JIZZAXPMM
Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazi rasmiy kanali Murojaat uchun @Gefest84
نمایش بیشتر📈 تحلیل کانال تلگرام JIZZAXPMM
کانال JIZZAXPMM (@jizzaxmilliymarkaz) در بخش زبانی ازبکی بازیگری فعال است. در حال حاضر جامعه شامل 20 384 مشترک است و جایگاه 9 662 را در دسته آموزش و رتبه 3 903 را در منطقه أوزبكستان دارد.
📊 شاخصهای مخاطب و پویایی
از زمان ایجاد در невідомо، پروژه رشد سریعی داشته و 20 384 مشترک جذب کرده است.
بر اساس آخرین دادهها در تاریخ 04 سپتامبر, 2026، کانال فعالیت پایداری دارد. در ۳۰ روز گذشته تغییر اعضا برابر -2 699 و در ۲۴ ساعت گذشته برابر 428 بوده و همچنان دسترسی گستردهای حفظ شده است.
- وضعیت تأیید: تأیید نشده
- نرخ تعامل (ER): میانگین تعامل مخاطب 7.61% است و در ۲۴ ساعت نخست پس از انتشار، محتوا معمولاً 3.00% واکنش نسبت به کل مشترکان کسب میکند.
- دسترسی پستها: هر پست به طور میانگین 1 559 بازدید دریافت میکند. در اولین روز معمولاً 615 بازدید جمعآوری میشود.
- واکنشها و تعامل: مخاطبان بهطور فعال حمایت میکنند؛ میانگین واکنش به هر پست 7 است.
📝 توضیح و سیاست محتوایی
نویسنده این فضا را محل بیان دیدگاههای شخصی توصیف میکند:
“Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazi rasmiy kanali
Murojaat uchun @Gefest84”
به لطف بهروزرسانیهای پرتکرار (آخرین داده در تاریخ 05 سپتامبر, 2026)، کانال همواره بهروز و دارای دسترسی بالاست. تحلیلها نشان میدهد مخاطبان بهطور فعال با محتوا تعامل دارند و آن را به نقطه اثرگذاری مهم در دسته آموزش تبدیل کردهاند.
در حال بارگیری داده...
| تاریخ | رشد مشترکین | اشارات | کانالها | |
| 05 سپتامبر | 0 | |||
| 04 سپتامبر | +487 | |||
| 03 سپتامبر | 0 | |||
| 02 سپتامبر | +1 | |||
| 01 سپتامبر | 0 |
| 2 | 🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🤩
Inson oqar suvga o‘xshaydi: loyqalanishi bilan uning tubini ko‘ra olmaysan, daryoning tubi esa marvarid va marjonlarga to‘la. Ehtiyot bo‘l, loyqalama, u toza va shaffof. Inson qalbi havoga o‘xshaydi: chang bilan aralashishi bilan, u osmonga parda bo‘ladi, quyoshni ko‘rishga xalaqit beradi; ammo qachonki chang tarqasa, havo toza va shaffof bo‘ladi.
ⓒ Jaloliddin Rumiy | 374 |
| 3 | 📣 DIQQAT, E’LON!
2026-yil 21-oktyabr kuni Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazida “Ta’limda pedagogik va psixologik yordam uyushtirishning muammo va yechimlari: ta’lim-tarbiya jarayonida zamonaviy yondashuvlar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkaziladi.
Konferensiyada professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, magistrantlar, tinglovchilar, talabalar va soha mutaxassislari o‘z ilmiy maqola va tezislari bilan ishtirok etishlari mumkin.
👍 ASOSIY YO‘NALISHLAR:
✅Pedagogik va psixologik yordam hamda inklyuziv ta’lim.
✅Innovatsion texnologiyalar va IT vositalari orqali ta’lim sifatini oshirish.
✅Ijtimoiy fanlar va tillarni o‘qitishda xorijiy tajriba va innovatsiyalar.
✅Kadrlar sifati va xorijiy til o‘qituvchilarining malakasini takomillashtirish.
✅Kasbiy rivojlanishning dolzarb masalalari.
✅Result Based Management asosida ta’limda loyihalarni boshqarish.
✔️ Maqolalar qabul qilish muddati: 2026-yil 15-oktyabrgacha
Konferensiya materiallari to‘plam ko‘rinishida chop etiladi hamda Google Scholar bazasida indekslanadi. Har bir muallifga elektron sertifikat va tashakkurnoma taqdim etiladi.
🌐 Ishchi tillar: o‘zbek, rus, ingliz tillari.
💻 Ishtirok shakli: oflayn va onlayn.
📱 Murojaat uchun:
+998 95 255 55 75 — M. Tilakova
+998 97 435 81 41 — A. Tajiboyev
⭐️ Ilmiy g‘oyangizni taqdim eting — tajribangizni ulashing!
🟦🟦🟦🟦🟦🟦
📱Telegram 📱 WEB 📱 Facebook ▶️Youtube | 1 369 |
| 4 | 🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
HAMKORLIK — TA’LIM SIFATI VA YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM
Ta’lim taraqqiyoti tajriba almashinuvi, hamkorlik va birgalikdagi izlanishlar orqali yanada mustahkamlanadi. Shu maqsadda Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazi hamda Samarqand viloyati pedagogik mahorat markazi o‘rtasidagi ilmiy-metodik hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarildi.
Markazimiz professor-o‘qituvchilari va bo‘lim xodimlarining Samarqand viloyati pedagogik mahorat markaziga tashrifi doirasida ikki hududning Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi kafedralari vakillari ishtirokida mazmunli uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda zamonaviy metodik yondashuvlar, ilg‘or pedagogik tajribalarni ommalashtirish, ta’lim jarayoniga samarali innovatsiyalarni tatbiq etish hamda metodik xizmat sifatini oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Eng muhim jihatlardan biri — ikki markaz kafedralari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni tizimli yo‘lga qo‘yishga qaratilgan hamkorlik shartnomalarining imzolanishi bo‘ldi.
💡 Ishonamizki, bunday hamkorlik nafaqat ikki markaz faoliyatini yaqinlashtiradi, balki hududlar o‘rtasida ilg‘or tajribalar almashinuvi, pedagoglarning kasbiy rivoji va eng muhimi, ta’lim sifatini yuksaltirishga xizmat qiladi.
🟦🟦🟦🟦🟦🟦
📱Telegram 📱 WEB 📱 Facebook ▶️Youtube | 563 |
| 5 | 🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🤩
Bizga nima muvaffaqiyat keltirishini biz ayta olmaymiz. Biz faqatgina muvaffaqiyatga nima to‘sqinlik qilishini va vayron qilishini aniqlashimiz mumkin. Qachonki biz noto‘g‘ri harakatlarimiz va fikrlarimizdan halos bo‘lsak, sof fikr va ma’qul xulq-atvor o‘zi keladi.
ⓒ Rolf Dobelli
🟦🟦🟦🟦🟦🟦
📱Telegram 📱 WEB 📱 Facebook ▶️Youtube | 534 |
| 6 | f7e7da75-31ea-4570-aa45-1c6107ef4ca2.png | 1 |
| 7 | 🎯 HAR BIR BOLA UCHUN IMKONIYAT — HAR BIR PEDAGOG UCHUN YANGI TAJRIBA
Jizzax viloyati Pedagogik mahorat markazi “Pedagogika va psixologiya, ta’lim texnologiyalari” kafedrasi tashabbusi bilan tashkil etilgan ilmiy-amaliy seminar “Oligofrenopedagogika” yo‘nalishi qayta tayyorlov kurslari tinglovchilari uchun tajriba va amaliyot maydoniga aylandi.
Chirchiq davlat pedagogika universiteti “Maxsus pedagogika” kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Zulayxo Husnuddinova tomonidan o‘quvchilarning ijtimoiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan usullar va adaptiv vositalardan foydalanish metodikasi yuzasidan master-klass tashkil etildi.
Amaliy mashg‘ulotlarda tinglovchilar maxsus ta’lim ehtiyojiga ega o‘quvchilar bilan ishlashda samarali metodlar, adaptiv vositalar va zamonaviy pedagogik yondashuvlar bilan yaqindan tanishdilar.
Shuningdek, Chirchiq davlat pedagogika universiteti “Maxsus pedagogika” kafedrasi dotsenti Shoira Abdujalilova tomonidan “Inklyuziv ta’lim va jamiyat taraqqiyotida pedagogning roli” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.
Unda pedagogning vazifasi faqat bilim berish bilan cheklanmasligi, balki har bir bolaning jamiyatga moslashuvi, ijtimoiy faolligi va o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishida muhim ko‘makchi bo‘lishi alohida ta’kidlandi.
🟦🟦🟦🟦🟦🟦
📱Telegram 📱 WEB 📱 Facebook ▶️Youtube | 883 |
| 8 | 🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
🎓 INKLYUZIV TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUV: NAZARIYADAN AMALIYOTGA
2026-yil 27-avgust kuni Jizzax viloyati Pedagogik mahorat markazi “Pedagogika va psixologiya, ta’lim texnologiyalari” kafedrasi tashabbusi bilan “Oligofrenopedagogika” yo‘nalishi qayta tayyorlov kurslari tinglovchilari uchun ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi.
Seminarda Chirchiq davlat pedagogika universiteti “Maxsus pedagogika” kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor Feruzaxon Qodirova tomonidan “Inklyuziv va korreksion ta’limda innovatsion texnologiyalar” mavzusida trening mashg‘uloti o‘tkazildi.
Mashg‘ulot davomida zamonaviy interfaol metodlar, innovatsion yondashuvlar va ularni maxsus ta’lim jarayoniga samarali tatbiq etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Tinglovchilar bir qator metodlarni bevosita amaliyotda sinab ko‘rib, yangi kasbiy ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.
Shuningdek, “Inklyuzivmaster” brendi asosidagi onlayn kurslar orqali tinglovchilarning diagnostik, metodik va kasbiy mahoratini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
✨ Yangi metodlar. Yangi tajriba. Yangi hamkorlik.
🟦🟦🟦🟦🟦🟦
📱Telegram 📱 WEB 📱 Facebook ▶️Youtube | 726 |
| 9 | ❤️🔥❤️🔥❤️🔥💜💜💜
💠 JizPMMda yangi bilim mavsumi boshlanmoqda!
Yoz osoyishtaligi ortda qoldi. Endi — bilim, izlanish va yangi g'alabalar fasli boshlanmoqda!
🗓 7-sentyabr | ⏰ 08:30
🏛 JizPMM — Opening Day
Bu yangilanish — hammamiz uchun. Birga qadam qo'yaylik!
🟦🟦🟦🟦🟦🟦
📱Telegram 📱 WEB 📱 Facebook ▶️Youtube | 796 |
| 10 | 🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🤩
Muvaffaqiyat siri
Bir kuni yosh yigit donishmandning oldiga kelib, muvaffaqiyatga qanday erishish mumkinligini so'radi.
Donishmand uni suv to'la bochka yoniga olib bordi va boshini suvga botirishni so'radi. Yigit ko'ndi. Bir necha soniyadan so'ng u boshini ko'tarmoqchi bo'ldi, lekin donishmand uni ushlab qoldi. Yigit zo'r berib qarshilik ko'rsatdi va nihoyat boshini suvdan chiqarishga muvaffaq bo'ldi.
Nafas rostlab olgach, donishmand so'radi:
— Suv ostida turganingda nimani xohlab qolding?
— Nafas olishni, — dedi yigit.
— Boshqa hech narsani emasmi?
— Yo'q. Faqat shuni.
Donishmand jilmayib dedi:
— Mana shu — haqiqiy xohish kuchi. Muvaffaqiyatni xuddi o'sha suv ostida nafasni xohlaganingdek xohlasang — sen unga albatta erishasan.
🟦🟦🟦🟦🟦🟦
📱Telegram 📱 WEB 📱 Facebook ▶️Youtube | 583 |
| 11 | ✳️✳️✳️✳️✳️
📖 BILIMLAR KUNI — EZGU NIYATLAR, YORQIN LAHZALAR!
2-sentabr — Bilimlar kuni munosabati bilan Jizzax viloyati Pedagogik mahorat markazi professor-o‘qituvchilari va xodimlari viloyatimizning turli maktablarida bo‘ldilar.
Kimdir farzandining, kimdir nevarasining ilk quvonchlariga sherik bo‘ldi, yana kimdir o‘zi tahsil olgan yoki hamkorlik rishtalari bog‘langan qadrdon maktabiga qaytdi.
Bu kun yana bir haqiqatni eslatdi: baxtli kelajakning kaliti ham, hayot sinovlarini yengishning eng katta kuchi ham — bilimdir.
Yangi o‘quv yilining ana shunday samimiy, hayajonli va unutilmas lahzalarini bir joyga jamlab, siz uchun yorqin videokollaj tayyorladik.
✨ Har bir kadrda — bolalik quvonchi, ustoz mehri va kelajakka ishonch!
🟦🟦🟦🟦🟦🟦
📱Telegram 📱 WEB 📱 Facebook ▶️Youtube | 678 |
| 12 | #🟦🟦🟦 🟦🟦🟦
📚 BILIMLAR KUNI — KELAJAKKA OCHILGAN ESHIK
Bugun viloyatimizning barcha hududlaridagi umumta’lim maktablari, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarida yangi o‘quv yilining ilk kuniga bag‘ishlangan “Bilimlar kuni” tadbirlari ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.
Ayniqsa, maktab ostonasiga ilk bor qadam qo‘yayotgan bolajonlarning hayajoni, ustozlarning ezgu niyatlari va ota-onalarning quvonchi bu kunga alohida fayz bag‘ishladi.
Baxmal tumanidagi 71-sonli umumta’lim maktabida o‘tkazilgan tadbirda Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazi direktori Ijod Axmedov ishtirok etdi.
U maktab jamoasi va o‘quvchilarini, ayniqsa, 1-sinfga qabul qilingan o‘quvchilarni yangi o‘quv yili bilan samimiy tabrikladi. Ilk qadamlar doimo inson xotirasida o‘chmas iz qoldirishini ta’kidlab, yosh avlodga mustahkam bilim, yuksak maqsad va katta orzular sari dadil intilish tiladi.
Shuningdek u tadbir doirasida “Kelajak soati” darslarida ham ishtirok etib, o‘quvchilar bilan muloqot qildi.
Zero, maktab — shunchaki bilim beriladigan maskan emas. Bu yerda kelajak egalari tarbiyalanadi, orzular shakllanadi, yurt taqdiriga daxldor avlod kamol topadi.
🟦🟦🟦🟦🟦🟦
📱Telegram 📱 WEB 📱 Facebook ▶️Youtube | 757 |
| 13 | BILIM SARI ILK QADAM!
📚2-sentabr kuni Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida bayram tadbiri o’tkazildi.
2026-2027-o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda pedagoglar, ota-onalar, mahalla faollari, o‘quvchilar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining bayram tabrigini ishtirokchilarga Jizzax viloyat Pedagogik mahorat markazi direktor o‘rinbosari A.Rahmatullayev o‘qib eshittirdi.
Shuningdek, faol ota-onalardan vakil B.Bekmurodova o‘quvchilarga oq yo‘l tiladi. Vatanparvarlik, bilim va farovonlikni madh etuvchi she’r hamda kuy-qo‘shiqlar yig‘ilganlarga havola etildi. | 625 |
| 14 | Qadrli o‘quvchilar!
Hurmatli ustoz va murabbiylar!
Muhtaram ota-onalar!
Barchangizni jonajon Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi shukuhi bilan uyg‘un holda kirib kelgan yangi o‘quv yili — Bilimlar kuni bilan samimiy muborakbod etaman.
Ayniqsa, bugun “Birinchi qo‘ng‘iroq” sadolari ostida qalbi hayajon va orzularga to‘lib, maktab ostonasiga ilk bor qadam qo‘yayotgan aziz bolajonlarimizni hamda ularning ota-onalarini ushbu unutilmas kun bilan alohida qutlayman.
Davlatimiz rahbari boshchiligida ta’limni rivojlantirish, ustozlarning jamiyatdagi o‘rni va nufuzini oshirish, farzandlarimizning zamonaviy bilim va kasb-hunar egallashi uchun munosib sharoit yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Maktablarimizning qiyofasi va mazmuni yangilanib, ta’lim jarayoniga zamonaviy yondashuvlarning kirib kelayotgani yoshlarimiz uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda.
Bu imkoniyatlarning amaliy natijasini o‘quvchilarimiz erishayotgan yutuqlarda yaqqol ko‘rib turibmiz. Yoshlarimizning xalqaro fan olimpiadalari, nufuzli tanlovlar, sport va ijodiy bellashuvlarda Vatanimiz sharafini munosib himoya qilayotgani, bitiruvchilarimizning yurtimiz va xorijdagi yetakchi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olish imkoniyatini qo‘lga kiritayotgani barchamizga katta faxr bag‘ishlaydi.
Ishonamanki, yangi o‘quv yilida ham ustozlarimizning fidokorona mehnati, ota-onalarimizning doimiy qo‘llab-quvvatlashi va o‘quvchilarimizning bilimga intilishi yangi yutuqlarga zamin yaratadi.
Barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, o‘qish va mehnat faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.
Yangi o‘quv yili barchamizga muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
E’zoza Karimova
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
✉️ Telegram 📱 Instagram 🗳 Facebook | 463 |
| 15 | Mamlakatimiz maktablari o‘quvchilari va ustoz-murabbiylariga tabrik
—
Поздравление школьникам, учителям и наставникам нашей страны
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X | 433 |
| 16 | 💟💟💟
🍂YURTIMDA KUZ...
Ko‘z-ko‘z qilib bor bisotini,
O‘lkamizga kuz fasli keldi.
Ona yerning saxovatini
Ko‘rib, qalbim quvonchga to‘ldi.
Kuzning qaynoq nafasi dastlab
Dalalarda, bog‘da sezilar.
Tolning sarg‘ish yaproqchalari
Bandlaridan chirt-chirt uzilar.
Egilbdi anor shoxlari
Ko‘tarolmay o‘z hosilini.
Uchratasiz ko‘rkam bog‘larda
Mevalarning eng asilini.
Paxtazorlar oppoq libosda
Qamashtirar boqsam ko‘zimni.
Qo‘shiq qilib kuylayman bugun
Ona yurtim oltin kuzini.
🟦🟦🟦🟦🟦🟦
📱Telegram 📱 WEB 📱 Facebook ▶️Youtube | 852 |
| 17 | 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
🇺🇿 MUSTAQILLIGIMIZ MUBORAK BO‘LSIN!
Aziz va muhtaram ta’lim sohasi fidoyilari, ustoz va murabbiylar, pedagoglar, ta’lim tizimi rahbarlari va soha vakillari!
Sizlarni xalqimiz hayotidagi eng ulug‘ va eng qadrli bayram — O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi bilan chin qalbdan muborakbod etaman!
Mustaqillik — bu shunchaki sana emas. U — o‘z taqdirimiz, o‘z kelajagimiz va o‘z orzularimizga o‘zimiz egalik qilish huquqidir.
Bugun Yangi O‘zbekistonning taraqqiyoti, avvalo, bilimli avlod, zamonaviy tafakkur va fidoyi ustozlar mehnati bilan mustahkamlanmoqda.
Ayniqsa, ta’lim sohasida mehnat qilayotgan har bir insonning mashaqqatli, ammo sharafli mehnati ertangi kunimizni belgilaydi.
Sinfxonada dars berayotgan ustozdan tortib, ta’lim sifatini oshirish, pedagoglarni qo‘llab-quvvatlash, ilmiy-metodik salohiyatni yuksaltirish yo‘lida xizmat qilayotgan barcha soha vakillarining mehnati — Yangi O‘zbekiston kelajagiga qo‘shilayotgan munosib hissadir.
Fidoyi ustozlarimizning qalbidagi ezgu niyatlar, mehnatidagi matonat va shogirdlariga bergan ishonchi yurtimiz taraqqiyotining eng mustahkam poydevorlaridan biri bo‘lib qolaversin!
Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz hamisha birdam va baxtiyor bo‘lsin! Ta’lim va ilm-fan ravnaqi yo‘lidagi ezgu ishlarimiz yanada yuksalib, har bir ustozning mehnati munosib qadrlansin!
Mustaqilligimiz abadiy, Vatanimiz obod, kelajagimiz buyuk bo‘lsin!
Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va farovon kelajakni birgalikda yarataylik!
Hurmat bilan,
I. Axmedov
Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazi direktori, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
🟦🟦🟦🟦🟦🟦
📱Telegram 📱 WEB 📱 Facebook ▶️Youtube | 993 |
| 18 | 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
🇺🇿 MUSTAQILLIGIMIZ MUBORAK BO‘LSIN!
Aziz va muhtaram ta’lim sohasi fidoyilari, ustoz va murabbiylar, pedagoglar, ta’lim tizimi rahbarlari va soha vakillari!
Sizlarni xalqimiz hayotidagi eng ulug‘ va eng qadrli bayram — O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi bilan chin qalbdan muborakbod etaman!
Mustaqillik — bu shunchaki sana emas. U — o‘z taqdirimiz, o‘z kelajagimiz va o‘z orzularimizga o‘zimiz egalik qilish huquqidir.
Bugun Yangi O‘zbekistonning taraqqiyoti, avvalo, bilimli avlod, zamonaviy tafakkur va fidoyi ustozlar mehnati bilan mustahkamlanmoqda.
Ayniqsa, ta’lim sohasida mehnat qilayotgan har bir insonning mashaqqatli, ammo sharafli mehnati ertangi kunimizni belgilaydi.
Sinfxonada dars berayotgan ustozdan tortib, ta’lim sifatini oshirish, pedagoglarni qo‘llab-quvvatlash, ilmiy-metodik salohiyatni yuksaltirish yo‘lida xizmat qilayotgan barcha soha vakillarining mehnati — Yangi O‘zbekiston kelajagiga qo‘shilayotgan munosib hissadir.
Fidoyi ustozlarimizning qalbidagi ezgu niyatlar, mehnatidagi matonat va shogirdlariga bergan ishonchi yurtimiz taraqqiyotining eng mustahkam poydevorlaridan biri bo‘lib qolaversin!
Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz hamisha birdam va baxtiyor bo‘lsin! Ta’lim va ilm-fan ravnaqi yo‘lidagi ezgu ishlarimiz yanada yuksalib, har bir ustozning mehnati munosib qadrlansin!
Mustaqilligimiz abadiy, Vatanimiz obod, kelajagimiz buyuk bo‘lsin!
Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va farovon kelajakni birgalikda yarataylik!
Hurmat bilan,
I. Axmedov
Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazi direktori, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent | 1 |
| 19 | 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
O‘z Vatanini sevmoq - bu unda insoniyat idealining ro‘yobga chiqishini ko‘rishni yurakdan istash va o‘z kuchi yetgancha bunga ko‘maklashishdir.
Vissarion Belinskiy
@MadebyGefest84 | 1 074 |
| 20 | Vatanimiz mustaqilligining qutlug‘ o‘ttiz besh yillik bayrami katta iftixor va tantana bilan nishonlandi.
—
C огромной гордостью, торжественно отпраздновано 35-летие независимости нашей священной Родины.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X | 816 |
