uz
Feedback
Adolat SDP | Buxoro viloyati

Adolat SDP | Buxoro viloyati

Kanalga Telegram’da o‘tish

Ushbu kanal orqali O'zbekiston "Adolat" SDP tomonidan qilinayotgan amaliy ishlar, qabul qilinayotgan qonunlar va muhim ijtimoiy-siyosiy yangiliklardan, shuningdek partiyaning Buxoro viloyat Kengashi faoliyatidan ham xabardor bo'lasiz.

Ko'proq ko'rsatish
1 604
Obunachilar
-224 soatlar
-417 kunlar
-1 82230 kunlar
Postlar arxiv
photo content
+3

🏛 TOMORQADAN UNUMLI FOYDALANISH VA ISSIQXONALAR RIVOJI DEPUTAT E’TIBORIDA   🌱 Mahallalarda aholi bandligini ta’minlash, tomorqalardan yil davomida samarali foydalanish va issiqxona xo‘jaliklarini rivojlantirish orqali oilalar daromadini oshirish Kengash deputatlarining doimiy e’tiboridadir. 📌 Xalq deputatlari Buxoro tumani Kengashi deputati S.Maydonov o‘zi saylangan saylov okrugi hududida bo‘lib, “Novmetan” mahalla fuqarolar yig‘inida hokim yordamchisi tavsiyasi va ko‘magi bilan tashkil etilgan issiqxonalar faoliyati hamda amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: Telegram | Instagram | Facebook.

🏛 TOMORQADAN UNUMLI FOYDALANISH VA ISSIQXONALAR RIVOJI DEPUTAT E’TIBORIDA   🌱 Mahallalarda aholi bandligini ta’minlash, tomorqalardan yil davomida samarali foydalanish va issiqxona xo‘jaliklarini rivojlantirish orqali oilalar daromadini oshirish Kengash deputatlarining doimiy e’tiboridadir. 📌 Xalq deputatlari Buxoro tumani Kengashi deputati S.Maydonov o‘zi saylangan saylov okrugi hududida bo‘lib, “Novmetan” mahalla fuqarolar yig‘inida hokim yordamchisi tavsiyasi va ko‘magi bilan tashkil etilgan issiqxonalar faoliyati hamda amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. 🔎 O‘rganish jarayonida deputat va mahalla mas’ullari tomonidan quyidagi jihatlarga alohida e’tibor qaratildi: ·         🍅 Issiqxonalarda yetishtirilayotgan mahsulotlar (poliz, sabzavot va ko‘katlar) turi hamda ularning ichki bozorga yetkazib berilish holati; ·         💼 Hokim yordamchisi tomonidan aholiga issiqxona qurish uchun ajratilayotgan imtiyozli kredit va subsidiyalarning maqsadli ishlatilishi; ·         📈 Issiqxona xo‘jaliklari orqali mahalladagi ishsiz fuqarolar va yoshlar bandligining ta’minlanganlik darajasi. 💬 Deputat S.Maydonov tomorqa egalari va issiqxona ishchilari bilan suhbatlashib, ularning kelgusidagi rejalari hamda faoliyatni yanada kengaytirish bo‘yicha taklif va muammolarini tingladi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va mahallada issiqxonalar sonini yanada ko‘paytirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: Telegram | Instagram | Facebook.

🎥 Xavfsiz muhitni ta’minlash deputatlar nazoratida 🔰 Xalqimizning osoyishta hayot kechirishi, mahallalarimizda tinchlik va
+5
🎥 Xavfsiz muhitni ta’minlash deputatlar nazoratida     🔰 Xalqimizning osoyishta hayot kechirishi, mahallalarimizda tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash — eng muhim vazifalardan biridir. Shu maqsadda, hududlarda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, aholi osoyishtaligini saqlash uchun zamonaviy texnologiyalardan keng foydalanilmoqda. Xususan, deputatlar tashabbusi va nazorati ostida mahallalarning gavjum nuqtalari, ichki ko‘chalar va ijtimoiy obyektlar atrofiga zamon talablariga mos kuzatuv kameralari o‘rnatilmoqda. Xalq deputatlari Buxoro tumani Kengashi deputati U.Sodiqova Galaosiyo MFYda mazkur qurilmalarning o‘rnatilish jarayoni va ishlash tizimi bilan yaqindan tanishib, xavfsizlik choralarini yanada kuchaytirish bo‘yicha mas’ullarga o‘z tavsiyalarini berdi. Bu kabi "Xavfsiz mahalla" tizimi elementlarining joriy etilishi har bir fuqaroning o‘z xonadoni va ko‘chasida o‘zini xotirjam his qilishiga xizmat qiladi.   Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: Telegram | Instagram | Facebook.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: Telegram | Instagram | Facebook|YouTube
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: Telegram | Instagram | Facebook|YouTube

#deputat_soʻrovi #tavsiyalar #qonun_162 mahalla hududidagi Xo‘ja Bargi ko‘chasini asfaltlashtirish zarurligi qayd etildi. Maz
#deputat_soʻrovi
#tavsiyalar #qonun_162 mahalla hududidagi Xo‘ja Bargi ko‘chasini asfaltlashtirish zarurligi qayd etildi. Mazkur ko‘chada transport vositalari va piyodalarning harakatlanishida noqulayliklar yuzaga kelmoqda. Ayniqsa, yog‘ingarchilik mavsumida yo‘lning holati yanada yomonlashib, fuqarolarning kundalik harakatlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganligi to'g'risida.
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi axborot xizmati
Telegram . Instagram . Facebook . Youtube . E-kengash

#qonun_19_1_modda #doimiy_komissiya #deputatlik_nazorati #tavsiyalar #ekspert_guruhi Mahalladagi boshqaruv tizimi deputat e’tiborida Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati K. Yodgorova tomonidan "Xo‘jabargi" mahalla fuqarolar yig‘inida olib borilayotgan boshqaruv ishlari, aholi bilan ishlash samaradorligi hamda hududni rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar joyiga chiqib o‘rganildi. O‘rganish jarayonida mahalla raisi Muxtorova Dilafruz Rafikovna tomonidan fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, obodonlashtirish ishlarini tashkil etish, hududdagi muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Shuningdek, mahallada aholi bilan ochiq muloqotni kuchaytirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda dolzarb masalalarni tizimli hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashilib, tegishli tavsiyalar berildi. Mazkur yo‘nalish deputatlik nazorati doirasida muntazam kuzatib borilmoqda. Deputatlik faoliyatini tashkiliy jihatdan muvofiqlashtirish va saylov okrugidagi ishlarni ta’minlash vazifalari Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Z. Temirova tomonidan amalga oshirilmoqda.
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi axborot xizmati
Telegram . Instagram . Facebook . Youtube . E-kengash

#qonun_19_1_modda #doimiy_komissiya #deputatlik_nazorati #tavsiyalar #ekspert_guruhi Yoshlar bilan ishlash samaradorligi deputat nazoratida Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati K. Yodgorova tomonidan saylov okrugidagi mahallada yoshlar bilan ishlash holati, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. O‘rganish jarayonida MFY yoshlar yetakchisi Rajabov Rustam Yunus o‘g‘lining faoliyati tahlil qilinib, yoshlarni band qilish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, iqtidor va qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan loyihalar hamda tashabbuslar bilan tanishildi. Shuningdek, yoshlarning murojaatlari bilan ishlash, muammolarini aniqlash va ularga amaliy ko‘mak ko‘rsatish, yoshlarni kasb-hunar o‘rganishga yo‘naltirish borasidagi ishlar yuzasidan fikr almashildi. Deputat tomonidan ushbu yo‘nalishdagi ishlarni yanada takomillashtirish, yoshlar bilan individual ishlash tizimini kuchaytirish hamda aniqlangan masalalar bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar berildi. Mazkur yo‘nalishdagi deputatlik nazoratini tashkiliy jihatdan ta’minlash ishlari Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Z. Temirova tomonidan amalga oshirilmoqda.
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi axborot xizmati
Telegram . Instagram . Facebook . Youtube . E-kengash

#qonun_19_1_modda #doimiy_komissiya #deputatlik_nazorati #tavsiyalar Turkiston MFY hududidagi obodonlashtirish ishlari ko‘zdan kechirildi Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati J. To‘rayev tomonidan Turkiston MFY hududida yaratilayotgan obodlik muhiti, ko‘chalar va umumiy foydalanish joylarining sanitariya holati hamda hududni tartibga keltirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishildi. Tashrif davomida mahalladagi tozalik va ozodalikka rioya etilishi, chiqindilarni boshqarish tizimi, obodonlashtirish tadbirlarining bajarilishi hamda aholiga qulay sharoit yaratish borasidagi ishlar tahlil qilindi. O‘rganish jarayonida hududni yanada obod qilish, sanitariya holatini doimiy nazoratda ushlab turish, aniqlangan masalalarni tezkor bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi. Mazkur yo‘nalishdagi ishlar hudud deputati J. To‘rayev tomonidan deputatlik nazorati doirasida davom ettirilib, deputat faoliyatini tashkiliy jihatdan ta’minlash ishlari Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Z. Temirova tomonidan amalga oshirilmoqda.
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi axborot xizmati
Telegram . Instagram . Facebook . Youtube . E-kengash