Quyi Sirdaryo ITHB | Rasmiy kanal💦
Open in Telegram
🏷Quyi Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasining rasmiy telegram sahifasi 🏢Manzil: 120100, Sirdaryo viloyati Guliston shahar Xondamir ko'chasi-127. ☎️ +998 (67) 225-00-30 Murojaat uchun: @QuyiSirdaryo_bot
Show more236
Subscribers
-124 hours
-27 days
No data30 days
Posts Archive
Repost from Matbuot kotibi - Suv xo‘jaligi vazirligi
#сув_фонди_ерлари
#аукцион #участка #туристик_хизматлар
#Сирдарё
❗️Сирдарё дарёси минтақаси майдонида янги туристик лойиҳалар учун имконият!
⏺️ Учaсткалар «E-auksion» савдо платформасига жойлаштирилди.
📍 Сирдарё вилояти, Сирдарё тумани, «Тараққиёт» МФЙ ҳамда Сохил СИУ ҳудудидан оқиб ўтувчи Сирдарё дарёси минтақаси майдонида туристик хизматларни ташкил этиш учун мўлжалланган сув фонди ер участкалари тадбиркорлик субъектларига электрон аукцион орқали реализация қилинмоқда. ⏺️ Савдо санаси: 2026 йил 7–14 сентябрь. ⏺️ Лотлар билан батафсил танишиш учун қуйидаги ҳаволаларга ўтинг: 13-участка: https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=24849056 14-участка: https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=24849060 15-участка: https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=24849063 16-участка: https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=24849045 17-участка: https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=24849068 18-участка: https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=24872951 19-участка: https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=24849070 46-участка: https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=24976986 47-участка: https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=24976988 48-участка: https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=24976989 49-участка: https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=24976991 50-участка: https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25008507 51-участка: https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=24976994 52-участка: https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=24976996 53-участка: https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=24976998🔴 Туризм инфратузилмасини ривожлантиришга ўз ҳиссангизни қўшинг ва янги инвестиция имкониятларидан фойдаланинг. ✅Бизни ижтимоий тармоқларда кузатиб боринг: 🌐Web-sayt | 📹Telegram | 📹You Tube
Repost from Ekspluatatsiya agentligi
Suvni tejashda eng muhim qadam nima?
O‘zbekiston Respublikasi Suv xo'jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari – Suv xo‘jaligi obyektlarini ekspluatatsiya qilish agentligi direktori - Zokir Ishpulatov "O'zbekiston-2030" strategiyasining 62-maqsadi haqida!
✅Agentlikning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga obuna bo‘ling! 📱Telegram |📱 Facebook | 📱Instagram 📱YouTube
Repost from Suv xo'jaligi vazirligi
#TomchilatibSugorish
TOMCHILATIB SUG‘ORISHNI QACHON TO‘XTATISH KERAK?
🌱 Sug‘orishning asosiy maqsadi — suvni o‘simlikning ildiz zonasiga yetkazish.
💧 Suv ildiz qatlamidan ortiqcha chuqurlikka o‘tib ketsa, uning bir qismi o‘simlik tomonidan samarali foydalanilmasligi mumkin.
📌 Shu sababli sug‘orish davomiyligi tuproq turi, ekinning rivojlanish bosqichi va suvga bo‘lgan ehtiyojiga qarab belgilanadi.
🌤 Hududingizdagi sug‘orish me’yorlarini kanalimizda muntazam berib boriladigan #Meteopost ma’lumotlaridan ko‘rishingiz mumkin.
💡 Ko‘proq suv — har doim ham yaxshiroq sug‘orish degani emas.
😎 TELEGRAM|📱"TOMCHI" MI|😎 YOUTUBE | 😎 FACEBOOK |🤑 SAVOLLAR |📱 INSTAGRAM
+3
#kuz_qish_mavsumi
SIRDARYODA KUZGI-QISHKI MAVSUM: IRRIGATSIYA VA MELIORATSIYA OBYEKTLARI YANGI MAVSUMGA HOZIRLANMOQDA
Suv resurslaridan oqilona va samarali foydalanish, irrigatsiya-melioratsiya tarmoqlarining texnik holatini yaxshilash hamda kelgusi sug‘orish mavsumini barqaror tashkil etish maqsadida suv xo‘jaligi obyektlarida kuzgi-qishki mavsum doirasida keng ko‘lamli ta’mirlash, tozalash va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Sirdaryo viloyatida ham irrigatsiya va melioratsiya tarmoqlarini kuzgi-qishki mavsumda tayyorlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilanib, ishlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirishga kirishildi.
Belgilangan rejaga muvofiq, viloyat hududida 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumida jami 170 kilometr xo‘jaliklararo irrigatsiya tarmoqlarini tozalash ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, xo‘jalik ichki sug‘orish tarmoqlarining 445 kilometri mexanizmlar yordamida, 2 122 kilometri esa qo‘l kuchi bilan tozalanadi.
Bundan tashqari, qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarining meliorativ holatini yaxshilash, kollektor-drenaj tarmoqlarining samarali ishlashini ta’minlash maqsadida 670 kilometr melioratsiya tarmoqlarida tozalash ishlari amalga oshiriladi.
Mazkur ishlarni sifatli va belgilangan muddatlarda bajarish uchun hududlarda 45 dona maxsus texnika jalb etilgan.
Zero, bugun bajarilayotgan har bir tozalash, ta’mirlash va tiklash ishlari — kelgusi sug‘orish mavsumining barqaror va samarali o‘tishi uchun yaratilayotgan muhim zaminidir.➡️Batafsil_o'qish_uchun ✅Quyi Sirdaryo ITHB matbuot xizmati 😎Telegram |🌐Web-site😎YouTube | 😎Facebook
#SuvKodeksi
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Videorolik
💧 ✍️ SUV KODEKSIGA SHARH|QAYSI SUV OBYEKTLARI ALOHIDA MUHOFAZA QILINADI?
📖 O‘zbekiston Respublikasi Suv kodeksining 10-moddasida muhofaza etiladigan tabiiy hududlardagi suv obyektlari belgilangan.
🌿 Ular jumlasiga davlat qo‘riqxonalari, tabiat va milliy bog‘lar, biosfera rezervatlari, landshaft hududlari, davlat tabiat yodgorliklari, shuningdek, boshqa muhofaza etiladigan tabiiy hududlardagi suv obyektlari kiradi.
🛡 Bunday suv obyektlaridan foydalanishda, avvalo, ularni muhofaza qilish, tabiiy holatini saqlash va ekologik muvozanatni ta’minlash ustuvor hisoblanadi.
Ayrim hududlarda xo‘jalik faoliyati cheklanishi yoki taqiqlanishi mumkin. Rekreatsiya, turizm va ilmiy tadqiqotlar esa hududning muhofaza rejimiga muvofiq amalga oshiriladi.Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X
#qovun_sayli
SIRDARYODA “QOVUN SAYLI” BAYRAM TADBIRI KO‘TARINKI RUHDA O‘TKAZILDI
Sirdaryo viloyatida xalqimizning milliy qadriyatlari, dehqon va fermerlar mehnati hamda yurtimizda yetishtirilayotgan mo‘l-ko‘l hosilni keng targ‘ib etishga qaratilgan an’anaviy “Qovun sayli” bayram tadbiri yuqori saviyada tashkil etildi.
Tadbirda qishloq va suv xo‘jaligi sohasi vakillari, fermer va dehqonlar, tadbirkorlar hamda keng jamoatchilik vakillari faol ishtirok etdi.
Bayram tadbirida suv xo‘jaligi sohasi uchun alohida joy ajratilib, mazkur hudud Quyi Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi rahbari va xodimlari tomonidan yuqori did bilan bayramona bezatildi.
Ajratilgan maydonda qovun, tarvuz va boshqa poliz mahsulotlaridan chiroyli kompozitsiyalar yaratilib, suv va mehnat orqali mo‘l hosil yetishtirilishi mazmunini aks ettiruvchi ko‘rgazmali bezaklar hamda rasmlar joylashtirildi.
Bu orqali suvning qishloq xo‘jaligidagi muhim o‘rni va mo‘l hosil yetishtirishdagi ahamiyati o‘ziga xos tarzda namoyish etildi.
🇺🇿🅰 Давлатимиз раҳбари раислигида ўтказилган видеоселекторда Сирдарё вилояти ҳокими Эркинжон Турдимовнинг самимий фикрлари👇
Канал👉 @SirdaryoSadosi
↗️
Repost from Rasmiy axborot
+1
“Jo'yzar” kanalini betonlashtirish natijasida 12,0 mln kub metr suv iqtisod qilinadi
Joriy yil may oyida Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Buxorodagi qarovsiz holdagi “Jo'yzar” kanalini ko'zdan kechirgan edi.
Bugun Saida Shavkatovna Buxoro viloyatiga tashrifi davomida “Jo'yzar” kanalida olib borilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi. Tashrif davomida kanalni betonlashtirish orqali suv yo‘qotishlarini kamaytirish, uning suv o‘tkazish quvvatini oshirish hamda aholi va qishloq xo‘jaligi yerlarini barqaror suv bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarning borishini o‘rgandi.
Hozirda ushbu kanalning 10 km qismida tuproq ishlari, shundan 9 km qismida betonlashtirish ishlari to‘liq amalga oshirildi.
Kanal bilan bog'liq qurilish ishlari yakunlangandan so'ng:
✅ yiliga 12,0 mln m³ suvni iqtisod qilish;
✅13,7 ming xonadonni ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash;
✅ kanalning suv o‘tkazish quvvatini 60 foizga oshirish;
✅ 349 ta fermer xo‘jaligining 8,5 ming gektar ekin maydoni hamda 2,8 ming gektar tomorqalarining suv ta’minotini yaxshilash imkoniyati yuzaga kelishi kutilmoqda.
“Jo'yzar” kanalining betonlashtirilishi natijasida suv yo‘qotishlarining sezilarli kamayishi, minglab xonadonlar va qishloq xo‘jaligi yerlarining suv ta’minoti yaxshilanishi hudud taraqqiyotida muhim qadam bo‘ladi.
https://t.me/Rasmiy_axborot_official/17665
Repost from Saida Mirziyoyeva
+9
Buxoro viloyatiga yana keldik — may oyida belgilangan rejalar ijrosini, natijalarini ko‘zdan kechirmoqdamiz.
“Jo‘yzar” kanalining 9 kilometrlik qismi betonlashtirildi (yana 10 kilometrida jarayon davom etmoqda). Bu yiliga 12 million kub metr suvni tejash imkonini beradi. Shu yerning o‘zida baliqchilik xo‘jaligi ham ishga tushirildi. “Shayxoncha” mahallasida 240 o‘rinli zamonaviy bog‘cha barpo etildi.
Shuningdek, turizm sohasidagi yangi loyihalar — “Afshona” majmuasi, etno-uylar, “Jo‘yi Muliyon” kanalini tiklash, yangi aeroport yaqinidagi mehmonxonalar va klaster masalalari muhokama qilindi. Asosiy maqsad yiliga 10 million sayyohni jalb qilib, Buxoroni shunchaki tranzit hudud emas, balki to‘laqonli sayohat maskaniga aylantirishdir.
Tashrifimiz yakunida Buxoroi sharifning “Yetti pir” qadamjolarini ziyorat qildik.
—
Снова в Бухарской области — оцениваем результаты майских обсуждений.
На канале Жуйзар забетонировали 9 км (ещё 10 км в работе), что сэкономит 12 млн кубометров воды в год. Рядом уже работает рыбное хозяйство. В махалле «Шайхонча» возвели новый современный детсад на 240 мест.
Также обсудили новые туристические проекты: комплекс «Афшона», этнодома, восстановление канала Жуйи Мулиён, гостиницы и кластер у нового аэропорта. Цель — привлекать 10 млн туристов в год, и чтобы Бухара стала для них полноценным
путешествием, а не просто транзитной точкой.
Завершили визит посещением святынь — семи пиров Бухары.
🧠🏆 SIRDARYO VILOYATIDA “ZAKOVAT” INTELLEKTUAL MUSOBAQASINING VILOYAT BOSQICHI O‘TKAZILDI
Bugun Sirdaryo viloyatida Suv xo‘jaligi vazirligi tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlar o‘rtasida “Zakovat” intellektual musobaqasining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqaning asosiy maqsadi — tizim xodimlarining intellektual salohiyatini namoyon etish, ularning mantiqiy va tezkor fikrlash qobiliyatini oshirish, jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini mustahkamlash hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishdan iborat.
Intellektual bellashuvda Sirdaryo viloyatidagi turli tashkilot va muassasalardan saralangan 13 ta jamoa ishtirok etdi. Jamoalar murakkab va qiziqarli savollar asosida o‘z bilim va zukkoliklarini sinovdan o‘tkazdilar.
Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslar yakuniga ko‘ra:
🥇 1-o‘rin — Quyi Sirdaryo ITHB huzuridagi Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi jamoasi;
🥈 2-o‘rin — Quyi Sirdaryo ITHB huzuridagi Meliorativ ekspeditsiya jamoasi;
🥉 3-o‘rin — Xovos tuman SYBX DM jamoasi.
🏅 Bellashuv yakunida g‘olib va sovrindor jamoalarga diplomlar, musobaqaning boshqa ishtirokchilariga esa esdalik sovg‘alari topshirildi.
Ta’kidlash joizki, bunday intellektual tadbirlar nafaqat xodimlarning bilim va dunyoqarashini boyitish, balki ular o‘rtasida o‘zaro hamjihatlik, sog‘lom raqobat va jamoaviy ruhni yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.
📚🧠 Zakovat — bilim, tafakkur va jamoaviy harakat uyg‘unligi!
Barcha g‘olib va ishtirokchilarni muborakbod etamiz hamda kelgusi bosqichlarda ham muvaffaqiyatlar tilaymiz!
✅Quyi Sirdaryo ITHB matbuot xizmati
😎Telegram |🌐Web-site😎YouTube | 😎Facebook
Sirdaryo viloyati
⚽ «SUV XO‘JALIGI VAZIRI KUBOGI» — MINTAQAVIY BOSQICH YAKUNLANDI!
Suv xo‘jaligi vazirligi va uning tizim tashkilotlari xodimlari o‘rtasida sportning futbol turi bo‘yicha o‘tkazilayotgan «Suv xo‘jaligi vaziri kubogi» musobaqasining mintaqaviy bosqichi Sirdaryo viloyatida yuqori saviyada tashkil etildi.
Musobaqada Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarining suv xo‘jaligi xodimlaridan tashkil topgan jamoalar o‘zaro kuch sinashdilar.
Musobaqa davomida jamoalar g‘alaba uchun maydonda bor kuch va mahoratlarini namoyon etib, tomoshabinlarga shiddatli va murosasiz futbol bahslarini taqdim etdilar.
🏆 Musobaqa yakuniga ko‘ra g‘oliblar:
🥇 I o‘rin — Quyi Sirdaryo ITHB jamoasi
🥈 II o‘rin — Chirchiq–Ohangaron ITHB jamoasi
🥉 III o‘rin — Sirdaryo–Zarafshon ITHB jamoasi
✨ Eng asosiy yangilik!
Musobaqada munosib g‘alaba qozongan Quyi Sirdaryo ITHB jamoasi «Suv xo‘jaligi vaziri kubogi» musobaqasining keyingi bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi!
Barcha g‘olib va sovrindor jamoalarni munosib natija bilan muborakbod etamiz! Ularga kelgusi bosqichlarda ham yuqori natijalar, muvaffaqiyat va yangi g‘alabalar tilaymiz! 🏆⚽
✅Quyi Sirdaryo ITHB matbuot xizmati
😎Telegram |🌐Web-site😎YouTube | 😎Facebook
#Hayvonlarni_asrang
Hayvonga ozor berish — kuchlilik emas.
Uni himoya qilish, asrash va parvarishlash — haqiqiy insoniylikdir.
Mehrning tili bo‘lmaydi.
Uni bir nigohdan, bir harakatdan, bir yaxshilikdan anglash mumkin.
Befarq bo‘lmang!
Hayvonlarga mehr ko‘rsating — ular ham mehrni his qiladi!✅Quyi Sirdaryo ITHB matbuot xizmati 😎Telegram |🌐Web-site 😎YouTube | 😎Facebook
+2
🆘 Kanal va suv tejovchi sug‘orish texnologiyalari hovuzlarida cho‘milmang — hayotingizni xavf ostiga qo‘ymang!
Bugungi kunda suv tejaydigan sug‘orish texnologiyalari qishloq xo‘jaligida suv resurslaridan oqilona foydalanish, suv sarfini sezilarli darajada kamaytirish hamda ekinlar hosildorligini oshirishga xizmat qilayotgan eng samarali texnologiyalardan biri hisoblanadi. Mazkur texnologiyalarni keng joriy etish orqali suv resurslarini 40–50 foizgacha tejash, sug‘orish samaradorligini oshirish va suv tanqisligi sharoitida barqaror qishloq xo‘jaligini rivojlantirish imkoniyati yaratilmoqda.
Biroq yoz faslida havo haroratining keskin ko‘tarilishi va cho‘milish mavsumining boshlanishi sababli ayrim fuqarolar sug‘orish kanallari hamda suv tejaydigan sug‘orish texnologiyalariga xizmat qiluvchi suv hovuzlarida cho‘milishga urinmoqda. Bu esa insonlarning hayoti va sog‘lig‘i uchun jiddiy xavf tug‘dirib, baxtsiz hodisalar hamda og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Shu munosabat bilan Sirdaryo viloyatida barcha tumanlar hududida suvchilar tomonidan suv tejaydigan sug‘orish texnologiyalariga xizmat qiluvchi hovuzga ega fermer xo‘jaliklari hamda agroklasterlarda xavfsizlik choralarini kuchaytirish ishlari olib borilmoqda.
Jumladan, hovuz va tindirgichlar atrofi Yevro panjaralar bilan o‘rab olinishi, “Cho‘milish taqiqlanadi” mazmunidagi ogohlantiruvchi belgilar o‘rnatilishi hamda aholi o‘rtasida cho‘milishning xavfli oqibatlari yuzasidan keng ko‘lamli targ‘ibot-tashviqot ishlari tashkil etilmoqda.
Xususan, Sayxunobod tumanida faoliyat olib borayotgan “Sayxun bahori”, “Daler” va “Nodir” fermer xo‘jaliklarida olib borilgan ogohlantirish ishlari natijasida hovuz atroflari panjara bilan o‘ralib, cho‘milish mumkin emas nomli ogohlantiruvchi belgilari bilan jihozlandi.
✅Quyi Sirdaryo ITHB matbuot xizmati
😎Telegram |🌐Web-site 😎YouTube | 😎Facebook
Repost from Suv xo'jaligi vazirligi
💧Suvni asrashni bugundan boshlaylik
Suv – hayot manbai bo‘lib, uni asrash va oqilona foydalanish har birimizning muhim burchimizdir. Bugungi kunda suv resurslaridan samarali foydalanish, isrofning oldini olish hamda atrof-muhitni muhofaza qilish ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
+3
SUV XO‘JALIGI VAZIRI O‘RINBOSARI BOYOVUT TUMANIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZDI
Boyovut tumani hokimligi binosida O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari M.Karimov ishtirokida fermer xo‘jaliklari hamda agroklaster rahbarlari uchun sayyor qabul tashkil etildi.
Qabul davomida fermerlar va agroklaster rahbarlari tomonidan suv ta’minoti, irrigatsiya tarmoqlaridan foydalanish, meliorativ holatni yaxshilash hamda sohaga oid boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar tinglandi.
Har bir murojaat atroflicha ko‘rib chiqilib, amaldagi qonunchilik doirasida huquqiy va amaliy tushuntirishlar berildi. Tezkor hal etilishi mumkin bo‘lgan murojaatlar joyida ijobiy yechim topdi. Qo‘shimcha o‘rganish va muayyan muddat talab etadigan masalalar yuzasidan esa mas’ul tashkilotlar rahbarlariga aniq topshiriqlar berilib, ularning ijrosi qat’iy nazoratga olindi.
Sayyor qabuldan ko‘zlangan asosiy maqsad aholi va tadbirkorlik subyektlari, xususan fermer xo‘jaliklari hamda agroklasterlar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularni qiynayotgan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish va sohaga oid masalalarni tizimli hal etishdan iborat bo‘ldi.
😁Quyi Sirdaryo ITHB matbuot xizmati
😎Telegram |🌐Web-site
😎YouTube | 😎Facebook
