urikguli
Открыть в Telegram
ekofaol•erkin jurnalist•ona 📞@urikguli 🌱Donatlar uchun https://www.tirikchilik.uz/urikguli
Больше6 015
Подписчики
-1224 часа
-577 дней
-13830 день
Архив постов
6 015
🌡️ 13–17-iyul kunlari kuchli issiq kutilmoqda!
Havo harorati ayrim hududlarda 44–46°C gacha ko‘tarilishi mumkin.
Issiq kunlarni yengilroq o‘tkazish va elektr tarmog‘iga yuklamani kamaytirish uchun:
🔌 Foydalanmayotgan jihozlarni tokdan uzing.
❄️ Konditsionerni 24–26°C da ishlating.
🌱 O‘simliklarni ertalab yoki kechqurun sug‘oring.
☀️ 11:00–14:00 oralig‘ida imkon qadar tashqarida bo‘lmang.
💧 Ko‘proq suv iching, yengil ovqatlaning.
Oddiy odatlar nafaqat sog‘lig‘ingizni, balki elektr energiyasini ham asrashga yordam beradi.
6 015
Yashil qo’llar loyihasi Toshkent va Samarqandda hashar uyushtirish bilan shug’ullanadi. Bu loyiha butun respublika bo’ylab amalga oshirishmoqchi. Agar siz ham o’z viloyatingizda shu loyihaning koordinatori bo’lmoqchi bo’lsangiz ushbu havola orqali o’ting:
@yashilqollar_admin
6 015
Repost from Mirzodan maktub
+8
🇺🇿 Hukumat va FA'ga murojaat:
Shaharsozlik — bu faqat yangi binolar qurish emas, balki mavjud resurslarni to‘g‘ri boshqarish san’ati. Toshkentda Alisher Navoiy nomidagi Adabiyot muzeyi joylashgan bino shahar matosining (urban fabric) uzviy qismi hisoblanadi.
Yangi loyihalar — bu texnik taraqqiyot, lekin mavjud imkoniyatlarni (binoni) shunchaki yopib qo‘yish yoki funksiyasiz qoldirish — bu shaharsozlikdagi iqtisodiy va madaniy xato. Arxitektura — bu xotira, xotira esa ijtimoiy kapitaldir.
Quyida ushbu obyektning tarixiy xronologiyasini keltiraman:
• 1933–1936-yillar: Bino qurib bitkazildi. Inshoot o‘sha davr me’moriy uslubida, seysmik chidamlilik talablarini hisobga olgan holda bunyod etilgan.
• 1939–1940-yillar: Alisher Navoiy tavalludining 500 yilligi munosabati bilan bino bazasida muzey tashkil etildi. Asosiy tashkilotchilar: Oybek, G‘afur G‘ulom, Hamid Olimjon va Maqsud Shayxzoda.
• 1949-yil: Muzey oldidagi maydonga haykaltarosh L. A. Ditrix tomonidan yaratilgan Alisher Navoiy haykali o‘rnatildi.
• 1968-yil: Muzeyda yirik rekonstruksiya va ekspozitsiyani yangilash ishlari amalga oshirildi. Buxorolik hunarmandlar tomonidan “Farhod va Shirin” hamda “Layli va Majnun” dostonlari syujeti asosida gilamlar to‘qildi, haykaltarosh A. Grishchenko tomonidan Bobur haykali yaratildi.
• 1972-yil: Rassom Chingiz Ahmarov “Navoiy lirikasi” zalida monumental freskalar ishladi. Bu ishlar binoning ichki arxitekturasi bilan uyg‘unlashgan “san’at sintezi” konsepsiyasini ta’minladi.
• 1994-yil: Rassom I. Ilhomov tomonidan Boburga bag‘ishlangan zal uchun “Boburning Samarqandga kirib kelishi”asari chizildi.
✦ Texnik holati: Bino qalin g‘ishtli konstruksiya va termoinersiya xususiyatiga ega. Bu konstruktiv yechim qadimiy qo‘lyozmalarni saqlash uchun tabiiy iqlim nazoratini ta’minlab kelgan.
✦ Bugungi kun: Muzey fondini Yangi Toshkentdagi loyihaga ko‘chirish rejalashtirilmoqda. Navoiy ko‘chasidagi tarixiy binoning kelgusi funksional taqdiri (rekonstruksiya yoki yangi maqomda foydalanish, fasadini, ichki holatini zamonaviy standartlarda ta’mirlab, atrofini obodonlashtirish) jamoatchilik va mutaxassislar muhokamasida.
Nega bu bino asrab qolinishi shart?
→ Adaptive Reuse (Moslashuvchan foydalanish): Binoni muzey sifatida saqlash shart emas, lekin uni shahar uchun funksional xizmat qildiradigan “yangi hayot” berish shart. Shahar markazida tayyor va mustahkam infratuzilmani yo‘qotish — bu shahar byudjetiga tushadigan ortiqcha yuk.
→ Kutubxona yoki jamoat markazi: Ushbu bino lokatsiyasi va ichki fazoviy tuzilishi (zallar ketma-ketligi, akustika, yorug‘lik tushishi) uni zamonaviy ilmiy kutubxona, o‘quv zallari yoki yoshlar uchun madaniy kovorkingga aylantirish uchun ideal. Shahar markazida bunday tinch muhit va tarixiy auraga ega joylar kamayib bormoqda.
→ Shahar identiteti: Yangi Toshkent — bu kelajak uchun ko‘zlov, Navoiy ko‘chasidagi bino esa — poydevor. Ikkalasining yonma-yon yashashi shaharning tarixiy uzluksizligini ta’minlaydi. Tarixiy binolarni buzish yoki ularni qarovsiz qoldirish — bu shahar imidjini, qadrini tekislab yuboradi.
Muzey eksponatlari yangi binoga ko‘chishi mumkin, bu — texnik jarayon. Lekin 1933-yilgi arxitekturani “eski” deb hisoblab, unga yangi vazifa yuklamasdan tashlab qo‘yish — bu shaharsozlikda yo‘l qo‘yiladigan eng katta xatolardan biri.
Bu bino xalq mulki. U kutubxona, ilmiy-tadqiqot markazi yoki shahar jamoatchiligi uchun ochiq madaniy maskan sifatida qayta funksionalizatsiya qilinishi — eng mantiqiy va tejamkor yechimdir.
Shahar tarixiy binolarning yangi funksiyalarga moslashishi hisobiga rivojlanadi, ularning yo‘q qilinishi hisobiga emas.
#BuzmangHayotBering
@mirzodanmaktub
6 015
Repost from Mirzodan maktub
Navoiy koʻchasidagi bino taqdiri haqida albatta lom-mim deyilmagan, misol uchun. Aqalli biror gap yoʻq.
Sotib yuborilganmi? Buziladimi? Aniq javob beringlar-da.
@mirzodanmaktub
6 015
Repost from WHO Uzbekistan
☀️ JAZIRAMA: O‘ZINGIZNI VA YAQINLARINGIZNI ASRANG
(на русском языке)
Haddan tashqari yuqori havo harorati qisqa vaqt ichida sog‘liq uchun xavf tug‘dirishi mumkin. Bu og‘ir kasalliklar, shifoxonaga tushish va hatto o‘limga olib kelishi mumkin. Ayniqsa yoshi kattalar, yosh bolalar, homilador ayollar, surunkali kasalliklarga chalingan insonlar va ochiq havoda mehnat qiladigan insonlar ko‘proq xavf ostida.
Jazirama kunlarda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) quyidagilarni tavsiya qiladi:
☂️ Issiqdan saqlaning
🔘 Kunning eng issiq paytida ichkarida qoling va og‘ir jismoniy faollikdan saqlaning.
🔘 Imkon qadar soyada bo‘ling. To‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh nuri ostida havo harorati 10–15°C darajaga issiqroq sezilishi mumkin.
🔘 Har kuni kamida 2–3 soatni salqin joyda o‘tkazing.
🔘 Hech qachon suvda yolg‘iz suzmang.
🔘 Issiq havo bo‘yicha rasmiy ogohlantirish va tavsiyalarga rioya qiling.
🏠 Uyingizni salqin tuting
🔘 Uyda havoni almashtirish uchun, derazalarni kechasi va erta tongda ochib toza havoni ichkariga kiriting.
🔘 Kunduzi deraza, parda, jalyuzilarni yopib, quyosh nurlarini cheklang.
🔘 Iloji boricha foydalanmayotgan elektr jihozlarini tokdan o‘chirib qo‘ying.
🔘 Elektr ventilyatorlardan faqat 40 °C dan past haroratda foydalaning. 40 °C dan yuqori haroratda ventilyator tanani yanada qizdiradi.
🔘 Agar konditsionerdan foydalansangiz, uni taxminan 27°C ga sozlab, bir vaqtni o‘zida ventilatorni ishlatsangiz, bu xonani 4°C gacha salqinroq his qilishga yordam beradi va elektr energiyasi sarfini kamaytiradi.
🔘 Tashqaridagi soyali joylar ba'zan bino ichidan salqinroq bo‘lishi mumkinligini unutmang.
💧 Tanangizni salqin tuting va tez-tez suv iching
🔘 Kun davomida muntazam ravishda suv ichib turing. Shifokor boshqa tavsiya bermagan bo‘lsa, har soatda bir stakan suv ichishga va kuniga 2–3 litr suv iste’mol qilishga harakat qiling.
🔘 Chanqashni kutmang.
🔘 Tarkibida shakar, kofein bo‘lgan va alkogolli ichimliklarni cheklang.
🔘 Yengil, keng bichimli kiyim kiying va havo o‘tkazadigan choyshablardan foydalaning.
🔘 Salqin dush yoki vanna qabul qiling.
🔘 Teringizni nam mato, purkagich (sprey) yoki ozgina namlangan kiyim yordamida sovuting.
👵 Yaqinlaringizdan va yordamga muhtoj insonlardan xabar oling
🔘 Katta yoshdagilar, ayniqsa, 65 yoshdan oshgan kishilar bilan muntazam bog‘lanib turing.
🔘 Yurak, o‘pka yoki buyrak kasalliklari insonlar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va yolg‘iz yashovchilar holidan xabar oling.
🔘 Ularning ichimlik suvi va dam olish uchun salqin joyi borligiga ishonch hosil qiling.
👶 Chaqaloqlar va bolalarni himoya qiling
🔘 Bolalar yoki uy hayvonlarini to‘xtab turgan mashina ichida, hatto bir necha daqiqaga ham, hech qachon qoldirmang. Avtomobil ichidagi harorat juda tez hayot uchun xavfli darajaga ko‘tarilishi mumkin.
🔘 Bolalarni kunning eng issiq vaqtida to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh ostida qoldirmang.
🔘 Ularni soyada yoki bino ichida bo‘lishga undang. Soyada harorat 10°C salqinroq his etilishi mumkin.
🔘 Bolalar aravachasini hech qachon quruq adyol yoki mato bilan yopmang, chunki bu issiqlikni ichkarida ushlab qolishi mumkin. Buning o‘rniga yengil nam matodan foydalaning va kerak bo‘lganda uni qayta namlab turing.
🔘 Bolalarga terini yopib turadigan yengil, keng bichimli kiyim kiydiring. Keng soyabonli bosh kiyim, quyoshdan saqlovchi ko‘zoynak va quyoshdan himoya kremidan foydalaning.
🔘 Uy ichini salqin saqlash bo‘yicha tavsiyalarga amal qiling.
🌍 Nega bu muhim?
Iqlim o‘zgarishi tufayli jazirama to‘lqinlari tobora tez-tez kuzatilmoqda, davomiyligi uzunlashmoqda va darajasi kuchaymoqda. Shu sababli ko‘plab mamlakatlar aholini jaziramadan himoya qilish uchun “Jazirama vaqtida salomatlik bo‘yicha harakat rejalari”ni ishlab chiqmoqda. Bunday choralar favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlikni kuchaytiradi, sog‘liqni saqlash tizimlariga tushadigan yukni kamaytiradi va insonlar hayotini saqlab qoladi.
🏛Siyosat ishlab chiquvchilar uchun
“Jazirama vaqtida salomatlik bo‘yicha harakat rejalari: qo‘llanma, ikkinchi nashr
Heat–health action plans: guidance, second edition
JSSTning “Jazirama vaqtida salomatlik bo‘yicha harakat rejalari” bo‘yicha yangilangan qo‘llanmasi mamlakatlarga bunday rejalarni ishlab chiqish, kuchaytirish va amaliyotga joriy etishda yordam beradi. Qo‘llanma sakkiz asosiy yo‘nalishni qamrab oladi: boshqaruv, jazirama bo‘yicha ogohlantirish tizimlari, xavf guruhlari, kommunikatsiya, sog‘liqni saqlash tizimi barqarorligi, issiqlik ta’sirini kamaytirish, monitoring va baholash.
🌿 Jazirama insonlar, hayvonlar va atrof-muhitga birdek ta’sir qiladi. Yuqori harorat ekotizimlarga zarar yetkazishi, hayvonlar salomatligiga ta’sir qilishi va ayrim yuqumli kasalliklar, jumladan zoonozlar tarqalishiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Website| Facebook | Instagram | X (Twitter) | Telegram | LinkedIn
6 015
❗️Toshkentdagi qurilish obyektlaridan birida avariya yuz berib, kanalizatsiya (oqava suvlar quviri) yorilib, poydevor qismini to’ldirgan. Hozirda bu oqava suvlar Salar kanaliga yo’naltirilayotgani aytilmoqda.
Agar haqiqatan ham oqova suvlar Salar kanaliga oqizilgan bo‘lsa, bu shunchaki texnik xato emas. Bu insonlar salomatligi, suv ekotizimlari va atrof-muhit xavfsizligi bilan bog‘liq masala.
Qurilish shahar rivoji uchun muhim. Lekin rivojlanish tabiat va odamlar salomatligi hisobiga bo‘lmasligi kerak. Har qanday avariyada eng tez yechim emas, balki ekologik zararni eng kam darajaga tushiradigan yechim tanlanishi lozim. Buning uchun muhandislik standartlari, ekologik talablar va nazorat tizimi mavjud.
Endi eng muhimi — oqibatlarni ochiq va xolis baholash. Qancha miqdorda ifloslanish yuz bergani, uning suv va tuproqqa ta’siri qanday bo‘lgani, kim javobgar ekani va bunday holat takrorlanmasligi uchun qanday choralar ko‘rilishi jamoatchilikka ma’lum qilinishi kerak.
6 015
Bilasizmi, menga tez-tez uysiz it va mushuklarni bir joyga yig‘ib o‘ldirishayotgani aks etgan videolarni yuborishadi. Bu holatning sababi qonunchilikdagi bo‘shliqlar, emlash va nazorat tizimining yetarli emasligi hamda ta’limda bu mavzuga e’tibor berilmasligidadir.
Bugungi kunda hayvonlar huquqlariga oid asosiy hujjat — “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonun. Ammo u asosan yovvoyi hayvonlarni qamrab oladi. Uy hayvonlari, egasiz hayvonlar, ularni saqlash va himoya qilish masalalari esa yetarlicha tartibga solinmagan. Shu bois Oliy Majlisda ko‘rib chiqilayotgan “Hayvonlarni himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhim ahamiyatga ega va uning tezroq qabul qilinishi kutilmoqda.
Ko‘ngillilar bu masalaga e’tibor qaratish uchun petitsiya tuzishdi. Agar siz ham befarq bo‘lmasangiz, quyidagi havola orqali qo’llab-quvvatlashingiz mumkin:
https://t.me/Mehr_Soyasi
6 015
Repost from Archemistry | Urban
Tezlikni pasaytiring. Iltimos.
Andijondagi fojia fonida yana qaytadan so'rayveramiz:
Nima halaqit qiladi amaldorlarga shahar ichidagi ruxsat etilgan tezlikni 30–40 km/soatgacha tushirishga? Nega ko'p qatorli yo'llardagi har bir piyoda o'tish joyiga svetofor o'rnatib bo'lmaydi?
Naxotki qora "Malibu"da vazirlikka, hokimiyatga yoki boshlig'ingiz huzuriga bir-ikki daqiqa tezroq yetib borishingiz — yo'ldan o'tayotgan onaning, buvining, bolaning hayotidan muhimroq?
Fizika oddiy va shafqatsiz:
— 30 km/soatda urilgan piyoda omon qolish ehtimoli taxminan 90%.
— 50 km/soatda — halok bo'lish xavfi keskin ortadi.
— 60 km/soat va undan yuqori tezlikda esa omon qolish ehtimoli juda past.
Bu his-tuyg'u emas, bu biologiya. Inson tanasi bunday tezlikdagi zarbalarga moslashmagan.
Va o'zingizga haddan ortiq ishonmang.
Ko'p tanishlarim shunday deydi: "Men tez yuraman, lekin avariya qilmayman, bunga 1000% ishonaman." Afsuski, hech kim bunga kafolat bera olmaydi. Hatto Formula-1 pilotlari ham oddiy shahar ko'chalarida avariyaga uchragan. Siz kim ekansizki, bunchalik ishonasiz o'zingizga?
Agar videodagi avtomobil ruxsat etilgan tezlikdan ancha yuqori tezlikda harakatlangan bo'lsa va buning oqibatida inson halok bo'lgan bo'lsa, qonun doirasida eng og'ir javobgarlik chorasi qo'llanilishi kerak. Shunday jazolar boshqalarga ham ogohlantirish bo'ladi.
"Shahar to'xtab qoladi" deysizmi?
Yo'q, to'xtamaydi. Parij, Bryussel, Xelsinki, Oslo — barchasi shahar ichida tezlikni 30 km/soatgacha tushirdi va shahar hayoti izdan chiqmadi. Aksincha, havo tozaroq, shovqin kamroq, ko'chalar xavfsizroq bo'ldi. Xelsinki aynan shu kabi choralar orqali bolalar ishtirokidagi o'lim holatlarini deyarli nol darajaga tushirdi.
Biz esa hamon 1970-yillarning sovetcha mantiqida yashayapmiz: go'yo ko'cha avtomobil uchun, piyoda esa to'siq.
Endi biroz mashinangiz haqida emas, inson xavfsizligi haqida o'ylang. Haydovchilarning noroziligidan qo'rqish mumkin. Lekin bu qo'rquvni inson hayoti bilan taqqoslab bo'lmaydi.
Inson hayoti ustun turishi kerak. Tezlikni pasaytiring.
Bu hokimiyat qo'lidagi qaror. Bitta qaror minglab insonlarning hayotini saqlab qolishi mumkin. Har bir kechikkan kun esa yangi fojia xavfini saqlab qoladi.
—
🇷🇺 Снизьте скорость. Пожалуйста.
На фоне трагедии в Андижане снова хочется задать один и тот же вопрос.
Что мешает чиновникам снизить разрешённую скорость в городах до 30–40 км/ч? Почему на каждом нерегулируемом пешеходном переходе через многополосную дорогу до сих пор нет светофора?
Неужели возможность приехать на пару минут раньше в министерство, хокимият или на совещание важнее жизни матери, бабушки или ребёнка, переходящих дорогу?
Физика проста и беспощадна:
— при 30 км/ч вероятность выживания пешехода составляет около 90%;
— при 50 км/ч риск смертельного исхода резко возрастает;
— при 60 км/ч и выше шансы выжить становятся минимальными.
Это не эмоции. Это биология. Человеческое тело не приспособлено к таким ударам.
И не переоценивайте свои способности.
Многие говорят: «Я езжу быстро, но в аварию никогда не попаду». Но никто не может дать такой гарантии. Даже пилоты Формулы-1 попадали в ДТП на обычных городских улицах. Почему вы уверены, что именно с вами этого никогда не случится?
Если водитель действительно значительно превысил скорость и именно это привело к гибели человека, он должен понести максимально строгое наказание в рамках закона. Такие случаи должны стать предупреждением для остальных.
«Город остановится», — говорят некоторые.
Нет, не остановится. Париж, Брюссель, Хельсинки, Осло уже снизили скорость до 30 км/ч на большинстве городских улиц. Города не остановились. Наоборот — стало меньше шума, чище воздух и безопаснее улицы. В Хельсинки благодаря подобным мерам удалось практически свести к нулю смертность детей в ДТП.
А мы до сих пор живём по логике 1970-х годов: улица — для автомобилей, а пешеход — помеха.
Пора думать не только о скорости автомобиля, но и о безопасности людей. Да, часть водителей будет недовольна. Но это недовольство несоизмеримо с ценностью человеческой жизни.
Человеческая жизнь должна быть выше скорости. Снизьте скорость.
Это решение находится в руках властей. Одно решение способно сохранить тысячи жизней. Каждый день промедления — это риск новой трагедии.
👍 @archemistryurban
6 015
Repost from yashil_uyim
+4
🌞YASHIL UYIM ekologik festivaliga marhamat!
Unda sizni sovrinli o’yinlar, mutaxassislardan ma’ruza, chiqindilarni qayta ishlash bo’yicha mahorat darslari, ekologik mahsulotlar va ilmiy ishlanmalar yarmarkasi hamda jonli musiqiy dastur kutadi.
🪲27-iyun 12:00-19:00
📍Alpine Land (eski Lokomotiv bog’i)
🎫 Chiptalar ushbu havola orqali:
https://t.me/yashiluyimbot
😊 Savollar bo’lsa: https://t.me/radzhabi
——
🌞 Welcome to the YASHIL UYIM ecological festival!
Join us for prize-winning games, expert talks, workshops on recycling waste, a fair of eco-products and scientific innovations and a live music program.
🪲 June 27, 12:00–19:00
📍 Alpine Land (eski Lokomotiv bog’i)
Yalangʻoch district, 63
🎫 Tickets available via the link:
https://t.me/yashiluyimbot
😊 For questions: https://t.me/radzhabi
6 015
Repost from acdflibrary
+8
Odamlar ob-havoni qanday oʻrganishadi? Havoning namligi nimaga bogʻliq? Olimlar iqlim oʻzgarishlarini qanday kuzatib borishadi? “CIRCUIT” laboratoriyasi ekokvestga start bermoqda: ishtirokchilar ob-havo stansiyalarni yigʻib, ular yordamida atrof-muhitni oʻrganishadi hamda undagi oʻzgarishlarni qayd etishadi. Kursga tayyorgarlik koʻrish uchun, ekofaol Mo‘tabar Xushvaqtova bilan birga kutubxona to‘plamidan saralab olgan kitoblar jamlanmasi bilan tanishib chiqishingizhni tavsiya qilamiz.
Kurs 16-iyunda boshlanadi
Roʻyxatdan oʻtish — acdflibrary.uz saytida
__
Как исследуют погоду? От чего зависит влажность воздуха? Как ученые отслеживают изменения климата? Лаборатория CIRCUIT запускает Экоквест: участники соберут метеостанции, с помощью которых будут изучать окружающую среду и фиксировать изменения. Чтобы подготовиться к курсу, предлагаем изучить книжную подборку из коллекции библиотеки, которую мы собрали вместе с экоактивисткой Мутабар Хушвактовой.
Старт курса — 16 июня
Регистрация на acdflibrary.uz
6 015
Bilasizmi menga tez tez uysiz kuchuk mushuklarni bir joyga yig’ib o’ldirishayotgani tasvirlangan videolarni yuborishadi💔
Hayvonlarga nisbatan zo’ravonlikning sababi qonunchilikdagi kamchiliklar, emlash va nazorat qilish tizimi yo’qligi va ta’limda bu mavzu ko’tarilmasligiga borib taqaladi.
Hozirgi kunda qonunchilik tizimida hayvonlar huquqlarini himoya qilishga qaratilgan eng yirik hujjat “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish toʻgʻrisida"gi qonundir. 53 moddadan iborat ushbu qonunda asosan yovvoyi hayvonlar huquqlari haqida bayon qilingan shuningdek qonunda uy hayvonlari, hayvonlarni boqish, tashish, soʻyish, egasiz uy hayvonlariga sharoit yaratish, hayvonlar ustida tajribalar oʻtkazish kabi masalalar ochiq qolgan. Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi hamda jinoyat kodeksida belgilangan jazo choralarining ogʻirlik darajasi ham yuqori boʻlmagani sabab hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabat hali hamon saqlanib qolmoqda. Qurvonboyev Aslbek - huquqshunos
O‘zbekiston Qonunchilik palatasida hayvonlarni himoya qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasi ko‘rib chiqilmoqda. Unda uy hayvonlarini mas’uliyat bilan saqlash tamoyillari ham nazarda tutilgan. Bu ijobiy o‘zgarishlarga olib kelishi mumkin. Ushbu qonunning tezroq qabul qilinishini kutmoqdamiz, chunki u muammoni hal qilishdagi asosiy shartlardan biridir. Iroda Matkarimova - “Hayot” boshpanasi asoschisiO‘zbekiston rivojlanmoqda, lekin har qanday jamiyatning rivojlanganligi uning zaif mavjudotlarga qanday munosabatda bo‘lishida namoyon bo‘ladi. Odamlarning qo’rquvi hayvonlar ko’payib ketishi, qarovsiz qolishi va qutirish kabi kasalliklarni yoyishi bilan bog’liq. Bu masala davlatdan izchil tizimli yondashuv talab qiladi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti quturishga qarshi kurashda hayvonlarni ommaviy yo‘q qilish emas, balki emlash va populyatsiyani boshqarish samaraliroq ekanini ta’kidlaydi. O‘zbekiston ham bu muammoni zamonaviy va insoniy yo‘l bilan hal qila oladi. Buning uchun uysiz hayvonlar huquqlarini himoya qiluvchi qonun, tutish–sterilizatsiya–emlash–qaytarish tizimi, davlat boshpanalari hamda bolalar uchun hayvonlarga mehr va mas’uliyatni o‘rgatuvchi ta’lim dasturlari kerak. Bir necha yillardan beri ko’ngillilar bu muammoga davlat etiborini qaratish uchun kurashmoqda. Petitsiya tuzib, 10.000 dan ortiq ovoz yig’ishdi. Lekin natija bo’lmadi. Keyingi qadam 60.000 ovoz yig’ish. Agar siz ham biz kabi bu muammoga befarq bo’lmasangiz, ushbu havola orqali o’ting: https://t.me/Mehr_Soyasi Uysiz hayvonlar muammosi borligini inkor qilmaslik lozim. Savol shundaki: biz bu muammoni o‘ldirish bilan hal qilamizmi yoki ilmiy, insoniy va uzoq muddatli yechimlarni tanlaymizmi?
6 015
Chirchiq daryosining bugungi ahvoli achinarli. Uning ikki qirg‘og‘i bo‘ylab tosh maydalash korxonalari daryodan kecha-yu kunduz tosh qazib olib, maydalab, qurilish xomashyosi sifatida sotish bilan ovora. Prezident tomonidan joriy etilgan moratoriydan so‘ng ko‘plab kichik tadbirkorlar faoliyatini to‘xtatdi, biroq yirik kompaniyalar hamon ishini davom ettirmoqda.
Yana bir muammo — Toshkentdan kelayotgan ayrim chiqindi tashuvchi mashinalar poligongacha borishga sarflanadigan yoqilg‘ini tejash maqsadida chiqindilarni daryo atrofiga tashlab ketmoqda. Bir paytlar “Suvga qarab supurma, suvga qarab tupurma” degan dono xalq uchun bu achinarli manzara.
Daryodan tosh qazib olish qanday xavf tug‘diradi?
Tabiiy oqim davomida suv toshlarni yuvadi. Qazib oluvchilar esa daryo o‘zanini vaqtincha burib, ochilib qolgan joydagi toza toshlarni yig‘ib oladi. Suv boshqa o‘zanga buriladi va u yerdagi toshlarni yuvishda davom etadi. Ish tugagach, o‘zan yana o‘zgartiriladi.
Ammo tabiatning o‘z qonunlari bor. Toshlar daryo tubida bejiz yotmaydi — ular oqimni tartibga solish, qirg‘oqlarni himoya qilish va ekotizimning tabiiy muvozanatini saqlashda muhim rol o‘ynaydi. Ularning olib tashlanishi suv rejimining o‘zgarishiga, eroziyaning kuchayishiga, yerosti suvlari va tuproq holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, natijada butun ekotizim izdan chiqishiga olib kelishi mumkin.
Bugun Chirchiq daryosi haqida o’ylasam tashvishlanaman. Yaqinda platinada ham darz paydo bo‘lgani haqida xabar berildi. Suv omborlari atrofi qurilishlar bilan qoplanmoqda, yillab ekologik ekspertiza talab qiladigan Sea Breeze’dek katta loyiha ham chala qilingan ekspertiza bilan ma’qullandi, daryolar esa tinimsiz qazilmoqda. Suv tanqisligi xavfi tobora ortib borayotgan mamlakat uchun suv manbalariga bo’lgan e’tibor jiddiy emas deb hisoblayman va bu meni fuqaro va ona sifatida juda qo’rqitadi.
6 015
🎓 Still choosing your university, or looking for the top university in Central Asia?
Then it’s time to discover Green University!
🗓From June 8 to 12, Green University invites future students, parents, and everyone interested in modern education to its Open Doors Days.
You will have the opportunity to:
✅ explore faculties and academic programs;
✅ meet professors and students;
✅ learn about admission;
requirements and scholarships
✅ enjoy interactive activities, workshops, and the vibrant student atmosphere.
This is more than just an Open Day — it’s a chance to experience your future today
📍Green University
⏰11:00
✔️Join us, ask your questions, discover new opportunities, and take the first step toward your future career!
_____
🎓 Hali ham universitetingizni tanlayapsizmi yoki Markaziy Osiyodagi eng yaxshi universitetni qidiryapsizmi?
Unda Green University bilan yaqindan tanishish vaqti keldi!
🗓8–12-iyun kunlari Green University abituriyentlar, ota-onalar hamda zamonaviy ta’limga qiziqqan barcha uchun Ochiq eshiklar kunlarini tashkil etadi.
Tashrif buyuruvchilar quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘ladilar:
✅ fakultetlar va ta’lim dasturlari bilan tanishish;
✅ professor-o‘qituvchilar va talabalar bilan uchrashish;
✅ qabul talablari hamda stipendiya imkoniyatlari haqida ma’lumot olish;
✅ interaktiv tadbirlar va talabalar hayotining qiziqarli muhitini his etish.
Bu shunchaki Ochiq eshiklar kuni emas — bu o‘z kelajagingizni bugundan kashf etish imkoniyatidir.
📍Green University
⏰Soat 11:00
✔️Bizga qo‘shiling, savollaringizga javob oling, yangi imkoniyatlarni kashf eting va kelajakdagi muvaffaqiyatli karyerangiz sari ilk qadamni qo‘ying!
✉️ info@greenuniversity.uz
☎️ +998555120077
📍Location
🌐Website | 📱Telegram | 📱Instagram | 📱LinkedIn | 🟥YouTube
6 015
Repost from Feruzbek Sayfullayev
Qizilqum bag‘rida yangi sun’iy ko‘l paydo bo‘ldi
Buxoro viloyati, Peshku tumanidagi Gazli shaharchasi shimolida oxirgi yarim yil davomida kuzatilgan me’yordan uch baravar ko‘p yog‘ingarchilik natijasida katta suv havzasi shakllandi.
Ushbu suv havzasi ilgari suvsiz bo‘lgan «Sho‘rbuloq» hududida paydo bo‘lgan. Hozirgi kunda uning umumiy maydoni taxminan 80 kvadrat kilometrni tashkil etmoqda. Bu ko‘rsatkich Buxoro shahri va Chorvoq suv ombori hajmi bilan qiyoslanganda sezilarli darajada kattaligi bilan ajralib turadi.
Mutaxassisning ma’lum qilishicha, hududdagi suvning to‘planishiga tabiiy yog‘ingarchilikdan tashqari, Suv xo‘jaligi vazirligi tizimi tomonidan amalga oshirilgan tadbirlar ham ta’sir ko‘rsatgan. Xususan, baliqchilik sohasini rivojlantirish maqsadida kichik kanallar qazilib, atrof hududlardagi sizot suvlari ushbu ko‘lga yo‘naltirilgan. Suv oqimi esa umumiy hisobda 126 kilometrlik kollektor kanali orqali kelib tushmoqda.
6 015
🥹🌱Aziz obunachilarim, xabaringiz bor, har oyning oxirgi shanbasida ekologik ilmiy-ommabop festival tashkillashtiryapman. Bu loyiha yoshlarni birlashtiradi, ekologiya mavzusini tazyiqsiz o’rgatadi, ilmga qiziqishni orttiradi. Dastur maktab o’quvchilari, talabalar, ota-onalar va bolalar uchun mo’ljallangan.
Keyingi festival ertaga 30-may kuni bo’lib o’tadi. Sizni qiziqarli va mazmunli dastur bilan kutyapmiz. Albatta keling, do’stlaringiz, qarindoshlar guruhlariga ulashing😅
Bolalarimizni tabiatga mehr va bilim bilan ulg’aytiraylik💚
Chiptalar ushbu havola orqali:
https://t.me/yashiluyimbot
