ru
Feedback
Ko'kdala press | Qashqadaryo vil. Ko'kdala tumani hokimligi

Ko'kdala press | Qashqadaryo vil. Ko'kdala tumani hokimligi

Открыть в Telegram
6 006
Подписчики
-1024 часа
-437 дней
-11230 день
Архив постов
Xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbarlari, yer qazish texnikasi egalari va yerdan foydalanuvchilar diqqatiga! Agar sizda yer osti aloqa kabellarining muhofaza hududlarida yer qazish va qurilish ishlarini amalga oshirish zaruriyati tug‘ilsa, magistral aloqa kabeli trassasi belgisida ko‘rsatilgan manziliga yoki 1133 qisqa raqamiga murojaat qiling. Hamda mutaxassislar ko‘rsatmasi asosida ish olib boring.
Murojaatingiz Call-markazlar tomonidan o‘z vaqtida qabul qilinmagan yoki munosabat bildirilmagan taqdirda, «O‘zkomnazorat” inspeksiyasining 1144 telefon raqamiga murojaat qiling. Biz holatni albatta nazoratga olamiz. Esingizda bo‘lsin, aloqa liniyalariga yetkazilgan zarar avariya-tiklash ishlarini olib borish uchun talab etiladigan xarajatlar sizning hisobingizdan qoplanishi mumkin.

#Ko‘kdala_tumani #Qaror_ijrosi #Muhokama_va_takliflar Qaror ijrosini samarali ta'minlash maqsadida o'tkazilgan muhokama davom
+4
#Ko‘kdala_tumani #Qaror_ijrosi #Muhokama_va_takliflar Qaror ijrosini samarali ta'minlash maqsadida o'tkazilgan muhokama davomida ishtirokchilar tomonidan dolzarb taklif va mulohazalar bildirildi. Bildirilgan fikrlar asosida amalga oshiriladigan ishlarni yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!👇 Instagram / Facebook / Telegram

#Ko‘kdala_tumani #Ma’naviy_ma’rifiy_seminar #Targ‘ibot_guruhi Ko‘kdala tuman Axborot-kutubxona markazida O‘zbekiston Respubli
+7
#Ko‘kdala_tumani #Ma’naviy_ma’rifiy_seminar #Targ‘ibot_guruhi
Ko‘kdala tuman Axborot-kutubxona markazida O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, O‘zbekiston Mahallalar uyushmasi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda O‘zbekiston musulmonlari idorasining qo‘shma qarori asosida tuman targ‘ibot guruhi a’zolari uchun seminar tashkil etildi.
Seminarda targ‘ibot ishlarini samarali tashkil etish, jamiyatda sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlash, diniy bag‘rikenglikni targ‘ib etish, yoshlarni yot g‘oyalar ta’siridan asrash hamda hamkorlikdagi vazifalar yuzasidan muhim tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

#INFOGRAFIKA📊 🏛 KENGASH QARORI E’LON QILINDI Xalq deputatlari Ko‘kdala tumani Kengashida tuman prokurori R.Xurramovning 202
#INFOGRAFIKA📊 🏛 KENGASH QARORI E’LON QILINDI Xalq deputatlari Ko‘kdala tumani Kengashida tuman prokurori R.Xurramovning 2026-yil II chorak yakunlari bo‘yicha axboroti eshitildi va muhokama qilindi.
📈 JINOYATCHILIK HOLATI 🔹 II chorak davomida tumanda 295 ta jinoyat sodir etilgan. 🔹 Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 121 taga yoki 69,5 foizga ko‘p. 🔹 Jinoyatlarning: ✅ 54 tasi – oldini olish mumkin bo‘lgan; ✅ 55 tasi – aniqlanadigan; ✅ 186 tasi – axborot texnologiyalari orqali sodir etilgan. 🎥 XAVFSIZLIKNI TA’MINLASH BO‘YICHA 📹 52 ta videokuzatuv kamerasi; 🚗 28 ta avtomobil raqamlarini aniqlovchi kamera; 🏫 Ta’lim muassasalari va sport maydonlariga 10 ta PTZ kamera; 🚦 1 ta zamonaviy qoidabuzarliklarni qayd etuvchi texnik vosita o‘rnatildi. 👩‍👧 XOTIN-QIZLAR VA YOSHLAR HIMOYASI 🔹 62 nafar shaxs bilan zo‘ravonlikning oldini olish bo‘yicha profilaktik ishlar olib borildi. 🔹 362 nafar ayolga himoya orderlari berildi. 🔹 Maktablarda 735 marotaba profilaktik tadbir o‘tkazildi. ⚠️ MUAMMOLI MAHALLALAR 🔴 "Oltin dala" mahallasi – qizil toifa 🟡 "Baxt", "Ko‘kdala", "Taloqtepa", "Eski Anxor", "Manguyurt", "Suvliq", "Tuqmor", "Uymovut", "Chuvulloq", "G‘allakor", "Qanotli", "Qumdaryo" va "Shurquduq" mahallalari – sariq toifa sifatida baholandi. 📌 KENGASH QARORI BILAN ✔️ Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish; ✔️ Korrupsiyaga qarshi kurashish; ✔️ Kiberjinoyatlarga qarshi ta’sirchan choralar ko‘rish; ✔️ Yoshlar bandligini ta’minlash; ✔️ Mahallalarda xavfsiz muhit yaratish bo‘yicha mutasaddi tashkilotlarga aniq vazifalar yuklatildi.
Bizning ijtimoy tarmoqlardagi sahifalarga obuna bo’ling!Telegram|📱 Facebook | 📱 Instagram | 😎 You Tube

Tayinlov Ochilova Gulmira Abdullayevna Ko‘kdala tumani hokimining o‘rinbosari – tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i
Tayinlov Ochilova Gulmira Abdullayevna Ko‘kdala tumani hokimining o‘rinbosari – tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Yangi lavozimdagi faoliyatida Gulmira Abdullayevnaga ulkan muvaffaqiyatlar, mas'uliyatli vazifalarini samarali ado etishida kuch-g‘ayrat va zafarlar tilaymiz. ✈️@Otabek_Artikov

Ko‘kdala tumani prokurori Ravshan Xurramov tomonidan "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Ko‘kdala tuman bo‘limi xodimlari bilan en
+5
Ko‘kdala tumani prokurori Ravshan Xurramov tomonidan "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Ko‘kdala tuman bo‘limi xodimlari bilan energiya resurslarini tejash va ulardan samarali foydalanishni ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi.   Uchrashuv davomida hududda elektr energiyasi iste’mol balansini to‘g‘ri shakllantirish, tarmoqlardagi texnik va tijorat yo‘qotishlarini qisqartirish, mavjud infratuzilmani soz holatda saqlash hamda tashkiliy-texnik tadbirlarni belgilangan muddatlarda va sifatli amalga oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.   Bundan tashqari, energiya resurslarining noqonuniy iste’moli va talon-toroj qilinishining oldini olish, bu borada profilaktik tadbirlar hamda nazorat-reyd ishlarini kuchaytirish, aholi o‘rtasida energiyani tejash madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan targ‘ibot ishlarini kengaytirish yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriq va tavsiyalar berildi.   Mazkur yo‘nalishdagi nazorat va profilaktik tadbirlar Ko‘kdala tumanida izchil davom ettirilmoqda.

🚶‍♂️ Кўпроқ юриш орқали кўплаб касалликларнинг олдини олинг👆 💡 Инсульт, инфаркт, қандли диабет, стресс ва депрессия каби муаммоларни хоҳламасангиз, видеони кўринг ва маслаҳатларга амал қилинг.

#Ko‘kdala _tumani 🇺🇿 #Mustahkam _ oila _ sari _ muhim _ qadam Ko‘kdala tuman Adliya bo‘limi, FHDYO (ZAGS) bo‘limi hamda Oil
+3
#Ko‘kdala _tumani 🇺🇿 #Mustahkam _ oila _ sari _ muhim _ qadam
Ko‘kdala tuman Adliya bo‘limi, FHDYO (ZAGS) bo‘limi hamda Oila va xotin-qizlar bo‘limi hamkorligida yosh nikohlanuvchilar uchun ma'naviy-ma'rifiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Tadbir davomida mustahkam oila barpo etish, sog‘lom turmush tarziga rioya qilish, er-xotinning oila oldidagi huquq va majburiyatlari, oilada o‘zaro hurmat va mas'uliyat, kelin-qaynana munosabatlarida mehr-oqibat va hamjihatlikni mustahkamlash masalalari yuzasidan atroflicha tushunchalar berildi.
Shuningdek, erta nikoh va uning salbiy oqibatlari, oilaviy nizolarning oldini olish, farzandlar tarbiyasida ota-onaning mas'uliyati hamda baxtli va barqaror oila qurishning muhim omillari haqida mutaxassislar tomonidan tavsiyalar berildi. Tadbir yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berilib, yoshlar ongida sog‘lom oila qadriyatlarini mustahkamlash, oilaviy hayotga mas'uliyat bilan yondashish bo‘yicha muhim tavsiyalar bildirildi.

Prezidentimiz tomonidan 2026-yil 22-iyunda "O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga, korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlik muqarrarligini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida"gi O‘RQ-1155 Qonuni imzolandi. Unga ko‘ra, Jinoyat kodeksida “korrupsiyaga oid jinoyatlar” tushunchasiga ta’rif berilib, 18 turdagi jinoyatlar kirishi belgilandi. Shuningdek, 5 turdagi korrupsion jinoyatlar uchun jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilish yoki jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish qoidalari qo‘llanilmasligi belgilandi.

Repost from KO'KDALA24.UZ
🛡 ZIRH BOT’da yangi Anti-Spam himoyasi ishga tushdi! So‘nggi vaqtlarda Telegram guruhlarida odamga o‘xshab yozadigan, reklam
🛡 ZIRH BOT’da yangi Anti-Spam himoyasi ishga tushdi! So‘nggi vaqtlarda Telegram guruhlarida odamga o‘xshab yozadigan, reklama va firibgarlik havolalarini tarqatadigan spam akkauntlar soni ko‘paymoqda. Shu sababli ZIRH BOT uchun yangi Anti-Spam himoya moduli ishlab chiqildi. U shubhali spam akkauntlarni aniqlab, guruhingizni himoya qilishga yordam beradi. ⚙️ Yoqish: /antispam ⚠️ Eslatma: Funksiya hozircha BETA bosqichida. Xatolik yoki takliflaringiz bo‘lsa, @zirh_support ga yozing. ➕ Botni guruhga qo‘shish: https://t.me/ZIRH_BOT?startgroup=true 🌐 WEBSAYT | 🌐 TELEGRAM | 🛡ZIRH BOT 👉 Кўкдала хабарларига аъзо бўлинг👉 https://t.me/+IsKoPn9Cr45hYjRi

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣ ⏺ Mahallangizdagi muammoni ovoz to‘plamasdan hal qilish imkoniyati Endi mahalladagi ana shunday dolzarb masalala
+6
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣ ⏺ Mahallangizdagi muammoni ovoz to‘plamasdan hal qilish imkoniyati Endi mahalladagi ana shunday dolzarb masalalarni sheriklik asosidagi loyihalar orqali hal qilish imkoniyati mavjud. ➡️Sheriklik loyihasida tashabbus qiymatining belgilangan qismi aholi, tadbirkorlar va homiylarning ixtiyoriy mablag‘lari hisobidan shakllantiriladi. Qolgan qismi esa davlat budjeti tomonidan moliyalashtiriladi. Masalan, umumiy qiymati 100 mln so‘m bo‘lgan loyiha uchun 50 mln so‘m aholi va homiylar tomonidan shakllantirilsa, qolgan 50 mln so‘m budjet mablag‘lari hisobidan ajratilishi mumkin. ❓Jarayon qanday ishlaydi? ✔️Mahalladagi muammo aniqlanadi, aholi bilan maslahatlashib ustuvor loyiha tanlanadi va u “Ochiq budjet” portaliga sheriklik asosida moliyalashtiriladigan loyiha sifatida kiritiladi. Loyiha belgilangan talablar va texnik mezonlarga muvofiq deb topilgach, aholi ulushini shakllantirish uchun maxsus hisobvaraq ochiladi. Zarur mablag‘ to‘liq yig‘ilgan loyihalar ajratilgan budjet mablag‘lari doirasida ovoz berish bosqichisiz g‘oliblar ro‘yxatiga kiritilishi mumkin. ☝️ Muhim: mablag‘ kiritish mutlaqo ixtiyoriy. Fuqarolardan majburiy pul yig‘ish, muayyan miqdor belgilash yoki bosim o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi. ❗️Eslatma: “Tashabbusli budjet” doirasida loyiha kiritishning oxirgi kuni — 2026-yil 3-avgust. Imkoniyatni qo‘ldan boy bermaylik — mahalla ravnaqi uchun birlashaylik! #TashabbusliBudjet #OchiqBudjet #SheriklikLoyihasi #ObodMahalla #MahallaTashabbusi Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Х

Ko‘kdala tumani Yettitom shaharchasidagi San’at saroyida bo'lib o'tgan “Do‘stlik” festivali @Kukdala_uz

Ko‘kdala tumanida “Do‘stlik” festivali bo‘lib o‘tdi ✈️@Otabek_Artikov
Ko‘kdala tumanida “Do‘stlik” festivali bo‘lib o‘tdi ✈️@Otabek_Artikov

Aholi muammolari joyida o‘rganilmoqda Ko‘kdala tumanida aholi murojaatlari va mahallalardagi ijtimoiy muammolarni joyida o‘rg
+4
Aholi muammolari joyida o‘rganilmoqda Ko‘kdala tumanida aholi murojaatlari va mahallalardagi ijtimoiy muammolarni joyida o‘rganish, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda. Shu maqsadda, tuman prokurori Ravshan Xurramov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1 va PQ-2-son qarorlari ijrosi yuzasidan "Qanotli" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. O‘rganish davomida mahalla yettiligi faoliyati, jinoyatchilikni jilovlash, ijtimoiy profilaktika samaradorligi hamda aholi muammolarini bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Tahlillar natijasida joriy yil davomida mahalla hududida 5 ta jinoyat sodir etilgani, shundan 2 tasi oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar ekani qayd etildi. Bu esa mas’ul tashkilotlar va mahalla yettiligi tomonidan profilaktik ishlarni yanada kuchaytirish zarurligini ko‘rsatishi ta’kidlandi. Muloqot davomida ijtimoiy-maishiy muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish, oilalarda sog‘lom muhitni mustahkamlash, erta nikohlarning oldini olish, ishsiz yoshlar hamda xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ehtiyojmand oilalarni manzilli qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tizimli ishlarni kuchaytirish yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berildi. Shuningdek, aholini qiynab kelayotgan dolzarb muammolarni "Tashabbusli byudjet" dasturi orqali hal etish imkoniyatlaridan samarali foydalanish, mahalla hududining sanitariya holatini yaxshilash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlariga keng jamoatchilikni jalb etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi. Ko‘kdala tumanida aholi bilan ochiq muloqot qilish, mavjud muammolarni joyida o‘rganish va ularning yechimiga ko‘maklashish, shuningdek, har bir mahallada tinch va xavfsiz muhitni ta’minlash borasidagi ishlar bundan buyon ham izchil davom ettiriladi. @Kukdala_uz

Ko'kdala tumani 6-DMTT da "Mening Prezidentim tavallud topgan kun" nomli tadbir tashkil etildi. @Kukdala_uz
+6
Ko'kdala tumani 6-DMTT da "Mening Prezidentim tavallud topgan kun" nomli tadbir tashkil etildi. @Kukdala_uz