en
Feedback
Adolat SDP | Buxoro viloyati

Adolat SDP | Buxoro viloyati

Open in Telegram

Ushbu kanal orqali O'zbekiston "Adolat" SDP tomonidan qilinayotgan amaliy ishlar, qabul qilinayotgan qonunlar va muhim ijtimoiy-siyosiy yangiliklardan, shuningdek partiyaning Buxoro viloyat Kengashi faoliyatidan ham xabardor bo'lasiz.

Show more
4 954
Subscribers
-124 hours
-1417 days
+3 55930 days
Posts Archive
photo content
+3

#ИҚТИБОС
Энг кичик адолатсизлик ҳам катта фожиаларга йўл очади. Ўткир Ҳошимов
⚖️ Расмий саҳифаларимиз

#ИҚТИБОС
Адолат — фақат қонунда эмас, балки ҳар бир инсоннинг фикр ва ҳаракатида яшаши керак. Маҳмудхўжа Беҳбудий
⚖️ Расмий саҳифаларимиз

⚖️#Kogon_shahar_Kengashi MILLIY MADHIYA — MILLIY G‘URUR “Milliy madhiya — milliy g‘urur” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati Kogon shahar 6-son davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Tadbir “Adolat” SDP Kogon shahar Kengashi raisi Zarnigor Tosheva boshchiligida tashkil etildi. Davra suhbatida tarbiyalanuvchilarga O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi, uning yaratilish tarixi, mazmun-mohiyati va xalqimiz hayotidagi o‘rni haqida tushunchalar berildi. Shuningdek, davlat ramzlariga hurmat, Vatanga muhabbat va milliy g‘urur tuyg‘ularini yosh avlod qalbida shakllantirish muhimligi ta’kidlandi. Tadbir davomida bolajonlar tomonidan Davlat madhiyasi ijro etilib, Vatan, tinchlik va ona yurt haqidagi she’r hamda qo‘shiqlar yangradi.
🔴Zarnigor Tosheva ta’kidlaganidek, davlat ramzlariga hurmat — Vatanga bo‘lgan yuksak ehtiromning ifodasidir. Milliy madhiya esa xalqimizning g‘ururi, orzu-intilishlari va Vatanga bo‘lgan muhabbatini o‘zida mujassam etgan muqaddas timsoldir.
Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda milliy g‘urur va davlat ramzlariga hurmat tuyg‘ularini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. 🌐Telegram | 🌐 Instagram |🌐Facebook

photo content
+2

Repost from Adolat gazetasi
🔴 «Adolat» газетасининг 2026 йил 4 сентябрь кунги 35 (1603)-сони мутолаа учун ҳавола қилинади. ➡️ Ушбу сонда:
📰 АВВАЛ ШУКРОНА АЙТ... 📰 Камбағалликни қисқартириш: янги босқич, янгича талаб ва масъулият 📰 ТАРАҚҚИЁТ кўлами ҳаётимизда акс этмоқда 📰 Сиёсий партияларнинг 35 йиллик юксалиш йўли 📰 РАҚАМЛИ ТЕХНОЛОГИЯЛАР УЧУН ХАЛҚАРО ҲУҚУҚИЙ МАКОН 📰 “АДОЛАТ” НУҚТАИ НАЗАРИДАН: СУБСИДИЯДАН УЙ-ЖОЙГАЧА БЎЛГАН МАСОФА 📰 Иқтисодий ўсишдан сифат сари 📰 Ҳаммаси инсон саломатлиги учун! 📰 Мустақиллик нишони. Юртимизнинг улуғ байрамига бағишланади каби қизиқарли материаллар эълон қилинган.
©️ Газета таҳририят томонидан тақдим этилди. 〰️〰️〰️〰️〰️ ⚖️ Расмий саҳифаларимиз

✅ Qarorlar ijrosi deputatlar nazoratida 🏛 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 7-avgustdagi 437-son qaro
+5
✅ Qarorlar ijrosi deputatlar nazoratida 🏛 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 7-avgustdagi 437-son qarori ijrosini taʼminlash borasida davlat organlari va tashkilotlarida ish yuritishni toʻliq davlat tilida hamda lotin alifbosida olib borish yuzasidan zarur choralar koʻrilmoqda. Bugun mazkur qaror yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar tahliliy ravishda joyiga chiqib oʻrganildi. 📝 Xalq deputatlari Buxoro tumani Kengashi deputati Sunnatillo Samadov, kotibiyat bosh mutaxassisi S.Bafoyev, OʻzLiDeP apparat rahbari O.Baxronov, "Adolat" SDP guruh rahbari M.Islomov va tuman hokimining maslahatchisi F.Mirsoliyevlar hamkorlikda oʻrganish ishlarini olib bordilar. Jarayonda aniqlangan kamchiliklar joyida bartaraf etilib, masʼul xodimlarga rasmiy hujjatlar matnini amaldagi imlo qoidalari va yagona standartlarga muvofiq tayyorlash boʻyicha tegishli tavsiyalar berildi. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: Telegram | Instagram | Facebook.

photo content
+3

photo content
+3

photo content
+3

photo content
+5

photo content
+9