es
Feedback
Fazliddin |BLOG

Fazliddin |BLOG

Canal cerrado

Yoʻl uzoq, umr qisqa! Fazliddinning shaxsiy sahifasi va xulosalari ulashmasi. – First Aider 🛡️ – Hyperpolyglot: 🇹🇷🇷🇺🇺🇸🇩🇪 – Slovakian Scholarship Holder 24’🇪🇺 – Fellowship Scholarship 26’🇰🇷 – Book enthusiast – Ambitious Runner ✉️ @views_murojaat_bot

Mostrar más
250
Suscriptores
Sin datos24 horas
+27 días
+230 días
Archivo de publicaciones
#Duolingo baholash me’zoni emas. Lekin bir necha oydan soʻng B2/C1 sertifikatlarini ham ulashish nasib qilsin.
+1
#Duolingo baholash me’zoni emas. Lekin bir necha oydan soʻng B2/C1 sertifikatlarini ham ulashish nasib qilsin.

Foto lavhalar:

Bugun “HIRA Global Training Program”ni 4 kunlik treyning dasturi juda qizgʻin va ma’lumotga boy oʻtdi. Bugun yopilish marosimi Unda HIRA’ni direktori, professorlari, direktor oʻrinbosarlari, Phd talabalari ham oʻz namoyishlari bilan alohida prezentatsiyada Koreya Sogʻliqni Saqlash tizimidagi moliya, soliq va toʻlov tizimlari ipidan ignasigacha tushuntirildi. Asosiy binoga borib faoliyatni yaqindan tanishtirishdi. Chekka hududdagi Pyeongchang Medical Center, va markazdagi Wonju Medical Industry Institute of Technology’larga borib u yerda eng yangi texnologiyalar va qilayotgan AI-based medicine innovatsiyalarini prezentatsiya qilishdi, tanishish imkoniyatini berishdi. Professionallik, puxtalik, tirishqoqlik, mehnatsevarlik, qonun ishlashi. Juda koʻp yangilik va foydalar olayapman. Aynan men bekorga kelmagan ekanman degan fikr hayolimda. @fazliddinposts

Shu videoga koʻra, bugun guruh bilan shunday ijod qildik:)
Shu videoga koʻra, bugun guruh bilan shunday ijod qildik:)

photo content

Mensaje de video00:42

Inson tabiatan ta’sirchan Oilada yoki koʻchada bir odobsizlik sodir boʻlsa bu farzandimiz tarbiyasiga ta’sir qilmaydi deb oʻylaymiz Inson tabiatan ta’sirchan. Unga gohida bir hodisa emas, bir lahza oʻzgarishi uchun yetarli boʻlishi mumkin. Voqealikda bu namoyon boʻlmasa-da, miya baribir yodida saqlab qoladi va vaqti kelganda albatta yuzaga chiqadi. Bu huddi oʻz vaqtini kutayotgan detanatorga oʻxshaydi. Endi odobsizliklar davomiy boʻlsachi? Bunda farzandni adekvat-tabiiy fitratidan uzoqlashib, notabiiy-sun’iy yoki salbiy sifatlarni kasb qilayotganini kuzatish mumkin. Farzanddagi hodisalarni tushunish uchun uni darajasiga tushish, birga oʻynash, vaqt oʻtkazish, u hozir nimalarni oʻylayotganini mulohaza qilib koʻrish kerak. Shunda uni xarakteri bilan tanish va xulqidagi oʻzgarishlarni monitoring qilish mumkin. Afsuski, hozirgi koʻp ota-onalar bu haqida oʻylab koʻrishga vaqti yoʻq, shuning uchun OʻZ farzandidan hissiy uzoq (jarlik) va uni tushunmaydi. Ota-ona “oq qogʻozda” eng goʻzal va eng chiroyli sifatlarni yozishi, koʻrsatishi, singdirishi kerak boʻladi. Aslida bu yetarli emas. Avvalo oʻzi kasb qilishi, unda yashashi va amaliy koʻrsatishi eng ratsional va mantiqiy yechim boʻloladi. Batahqiq, oʻzingizni hayotingiz sizning eng katta loyihangiz, soʻngra esa farzand tarbiyasi turadi. Uni qancha erta odoblarni kasb etishi, va mustaqil fikr va harakat qilolishiga zamin yaratsangiz, marra sizniki boʻladi. #farzand @fazliddinposts

Koreyslar juda mehnatkash, tirishqoq va juda tashkilotchi. Bir inson va tabiiyki davlat darajasida ham shunday.

Mensaje de video00:36

Mensaje de video01:00

Mensaje de video01:00

Mensaje de video00:59

Mensaje de video01:00

Juda havas qildim! Temurbek akagamas, Bobolariga. Bunday yoshda yurishni qoʻying, yugurishga qodir boʻlish katta muvaffaqiyat. Bizga ham 70 yoshda nabiralarimiz bilan yugurish nasib qilsin! @fazliddinposts

Repost from Temurbek Adhamov
Mensaje de video00:59

#Tarix dan xabarsiz millatlar boʻyin egishga, birovlarning etagini oʻpishga mahkumdir. Tarixni bilmaslik odamni oʻz ota-bobol
+1
#Tarix dan xabarsiz millatlar boʻyin egishga, birovlarning etagini oʻpishga mahkumdir. Tarixni bilmaslik odamni oʻz ota-bobolarining emas, begonalarning avlodi boʻlishdek qullikka yetaklaydi. - Haqiqatda, atrofda SSSRni qumsab yoki oʻz tarixidan koʻra boshqa millat “qahramonlarini” hayotiga qiziqadigan odamlar yoʻq emas. Temurning hayotidan olinajak shu qadar koʻp ibratlar borki… #kitob @fazliddinposts

Keyingi hafta 4 kun HIRA’da treyning boʻladi HIRA (Health Insurance Review and Assessment Service) bu Koreya sog’liqni saqlash tizimining markaziy institutlaridan biri, Wonjuda joylashgan. Moliyalashtirish juda katta tizim ekan. U isloh boʻlsa nafaqat tibbiyot va uni ta’minoti, balki davlat iqtisodiyoti stabillashishiga bevosita aloqasi bor. Va uning foydasi har bir fuqarogacha yetib boradi. Uning choʻntagiga va eng muhimi sogʻligiga. Koreyada birlamchi tibbiy koʻrik va davolanish ulkan tizimli moliya boshqaradi, HIRA dan tashqari NHIS (National Health Insurance Service) tashkiloti ham bor. NHIS va HIRA o’rtasidagi farq: NHIS — sug’urta badallarini yig’adi va to’lovlarni amalga oshiradi. HIRA — shifoxonalardan kelgan hisob-kitoblarni (claims) ko’rib chiqadi, narxlash (reimbursement) standartlarini belgilaydi va davolash sifatini baholaydi. Hullas, bu juda kerakli mavzular ekan. Haqiqatda, shu sohani islohi juda kerak. Haqiqiy mutaxassisi esa bir necha ming insonmas, xalqqa, davlatga yordam beroladi. Mana, Koreya shunga erishganku?! @fazliddinposts

Mensaje de video00:33

Sen qachondur bunday manzarada oʻtirib dars qilish haqida orzu qilganmiding? yoki duo qilib soʻraganmiding? Men eslolmayapman
Sen qachondur bunday manzarada oʻtirib dars qilish haqida orzu qilganmiding? yoki duo qilib soʻraganmiding? Men eslolmayapman. Fazlidan… 13.06.2026 #Korea

Sen qachondur bunday manzarada oʻtirib dars qilish haqida orzu qilgandingmi yoki duo qilib soʻraganmiding? Men eslolmayapman.
Sen qachondur bunday manzarada oʻtirib dars qilish haqida orzu qilgandingmi yoki duo qilib soʻraganmiding? Men eslolmayapman. Fazlidan… 13.06.2026 #Korea

Fazliddin |BLOG - Estadísticas y analítica del canal de Telegram