Milliy kutubxona | Rasmiy
رفتن به کانال در Telegram
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining telegramdagi rasmiy sahifasi Bizni ijtimoiy tarmoqdagi boshqa sahifalarimizni ham kuzatib boring 👉 https://natlib.taplink.ws Murojaat uchun: @infonatlib_bot
نمایش بیشتر8 945
مشترکین
+10424 ساعت
+977 روز
-7930 روز
آرشیو پست ها
16.09.2026 #Toshkent
KITOBLAR TAQDIMOTIMuxbir: DILSHODA AVAZOVA @bugun_lavhalar✅
+8
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi talabalari ekskursiyaga keldilar
Ekskursiya davomida talabalar kutubxonaning boy kitob fondi, o‘quv zallari va kitobxonlarga ko‘rsatiladigan xizmatlar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, zarur adabiyotlarni izlash, kutubxona resurslaridan foydalanish hamda elektron axborot bazalari imkoniyatlari hamda Nodir nashrlardagi noyob qo'lyozmalar haqida ma’lumot oldilar.Ekskursiya davomida yoshlar kutubxona muhitida mutolaa qilish va mustaqil bilim olish uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling Telegram l Instagram YouTube l Facebook l Twitter l Website
+8
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti hamda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalari ekskursiya uchun keldilar
Ekskursiya davomida talabalar kutubxonaning boy fondi, o‘quv zallari va zamonaviy axborot-resurs xizmatlari bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, kutubxonadan foydalanish tartibi va kitobxonlar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida ma’lumot oldilar.📖 Mazmunli ekskursiya talabalar uchun kitob va mutolaa olami bilan yaqindan tanishish, Milliy kutubxona imkoniyatlaridan samarali foydalanish uchun yaxshi imkoniyat bo‘ldi.
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling Telegram l Instagram YouTube l Facebook l Twitter l Website
+6
2026-yil 16-sentyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining Raqamlashtirilgan resurslarni qayta ishlash xizmat rahbari S. Olimov tomonidan "Raqamli asrda mualliflik huquqi: Kutubxonalar uchun huquqiy xavfsizlik va ochiq ma’lumotlar manbalari bilan ishlash" mavzusida metodik to'garak tashkil etildi.
Tadbir davomida mualliflik huquqining asosiy tushunchalari, raqamli resurslardan qonuniy foydalanish, mualliflik huquqi bilan himoyalangan asarlarni aniqlash hamda elektron nusxalarni ko‘paytirish va tarqatishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan huquqiy xavflar haqida ishtirokchilarga zarur bilim va tushunchalar berildi.
Mashg‘ulot jarayonida foydalanuvchilarga elektron adabiyotlarni qonuniy taqdim etish, ochiq ma’lumotlar manbalaridan foydalanish hamda raqamli resurslar bilan ishlashda mualliflik huquqi talablariga rioya etish yuzasidan berilgan savollarga batafsil javob berildi.
Shuningdek, mualliflik huquqining asar yaratilgan paytdan avtomatik ravishda yuzaga kelishi, uning amal qilish muddati hamda turdosh huquqlarning muhofaza qilinishi bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
https://lex.uz/docs/-1022944#-1023064
2026-yil 16-sentyabr kuni soat 10:30 da metodik to‘garakning navbatdagi yig‘ilishi Zoom platformasi orqali bo‘lib o‘tadi.
Mazkur to‘garak Raqamlashtirilgan resurslarni qayta ishlash tomonidan "Raqamli asrda mualliflik huquqi: Kutubxonalar uchun huquqiy xavfsizlik va ochiq ma’lumotlar manbalari bilan ishlash" mavzusida tashkil etiladi.Ushbu mavzuda kutubxonalarda mualliflik huquqiga rioya qilish, raqamli resurslardan qonuniy foydalanish hamda ochiq ma’lumotlar manbalari bilan ishlashning huquqiy jihatlari haqida fikr almashiladi.To‘garakni Raqamlashtirilgan resurslarni qayta ishlash xizmati rahbari Olimov Saidolim olib boradi. Присоединиться к конференции Zoom https://us06web.zoom.us/j/83947869762?pwd=BlhwBWGUWKvWZcYCCNeiy75ZyWBgbs.1 Ссылка на чат конференции https://us06web.zoom.us/launch/jc/83947869762 Идентификатор конференции: 839 4786 9762 Код доступа: 769966
+9
📚 Milliy kutubxonada “Millat gavhari” kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 14-sentyabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida ijodkor Miraziz Mirzayevning “Millat gavhari” kitobi taqdimotiga bag‘ishlangan ma’naviy-adabiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Mazkur asar ona mehrining buyukligi, ayolning oiladagi o‘rni, fidoyilik, sabr-toqat, insoniylik va milliy qadriyatlarni yorituvchi samimiy va ta’sirchan asarlardan biridir. Kitobda muallifning onasi hayoti, uning bolalikdagi sinovlari, turmushdagi mashaqqatlari hamda farzandlari kelajagi yo‘lida qilgan fidokorona mehnati haqida hikoya qilinadi.
Muallif bir onaning taqdiri orqali oilasi va farzandlari uchun o‘z orzularini chetga surib, umrini farzandlari kamoliga baxshida etayotgan minglab fidoyi ayollar siymosini gavdalantiradi. Asarda inson boshidan kechirgan sinovlar uni sindirish bilan birga, sabrli, mehribon va matonatli inson sifatida shakllantirishi mumkinligi ham ta’sirchan ifodalangan.
“Millat gavhari” nomi ham asarning asosiy g‘oyasini o‘zida mujassam etadi. Millatning haqiqiy boyligi shon-shuhrat yoki mansabda emas, balki farzand qalbiga singdirilgan tarbiya, mehr, halollik va ezgulikda namoyon bo‘lishi ta’kidlanadi.
Tadbir davomida kitobning mazmun-mohiyati, yaratilish tarixi va unda ilgari surilgan g‘oyalar haqida fikrlar bildirildi. Ijodkor Miraziz Mirzayev asarning yozilishiga turtki bo‘lgan hayotiy kechinmalari hamda ona siymosining kitobdagi o‘rni haqida so‘z yuritdi.
Tadbirning badiiy qismida kuy-qo‘shiqlar ijro etilib, ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashildi.
Shuningdek, ilm-fan, ma’naviyat va jamoatchilik faoliyatida alohida faollik ko‘rsatgan insonlarni Tashakkurnomalar hamda “Ilmiy yutuqlar e’tirofi” esdalik ko‘krak nishonlari bilan taqdirlash marosimi ham o‘tkazildi.
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling Telegram l Instagram YouTube l Facebook l Twitter l Website
+9
✅ 2026-yil 11-sentabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Kitob va mutolaa” haftaligi doirasida “Adabiyotlar bilimdoni” shiori ostida “Zehn charhi” oʻyini tashkil etildi.
📚 Unda talabalar badiiy asarlar nomini o‘qib eshittirilgan tavsiflar yordamida topish, asar nomlari va ularning muallifini jadvalini to‘g‘ri tuzish va adabiyot mavzusiga oid blis-savollarga javob berish shartlari bo‘yicha kuch sinashdilar.
🏆 Eng faol ishtirokchilar O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan kitob va yorliqlar bilan mukofotlandi.
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling
Telegram l Instagram YouTube l Facebook l Twitter l Website
+3
Kitob va mutolaa haftaligi doirasida tashkil etilgan ochiq eshiklar haftaligida kitobxonlar uchun yo‘lga qo‘yilgan “35-kitobxon” ning so‘nggi ishtirokchilari aniqlandi
Haftalik davomida O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga yangi a’zo bo‘lgan har 35-kitobxonga kitob va kutubxona a’zolik guvohnomasi taqdim etildi. Ushbu tashabbus Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan kitobxonlikni qo‘llab-quvvatlash va yangi kitobxonlarni rag‘batlantirish maqsadida tashkil etildi.📖 Barchangizni kitoblari va kitobxonlari ko‘p bo‘lgan O‘zbekiston Milliy kutubxonasida yana kutib qolamiz!
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling Telegram l Instagram YouTube l Facebook l Twitter l Website
+8
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Kitob va mutolaa haftaligi doirasida tashkil etilgan ochiq eshiklar haftaligi o'z nihoyasiga yetdi
Haftalikning so‘nggi tashrifi Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti talabalari ishtirokida bo‘lib o‘tdi.
Ekskursiya davomida talabalar kutubxonaning faoliyati, kitob fondlari, o‘quv zallari va zamonaviy axborot-kutubxona xizmatlari bilan tanishdilar. Shuningdek, elektron katalogdan foydalanish, zarur adabiyotlarni izlash hamda kutubxona resurslaridan ta’lim va ijodiy izlanishlarda foydalanish imkoniyatlari haqida ma’lumot oldilar.Kitob va mutolaa haftaligi davomida Milliy kutubxonamizga tashrif buyurgan, uning faoliyatiga qiziqish bildirgan barcha oliy ta’lim muassasalari talabalari va ustozlariga samimiy minnatdorlik bildiramiz.
Sizlarning tashrifingiz, qiziqishingiz va kitobga bo‘lgan e’tiboringiz biz uchun muhim. Barchangizni kitoblari va kitobxonlari ko‘p bo‘lgan O‘zbekiston Milliy kutubxonasida yana kutib qolamiz!Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling Telegram l Instagram YouTube l Facebook l Twitter l Website
+8
📚 Ochiq eshiklar haftaligi doirasida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Kitob va mutolaa haftaligi doirasida tashkil etilgan “Ochiq eshiklar haftaligi” munosabati bilan xorijiy ilmiy-ta’limiy ma’lumotlar bazalaridan foydalanish imkoniyatlariga bag‘ishlangan amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.“Xorijiy ilmiy-ta’limiy ma’lumotlar bazalari: ilmiy axborotni samarali izlash imkoniyatlari” mavzusidagi seminarda ilmiy maqolalar, kitoblar, dissertatsiyalar va boshqa elektron resurslarni izlash, ma’lumotlar bazalaridan samarali foydalanish hamda ilmiy tadqiqot va ta’lim jarayonida xalqaro elektron resurslarning afzalliklari haqida ma’lumot berildi.
Shuningdek, ishtirokchilarga Scopus’da indekslangan jurnallar ro‘yxatini aniqlash, zarur ilmiy axborotni tez va samarali izlash usullari hamda Milliy kutubxonada mavjud xorijiy ilmiy-ta’limiy ma’lumotlar bazalaridan foydalanish tartibi tushuntirildi.Seminarni xorijiy ilmiy-ta’limiy ma’lumotlar bazalari bo‘yicha mutaxassislar Husniya Boysunova va Behbudshoh Anvarov spiker sifatida olib bordilar. Seminar ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling Telegram l Instagram YouTube l Facebook l Twitter l Website
+9
📚 Kitob va mutolaa haftaligi doirasidagi so'ngi ekskursiya bo'lib o'tdi
Kitob va mutolaa haftaligi doirasida tashkil etilayotgan ochiq eshiklar haftaligi bugun ham turli ta’lim muassasalari yoshlari ishtirokida davom etdi.O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti hamda Respublika estrada-sirk kolleji talabalari O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga ekskursiyaga keldi. Kutubxona bo‘ylab sayohat davomida talabalar kitob fondlari, o‘quv zallari va zamonaviy axborot-kutubxona xizmatlari bilan tanishib, o‘z ta’lim yo‘nalishlari uchun zarur adabiyotlarni izlash va kutubxona resurslaridan foydalanish imkoniyatlari haqida ma’lumot oldilar.
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling Telegram l Instagram YouTube l Facebook l Twitter l Website
+9
📚 Kitob va mutolaa haftaligi doirasida ochiq eshiklar haftaligi davom etadi
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida ochiq eshiklar haftaligi doirasidagi tashriflar davom etmoqda.Bugun Toshkent Iqtisodiyot va Texnologiyalar Instituti hamda Toshkent Arxitektura va Qurilish Universiteti talabalari keldi.
Ekskursiya davomida yoshlar kutubxonaning ichki faoliyati, kitob fondlari, o‘quv zallari va kitobxonlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar bilan tanishdilar. Shuningdek, elektron katalogdan foydalanish, zarur adabiyotlarni izlash va kutubxona resurslaridan ta’lim jarayonida foydalanish imkoniyatlari haqida ma’lumot oldilar.Tashrif talabalarga Milliy kutubxona faoliyati bilan yaqindan tanishish, o‘zlari uchun zarur axborot manbalarini kashf etish va mutolaa uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘rish imkonini berdi.
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling Telegram l Instagram YouTube l Facebook l Twitter l Website
+9
📚 Ochiq eshiklar haftaligi doirasida navbatdagi ekskursiya
Bugun O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga Vatan universiteti talabalari ekskursiyaga keldi.Ekskursiya davomida talabalar kutubxonaning faoliyati, zamonaviy axborot-kutubxona xizmatlari, boy kitob fondi hamda kitobxonlar uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdilar.
Shuningdek, ularga kutubxonadan foydalanish tartibi, elektron resurslar va mutolaa uchun mavjud sharoitlar haqida ma’lumot berildi.📖 Bunday tashriflar yoshlarning kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish, kutubxona imkoniyatlaridan samarali foydalanish va mutolaa madaniyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling Telegram l Instagram YouTube l Facebook l Twitter l Website
+7
🚀 Kitob va ruhiyat: O‘smirlar uchun Milliy kutubxonaga sayohat
✅ 2026-yil 10-sentabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga Toshkent viloyati va Toshkent shahar IIBB Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida vaqtincha saqlanayotgan 32 nafar voyaga etmagan yoshlar hamda markazning 9 nafar fidoyi xodimlari tashrif buyurishdi.
✨ Tashrif dasturi doirasida:
📖 Kutubxonaning noyob xazinalari va o‘quv zallari bo‘ylab qiziqarli tanishuv ekskursiyasi tashkil etildi;
🧠 Malakali psixolog Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti"Psixologiya" kafedrasi dotsenti, psixologiya fanlari nomzodi Abdullaeva Ranajon Matyoqubovna bilan uchrashuv o‘tkazilib, unda yoshlarning maqsadlari, hayotda to‘g‘ri yo‘l topishlari va shaxsiy rivojlanishlari haqida motivatsiyaga boy suhbat qurildi.
Ijtimoiy tashabbusdan ko‘zlangan bosh maqsad — qiyin hayotiy vaziyatga tushib qolgan o‘smirlarni ma’naviy rag‘batlantirish, ularning dunyoqarashini kitob orqali boyitish.
