Fazliddin |BLOG
Open in Telegram
Yoʻl uzoq, umr qisqa! Fazliddinning shaxsiy sahifasi va xulosalari ulashmasi. – First Aider 🛡️ – Hyperpolyglot: 🇹🇷🇷🇺🇺🇸🇩🇪 – Slovakian Scholarship Holder 24’🇪🇺 – Fellowship Scholarship 26’🇰🇷 – Book enthusiast – Ambitious Runner ✉️ @views_murojaat_bot
Show more247
Subscribers
+124 hours
No data7 days
+130 days
Posts Archive
Haqiqatda shunday.
Muntazam mashgʻulot , 0 marafon > onda-sonda mashgʻulot, ~10 ta marafon
Buni sportmas boshqa narsalarga qiyoslasak ham boʻladi.
Odam gohida yaxshilikka chaqirib ham charchaydi
Xolbuki, u kishi eng yaqinlarini yaxshilikdan nasibador boʻlishini ich-ichidan istab qiladi.
Lekin, har narsani ibtidosi va intihosi boʻlgandek, toqatni ham chegarasi bor.
Shu onda, miya himoya mexanizmiga oʻtadi ya’ni oʻzini oʻylashi kerakligi haqida tafakkur qilishni boshlaydi.
Bu ancha yengillik beradi. Insonlarni taqdiri qoʻlimizda emas. Ularni xarakteri haqida aslida juda kam bilamiz. Oʻzgartirishga esa urinmadik. Majburlashni hayolimizga keltirmadik. Shunchaki istagimiz boʻlakcha.
Avval kishi oʻzini oʻylashi kerak degan ibora adolatsizdek tuyuladi. Lekin bu haqiqat. Boshqalarni oʻzgartirish emas, oʻzingizni rivojlantirish oʻz qoʻlingizda. Bu ancha oson.
Soʻralmagan savolga javob bermang,
Biror ishga undamang,
Ortiqcha mavzuda maslahatga oʻtmang,
Soʻz va amallaringiz sizga qiymat bersin.
@fazliddinposts
Balki boshlanishidur?
Qoʻllab turasizlarmi?
https://www.instagram.com/reel/DbPLYo4zVMN/?igsh=d2d6eXZnZHptOTgz
Oʻzbek ayol-qizlari
baribir exceptional (hech kimga oʻxshamagan).
Biz avvalo ularni ONA kabi koʻramiz va bu sifatlarini juda qadrlaymiz. Chunki, har birimizning hayotimizda ona alohida oʻrin tutadi
Koreya va Yevropa davlatlarida necha yildirki tugʻilish demografik koʻrsatkichi jarlikka qulashda davom etyapti
Bunday davlatlarda ayol kishi avvalo ona sifatida koʻrilmaydi. Balki, aktiv karyera quruvchi, teng sonli ishchi kuchi, erkakdek pul topishga urinayotgan va oʻzini hayotini tigʻiz ofis ishlari bilan toʻldirgan inson sifatida gavdalanadi. Bu gaplarim ularni hammasiga ayblov yoki maqtov birligi emas. Tabiiyki, adashayotgan boʻlishim ham mumkin.
Fikrlarim subyektiv.
Endi hokimiyat ayolga “ona huquqini” qaytarib berish uchun borini ishga solayotgandek. Haligacha bosh qotirishyapti va turli stimulllar berilsada aytarli natija yoʻq.
Ayol avvalo ona. Uning bu roli uni mukarram qiladi. Bu sifat boʻlmasa undan joziba ketgandek tuyuladi.
@fazliddinposts
+1
Malaka oshirish yakuniga 4 haftadan kam vaqt qoldi
Bu muddat mobaynida 36 ta ma’ruzada qatnashishimiz. Oʻrganganlarimizdan foydalanib Action Plan (harakat rejasi) prezentatsiyasini keng jamoatga professorlarga namoyish qilishimiz kerak.
Hozir shuni ustida ishlayapman. Soha qiziq, ayniqsa tushuna boshlaganingizda. Ma’lumotlar, statistikalar va analizlar, hulosalar va sonlari bor soha.
Professorga prezentatsiya mavzuyim va uni ochiqlab bergandim. Ijobiy javob olib juda hursand boʻldim.
Qiyinchiliklar mevasini berishi boshqacha zavq beradi.
Alloh yuzimizni yorugʻ qilsin.
@fazliddinposts
