en
Feedback
JDPU | Rasmiy kanal

JDPU | Rasmiy kanal

Open in Telegram

Jizzax davlat pedagogika universiteti rasmiy sahifasi 🌐 Rasmiy sayt: jdpu.uz 📞 Ishonch telefoni: 72-226-68-10 📞 Call-center: 72-221-55-16 👩🏻‍💻 Aloqa: @jdpu_axborot_bot 🔹facebook.com/jdpuuz 🔹instagram.com/jdpuuz 🔹youtube.com/jdpuuz 🔹x.com/jdpuuz

Show more
9 539
Subscribers
+3924 hours
+1267 days
+1 05030 days

Data loading in progress...

Attracting Subscribers
September '26
September '26
+141
in 17 channels
August '26
+1 143
in 58 channels
Get PRO
July '26
+402
in 49 channels
Get PRO
June '26
+246
in 50 channels
Get PRO
May '26
+205
in 59 channels
Get PRO
April '26
+255
in 92 channels
Get PRO
March '26
+288
in 96 channels
Get PRO
February '26
+195
in 74 channels
Get PRO
January '26
+140
in 49 channels
Get PRO
December '25
+237
in 95 channels
Get PRO
November '25
+274
in 66 channels
Get PRO
October '25
+316
in 69 channels
Get PRO
September '25
+1 423
in 95 channels
Get PRO
August '25
+694
in 65 channels
Get PRO
July '25
+454
in 59 channels
Get PRO
June '25
+183
in 70 channels
Get PRO
May '25
+200
in 78 channels
Get PRO
April '25
+295
in 82 channels
Get PRO
March '25
+274
in 70 channels
Get PRO
February '25
+285
in 107 channels
Get PRO
January '25
+182
in 99 channels
Get PRO
December '24
+204
in 113 channels
Get PRO
November '24
+257
in 96 channels
Get PRO
October '24
+310
in 72 channels
Get PRO
September '24
+1 356
in 71 channels
Get PRO
August '24
+302
in 15 channels
Get PRO
July '24
+650
in 60 channels
Get PRO
June '24
+294
in 19 channels
Get PRO
May '24
+187
in 12 channels
Get PRO
April '24
+200
in 39 channels
Get PRO
March '24
+266
in 12 channels
Get PRO
February '24
+467
in 14 channels
Get PRO
January '24
+688
in 32 channels
Get PRO
December '23
+201
in 19 channels
Get PRO
November '23
+324
in 31 channels
Get PRO
October '23
+497
in 23 channels
Get PRO
September '23
+958
in 0 channels
Get PRO
August '23
+612
in 0 channels
Get PRO
July '23
+373
in 0 channels
Get PRO
June '23
+1 685
in 0 channels
Get PRO
May '23
+343
in 0 channels
Get PRO
April '23
+278
in 0 channels
Get PRO
March '23
+210
in 0 channels
Get PRO
February '23
+276
in 0 channels
Get PRO
January '23
+541
in 0 channels
Get PRO
December '22
+1 856
in 0 channels
Get PRO
November '22
+574
in 0 channels
Get PRO
October '22
+237
in 0 channels
Get PRO
September '22
+652
in 0 channels
Get PRO
August '22
+660
in 0 channels
Get PRO
July '22
+425
in 0 channels
Get PRO
June '22
+337
in 0 channels
Get PRO
May '22
+130
in 0 channels
Get PRO
April '22
+141
in 0 channels
Get PRO
March '22
+156
in 0 channels
Get PRO
February '22
+351
in 0 channels
Get PRO
January '22
+253
in 0 channels
Get PRO
December '21
+800
in 0 channels
Get PRO
November '21
+206
in 0 channels
Get PRO
October '21
+221
in 0 channels
Get PRO
September '21
+1 003
in 0 channels
Get PRO
August '21
+584
in 0 channels
Get PRO
July '21
+555
in 0 channels
Get PRO
June '21
+152
in 0 channels
Get PRO
May '21
+216
in 0 channels
Get PRO
April '21
+319
in 0 channels
Get PRO
March '21
+172
in 0 channels
Get PRO
February '21
+495
in 0 channels
Get PRO
January '21
+493
in 0 channels
Get PRO
December '20
+4 578
in 0 channels
Date
Subscriber Growth
Mentions
Channels
04 September+33
03 September+46
02 September+39
01 September+23
Channel Posts
#tanlov_ Jizzax davlat pedagogika universiteti tegishli pedagogika oliy maktablariga boshqaruv xodimlar uchun tanlov e’lon qi
#tanlov_ Jizzax davlat pedagogika universiteti tegishli pedagogika oliy maktablariga boshqaruv xodimlar uchun tanlov e’lon qiladi Batafsil...

2
“BIZ GIYOHVANDLIKKA QARSHIMIZ!” CHELLENJI DAVOM ETMOQDA! Pedagogika-psixologiya va inklyuziv taʼlim fakulteti tashabbusi bila
“BIZ GIYOHVANDLIKKA QARSHIMIZ!” CHELLENJI DAVOM ETMOQDA! Pedagogika-psixologiya va inklyuziv taʼlim fakulteti tashabbusi bilan “Biz giyohvandlikka qarshimiz!” targ‘ibot chellenji davom etmoqda. Chellenjdan maqsad — yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, giyohvandlikning salbiy oqibatlari haqida xabardorlikni oshirish va unga qarshi qat’iy pozitsiyani shakllantirish. Barchani chellenjda faol ishtirok etishga chorlaymiz!
1 827
3
JDPU doktoranti muddatidan avval DSc ilmiy darajasini oldi Jizzax davlat pedagogika universiteti “Kimyo” kafedrasi 3-bosqich+2
JDPU doktoranti muddatidan avval DSc ilmiy darajasini oldi Jizzax davlat pedagogika universiteti “Kimyo” kafedrasi 3-bosqich doktoranti Madusmanova Nazira Kuchkarbayevna Termiz davlat universiteti huzuridagi Ilmiy kengashda “Atrof-muhit obyektlarida Cr(III), Mn(II), Fe(III), Zn(II) ionlarini aniqlashning sorbsion-spektroskopik usullarini ishlab chiqish” mavzusidagi dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi. Himoya natijalariga ko‘ra, N. Madusmanovaga kimyo fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasi berildi. Mazkur ilmiy daraja doktorant tomonidan muddatidan avval qo‘lga kiritildi.
1 829
4
Endi talabaga turar joy muammo emas Jizzax davlat pedagogika universiteti tyutorlari tomonidan talaba-yoshlarni talabalar tur+7
Endi talabaga turar joy muammo emas Jizzax davlat pedagogika universiteti tyutorlari tomonidan talaba-yoshlarni talabalar turar joylariga joylashtirish, shuningdek, ijara xonadonlarini tanlashda amaliy ko‘mak ko‘rsatilmoqda. Tyutorlar talabalar bilan birgalikda ijara xonadonlarini ko‘zdan kechirib, yashash sharoitlarini o‘rganmoqda. Shuningdek, talabalarga ijarada yashash tartibi, xavfsizlik qoidalari hamda tomonlarning huquq va majburiyatlari yuzasidan tushuntirishlar berilmoqda.
1 824
5
#JDPU #MustaqillikDarslari JDPUda “Mustaqillik darslari” tashkil etildi Jizzax davlat pedagogika universitetida ijara asosida+9
#JDPU #MustaqillikDarslari JDPUda “Mustaqillik darslari” tashkil etildi Jizzax davlat pedagogika universitetida ijara asosida hamda 4-sonli talabalar turar joyiga joylashgan talaba-yoshlar uchun Qatag‘on qurbonlari va jadidlik harakati namoyandalarining hayoti, faoliyati va ilmiy-ma’rifiy merosiga bag‘ishlangan “Mustaqillik darslari” tashkil etildi. Shuningdek, Qatag‘on qurbonlari muzeyiga ma’naviy-ma’rifiy sayohat tashkil etilib, talabalar tarixiy eksponatlar, hujjat va fotosuratlar bilan tanishdilar. Batafsil...
1 903
6
🎙 E’lon: “Tajribaga qadam” – ijtimoiy himoya sohasida stajirovka imkoniyati. 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’lim tashkilotlar
🎙 E’lon: “Tajribaga qadam” – ijtimoiy himoya sohasida stajirovka imkoniyati. 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’lim tashkilotlarining “Ijtimoiy ish”, “Sotsiologiya”, “Psixologiya” va “Yurisprudensiya” ta’lim yo‘nalishlari bakalavriat bosqichining so‘nggi ikki kursida hamda magistratura mutaxassisligida tahsil olayotgan talabalarni Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimida stajirovka o‘tash uchun navbatdagi tanlovga arizalar qabuli boshlandi. ❗️ Stajirovka dasturining asosiy maqsadi – talabalarning nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamlash, kasbiy ko‘nikma va kompetensiyalarini rivojlantirish, ularni kasbiy faoliyatga yo‘naltirish hamda Agentlik uchun istiqbolli va malakali kadrlar zaxirasini shakllantirishdan iborat. ❗️ Tanlovda ishtirok etish shartlari: oliy taʼlim tashkilotlarining “Ijtimoiy ish”, “Sotsiologiya”, “Psixologiya” va “Yurisprudensiya” ta’lim yo‘nalishlari bakalavriat bosqichining so‘nggi ikki kursi hamda magistratura mutaxassisligi talabasi boʻlish; so‘nggi o‘quv yili yakuniga ko‘ra reyting ko‘rsatkichi kamida 71 foiz bo‘lishi; Eslatma: chet tili bilish darajasi haqidagi sertifikatga ega boʻlgan talabgorlarga ustunlik beriladi. ❗️ Ariza topshirish tartibi va muddati: tanlovda ishtirok etish istagida boʻlgan talabalar 2026-yil 15-sentabrga qadar Agentlikning https://internship.ihma.uz maxsus platformasi orqali ariza topshirishlari mumkin. ❗️ Tanlov ikki bosqichdan iborat bo‘ladi: arizalarni qabul qilish va saralash; mutaxassislikka oid yakka tartibdagi suhbat (intervyu)da ishtirok etish. ❗️ Tanlov gʻoliblariga taqdim etiladigan imkoniyatlar: Agentlik tizimidagi tashkilotlarda stajirovka o‘tash; amaliy faoliyat jarayonida kasbiy bilim, ko‘nikma va kompetensiyalarni rivojlantirish; stajirovkani muvaffaqiyatli yakunlagan taqdirda tegishli sertifikatga ega bo‘lish; stajirovka natijalariga ko‘ra Agentlik tizimida ish faoliyatini boshlash imkoniyatiga ega bo‘lish. ↗️ Kelajagingiz sari birinchi qadamingizni tashlang! 📝 Ariza topshirish yo'riqnomasi quyidagi havola orqali. 📝 telegram    💻 instagram   📝 facebook   🐧 xcom 🎞 youtube     🎖 ihma.uz
1 857
7
#Ijtimoiy_rolik 🗣Ilm avvalo, halollik, vijdon va mas’uliyat! Birovning ilmiy g‘oyasi, tadqiqoti yoki natijasini o‘z nomingiz
#Ijtimoiy_rolik 🗣Ilm avvalo, halollik, vijdon va mas’uliyat! Birovning ilmiy g‘oyasi, tadqiqoti yoki natijasini o‘z nomingizdan taqdim etish — oddiy xato emas. Bu ilmiy mehnatga, muallif huquqiga va ilm-fanning o‘ziga nisbatan hurmatsizlikdir. Haqiqiy olim o‘zgalar mehnatiga da’vo qilmaydi. U o‘z izlanishi, o‘z g‘oyasi va o‘z mehnati bilan ilmga hissa qo‘shadi. Chunki ilmda eng katta yutuq natija emas, unga halol mehnat bilan erishishdir. ⏺O‘zganning ilmiy mehnatiga da’vogarlik qilmang! Ilmda halol bo‘ling! Bizni kuzating Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn
1 966
8
#SavolJavob 🎓Ta’lim krediti: foiz, kafillik va ariza topshirish tartibi ❓ Ta’lim kreditining foiz stavkasi qancha? ❓ Markazi
#SavolJavob 🎓Ta’lim krediti: foiz, kafillik va ariza topshirish tartibi ❓ Ta’lim kreditining foiz stavkasi qancha? ❓ Markaziy bankning asosiy stavkasi o‘zgarsa, kredit foizi ham o‘zgaradimi? ❓ Ta’lim krediti qachondan qaytariladi? ❓ Kafillik talab etiladimi? ❓ Ta’lim krediti olish uchun qanday hujjatlar kerak? ❓ Ariza qancha vaqtda ko‘rib chiqiladi? ❓ Ta’lim krediti uchun qayerdan ariza berish mumkin? 🎥 Agar sizda ham shu savollardan biri bo‘lsa, videoni albatta ko‘ring. Javobni matnli o‘qish: https://gov.uz/oz/edu/news/view/214742 Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
1 947
9
No text...
2 517
10
🟥🟥🟥🟩🟩🟩 📚 Kitob o‘qib, qimmatbaho sovg‘alarga ega bo‘ling! 🏛 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi T
🟥🟥🟥🟩🟩🟩 📚 Kitob o‘qib, qimmatbaho sovg‘alarga ega bo‘ling! 🏛 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi “Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovinining 2026-yilgi 3-mavsumini e’lon qiladi. 📚 Tanlovda qatnashish uchun ishtirokchilar @kitobtanlovbot orqali ro‘yxatdan o‘tib, 12-sentabrga qadar (rasmdagi) 3 ta kitobni o‘qishi va ular asosida tuzilgan testlarni yechishi kerak bo‘ladi. ✅Tanlov g‘oliblari quyidacha taqdirlanadi: 🔵1-o‘rin (1 nafar) – Noutbuk (core i5); 🔵2-o‘rin (2 nafar) – Smart televizor 43; 🔵3-o‘rin (3 nafar) – Samsung planshet; 🔵4-o‘rin (4 nafar) – Lenovo planshet; 🔵5-o‘rin (5 nafar) – Smart televizor 32; ✅“Eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi: 🔵1-o‘rin (1 nafar) – Samsung planshet; 🔵2-o‘rin (2 nafar) – Lenovo planshet; 🔵3-o‘rin (3 nafar) – Smart televizor 32; 🔖 Tanlovda faol qatnashgan ishtirokchilar rasmiy, QR kodli elektron sertifikat bilan taqdirlanadi. ➡️Tanlov nizomini o‘qish Kitob o‘qing, testlarni ishlang. Tanlovda yuqori natijaga erishib, g‘oliblar qatoridan o‘rin egallang.
2 134
11
#Qabul2026 #Vakant_joy #Tanlov Vakant o‘rinlar uchun o‘tkazilgan qo‘shimcha tanlov natijalari e'lon qilindi 📝 Oliy ta’lim ta
#Qabul2026 #Vakant_joy #Tanlov Vakant o‘rinlar uchun o‘tkazilgan qo‘shimcha tanlov natijalari e'lon qilindi 📝 Oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish uchun vakant o‘rinlar mavjud bo‘lgan, fanlar majmuasi va ta’lim tili mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga qo‘shimcha tanlovda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar natijalari e'lon qilindi. 👨‍💻 Abituriyentlar natijalarini my.uzbmb.uz saytidan shaxsiy kabinetlari orqali bilishlari mumkin. 📝 Agentlik tomonidan belgilangan tartibda tayyorlangan yakuniy tanlov qaydnomalari tegishli oliy ta'lim tashkilotlariga taqdim etildi. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
2 237
12
#mandat #magistratura #qabul2026 ⚡️Magistratura qabul natijalari e’lon qilindi 2026/2027-oʻquv yili uchun davlat oliy taʼlim
#mandat #magistratura #qabul2026 ⚡️Magistratura qabul natijalari e’lon qilindi 2026/2027-oʻquv yili uchun davlat oliy taʼlim tashkilotlarining magistratura mutaxassisliklariga qabul boʻyicha my.edu.uz elektron tizimi hamda yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali onlayn roʻyxatdan oʻtgan fuqarolarning arizalari toʻliq koʻrib chiqildi. Talabgorlar natijalarni my.edu.uz elektron tizimi orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
2 700
13
No text...
3 228
14
#DIQQAT #Qabul_2027_birinchi_chorak 🎓 Jizzax davlat pedagogika universitetida 2027-yil uchun tayanch doktorantura va mustaqi
#DIQQAT #Qabul_2027_birinchi_chorak 🎓 Jizzax davlat pedagogika universitetida 2027-yil uchun tayanch doktorantura va mustaqil izlanuvchi (PhD) va doktorantura va mustaqil izlanuvchi (DSc) ta`lim shakllari bo‘yicha kvota tasdiqlandi. 📅 Hujjat topshirish muddati: 2027-yil uchun tayanch doktorantura (PhD) va doktorantura (DSc) ta`lim shakllari bo‘yicha hujjatlar 15-sentabrdan 15-oktabrgacha https://daraja.ilmiy.uz/ Yagona elektron tizimi orqali qabul qilinadi. 📊 Ixtisoslik yo‘nalishlari va ajratilgan kvotalar soni: • 02.00.02 – Analitik kimyo (PhD - 1 ta); • 03.00.05 – Botanika (PhD - 1 ta); • 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (PhD - 1 ta); • 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (PhD - 1 ta); • 10.00.01 – O‘zbek tili (PhD - 1 ta); • 10.00.02 – O‘zbek mumtoz adabiyoti (PhD - 2 ta); • 10.00.04 – Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti (PhD - 3 ta); • 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik va tarjimashunoslik (PhD - 3 ta); • 11.00.01 – Tabiiy geografiya (PhD - 1 ta); • 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (PhD - 3 ta, DSc - 1 ta); • 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (sohalar bo‘yicha) (PhD - 3 ta, Maqsadli tayanch doktorantura (PhD - 1 ta)); • 13.00.03 – Maxsus pedagogika (PhD - 3 ta); • 13.00.04 – Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi (PhD - 3 ta); • 13.00.05 – Kasb-hunar ta'limi nazariyasi va metodikasi (PhD - 1 ta); • 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (PhD - 3 ta); ℹ️ Batafsil ma’lumot, hujjat topshirish tartibi va talablar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining daraja.ilmiy.uz. Yagona elektron tizimida beriladi. 📌 Murojaat uchun: Jizzax davlat pedagogika universitetining Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash boʻlimi 👀 Manzil: 130100. Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Sh. Rashidov koʻchasi, 4-uy. ☎️ Telefon: (0372) 226-68-11 🖥 Veb-sayt: https://jdpu.uz/# 📣 ESLATMA: Tanlovda ishtirok etish tartiblari,  topshiriladigan hujjatlar ro‘yxati Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim to‘g‘risida”gi Nizomda belgilangan. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-sonli qarori uchun havola: https://lex.uz/docs/-3213410?ONDATE=01.01.2023%2001
3 675
15
No text...
3 678
16
No text...
1
17
#bilimlar_kuni_ JDPU qoshidagi Sayiljoyi akademik litseyida Bilimlar kuni tantanali nishonlandi Tadbirda universitet prorekto+9
#bilimlar_kuni_ JDPU qoshidagi Sayiljoyi akademik litseyida Bilimlar kuni tantanali nishonlandi Tadbirda universitet prorektorlari ishtirok etib, o‘quvchilarni yangi o‘quv yili bilan tabrikladilar. 800 o‘rinli akademik litseyga bu yil 416 nafar o‘quvchi qabul qilindi. Ota-onalar so‘zga chiqib, ezgu tilaklarini bildirdilar. Tadbir o‘quvchilar ishtirokidagi badiiy dastur bilan yakunlandi. Batafsil...
3 538
18
Bilimlar kuni muborak! Qadrli o‘quvchi va talabalar! Hurmatli ustoz va murabbiylar, muhtaram ota-onalar! Barchangizni Vatanim
Bilimlar kuni muborak! Qadrli o‘quvchi va talabalar! Hurmatli ustoz va murabbiylar, muhtaram ota-onalar! Barchangizni Vatanimiz mustaqilligining 35 yillik qutlug‘ bayrami shukuhi bilan uyg‘un holda kirib kelgan yangi o‘quv yili — Bilimlar kuni bilan Jizzax davlat pedagogika universiteti jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz. Ayniqsa, bugun ilk bor maktab ostonasiga qadam qo‘yayotgan aziz bolajonlarimizni, yangi marralar sari dadil intilayotgan o‘quvchi va talabalarimizni ushbu unutilmas kun bilan chin qalbimizdan qutlaymiz. Yangi o‘quv yili barchangizga ulkan zafarlar, yangi bilim va imkoniyatlar olib kelsin! Bilimga intilish, ustozga hurmat va Vatanga sadoqat har bir yoshning hayot yo‘lini yorituvchi ezgu mezon bo‘lib xizmat qilsin. Yangi o‘quv yili ta’lim dargohlarimizda yuksak marralar, ilmiy-ijodiy yutuqlar va unutilmas muvaffaqiyatlar yili bo‘lsin! Bilimlar kuni muborak bo‘lsin!
3 333
19
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz maktablari o‘quvchilari va ustoz-murabbiylariga tabri
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz maktablari o‘quvchilari va ustoz-murabbiylariga tabrigi Aziz farzandlarim! Qadrli ustoz va murabbiylar! Hurmatli ota-onalar! Barchangizni Vatanimiz mustaqilligining 35 yillik qutlug‘ bayramiga uyg‘un va hamohang holda o‘tayotgan Bilimlar kuni bilan chin dildan samimiy muborakbod etaman. Ushbu quvonchli ayyomda beg‘ubor nigohlarida hayrat va hayajon uchqunlari porlab, katta orzu-intilishlar bilan maktab ostonasiga qadam qo‘yayotgan 800 ming nafarga yaqin o‘g‘il-qizlarimizga, ota-onalar va pedagoglar jamoatchiligiga o‘zimning ezgu tilaklarimni bildiraman. Yangi o‘quv yili mamlakatimizning butun ta’lim tizimida, maktab, litsey, texnikum va oliygohlarimiz hayotida yangi ma’rifiy yuksalish yili bo‘lsin! Hurmatli bayram ishtirokchilari! Keyingi yillarda ta’lim-tarbiya sohasida amalga oshirayotgan keng ko‘lamli islohotlarimiz tufayli Yangi O‘zbekiston maktablari butunlay yangicha qiyofa kasb etib, ta’lim sifati takomillashib borayotganini barchamiz ko‘rib turibmiz. Ana shunday muhitda ulg‘ayib, kamolga yetayotgan, o‘qish, kasbiy ta’lim, “Ay-ti”, ijodiy izlanishlar, sport, jamoat ishlarida dastlabki yutuqlari bilan ota-onalar va ustozlarni xursand qilayotgan o‘g‘il-qizlarimiz – bizning nurli kelajagimiz, oltin fondimizdir. Bunday bilimli, zukko, tirishqoq va intiluvchan, saflari yil sayin kengayib borayotgan farzandlarimiz timsolida biz Uchinchi Renessans nihollarini ko‘ramiz. Ularning har birini gurkirab o‘sadigan azim daraxt, yorug‘ istiqbolimiz ustunlari etib tarbiyalash – muqaddas vazifamizdir. Hech shubhasiz, bunday ulug‘ maqsadlarga yetishda mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladigan ta’lim-tarbiya sohasini rivojlantirishga biz bundan buyon ham ustuvor ahamiyat qaratamiz. Maktab bag‘ridan katta hayotga yo‘llanma oladigan farzandlarimiz puxta bilim bilan birga, albatta kamida bitta zamonaviy kasb-hunarni egallab chiqishi uchun barcha sharoitlarni yaratamiz. Buning uchun hududlarda “Kasblar shaharchalari”ni yaratib, zamonaviy tajriba hamda ilg‘or mutaxassislarni jalb etamiz. Aziz farzandlarim, sizlarga baxtli va saodatli hayot eshiklarini ochadigan kalit ham, umr yo‘llaringizda paydo bo‘ladigan murakkab savollarning yechimi, sinov va mashaqqatlarni yengib o‘tishning kafolati ham faqat bilim, bilim va bilimdir. Go‘zal yoshlikning har bir daqiqasini qadrlab, yangi ilm, g‘oya va innovatsiyalarni, kasb va hunarlarni, ona tilimiz, boy tariximiz va madaniyatimiz asoslarini puxta egallang. Jahon tarixi va xorijiy tillarni ham astoydil o‘rganing. Izlanish va harakatdan hech qachon to‘xtamang. Ajdodlarimizdan meros bo‘lgan tabarruk zaminimizni butun qalbingiz, yuragingiz bilan seving, xalqimiz va Vatanimizga cheksiz sadoqat tuyg‘ulari bilan yashang! Shu yo‘lda mehribon ustozlaringiz, ota-onalaringizni eng yaqin do‘st va maslahatchi deb biling! Sizlarga yangi o‘quv yilini a’lo baholar bilan boshlab, har bir o‘quv choragini muvaffaqiyatli yakunlashni, sihat-salomatlik, omad va zafar yor bo‘lishini tilayman. Bilimlar bayrami barchangizga muborak bo‘lsin, aziz farzandlarim!   Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
2 688
20
🇺🇿 Hurmatli professor-o‘qituvchilar, muhtaram hamkasblar, qadrli talabalar! Xalqimiz uchun eng ulug‘ bayram — O‘zbekiston R
🇺🇿 Hurmatli professor-o‘qituvchilar, muhtaram hamkasblar, qadrli talabalar! Xalqimiz uchun eng ulug‘ bayram — O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35-yilligi bilan barchangizni chin qalbimdan samimiy tabriklayman. Bugun yurtimizda Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarda ta’lim va ilm-fanga, yoshlarning bilim va salohiyatini ro‘yobga chiqarishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu esa biz — pedagoglar zimmasiga ta’lim sifatini yuksaltirish, ilmiy izlanish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlarga o‘z salohiyatini to‘la namoyon etishi uchun yanada keng imkoniyatlar yaratish mas’uliyatini yuklaydi. Jizzax davlat pedagogika universitetida 2025/2026 o‘quv yilida ta’lim va ilm-fan sifatini oshirish, ilmiy salohiyatni yuksaltirish hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirish borasida muhim natijalarga erishildi. Yangi ta’lim yo‘nalishlari ochilib, xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik kengaytirildi, talabalarning xalqaro va respublika miqyosidagi musobaqalarda yuqori natijalarga erishishi ta’minlandi. Bu natijalar, avvalo, jamoamizning fidokorona mehnati samarasidir. Yangi o‘quv yilida ham birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz bilan ta’lim sifatini yanada yuksaltirib, ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirish, yoshlarimiz uchun yangi imkoniyatlar yaratish yo‘lida yanada katta marralarni zabt etishimizga ishonaman. Azizlar, shu shukuhli kunlarda barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy xotirjamlik, farovonlik va yangi o‘quv yilida ulkan muvaffaqiyatlar tilayman. 🇺🇿 Mustaqilligimiz abadiy, Vatanimiz tinch, yurtimiz taraqqiyoti bardavom bo‘lsin! Hurmat bilan, Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori, professor Maksudjаn Yuldashev
3 622