en
Feedback
UrDU • УрГУ • UrSU

UrDU • УрГУ • UrSU

Open in Telegram

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti rasmiy sahifasi 🌐Veb-sayt: www.urdu.uz Facebook: facebook.com/urduuz Instagram: instagram.com/urdumatbuotxizmati Youtube: youtube.com/channel/UCkQ8N0jtKR9VigB0FALuFvA/videos

Show more

📈 Analytical overview of Telegram channel UrDU • УрГУ • UrSU

Channel UrDU • УрГУ • UrSU (@urdu_pressa) in the Uzbek language segment is an active participant. Currently, the community unites 15 952 subscribers, ranking 12 841 in the Education category and 5 099 in the Uzbekistan region.

📊 Audience metrics and dynamics

Since its creation on невідомо, the project has demonstrated rapid growth, gathering an audience of 15 952 subscribers.

According to the latest data from 07 September, 2026, the channel demonstrates stable activity. Although there has been a change in the number of participants by 2 172 over the last 30 days and by 482 over the last 24 hours, overall reach remains high.

  • Verification status: Not verified
  • Engagement rate (ER): The average audience engagement rate is 27.75%. Within the first 24 hours after publication, content typically collects 23.08% reactions from the total number of subscribers.
  • Post reach: On average, each post receives 4 321 views. Within the first day, a publication typically gains 3 594 views.
  • Reactions and interaction: The audience actively supports content: the average number of reactions per post is 30.

📝 Description and content policy

The author describes the resource as a platform for expressing subjective opinions:
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti rasmiy sahifasi 🌐Veb-sayt: www.urdu.uz Facebook: facebook.com/urduuz Instagram: instagram.com/urdumatbuotxizmati Youtube: youtube.com/channel/UCkQ8N0jtKR9VigB0FALuFvA/videos

Thanks to the high frequency of updates (latest data received on 09 September, 2026), the channel maintains relevance and a high level of publication reach. Analytics show that the audience actively interacts with content, making it an important point of influence in the Education category.

15 952
Subscribers
+48224 hours
+9217 days
+2 17230 days
Posts Archive
⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️ Urganch davlat universiteti o'qituvchisi “Akademik harakatchanlik” dasturi g‘olibi! Innovatsion rivojlanish ag
+1
⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️ Urganch davlat universiteti o'qituvchisi “Akademik harakatchanlik” dasturi g‘olibi!
Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan 2026-yil 4-iyundan 4-iyulga qadar “Akademik harakatchanlik” dasturi doirasida e’lon qilingan 2026-yil 2-tanlov natijalari ma’lum qilindi. Tanlov yakunlariga ko‘ra, 65 nafar nomzodning loyihalari g‘olib deb topildi.
Quvonarlisi, g‘oliblar qatoridan Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Elektrotexnika va energetika kafedrasi katta o‘qituvchisi Murodbek Vapayev ham munosib o‘rin egalladi. 💥Murodbek Ergashovichni UrDU jamoasi nomidan ushbu yutuq bilan samimiy muborakbod etib, kelgusidagi ilmiy faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz! ©️UrDU Matbuot xizmati 🌐 Sayt| Telegram| Facebook|InstagramLn | YouTube

Repost from Edu.uz
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Katta zanjirli Serbiya Respublikasi ordeni bilan taqdirlandi Qardosh mamlakatlar o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni mustahkamlashga qo‘shgan ulkan hissasi uchun ushbu yuksak mukofotni davlatimiz rahbariga Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich topshirdi.
Davlatimiz rahbari yuksak mukofot uchun chuqur minnatdorlik bildirib, uni Serbiya xalqining O‘zbekistonga bo‘lgan yuksak hurmati, mustahkamlanib borayotgan do‘stlik va ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirishga qaratilgan qatʼiy intilish ramzi sifatida qabul qilishini taʼkidladi.
❗️Maʼlumot uchun: Katta zanjirli Serbiya Respublikasi ordeni mamlakatning oliy davlat mukofotlaridan biri bo‘lib, xorijiy davlatlarning taniqli arboblariga xalqlar o‘rtasida tinchlik, hamkorlik va o‘zaro anglashuvni mustahkamlash hamda Serbiya Respublikasi bilan do‘stona aloqalarni rivojlantirishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun beriladi. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

#Fakt24 📺 Urganch davlat universiteti Kimyoviy texnologiyalar fakulteti olimlari tomonidan olib borilayotgan ilmiy izlanishlar haqida “Oʻzbekiston24” telekanalining “Fakt24” dasturi orqali lavha efirga uzatildi. ©️UrDU Matbuot xizmati 🌐 Sayt| Telegram| Facebook|InstagramLn | YouTube

🏛 Yangi o’quv yili — yangi maqsadlar, yangi imkoniyatlar va yangi marralar sari! Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat
+1
🏛 Yangi o’quv yili — yangi maqsadlar, yangi imkoniyatlar va yangi marralar sari! Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti jamoasi (rektor, prorektorlar, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari va bo’lim boshliqlari). ©️UrDU Matbuot xizmati 🌐 Sayt| Telegram| Facebook|InstagramLn | YouTube

Imkoniyatlar: hozir va oldin #2_qism Bundan 10-15 yillar muqaddam: - Yangi o’quv yili boshlangan kunlarda barcha pedagoglar va talabalar paxta dalalariga ketishga tayyorgarlik ko’rardilar. - Pedagoglar “O’qituvchilar kuni” bayramini paxta dalalarida nishonlar edilar. - Hozir OTMlarning oldidagi maqsad ilmiy salohiyatni oshirish, TOP-1000 talik universitetlar qatoriga kirish, sifatli ta’lim bo’lsa, bundan 10-15 yil muqaddam paxtaga yetarli kontingent olib borib, planni to’ldirish bo’lgan. - Talabalar imkoniyatlarni ortidan izlagan bo’lsa, hozirgi kunda imkoniyatlarni o'zi yoshlarni qidirmoqda. Faqatgina hurmatli Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi va siyosiy irodasi bilangina, paxta siyosati va majburiy mehnatga barham berildi. Endilikda asosiy maqsad, Uchinchi Renessans poydevorini qo’yuvchi Yangi O’zbekiston bunyodkorlarini tarbiyalash va yetuk mutaxassislarni yetishtirishdir. ©️UrDU Matbuot xizmati 🌐 Sayt| Telegram| Facebook|InstagramLn | YouTube

#Kelajak_soati 🏛 Urganch davlat universitetida “Kelajak soati” mashg’ulotlari o’tkazilmoqda Bugun Urganch davlat universitet
+6
#Kelajak_soati   🏛 Urganch davlat universitetida “Kelajak soati” mashg’ulotlari o’tkazilmoqda Bugun Urganch davlat universitetining Psixologiya va san’at fakulteti dekani Dilfuza Xajiyeva tomonidan fakultetga qabul qilingan 1-bosqich talabalari uchun “Kelajak soati” mashg’ulotlari tashkil etildi. 🇺🇿 “Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida tashkil etilgan mashg’ulot davomida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi, istiqlolning tarixiy ahamiyati, bugungi bunyodkorlik va taraqqiyot jarayonlari, yoshlarning Vatan ravnaqi va kelajagini barpo etishdagi o‘rni haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Ta’kidlash joizki, “Kelajak soati” mashg’ulotlari  universitetning barcha fakultetlarida o’tkazilmoqda. Jarayonlarda “Biz bugun kechagidan kuchlimiz, ertaga bundan ham kuchli bo‘lamiz!”, “Mustaqillik va biz!”, “Talabalik maktublari”, “Yangi Toshkent shahridamiz” kabi mavzular asosida tayyorlangan video materiallar namoyish etilmoqda. ©️UrDU Matbuot xizmati 🌐 Sayt| Telegram| Facebook|InstagramLn | YouTube

Repost from Edu.uz
🎓 Diplom — marra emas, balki karyeradagi birinchi qadam! Diplom oldingiz, lekin mos ish topishda ikkilanyapsizmi? Career Edu yechim beradi! 🤔 Career Edu platformasi: 🔆 Yosh mutaxassislarni nufuzli ish beruvchilar bilan bog‘laydi; 🔆 Mutaxassisligingizga mos ish va amaliyot o‘rinlarini taklif etadi; 🔆 Birinchi ish joyingizni topishni sezilarli darajada osonlashtiradi. 📈 Platformada nafaqat vakansyalarni izlashingiz, balki: • HR suhbatlariga tayyorlanishingiz, • rezyume yaratishingiz; • frilans eʼloningizni joylashingiz mumkin. 🔗 career.edu.uz hoziroq sinab ko‘ring! Facebook | Instagram | YouTube|Telegram

🏛 Urganch davlat universitetida 1-bosqich talabalari uchun #tanishing loyihasi davom etadi! Navbatdagi tanishtiruv: 🗣Urganc
🏛 Urganch davlat universitetida 1-bosqich talabalari uchun #tanishing loyihasi davom etadi! Navbatdagi tanishtiruv: 🗣Urganch davlat universitetining fakultet dekanlari bilan yaqindan tanishing! 🟢Abdullayev Ilyos Sultanovich — Iqtisodiyot fakulteti dekani, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor. 🟢Jumaniyozov Zohid Otaboyevich — Xorijiy filologiya fakulteti dekani, filologiya fanlari doktori (DSc), professor. 🟢G'ayipov Dilshod Qadambayevich — Filologiya fakulteti dekani, filologiya fanlari doktori (DSc), professor. 🟢Kurambayev Sherzod Raimberganovich — Kimyoviy texnologiyalar fakulteti dekani, texnika fanlari doktori (DSc), professor. 🟢Sharipov Rasulbek Axmedovich — Fizika-matematika fakulteti dekani, fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 🟢Matnazarov O’ktam Latipovich — Sport faoliyati fakulteti dekani, pedagogika fanlari nomzodi, professor. 🟢Avazov Erkinjon Sherimmatovich — Intellektual ilmlar va texnologiyalar fakulteti dekani, dotsent. 🟢Xajiyeva Dilfuza Adambayevna — Psixologiya va san’at fakulteti dekani, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor v.b. 🟢Atayev Shokir Quranboyevich — Tarix va huquq fakulteti dekani, yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 🟢Sadullayev Sanjarbek Madiyarovich — Tabiiy va qishloq xo‘jaligi fanlari fakulteti dekani, qishloq xoʻjaligi fanlari doktori (DSc), dotsent. 🟢Madaminov Sanjarbek Maxmudjon o‘g‘li — Texnika fakulteti dekani, texnika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 🟢Rahimova Sadoqat Mamutovna — Magistratura bo'limi boshlig'i, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor v.b. 🟢Miskinov Baxtiyor Karimovich — Harbiy tayyorgarlik markazi boshlig’i. ©️UrDU Matbuot xizmati 🌐 Sayt| Telegram| Facebook|InstagramLn | YouTube

#TTJ | #Jarayon 🗣Talabalarni TTJga joylashtirish ishlari izchil davom etmoqda Yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bi
+6
#TTJ | #Jarayon 🗣Talabalarni TTJga joylashtirish ishlari izchil davom etmoqda   Yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan ayni kunlarda Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida olis hududlardan kelib tahsil oladigan yoshlarni Talabalar turar joylariga joylashtirish ishlari izchil davom etmoqda. Talabalar turar joylariga joylashish jarayonini tartibli va sifatli tashkil etish, talabalar uchun qulay shart-sharoitlarni ta’minlash hamda ularning murojaat va takliflarini o‘rganish maqsadida universitet mas’ullari tomonidan muntazam monitoring olib borilmoqda. Bugun universitetning Birinchi prorektori Sh.Allaberganov hamda rektor maslahatchisi A.Shakarov talabalar turar joylarida bo‘lib, joylashuv jarayonlarini bevosita o‘rgandilar. Talabalar bilan suhbatlashib, ularning fikr-mulohazalari va takliflarini tingladilar. Yangi o‘quv yilini munosib kutib olish, talabalar uchun qulay va xavfsiz muhit yaratish borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi. ©️UrDU Matbuot xizmati 🌐 Sayt| Telegram| Facebook|InstagramLn | YouTube

🏛 Rektor huzuridagi kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tkazildi Bugun Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat uni
+9
🏛 Rektor huzuridagi kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tkazildi   Bugun Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida rektor Feruza Madrahimova raisligida rektor huzuridagi kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda universitet faoliyatining muhim yo‘nalishlari, yangi o‘quv yilini yuqori saviyada tashkil etish, ta’lim sifatini oshirish hamda talabalar uchun munosib shart-sharoitlarni yaratish bilan bog‘liq masalalar atroflicha muhokama qilindi. Dastlab, tashkiliy masalalar ko‘rib chiqilib, lavozimlarga yangi tayinlangan Harbiy tayyorgarlik markazi boshlig’i B.Miskinov hamda Tarix va huquq fakulteti dekani Sh.Atayev jamoaga tanishtirildi. Yig‘ilish kun tartibidan o‘quv jarayonlarini tashkil etish, professor-o‘qituvchilarning shaxsiy ish rejalari, HEMIS tizimidagi ishlarni samarali yuritish, ichki akkreditatsiya jarayonlarini tashkil etish bilan bog‘liq masalalar ham o‘rin oldi. Shuningdek, bitiruvchilar bandligini ta’minlash, yoshlarni mehnat bozoriga tayyorlash, “Kelajakka qadam” dasturi doirasidagi ishlarni kuchaytirish, talabalar amaliyotini mazmunli tashkil etish hamda talabalarni yotoqxonalarga joylashtirish masalalari muhokama markazida bo‘ldi. Yakunda topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga aniq ko‘rsatmalar berildi. ©️UrDU Matbuot xizmati 🌐 Sayt| Telegram| Facebook|InstagramLn | YouTube

Repost from Edu.uz
#kontrakt #shartnoma Barcha talabalar diqqatiga (1-kurslar ham)❗️ To‘lov shartnomasini olish uchun onlayn ariza yuborish 🖥 Buning uchun kontrakt.edu.uz tizimidan ro‘yxatdan o‘tib, ortiqcha ovoragarchiliklarsiz onlayn ariza yuboring! Arizalar oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan tasdiqlanib, QR-kodli to‘lov-shartnomasi shakllantiriladi. Tasdiqlangan shartnomani yuklab olib, belgilangan to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirishingiz so‘raladi. Ma’lumot uchun, shartnoma uchun arizalarni “KONTRAKT EDU” mobil ilovasi orqali ham yuborish mumkin. Ilovani yuklab olish:👇 📲 iOS uchun 📲 Android uchun Facebook | Instagram | YouTube|Telegram

📸📸📸 🏛 Urganch davlat universitetida yangi o‘quv yilining ochilishiga bag‘ishlab o‘tkazilgan tantanali tadbir hamda "Mustaqillik darslari" tafsilotlari “Xorazm 24” yangiliklar dasturida yoritildi. Lavhada eng yuqori ball to'plab, universitetimizga o'qishga qabul qilingan 1-bosqich talabalari hamda ularning ota-onalarining intervyulari joy olgan. ©️UrDU Matbuot xizmati 🌐 Sayt| Telegram| Facebook|InstagramLn | YouTube

#Xalqaro_hamkorlik 🇺🇿🇨🇳 Universitet delegatsiyasi Pekin shahrida ilmiy safarda bo‘ldi Joriy yilning 30-avgust – 4-sentabr
+8
#Xalqaro_hamkorlik 🇺🇿🇨🇳 Universitet delegatsiyasi Pekin shahrida ilmiy safarda bo‘ldi Joriy yilning 30-avgust – 4-sentabr kunlari Urganch davlat universitetining Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori A.Atamuratov boshchiligidagi universitet delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasining Pekin shahrida ilmiy safarda bo‘ldi. Jarayon davomida delegatsiya vakillari Pekin universiteti qoshidagi Pekin Xalqaro Matematik tadqiqotlar markazida o‘tkazilgan Ikkinchi Xitoy–O‘zbekiston kompleks analiz konferensiyasida ishtirok etdi. Konferensiyada universitetning Fizika-matematika fakulteti dekani R.Sharipov, Matematik tahlil kafedrasi o‘qituvchilari J.Ashirov va S.Bekchanov ham qatnashib, soha olimlarining ilmiy ma’ruzalarini tingladilar hamda o‘z tadqiqot natijalarini xalqaro ilmiy jamoatchilikka taqdim etdilar.
Shuningdek, O‘zbekiston olimlari delegatsiyasining Pekin universiteti vitse-prezidenti Fang Fang bilan rasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Muloqot davomida Urganch davlat universitetida tashkil etilgan Pekin–Urganch xalqaro matematik tadqiqotlar markazi faoliyatini yanada rivojlantirish, istiqboldagi hamkorlik yo‘nalishlari hamda qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida 2027-yilda navbatdagi xalqaro konferensiyani Urganch shahrida tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Shuningdek, Pekin Xalqaro Matematik tadqiqotlar markazi rahbariyatining Urganch shahriga kelgusidagi tashriflari yuzasidan fikr almashildi.
©️UrDU Matbuot xizmati 🌐 Sayt| Telegram| Facebook|InstagramLn | YouTube

🏛Urganch davlat universitetining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari bilan tanishing! Aziz talabalar, universitet faoli
🏛Urganch davlat universitetining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari bilan tanishing! Aziz talabalar, universitet faoliyatiga oid eng so‘nggi va ishonchli ma’lumotlarni quyidagi rasmiy sahifalar orqali kuzatib boring: Urganch davlat universiteti Matbuot xizmatining rasmiy sahifalari: Telegram 💬 Facebook -1 💬 Facebook -2 🌐 Instagram -1 🌐 Instagram -2 📹 YouTube Urganch davlat universiteti rektori Feruza Madrahimovaning rasmiy sahifalari: Telegram 💬 Facebook 🌐 Instagram 📹 YouTube Fakultetlarning rasmiy sahifalari: Intellektual ilmlar va texnologiyalar fakulteti Iqtisodiyot fakulteti Tarix va huquq fakulteti Tabiiy va qishloq xo‘jaligi fanlari fakulteti Filologiya fakulteti Xorijiy filologiya fakulteti Sport faoliyati fakulteti Fizika-matematika fakulteti Psixologiya va san'at fakulteti Kimyoviy texnologiyalar fakulteti Texnika fakulteti Ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar uchun rasmiy sahifa: Telegram Rasmiy veb-sayt: urdu.uz ©️UrDU Matbuot xizmati 🌐 Sayt| Telegram| Facebook|InstagramLn | YouTube

🏛Urganch davlat universitetining 1-bosqich talabalari uchun yangi #tanishing loyihasi yo‘lga qo‘yildi. Ushbu loyihada univer
🏛Urganch davlat universitetining 1-bosqich talabalari uchun yangi #tanishing loyihasi yo‘lga qo‘yildi. Ushbu loyihada universitet rahbariyati tanishtirib boriladi.   Ilk tanishtiruv: Urganch davlat universiteti rektori hamda prorektorlari bilan yaqindan tanishing!   🟢Madrahimova Feruza Ruzimbayevna — universitet rektori. Pedagogika fanlari doktori (DSc), professor. 🟢Raximov Gʻayrat Buvaxanovich — O'quv ishlari bo'yicha prorektori. Pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 🟢Allaberganov Sherali Yo‘ldashevich — Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor. Tarix fanlari doktori (DSc), dotsent. 🟢Atamuratov Alimardon Abdirimovich — Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektor. Fizika-matematika fanlari doktori (DSc), dotsent. 🟢Sotiboldiyev Oybek Farmonjonovich — Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori, dotsent. 🟢Atajanov Sanjar Orazbayevich — Moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektori. ©️UrDU Matbuot xizmati 🌐 Sayt| Telegram| Facebook|InstagramLn | YouTube

Birinchi bosqich talabalariga Urganch davlat universiteti rektori Feruza Madrahimovadan tavsiyalar #1_qism 🟢O’qishga majburiyat sifatida emas, imkoniyat sifatida qarang. 🟢 Insonning qadri u izlagan, u qidirgan narsasi bilan o’lchanadi. Inson nimaniki izlasa, o’shanga loyiqdir. 🟢 Talabalikdagi 4 yillik davringiz Sizning keyingi hayotingiz uchun asosiy poydevor. 🟢 Men eng hurmat qiladigan talabalar «men bilmayman» deyishdan qo’rqmaydigan va «bilmayman» degan joyida to’xtab qolmaydigan talabalardir. Ularning boshqalardan farqi intilishlarida. 🟢 Har bir insonning bugungi kuni kechagi o’y-fikrlarining mahsulidir. Ertaga kim va qanday bo’lishni istasangiz, bugun nimalar haqida fikrlayotganingizga e’tibor bering. ©️UrDU Matbuot xizmati 🌐 Sayt| Telegram| Facebook|InstagramLn | YouTube

Repost from Edu.uz
#UzbekGiftContest #dizaynerlar #rassomlar #ijodkorlar #tanlov Turizm qo‘mitasi tomonidan “Uzbek Gift Contest” ko‘rik-tanlovi
#UzbekGiftContest #dizaynerlar #rassomlar #ijodkorlar #tanlov Turizm qo‘mitasi tomonidan “Uzbek Gift Contest” ko‘rik-tanlovi o‘tkazilmoqda   Tanlovning mazkur bosqichida dizaynerlar, rassomlar va ijodkorlar 25 ta hunarmandchilik yo‘nalishi bo‘yicha turistlar uchun ixcham, jozibador va hamyonbop sovg‘a mahsulotlari eskizi va dizayn g‘oyasini taqdim etishlari kerak bo‘ladi.   Har bir ishtirokchi bir vaqtda barcha yo‘nalishda qatnashishi mumkin.   10 nafar g‘oliblarning har biri 12,5 mln so‘mdan pul mukofoti bilan taqdirlanadi.   ➡️Ro‘yxatdan o‘tish havolasi: https://forms.gle/h3XKYkwsjByRDHAa8   ♾️Arizalar 21-sentyabrga qadar qabul qilinadi. Batafsil: https://gov.uz/oz/uzbektourism/news/view/209250 👉 На русском 👉 In English Facebook | Instagram | YouTube|Telegram

Урганч давлат университетида янги ўқув йили бошланди Батафсил👇🏻👇🏻👇🏻 https://xorazmbugun.uz/16915 Веб-сайт | Инстаграм |
Урганч давлат университетида янги ўқув йили бошланди Батафсил👇🏻👇🏻👇🏻 https://xorazmbugun.uz/16915 Веб-сайт | Инстаграм | Телеграм

Repost from Edu.uz
+1
#Dayjest Respublikamizdagi barcha oliy taʼlim tashkilotlarida 2026–2027-oʻquv yilining boshlanishi munosabati bilan tantanali tadbirlar va marosimlar oʻtkazilmoqda.
➡️Oʻzbekiston Milliy universiteti; ➡️O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti; ➡️O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti; ➡️Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti; ➡️Fargʻona davlat universiteti; ➡️Qarshi davlat texnika universiteti; ➡️Fargʻona davlat texnika universiteti; ➡️Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti; ➡️Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filiali; ➡️Nukus davlat pedagogika instituti; ➡️OʻzMU Jizzax filiali; ➡️Buxoro davlat pedagogika instituti; ➡️Qarshi davlat universiteti; ➡️Oʻzbek milliy musiqa sanʼati instituti; ➡️Samarqand davlat pedagogika instituti; ➡️Termiz davlat pedagogika instituti; ➡️Guliston davlat universiteti; ➡️Qo‘qon davlat universiteti; ➡️Urganch davlat pedagogika instituti; ➡️Namangan davlat universiteti; ➡️Samarqand davlat chet tillari instituti; ➡️Namangan davlat texnika universiteti; ➡️Guliston davlat pedagogika instituti; ➡️Buxoro davlat texnika universiteti; ➡️O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti; ➡️TKTI Yangiyer filiali; ➡️Axborot texnologiyalari va menejment universiteti; ➡️Namangan davlat pedagogika instituti; ➡️Namangan davlat chet tillari instituti; ➡️Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti; ➡️Toshkent kimyo-texnologiya instituti; ➡️Jizzax politexnika instituti; ➡️Chirchiq davlat pedagogika universiteti; ➡️Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali; ➡️Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti; ➡️Jizzax davlat pedagogika universiteti; ➡️Toshkent axborot texnologiyalari universiteti; ➡️Toshkent davlat texnika universiteti; ➡️Andijon davlat pedagogika instituti; ➡️Qo‘qon davlat universiteti; ➡️Toshkent farmatsevtika instituti; ➡️Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti; ➡️Iqtisodiyot va pedagogika universiteti; ➡️Milliy rassomlik va dizayn instituti; ➡️Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti; ➡️Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti; ➡️Toshkent arxitektura-qurilish universiteti; ➡️Shahrisabz davlat pedagogika instituti; ➡️O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filiali; ➡️Termiz iqtisodiyot va servis universiteti; ➡️Toshkent shahridagi Belarus–O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar instituti; ➡️Angren universiteti;
Facebook | Instagram | YouTube|Telegram

Repost from Yoshlar.edu.uz
+9
✨✨✨✨ 🗣 “Kelajak soati” doirasida navbatdagi ma’rifat darslari o‘tkazildi. Yoshlarni Vatanga daxldorlik, milliy g‘urur va bunyodkorlik ruhida tarbiyalash maqsadida oliy ta’lim tashkilotlarida navbatdagi “Kelajak soati” mashg‘ulotlari tashkil etildi. “Yagona Vatan va yagona xalq – umumiy maqsadlar sari” mavzusidagi mazkur mashg‘ulotlarda talaba-yoshlar yurtimizning bugungi taraqqiyoti, kelajak oldidagi mas’uliyat, jamiyat ravnaqida yoshlarning o‘rni hamda birlik va hamjihatlikning ahamiyati haqida fikr yuritdilar.
Namangan davlat texnika universiteti⁠O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti⁠ • Namangan davlat universiteti⁠ • Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali⁠ • Shahrisabz davlat pedagogika instituti⁠ • Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti⁠ • Urganch davlat universiteti⁠ • Samarqand davlat pedagogika instituti⁠ • Urganch innovatsion universiteti⁠ • Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti⁠ • Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti⁠ • Toshkent gumanitar fanlar universiteti⁠ • Urganch davlat pedagogika instituti⁠ • Qo‘qon davlat universiteti⁠ • Farg‘ona davlat texnika universiteti⁠ • Qarshi davlat texnika universiteti⁠ • Urganch davlat pedagogika instituti⁠ • Geologiya fanlari universiteti⁠ • Samarqand davlat universiteti⁠ • Namangan davlat konchilik va texnologiyalar universiteti⁠ • Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti⁠ • Toshkent shahridagi Belarus–O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar instituti
😄 Bugun auditoriyalarda yangragan fikrlar ertangi kunning mustahkam poydevoriga aylanadi. “Kelajak soati” doirasidagi ochiq muloqot va mushohadalar yoshlarni nafaqat Vatan tarixini anglashga, balki uning kelajagi uchun mas’uliyatni chuqur his etishga chorlamoqda.
Bizni kuzating:
📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram