Fazliddin |BLOG
Закрытый канал
Yoʻl uzoq, umr qisqa! Fazliddinning shaxsiy sahifasi va xulosalari ulashmasi. – First Aider 🛡️ – Hyperpolyglot: 🇹🇷🇷🇺🇺🇸🇩🇪 – Slovakian Scholarship Holder 24’🇪🇺 – Fellowship Scholarship 26’🇰🇷 – Book enthusiast – Ambitious Runner ✉️ @views_murojaat_bot
Больше251
Подписчики
+124 часа
+27 дней
+430 день
Архив постов
+9
Museum SAN!
So recommended to visit.
*Mashaalloh deb qoʻysangiz.
@fazliddinposts
+1
#Duolingo baholash me’zoni emas. Lekin bir necha oydan soʻng B2/C1 sertifikatlarini ham ulashish nasib qilsin.
Bugun “HIRA Global Training Program”ni 4 kunlik treyning dasturi juda qizgʻin va ma’lumotga boy oʻtdi. Bugun yopilish marosimi
Unda HIRA’ni direktori, professorlari, direktor oʻrinbosarlari, Phd talabalari ham oʻz namoyishlari bilan alohida prezentatsiyada Koreya Sogʻliqni Saqlash tizimidagi moliya, soliq va toʻlov tizimlari ipidan ignasigacha tushuntirildi. Asosiy binoga borib faoliyatni yaqindan tanishtirishdi. Chekka hududdagi Pyeongchang Medical Center, va markazdagi Wonju Medical Industry Institute of Technology’larga borib u yerda eng yangi texnologiyalar va qilayotgan AI-based medicine innovatsiyalarini prezentatsiya qilishdi, tanishish imkoniyatini berishdi.
Professionallik, puxtalik, tirishqoqlik, mehnatsevarlik, qonun ishlashi.
Juda koʻp yangilik va foydalar olayapman. Aynan men bekorga kelmagan ekanman degan fikr hayolimda.
@fazliddinposts
Inson tabiatan ta’sirchan
Oilada yoki koʻchada bir odobsizlik sodir boʻlsa bu farzandimiz tarbiyasiga ta’sir qilmaydi deb oʻylaymiz
Inson tabiatan ta’sirchan. Unga gohida bir hodisa emas, bir lahza oʻzgarishi uchun yetarli boʻlishi mumkin.
Voqealikda bu namoyon boʻlmasa-da, miya baribir yodida saqlab qoladi va vaqti kelganda albatta yuzaga chiqadi. Bu huddi oʻz vaqtini kutayotgan detanatorga oʻxshaydi.
Endi odobsizliklar davomiy boʻlsachi? Bunda farzandni adekvat-tabiiy fitratidan uzoqlashib, notabiiy-sun’iy yoki salbiy sifatlarni kasb qilayotganini kuzatish mumkin. Farzanddagi hodisalarni tushunish uchun uni darajasiga tushish, birga oʻynash, vaqt oʻtkazish, u hozir nimalarni oʻylayotganini mulohaza qilib koʻrish kerak. Shunda uni xarakteri bilan tanish va xulqidagi oʻzgarishlarni monitoring qilish mumkin.
Afsuski, hozirgi koʻp ota-onalar bu haqida oʻylab koʻrishga vaqti yoʻq, shuning uchun OʻZ farzandidan hissiy uzoq (jarlik) va uni tushunmaydi.
Ota-ona “oq qogʻozda” eng goʻzal va eng chiroyli sifatlarni yozishi, koʻrsatishi, singdirishi kerak boʻladi.
Aslida bu yetarli emas. Avvalo oʻzi kasb qilishi, unda yashashi va amaliy koʻrsatishi eng ratsional va mantiqiy yechim boʻloladi.
Batahqiq, oʻzingizni hayotingiz sizning eng katta loyihangiz, soʻngra esa farzand tarbiyasi turadi.
Uni qancha erta odoblarni kasb etishi, va mustaqil fikr va harakat qilolishiga zamin yaratsangiz, marra sizniki boʻladi.
#farzand
@fazliddinposts
Koreyslar juda mehnatkash, tirishqoq va juda tashkilotchi.
Bir inson va tabiiyki davlat darajasida ham shunday.
Juda havas qildim!
Temurbek akagamas, Bobolariga.
Bunday yoshda yurishni qoʻying, yugurishga qodir boʻlish katta muvaffaqiyat.
Bizga ham 70 yoshda nabiralarimiz bilan yugurish nasib qilsin!
@fazliddinposts
Уже доступно! Исследование Telegram 2025 — ключевые инсайты года 
