es
Feedback
Ko'kdala press | Qashqadaryo vil. Ko'kdala tumani hokimligi

Ko'kdala press | Qashqadaryo vil. Ko'kdala tumani hokimligi

Ir al canal en Telegram

Ko'kdala tumani hokimligining rasmiy telegram sahifasi. www.gov.uz/oz/Kokdala youtube.com/@kukdala Instagram.com/kukdala_uz Murojaatlar: @Kukdalauzbot

Mostrar más
6 118
Suscriptores
-924 horas
-337 días
-9030 días
Archivo de publicaciones
Mensaje de video00:09

#LIVE Bayram yuqori kayfiyatda bo'lib o'tmoqda. @Kukdala_uz

#LIVE Ko'kdalalik jajji san'atkorlar yoshlarimiz uchun kuylashmoqda. @Kukdala_uz

#LIVE Konsert dasturi boshlandi @Kukdala_uz

Repost from QASHQADARYO ZIYOSI
Tanlov g‘oliblariga esdalik sovg‘alari topshirildi “Eng yaxshi kitobxon o‘quvchi” tanlovi yakuniy natijalarga ko‘ra, 1-o‘rin
+5
Tanlov g‘oliblariga esdalik sovg‘alari topshirildi
“Eng yaxshi kitobxon o‘quvchi” tanlovi yakuniy natijalarga ko‘ra, 1-o‘rin Baratova Fazilat (Muborak tumani), 2-o‘rin Muhammadiyeva Vasila (Ko‘kdala tumani) hamda 3-o‘ringa Abdumajidova Dilnura (Kasbi tumani) munosib deb topildi.
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qashqadaryo viloyati bo‘limi rahbari, senator Komila Karamova tanlov g‘oliblariga diplom va esdalik sovg‘alarini topshirdi. Telegram | Instagram

Repost from QASHQADARYO ZIYOSI
O‘quvchilar o‘rtasida kitobxonlik tanlovi tashkil etildi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan “Milli
+9
O‘quvchilar o‘rtasida kitobxonlik tanlovi tashkil etildi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan “Milliy kitobxonlik harakati” dasturi ijrosini ta’minlash hamda “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, kitobxonlikka keng jalb qilish maqsadida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qashqadaryo viloyati bo‘limi tomonidan e’lon qilingan “Eng yaxshi kitobxon o‘quvchi” tanlovining viloyat boshqichi o‘tkazildi. O‘quvchilar tanlovda uchta: Men yoqtirgan asar, Tezkor savol-javob va Aniqlik shartlari asosida o‘zaro bellashdilar. Telegram | Instagram

#LIVE Yoshlar kuni munosabati bilan tashkil etilayotgan bayram konserti boshlanmoqda. Shoshilamiz... @Kukdala_uz

KO‘KDALA TUMANI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI BO‘LIMI RAHBARIYATINING SAYYOR QABULI 📅 Qabul kuni: Har seshanba 🕘 Qabul vaqt
KO‘KDALA TUMANI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI BO‘LIMI RAHBARIYATINING SAYYOR QABULI 📅 Qabul kuni: Har seshanba 🕘 Qabul vaqti: 09:00 – 17:00 📍 Manzil: Ko‘kdala tumani, Ko‘kdala MFY, Umar Xayyom ko‘chasi, 77-uy. (Tuman hokimiyati binosi, 3-qavat)

#Кўкдала _ туман 🇺🇿 #Ёшлар — Янги Ўзбекистон келажаги Кўкдала туманидаги 1-сон техникумида 30-июн — Ёшлар куни муносабати б
+8
#Кўкдала _ туман 🇺🇿 #Ёшлар — Янги Ўзбекистон келажаги Кўкдала туманидаги 1-сон техникумида 30-июн — Ёшлар куни муносабати билан байрам тадбири ташкил этилди. Тадбирда ёшларнинг жамиятдаги ўрни, уларнинг билим олишга бўлган интилиши ҳамда юрт келажаги учун муносиб авлод бўлиб етишишлари ҳақида фикрлар билдирилди. Шунингдек, ўқувчи-ёшлар томонидан чиқишлар, ижодий дастурлар ва мусиқий чиқишлар намойиш этилди. Тадбир кўтаринки руҳда ва мазмунли тарзда ўтказилди. Ёшлар – Ватан таянчи, келажак бунёдкори! 🇺🇿🇺🇿

🎉 DIQQAT, DIQQAT! 🎉 📅 Bugun, 30-iyun 🕖 Soat 19:00 da Ko‘kdala tumanida katta gala-konsert bo‘lib o‘tadi! 📍 Manzil: Ko‘kdala kollej stadioni 🎟 Kirish mutlaqo bepul! Barchangizni ushbu unutilmas konsert dasturiga taklif qilamiz. Yaqinlaringiz bilan tashrif buyuring! Barchangizni kutib qolamiz!

🎉 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan bayram konsertiga taklif etamiz! Aziz yoshlar! 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati b
🎉 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan bayram konsertiga taklif etamiz! Aziz yoshlar! 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan bugun Ko‘kdala tumani 2-son texnikumida bayram konsert dasturi bo‘lib o‘tadi. 🕢 Boshlanish vaqti: 19:30 📍 Manzil: Ko‘kdala tumani, Ko‘kdala MFY, 2-son texnikum binosi. Sizni unutilmas bayram kayfiyati, qiziqarli chiqishlar va ko‘tarinki ruh kutmoqda. Barchangizni bayram konsertiga taklif etamiz! ✈️@Otabek_Artikov

📢 "Biz giyohvandlikka qarshimiz!" shiori ostida chellenj o'tkazildi. Yoshlar o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish, giyohvandlik va boshqa zararli illatlarning salbiy oqibatlari haqida tushunchalarni mustahkamlash maqsadida yoshlar oʻrtasida ʼʼBiz giyohvandlikka qarshimiz!" shiori ostida chellenj tashkil etildi. Tadbir davomida ishtirokchilar giyohvandlikning inson salomatligi, oila va jamiyat hayotiga salbiy ta'siri haqida fikr almashdilar hamda barchani sog'lom turmush tarziga rioya qilishga, zararli odatlardan yiroq bo'lishga chorladilar. ✅ Sog'lom hayot – porloq kelajak garovi! 🚫 Biz giyohvandlikka qarshimiz!

Koʻkdala tumani madaniyat boʻlimi tomonidan "Dolzarb 90 kun" doirasida Hushali MFY 55-maktab oʻquvchilarini boʻsh vaqtlarini
+5
Koʻkdala tumani madaniyat boʻlimi tomonidan "Dolzarb 90 kun" doirasida Hushali MFY 55-maktab oʻquvchilarini boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish maqsadida madaniy-marifiy tadbir tashkil qilindi. Tadbirda 49-sonli madaniyat markazi xodimlari kuy, qoʻshiqlari bilan tadbir ishtirokchilariga hush kayfiyat ulashdi.

Repost from N/a
#infografika 📌 SIYOSIY PARTIYALAR BILAN HAMKORLIK — TARAQQIYOT VA SAMARALI MULOQOT GAROVI! 🏛 Xalq deputatlari Ko‘kdala tuma
#infografika 📌 SIYOSIY PARTIYALAR BILAN HAMKORLIK — TARAQQIYOT VA SAMARALI MULOQOT GAROVI! 🏛 Xalq deputatlari Ko‘kdala tuman Kengashi tomonidan siyosiy partiyalar bilan hamkorlikda 2026-yilning 6 oyi davomida qator samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Mazkur hamkorlik hududdagi dolzarb masalalarni hal etish, aholi manfaatlarini himoya qilish hamda partiyalarning dasturiy maqsadlarini hayotga tatbiq etishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. ✅ Hisobot davrida siyosiy partiyalar bilan hamkorlikda jami 34 ta tadbir tashkil etildi. Jumladan:
🔵 O‘zLiDeP Ko‘kdala tuman Kengashi bilan — 7 ta ⚪️ “Milliy tiklanish” DP bilan — 7 ta 🔴 “Adolat” SDP bilan — 5 ta 🟣 XDP bilan — 4 ta 🟢 Ekologiya partiyasi bilan — 11 ta
📊 Shu bilan birga, tuman Kengashi sessiyalariga kiritilgan 75 ta masalaning 17 tasi bevosita partiya guruhlari tashabbusi hamda siyosiy partiyalar dasturiy maqsadlari bilan bog‘liq masalalarni tashkil etdi. Shundan:
🔵 O‘zLiDeP — 4 ta masala ⚪️ “Milliy tiklanish” — 6 ta masala 🔴 “Adolat” — 3 ta masala 🟣 XDP — 3 ta masala 🟢 Ekologiya partiyasi — 1 ta masala
🤝 Siyosiy partiyalar bilan yo‘lga qo‘yilgan ochiq muloqot va amaliy hamkorlik xalq manfaatlarini ta’minlash, hududni kompleks rivojlantirish hamda deputatlik nazoratini kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. 🇺🇿 Ko‘kdala taraqqiyoti yo‘lida hamkorlikdagi sa’y-harakatlar izchil davom etadi! Bizning ijtimoy tarmoqlardagi sahifalarga obuna bo’ling!Telegram|📱 Facebook | 📱 Instagram | 😎

Repost from O‘zkomnazorat
📱Bolalar uchun xavfsiz raqamli muhitni ta’minlashda platforma sozlamalaridan qanday foydalanishni bilasizmi? Bugungi axborot
+1
📱Bolalar uchun xavfsiz raqamli muhitni ta’minlashda platforma sozlamalaridan qanday foydalanishni bilasizmi? Bugungi axborot oqimi sharoitida bolalarni zararli kontentdan himoya qilish faqat taqiqlar bilan cheklanmaydi. Eng samarali yo‘llardan biri — internet platformalarida mavjud xavfsizlik sozlamalaridan to‘g‘ri foydalanishdir. To‘g‘ri sozlangan funksiyalar bolalarning yoshiga mos bo‘lmagan kontentlarga duch kelish xavfini sezilarli darajada kamaytiradi.
🤩📷YouTube, Instagram kabi ommabop platformalarda bolalar xavfsizligini ta’minlashga yordam beradigan maxsus sozlamalar mavjud. Ularni faollashtirish orqali ota-onalar farzandlari uchun yanada ishonchli va nazorat qilinadigan raqamli muhitni yaratishi mumkin. Raqamli xavfsizlik bugungi kunning muhim talabi hisoblanadi. Shu sababli ota-onalar va foydalanuvchilar ushbu imkoniyatlardan xabardor bo‘lishi va ularni amaliyotda qo‘llashi zarur.
💡 Yuqorida mazkur platformalarda xavfsizlik sozlamalarini yoqish bo‘yicha qisqa va tushunarli yo‘riqnomalar keltirilgan.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Web-sayt| Aloqa nazorati| Facebook| Instagram‌‌|Youtube|LinkedIn

⚽️🏆 Ko‘kdala tumanida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida 27.06.2026-yili mini-futbol musobaqasi ko‘tarinki ruhda bo‘lib
+8
⚽️🏆 Ko‘kdala tumanida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida 27.06.2026-yili mini-futbol musobaqasi ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi. 🇺🇿 Yurtimizda ommaviy sportni rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish maqsadida o‘tkazilayotgan “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi sport musobaqalari tobora keng quloch yozmoqda. ⚽️ Ko‘kdala tumanida tashkil etilgan mini-futbol musobaqasida mahallalarda istiqomat qiluvchi 30 yoshdan yuqori fuqarolar faol ishtirok etib, maydonda murosasiz va qiziqarli bahslarda o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, jamoaviyligi hamda g‘alabaga bo‘lgan intilishini namoyon etdilar. 🔥 Har bir uchrashuv sportga bo‘lgan muhabbat, kuchli iroda va yuksak sport madaniyatining yorqin namunasi bo‘ldi. 🏆 Musobaqa yakunlariga ko‘ra: 🥇 1-o‘rin — Suvliq mahallasi 🥈 2-o‘rin — Baxt mahallasi 🥉 3-o‘rin — Chiyal mahallasi 👏 G‘olib va sovrindorlar munosib taqdirlandi. Barcha ishtirokchilarning sportga bo‘lgan qiziqishi, faolligi va g‘alabaga intilishi alohida e'tirof etildi.