Milliy kutubxona | Rasmiy
Open in Telegram
Alisher Navoiy nomidagi Oāzbekiston Milliy kutubxonasining telegramdagi rasmiy sahifasi Bizni ijtimoiy tarmoqdagi boshqa sahifalarimizni ham kuzatib boring š https://natlib.taplink.ws Murojaat uchun: @infonatlib_bot
Show more8 607
Subscribers
+124 hours
-647 days
-31430 days
Posts Archive
#Bugun
ā
Oāzbekiston xalq rassomi Roāzi Choriyev tavalludining 95 yilligiga
š XX asr oŹ»zbek tasviriy sanʼatining yorqin namoyandalaridan biri RoŹ»zi Choriyev oŹ»z asarlarida milliy va umuminsoniy maʼnaviy qadriyatlarni, betakror Vatanni, fidoyi va samimiy insonlarni, goŹ»zal manzaralarni va xalq turmush tarzini ulugŹ»lagan. U Oāzbekiston tasviriy san'atiga oāz dunyosi, ramzlari va syujetlari, uslub va moāyqalami bilan kirib keldi. U portret, peyzaj, natyurmort janrlarida faol va samarali ijod qildi. Rassom chizgan portretlar yorqin, betakror obrazlar silsilasidan iborat boālib, qahramonlari oddiy mehnatkashlar, katta va oārta yoshdagi erkaklar va ayollardir.
š Roāzi Chorievning ijodkor sifatida shakllanishida I.E.Repin nomidagi Rangtasvir, haykaltaroshlik va me'morchilik instituti va rassom Yu.Neprinsev katta rol' oāynadi.
#MUSTAQILLIK_SARI_QADAMLAR
#MUSTAQILLIKNING_35_YILLIGI
š Kitob ā qalbga nur, tafakkurga qanot, kelajakka yoāl beruvchi buyuk maārifat manbaidir. Har bir ochilgan kitob ā yangi bir olamga ochilgan eshik, har bir oāqilgan satr esa insonni ezgu maqsadlar sari yetaklovchi qadamdir.
šŗšæ Mustaqillikning 35 yilligi ā ilm, maārifat va kitobxonlik qadri yanada yuksalayotgan, kelajakka ishonch bilan qadam qoāyayotgan davrimizning yorqin timsolidir. Zero, kitob bilan ulgāaygan avlod ā maārifatli millat, buyuk kelajak bunyodkoridir!
Rasmiy sahifalarimizga obuna boāling Telegram l Instagram YouTube l Facebook l Twitter l Website
3000 boʻlishimiz uchun rasmiy sahifalarimizga obuna boʻling Mustaqillil toʻyiga toʻyona boʻlsin!
Ko'k yozuvni ustiga bosish orqali bizga obuna bo'lishingiz mumkin!
Qoʻllab quvvatlashingizga ishonamiz!
š±Rasmiy sahifalarimizga obuna boāling
Telegram l Instagram YouTube l Facebook l Twitter l Website
#Kutubxona_OAV_nigohida
Yangi Toshkent hududida barpo etilayotgan O'zbekiston Milliy kutubxonasi haqidagi ma'lumotlarni hamda u bugun foydalanishga tayyormi degan savollarga ushbu lavha orqali batafasil javob olishingiz mumkin.
š±Rasmiy sahifalarimizga obuna boāling Telegram l Instagram YouTube l Facebook l Twitter l Website
Repost from MA'RIFAT TARGāIBOTCHILAR JAMIYATI
#Mustaqillik35
#Kitobxonlik
š Oliy Majlis huzuridagi Jamoat fondi tashabbusi hamda āMaārifatā targāibotchilar jamiyati hamkorligida Uchtepa tumanidagi Axborot-kutubxona markaziga 500 nomdagi 2 500 nusxa kitob topshirildi.
Batafsil O'zA da yoritildi.
ā
Bizni kuzatishda davom eting!
Telegram|Instagram|Facebook|veb-sayt|YouTub
#MUSTAQILLIK_SARI_QADAMLAR
#MUSTAQILLIKNING_35_YILLIGI
šŗšæ Yurtimizda tinchlik, oāzaro hurmat va doāstlik qadriyatlari jamiyatimiz hayotida muhim oārin tutadi. Turli madaniyat va anāanalar oāzaro uygāunlashib, Vatanimizning boy maānaviy qiyofasini yanada boyitib kelmoqda.
šHar bir insonning erkin va farovon hayot kechirishi, oāz qadriyatlarini asrab-avaylashi hamda jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qoāshishi ā yurtimizdagi osoyishtalikning muhim omilidir.
⨠Mustaqillikning 35 yilligi ā tinchlik, hamjihatlik va ezgu maqsadlar sari bosib oātilgan sharafli yoālning yorqin ifodasidir.
š¤ Birlik bor joyda ā barqarorlik va taraqqiyot bor.
š±Rasmiy sahifalarimizga obuna boāling
Telegram l Instagram YouTube l Facebook l Twitter l Website
#Turkiy_Adabiyot_Durdonalari
#Qozoq_adabiyoti
2019-yil 15-oktabrda Boku shahrida oātkazilgan Turkiy davlatlar hamkorlik kengashi sammitida Prezidentimiz "Turkiy adabiyot durdonalari" nomli 100 jildlik toāplamni turkiy xalqlarning ona tillarida nashr etish tashabbusini ilgari surdilar.
Mazkur tashabbus asosida ushbu 100 jildlik toāplam ilk bor Oāzbekistonda tayyorlanib, lotin yozuviga asoslangan oāzbek alifbosida nashr etildi.
Toāplamga XIāXXI asrlarda yashab ijod qilgan 629 nafar atoqli shoir, adib va mutafakkirlarning eng sara asarlari kiritilgan. Unda umumturkiy adabiyot bilan bir qatorda oāzbek, qoraqalpoq, turk, ozarbayjon, qozoq, qirgāiz, turkman va venger adabiyoti durdonalari ham oārin olgan.
Toāplamning jildlari bilan tanishtirishda davom etamizā¦
šQozoq adabiyoti boālimi 72-jilddan 81-jildgacha boālib, jami 10 jildni tashkil etadi. Ushbu qism qozoq xalqining boy ogāzaki va yozma adabiy merosi, mumtoz ijodkorlari hamda zamonaviy sheāriyati va nasrini oāzbek kitobxoniga izchil yetkazib beradi.
š Ushbu jildlar:
72-jild: Abay Qoānanboyev ā Qozoq yozma adabiyotining asoschisi, buyuk shoir va mutafakkir Abayning saralangan sheārlari, dostonlari hamda āNasihatlarā (āQara sozderā) asari oārin olgan.
73-jild: Jambul Jabayev ā Qozoq xalqining atoqli oqini Jambul Jabayevning dostonlari, toālgāovlari va termalari jamlangan.
74-jild: Muxtor Avezov ā Qozoq nasrining choāqqisi hisoblangan, jahon adabiyoti durdonasiga aylangan āAbay yoāliā epopeya-romani.
75-jild: Sobit Muqonov ā Taniqli qozoq adibining saralangan nasriy va publitsistik asarlari.
76-jild: Gāabit Musrepov ā Qozoq adabiyotida nasr va dramaturgiya rivojiga ulkan hissa qoāshgan adibning hikoya va qissalari.
77-jild: Oljas Sulaymonov ā Dunyoga mashhur qozoq shoiri va jamoat arbobining falsafiy-publitsistik sheāriyati va dostonlari.
78-jild: Abdijamil Nurpeisov ā Mashhur āQon va terā trilogiyasi va boshqa sara nasriy asarlari.
79-jild: Berdibek Soqpaqboyev ā Bolalar va oāsmirlar adabiyotining yetuk vakili (āMening otim Qojaā va boshqa qissalari).
80-jild: Qozoq sheāriyati antologiyasi ā XXāXXI asrlarda ijod qilgan yetuk qozoq shoirlarining saralangan sheāriy asarlari guldastasi.
81-jild: Qozoq zamonaviy nasri antologiyasi ā Zamonaviy qozoq hikoya va qissachiligining eng yaxshi namunalari jamlangan.
Ushbu 10 jildlik toāplam qozoq elining asrlar davomida shakllangan maānaviy-badiiy dunyosini va uning zamonaviy adabiy jarayonlarini toāliq aks ettiradi.
š Mazkur nashrlarni Oāzbekiston Milliy kutubxonasi fondidan mutolaa qilishingiz mumkin.
š±Rasmiy sahifalarimizga obuna boāling Telegram l Instagram YouTube l Facebook l Twitter l Website
#MUSTAQILLIK_SARI_QADAMLAR
#MUSTAQILLIKNING_35_YILLIGI
šŗšæ OŹ»zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oŹ»z nutqlarida tinchlikning qadriga yetish va uni asrash har bir fuqaroning muqaddas burchi ekanini bot-bot taʼkidlaydilar.
āHayot qanchalik mashaqqatli boŹ»lmasin, mamlakatimizda demokratik islohotlarni izchil davom ettirib, xalqimizni rozi qilishga, tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashga bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etamiz. Lekin tinchlikni saqlash faqat harbiylarimizning ishi boŹ»lib qolmasligi kerak. Bu barchamizning, har bir OŹ»zbekiston fuqarosining muqaddas burchi boŹ»lishi shart. Yurtning kuchi ā birlikda, qadri esa tinchlikdadir.ā
šHar bir insonning erkin va farovon hayot kechirishi, oāz qadriyatlarini asrab-avaylashi hamda jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qoāshishi ā yurtimizdagi osoyishtalikning muhim omilidir.
⨠Mustaqillikning 35 yilligi ā tinchlik, hamjihatlik va ezgu maqsadlar sari bosib oātilgan sharafli yoālning yorqin ifodasidir.
#MUSTAQILLIK_SARI_QADAMLAR
#MUSTAQILLIKNING_35_YILLIGI
šŗšæ Milliy oāzligimiz, ona tilimiz va boy maānaviy merosimiz ā yurtimiz taraqqiyotining muhim tayanchlaridir.
š Bugungi avlod ajdodlarimiz qoldirgan bebaho adabiy merosni asrab-avaylab, uni yangi avlodlarga yetkazish yoālida munosib qadamlar tashlamoqda. Har bir asar ā tarix, har bir soāz ā milliy xotira va maānaviy merosdir.
⨠Mustaqillikning 35 yilligi ā bosib oātilgan sharafli yoāl, erishilgan yutuqlar va yorugā kelajak sari intilishlar timsoli.
š Adabiyotga ehtirom ā millatga ehtirom.
š±Rasmiy sahifalarimizga obuna boāling Telegram l Instagram YouTube l Facebook l Twitter l Website
+9
ā
2026-yil 21-avgust kuni Oāzbekiston Milliy kutubxonasida Oāzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aāzosi, shoira, jurnalist Nazira Boymurodovaning āTilsimā sheāriy toāplami taqdimoti boālib oātdi.
Taqdimotda taniqli shoirlar, yozuvchilar, OAV xodimlari hamda sheāriyat ixlosmandlari ishtirok etdilar.
š Nazira Boymurodovaning 2026-yilda nashrdan chiqqan āTilsimā sheāriy toāplami shoiraning 250ga yaqin falsafiy, lirik va qalb kechinmalarini, insoniy munosabatlar va hayot goāzalligini tarannum etuvchi goāzal she'rlarini oāz ichiga olgan.
š Shoira nazdida inson oāzi bir tilsim. Hayot sinovlaridan sabr va bardosh bilan oāta oladigan, qalbini, inja tuygāularini har qanday evrilishlarda ham pok saqlab, goāzalliklarga oshno etgan kuchli shaxs namoyon.
š U ijod olamiga āKelajak ovoziā koārik-tanlovi orqali kirib kelgan. Uning ilk sheāriy kitobi āEndi faqat kulib yashaymanā (2011) nomi bilan chop etilgan edi. She'rlari turk, turkman, ozarbayjon tillarida chop etilgan.
BATAFSIL
ā
Oāzbekiston Milliy kutubxonasi fonida saqlanayotgan ishbilarmonlarning maxsus āTujjorā nomli gazetasi 1907-yil 21-avgustdan boshlab Toshkentda oāzbek tili (arab alifbosi)da chop etildi.
š° Unda mazkur nashrning yoānalishi, maslagi bayon qilingan. Muharrir gazetanning tavsifini keltirib, āZamonamiz matbuot olamining eng taraqqiy zamonidirā degan fikrni bayon qiladi va āTujjorā jami dindoshlarimning oāz huquq milliy va moliyalarini talab qilmoqlari uchun buyuk bir advokatdirā deb qayd etadi.
š Muallif matbuotni āOinai jahonnamoāga qiyoslaydi. Jadidlar mazkur gazetadan minbar sifatida foydalanishga harakat qilganlar. Birgina Mahmudxoāja Behbudiyning qator maqolalari chop etilgan.
š° Gazeta sahifalarida ma'rifiy, ma'naviy-ahloqiy maqolalar bilan bir qatorda rasmiy xabarlar, xorijiy xabarlar, telegramma xabarlari, idoraga maktub, fel'eton ruknida ma'lumotlar berib borildi.
š±Rasmiy sahifalarimizga obuna boāling Telegram l Instagram YouTube l Facebook l Twitter l Website
+2
Ilmiy maqolalarni izlang, ishonchli manbalarga tayanib yangi bilimlarni kashf eting!
Zamonaviy ilm-fan va taālimda muvaffaqiyatli izlanishlar olib borish mutaxassislardan yetakchi manbalar bilan ishlashni talab qiladi. Shu maqsadda, Oāzbekiston Milliy kutubxonasi o'z foydalanuvchilariga xalqaro Wiley Online Library elektron ilmiy platformasidan bahramand bo'lish imkoniyatini taqdim etadi.
š¬ Wiley Online Library ā tabiiy va aniq fanlardan tortib, ijtimoiy va gumanitar fanlargacha boālgan keng yoānalishlarni qamrab oluvchi nufuzli ilmiy-elektron platformalardan biridir.
š Platforma orqali ilmiy jurnallar, elektron kitoblar, maālumotnomalar va boshqa ilmiy nashrlar bilan tanishish hamda izlanishlaringiz uchun zarur materiallarni tezda topish mumkin.
š Wiley platformasida quyidagi yoānalishlar boāyicha resurslar mavjud:
- Qishloq, suv xoājaligi va oziq-ovqat fanlari
- Sanāat va amaliy sanāat
- Biznes, iqtisodiyot, moliya va buxgalteriya
- Kimyo
- Yer, koinot va atrof-muhit fanlari
- Gumanitar fanlar
- Tibbiyot
- Hamshiralik, stomatologiya va sogāliqni saqlash
- Fizika fanlari va muhandislik
- Psixologiya
- Veterinariya
š Milliy kutubxona sizni jahonning yetakchi ilmiy-elektron resurslaridan unumli foydalanishga taklif etadi!
š±Rasmiy sahifalarimizga obuna boāling Telegram l Instagram YouTube l Facebook l Twitter l Website
