JIZZAXPMM
Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazi rasmiy kanali Murojaat uchun @Gefest84
Show more📈 Analytical overview of Telegram channel JIZZAXPMM
Channel JIZZAXPMM (@jizzaxmilliymarkaz) in the Uzbek language segment is an active participant. Currently, the community unites 20 084 subscribers, ranking 9 790 in the Education category and 3 960 in the Uzbekistan region.
📊 Audience metrics and dynamics
Since its creation on невідомо, the project has demonstrated rapid growth, gathering an audience of 20 084 subscribers.
According to the latest data from 07 September, 2026, the channel demonstrates stable activity. Although there has been a change in the number of participants by -3 114 over the last 30 days and by -83 over the last 24 hours, overall reach remains high.
- Verification status: Not verified
- Engagement rate (ER): The average audience engagement rate is 7.08%. Within the first 24 hours after publication, content typically collects 2.96% reactions from the total number of subscribers.
- Post reach: On average, each post receives 1 430 views. Within the first day, a publication typically gains 599 views.
- Reactions and interaction: The audience actively supports content: the average number of reactions per post is 6.
📝 Description and content policy
The author describes the resource as a platform for expressing subjective opinions:
“Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazi rasmiy kanali
Murojaat uchun @Gefest84”
Thanks to the high frequency of updates (latest data received on 08 September, 2026), the channel maintains relevance and a high level of publication reach. Analytics show that the audience actively interacts with content, making it an important point of influence in the Education category.
Data loading in progress...
| Date | Subscriber Growth | Mentions | Channels | |
| 08 September | 0 | |||
| 07 September | 0 | |||
| 06 September | 0 | |||
| 05 September | 0 | |||
| 04 September | +487 | |||
| 03 September | 0 | |||
| 02 September | +1 | |||
| 01 September | 0 |
| 2 | 🟦🟦 🟦🟦🟦
PISA 2025: TA’LIM SIFATI VA USTUVOR VAZIFALAR MUHOKAMADA
Ayni kunlarda O‘zbekistonning PISA 2025 xalqaro tadqiqotidagi ishtiroki, o‘quvchilar natijalari, ularning bilim darajasiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar tahlili hamda dalillarga asoslangan ustuvor yo‘nalishlar muhokamasiga bag‘ishlangan Ta’lim forumi bo‘lib o‘tmoqda.
Forumda respublikamizdagi Pedagogik mahorat markazlari direktorlari, soha mutaxassislari va ekspertlar ishtirok etmoqda.
Jumladan, Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazi direktori I. Axmedov ham mazkur nufuzli muloqot maydonida ishtirok etmoqda.
Tadbir davomida PISA natijalarini chuqur tahlil qilish, ta’lim sifatiga ta’sir etuvchi asosiy omillarni aniqlash, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish hamda hududlarda ta’lim samaradorligini oshirishga qaratilgan ustuvor vazifalar yuzasidan fikr almashilmoqda.
🟦🟦🟦🟦🟦🟦
📱Telegram 📱 WEB 📱 Facebook ▶️Youtube | 204 |
| 3 | PISA 2025: O‘zbekiston o‘quvchilari natijalarida ijobiy o‘zgarish!
O‘zbekistonlik o‘quvchilarning tabiiy fanlar savodxonligi bo‘yicha natijalarida sezilarli o‘sish qayd etildi.
PISA 2025 tadqiqotida 2-daraja bazaviy daraja hisoblanadi. Bu daraja o‘quvchining kundalik hayotda zarur bo‘lgan asosiy bilim va ko‘nikmalarni qo‘llay olishini anglatadi.
🔺Bazaviy daraja va undan yuqori natija ko‘rsatganlar:
2022-yil — 19%
2025-yil — 65%
📤Bu esa 46 foiz o‘sish demakdir.
↗️Raqamlar o‘quvchilarning bazaviy ilmiy bilim va ko‘nikmalarni egallash darajasi sezilarli yaxshilanganini ko‘rsatmoqda.
🇺🇿PISA 2025 natijalari — O‘zbekiston ta’limida amalga oshirilayotgan islohotlarning muhim ko‘rsatkichlaridan biridir.
Bizni kuzating:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin | 558 |
| 4 | #Ayni_damda
🔴 Oʻzbekistonning PISA 2025 xalqaro tadqiqotidagi ishtiroki, oʻquvchilar natijalari, bilim darajasiga taʼsir koʻrsatuvchi omillar tahlili, shuningdek, dalillarga asoslangan ustuvor yoʻnalishlar muhokamasiga bagʻishlangan Taʼlim forumi bo'lib o'tmoqda. | 590 |
| 5 | 🟦🟦🟦 🟦🟦🟦
📊PISA 2025 xalqaro baholash dasturi natijalari e’lon qilindi
O‘zbekiston o‘quvchilari qanday natija qayd etdi?
OECD tomonidan PISA 2025 xalqaro baholash dasturi natijalari rasman e’lon qilindi. Tadqiqotda 91 ta davlat va ta’lim tizimi ishtirok etdi. O‘zbekiston PISA tadqiqotida ikkinchi marotaba qatnashdi.
Mamlakatimizdan xalqaro tashkilot tomonidan tasodifiy tanlab olingan 233 ta maktabning 8 652 nafar 15 yoshli o‘quvchisi tadqiqotda ishtirok etdi.
Tabiiy fanlar bo‘yicha
O‘zbekiston o‘quvchilari 438 ball to‘plab, 91 ta davlat va ta’lim tizimi orasida 48-o‘rinni egalladi.
↗️ Taqqoslash uchun, PISA 2022da tabiiy fanlar bo‘yicha natija 355 ball va 80-o‘rinni tashkil etgan. Shu tariqa, 2025-yilda natija qariyb 83 ballga oshgan.
⌨️Raqamli dunyoda o‘rganish bo‘yicha:
O‘zbekiston o‘quvchilari 402,4 ball qayd etib, 72-o‘rinni egalladi.
Eslatib o‘tamiz, PISA 2025da asosiy yo‘nalish sifatida tabiiy fanlar savodxonligi belgilangan. Matematika va o‘qish savodxonligi bo‘yicha natijalar yuzasidan qo‘shimcha tahlillar olib borilmoqda.
🟦🟦🟦🟦🟦🟦
📱Telegram 📱 WEB 📱 Facebook ▶️Youtube | 528 |
| 6 | 🟦🟦🟦 🟦🟦🟦
📊PISA 2025 xalqaro baholash dasturi natijalari e’lon qilindi
O‘zbekiston o‘quvchilari qanday natija qayd etdi?
OECD tomonidan PISA 2025 xalqaro baholash dasturi natijalari rasman e’lon qilindi. Tadqiqotda 91 ta davlat va ta’lim tizimi ishtirok etdi. O‘zbekiston PISA tadqiqotida ikkinchi marotaba qatnashdi.
Mamlakatimizdan xalqaro tashkilot tomonidan tasodifiy tanlab olingan 233 ta maktabning 8 652 nafar 15 yoshli o‘quvchisi tadqiqotda ishtirok etdi.
Tabiiy fanlar bo‘yicha
O‘zbekiston o‘quvchilari 438 ball to‘plab, 91 ta davlat va ta’lim tizimi orasida 48-o‘rinni egalladi.
↗️ Taqqoslash uchun, PISA 2022da tabiiy fanlar bo‘yicha natija 355 ball va 80-o‘rinni tashkil etgan. Shu tariqa, 2025-yilda natija qariyb 83 ballga oshgan.
⌨️Raqamli dunyoda o‘rganish bo‘yicha:
O‘zbekiston o‘quvchilari 402,4 ball qayd etib, 72-o‘rinni egalladi.
Eslatib o‘tamiz, PISA 2025da asosiy yo‘nalish sifatida tabiiy fanlar savodxonligi belgilangan. Matematika va o‘qish savodxonligi bo‘yicha natijalar yuzasidan qo‘shimcha tahlillar olib borilmoqda.
🟦🟦🟦🟦🟦🟦
📱Telegram 📱 WEB 📱 Facebook ▶️Youtube | 1 |
| 7 | 🟦🟦🟦 🟦🟦🟦
JizPMMda o‘quv jarayonlari qizg‘in pallada!
Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazida yangi mavsum doirasidagi dars va amaliy mashg‘ulotlar faol davom etmoqda.
Tinglovchilar zamonaviy yondashuvlar, ilg‘or metodlar va amaliy tajribalar asosida bilim va kasbiy mahoratini yanada boyitmoqda.
😍 Izlanish, tajriba va yangilanish — bugungi mashg‘ulotlarning asosiy ruhi!
#JizPMM #KasbiyRivojlanish #OquvJarayoni #YangiMavsum
🟦🟦🟦🟦🟦🟦
📱Telegram 📱 WEB 📱 Facebook ▶️Youtube | 609 |
| 8 | 🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🤩
Uyg‘ondingmi do‘stim?! Ooo, tabriklarim!
Ming shukur salomat ekan jonu-tan.
Bugun bir qiziqdim, Har tong ertalab,
O‘n sakkiz ming inson uyg‘onmas ekan!
Yomon tush ko‘rdingmi, bu emas qayg‘u!
"Nimalar kirmaydi tushga...", deganlar,
Tasavvur qilgina, millionlab bemor,
Tunlari bir chimdim uxlamaskanlar!
Dasturxon yozildi xonadoningda,
Qosh uyma, salgina suvi qochgan non,
Qaydadir o‘qidim, bir burda nonga,
Zor ekan bir million sakkiz yuz inson.
Bolalar shovqini yoqmas quloqqa,
Shukur qil, ulg‘ayib qoldilar ancha,
Eh do‘stim, nolima, yorug‘ olamda,
Tirnoqqa zor bo‘lib yurganlar qancha...
Ming shukur, yurting tinch, ro‘zg‘oring butun,
Tomoqdan suv o‘tar, ko‘zlaring ravshan.
Bilmasang bilib qo‘y, minglab musofir,
Sen tepgan tuproqni topmay yig‘larkan!
🟦🟦🟦🟦🟦🟦
📱Telegram 📱 WEB 📱 Facebook ▶️Youtube | 809 |
| 9 | ✳️✳️✳️✳️✳️
💠 JizPMMDA YANGI O‘QUV MAVSUMIGA BAYRAMONA START BERILDI
✔️ Bugun Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazida yangi o‘quv mavsumi ko‘tarinki kayfiyat va bayramona ruhda boshlandi. Jonli orkestr sadolari tadbirga o‘zgacha fayz va tantanavorlik bag‘ishladi.
Tadbirda Jizzax viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i v.b. Sh. Damanova, tizim mas’ullari hamda mehmonlar ishtirok etdilar.
Tadbir davomida so‘zga chiqqan Sh. Damanova markaz jamoasi va tinglovchilarni yangi o‘quv mavsumi bilan samimiy tabriklab, ularga kasbiy faoliyatda omad, ilmiy izlanishlarda muvaffaqiyat va yangi marralar tiladi.
Shuningdek, Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazi direktori I. Axmedov viloyat ta’lim tizimida erishilayotgan yutuqlar, pedagoglarning bu jarayondagi munosib hissasi hamda oldinda turgan ustuvor vazifalarga to‘xtaldi. U kasbiy rivojlanish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish va ta’lim sifatini yanada oshirish muhim vazifa ekanini ta’kidladi.
😍 Bu yangilanish — hammamiz uchun. Birga qadam qo‘yamiz, birga rivojlanamiz!
#JizPMM #YangiMavsum #OpeningDay #KasbiyRivojlanish #YangiMaqsadlar
🟦🟦🟦🟦🟦🟦
📱Telegram 📱 WEB 📱 Facebook ▶️Youtube | 1 159 |
| 10 | ✳️✳️✳️✳️✳️
✅ YANGI MAVSUMGA START BERILDI!
Yoz osoyishtaligi ortda qoldi. Endi — bilim, izlanish, yangilanish va yangi g‘alabalar fasli!
🏛Bugun, 7-sentyabr kuni Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazida yangi o‘quv jarayoniga start berildi.
💯 Yangi mavsum — yangi maqsadlar, yangi tajribalar va yangi imkoniyatlar demakdir. Markaz yana pedagoglarning kasbiy rivoji, zamonaviy bilim va ilg‘or tajribalar almashinuvi uchun faol maydonga aylanmoqda.
😍 Bu yangilanish — hammamiz uchun. Birga qadam qo‘yamiz, birga rivojlanamiz!
#JizPMM #YangiMavsum #OpeningDay #KasbiyRivojlanish #YangiMaqsadlar | 9 |
| 11 | 🎉🎉🎉🎉🎉
Hurmatli Sharofiddin Abdurashidov!
Sizni tavallud ayyomingiz bilan Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazi rahbariyati va jamoasi nomidan chin qalbimizdan samimiy muborakbod etamiz!
Inson umrining qadr-qimmati uning yillari bilan emas, balki shu yillar davomida el-yurt, jamoa va kelajak ravnaqi yo‘lida amalga oshirgan ezgu ishlari bilan o‘lchanadi. Sizning ham Fanlarni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i sifatidagi faoliyatingiz mas’uliyat, izlanish va tashabbuskorlik bilan yo‘g‘rilgan. Bugungi ta’lim taraqqiyoti yangi g‘oyalar, yangicha yondashuv va tinimsiz izlanishni talab etayotgan bir davrda Sizning fidokorona mehnatingiz va kasbiy faoliyatingiz jamoamiz rivojiga munosib hissa bo‘lib qo‘shilmoqda.
Aziz Sharofiddin Abdurashidov, tavallud ayyomingiz — shunchaki umr daftaringizga qo‘shilgan yana bir yil emas, balki ortda qolgan mehnat va yutuqlarni sarhisob qilib, kelajak sari yanada katta maqsadlar bilan qadam tashlash uchun yangi bir imkoniyatdir. Yangi yoshingiz Sizga yangi marralar, ezgu niyatlar ro‘yobi, ulkan muvaffaqiyatlar va hayotning eng go‘zal lahzalarini olib kelsin!
Sizga mustahkam sog‘lik, uzoq va mazmunli umr, oilaviy baxt-saodat, xonadoningizga tinchlik va fayzu baraka tilaymiz. Faoliyatingizda kuch-g‘ayrat, qalbingizda ilhom, hayotingizda esa quvonch va zafarlar hamisha hamroh bo‘lsin!
Hurmat va ezgu tilaklar bilan,
Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazi
rahbariyati va jamoasi.
🟦🟦🟦🟦🟦🟦
📱Telegram 📱 WEB 📱 Facebook ▶️Youtube | 926 |
| 12 | 🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🤩
Inson oqar suvga o‘xshaydi: loyqalanishi bilan uning tubini ko‘ra olmaysan, daryoning tubi esa marvarid va marjonlarga to‘la. Ehtiyot bo‘l, loyqalama, u toza va shaffof. Inson qalbi havoga o‘xshaydi: chang bilan aralashishi bilan, u osmonga parda bo‘ladi, quyoshni ko‘rishga xalaqit beradi; ammo qachonki chang tarqasa, havo toza va shaffof bo‘ladi.
ⓒ Jaloliddin Rumiy | 785 |
| 13 | 📣 DIQQAT, E’LON!
2026-yil 21-oktyabr kuni Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazida “Ta’limda pedagogik va psixologik yordam uyushtirishning muammo va yechimlari: ta’lim-tarbiya jarayonida zamonaviy yondashuvlar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkaziladi.
Konferensiyada professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, magistrantlar, tinglovchilar, talabalar va soha mutaxassislari o‘z ilmiy maqola va tezislari bilan ishtirok etishlari mumkin.
👍 ASOSIY YO‘NALISHLAR:
✅Pedagogik va psixologik yordam hamda inklyuziv ta’lim.
✅Innovatsion texnologiyalar va IT vositalari orqali ta’lim sifatini oshirish.
✅Ijtimoiy fanlar va tillarni o‘qitishda xorijiy tajriba va innovatsiyalar.
✅Kadrlar sifati va xorijiy til o‘qituvchilarining malakasini takomillashtirish.
✅Kasbiy rivojlanishning dolzarb masalalari.
✅Result Based Management asosida ta’limda loyihalarni boshqarish.
✔️ Maqolalar qabul qilish muddati: 2026-yil 15-oktyabrgacha
Konferensiya materiallari to‘plam ko‘rinishida chop etiladi hamda Google Scholar bazasida indekslanadi. Har bir muallifga elektron sertifikat va tashakkurnoma taqdim etiladi.
🌐 Ishchi tillar: o‘zbek, rus, ingliz tillari.
💻 Ishtirok shakli: oflayn va onlayn.
📱 Murojaat uchun:
+998 95 255 55 75 — M. Tilakova
+998 97 435 81 41 — A. Tajiboyev
⭐️ Ilmiy g‘oyangizni taqdim eting — tajribangizni ulashing!
🟦🟦🟦🟦🟦🟦
📱Telegram 📱 WEB 📱 Facebook ▶️Youtube | 2 183 |
| 14 | 🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
HAMKORLIK — TA’LIM SIFATI VA YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM
Ta’lim taraqqiyoti tajriba almashinuvi, hamkorlik va birgalikdagi izlanishlar orqali yanada mustahkamlanadi. Shu maqsadda Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazi hamda Samarqand viloyati pedagogik mahorat markazi o‘rtasidagi ilmiy-metodik hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarildi.
Markazimiz professor-o‘qituvchilari va bo‘lim xodimlarining Samarqand viloyati pedagogik mahorat markaziga tashrifi doirasida ikki hududning Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi kafedralari vakillari ishtirokida mazmunli uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda zamonaviy metodik yondashuvlar, ilg‘or pedagogik tajribalarni ommalashtirish, ta’lim jarayoniga samarali innovatsiyalarni tatbiq etish hamda metodik xizmat sifatini oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Eng muhim jihatlardan biri — ikki markaz kafedralari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni tizimli yo‘lga qo‘yishga qaratilgan hamkorlik shartnomalarining imzolanishi bo‘ldi.
💡 Ishonamizki, bunday hamkorlik nafaqat ikki markaz faoliyatini yaqinlashtiradi, balki hududlar o‘rtasida ilg‘or tajribalar almashinuvi, pedagoglarning kasbiy rivoji va eng muhimi, ta’lim sifatini yuksaltirishga xizmat qiladi.
🟦🟦🟦🟦🟦🟦
📱Telegram 📱 WEB 📱 Facebook ▶️Youtube | 879 |
| 15 | 🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🤩
Bizga nima muvaffaqiyat keltirishini biz ayta olmaymiz. Biz faqatgina muvaffaqiyatga nima to‘sqinlik qilishini va vayron qilishini aniqlashimiz mumkin. Qachonki biz noto‘g‘ri harakatlarimiz va fikrlarimizdan halos bo‘lsak, sof fikr va ma’qul xulq-atvor o‘zi keladi.
ⓒ Rolf Dobelli
🟦🟦🟦🟦🟦🟦
📱Telegram 📱 WEB 📱 Facebook ▶️Youtube | 779 |
| 16 | f7e7da75-31ea-4570-aa45-1c6107ef4ca2.png | 1 |
| 17 | 🎯 HAR BIR BOLA UCHUN IMKONIYAT — HAR BIR PEDAGOG UCHUN YANGI TAJRIBA
Jizzax viloyati Pedagogik mahorat markazi “Pedagogika va psixologiya, ta’lim texnologiyalari” kafedrasi tashabbusi bilan tashkil etilgan ilmiy-amaliy seminar “Oligofrenopedagogika” yo‘nalishi qayta tayyorlov kurslari tinglovchilari uchun tajriba va amaliyot maydoniga aylandi.
Chirchiq davlat pedagogika universiteti “Maxsus pedagogika” kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Zulayxo Husnuddinova tomonidan o‘quvchilarning ijtimoiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan usullar va adaptiv vositalardan foydalanish metodikasi yuzasidan master-klass tashkil etildi.
Amaliy mashg‘ulotlarda tinglovchilar maxsus ta’lim ehtiyojiga ega o‘quvchilar bilan ishlashda samarali metodlar, adaptiv vositalar va zamonaviy pedagogik yondashuvlar bilan yaqindan tanishdilar.
Shuningdek, Chirchiq davlat pedagogika universiteti “Maxsus pedagogika” kafedrasi dotsenti Shoira Abdujalilova tomonidan “Inklyuziv ta’lim va jamiyat taraqqiyotida pedagogning roli” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.
Unda pedagogning vazifasi faqat bilim berish bilan cheklanmasligi, balki har bir bolaning jamiyatga moslashuvi, ijtimoiy faolligi va o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishida muhim ko‘makchi bo‘lishi alohida ta’kidlandi.
🟦🟦🟦🟦🟦🟦
📱Telegram 📱 WEB 📱 Facebook ▶️Youtube | 1 200 |
| 18 | 🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
🎓 INKLYUZIV TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUV: NAZARIYADAN AMALIYOTGA
2026-yil 27-avgust kuni Jizzax viloyati Pedagogik mahorat markazi “Pedagogika va psixologiya, ta’lim texnologiyalari” kafedrasi tashabbusi bilan “Oligofrenopedagogika” yo‘nalishi qayta tayyorlov kurslari tinglovchilari uchun ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi.
Seminarda Chirchiq davlat pedagogika universiteti “Maxsus pedagogika” kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor Feruzaxon Qodirova tomonidan “Inklyuziv va korreksion ta’limda innovatsion texnologiyalar” mavzusida trening mashg‘uloti o‘tkazildi.
Mashg‘ulot davomida zamonaviy interfaol metodlar, innovatsion yondashuvlar va ularni maxsus ta’lim jarayoniga samarali tatbiq etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Tinglovchilar bir qator metodlarni bevosita amaliyotda sinab ko‘rib, yangi kasbiy ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.
Shuningdek, “Inklyuzivmaster” brendi asosidagi onlayn kurslar orqali tinglovchilarning diagnostik, metodik va kasbiy mahoratini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
✨ Yangi metodlar. Yangi tajriba. Yangi hamkorlik.
🟦🟦🟦🟦🟦🟦
📱Telegram 📱 WEB 📱 Facebook ▶️Youtube | 919 |
| 19 | ❤️🔥❤️🔥❤️🔥💜💜💜
💠 JizPMMda yangi bilim mavsumi boshlanmoqda!
Yoz osoyishtaligi ortda qoldi. Endi — bilim, izlanish va yangi g'alabalar fasli boshlanmoqda!
🗓 7-sentyabr | ⏰ 08:30
🏛 JizPMM — Opening Day
Bu yangilanish — hammamiz uchun. Birga qadam qo'yaylik!
🟦🟦🟦🟦🟦🟦
📱Telegram 📱 WEB 📱 Facebook ▶️Youtube | 1 053 |
| 20 | 🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🤩
Muvaffaqiyat siri
Bir kuni yosh yigit donishmandning oldiga kelib, muvaffaqiyatga qanday erishish mumkinligini so'radi.
Donishmand uni suv to'la bochka yoniga olib bordi va boshini suvga botirishni so'radi. Yigit ko'ndi. Bir necha soniyadan so'ng u boshini ko'tarmoqchi bo'ldi, lekin donishmand uni ushlab qoldi. Yigit zo'r berib qarshilik ko'rsatdi va nihoyat boshini suvdan chiqarishga muvaffaq bo'ldi.
Nafas rostlab olgach, donishmand so'radi:
— Suv ostida turganingda nimani xohlab qolding?
— Nafas olishni, — dedi yigit.
— Boshqa hech narsani emasmi?
— Yo'q. Faqat shuni.
Donishmand jilmayib dedi:
— Mana shu — haqiqiy xohish kuchi. Muvaffaqiyatni xuddi o'sha suv ostida nafasni xohlaganingdek xohlasang — sen unga albatta erishasan.
🟦🟦🟦🟦🟦🟦
📱Telegram 📱 WEB 📱 Facebook ▶️Youtube | 724 |
