Farg'ona viloyati avtomobil yo'llari bosh boshqarmasi
Открыть в Telegram
Фарғона вилояти автомобиль йўллари бош бошқармаси 📞 (99873) 226 39 46
Больше569
Подписчики
Нет данных24 часа
-37 дней
-1330 дней
Архив постов
🌍Bir muammo. Bir g‘oya. Haqiqiy o‘zgarish.
Oddiy ko‘ringan muammo — katta o‘zgarishlar sari tashlangan birinchi qadam bo‘lishi mumkin.
Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi tomonidan yo‘lga qo‘yilgan “Byurokratiyasiz O‘zbekiston” jamoatchilik tashabbusi orqali:
✔️ mavjud muammoni ko‘rsating;
✔️ uni hal etish bo‘yicha yechim taklif qiling;
✔️ taklifingizni aniq misol va dalillar bilan asoslang.
Eng dolzarb va amaliy takliflar saralanib, amaliyotga joriy etiladi.
🎙Balki, navbatdagi foydali o‘zgarish aynan sizning taklifingiz bilan boshlanar?
O‘z taklifingizni yuboring!
murojaat.byurokratiyasiz2030.uz
+2
📢 Huquqiy targ‘ibot
#Yozyovon_tumani
Yozyovon TYFDM yuriskonsulti B.A.Murtazayev tomonidan Yozyovon tuman markazida xususiy tadbirkorlik bilan shug'illanuvchi fuqarolarimiz bilan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 08.04.2022 yildagi "Tadbirkorlik muhitini yaxshilash va xususiy sektorni rivojlantirish orqali iqtisodiy o'sish uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi islohotlar " chora-tadbirlari haqidagi PF-101- sonli farmon" ni bo'yicha navbatdagi huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda tadbirkorlarimizga PF-101-sonli farmonini mazmun mohiyati va bu borada tadbirkorlarga berilayotgan keng imtiyozlar shuningdek, fuqarolarimizni ish bilan ta'minlash haqida to'liq ma'lumotlar berildi.
Farg‘ona viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi matbuot xizmati.
🔔Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
✅Telegram |✅Facebook | 🌐 Website
#Qutlov
#Tavallud_ayyom_muborak!
20-sentabr sanasida Fargʻona viloyati avtomobil yoʻllari bosh boshqarmasi xodimi Madaminov Anvarjon Alimuhammad o'g'li 55 yoshni qarshi oldi. U 1971-yilning 20-sentabr sanasida tavallud topgan. Bir necha yildan buyon ushbu sohada faoliyat olib borib, tizim rivojiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda. Tug‘ilgan kun munosabati bilan Madaminov Anvarjon Alimuhammad o'g'li ni Farg‘ona viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi jamoasi qutlaydi. Hurmatli Anvarjon Alimuhammad o'g'li sizga uzoq umr, sihat-salomatlik, ishlaringizda ulkan zafarlar tilaymiz. Masʼuliyatli faoliyatingizda hamisha omad yor bo‘lsin!
Tug‘ilgan kuningiz muborak!
#DAYJEST
✅ Kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazishga tayyorgarlik masalalariga bag‘ishlangan o‘quv seminar tashkil etildi.
✅ Rishton tumani “Istiqlol” MFY hududida joylashgan tadbirkorlar bilan Huquqiy targ‘ibot o'tkazildi
✅ Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik
✅ INFOGRAFIKA
✅ Yo‘l infratuzilmasi yaxshilanmoqda
✅ Farg‘ona viloyati avtomobil yo‘llari hududiy bosh boshqarmasida "Jaholatga qarshi ma’rifat" mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Farg‘ona viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi matbuot xizmati.
Repost from Farg'ona viloyati hokimligi
+2
Farg‘ona viloyati avtomobil yo‘llari hududiy bosh boshqarmasida "Jaholatga qarshi ma’rifat" mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda viloyat hokimining o‘rinbosari Burhonjon Qo‘ldashev so‘zga chiqib, bugungi axborot makonida inson ongi va tafakkuriga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan turli yot g‘oyalardan himoyalanishda ma’rifat va bilimning ahamiyatiga alohida to‘xtaldi.
Shuningdek, aholi o‘rtasida sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhitni shakllantirish, internet va ijtimoiy tarmoqlardan oqilona foydalanish, turli yot g‘oya va axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetni kuchaytirish, milliy qadriyat va urf-odatlarimizni asrab-avaylash masalalari xususida fikrlar bildirildi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga tinchlik va osoyishtalikning qadri, uni asrash har bir insonning mas’uliyati ekanini tarannum etuvchi "Tinchlik qadri" filmi namoyish etildi.
Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
Repost from Farg'ona viloyati hokimligi
+2
#Hududlarda
Yo‘l infratuzilmasi yaxshilanmoqda
Davlatimiz rahbarining tegishli qarori ijrosi doirasida Farg‘ona tumanida yo‘l infratuzilmasini yaxshilash ishlari izchil davom ettirilmoqda.
Jumladan, “Yangi asr” MFY hududidan o‘tuvchi “Farg‘ona–Vodil–Shohimardon” avtomobil yo‘lining 4–6-kilometrlari oralig‘ida 1 ming 800 metr yo‘l asfaltlashtirilib, ta’mirlandi.
Ayni paytda ishlar jadallik bilan davom ettirilib, mazkur hududda jami 2 ming 500 metr yo‘lni asfaltlashtirish rejalashtirilgan.
Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
Repost from Avtomobil yo'llari qo'mitasi
+4
#Fargʻona_viloyati
🚧Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik
🔖Farg‘ona viloyatida 2026—2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, energetika sohasi obyektlarida favqulodda vaziyatlarning oldini olish, fuqaro muhofazasi va yong‘in xavfsizligi sohasidagi tayyorgarlik holatini o‘rganish va uslubiy yordam ko‘rsatish hamda ushbu obyektlarda maxsus-taktik o‘quv mashqlarini o‘tkazish bo‘yicha maxsus texnikalar shayligi tekshirildi.✅Telegram | ✅Facebook |📹You Tube |🌐 Website |▪️ Instagram
+2
📢 Huquqiy targ‘ibot
#Rishton_tumani
Rishton tuman yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi huquqshunosi D.Astonov tomonidan Rishton tumani “Istiqlol” MFY hududida joylashgan tadbirkorlar bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 30.01.2025 yil kungi “Fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini sud orqali himoya qilishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi PQ-33-son Qarorini mazmun-mohiyati bo‘yicha huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Tadbir davomida mavzu yuzasidan tushuntirishlar berib, savollarga batafsil javob berdi.
Farg‘ona viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi matbuot xizmati.
🔔Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
✅Telegram |✅Facebook | 🌐 Website
+9
Farg‘ona viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi tizimidagi Dang‘ara TYFDM da mehnat muhofazasi, texnika xavfsizligi hamda kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazishga tayyorgarlik masalalariga bag‘ishlangan o‘quv seminar tashkil etildi.
Seminar jarayonida yo‘l xo‘jaligi xodimlariga ish joylarida xavfsizlik qoidalariga rioya etish, maxsus ish kiyimlari va shaxsiy himoya vositalaridan samarali foydalanish, shuningdek, yo‘l-qurilish texnikalarini xavfsiz boshqarish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.
Bundan tashqari, kuz-qish mavsumida avtomobil yo‘llarida harakat xavfsizligi va uzluksizligini ta’minlash yuzasidan:
— yo‘l texnikalari va maxsus mashinalarning mavsumiy ishga shay holatini ta’minlash;
— yoqilg‘i-moylash materiallari hamda qum-tuz aralashmalari zaxirasini yetarli darajada shakllantirish
Seminar yakunida xodimlarga mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi talablariga qat’iy amal qilish, shuningdek, kuz-qish mavsumini sifatli va xavfsiz o‘tkazish bo‘yicha tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.
Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bo'yicha o'quv seminar o‘tkazildi.
Farg‘ona viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi tizimidagi Farg‘ona tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasida mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi, shuningdek, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish masalalariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.
Seminar davomida yo‘l xo‘jaligi xodimlariga ish jarayonida mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi talablariga qat’iy rioya qilish, maxsus kiyim va himoya vositalaridan to‘g‘ri foydalanish, yo‘l texnikalarini xavfsiz boshqarish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, kuz-qish mavsumida yo‘llarda xavfsiz va uzluksiz harakatni ta’minlash maqsadida:
— yo‘l texnikalarining mavsumga tayyorligini ta’minlash;
— zarur yoqilg‘i-moylash materiallari va qum-tuz aralashmalari zaxirasini shakllantirish;
— xodimlarning favqulodda holatlarda to‘g‘ri va tezkor harakat qilish ko‘nikmalarini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Repost from Avtomobil yo'llari qo'mitasi
+3
#Farg‘ona_viloyati
📌MEHNAT XAVFSIZLIGINI TA`MINLASH BO‘YICHA TARG‘IBOT ISHLARI OLIB BORILMOQDA
📍Farg‘ona viloyati Avtomobil yo'llari Bosh boshqarmasi tasarrufidagi tuman korxonalarida xodimlarni Vazirlar Mahkamasining VM-454-son hamda VM-819-son qarorlari mazmun-mohiyati bilan tanishtirish va ularning talablarini tushuntirish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.
🗣Maqsad — xodimlar hayoti va sog‘lig‘ini asrash hamda xavfsiz mehnat muhitini ta’minlash.
✅Telegram | ✅Facebook |📹You Tube |🌐 Website |▪️ Instagram
Repost from Avtomobil yo'llari qo'mitasi
#Avtomobil_yoʻllari_qoʻmitasi_raisi_stipendiyasi
🛣Avtomobil yo'llari qo'mitasi raisi stipendiyasi — yo‘l muhandisligi yo‘nalishida tahsil olayotgan iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim va ilmiy salohiyatini rag‘batlantirish maqsadida ta’sis etilgan.
🎓 Nizomga ko‘ra, stipendiyaga “Yoʻl muhandisligi” yo‘nalishi mavjud bo‘lgan oliy ta’lim muassasalarining mazkur yo‘nalishda kunduzgi ta’lim shaklida bakalavriat ta’lim yo‘nalishining 2—4-kurs va magistraturaning 2-kursida tahsil olayotgan talabalar talabgor bo‘lishi mumkin.
🔗STIPENDIYA NIZOMI
✅Telegram | ✅Facebook |📹You Tube |🌐 Website |▪️ Instagram
Repost from Avtomobil yo'llari qo'mitasi
+3
#Fargʻona_viloyati
#Jarayon
🛣Yo‘l qurilish ishlari sifati nazorat qilinmoqda.
👆Furqat tumanidagi 40V092 “Yaypan sh. temiryo‘l bekati – Abdusamad q.” avtomobil yo‘lining 8–10-km oralig‘ida, "Jangketmon" MFY hududida, shuningdek, 40V063 “Sho‘xay q. – Ittifoq q. – Do‘stlik q.” avtomobil yo‘lining 2–4-km oralig‘ida, "Chekchuvaldoq" MFY hududida olib borilayotgan yo‘l qurilish ishlari sifati o‘rganilmoqda. ➡️Mazkur yo‘llarda asfalt qoplamasini yangidan qurish hamda zamonaviy piyodalar yo‘lakchalarini barpo etish ishlari tuman hokimi tashabbusi bilan tegishli dasturga kiritilgan bo‘lib, ayni vaqtda qurilish ishlari belgilangan talablar asosida olib borilmoqda. ➡️Mazkur jarayon Furqat tumani hokimi, Furqat TYFDM direktori, tuman mas’ul xodimlari hamda hamkor tashkilotlar vakillari ishtirokida joyiga chiqqan holda nazorat qilmoqdalar. ➡️Yo‘l qurilishining har bir bosqichida sifat va xavfsizlik masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.✅Telegram | ✅Facebook |📹You Tube |🌐 Website |▪️ Instagram
+3
HAYDOVCHILAR DIQQATIGA!
Farg'ona shahridan Farg'ona tuman markazi vodil qishlog'iga harakat yo'nalishidagi shahar hududidan chiqish qismidagi D-090 «Farg‘ona shahri – Vodil qishlog‘i – Shohimardon qishlog‘i» avtomobil yo‘lining 4–9 km qismida ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.
Shu munosabat bilan mazkur yo‘l qismidan harakatlanayotgan barcha haydovchilardan ehtiyotkorlik choralariga qat’iy rioya qilish, belgilangan harakat tezligini oshirmaslik, yo‘l belgilari hamda vaqtinchalik yo‘l harakati tartibi talablariga amal qilish so‘raladi.
Hurmatli haydovchilar! Ta’mirlash ishlari olib borilayotgan hududda ishchilar va maxsus texnikalar harakatlanishi mumkin. O‘zingiz hamda boshqa yo‘l harakati ishtirokchilarining xavfsizligini ta’minlash maqsadida mazkur yo‘l qismida yuqori darajada ehtiyotkorlik bilan harakatlanishingizni so‘raymiz.
Vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. Tushunishingiz va hamkorligingiz uchun tashakkur!
