en
Feedback
Farg'ona viloyati avtomobil yo'llari bosh boshqarmasi

Farg'ona viloyati avtomobil yo'llari bosh boshqarmasi

Open in Telegram

Фарғона вилояти автомобиль йўллари бош бошқармаси 📞 (99873) 226 39 46

Show more
576
Subscribers
-124 hours
-57 days
-730 days
Posts Archive
#Fargʻona_viloyati #Jarayon 🛣Yo‘l qurilish ishlari sifati nazorat qilinmoqda. 👆Furqat tumanidagi 40V092 “Yaypan sh. temiryo
+3
#Fargʻona_viloyati #Jarayon 🛣Yo‘l qurilish ishlari sifati nazorat qilinmoqda.
👆Furqat tumanidagi 40V092 “Yaypan sh. temiryo‘l bekati – Abdusamad q.” avtomobil yo‘lining 8–10-km oralig‘ida, "Jangketmon" MFY hududida, shuningdek, 40V063 “Sho‘xay q. – Ittifoq q. – Do‘stlik q.” avtomobil yo‘lining 2–4-km oralig‘ida, "Chekchuvaldoq" MFY hududida olib borilayotgan yo‘l qurilish ishlari sifati o‘rganilmoqda. ➡️Mazkur yo‘llarda asfalt qoplamasini yangidan qurish hamda zamonaviy piyodalar yo‘lakchalarini barpo etish ishlari tuman hokimi tashabbusi bilan tegishli dasturga kiritilgan bo‘lib, ayni vaqtda qurilish ishlari belgilangan talablar asosida olib borilmoqda. ➡️Mazkur jarayon Furqat tumani hokimi, Furqat TYFDM direktori, tuman mas’ul xodimlari hamda hamkor tashkilotlar vakillari ishtirokida joyiga chiqqan holda nazorat qilmoqdalar. ➡️Yo‘l qurilishining har bir bosqichida sifat va xavfsizlik masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Telegram | Facebook |📹You Tube |🌐  Website |▪️ Instagram

HAYDOVCHILAR DIQQATIGA! Farg'ona shahridan Farg'ona tuman markazi vodil qishlog'iga harakat yo'nalishidagi shahar hududidan c
+3
HAYDOVCHILAR DIQQATIGA! Farg'ona shahridan Farg'ona tuman markazi vodil qishlog'iga harakat yo'nalishidagi shahar hududidan chiqish qismidagi D-090 «Farg‘ona shahri – Vodil qishlog‘i – Shohimardon qishlog‘i» avtomobil yo‘lining 4–9 km qismida ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Shu munosabat bilan mazkur yo‘l qismidan harakatlanayotgan barcha haydovchilardan ehtiyotkorlik choralariga qat’iy rioya qilish, belgilangan harakat tezligini oshirmaslik, yo‘l belgilari hamda vaqtinchalik yo‘l harakati tartibi talablariga amal qilish so‘raladi. Hurmatli haydovchilar! Ta’mirlash ishlari olib borilayotgan hududda ishchilar va maxsus texnikalar harakatlanishi mumkin. O‘zingiz hamda boshqa yo‘l harakati ishtirokchilarining xavfsizligini ta’minlash maqsadida mazkur yo‘l qismida yuqori darajada ehtiyotkorlik bilan harakatlanishingizni so‘raymiz. Vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. Tushunishingiz va hamkorligingiz uchun tashakkur!

#Fargʻona_viloyati #YOʻL_ODAMI —Yo‘lda ishlab, oilamni halol boqdim,—deydi Yozyovon TYFDM yo‘l ishchisi Dilmurod Jo‘rayev. Telegram | Facebook |📹You Tube |🌐  Website |▪️ Instagram

#Xorazm_viloyati #Press-tur 🛣O‘zbekistonning birinchi “Urganch-Xiva” avtomobil yo‘lida o‘tkazilgan Press-turning batafsil tafsilotlari. Telegram | Facebook |📹You Tube |🌐  Website |▪️ Instagram

🚧 Avtomobil yo‘llaridagi yoriqlarni bartaraf etish bo‘yicha sinov ishlari amalga oshirildi Avtomobil yo‘llari qoplamalarining texnik holatini saqlash, ularning xizmat muddatini uzaytirish hamda ekspluatatsiya samaradorligini oshirish maqsadida yo‘l qoplamalaridagi yoriq va tirqishlarni sanaatsiya qilish bo‘yicha amaliy sinov ishlari o‘tkazildi. Sinov jarayonida yo‘l qoplamalaridagi yoriqlarni yamash uchun mo‘ljallangan ED-235NG-03 ixtisoslashtirilgan mashinasidan foydalanildi. Shuningdek, mahalliy ishlab chiqarilgan bitum mastikasi yordamida yoriqlarni gidroizolyatsiya qilish ishlari amalga oshirildi. Mazkur texnologiya atmosfera yog‘inlari va yer usti suvlarining qoplama qatlamlariga kirib borishini oldini olish, qoplamaning muddatidan oldin yemirilishini kamaytirish hamda avtomobil yo‘llarining xizmat muddatini uzaytirishga xizmat qiladi. ✅ Yo‘l qoplamasining mustahkamligi oshiriladi; ✅ Ta’mirlash xarajatlari kamaytiriladi; ✅ Harakat xavfsizligi va qulayligi ta’minlanadi; ✅ Mahalliy materiallardan samarali foydalanishga erishiladi. Telegram | Facebook |📹You Tube |🌐  Website |▪️ Instagram

#FARGʻONA_VILOYATI #MUSTAQILLIK_OBYEKTLARI ❤️‍🔥Mustaqillik to‘yiga munosib tuhfa: Quva tumanining "Baynalmilal" mahallasida ichki yo‘llar asfalt qilinmoqda. 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining qutlug‘ 35 yilligi arafasida butun yurtimiz bo‘ylab ulkan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari qizg‘in davom etmoqda. Ana shunday ezgu ishlarning amaliy ifodasi sifatida Farg‘ona viloyati Quva tumani "Baynalmilal" MFY hududidagi ichki ko‘chalarda keng ko‘lamli asfalt yotqizish ishlari olib borilmoqda. Ko‘p yillardan buyon ta’mirtalab bo‘lib qolgan, ayniqsa qish va bahor oylarida aholiga qiyinchilik tug‘dirgan ichki yo‘llar bugun ravon, zamonaviy va ko‘rkam qiyofaga kirmoqda. Bu o‘zgarishlar hudud aholisi, ayniqsa nuroniylar va bolajonlarga haqiqiy bayramona quvonch ulashdi. Telegram | Facebook |📹You Tube |🌐  Website |▪️ Instagram

#Fargʻona_viloyati #videoklip 🇺🇿 Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz! Telegram | Facebook |📹You Tube |🌐  Website |▪️ Instagram

#FARGʻONA_VILOYATI #EʻTIROF 🛣YO‘LSOZLAR MEHNATI E’ZOZLANDI 🛣Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi J. Tursunov tomonidan Farg‘ona viloyati Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasi tizimidagi tashkilotlarda fidokorona mehnat qilib kelayotgan bir guruh xodimlar tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi. 💥Boshqarma boshlig‘i X. Ketmonov tomonidan mazkur tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari o‘z egalariga topshirildi. Telegram | Facebook |📹You Tube |🌐  Website |▪️ Instagram

#Qutlov  #Tavallud_ayyom_muborak Hurmatli Egamberdiyev Yunus Umarovich!Farg‘onayo‘lkokalam” unitar korxonasi direktori! Sizni tavallud ayyomingiz bilan samimiy muborakbod etamiz! Sizga avvalo mustahkam sog‘liq, oilaviy xotirjamlik, uzoq umr, baxt-saodat va farovon hayot tilaymiz. Mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan zafarlar, yangi yutuqlar va omad doimo hamrohingiz bo‘lsin. El-yurt ravnaqi, obodonlik va bunyodkorlik yo‘lidagi sharafli mehnatingiz samarasi yanada ziyoda bo‘lib, jamoangiz orasida hurmat va e’tiboringiz bundan-da yuksalaversin.

Farg‘onada fidoyi yurtdoshlarimiz “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi Vi
+1
Farg‘onada fidoyi yurtdoshlarimiz “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi Viloyat hokimligida mamlakatimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi va Yangi O‘zbekiston ravnaqi yo‘lida samarali mehnat qilib kelayotgan bir guruh fidoyi yurtdoshlarimizni “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tantanali tadbirda davlat va jamoat hayotining turli sohalarida, jumladan, transport va yo‘l infratuzilmasini takomillashtirishga munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir qator yurtdoshlarimizning mehnati munosib e’tirof etildi. Quvonarlisi, ushbu yuksak e’tirofga Farg‘ona viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi boshlig‘i Xasanboy Ketmonov ham sazovor bo‘ldi. Mazkur mukofot yo‘l sohasida ko‘p yillik fidokorona mehnat, mas’uliyat va viloyat avtomobil yo‘llari infratuzilmasini rivojlantirish yo‘lidagi xizmatlarning munosib e’tirofidir. Hurmatli Ketmonov Xasanboy Esonovich ushbu yuksak mukofot bilan samimiy muborakbod etamiz!

#FARGʻONA_VILOYATI #EʻTIROF ❤️‍🔥Farg‘ona viloyatida “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishonlar
+4
#FARGʻONA_VILOYATI #EʻTIROF   ❤️‍🔥Farg‘ona viloyatida “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishonlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.   🤔Farg‘ona viloyati Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasi va uning tarkibidagi korxonalarda faoliyat olib borayotgan, viloyatda yo‘l infratuzilmasini rivojlantirishda faollik ko‘rsatib kelayotgan 54 nafar yo‘lsozlar ham mazkur esdalik nishoni bilan taqdirlandi. Telegram | Facebook |📹You Tube |🌐  Website |▪️ Instagram

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Furqat tuman yo‘llardan foydalanish davlat muassasasida mehnat qilayotgan ishchi-xodimlar uchun bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbir davomida xodimlar uchun bayram dasturxoni yozilib, ularning yo‘l xo‘jaligi sohasidagi fidokorona mehnati alohida e’tirof etildi. Faol va namunali mehnat qilayotgan ishchi-xodimlarga tashakkurnomalar hamda esdalik sovg‘alari topshirildi. Tadbirda Furqat tumani hokimi hamda Farg‘ona viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi boshlig‘i so‘zga chiqib, barcha yo‘lsozlarni va soha xodimlarini ulug‘ bayram — Mustaqillikning 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etdilar. Farg‘ona viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi matbuot xizmati. 🔔Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: Telegram |Facebook | 🌐 Website

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Furqat tuman yo‘llardan foydalanish davlat muassasasida mehnat qilayotgan ishchi-xodimlar uchun bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbir davomida xodimlar uchun bayram dasturxoni yozilib, ularning yo‘l xo‘jaligi sohasidagi fidokorona mehnati alohida e’tirof etildi. Faol va namunali mehnat qilayotgan ishchi-xodimlarga tashakkurnomalar hamda esdalik sovg‘alari topshirildi. Tadbirda Furqat tumani hokimi hamda Farg‘ona viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi boshlig‘i so‘zga chiqib, barcha yo‘lsozlarni va soha xodimlarini ulug‘ bayram — Mustaqillikning 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etdilar. Farg‘ona viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi matbuot xizmati. 🔔Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: Telegram |Facebook | 🌐 Website

#FARGʻONA_VILOYATI #MEN_YOʻLCHIMAN 🛣«Yo‘lning har bir metrida yo‘lchining mehnati bor» Telegram | Facebook |📹You Tube |🌐  Website |▪️ Instagram

#Videoklip 📌"Yo‘lchi onasi" ☄️Zulfiya Mo‘minova she’ri va ijrosi 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoniga binoan Davlat mukofotlari bilan taqdirlangan yo‘lchilarga bag‘ishlanadi. Telegram | ✅Facebook |📹You Tube |🌐  Website |▪️ Instagram

#Fargʻona_viloyati #Jarayon 🛣“O‘zyo‘lko‘prik” klasteri Farg‘ona viloyati filiali davlat muassasasi tomonidan Fargʻona shahrining A.Temur koʻchasi bilan davlat ahamiyatidagi D 105 "Fargʻona halqa yoʻli" avtomobil yoʻlini bogʻlovchi 3,5 kilometr uzunlikdagi avtomobil yoʻlini qurish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda. Telegram | Facebook |📹You Tube |🌐  Website |▪️ Instagram

#FARGʻONA_VILOYATI #JARAYON 👆Farg‘ona davlat Texnika universiteti professor- o‘qituvchilari hamda Farg‘ona TYFDM bilan birgalikda O‘quv muassasalar oldilarida piyodalarga qulayliklar yaratish maqsadida aqlli svetofor hamda innovatsion piyodalar o‘tish joyi yaratildi. 🗣 Farg‘ona TYFDM tasarrufidagi D090 “Farg‘ona sh. — Vodil k. — Hamzaobod q.” avtomobil yo‘lining 16.5-km qismida joylashgan 55-sonli maktab oldida piyodalar bilan bog‘liq yo‘l transport hodislarining oldini olish maqsadida innovatsion piyodalar o‘tish joyi tashkil qilindi. Telegram | Facebook |📹You Tube |🌐  Website |▪️ Instagram

Furqat tumani yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan 2026–2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik doirasida maktab va makt
+3
Furqat tumani yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan 2026–2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik doirasida maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari oldidagi piyodalar o‘tish joylarini belgilash hamda yo‘l chiziqlarini chizish ishlari amalga oshirilmoqda. Mazkur ishlar yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, ayniqsa, maktab o‘quvchilari va bog‘cha tarbiyalanuvchilarining xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan. Farg‘ona viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi matbuot xizmati. 🔔Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: Telegram |Facebook | 🌐 Website

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasiga murojaat mavzusida qilingan murojaatga asosan qu
Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasiga murojaat mavzusida qilingan murojaatga asosan quyidagilarni ma’lum qilamiz. 2026 yil 17 avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahri hududidagi avtomobil yo‘lida chuqur-chanoqlar yuzaga kelganligi bo‘yicha murojaat tarqaldi. Ushbu murojaat bo‘yicha quidagilarni ma’lum qilamiz. Murojat qilingan videodagi yo‘l umumiy foydalanishdagi D087 “Marg‘ilon sh.-Quva sh.-Marhamat sh.-Qirg‘iziston Respublikasi chegarasi” avtomobil yo‘lining 2-6 km lar oralig‘i bo‘lib, avtomobil yo‘li ostidan o‘tgan ichimlik suvi tarmog‘ida yuz berayotgan avariyalar tufayli avtomobil yo‘lining ayrim qismlarining qoplamasida cho‘kish, qoplamaning zararlanish holatlari kuzatilmoqda. Shu sababli xozirgi kunda yo‘lga xizmat ko‘rsatuvchi Farg‘ona tuman yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan avtomobil yo‘lini ta’mirlash borasida qurilish materiallarini zahirasini yaratish borasida ishlar olib borilmoqda. Ta’mirlash ishlari joriy yilning sentyabr oyi yakuniga qadar yakunlanishi rejalashtirilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda YO‘L O‘PIRILDI, ODAMLAR JAROHAT OLDI, MASHINA SHIKASTLANDI, LEKIN ZARAR HALIGACHA QOPLANMADI mavzusida q
Ijtimoiy tarmoqlarda YO‘L O‘PIRILDI, ODAMLAR JAROHAT OLDI, MASHINA SHIKASTLANDI, LEKIN ZARAR HALIGACHA QOPLANMADI mavzusida qilingan murojaatga asosan quyidagilarni ma’lum qilamiz. 2025 yil 24 fevral kuni Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumani Qaxat MFY xududidan o‘tgan D105 “Farg‘ona xalqa yo‘li” avtomobil yo‘lining 286 km qismida chamasi soat 06-15 larda Katta Farg‘ona kanalida suv satxining ko‘tarilishi natijasida, yo‘l poyi ostidan chamasi 3 metrdan ortiq chuqurlikda, yo‘lning o‘ng tomonida joylashgan kanalning yuqori sathidan chamasi 5 metr chuqurlikdagi zovurga suv sizib o‘tishi natijasida, yo‘l poyi ostida bo‘shliq hosil bo‘lishi, asfaltobeton qoplamaning buzilishi va cho‘kishiga olib kelgan tabiiy ofat hodisasi yuz bergan. Bu xaqda  Farg‘ona viloyati  toshqinga qarshi viloyat  komissiyasining tegishli  xulosasi belgilangan  dalolatnomasi  hamda Farg‘ona viloyati hokimining tegishli qarori mavjud. Shu kunning o‘zida transport vositalarini harakat xavfsizligini ta’minlash, yo‘l transport hodisalarini oldini olish maqsadida yo‘lning cho‘kish paydo bo‘lgan qismini berkitib, transport vositalari xarakati yo‘nalishini D 105 “Farg‘ona halqa yo‘li” avtomobil yo‘lining Qirqvolida MFY hududi 279 km qismidan Maxalliy axamiyatdagi 40 V 088 A, 40 V 045, 40 V 046 avtomobil yo‘llari orqali D 105 “Farg‘ona xalqa yo‘l” avtomobil yo‘lining 288 km qismga xarakatlanish belgilangan. Bunda tegishli yo‘l belgilar o‘rnatilgan holda, IIB JXX YHXB bilan kelishilgan sxema asosida avtomobillarni xarakati tashkil qilingan. Shu bilan bir qatorda toshqinga qarshi viloyat komissiyasining xulosasi hamda Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumani hokimining  tegishli qaroriga asosan ob’ektda qurilish ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Bundan tashqari ushbu holat yuzasidan Bog‘dod tumani IIB tomonidan o‘rnatilgan tartib asosida  jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, hamda belgilangan muddatlarda qonuniy tartibda ko‘rib chiqilganligini ma’lum qilamiz.