en
Feedback
urikguli

urikguli

Open in Telegram

ekofaol•erkin jurnalist•ona 📞@urikguli 🌱Donatlar uchun https://www.tirikchilik.uz/urikguli

Show more
5 767
Subscribers
-224 hours
-107 days
-12730 days

Data loading in progress...

Tags Cloud
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Incoming and Outgoing Mentions
---
---
---
---
---
---
Attracting Subscribers
September '26
September '26
+22
in 0 channels
August '26
+51
in 0 channels
Get PRO
July '26
+64
in 12 channels
Get PRO
June '26
+176
in 4 channels
Get PRO
May '26
+214
in 6 channels
Get PRO
April '26
+208
in 7 channels
Get PRO
March '26
+207
in 15 channels
Get PRO
February '26
+293
in 1 channels
Get PRO
January '26
+203
in 26 channels
Get PRO
December '25
+117
in 6 channels
Get PRO
November '25
+487
in 19 channels
Get PRO
October '25
+160
in 28 channels
Get PRO
September '25
+149
in 20 channels
Get PRO
August '25
+123
in 10 channels
Get PRO
July '25
+504
in 20 channels
Get PRO
June '25
+629
in 49 channels
Get PRO
May '25
+289
in 18 channels
Get PRO
April '25
+229
in 52 channels
Get PRO
March '25
+230
in 17 channels
Get PRO
February '25
+575
in 53 channels
Get PRO
January '25
+267
in 38 channels
Get PRO
December '24
+198
in 25 channels
Get PRO
November '24
+805
in 44 channels
Get PRO
October '24
+200
in 19 channels
Get PRO
September '24
+172
in 18 channels
Get PRO
August '24
+126
in 12 channels
Get PRO
July '24
+312
in 26 channels
Get PRO
June '24
+378
in 26 channels
Get PRO
May '24
+525
in 32 channels
Get PRO
April '24
+743
in 48 channels
Get PRO
March '24
+467
in 22 channels
Get PRO
February '24
+304
in 22 channels
Get PRO
January '24
+1 123
in 65 channels
Get PRO
December '23
+163
in 8 channels
Get PRO
November '23
+102
in 9 channels
Get PRO
October '23
+113
in 2 channels
Get PRO
September '23
+97
in 0 channels
Get PRO
August '23
+202
in 0 channels
Get PRO
July '23
+453
in 0 channels
Get PRO
June '23
+1 736
in 0 channels
Date
Subscriber Growth
Mentions
Channels
08 September0
07 September+2
06 September+5
05 September+8
04 September0
03 September+3
02 September+2
01 September+2
Channel Posts
🇺🇿❤️ Mustaqil, obod va barhayot bo‘l, aziz yurtim! Tabiating g‘animlar qo‘lidan aziyat chekmasin. Qalbi pok, insofli, diyonatli xalqing o‘zligini unutmasin! Qadring baland, qadriyatlaring o‘chmas bo‘lsin! Vatandoshlar, barchangizga bayram muborak! Shu yurt — hammamizniki! Uning tabiati, qadriyatlari va mustaqilligi bardavom bo‘lishi uchun hammamiz birdek mas’ulmiz!

2
Toshkent tumani “Qizg‘aldoq” MFY hududidagi 2,5 gektar maydonga ekilgan 1 758 ta manzarali va mevali daraxtni boshqa hududga
Toshkent tumani “Qizg‘aldoq” MFY hududidagi 2,5 gektar maydonga ekilgan 1 758 ta manzarali va mevali daraxtni boshqa hududga ko‘chirish Nurafshon tumanlararo ma’muriy sudi qarori bilan yuklatilgan. Mazkur sud qarorini ijro etish uchun tegishli hujjatlar Majburiy ijro byurosiga yuborilgan bo‘lib, hozirda ijro harakatlari boshlanish arafasida. Aholi ushbu qarordan noroziligini bildirib, mas’ul tashkilotlarga bir necha bor murojaat qilmoqda. Biroq hozircha bu murojaatlar bo‘yicha amaliy natija kuzatilmayapti. Shu munosabat bilan mas’ul tashkilotlardan ushbu masalaga jiddiy e’tibor qaratishlarini, daraxtlarning kesilishi yoki nobud bo‘lishining oldini olish hamda ularni saqlab qolish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rishlarini so‘raymiz. 🌳 1 758 ta daraxt — bu shunchaki raqam emas. Bu hududning yashilligi, havosi va kelajagi.
2 442
3
SUV Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida ichimlik suvini 15 km uzoqlikdan olib keladigan insonlar bor. Respublikada hali suv
SUV Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida ichimlik suvini 15 km uzoqlikdan olib keladigan insonlar bor. Respublikada hali suv yetib bormagan hududlar ko’plab topiladi. Siz suvni qancha uzoqllikdan olib kelasiz?
1 872
4
🌞YASHIL UYIM ekologik festivaliga marhamat! Unda sizni sovrinli o’yinlar, mutaxassislardan ma’ruza, chiqindilarni qayta ishl+4
🌞YASHIL UYIM ekologik festivaliga marhamat! Unda sizni sovrinli o’yinlar, mutaxassislardan ma’ruza, chiqindilarni qayta ishlash bo’yicha mahorat darslari, ekologik mahsulotlar va ilmiy ishlanmalar yarmarkasi hamda jonli musiqiy dastur kutadi. 🪲29-avgust 12:00-19:00 📍Alpine Land (eski Lokomotiv bog’i) 🎫 Chiptalar ushbu havola orqali: https://t.me/yashiluyimbot 😊 Savollar bo’lsa: https://t.me/radzhabi —— 🌞 Welcome to the YASHIL UYIM ecological festival! Join us for prize-winning games, expert talks, workshops on recycling waste, a fair of eco-products and scientific innovations and a live music program. 🪲 August 29, 12:00–19:00 📍 Alpine Land (eski Lokomotiv bog’i) Yalangʻoch district, 63 🎫 Tickets available via the link: https://t.me/yashiluyimbot 😊 For questions: https://t.me/radzhabi
2 089
5
Hayvonlarga nisbatan zo’ravonlikka qarshi kurashish har birimizning insoniylik burchimiz! Hukumatdan bu masala bo’yicha qonun
Hayvonlarga nisbatan zo’ravonlikka qarshi kurashish har birimizning insoniylik burchimiz! Hukumatdan bu masala bo’yicha qonunchilik doirasida qaror qabul qilishni so’rayman. #HayvonlarniHimoyaQilaylik@Urik_guli
2 779
6
🇺🇳 🏫 Барқарор ривожланиш маркази ва Ўзбекистон Миллий ахборот агентлиги ҳамкорлигида «Мақсад» лойиҳаси доирасида атроф-муҳ
🇺🇳 🏫 Барқарор ривожланиш маркази ва Ўзбекистон Миллий ахборот агентлиги ҳамкорлигида «Мақсад» лойиҳаси доирасида атроф-муҳитни асраш ва экологик маданиятни тарғиб қилувчи машҳур «Ўрик гули» блоги асосчиси, «Келажак бунёдкори» медали совриндори Мўътабар Хушвақтова ҳамда Барқарор ривожланиш маркази эксперти Гулҳаё Барноева билан барқарор ривожланишнинг барча мақсадлари билан узвий боғлиқ 🇺🇳 #БРМ13 экология ва экологик миграция ҳақида суҳбат. Бизни кузатишда давом этинг! 🇺🇳 brmnnt.uz 🚀Telegram 🔵Facebook 📷Instagram 🎬Youtube
2 371
7
♻️🧵 Kashtado‘z loyihasi ko‘zi ojiz va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun 1 oylik bepul kashtachilik kursini e’lon qiladi. Kurs davomida ishtirokchilar: • oddiy iplar bilan kashta tikishni; • plastik paketlardan kashta tikish texnikasini; • chiqindini qayta ishlash usullarini o‘rganadilar. 📞 Murojaat uchun: +998 99 833 83 14 📍 Ro‘yxatdan o‘tish: Sharoit Plus nogironlar jamiyati 📍 Manzil: Toshkent shahri, Furqat ko‘chasi, 1/1 Barcha viloyatlardan ishtirokchilar qabul qilinadi💚
2 337
8
Uyimizdagi ekologik muhit biz tanlaydigan qurilish materiallaridan boshlanadi. Qurilish materiallari tarkibidagi ayrim moddal+7
Uyimizdagi ekologik muhit biz tanlaydigan qurilish materiallaridan boshlanadi. Qurilish materiallari tarkibidagi ayrim moddalar uy ichidagi havo sifatiga ta’sir qilishi mumkin. Toza havo esa nafaqat ekologiya, balki o’zimiz va yaqinlarimiz salomatligi uchun ham muhim. Shuning uchun mahsulotning tarkibi bilan qiziqish va xavfsizlik hujjatlarini so’rash — ongli tanlovning bir qismi. Siz qurilish materiali sotib olayotganda uning tarkibi haqida so’raganmisiz? 🌿
3 205
9
🌿 Yashil uyim NAMANGANDA! Barcha Namangan ahli, faol va ijodkor yoshlarni Yashil uyim ekologik festivaliga taklif qilamiz! S+4
🌿 Yashil uyim NAMANGANDA! Barcha Namangan ahli, faol va ijodkor yoshlarni Yashil uyim ekologik festivaliga taklif qilamiz! Sizni qiziqarli ma’ruzalar, foydali networking, mahorat darslari, ekologik mahsulotlar yarmarkasi va unutilmas festival muhiti kutmoqda. 🫛23-24-25-iyul 📍LSL SCHOOL 🌞Kirish bepul —— 🌿 Yashil Uyim is coming to NAMANGAN! We invite everyone in Namangan, especially active and creative young people, to join the Yashil Uyim Eco Festival! Enjoy inspiring talks, valuable networking opportunities, hands-on workshops, an eco-products market, and a vibrant festival atmosphere. 🫛 July 23–25 📍 LSL School 🌞 Free admission
2 464
10
Yakkasaroy tumanidagi konditsioner ostida oʻtirvolib buyruq beradiganlar, tinchmisizlar? Chillada, jaziramada tozalatish shar
Yakkasaroy tumanidagi konditsioner ostida oʻtirvolib buyruq beradiganlar, tinchmisizlar? Chillada, jaziramada tozalatish shartmi? Shunday buyruq berganlarning, mansab egallab, farosat egallamaganlarning nega ism-familiyasi ochiq e’lon qilinmaydi? Nega shunchaki uzrcha bilan qutulib ketishadi? Yoki qandaydir oʻrinbosarini “qurbon qilib” yuborishadi? Javobgarligi yoʻq, shuning uchun bilganini qiladi koʻplab gʻoʻddayganlar. Obodonchilik va tozalash, yetkazuv ishlarida, xavfsizlik va mudofaada turganlar, umuman, koʻchada mehnatda yurgan hamma vatandoshlarimizga rahmat deyman, lekin bir-birimizni qiynayvermaylik. Sal fahm qilaylik, katakanlar. Manba (oʻchirtirib yubormaslaridan, yuklab oling) @mirzodanmaktub
2 100
11
🌡️ 13–17-iyul kunlari kuchli issiq kutilmoqda! Havo harorati ayrim hududlarda 44–46°C gacha ko‘tarilishi mumkin. Issiq kunla
🌡️ 13–17-iyul kunlari kuchli issiq kutilmoqda! Havo harorati ayrim hududlarda 44–46°C gacha ko‘tarilishi mumkin. Issiq kunlarni yengilroq o‘tkazish va elektr tarmog‘iga yuklamani kamaytirish uchun: 🔌 Foydalanmayotgan jihozlarni tokdan uzing. ❄️ Konditsionerni 24–26°C da ishlating. 🌱 O‘simliklarni ertalab yoki kechqurun sug‘oring. ☀️ 11:00–14:00 oralig‘ida imkon qadar tashqarida bo‘lmang. 💧 Ko‘proq suv iching, yengil ovqatlaning. Oddiy odatlar nafaqat sog‘lig‘ingizni, balki elektr energiyasini ham asrashga yordam beradi.
4 308
12
Yashil qo’llar loyihasi Toshkent va Samarqandda hashar uyushtirish bilan shug’ullanadi. Bu loyiha butun respublika bo’ylab amalga oshirishmoqchi. Agar siz ham o’z viloyatingizda shu loyihaning koordinatori bo’lmoqchi bo’lsangiz ushbu havola orqali o’ting: @yashilqollar_admin
2 616
13
🇺🇿 Hukumat va FA'ga murojaat: Shaharsozlik — bu faqat yangi binolar qurish emas, balki mavjud resurslarni to‘g‘ri boshqaris+8
🇺🇿 Hukumat va FA'ga murojaat: Shaharsozlik — bu faqat yangi binolar qurish emas, balki mavjud resurslarni to‘g‘ri boshqarish san’ati. Toshkentda Alisher Navoiy nomidagi Adabiyot muzeyi joylashgan bino shahar matosining (urban fabric) uzviy qismi hisoblanadi. Yangi loyihalar — bu texnik taraqqiyot, lekin mavjud imkoniyatlarni (binoni) shunchaki yopib qo‘yish yoki funksiyasiz qoldirish — bu shaharsozlikdagi iqtisodiy va madaniy xato. Arxitektura — bu xotira, xotira esa ijtimoiy kapitaldir. Quyida ushbu obyektning tarixiy xronologiyasini keltiraman: • 1933–1936-yillar: Bino qurib bitkazildi. Inshoot o‘sha davr me’moriy uslubida, seysmik chidamlilik talablarini hisobga olgan holda bunyod etilgan. • 1939–1940-yillar: Alisher Navoiy tavalludining 500 yilligi munosabati bilan bino bazasida muzey tashkil etildi. Asosiy tashkilotchilar: Oybek, G‘afur G‘ulom, Hamid Olimjon va Maqsud Shayxzoda. • 1949-yil: Muzey oldidagi maydonga haykaltarosh L. A. Ditrix tomonidan yaratilgan Alisher Navoiy haykali o‘rnatildi. • 1968-yil: Muzeyda yirik rekonstruksiya va ekspozitsiyani yangilash ishlari amalga oshirildi. Buxorolik hunarmandlar tomonidan “Farhod va Shirin” hamda “Layli va Majnun” dostonlari syujeti asosida gilamlar to‘qildi, haykaltarosh A. Grishchenko tomonidan Bobur haykali yaratildi. • 1972-yil: Rassom Chingiz Ahmarov “Navoiy lirikasi” zalida monumental freskalar ishladi. Bu ishlar binoning ichki arxitekturasi bilan uyg‘unlashgan “san’at sintezi” konsepsiyasini ta’minladi. • 1994-yil: Rassom I. Ilhomov tomonidan Boburga bag‘ishlangan zal uchun “Boburning Samarqandga kirib kelishi”asari chizildi. ✦ Texnik holati: Bino qalin g‘ishtli konstruksiya va termoinersiya xususiyatiga ega. Bu konstruktiv yechim qadimiy qo‘lyozmalarni saqlash uchun tabiiy iqlim nazoratini ta’minlab kelgan. ✦ Bugungi kun: Muzey fondini Yangi Toshkentdagi loyihaga ko‘chirish rejalashtirilmoqda. Navoiy ko‘chasidagi tarixiy binoning kelgusi funksional taqdiri (rekonstruksiya yoki yangi maqomda foydalanish, fasadini, ichki holatini zamonaviy standartlarda ta’mirlab, atrofini obodonlashtirish) jamoatchilik va mutaxassislar muhokamasida. Nega bu bino asrab qolinishi shart? → Adaptive Reuse (Moslashuvchan foydalanish): Binoni muzey sifatida saqlash shart emas, lekin uni shahar uchun funksional xizmat qildiradigan “yangi hayot” berish shart. Shahar markazida tayyor va mustahkam infratuzilmani yo‘qotish — bu shahar byudjetiga tushadigan ortiqcha yuk. → Kutubxona yoki jamoat markazi: Ushbu bino lokatsiyasi va ichki fazoviy tuzilishi (zallar ketma-ketligi, akustika, yorug‘lik tushishi) uni zamonaviy ilmiy kutubxona, o‘quv zallari yoki yoshlar uchun madaniy kovorkingga aylantirish uchun ideal. Shahar markazida bunday tinch muhit va tarixiy auraga ega joylar kamayib bormoqda. → Shahar identiteti: Yangi Toshkent — bu kelajak uchun ko‘zlov, Navoiy ko‘chasidagi bino esa — poydevor. Ikkalasining yonma-yon yashashi shaharning tarixiy uzluksizligini ta’minlaydi. Tarixiy binolarni buzish yoki ularni qarovsiz qoldirish — bu shahar imidjini, qadrini tekislab yuboradi. Muzey eksponatlari yangi binoga ko‘chishi mumkin, bu — texnik jarayon. Lekin 1933-yilgi arxitekturani “eski” deb hisoblab, unga yangi vazifa yuklamasdan tashlab qo‘yish — bu shaharsozlikda yo‘l qo‘yiladigan eng katta xatolardan biri. Bu bino xalq mulki. U kutubxona, ilmiy-tadqiqot markazi yoki shahar jamoatchiligi uchun ochiq madaniy maskan sifatida qayta funksionalizatsiya qilinishi — eng mantiqiy va tejamkor yechimdir. Shahar tarixiy binolarning yangi funksiyalarga moslashishi hisobiga rivojlanadi, ularning yo‘q qilinishi hisobiga emas. #BuzmangHayotBering @mirzodanmaktub
2 672
14
Video message
1 796
15
Navoiy koʻchasidagi bino taqdiri haqida albatta lom-mim deyilmagan, misol uchun. Aqalli biror gap yoʻq. Sotib yuborilganmi? Buziladimi? Aniq javob beringlar-da. @mirzodanmaktub
1 841
16
☀️ JAZIRAMA: O‘ZINGIZNI VA YAQINLARINGIZNI ASRANG (на русском языке)   Haddan tashqari yuqori havo harorati qisqa vaqt ichida sog‘liq uchun xavf tug‘dirishi mumkin. Bu og‘ir kasalliklar, shifoxonaga tushish va hatto o‘limga olib kelishi mumkin. Ayniqsa yoshi kattalar, yosh bolalar, homilador ayollar, surunkali kasalliklarga chalingan insonlar va ochiq havoda mehnat qiladigan insonlar ko‘proq xavf ostida.   Jazirama kunlarda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) quyidagilarni tavsiya qiladi: ☂️ Issiqdan saqlaning 🔘 Kunning eng issiq paytida ichkarida qoling va og‘ir jismoniy faollikdan saqlaning. 🔘 Imkon qadar soyada bo‘ling. To‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh nuri ostida havo harorati 10–15°C darajaga issiqroq sezilishi mumkin.    🔘 Har kuni kamida 2–3 soatni salqin joyda o‘tkazing.  🔘 Hech qachon suvda yolg‘iz suzmang.  🔘 Issiq havo bo‘yicha rasmiy ogohlantirish va tavsiyalarga rioya qiling. 🏠 Uyingizni salqin tuting 🔘 Uyda havoni almashtirish uchun, derazalarni kechasi va erta tongda ochib toza havoni ichkariga kiriting. 🔘 Kunduzi deraza, parda, jalyuzilarni yopib, quyosh nurlarini cheklang. 🔘 Iloji boricha foydalanmayotgan elektr jihozlarini tokdan o‘chirib qo‘ying. 🔘 Elektr ventilyatorlardan faqat 40 °C dan past haroratda foydalaning. 40 °C dan yuqori haroratda ventilyator tanani yanada qizdiradi. 🔘 Agar konditsionerdan foydalansangiz, uni taxminan 27°C ga sozlab, bir vaqtni o‘zida ventilatorni ishlatsangiz, bu xonani 4°C gacha salqinroq his qilishga yordam beradi va elektr energiyasi sarfini kamaytiradi. 🔘 Tashqaridagi soyali joylar ba'zan bino ichidan salqinroq bo‘lishi mumkinligini unutmang.   💧 Tanangizni salqin tuting va tez-tez suv iching 🔘 Kun davomida muntazam ravishda suv ichib turing. Shifokor boshqa tavsiya bermagan bo‘lsa, har soatda bir stakan suv ichishga va kuniga 2–3 litr suv iste’mol qilishga harakat qiling.  🔘 Chanqashni kutmang. 🔘 Tarkibida shakar, kofein bo‘lgan va alkogolli ichimliklarni cheklang.  🔘 Yengil, keng bichimli kiyim kiying va havo o‘tkazadigan choyshablardan foydalaning.  🔘 Salqin dush yoki vanna qabul qiling.  🔘 Teringizni nam mato, purkagich (sprey) yoki ozgina namlangan kiyim yordamida sovuting. 👵 Yaqinlaringizdan va yordamga muhtoj insonlardan xabar oling 🔘 Katta yoshdagilar, ayniqsa, 65 yoshdan oshgan kishilar bilan muntazam bog‘lanib turing.  🔘 Yurak, o‘pka yoki buyrak kasalliklari insonlar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va yolg‘iz yashovchilar holidan xabar oling.  🔘 Ularning ichimlik suvi va dam olish uchun salqin joyi borligiga ishonch hosil qiling. 👶 Chaqaloqlar va bolalarni himoya qiling 🔘 Bolalar yoki uy hayvonlarini to‘xtab turgan mashina ichida, hatto bir necha daqiqaga ham, hech qachon qoldirmang. Avtomobil ichidagi harorat juda tez hayot uchun xavfli darajaga ko‘tarilishi mumkin.  🔘 Bolalarni kunning eng issiq vaqtida to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh ostida qoldirmang. 🔘 Ularni soyada yoki bino ichida bo‘lishga undang. Soyada harorat 10°C salqinroq his etilishi mumkin. 🔘 Bolalar aravachasini hech qachon quruq adyol yoki mato bilan yopmang, chunki bu issiqlikni ichkarida ushlab qolishi mumkin. Buning o‘rniga yengil nam matodan foydalaning va kerak bo‘lganda uni qayta namlab turing. 🔘 Bolalarga terini yopib turadigan yengil, keng bichimli kiyim kiydiring. Keng soyabonli bosh kiyim, quyoshdan saqlovchi ko‘zoynak va quyoshdan himoya kremidan foydalaning.  🔘 Uy ichini salqin saqlash bo‘yicha tavsiyalarga amal qiling. 🌍 Nega bu muhim? Iqlim o‘zgarishi tufayli jazirama to‘lqinlari tobora tez-tez kuzatilmoqda, davomiyligi uzunlashmoqda va darajasi kuchaymoqda. Shu sababli ko‘plab mamlakatlar aholini jaziramadan himoya qilish uchun “Jazirama vaqtida salomatlik bo‘yicha harakat rejalari”ni ishlab chiqmoqda. Bunday choralar favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlikni kuchaytiradi, sog‘liqni saqlash tizimlariga tushadigan yukni kamaytiradi va insonlar hayotini saqlab qoladi. 🏛Siyosat ishlab chiquvchilar uchun “Jazirama vaqtida salomatlik bo‘yicha harakat rejalari: qo‘llanma, ikkinchi nashr Heat–health action plans: guidance, second edition JSSTning “Jazirama vaqtida salomatlik bo‘yicha harakat rejalari” bo‘yicha yangilangan qo‘llanmasi mamlakatlarga bunday rejalarni ishlab chiqish, kuchaytirish va amaliyotga joriy etishda yordam beradi. Qo‘llanma sakkiz asosiy yo‘nalishni qamrab oladi: boshqaruv, jazirama bo‘yicha ogohlantirish tizimlari, xavf guruhlari, kommunikatsiya, sog‘liqni saqlash tizimi barqarorligi, issiqlik ta’sirini kamaytirish, monitoring va baholash. 🌿 Jazirama insonlar, hayvonlar va atrof-muhitga birdek ta’sir qiladi. Yuqori harorat ekotizimlarga zarar yetkazishi, hayvonlar salomatligiga ta’sir qilishi va ayrim yuqumli kasalliklar, jumladan zoonozlar tarqalishiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Website| Facebook | Instagram | X (Twitter) | Telegram | LinkedIn
2 037
17
❗️Toshkentdagi qurilish obyektlaridan birida avariya yuz berib, kanalizatsiya (oqava suvlar quviri) yorilib, poydevor qismini to’ldirgan. Hozirda bu oqava suvlar Salar kanaliga yo’naltirilayotgani aytilmoqda. Agar haqiqatan ham oqova suvlar Salar kanaliga oqizilgan bo‘lsa, bu shunchaki texnik xato emas. Bu insonlar salomatligi, suv ekotizimlari va atrof-muhit xavfsizligi bilan bog‘liq masala. Qurilish shahar rivoji uchun muhim. Lekin rivojlanish tabiat va odamlar salomatligi hisobiga bo‘lmasligi kerak. Har qanday avariyada eng tez yechim emas, balki ekologik zararni eng kam darajaga tushiradigan yechim tanlanishi lozim. Buning uchun muhandislik standartlari, ekologik talablar va nazorat tizimi mavjud. Endi eng muhimi — oqibatlarni ochiq va xolis baholash. Qancha miqdorda ifloslanish yuz bergani, uning suv va tuproqqa ta’siri qanday bo‘lgani, kim javobgar ekani va bunday holat takrorlanmasligi uchun qanday choralar ko‘rilishi jamoatchilikka ma’lum qilinishi kerak.
2 522
18
#HayvonlarniHimoyaQilaylik heshtegini ommalashtiring
#HayvonlarniHimoyaQilaylik heshtegini ommalashtiring
3 631
19
Bilasizmi, menga tez-tez uysiz it va mushuklarni bir joyga yig‘ib o‘ldirishayotgani aks etgan videolarni yuborishadi. Bu hola
Bilasizmi, menga tez-tez uysiz it va mushuklarni bir joyga yig‘ib o‘ldirishayotgani aks etgan videolarni yuborishadi. Bu holatning sababi qonunchilikdagi bo‘shliqlar, emlash va nazorat tizimining yetarli emasligi hamda ta’limda bu mavzuga e’tibor berilmasligidadir. Bugungi kunda hayvonlar huquqlariga oid asosiy hujjat — “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonun. Ammo u asosan yovvoyi hayvonlarni qamrab oladi. Uy hayvonlari, egasiz hayvonlar, ularni saqlash va himoya qilish masalalari esa yetarlicha tartibga solinmagan. Shu bois Oliy Majlisda ko‘rib chiqilayotgan “Hayvonlarni himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhim ahamiyatga ega va uning tezroq qabul qilinishi kutilmoqda. Ko‘ngillilar bu masalaga e’tibor qaratish uchun petitsiya tuzishdi. Agar siz ham befarq bo‘lmasangiz, quyidagi havola orqali qo’llab-quvvatlashingiz mumkin: https://t.me/Mehr_Soyasi
5 263
20
Tezlikni pasaytiring. Iltimos. Andijondagi fojia fonida yana qaytadan so'rayveramiz: Nima halaqit qiladi amaldorlarga shahar ichidagi ruxsat etilgan tezlikni 30–40 km/soatgacha tushirishga? Nega ko'p qatorli yo'llardagi har bir piyoda o'tish joyiga svetofor o'rnatib bo'lmaydi? Naxotki qora "Malibu"da vazirlikka, hokimiyatga yoki boshlig'ingiz huzuriga bir-ikki daqiqa tezroq yetib borishingiz — yo'ldan o'tayotgan onaning, buvining, bolaning hayotidan muhimroq? Fizika oddiy va shafqatsiz: — 30 km/soatda urilgan piyoda omon qolish ehtimoli taxminan 90%. — 50 km/soatda — halok bo'lish xavfi keskin ortadi. — 60 km/soat va undan yuqori tezlikda esa omon qolish ehtimoli juda past. Bu his-tuyg'u emas, bu biologiya. Inson tanasi bunday tezlikdagi zarbalarga moslashmagan. Va o'zingizga haddan ortiq ishonmang. Ko'p tanishlarim shunday deydi: "Men tez yuraman, lekin avariya qilmayman, bunga 1000% ishonaman." Afsuski, hech kim bunga kafolat bera olmaydi. Hatto Formula-1 pilotlari ham oddiy shahar ko'chalarida avariyaga uchragan. Siz kim ekansizki, bunchalik ishonasiz o'zingizga? Agar videodagi avtomobil ruxsat etilgan tezlikdan ancha yuqori tezlikda harakatlangan bo'lsa va buning oqibatida inson halok bo'lgan bo'lsa, qonun doirasida eng og'ir javobgarlik chorasi qo'llanilishi kerak. Shunday jazolar boshqalarga ham ogohlantirish bo'ladi. "Shahar to'xtab qoladi" deysizmi? Yo'q, to'xtamaydi. Parij, Bryussel, Xelsinki, Oslo — barchasi shahar ichida tezlikni 30 km/soatgacha tushirdi va shahar hayoti izdan chiqmadi. Aksincha, havo tozaroq, shovqin kamroq, ko'chalar xavfsizroq bo'ldi. Xelsinki aynan shu kabi choralar orqali bolalar ishtirokidagi o'lim holatlarini deyarli nol darajaga tushirdi. Biz esa hamon 1970-yillarning sovetcha mantiqida yashayapmiz: go'yo ko'cha avtomobil uchun, piyoda esa to'siq. Endi biroz mashinangiz haqida emas, inson xavfsizligi haqida o'ylang. Haydovchilarning noroziligidan qo'rqish mumkin. Lekin bu qo'rquvni inson hayoti bilan taqqoslab bo'lmaydi. Inson hayoti ustun turishi kerak. Tezlikni pasaytiring. Bu hokimiyat qo'lidagi qaror. Bitta qaror minglab insonlarning hayotini saqlab qolishi mumkin. Har bir kechikkan kun esa yangi fojia xavfini saqlab qoladi. — 🇷🇺 Снизьте скорость. Пожалуйста. На фоне трагедии в Андижане снова хочется задать один и тот же вопрос. Что мешает чиновникам снизить разрешённую скорость в городах до 30–40 км/ч? Почему на каждом нерегулируемом пешеходном переходе через многополосную дорогу до сих пор нет светофора? Неужели возможность приехать на пару минут раньше в министерство, хокимият или на совещание важнее жизни матери, бабушки или ребёнка, переходящих дорогу? Физика проста и беспощадна: — при 30 км/ч вероятность выживания пешехода составляет около 90%; — при 50 км/ч риск смертельного исхода резко возрастает; — при 60 км/ч и выше шансы выжить становятся минимальными. Это не эмоции. Это биология. Человеческое тело не приспособлено к таким ударам. И не переоценивайте свои способности. Многие говорят: «Я езжу быстро, но в аварию никогда не попаду». Но никто не может дать такой гарантии. Даже пилоты Формулы-1 попадали в ДТП на обычных городских улицах. Почему вы уверены, что именно с вами этого никогда не случится? Если водитель действительно значительно превысил скорость и именно это привело к гибели человека, он должен понести максимально строгое наказание в рамках закона. Такие случаи должны стать предупреждением для остальных. «Город остановится», — говорят некоторые. Нет, не остановится. Париж, Брюссель, Хельсинки, Осло уже снизили скорость до 30 км/ч на большинстве городских улиц. Города не остановились. Наоборот — стало меньше шума, чище воздух и безопаснее улицы. В Хельсинки благодаря подобным мерам удалось практически свести к нулю смертность детей в ДТП. А мы до сих пор живём по логике 1970-х годов: улица — для автомобилей, а пешеход — помеха. Пора думать не только о скорости автомобиля, но и о безопасности людей. Да, часть водителей будет недовольна. Но это недовольство несоизмеримо с ценностью человеческой жизни. Человеческая жизнь должна быть выше скорости. Снизьте скорость. Это решение находится в руках властей. Одно решение способно сохранить тысячи жизней. Каждый день промедления — это риск новой трагедии. 👍 @archemistryurban
3 034