urikguli
Open in Telegram
ekofaol•erkin jurnalist•ona 📞@urikguli 🌱Donatlar uchun https://www.tirikchilik.uz/urikguli
Show more5 767
Subscribers
-224 hours
-107 days
-12730 days
Posts Archive
5 761
❗️Kok-Jaylyaudagi kurort mojarolari sabab ekofaol 15 sutkaga hibsga olindi
Olmaotada Kok-Jaylyau hududida tog‘-chang‘i kurorti qurilishiga qarshi bo’lgan jurnalist va ekofaol Aruna Ortayeva 15 sutkaga ma’muriy qamoqqa olindi.
29-avgust kuni uning xonadonida tintuv o‘tkazilgan. Shundan so‘ng Ortayeva shahar politsiya departamentiga olib ketilgan. Sud uni politsiya xodimlarining qonuniy talablariga bo‘ysunmaganlikda ayblab, 15 sutkaga hibsga olgan.
Hibsga olinishidan biroz oldin Ortayeva Olmaota akimatidagi yopiq yig‘ilishning audioyozuvlarini Instagramda e’lon qilgan edi. Audioyozuvlarda Kok-Jaylyauda kurort qurilishi uchun avtomobil yo‘li barpo etilishi va buning oqibatida 2010 ta daraxt kesilishi mumkinligi muhokama qilingan. Ularning 700 tasi Qizil kitobga kiritilgan noyob daraxtlar, jumladan, Sievers olmasi bor ekani aytilgan.
2019-yilda Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev Kok-Jaylyauda kurort qurilishi loyihasini qo‘llab-quvvatlamaganini ham eslatib o’tamiz.
5 761
🇺🇿❤️ Mustaqil, obod va barhayot bo‘l, aziz yurtim! Tabiating g‘animlar qo‘lidan aziyat chekmasin. Qalbi pok, insofli, diyonatli xalqing o‘zligini unutmasin! Qadring baland, qadriyatlaring o‘chmas bo‘lsin!
Vatandoshlar, barchangizga bayram muborak! Shu yurt — hammamizniki! Uning tabiati, qadriyatlari va mustaqilligi bardavom bo‘lishi uchun hammamiz birdek mas’ulmiz!
5 761
Toshkent tumani “Qizg‘aldoq” MFY hududidagi 2,5 gektar maydonga ekilgan 1 758 ta manzarali va mevali daraxtni boshqa hududga ko‘chirish Nurafshon tumanlararo ma’muriy sudi qarori bilan yuklatilgan.
Mazkur sud qarorini ijro etish uchun tegishli hujjatlar Majburiy ijro byurosiga yuborilgan bo‘lib, hozirda ijro harakatlari boshlanish arafasida.
Aholi ushbu qarordan noroziligini bildirib, mas’ul tashkilotlarga bir necha bor murojaat qilmoqda. Biroq hozircha bu murojaatlar bo‘yicha amaliy natija kuzatilmayapti.
Shu munosabat bilan mas’ul tashkilotlardan ushbu masalaga jiddiy e’tibor qaratishlarini, daraxtlarning kesilishi yoki nobud bo‘lishining oldini olish hamda ularni saqlab qolish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rishlarini so‘raymiz.
🌳 1 758 ta daraxt — bu shunchaki raqam emas. Bu hududning yashilligi, havosi va kelajagi.
5 761
Repost from yashil_uyim
+4
🌞YASHIL UYIM ekologik festivaliga marhamat!
Unda sizni sovrinli o’yinlar, mutaxassislardan ma’ruza, chiqindilarni qayta ishlash bo’yicha mahorat darslari, ekologik mahsulotlar va ilmiy ishlanmalar yarmarkasi hamda jonli musiqiy dastur kutadi.
🪲29-avgust 12:00-19:00
📍Alpine Land (eski Lokomotiv bog’i)
🎫 Chiptalar ushbu havola orqali:
https://t.me/yashiluyimbot
😊 Savollar bo’lsa: https://t.me/radzhabi
——
🌞 Welcome to the YASHIL UYIM ecological festival!
Join us for prize-winning games, expert talks, workshops on recycling waste, a fair of eco-products and scientific innovations and a live music program.
🪲 August 29, 12:00–19:00
📍 Alpine Land (eski Lokomotiv bog’i)
Yalangʻoch district, 63
🎫 Tickets available via the link:
https://t.me/yashiluyimbot
😊 For questions: https://t.me/radzhabi
5 761
Hayvonlarga nisbatan zo’ravonlikka qarshi kurashish har birimizning insoniylik burchimiz! Hukumatdan bu masala bo’yicha qonunchilik doirasida qaror qabul qilishni so’rayman.
#HayvonlarniHimoyaQilaylik@Urik_guli
5 761
Repost from Barqaror rivojlanish markazi NNT
🇺🇳 🏫 Барқарор ривожланиш маркази ва Ўзбекистон Миллий ахборот агентлиги ҳамкорлигида «Мақсад» лойиҳаси доирасида атроф-муҳитни асраш ва экологик маданиятни тарғиб қилувчи машҳур «Ўрик гули» блоги асосчиси, «Келажак бунёдкори» медали совриндори Мўътабар Хушвақтова ҳамда Барқарор ривожланиш маркази эксперти Гулҳаё Барноева билан барқарор ривожланишнинг барча мақсадлари билан узвий боғлиқ 🇺🇳 #БРМ13 экология ва экологик миграция ҳақида суҳбат.
Бизни кузатишда давом этинг!
🇺🇳 brmnnt.uz 🚀Telegram 🔵Facebook 📷Instagram 🎬Youtube
5 761
♻️🧵 Kashtado‘z loyihasi ko‘zi ojiz va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun 1 oylik bepul kashtachilik kursini e’lon qiladi.
Kurs davomida ishtirokchilar:
• oddiy iplar bilan kashta tikishni;
• plastik paketlardan kashta tikish texnikasini;
• chiqindini qayta ishlash usullarini o‘rganadilar.
📞 Murojaat uchun: +998 99 833 83 14
📍 Ro‘yxatdan o‘tish:
Sharoit Plus nogironlar jamiyati
📍 Manzil:
Toshkent shahri, Furqat ko‘chasi, 1/1
Barcha viloyatlardan ishtirokchilar qabul qilinadi💚
5 761
+7
Uyimizdagi ekologik muhit biz tanlaydigan qurilish materiallaridan boshlanadi.
Qurilish materiallari tarkibidagi ayrim moddalar uy ichidagi havo sifatiga ta’sir qilishi mumkin. Toza havo esa nafaqat ekologiya, balki o’zimiz va yaqinlarimiz salomatligi uchun ham muhim.
Shuning uchun mahsulotning tarkibi bilan qiziqish va xavfsizlik hujjatlarini so’rash — ongli tanlovning bir qismi.
Siz qurilish materiali sotib olayotganda uning tarkibi haqida so’raganmisiz? 🌿
5 761
Repost from yashil_uyim
+4
🌿 Yashil uyim NAMANGANDA!
Barcha Namangan ahli, faol va ijodkor yoshlarni Yashil uyim ekologik festivaliga taklif qilamiz!
Sizni qiziqarli ma’ruzalar, foydali networking, mahorat darslari, ekologik mahsulotlar yarmarkasi va unutilmas festival muhiti kutmoqda.
🫛23-24-25-iyul
📍LSL SCHOOL
🌞Kirish bepul
——
🌿 Yashil Uyim is coming to NAMANGAN!
We invite everyone in Namangan, especially active and creative young people, to join the Yashil Uyim Eco Festival!
Enjoy inspiring talks, valuable networking opportunities, hands-on workshops, an eco-products market, and a vibrant festival atmosphere.
🫛 July 23–25
📍 LSL School
🌞 Free admission
5 761
Repost from Mirzodan maktub
Yakkasaroy tumanidagi konditsioner ostida oʻtirvolib buyruq beradiganlar, tinchmisizlar? Chillada, jaziramada tozalatish shartmi?
Shunday buyruq berganlarning, mansab egallab, farosat egallamaganlarning nega ism-familiyasi ochiq e’lon qilinmaydi? Nega shunchaki uzrcha bilan qutulib ketishadi? Yoki qandaydir oʻrinbosarini “qurbon qilib” yuborishadi?
Javobgarligi yoʻq, shuning uchun bilganini qiladi koʻplab gʻoʻddayganlar.
Obodonchilik va tozalash, yetkazuv ishlarida, xavfsizlik va mudofaada turganlar, umuman, koʻchada mehnatda yurgan hamma vatandoshlarimizga rahmat deyman, lekin bir-birimizni qiynayvermaylik. Sal fahm qilaylik, katakanlar.
Manba (oʻchirtirib yubormaslaridan, yuklab oling)
@mirzodanmaktub
5 761
🌡️ 13–17-iyul kunlari kuchli issiq kutilmoqda!
Havo harorati ayrim hududlarda 44–46°C gacha ko‘tarilishi mumkin.
Issiq kunlarni yengilroq o‘tkazish va elektr tarmog‘iga yuklamani kamaytirish uchun:
🔌 Foydalanmayotgan jihozlarni tokdan uzing.
❄️ Konditsionerni 24–26°C da ishlating.
🌱 O‘simliklarni ertalab yoki kechqurun sug‘oring.
☀️ 11:00–14:00 oralig‘ida imkon qadar tashqarida bo‘lmang.
💧 Ko‘proq suv iching, yengil ovqatlaning.
Oddiy odatlar nafaqat sog‘lig‘ingizni, balki elektr energiyasini ham asrashga yordam beradi.
5 761
Yashil qo’llar loyihasi Toshkent va Samarqandda hashar uyushtirish bilan shug’ullanadi. Bu loyiha butun respublika bo’ylab amalga oshirishmoqchi. Agar siz ham o’z viloyatingizda shu loyihaning koordinatori bo’lmoqchi bo’lsangiz ushbu havola orqali o’ting:
@yashilqollar_admin
5 761
Repost from Mirzodan maktub
+8
🇺🇿 Hukumat va FA'ga murojaat:
Shaharsozlik — bu faqat yangi binolar qurish emas, balki mavjud resurslarni to‘g‘ri boshqarish san’ati. Toshkentda Alisher Navoiy nomidagi Adabiyot muzeyi joylashgan bino shahar matosining (urban fabric) uzviy qismi hisoblanadi.
Yangi loyihalar — bu texnik taraqqiyot, lekin mavjud imkoniyatlarni (binoni) shunchaki yopib qo‘yish yoki funksiyasiz qoldirish — bu shaharsozlikdagi iqtisodiy va madaniy xato. Arxitektura — bu xotira, xotira esa ijtimoiy kapitaldir.
Quyida ushbu obyektning tarixiy xronologiyasini keltiraman:
• 1933–1936-yillar: Bino qurib bitkazildi. Inshoot o‘sha davr me’moriy uslubida, seysmik chidamlilik talablarini hisobga olgan holda bunyod etilgan.
• 1939–1940-yillar: Alisher Navoiy tavalludining 500 yilligi munosabati bilan bino bazasida muzey tashkil etildi. Asosiy tashkilotchilar: Oybek, G‘afur G‘ulom, Hamid Olimjon va Maqsud Shayxzoda.
• 1949-yil: Muzey oldidagi maydonga haykaltarosh L. A. Ditrix tomonidan yaratilgan Alisher Navoiy haykali o‘rnatildi.
• 1968-yil: Muzeyda yirik rekonstruksiya va ekspozitsiyani yangilash ishlari amalga oshirildi. Buxorolik hunarmandlar tomonidan “Farhod va Shirin” hamda “Layli va Majnun” dostonlari syujeti asosida gilamlar to‘qildi, haykaltarosh A. Grishchenko tomonidan Bobur haykali yaratildi.
• 1972-yil: Rassom Chingiz Ahmarov “Navoiy lirikasi” zalida monumental freskalar ishladi. Bu ishlar binoning ichki arxitekturasi bilan uyg‘unlashgan “san’at sintezi” konsepsiyasini ta’minladi.
• 1994-yil: Rassom I. Ilhomov tomonidan Boburga bag‘ishlangan zal uchun “Boburning Samarqandga kirib kelishi”asari chizildi.
✦ Texnik holati: Bino qalin g‘ishtli konstruksiya va termoinersiya xususiyatiga ega. Bu konstruktiv yechim qadimiy qo‘lyozmalarni saqlash uchun tabiiy iqlim nazoratini ta’minlab kelgan.
✦ Bugungi kun: Muzey fondini Yangi Toshkentdagi loyihaga ko‘chirish rejalashtirilmoqda. Navoiy ko‘chasidagi tarixiy binoning kelgusi funksional taqdiri (rekonstruksiya yoki yangi maqomda foydalanish, fasadini, ichki holatini zamonaviy standartlarda ta’mirlab, atrofini obodonlashtirish) jamoatchilik va mutaxassislar muhokamasida.
Nega bu bino asrab qolinishi shart?
→ Adaptive Reuse (Moslashuvchan foydalanish): Binoni muzey sifatida saqlash shart emas, lekin uni shahar uchun funksional xizmat qildiradigan “yangi hayot” berish shart. Shahar markazida tayyor va mustahkam infratuzilmani yo‘qotish — bu shahar byudjetiga tushadigan ortiqcha yuk.
→ Kutubxona yoki jamoat markazi: Ushbu bino lokatsiyasi va ichki fazoviy tuzilishi (zallar ketma-ketligi, akustika, yorug‘lik tushishi) uni zamonaviy ilmiy kutubxona, o‘quv zallari yoki yoshlar uchun madaniy kovorkingga aylantirish uchun ideal. Shahar markazida bunday tinch muhit va tarixiy auraga ega joylar kamayib bormoqda.
→ Shahar identiteti: Yangi Toshkent — bu kelajak uchun ko‘zlov, Navoiy ko‘chasidagi bino esa — poydevor. Ikkalasining yonma-yon yashashi shaharning tarixiy uzluksizligini ta’minlaydi. Tarixiy binolarni buzish yoki ularni qarovsiz qoldirish — bu shahar imidjini, qadrini tekislab yuboradi.
Muzey eksponatlari yangi binoga ko‘chishi mumkin, bu — texnik jarayon. Lekin 1933-yilgi arxitekturani “eski” deb hisoblab, unga yangi vazifa yuklamasdan tashlab qo‘yish — bu shaharsozlikda yo‘l qo‘yiladigan eng katta xatolardan biri.
Bu bino xalq mulki. U kutubxona, ilmiy-tadqiqot markazi yoki shahar jamoatchiligi uchun ochiq madaniy maskan sifatida qayta funksionalizatsiya qilinishi — eng mantiqiy va tejamkor yechimdir.
Shahar tarixiy binolarning yangi funksiyalarga moslashishi hisobiga rivojlanadi, ularning yo‘q qilinishi hisobiga emas.
#BuzmangHayotBering
@mirzodanmaktub
5 761
Repost from Mirzodan maktub
Navoiy koʻchasidagi bino taqdiri haqida albatta lom-mim deyilmagan, misol uchun. Aqalli biror gap yoʻq.
Sotib yuborilganmi? Buziladimi? Aniq javob beringlar-da.
@mirzodanmaktub
5 761
Repost from WHO Uzbekistan
☀️ JAZIRAMA: O‘ZINGIZNI VA YAQINLARINGIZNI ASRANG
(на русском языке)
Haddan tashqari yuqori havo harorati qisqa vaqt ichida sog‘liq uchun xavf tug‘dirishi mumkin. Bu og‘ir kasalliklar, shifoxonaga tushish va hatto o‘limga olib kelishi mumkin. Ayniqsa yoshi kattalar, yosh bolalar, homilador ayollar, surunkali kasalliklarga chalingan insonlar va ochiq havoda mehnat qiladigan insonlar ko‘proq xavf ostida.
Jazirama kunlarda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) quyidagilarni tavsiya qiladi:
☂️ Issiqdan saqlaning
🔘 Kunning eng issiq paytida ichkarida qoling va og‘ir jismoniy faollikdan saqlaning.
🔘 Imkon qadar soyada bo‘ling. To‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh nuri ostida havo harorati 10–15°C darajaga issiqroq sezilishi mumkin.
🔘 Har kuni kamida 2–3 soatni salqin joyda o‘tkazing.
🔘 Hech qachon suvda yolg‘iz suzmang.
🔘 Issiq havo bo‘yicha rasmiy ogohlantirish va tavsiyalarga rioya qiling.
🏠 Uyingizni salqin tuting
🔘 Uyda havoni almashtirish uchun, derazalarni kechasi va erta tongda ochib toza havoni ichkariga kiriting.
🔘 Kunduzi deraza, parda, jalyuzilarni yopib, quyosh nurlarini cheklang.
🔘 Iloji boricha foydalanmayotgan elektr jihozlarini tokdan o‘chirib qo‘ying.
🔘 Elektr ventilyatorlardan faqat 40 °C dan past haroratda foydalaning. 40 °C dan yuqori haroratda ventilyator tanani yanada qizdiradi.
🔘 Agar konditsionerdan foydalansangiz, uni taxminan 27°C ga sozlab, bir vaqtni o‘zida ventilatorni ishlatsangiz, bu xonani 4°C gacha salqinroq his qilishga yordam beradi va elektr energiyasi sarfini kamaytiradi.
🔘 Tashqaridagi soyali joylar ba'zan bino ichidan salqinroq bo‘lishi mumkinligini unutmang.
💧 Tanangizni salqin tuting va tez-tez suv iching
🔘 Kun davomida muntazam ravishda suv ichib turing. Shifokor boshqa tavsiya bermagan bo‘lsa, har soatda bir stakan suv ichishga va kuniga 2–3 litr suv iste’mol qilishga harakat qiling.
🔘 Chanqashni kutmang.
🔘 Tarkibida shakar, kofein bo‘lgan va alkogolli ichimliklarni cheklang.
🔘 Yengil, keng bichimli kiyim kiying va havo o‘tkazadigan choyshablardan foydalaning.
🔘 Salqin dush yoki vanna qabul qiling.
🔘 Teringizni nam mato, purkagich (sprey) yoki ozgina namlangan kiyim yordamida sovuting.
👵 Yaqinlaringizdan va yordamga muhtoj insonlardan xabar oling
🔘 Katta yoshdagilar, ayniqsa, 65 yoshdan oshgan kishilar bilan muntazam bog‘lanib turing.
🔘 Yurak, o‘pka yoki buyrak kasalliklari insonlar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va yolg‘iz yashovchilar holidan xabar oling.
🔘 Ularning ichimlik suvi va dam olish uchun salqin joyi borligiga ishonch hosil qiling.
👶 Chaqaloqlar va bolalarni himoya qiling
🔘 Bolalar yoki uy hayvonlarini to‘xtab turgan mashina ichida, hatto bir necha daqiqaga ham, hech qachon qoldirmang. Avtomobil ichidagi harorat juda tez hayot uchun xavfli darajaga ko‘tarilishi mumkin.
🔘 Bolalarni kunning eng issiq vaqtida to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh ostida qoldirmang.
🔘 Ularni soyada yoki bino ichida bo‘lishga undang. Soyada harorat 10°C salqinroq his etilishi mumkin.
🔘 Bolalar aravachasini hech qachon quruq adyol yoki mato bilan yopmang, chunki bu issiqlikni ichkarida ushlab qolishi mumkin. Buning o‘rniga yengil nam matodan foydalaning va kerak bo‘lganda uni qayta namlab turing.
🔘 Bolalarga terini yopib turadigan yengil, keng bichimli kiyim kiydiring. Keng soyabonli bosh kiyim, quyoshdan saqlovchi ko‘zoynak va quyoshdan himoya kremidan foydalaning.
🔘 Uy ichini salqin saqlash bo‘yicha tavsiyalarga amal qiling.
🌍 Nega bu muhim?
Iqlim o‘zgarishi tufayli jazirama to‘lqinlari tobora tez-tez kuzatilmoqda, davomiyligi uzunlashmoqda va darajasi kuchaymoqda. Shu sababli ko‘plab mamlakatlar aholini jaziramadan himoya qilish uchun “Jazirama vaqtida salomatlik bo‘yicha harakat rejalari”ni ishlab chiqmoqda. Bunday choralar favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlikni kuchaytiradi, sog‘liqni saqlash tizimlariga tushadigan yukni kamaytiradi va insonlar hayotini saqlab qoladi.
🏛Siyosat ishlab chiquvchilar uchun
“Jazirama vaqtida salomatlik bo‘yicha harakat rejalari: qo‘llanma, ikkinchi nashr
Heat–health action plans: guidance, second edition
JSSTning “Jazirama vaqtida salomatlik bo‘yicha harakat rejalari” bo‘yicha yangilangan qo‘llanmasi mamlakatlarga bunday rejalarni ishlab chiqish, kuchaytirish va amaliyotga joriy etishda yordam beradi. Qo‘llanma sakkiz asosiy yo‘nalishni qamrab oladi: boshqaruv, jazirama bo‘yicha ogohlantirish tizimlari, xavf guruhlari, kommunikatsiya, sog‘liqni saqlash tizimi barqarorligi, issiqlik ta’sirini kamaytirish, monitoring va baholash.
🌿 Jazirama insonlar, hayvonlar va atrof-muhitga birdek ta’sir qiladi. Yuqori harorat ekotizimlarga zarar yetkazishi, hayvonlar salomatligiga ta’sir qilishi va ayrim yuqumli kasalliklar, jumladan zoonozlar tarqalishiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Website| Facebook | Instagram | X (Twitter) | Telegram | LinkedIn
5 761
❗️Toshkentdagi qurilish obyektlaridan birida avariya yuz berib, kanalizatsiya (oqava suvlar quviri) yorilib, poydevor qismini to’ldirgan. Hozirda bu oqava suvlar Salar kanaliga yo’naltirilayotgani aytilmoqda.
Agar haqiqatan ham oqova suvlar Salar kanaliga oqizilgan bo‘lsa, bu shunchaki texnik xato emas. Bu insonlar salomatligi, suv ekotizimlari va atrof-muhit xavfsizligi bilan bog‘liq masala.
Qurilish shahar rivoji uchun muhim. Lekin rivojlanish tabiat va odamlar salomatligi hisobiga bo‘lmasligi kerak. Har qanday avariyada eng tez yechim emas, balki ekologik zararni eng kam darajaga tushiradigan yechim tanlanishi lozim. Buning uchun muhandislik standartlari, ekologik talablar va nazorat tizimi mavjud.
Endi eng muhimi — oqibatlarni ochiq va xolis baholash. Qancha miqdorda ifloslanish yuz bergani, uning suv va tuproqqa ta’siri qanday bo‘lgani, kim javobgar ekani va bunday holat takrorlanmasligi uchun qanday choralar ko‘rilishi jamoatchilikka ma’lum qilinishi kerak.
5 761
Bilasizmi, menga tez-tez uysiz it va mushuklarni bir joyga yig‘ib o‘ldirishayotgani aks etgan videolarni yuborishadi. Bu holatning sababi qonunchilikdagi bo‘shliqlar, emlash va nazorat tizimining yetarli emasligi hamda ta’limda bu mavzuga e’tibor berilmasligidadir.
Bugungi kunda hayvonlar huquqlariga oid asosiy hujjat — “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonun. Ammo u asosan yovvoyi hayvonlarni qamrab oladi. Uy hayvonlari, egasiz hayvonlar, ularni saqlash va himoya qilish masalalari esa yetarlicha tartibga solinmagan. Shu bois Oliy Majlisda ko‘rib chiqilayotgan “Hayvonlarni himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhim ahamiyatga ega va uning tezroq qabul qilinishi kutilmoqda.
Ko‘ngillilar bu masalaga e’tibor qaratish uchun petitsiya tuzishdi. Agar siz ham befarq bo‘lmasangiz, quyidagi havola orqali qo’llab-quvvatlashingiz mumkin:
https://t.me/Mehr_Soyasi
