uz
Feedback

Firibgarlarga uchmang! Telemetrio bunday kanallarni topadi va belgilaydi 👉 Belgini ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, obuna bo‘ling

Farg'ona viloyati avtomobil yo'llari bosh boshqarmasi

Farg'ona viloyati avtomobil yo'llari bosh boshqarmasi

Kanalga Telegram’da o‘tish

Фарғона вилояти автомобиль йўллари бош бошқармаси 📞 (99873) 226 39 46

Ko'proq ko'rsatish
570
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
-17 kun
-130 kun
Postlar arxiv
#FARGʻONA_VILOYATI #INFOGRAFIKA 📛Farg'ona viloyati Avtomobil yo'llari Bosh boshqarmasi tomonidan bajarilgan ishlar to'g'risi
#FARGʻONA_VILOYATI #INFOGRAFIKA 📛Farg'ona viloyati Avtomobil yo'llari Bosh boshqarmasi tomonidan bajarilgan ishlar to'g'risida infografika. ✅Telegram | ✅Facebook |📹You Tube |🌐  Website |▪️ Instagram

#FARGʻONA_VILOYATI #Jarayon 📍Farg‘ona viloyati Toshloq tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan D86A avtomob
+3
#FARGʻONA_VILOYATI #Jarayon 📍Farg‘ona viloyati Toshloq tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan D86A avtomobil yo‘lining 3—4-km oralig‘ida ta'mirlash ishlari amalga oshirildi. ❤️‍🔥Mazkur ishlar yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, transport vositalarining uzluksiz harakatini ta’minlash hamda aholiga qulaylik yaratishga xizmat qiladi. ✅Telegram | ✅Facebook |📹You Tube |🌐  Website |▪️ Instagram

#Fargʻona_viloyati #amaliy_seminar 🇺🇿2026-уildа avtomobil уо' llarini mavsumiy texnik ko'rikdan o'tkazish va kuz-qish mavsu
+1
#Fargʻona_viloyati #amaliy_seminar 🇺🇿2026-уildа avtomobil уо' llarini mavsumiy texnik ko'rikdan o'tkazish va kuz-qish mavsumiga tayyorlash bo'yicha amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarda: —Yo‘llar va inshootlarni 3 bosqichda 100% mavsumiy ko‘rikdan o‘tkazish; —Obyektlarni "Qizil", "Sariq" va "Yashil" toifalarga ajratish; —Kamchiliklarni geolokatsiya va foto-faktlar bilan yagona elektron reyestrga kiritish; —Qor tozalash texnikalari hamda qum-tuz zaxirasini shay holatga keltirish; —FVV, YHXX va boshqa idoralar bilan 24/7 tezkor hamkorlikni yo‘lga qo‘yish. Qishki mavsumda yo‘llarda xavfsiz va uzluksiz harakatni ta’minlash bo‘yicha mas'ullarga aniq vazifalar belgilab berildi. ✅Telegram | ✅Facebook |📹You Tube |🌐  Website |▪️ Instagram

Repost from Rasmiy axborot
💰 42 371 km avtomobil yo‘llarini qish mavsumiga tayyorlash uchun 150 mlrd so‘m yo‘naltirildi OAV uchun kontent tayyorlash markazida o‘tkazilgan brifingda Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi Axborot xizmati rahbari Nilufar Jumayeva avtomobil yo‘llarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash va dovonlarda transport vositalarining xavfsiz harakatini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi. Respublikadagi 42 371 kilometr umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini qish mavsumiga tayyorlash uchun 150 mlrd so‘m yo‘naltirildi. Qor va muzlamalarga qarshi kurashish maqsadida 70 900 tonna texnik tuz va 113 200 kub metr qum zaxirasini yaratish rejalashtirilgan. Belgilangan rejaga muvofiq, ushbu zaxiralarni 1-noyabrga qadar to‘liq shakllantirish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, yo‘llarning xavfli uchastkalarida ishlash uchun 18 236 nafar ishchi va mexanizatordan iborat maxsus brigadalar tashkil etilmoqda. Qish mavsumida uzluksiz harakatni ta’minlash uchun 2 140 ta yo‘l texnikasi tayyorlanmoqda. Ular orasida 423 ta qor tozalash va qum sepish mashinasi hamda 211 ta old qor surgich mavjud. Qamchiq, Oqrabod, Chak-Chak, Taxtaqoracha va Jizzax dovonlari, shuningdek, boshqa xavfli yo‘l uchastkalarida kuchaytirilgan navbatchilik tashkil etilib, tun-u kun ishlaydigan dispetcherlik aloqasi yo‘lga qo‘yilmoqda. https://t.me/Rasmiy_axborot_official

Kecha muhr bosilgan. Bugun imzo qo‘yiladi. Javobgarlik esa o‘zgarmaydi. Yo‘l qurilishida har bir imzoning ortida inson hayoti bor. Kam qo‘shilgan bitum, yupqa yotqizilgan asfalt, bajarilmay turib qabul qilingan ish — kimningdir uyiga sog‘ qaytishiga tahdid. Asfalt ostiga yashirilgan xiyonat bir kun yo‘l yuziga chiqadi. Shunday ishlaylikki, qurgan yo‘limizdan farzandimiz o‘tganda ko‘nglimiz xotirjam bo‘lsin. Halol yo‘l — barqaror taraqqiyot yo‘li!

Farg‘ona viloyati Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasida "Jaholatga qarshi ma’rifat" mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkaz
+4
Farg‘ona viloyati Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasida "Jaholatga qarshi ma’rifat" mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda viloyat hokimining o‘rinbosari Burhonjon Qo‘ldashev so‘zga chiqib, bugungi axborot makonida inson ongi va tafakkuriga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan turli yot g‘oyalardan himoyalanishda ma’rifat va bilimning ahamiyatiga alohida to‘xtaldi. Shuningdek, aholi o‘rtasida sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhitni shakllantirish, internet va ijtimoiy tarmoqlardan oqilona foydalanish, turli yot g‘oya va axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetni kuchaytirish, milliy qadriyat va urf-odatlarimizni asrab-avaylash masalalari xususida fikrlar bildirildi. Tadbir davomida ishtirokchilarga tinchlik va osoyishtalikning qadri, uni asrash har bir insonning mas’uliyati ekanini tarannum etuvchi "Tinchlik qadri" filmi namoyish etildi.

💳 Keraksiz hujjatlar va ortiqcha jarayonlarni qisqartirish orqali fuqarolar va tadbirkorlar uchun yanada qulay sharoit yaratish mumkin. 🌐“Byurokratiyasiz O‘zbekiston” jamoatchilik tashabbusi aynan fuqarolar va tadbirkorlar duch kelayotgan real muammolarni aniqlash hamda ularning amaliy yechimlarini topishga qaratilgan. ☑️Muammoni yozing. Yechim taklif qiling. Islohotlarga hissa qo‘shing! ☑️Takliflaringizni murojaat.byurokratiyasiz2030.uz platformasida kutib qolamiz. 🚀“Byurokratiyasiz O‘zbekiston” jamoatchilik tashabbusi!

⚽️ FARG‘ONA VILOYATI AVTOMOBIL YO‘LLARI BOSH BOSHQARMASI BOSHLIG‘I KUBOGI UCHUN MUSOBAQA YAKUNLANDI! 🏆 Farg‘ona viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi boshlig‘i kubogi uchun viloyatimizdagi barcha tuman yo‘llardan foydalanish davlat muassasalari jamoalari o‘rtasida futbol musobaqasi tashkil etildi. Musobaqa davomida jamoalar o‘rtasidagi bellashuvlar qizg‘in va murosasiz kechdi. Yakuniy uchrashuvda Farg‘ona TYFDM va Yozyovon TYFDM jamoalari o‘zaro kuch sinashdi. Hal qiluvchi bahsda Yozyovon TYFDM jamoasi Farg‘ona TYFDM ustidan 3:1 hisobida g‘alaba qozonib, musobaqaning bosh sovrinini qo‘lga kiritdi. Uchrashuvlar professional hakamlar nazorati ostida, sport qoidalariga to‘liq amal qilingan holda o‘tkazildi. Musobaqa yakunlariga ko‘ra: 🥇 1-o‘rin — Yozyovon TYFDM 🥈 2-o‘rin — Farg‘ona TYFDM 🥉 3-o‘rin — Toshloq TYFDM Barcha jamoalarni munosib ishtiroki, chiroyli o‘yinlari va sportga bo‘lgan ishtiyoqi bilan tabriklaymiz!

#FARGʻONA_VILOYATI #SPORT 📍Farg‘ona viloyati Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasida tizimdagi tashkilotlar o‘rtasida sportnin
+3
#FARGʻONA_VILOYATI #SPORT 📍Farg‘ona viloyati Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasida tizimdagi tashkilotlar o‘rtasida sportning futbol turi bo‘yicha “Boshqarma boshlig‘i kubogi” musobaqasi o‘tkazildi. 📌Xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jamoaviylik va hamjihatlikni mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan musobaqa davomida jamoalar o‘rtasidagi bellashuvlar qizg‘in va murosasiz kechdi. 📣Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar munosib taqdirlandi. ✅Telegram | ✅Facebook |📹You Tube |🌐  Website |▪️ Instagram

#FARGʻONA_VILOYATI #JARAYON 📍Marg‘ilon shahar “Eshonguzar” MFY yo‘lida qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
🚧Ayni paytda mahalliy ahamiyatdagi 40V 030a “Oxunboboyev temir yo‘l stansiyasiga” avtomobil yo‘lida: 🔹 2,4 kilometr masofada yangi asfalt qoplamasini yotqizish; 🔹 250 metr piyodalar yo‘lagi qurish; 🔹 Ko‘zi ojiz fuqarolar uchun 250 metr maxsus yo‘naltiruvchi yo‘laklar qurish; 🔹 Mavjud ko‘prikni ta’mirlash va himoya qatlamlarini yangilash; 🔹 2,1 kilometr masofada yomg‘ir suvlarini qochirish uchun lotoklar o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.
✅Telegram | ✅Facebook |📹You Tube |🌐  Website |▪️ Instagram

Ijtimoiy tarmoqlarda “Yo‘l yana bir sloy bo‘larmikan?” (https://t.me/JAMOAT_NAZORATI/72679) mazmunidagi video murojaat tarqal
+3
Ijtimoiy tarmoqlarda “Yo‘l yana bir sloy bo‘larmikan?” (https://t.me/JAMOAT_NAZORATI/72679) mazmunidagi video murojaat tarqaldi. Unda yo‘l qoplamasidan ko‘tarilib turgan kanalizatsiya quduqlari (kolodets) qopqoqlari shu holicha qoladimi, degan mazmunda murojaat qilingan. Mazkur murojaatga asosan quyidagilarni ma’lum qilamiz. Bugungi kunda Marg‘ilon shahridagi maxaliy axamiyatdagi 40V030a “Oxunboboyev – Temir yo‘l stansiyasi” avtomobil yo‘lining 0–3-km qismida, xalq tilida “Eshonguzar yo‘li” avtomobil yo‘lda ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Mazkur obyektda reja asosida yo‘lning ikkinchi qatlam asfalt qoplamasini yotqizish ishlari davom ettirilmoqda. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, avtomobl yo‘llarini ta’mirlash ishlari davomida yo‘llardagi mavjud komimunikatsiya tarmoqlariga tegishli quduqlar tegishli tartibda yo‘l qoplamasining yuqori qatlami satxiga tenglashtirilgan xolda o‘rnatiladi. Shunda yo‘lni ta’mirlash ishlari yakunida ushbu inshootlar bilan asfalt qoplamasi birxil satxda joylashadi. Yuqoridagi muammolar obyekt loyixaviy ishlar to‘liq foydalanishga topshirilganda bartaraf etiladi.

#FARGʻONA_VILOYATI #Ustozlarga_ehtirom. Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan soha rivojiga ko‘p yillar davomida munosib hissa qo‘shgan, o‘zining boy tajribasi va fidokorona mehnati bilan yosh yo‘lsozlar avlodini tarbiyalagan faxriylarning holidan xabar olindi. Uchrashuvlar davomida faxriy yo‘lsozlar samimiy muborakbod etilib, ularga Avtomobil yo'llari qo‘mitasi raisining bayram tabrigi hamda esdalik sovg‘alari topshirildi. Farg‘ona viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi matbuot xizmati. 🔔Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: ✅Telegram |✅Facebook | 🌐 Website

#FARGʻONA_VILOYATI #yoʻqlov #Ustozlarga_ehtirom 🚧 "Ustoz va murabbiylar" kuni munosabati bilan uzoq yillar yo‘l qurilishi tizimida faoliyat olib borib, sohaga kirib kelgan yosh mutaxassislarga ustoz-shogird an'analari asosida ish o‘rgatib kelgan faxriylar holidan xabar olinmoqda. 🔖 Sana munosabati bilan Farg‘ona viloyati Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasi boshlig‘i Hasanboy Ketmonov hamda idora hodimlari faхriylarning xonadonida bo‘lib, soha faxriylarini bayram bilan qutladi. ✅Telegram | ✅Facebook |📹You Tube |🌐  Website |▪️ Instagram

#Qutlov  #Tavallud_ayyom_muborak!     Bugun Farg‘ona viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi mutaxassisi Xomidova Zumrad Talibjanovnaning tavallud ayyomi. 30-sentyabr sanasida tavallud topgan. Ko‘p yillardan buyon ushbu sohada faoliyat olib bormoqda. Tug‘ilgan kun munosabati bilan Xomidova Zumrad Talibjanovnani Farg‘ona viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi jamoasi  qutlaydi.          Zumrad Talibjanovna sizga uzoq umr, sihat-salomatlik, baxti bekamlik, ishlaringizda ulkan zafarlar tilaymiz.       Tug‘ilgan kuningiz muborak bo‘lsin!

#Qutlov #Tavallud_ayyom_muborak! #Ustoz_va_murabbiylar_kuni_muborak! 29-sentabr kuni Farg‘ona viloyati avtomobil yo‘llari bos
#Qutlov #Tavallud_ayyom_muborak! #Ustoz_va_murabbiylar_kuni_muborak! 29-sentabr kuni Farg‘ona viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, “Do‘stlik” ordeni sohibi Soliyev Sufxonjon Muydinovich 69 yoshni qarshi oldi. Sufxonjon Muydinovich ko‘p yillar davomida avtomobil yo‘llari sohasida fidokorona mehnat qilib, boy tajribasi, bilim va ko‘nikmalari bilan tizim rivojiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda. U kishining mehnat faoliyati davomida orttirgan tajribasi va hayotiy saboqlari yosh avlod uchun chinakam maktab vazifasini o‘tab kelmoqda. Shuningdek, 1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan ustoz sifatida faoliyati, yosh mutaxassislarga bergan bilim va o‘gitlari, kasbga sadoqat va mas’uliyat ruhida tarbiyalash borasidagi xizmatlarini alohida e’tirof etamiz. Hurmatli Sufxonjon Muydinovich! Sizni tavallud ayyomingiz hamda Ustoz va murabbiylar kuni bilan chin qalbdan muborakbod etamiz! Sizga uzoq umr, mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, fayzu baraka va mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. Hayot yo‘lingiz hamisha yoshlarga ibrat, mehnatingiz esa kelajak avlod uchun qimmatli meros bo‘lib xizmat qilsin.

#Qutlov  #Tavallud_ayyom_muborak!     29-sentabr sanasida  Fargʻona viloyati avtomobil yoʻllari bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari "Do'stlik" ordeni sohibi Soliyev Sufxonjon Muydinovich  69 yoshni qarshi oldi. U 1957-yilning 29-sentabr sanasida tavallud topgan. Bir necha yildan  buyon ushbu sohada faoliyat olib borib,  tizim rivojiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda. Tug‘ilgan kun munosabati bilan  Soliyev Sufxonjon Muydinovichni Farg‘ona viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi jamoasi  qutlaydi.  Hurmatli Sufxonjon Muydinovich sizga uzoq umr, sihat-salomatlik,  ishlaringizda ulkan zafarlar tilaymiz.    Masʼuliyatli faoliyatingizda hamisha omad yor bo‘lsin!       Tug‘ilgan kuningiz muborak!

📢 Huquqiy targ‘ibot #Yozyovon_tumani Yozyovon TYFDM yuriskonsulti B.A.Murtazayev tomonidan Yozyovon tumanining" Soybo'yi"MFY
+2
📢 Huquqiy targ‘ibot     #Yozyovon_tumani    Yozyovon TYFDM yuriskonsulti B.A.Murtazayev tomonidan Yozyovon tumanining" Soybo'yi"MFY da yashovchi fuqarolar bilan uchrashilib, fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining  2024-yil 4-oktabrdagi PQ-347-sonli “Aholini tadbirkorlikka jalb qilish va bandligini taʼminlash uchun moliyaviy yordamlar ajratish tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” navbatdagi huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Uchrashuvda fuqarolarga QQ-347-son mazmun mohiyati va bu borada fuqarolarga berilayotgan keng imtiyozlar shuningdek, imtiyozli kreditlar subsidyalar ajratilishi, kambag'allikdan chiqish, fuqarolarimizni ish bilan ta'minlash  haqida to'liq ma'lumotlar berildi. Ushbu suhbat fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini qolaversa moddiy tomonidan  rivojlanishiga  xizmat qiladi. Farg‘ona viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi matbuot xizmati. 🔔Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: ✅Telegram |✅Facebook | 🌐 Website

✅ Yozyovon TYFDM yuriskonsulti tomonidan  Huquqiy targ‘ibot o'tkazildi ✅ «Tashabbusli budjet» dasturining 2026-yil 2-mavsumi INFOGRAFIKA ✅ Farg'ona viloyatidagi yo'llarning va ish jarayonlarining kecha va bugungi ko'rinishi ✅ Farg'ona viloyati Oltiariq tumanidan joylashgan ko'prik ta‘mirlanib. foydalanishga topshirildi. ✅ Yo‘llarda nuqsonlarni bartaraf etish ishlari davom etmoqda. Farg‘ona viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi matbuot xizmati.

RASMIY MUNOSABAT «Халқ назорати-2 (мурожаат, муаммо, таклиф) telegram kanalida Farg‘ona viloyati Avtomobil yo‘llari Bosh bosh
RASMIY MUNOSABAT  «Халқ назорати-2 (мурожаат, муаммо, таклиф) telegram kanalida Farg‘ona viloyati Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasi tasarrufidagi So‘x tumani Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasida uzoq yillar davomida rahbarlik lavozimlarining bir oila vakillari qo‘lida bo‘lganligi yuzasidan maqola (https://t.me/xalq_nazorati2/436) e'lon qilingan. Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi mazkur murojaatni o‘rgangan holda quyidagilarni ma’lum qiladi.  Mazkur holatni o‘rganib, ma’lumotlarning haqqoniyligiga oydinlik kiritish, mansabdor shaxslarning harakatlariga tegishli baho berish maqsadida Farg‘ona viloyati Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasi tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilib, muassasasada mehnat qilayotgan mas’ul xodimlarning lavozimlari, ularni ishga qabul qilish, lavozimga tayinlashga oid buyruqlar, mehnat shartnomalari, lavozim yo‘riqnomalari, shtat jadvali, shuningdek, xizmat tekshiruviga oid boshqa hujjatlar o‘rganildi. O‘rganishlar natijasida X. Mirzayev muassasada uzoq yillar rahbarlik lavozimida ishlaganligi va keyinchalik boshqa lavozimda mehnat faoliyatini davom ettirganligi, lekin hozirgi kunda u bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganligi ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, X.Mirzayev va hozirgi kunda muassasa direktori lavozimida ishlab kelayotgan o‘g‘li N. Mirzayev va uning oila a’zolari hisoblangan shaxslarning mazkur muassasada mas’ul lavozimlarda ishlayotganligi haqidagi ma’lumotlar ham alohida o‘rganildi. Aniqlanishicha, mazkur shaxslarning qarindoshlik munosabatlari mavjudligi haqidagi ma’lumotlar hamda ularning bir tashkilotda mehnat qilayotganligi aniqlandi. Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 121-moddasiga asosan qarindoshlarning davlat tashkilotida birga xizmat qilishiga cheklov mavjud bo‘lib, lekin ushbu qoidaga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2024-yil 14-noyabrda qabul qilingan 758-sonli qarori bilan istisnolar belgilangan. Ya’ni mazkur qarorning 3–ilovasi 13-bandida  umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llaridan foydalanadigan yo‘l tashkilotlarining xodimlari ro‘yxatga kiritilgan. Muassasada bosh hisobchi bo‘lib ishlayotgan H. Javharaliyev muassasa direktori N.Mirzoyevning singlisining turmush o‘rtog‘i ekanligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 758-sonli qarori 3-ilovasi 13-bandi bilan istisnolarga zidligi aniqlandi. Qolgan muassasa mansabdor shaxslarining yaqin qarindoshlarini mehnat faoliyati  amaldagi qonunchilikka zid bo‘lmagan holda tashkil qilingan. Biroq tashkilotda bir oila a’zolarining bir vaqtning o‘zida bir nechta mas’ul lavozimlarda ishlashi korrupsiyaviy xavflarni baholash nuqtai nazaridan jiddiy profilaktik choralarni talab qilishi, shu sababli muassasadagi mazkur holatlar bo‘yicha faqat intizomiy chora ko‘rish bilan cheklanmasdan, kadrlar bilan ishlash, ichki nazorat tizimini kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish zarurligi belgilab o‘tildi.

🛣 SO‘X TUMANIDA YO‘L QURILIShI IShLARI JADAL DAVOM ETMOQDA 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 8-iyuldagi P
+3
🛣 SO‘X TUMANIDA YO‘L QURILIShI IShLARI JADAL DAVOM ETMOQDA  
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 8-iyuldagi PQ–258-son qarori bilan “So‘x tumanini 2026—2028-yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi” tasdiqlangan. 🚧Tasdiqlangan dasturga asosan, tumanda avtomobil yo‘llari va ko‘priklar bo‘yicha 24 ta loyiha amalga oshiriladi. Ularning umumiy qiymati 133,9 mlrd so‘m. Dastur doirasida 2026-yilda 11 ta obyektda, jami 23,0 km uzunlikdagi avtomobil yo‘llarini ta’mirlash ishlari rejalashtirilgan.
✅Telegram | ✅Facebook |📹You Tube |🌐  Website |▪️ Instagram