es
Feedback
UrDU • УрГУ • UrSU

UrDU • УрГУ • UrSU

Ir al canal en Telegram

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti rasmiy sahifasi 🌐Veb-sayt: www.urdu.uz Facebook: facebook.com/urduuz Instagram: instagram.com/urdumatbuotxizmati Youtube: youtube.com/channel/UCkQ8N0jtKR9VigB0FALuFvA/videos

Mostrar más

📈 Análisis del canal de Telegram UrDU • УрГУ • UrSU

El canal UrDU • УрГУ • UrSU (@urdu_pressa) en el segmento lingüístico de Uzbeko es un actor destacado. Actualmente la comunidad reúne a 13 456 suscriptores, ocupando la posición 14 931 en la categoría Educación y el puesto 6 048 en la región Uzbekistán.

📊 Métricas de audiencia y dinámica

Desde su creación el невідомо, el proyecto ha mostrado un crecimiento acelerado, reuniendo a 13 456 suscriptores.

Según los últimos datos del 31 julio, 2026, el canal mantiene una actividad estable. En los últimos 30 días la variación de miembros fue de 98, y en las últimas 24 horas de -8, conservando un alto alcance.

  • Estado de verificación: No verificado
  • Tasa de interacción (ER): El promedio de interacción de la audiencia es 21.21%. Durante las primeras 24 horas tras publicar, el contenido suele obtener 17.01% de reacciones respecto al total de suscriptores.
  • Alcance de las publicaciones: Cada publicación recibe en promedio 2 855 visualizaciones. En el primer día suele acumular 2 289 visualizaciones.
  • Reacciones e interacción: La audiencia responde de forma activa: el promedio de reacciones por publicación es 12.

📝 Descripción y política de contenido

El autor describe el recurso como un espacio para expresar opiniones subjetivas:
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti rasmiy sahifasi 🌐Veb-sayt: www.urdu.uz Facebook: facebook.com/urduuz Instagram: instagram.com/urdumatbuotxizmati Youtube: youtube.com/channel/UCkQ8N0jtKR9VigB0FALuFvA/videos

Gracias a la alta frecuencia de actualizaciones (últimos datos recibidos el 01 agosto, 2026), el canal mantiene la vigencia y un amplio alcance. La analítica demuestra que la audiencia interactúa activamente con el contenido, lo que lo convierte en un punto de referencia dentro de la categoría Educación.

13 456
Suscriptores
-824 horas
-347 días
+9830 días
Archivo de publicaciones
📸📸📸 🎓Urganch davlat universitetida oʻtkazilgan magistratura bitiruvchilariga diplom topshirish marosimi tafsilotlari Xorazm telekanali orqali efirga uzatildi. ➡️Jarayonlarni “Xorazm24” yangiliklarida tomosha qiling! ©️UrDU Matbuot xizmati 🌐 Sayt| Telegram| Facebook|InstagramLn | YouTube

⚠️ DIQQAT, OGOH BO'LING! So'nggi kunlarda Urganch davlat universiteti O'quv ishlari bo'yicha prorektori Raximov Gʻayrat Buvax
+1
⚠️ DIQQAT, OGOH BO'LING! So'nggi kunlarda Urganch davlat universiteti O'quv ishlari bo'yicha prorektori Raximov Gʻayrat Buvaxanovich nomidan Telegram messenjerida soxta (fake) akkaunt ochilib, turli mazmundagi xabarlar yuborilayotgani aniqlandi. ❗️Eslatib o'tamiz, prorektor nomidan yuborilayotgan bunday xabarlar soxta bo'lib, universitet ma'muriyatiga aloqador emas. Sizlardan quyidagilarga qat'iy amal qilishingizni so'raymiz: ⚡️Noma'lum yoki shubhali akkauntlardan kelgan xabarlarga ishonmang. ⚡️Bunday akkauntlarga shaxsiy ma'lumotlaringizni yubormang. ⚡️Pul o'tkazish, kod yuborish yoki boshqa topshiriqlarni bajarmang. ⚡️Shubhali akkauntni darhol bloklang. Barchangizdan hushyor bo'lishingizni va ushbu ogohlantirishni hamkasblaringiz bilan ham ulashishingizni so'raymiz. ©️UrDU Matbuot xizmati 🌐 Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube

O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Tojikiston Prezidentlari Issiqko‘lda suv-motor sporti bo‘yicha Qirg‘iziston Gran-pr
+6
O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Tojikiston Prezidentlari Issiqko‘lda suv-motor sporti bo‘yicha Qirg‘iziston Gran-prisining tantanali ochilish marosimida ishtirok etdilar. — Президенты Узбекистана, Кыргызстана, Казахстана и Таджикистана приняли участие в торжественной церемонии открытия Гран-при Кыргызстана по водно-моторному спорту на озере Иссык-Куль. #Mirziyoyev #sammit #Maslahatuchrashuvi #sport Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Repost from Edu.uz
🇺🇿 “35 000 tashabbus” — Mustaqillikning 35 yilligiga bagʻishlangan mega loyihaga start berildi! Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash ofisi tomonidan “35 000 tashabbus” umummilliy loyihasi yoʻlga qoʻyildi. Siz ham yurtimiz rivojiga oʻz hissangizni qoʻshmoqchimisiz? Unda jamiyat va davlat taraqqiyotiga xizmat qiladigan innovatsion gʻoya yoki tashabbusingizni taqdim eting. 🟢Taʼlim, fan, texnologiya, ekologiya, tadbirkorlik, madaniyat yoki boshqa istalgan yoʻnalishdagi har bir foydali tashabbus muhim. 📌 Tashabbusingizni yuboring: tashabbus.yito.uz Tashabbuslar 1-avgustdan 31-avgustgacha qabul qilinadi 🇺🇿Katta oʻzgarishlar bitta tashabbusdan boshlanadi. Sizning gʻoyangiz esa Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotining navbatdagi qadami boʻlishi mumkin. Facebook | Instagram | YouTube|Telegram

🍈 Xiva xalqaro “Qovun sayli – 2026” festivaliga taklif etadi! 7–9 avgust kunlari qadimiy Xivada xalqaro “Qovun sayli – 2026” festivali bo‘lib o‘tadi! 📍 Ichan qal’a va “Arda Khiva” turistik majmuasida mehmonlarni noyob qovun navlari ko‘rgazmasi, milliy taomlar, hunarmandchilik yarmarkalari, folklor chiqishlari, konsertlar, xalq o‘yinlari va yorqin mushakbozlik namoyishi kutmoqda. Xivada yozning eng shirin va unutilmas bayramiga hamohang bo‘ling! ©️UrDU Matbuot xizmati 🌐 Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube

Repost from Edu.uz
🎓 Respublika nomdor va Prezident davlat stipendiyalariga arizalar qabuli boshlandi! Agar siz quyidagi talablarga javob bersangiz ariza topshirishga shoshiling 📌Arizalar my.edu.uz platformasi orqali onlayn qabul qilinadi. 📆 Ariza topshirish muddati 1-avgustdan 15-avgustga qadar. 🎥 Batafsil videoda bilib oling. Facebook | Instagram | YouTube|Telegram

Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida shu yilning iyul oyida o‘tgan asosiy tadbir va voqealar Prezident.uz|Facebook|Instag
+9
Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida shu yilning iyul oyida o‘tgan asosiy tadbir va voqealar Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

🗞“Народное слово” gazetasining 2026-yil 24-iyuldagi 149-sonida Urganch davlat universiteti Falsafa kafedrasi o'qituvchisi, P
🗞“Народное слово” gazetasining 2026-yil 24-iyuldagi 149-sonida Urganch davlat universiteti Falsafa kafedrasi o'qituvchisi, PhD R.Arziyev “Поддержка расширяет горизонты” sarlavhali maqolasi chop etildi. ©️UrDU Matbuot xizmati 🌐 Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube

Repost from Edu.uz
🌟🌟🌟🌟🌟 🗣“TalabaExpo–2026”: yoshlar uchun imkoniyatlar, tashabbuslar va yangi marralar Urganch shahridagi “Yoshlik” sport majmuasida “Kelajakka qadam” dasturi doirasida tashkil etilgan “TalabaExpo–2026” kasbiy ko‘rgazmasi yoshlar, oliy ta’lim muassasalari va ish beruvchilarni bir maydonda birlashtirdi.
Ko‘rgazmada Xorazm viloyatidagi barcha oliy ta’lim muassasalari talabalari va bitiruvchilari ishtirok etib, 100 dan ortiq yirik tashkilot va korxonalar tomonidan taqdim etilgan 1500 dan ziyod bo‘sh ish o‘rinlari bilan yaqindan tanishdilar. Tadbir davomida ish beruvchi tashkilotlar o‘z faoliyati va mavjud vakansiyalari bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazib, yoshlar bilan bevosita muloqot qildilar. Shuningdek, amaliyot va stajirovka dasturlari, kasbiy rivojlanish, tadbirkorlik hamda startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari haqida ma’lumotlar berildi. Ko‘rgazma doirasida tadbirkorlik asoslari, karyerani rejalashtirish, shaxsiy brendni shakllantirish va professional rivojlanishga bag‘ishlangan seminar-treninglar ham tashkil etildi.
Shuningdek, “Kelajakka qadam” dasturida faol ishtirok etib, tashabbuskorligi va istiqbolli loyihalari bilan ajralib turgan talabalar qimmatbaho sovg‘alar bilan rag‘batlantirildi. O‘z biznes g‘oyalariga ega bo‘lgan talabalarga tadbirkorlik loyihalarini amalga oshirish uchun imtiyozli kreditlar ajratilib, vaucherlar topshirildi. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

💡💡💡💡💡 🔔DIQQAT, TEXNIKUM BITIRUVCHILARI! 🎓2026–2027-o‘quv yili uchun Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat univers
💡💡💡💡💡 🔔DIQQAT, TEXNIKUM BITIRUVCHILARI! 🎓2026–2027-o‘quv yili uchun Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetiga texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish jarayoni yaqinlashmoqda! ✔️Suhbatlar 10–11-avgust kunlari jami 13 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkaziladi.
✔️ Suhbat asosida qabul amalga oshiriladigan yo‘nalishlar: 🟠Arxitektura 🟠 Axborot tizimlari va texnologiyalari 🟠 Axborot xavfsizligi 🟠 Buxgalteriya hisobi 🟠 Dasturiy injiniring 🟠 Energetika muhandisligi 🟠 Kompyuter injiniringi 🟠 Kutubxona-axborot faoliyati 🟠 Logistika 🟠 Qurilish muhandisligi 🟠 Turizm va mehmondo‘stlik 🟠 Yengil sanoat muhandisligi 🟠 Yurisprudensiya
📌Hurmatli talabgorlar! Suhbat jarayonida ishtirok etish uchun belgilangan muddat va tartiblarga qat’iy rioya qilishingizni so‘raymiz. 📲Batafsil ma’lumot: https://urdu.uz/uz/site/active?id=440 ©️UrDU Matbuot xizmati 🌐 Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube

#huquqiy_targ'ibot ⚖️Hurmatli professor-o'qituvchilar va talabalar, normativ-huquqiy hujjatlar bilan tanishib, huquqiy madani
#huquqiy_targ'ibot  ⚖️Hurmatli professor-o'qituvchilar va talabalar, normativ-huquqiy hujjatlar bilan tanishib, huquqiy madaniyatni oshirishda davom etamiz!
⚡️Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari Madaniy meros sohasidagi davlat boshqaruvi tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida Havola: https://lex.uz/uz/docs/-8354297   Davlat organining yoki uning mansabdor shaxsining qonunga xilof qarori, harakati yoxud harakatsizligi tufayli yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisida Havola: https://lex.uz/uz/docs/-8354256
 
⚡️Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va qarorlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga iqtidorli oʻquvchilarni qoʻllab-quvvatlashni takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida Havola: https://lex.uz/uz/docs/-8339739 Madaniy tadbirlarning xalqaro jozibadorligini oshirish va sohaga zamonaviy boshqaruvni joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida Havola: https://lex.uz/uz/docs/-8343180 Buyuk vatandoshimiz, hadis va tasavvuf ilmining yetuk namoyandasi Hakim Termiziy tavalludining 1200-yilligini keng nishonlash toʻgʻrisida Havola: https://lex.uz/uz/docs/-8350210
⚡️Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari Taʼlim va sport yoʻnalishlari boʻyicha oʻtkaziladigan fan olimpiadasi va sport musobaqasi gʻoliblarini “Oʻzbekiston boʻylab sayohat” yoʻllanmasini taqdim etish orqali ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida Havola: https://lex.uz/uz/docs/-8353271 Sport maktablari faoliyatini tizimli tashkil etishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida Havola: https://lex.uz/uz/docs/-8353326
©️UrDU Matbuot xizmati 🌐 Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube

Repost from Edu.uz
❗️Bugundan talabalar turar joyi uchun ariza yuborish jarayonlari boshlandi! Vazirlar Mahkamasining 376-son qarori (14.08.2023
❗️Bugundan talabalar turar joyi uchun ariza yuborish jarayonlari boshlandi! Vazirlar Mahkamasining 376-son qarori (14.08.2023-y.) bilan tasdiqlangan reglamentga asosan 1-avgustdan boshlab talabalar arizalarini my.gov.uz portali orqali yuborishlari mumkin. Reglamentga muvofiq dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabgorlar talabalar turar joylariga qabul qilinadi. Shundan so‘ng, umumiy ro‘yxatdagi talabalar uchun yotoqxonada ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida quyidagicha taqsimlanadi: 🔹 1-kurs talabalari uchun 55 — 65 foiz; 🔹 2-kurs talabalari uchun 15 — 20 foiz; 🔹 3-kurs va undan yuqori kurs talabalari uchun 20 — 25 foizgacha ajratiladi. Arizalar qabuli 1-avgustdan boshlab o‘quv yili yakuniga qadar davom etadi. ℹ️ Ma’lumot uchun, 2026/2027-o‘quv yilida OTT 1-bosqichiga tavsiya etilgan abituriyentlar yakuniy natija chiqqandan so‘ng ariza yuborishlari mumkin bo‘ladi. Ular uchun ham joylar yuqoridagi tartib asosida ajratiladi. 🆕 Talabalar uchun qulaylik: Endi talabalar turar joyiga joylashish va vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish kompozit (birlashtirilgan) xizmat orqali avtomatik tarzda amalga oshiriladi. ❓Nima o‘zgardi? Ilgari talabalar turar joyiga joylashgandan so‘ng vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish uchun alohida hujjat yig‘ib, boshqa idoralarga murojaat qilish talab etilardi. Endilikda ushbu xizmatlar birlashtirildi — ortiqcha vaqt sarfi va ovoragarchiliklarga hojat qolmadi! Talabalar turar joyiga arizangiz ko‘rib chiqilib, elektron shartnoma va yo‘llanma taqdim etiladi. Shartnomada ko‘rsatilgan to‘lovni amalga oshirishingiz bilan kompozit xizmat ishga tushadi va vaqtincha ro‘yxatga olish uchun to‘lov shakllanadi. Ro‘yxatdan o‘tish to‘lovini amalga oshirgach, sizga turgan joyingiz bo‘yicha ro‘yxatga olinganligingiz haqida qayd varag‘i taqdim etiladi. Muhim eslatma: Turgan joyi bo‘yicha vaqtincha ro‘yxatga qo‘yish muddati to‘lov amalga oshirilgan kundan boshlab shartnomada ko‘rsatilgan muddatgacha amal qiladi. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

TalabaExpo_2026 | #Xorazm24 💠Bugun Urganch shahrida oʻtkazilgan "Talaba Expo – 2026" kasb ko‘rgazmasi tafsilotlari “Xorazm24” telekanalida efirga uzatildi. Lavhadan Urganch davlat universiteti rektori Feruza Madrahimova intervyusi joy olgan. ©️UrDU Matbuot xizmati 🌐 Sayt| Telegram| Facebook|InstagramLn | YouTube

Repost from Edu.uz
#TalabaExpo_2026 #Xorazm 🗣“TalabaExpo–2026”: Bitiruvchilar “URGENCH CLUSTER” MCHJ faoliyati bilan tanishdi Bugun Xorazm vilo
+9
#TalabaExpo_2026 #Xorazm 🗣“TalabaExpo–2026”: Bitiruvchilar “URGENCH CLUSTER” MCHJ faoliyati bilan tanishdi Bugun Xorazm viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari talabalari va bitiruvchilari uchun tashkil etilgan “TalabaExpo–2026” kasb ko‘rgazmasi doirasida bitiruvchi Urganch shahridagi “URGENCH CLUSTER” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga tashrif buyurdilar. Jarayon davomida talabalar korxonaning zamonaviy texnologiyalar asosida yo‘lga qo‘yilgan ip kalava va tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish jarayonlari, mehnatni muhofaza qilish hamda xavfsizlik me’yorlari bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, bitiruvchilarga korxonadagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, kadrlar siyosati, yosh mutaxassislar uchun yaratilgan shart-sharoit va kasbiy rivojlanish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

TalabaExpo_2026 | #Axborot24 Bugun Urganch shahrida oʻtkazilgan "Talaba Expo – 2026" kasb ko‘rgazmasi tafsilotlari “Oʻzbekiston24” telekanali nigohida. Lavhada Urganch davlat universiteti rektori Feruza Madrahimova intervyusi joy olgan. ©️UrDU Matbuot xizmati 🌐 Sayt| Telegram| Facebook|InstagramLn | YouTube

Repost from Edu.uz
+9
#TalabaExpo_2026 #Xorazm #taqdirlash “TalabaExpo–2026” doirasida taqdirlash marosimi o'tkazildi Bugun Urganch shahrida o‘tkazilayotgan “TalabaExpo–2026” kasbiy ko‘rgazmasi doirasida faol ishtirokchilarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tantanali marosimda ko‘rgazmani yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazishda faol ishtirok etgan oliy ta’lim muassasalari jamoalari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda “O‘zmilliybank” tomonidan munosib e’tirof etildi. Shuningdek, “Kelajakka qadam” dasturida faol ishtirok etib, tashabbuskorligi va istiqbolli loyihalari bilan ajralib turgan talabalar “O‘zmilliybank” tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi. O‘z biznes g‘oyalariga ega bo‘lgan talabalarga esa tadbirkorlik loyihalarini amalga oshirish uchun imtiyozli kreditlar ajratilib, vaucherlari tantanali ravishda topshirildi. Facebook | Instagram | YouTube| Telegram

Repost from Edu.uz
#TalabaExpo_2026 #Xorazm 🏛 “TalabaExpo–2026”da UrDU jamoasi va talabalari munosib e’tirof etildi Bugun Urganch shahridagi “Y
+9
#TalabaExpo_2026 #Xorazm 🏛 “TalabaExpo–2026”da UrDU jamoasi va talabalari munosib e’tirof etildi Bugun Urganch shahridagi “Yoshlik” sport majmuasida “Kelajakka qadam” dasturi doirasida “TalabaExpo–2026” kasb ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
Ko‘rgazmada Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti rektori Feruza Madrahimova boshchiligida oliygoh jamoasi o‘z pavilyoni bilan faol ishtirok etib, universitetning ta’lim yo‘nalishlari, ilmiy-innovatsion ishlanmalari hamda talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlarni namoyish etdi. Ko'rgazma davomida bitiruvchi talabalar mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, amaliyot va stajirovka imkoniyatlari, shuningdek, tadbirkorlik loyihalari hamda istiqbolli biznes tashabbuslari bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Tadbir yakunida universitet jamoasi ko‘rgazmani munosib tashkil etish va yuqori saviyada o‘tkazishga qo‘shgan munosib hissasi uchun alohida e’tirof etildi. Shuningdek, “Kelajakka qadam” dasturida faol qatnashib kelayotgan talabalar qimmatbaho sovg‘alar bilan rag‘batlantirildi. Facebook | Instagram | YouTube| Telegram

+1
#TalabaExpo_2026 #Xorazm #intervyu “TalabaExpo–2026”: talabalar uchun yangi imkoniyatlar maydoni Ayni paytda Urganch shahridagi “Yoshlik” sport majmuasida Xorazm viloyatidagi barcha oliy ta’lim muassasalari talabalari va bitiruvchilari uchun “TalabaExpo–2026” kasb ko‘rgazmasi tashkil etilmoqda. Urganch davlat universiteti bitiruvchilari ish beruvchilar bilan bevosita muloqot qilib, o‘z mutaxassisligi bo‘yicha mavjud vakansiyalar, amaliyot va stajirovka imkoniyatlari bilan tanishmoqda. Shuningdek, ko‘rgazmada yoshlarning ish izlash, kasbiy yo‘nalishini belgilash va kelajakdagi faoliyatini rejalashtirish imkoniyatlari kengaymoqda. 🎤 Tadbir davomida talaba va bitiruvchilarning fikr-mulohazalari bilan tanishamiz. ©️UrDU Matbuot xizmati 🌐 Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube

Repost from Edu.uz
#TalabaExpo_2026 #Xorazm #live Urganchda “TalabaExpo—2026”: Bitiruvchilar va ish beruvchilar yuzma-yuz! Urganch shahrida biti
+9
#TalabaExpo_2026 #Xorazm #live Urganchda “TalabaExpo—2026”: Bitiruvchilar va ish beruvchilar yuzma-yuz! Urganch shahrida bitiruvchi talaba-yoshlarni ish bilan ta'minlashga qaratilgan “TalabaExpo—2026” kasbiy koʻrgazmasi qizg'in davom etmoqda. Mazkur ommaviy tadbirda viloyatimizning 100 dan ortiq nufuzli tashkilot va yirik korxonalari o'zlarining 1500 dan ortiq bo'sh ish o'rinlari bilan ishtirok etib, yoshlarga to'g'ridan-to'g'ri ish taklif qilmoqda. Jarayon davomida bitiruvchilar nafaqat mavjud vakansiyalar bilan tanishishlari, balki amaliyot va stajirovka dasturlari, o'z startap loyihalarini taqdim etish hamda “Oʻzmilliybank” tomonidan yoshlarga beriladigan imtiyozli kreditlar bo'yicha to'liq ma'lumot olishlari mumkin. Facebook | Instagram | YouTube|Telegram

#TalabaExpo_2026 #Xorazm #live 🗣“TalabaExpo–2026” ko‘rgazmasi qizg'in davom etmoqda Bugun Urganch shahridagi “Yoshlik” sport
+9
#TalabaExpo_2026 #Xorazm #live 🗣“TalabaExpo–2026” ko‘rgazmasi qizg'in davom etmoqda Bugun Urganch shahridagi “Yoshlik” sport majmuasida “TalabaExpo–2026” kasbiy ko‘rgazmasi qizg'in davom etmoqda. Kasb ko'rgazmasida viloyatimizdagi barcha OTM rektorlari ishtirok etmoqda. Xususan, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti rektori Feruza Madrahimova ham ishtirok etib, bitiruvchi talabalar bilan muloqotda bo'ldi, mavjud bo‘sh ish o‘rinlari hamda tadbirkorlik loyihalari bilan yaqindan tanishdi. Ko'rgazma davomida yoshlar mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, amaliyot va stajirovka imkoniyatlari, shuningdek, tadbirkorlik loyihalari hamda istiqbolli biznes tashabbuslari bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. ©️UrDU Matbuot xizmati 🌐 Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube