Ko'kdala press | Qashqadaryo vil. Ko'kdala tumani hokimligi
Open in Telegram
Ko'kdala tumani hokimligining rasmiy telegram sahifasi. www.gov.uz/oz/Kokdala youtube.com/@kukdala Instagram.com/kukdala_uz Murojaatlar: @Kukdalauzbot
Show more6 163
Subscribers
-1224 hours
+287 days
+23030 days
Posts Archive
+4
#Ko‘kdala_tumani 🇺🇿
#Jaholatga_qarshi_ma’rifat
Jaholatga qarshi — ma’rifat! Tumandagi Musiqa maktabida tuman DIQ, tuman DXX va TEQKG tuman targ‘ibot guruhi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Ko‘kdala tuman bo‘linmasi hamkorligida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.Tadbir davomida xodimlar o‘rtasida jaholat, yot g‘oyalar va turli salbiy illatlarning oldini olish, milliy qadriyatlarimizga sadoqat, ma’rifat va ogohlikni yuksaltirish masalalari yuzasidan tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borildi. Shuningdek, yoshlarni turli yot ta’sirlardan asrash, ularning huquqiy va ma’naviy bilimlarini oshirish hamda jamiyatda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash borasida fikr-mulohazalar bildirildi. Ma’rifat — jaholatga qarshi eng kuchli quroldir!
KO'KDALA TUMANI ICHKI ISHLAR BO‘LIMI BOSHLIG‘I RUSLAN TEMIROVNING TUMAN AHOLISIGA MUROJAATI
@Kukdala_uz
Ko'kdala tuman hokimligida fuqarolarni qabul qilish jadvali
@Kukdala_uz
+7
Ko‘kdala tumanidagi Harduri MFY hududida joylashgan 57-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida erta turmush va erta tug‘ruqning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir davomida yoshlarga erta turmushning salbiy oqibatlari, uning ta’lim olish, sog‘lom oila qurish va kelajakdagi hayotiga ta’siri haqida tushuntirishlar berildi. Shuningdek, erta homiladorlikning ona va bola salomatligi uchun yuzaga keltirishi mumkin bo‘lgan xavflari haqida zarur ma’lumotlar yetkazildi.
Yoshlarni turli salbiy ta’sirlardan asrash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Ko‘kdala tumani prokurori Ravshan Xurramovning tuman aholisiga profilaktik murojaati
Hurmatli tumandoshlar!
Bugungi kunda mamlakatimizda fuqarolarning tinch va osoyishta hayotini ta’minlash, jamoat xavfsizligini mustahkamlash, huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Shu maqsadda Ko‘kdala tumani prokuraturasi tomonidan mahalliy hokimlik, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, mahalla faollari hamda jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda hududdagi kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, jinoyatlarning sabab va shart-sharoitlarini aniqlash hamda ularni bartaraf etish yuzasidan tizimli profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Olib borilgan nazorat va profilaktika tadbirlari natijasida 13 ta mahalla hududida jinoyat sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmadi. Shu bilan birga, 19 ta mahalla “sariq”, 3 ta mahalla — Oltindala, Naymansaroy va Qanotli mahallalari “qizil” toifada saqlanib qolmoqda.
Mazkur holat, avvalo, ushbu mahallalarda jinoyatchilikning oldini olish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish, muammoli oilalar va shaxslar bilan manzilli ishlash, yoshlar tarbiyasiga alohida e’tibor qaratish zarurligini ko‘rsatadi.
Uyushmagan yoshlar, ayniqsa, maktab o‘quvchilarining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish huquqbuzarliklarning oldini olishda muhim ahamiyatga ega.
Shu bois mahallalar, ta’lim muassasalari, ota-onalar va mutasaddi tashkilotlar tomonidan yoshlarni turli sport turlari, fan va kasb-hunar to‘garaklariga keng jalb etish, ularning iste’dod va qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha ishlarni yanada kuchaytirish lozim.
Bir nafar yoshning jinoyat yo‘liga kirib qolishining oldini olish — bir oilaning, bir mahallaning va butun jamiyatning kelajagini asrab qolishdir.
Shu munosabat bilan ota-onalardan farzandlarining ta’lim-tarbiyasi, kimlar bilan do‘stlashayotgani, bo‘sh vaqtini qanday o‘tkazayotgani bilan muntazam qiziqib borishlarini so‘raymiz.
Shuningdek, jamiyatda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning sha’ni va qadr-qimmatini ta’minlash alohida e’tiborni talab etadi.
Ayollarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikning har qanday ko‘rinishiga nisbatan murosasiz munosabat bildiriladi. Bunday holatlarni yashirish, “oilaviy masala” sifatida e’tiborsiz qoldirish yoki yarashuv bilan cheklanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Zo‘ravonlik sodir etgan shaxslarning qilmishiga qonuniy baho berilib, ularning qonun oldida javobgarligi ta’minlanadi.
Hurmatli tumandoshlar!
Jinoyatchilikka qarshi kurashish faqat huquqni muhofaza qiluvchi organlarning emas, balki har bir fuqaroning, har bir oila va mahallaning umumiy vazifasidir.
Mahallangizda sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyat yoki huquqbuzarlik haqida befarq bo‘lmang. Oiladagi nizolar, yoshlar o‘rtasidagi salbiy holatlar, tazyiq va zo‘ravonlik, giyohvandlik hamda boshqa huquqbuzarliklarning oldini olishda faol fuqarolik pozitsiyasini namoyon eting.
Tinchlikni asrash — uni buzilganidan keyin tiklashdan ko‘ra, uning buzilishiga yo‘l qo‘ymaslikdan boshlanadi.
Shunday ekan, barchamiz birgalikda mahallalarimizda osoyishtalikni ta’minlash, yoshlarimizni turli salbiy illatlardan asrash va jinoyatchilikka qarshi murosasiz kurashishimiz zarur.
Tinch va osoyishta mahalla — farovon jamiyatning mustahkam poydevoridir!
❗️DIQQAT!
⚡️TA'MIRLASH ISHLARI KETMOQDA.
📌 Koʻkdala tumani:
📆 07.09.2026 yil:
🔹Ko'kdala110/35/10 kv nimstansiyasidan 10 kV havo Xoʻjaobod liniyasida ta'mirlash ishlari olib borilishi sababli soat 09:00 dan 18:00 gacha Xo‘jaobod, Naymansaroy MFYlarda elektr taʼminotida uzilishlar boʻladi.
🔹Koʻkdala110/ 35/10 kv nimstansiyasidan 10 kV Shifoxona havo liniyasida ta'mirlash ishlari olib borilishi sababli soat 09:00 dan 13:00 gacha O‘tamayli MFYlarda elektr taʼminotida uzilishlar boʻladi.
🔹Koʻkdala 110/35/10 kv nimstansiyasidan 10 kV Xitoysoy havo liniyasida ta'mirlash ishlari olib borilishi sababli soat 14:00 dan 18:00 gacha Oltindala, Xushali MFYlarda elektr taʼminotida uzilishlar boʻladi
@Kukdala_uz
Repost from QASHQADARYO PENSIYA JAMG'ARMASI
⚠️ Hurmatli pensionerlar, ehtiyot bo‘ling!
⌨️So‘nggi kunlarda firibgarlar o‘zini bank yoki Pensiya jamg‘armasi xodimi sifatida tanishtirib, “pensiyangiz oshiriladi” deb aldab, plastik karta, pasport ma’lumotlari va SMS-kodlarni so‘ramoqda.
Eslatib o‘tamiz, Pensiya jamg‘armasi xodimlari hech qachon telefon orqali shaxsiy ma’lumot yoki tasdiq kodi so‘ramaydi.❌ Pasport, karta raqami, JSHSHIR (PINFL) va SMS-kodlarni hech kimga aytmang! Shubhali qo‘ng‘iroq bo‘lsa: 📞 1271 — Pensiya jamg‘armasi 📞 102 — Ichki ishlar organlariga xabar bering. https://t.me/Qashqadaryopensiya
+4
Ko‘kdala tumani hokimi xitoylik investorlar bilan uchrashdi
Uchrashuvda tumanda qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, xususan, paxta ekish va yetishtirish ishlari muhokama qilindi.
Muloqot davomida paxtachilik sohasida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, yer maydonlaridan samarali foydalanish, hosildorlikni oshirish hamda istiqbolli investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv yakunida tuman hokimi xitoylik delegatsiya vakillariga esdalik sovg‘alarini topshirdi. Mazkur ramziy sovg‘alar ikki tomon o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik, do‘stona munosabat va hurmatning ifodasi bo‘ldi.
Tomonlar kelgusida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish va yangi loyihalarni amalga oshirishga kelishib oldilar.
@Kukdala_uz
+5
Tuman hokimligida fuqarolar uchun qabul bo‘lib o‘tdi
Ko‘kdala tumanida ish kuni bugun ham fuqarolar bilan ochiq muloqot tarzida boshlandi. Tuman hokimligi hamda tuman tashkilotlari mas’ullari ishtirokida o‘tkazilgan sayyor qabul davomida fuqarolarning turli yo‘nalishlardagi murojaatlari tinglandi.
Qabul jarayonida murojaatlarning aksariyatiga joyida huquqiy va amaliy yechimlar berildi. Ayrim masalalar esa tegishli tashkilotlar nazoratiga olinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.
@Kukdala_uz
+3
#Ko‘kdala_tumani 🇺🇿
#Jaholatga_qarshi_ma’rifat
Jaholatga qarshi — ma’rifat! Tumandagi Agrobankida tuman DIQ, tuman DXX, tuman targ‘ibot guruhi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Ko‘kdala tuman bo‘linmasi hamkorligida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.Tadbir davomida xodimlar o‘rtasida jaholat, yot g‘oyalar va turli salbiy illatlarning oldini olish, milliy qadriyatlarimizga sadoqat, ma’rifat va ogohlikni yuksaltirish masalalari yuzasidan tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borildi. Shuningdek, yoshlarni turli yot ta’sirlardan asrash, ularning huquqiy va ma’naviy bilimlarini oshirish hamda jamiyatda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash borasida fikr-mulohazalar bildirildi. Ma’rifat — jaholatga qarshi eng kuchli quroldir!
+6
Fuqarolar qabuli o‘tkazildi
Ko‘kdala tumani hokimining o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Ochilova Gulmira tomonidan fuqarolar qabuli o‘tkazildi.
Qabul davomida fuqarolarning murojaatlari, muammolari va takliflari tinglanib, har bir masala yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi.
@Kukdala_uz
Ko'kdala tumanidagi bo'sh ish o'rinlari.
@Kukdala_uz
2026-yilning yanvar–avgust oylarida Ko‘kdala tumanida elektr tarmoqlarini mukammal ta’mirlash bo‘yicha belgilangan vazifalar to‘liq bajarildi.
🔹 Aholini elektr energiyasi bilan barqaror ta’minlash, tarmoqlarning ishonchliligini oshirish va kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida:
⚡️ 303,2 km elektr uzatish tarmoqlarida;
🔧 89 ta transformator punktida mukammal ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.
✅ Amalga oshirilgan keng ko‘lamli ishlar natijasida tuman elektr tarmoqlarining texnik holati yaxshilanib, iste’molchilarni sifatli va barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash imkoniyatlari yanada kengaydi.
Qarshi — Yettitom yo‘nalishida ilk avtobus qatnovi boshlandi!
Bugundan boshlab Qarshi — Yettitom va Yettitom-Qarshi yo‘nalishlarida ilk avtobus o‘z qatnovini boshladi.
Endilikda yo‘lovchilar uchun har kuni ertalab soat 06:30 dan kechki 18:00 ga qadar hamyonbop narxlarda uzluksiz avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi.
Yo'lkira narxi: 10 ming so'm
📍 Qarshi shahrida: Farhod bozori yonidagi bekat
📍 Yettitom shaharchasida: “Sharjah” kafesi yonidagi bekat
Qarshi va Yettitom o‘rtasida harakatlanadigan fuqarolar uchun bu yo‘nalish qulay, hamyonbop va muntazam transport imkoniyatini taqdim etadi.
Xabarni har kuni Qarshidan Yettitomga, Yettitomdan Qarshiga qatnaydigan tanishlarga yuboramiz...
✈️@Otabek_Artikov
⚽️FUTBOL MUHLISLARI UCHUN BEPUL AVTOBUS!
Aziz futbol ishqibozlari!
4-sentabr kuni Qarshi shahridagi “Markaziy” stadionda “Nasaf” va “Neftchi” jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan muhim uchrashuvni stadiondan turib tomosha qilish istagidagi muxlislar uchun Ko'kdala tuman hokimligi tashabbusi bilan bepul avtobuslar tashkil etiladi.
📆 Sana: 4-sentabr, 2026-yil
⚽️ Jo‘nab ketish vaqti: 16:00 (Yettitom shaharchasi tuman hokimligi binosi yonidan)
🚌 Yo‘nalish: Ko'kdala → Qarshi → Ko'kdala
💳 Yo‘l haqi: BEPUL
📞 Aloqa uchun: 97 313 16 33
Barchangizni sevimli jamoamizni qo‘llab-quvvatlashga chorlaymiz!
❗️Borish istagida bo'lganlar 16:00 ga qadar Ko'kdala tuman hokimligi binosi yoniga kelishlari so'raladi.
Birga boramiz! Birga muxlislik qilamiz! Birga g‘alaba sari!
@Kukdala_uz
⚽️FUTBOL MUHLISLARI UCHUN BEPUL AVTOBUS!
Aziz futbol ishqibozlari!
4-sentabr kuni Qarshi shahridagi “Markaziy” stadionda “Nasaf” va “Neftchi” jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan muhim uchrashuvni stadiondan turib tomosha qilish istagidagi muxlislar uchun Ko'kdala tuman hokimligi tashabbusi bilan bepul avtobuslar tashkil etiladi.
📆 Sana: 4-sentabr, 2026-yil
⚽️ Jo‘nab ketish vaqti: 16:00
🚌 Yo‘nalish: Shahrisabz → Qarshi → Shahrisabz
💳 Yo‘l haqi: BEPUL
📞 Aloqa uchun: 97 313 16 33
Barchangizni sevimli jamoamizni qo‘llab-quvvatlashga chorlaymiz!
Birga boramiz! Birga muxlislik qilamiz! Birga g‘alaba sari!
@Kukdala_uz
Repost from "QASHQADARYO VILOYATI TELERADIOKANALI" DM
QASHQADARYO AXBOROTI | Ko'kdala tumanidagi Erkin Vohidov ko'chasi 24/7 rejimida faoliyat yurituvchi zamonaviy savdo va xizmat ko'rsatish ko'chasiga aylantirildi
😊👍#2sentabr
|📷INSTAGRAM |🗳 FACEBOOK
|✉️TELEGRAM |📹YOUTUBE
|✉️RADIO FM 102.3 TELEGRAM
|📷RADIO FM 102.3 INSTAGRAM
