bayrami bilan tabrikladilar. 🟢 Tadbir so‘ngida institutimizning yoshlari ustoz va murabbiylarga bag‘ishlab sher hamda iliq tabriklar yo‘llashdi.
Repost from Qishloq hayoti gazetasi/Rasmiy 🗞
🟦🟦🟦🟦🟦🟦
➡️Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot institutida OAV xodimlari uchun PRESS-TUR tashkil etildi
🕯Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti olimlari hamda yosh tadqiqotchilari tomonidan yaratilgan ilmiy ishlanmalar keng jamoatchilikka tanishtirildi.
🎙Press-turda markaziy va hududiy ommaviy axborot vositalaridan vakillar ishtirok etib, mazkur ilmiy yangiliklarning qishloq xo'jaligi uchun manfaatli tomonlari xususida o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.
⚡️Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz! 🌐WEB|✈️ Telegram| 📱Instagram | 📱Facebook |🎞Youtube
🟦🟦🟦🟦🟦
Yuqori samarali qishloq xo‘jalik mashinalarini yaratish va texnika vositalaridan foydalanish darajasini oshirishning innovatsion yechimlari muhokama etildi
🔣Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot institutida bo'lib o'tgan ushbu konferensiyada Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori o'rinbosari Bahodir Eshchanov, xalqaro tashkilotlar va chet el ilmiy muassasalardan tashrif buyurgan ekspertlar, olimlar va yosh tadqiqotchilar ishtirok etdi.
🕯Ilmiy muhokamada O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish va qishloq xo‘jaligi mashinasozligi tarmoqlarini rivojlantirishda ilm-fanning o‘rni va ahamiyatini kuchaytirish, soha fani va texnikasining muhim ilmiy va texnologik muammolarini hal etish, xalqaro ilmiy-texnikaviy hamkorlik ko‘lamini kengaytirish hamda ular o‘rtasida o‘zaro ilmiy-ijodiy hamkorlikni kuchaytirish, ilm-fanga iqtidorli yoshlarni hamda investitsiyalarni jalb qilish darajasini oshirish xususida fikrlar va istiqbolli g‘oyalar o‘rtaga tashlandi.📌Ta’kidlandiki, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish uchun mashinalar tizimini ishlab chiqish, mahsulot yetishtirishda samarali va raqamli texnologiyalar, yuqori unumdor, chidamli, resurstejamkor va ekologik xavfsiz mashina va mexanizmlar, stasionar va mobil elektr qurilmalarning yangi turlarini yaratishga doir tadqiqotlarning istiqbolli yo‘nalishlarini belgilash, qishloq xo‘jaligi uchun yuqori samarali bo‘lgan ishlanmalarni baholab, ularni mashinasozlik korxonalarida ishlab chiqarishga tavsiya qilish bugunning eng dolzarb vazifalaridan sanaladi.
⚡️Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz! 🌐WEB|✈️ Telegram| 📱Instagram | 📱Facebook |🎞Youtube
🟦🟦🟦🟦🟦
Yuqori samarali qishloq xo‘jalik mashinalarini yaratish va texnika vositalaridan foydalanish darajasini oshirishning innovatsion yechimlari muhokama etildi
🔣Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot institutida bo'lib o'tgan ushbu konferensiyada Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori o'rinbosari Bahodir Eshchanov, xalqaro tashkilotlar va chet el ilmiy muassasalardan tashrif buyurgan ekspertlar, olimlar va yosh tadqiqotchilar ishtirok etdi.
🕯Ilmiy muhokamada O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish va qishloq xo‘jaligi mashinasozligi tarmoqlarini rivojlantirishda ilm-fanning o‘rni va ahamiyatini kuchaytirish, soha fani va texnikasining muhim ilmiy va texnologik muammolarini hal etish, xalqaro ilmiy-texnikaviy hamkorlik ko‘lamini kengaytirish hamda ular o‘rtasida o‘zaro ilmiy-ijodiy hamkorlikni kuchaytirish, ilm-fanga iqtidorli yoshlarni hamda investitsiyalarni jalb qilish darajasini oshirish xususida fikrlar va istiqbolli g‘oyalar o‘rtaga tashlandi.📌Ta’kidlandiki, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish uchun mashinalar tizimini ishlab chiqish, mahsulot yetishtirishda samarali va raqamli texnologiyalar, yuqori unumdor, chidamli, resurstejamkor va ekologik xavfsiz mashina va mexanizmlar, stasionar va mobil elektr qurilmalarning yangi turlarini yaratishga doir tadqiqotlarning istiqbolli yo‘nalishlarini belgilash, qishloq xo‘jaligi uchun yuqori samarali bo‘lgan ishlanmalarni baholab, ularni mashinasozlik korxonalarida ishlab chiqarishga tavsiya qilish bugunning eng dolzarb vazifalaridan sanaladi.
⚡️Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz! 🌐WEB|✈️ Telegram| 📱Instagram | 📱Facebook |🎞Youtube
+3
🟦🟦
🟦🟦🟦🟦🟦
🔣Birozdan so'ng, Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot institutida “Yuqori samarali qishloq xo‘jalik mashinalarini yaratish va texnika vositalaridan foydalanish darajasini oshirishning innovatsion yechimlari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o'z ishini boshlaydi.
⚡️Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!🌐WEB|🚀 Telegram| 📷 Instagram | 🔵Facebook |▶️ Youtube I'm
Repost from Qishloq hayoti gazetasi/Rasmiy 🗞
+1
AYNI PAYTDA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ XO‘JALIGI VAZIRLIGI QISHLOQ XO‘JALIGIDA BILIM VA INNOVATSIYALAR MILLIY MARKAZI QISHLOQ XO‘JALIGINI MEXANIZATSIYALASH
ILMIY-TADQIQOT INSTITUTIDA “YUQORI SAMARALI QISHLOQ XO‘JALIK MASHINALARINI YARATISH VA TEXNIKA
VOSITALARIDAN FOYDALANISH DARAJASINI OSHIRISHNING INNOVATSION YECHIMLARI” MAVZUIDA XALQARO KONFERENSIYA BOʻLIB OʻTMOQDA.
+3
🟦🟦
🟦🟦🟦🟦🟦
🔣Birozdan so'ng, Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot institutida “Yuqori samarali qishloq xo‘jalik mashinalarini yaratish va texnika vositalaridan foydalanish darajasini oshirishning innovatsion yechimlari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o'z ishini boshlaydi.
⚡️Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!🌐WEB|🚀 Telegram| 📷 Instagram | 🔵Facebook |▶️ Youtube I'm
QXMITI приглашает вас на запланированную конференцию: Zoom.
Тема: "Yuqori samarali qishloq xo'jalik mashinalarini yaratish va texnika vositalaridan foydalanish darajasini oshirishning innovatsion yechimlari" mavzusidagi xalqaro ilmiy-texnik konferentsiya
Время: 26 сент. 2024 09:00 AM Исламабад, Карачи, Ташкент
Войти Zoom Конференция
https://us06web.zoom.us/j/6897384510?pwd=aV90czWrqgs77vEWg43HXOVFcsiRIb.1&omn=83340007600
Идентификатор конференции: 689 738 4510
Код доступа: 1111
---
Одно касание на мобильном телефоне
+13602095623,,6897384510#,,,,*1111# Соединенные Штаты Америки
+13863475053,,6897384510#,,,,*1111# Соединенные Штаты Америки
---
Набор в зависимости от местоположения
• +1 360 209 5623 Соединенные Штаты Америки
• +1 386 347 5053 Соединенные Штаты Америки
• +1 507 473 4847 Соединенные Штаты Америки
• +1 564 217 2000 Соединенные Штаты Америки
• +1 646 558 8656 Соединенные Штаты Америки (New York)
• +1 646 931 3860 Соединенные Штаты Америки
• +1 669 444 9171 Соединенные Штаты Америки
• +1 689 278 1000 Соединенные Штаты Америки
• +1 719 359 4580 Соединенные Штаты Америки
• +1 720 707 2699 Соединенные Штаты Америки (Denver)
• +1 253 205 0468 Соединенные Штаты Америки
• +1 253 215 8782 Соединенные Штаты Америки (Tacoma)
• +1 301 715 8592 Соединенные Штаты Америки (Washington DC)
• +1 305 224 1968 Соединенные Штаты Америки
• +1 309 205 3325 Соединенные Штаты Америки
• +1 312 626 6799 Соединенные Штаты Америки (Chicago)
• +1 346 248 7799 Соединенные Штаты Америки (Houston)
Идентификатор конференции: 689 738 4510
Код доступа: 1111
Найдите свой местный номер: https://us06web.zoom.us/u/kbwOmRKHKF
