Milliy kutubxona | Rasmiy
الذهاب إلى القناة على Telegram
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining telegramdagi rasmiy sahifasi Bizni ijtimoiy tarmoqdagi boshqa sahifalarimizni ham kuzatib boring 👉 https://natlib.taplink.ws Murojaat uchun: @infonatlib_bot
إظهار المزيد8 609
المشتركون
+124 ساعات
-647 أيام
-31430 أيام
أرشيف المشاركات
#Bugun
✅ O‘zbekiston xalq rassomi Ro‘zi Choriyev tavalludining 95 yilligiga
📚 XX asr oʻzbek tasviriy sanʼatining yorqin namoyandalaridan biri Roʻzi Choriyev oʻz asarlarida milliy va umuminsoniy maʼnaviy qadriyatlarni, betakror Vatanni, fidoyi va samimiy insonlarni, goʻzal manzaralarni va xalq turmush tarzini ulugʻlagan. U O‘zbekiston tasviriy san'atiga o‘z dunyosi, ramzlari va syujetlari, uslub va mo‘yqalami bilan kirib keldi. U portret, peyzaj, natyurmort janrlarida faol va samarali ijod qildi. Rassom chizgan portretlar yorqin, betakror obrazlar silsilasidan iborat bo‘lib, qahramonlari oddiy mehnatkashlar, katta va o‘rta yoshdagi erkaklar va ayollardir.
📚 Ro‘zi Chorievning ijodkor sifatida shakllanishida I.E.Repin nomidagi Rangtasvir, haykaltaroshlik va me'morchilik instituti va rassom Yu.Neprinsev katta rol' o‘ynadi.
#MUSTAQILLIK_SARI_QADAMLAR
#MUSTAQILLIKNING_35_YILLIGI
📖 Kitob — qalbga nur, tafakkurga qanot, kelajakka yo‘l beruvchi buyuk ma’rifat manbaidir. Har bir ochilgan kitob — yangi bir olamga ochilgan eshik, har bir o‘qilgan satr esa insonni ezgu maqsadlar sari yetaklovchi qadamdir.
🇺🇿 Mustaqillikning 35 yilligi — ilm, ma’rifat va kitobxonlik qadri yanada yuksalayotgan, kelajakka ishonch bilan qadam qo‘yayotgan davrimizning yorqin timsolidir. Zero, kitob bilan ulg‘aygan avlod — ma’rifatli millat, buyuk kelajak bunyodkoridir!
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling Telegram l Instagram YouTube l Facebook l Twitter l Website
#Kutubxona_OAV_nigohida
Yangi Toshkent hududida barpo etilayotgan O'zbekiston Milliy kutubxonasi haqidagi ma'lumotlarni hamda u bugun foydalanishga tayyormi degan savollarga ushbu lavha orqali batafasil javob olishingiz mumkin.
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling Telegram l Instagram YouTube l Facebook l Twitter l Website
Repost from MA'RIFAT TARG‘IBOTCHILAR JAMIYATI
#Mustaqillik35
#Kitobxonlik
📚 Oliy Majlis huzuridagi Jamoat fondi tashabbusi hamda “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati hamkorligida Uchtepa tumanidagi Axborot-kutubxona markaziga 500 nomdagi 2 500 nusxa kitob topshirildi.
Batafsil O'zA da yoritildi.
✅Bizni kuzatishda davom eting!
Telegram|Instagram|Facebook|veb-sayt|YouTub
#MUSTAQILLIK_SARI_QADAMLAR
#MUSTAQILLIKNING_35_YILLIGI
🇺🇿 Yurtimizda tinchlik, o‘zaro hurmat va do‘stlik qadriyatlari jamiyatimiz hayotida muhim o‘rin tutadi. Turli madaniyat va an’analar o‘zaro uyg‘unlashib, Vatanimizning boy ma’naviy qiyofasini yanada boyitib kelmoqda.
📌Har bir insonning erkin va farovon hayot kechirishi, o‘z qadriyatlarini asrab-avaylashi hamda jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishi — yurtimizdagi osoyishtalikning muhim omilidir.
✨ Mustaqillikning 35 yilligi — tinchlik, hamjihatlik va ezgu maqsadlar sari bosib o‘tilgan sharafli yo‘lning yorqin ifodasidir.
🤝 Birlik bor joyda — barqarorlik va taraqqiyot bor.
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling
Telegram l Instagram YouTube l Facebook l Twitter l Website
#Turkiy_Adabiyot_Durdonalari
#Qozoq_adabiyoti
2019-yil 15-oktabrda Boku shahrida o‘tkazilgan Turkiy davlatlar hamkorlik kengashi sammitida Prezidentimiz "Turkiy adabiyot durdonalari" nomli 100 jildlik to‘plamni turkiy xalqlarning ona tillarida nashr etish tashabbusini ilgari surdilar.
Mazkur tashabbus asosida ushbu 100 jildlik to‘plam ilk bor O‘zbekistonda tayyorlanib, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida nashr etildi.
To‘plamga XI–XXI asrlarda yashab ijod qilgan 629 nafar atoqli shoir, adib va mutafakkirlarning eng sara asarlari kiritilgan. Unda umumturkiy adabiyot bilan bir qatorda o‘zbek, qoraqalpoq, turk, ozarbayjon, qozoq, qirg‘iz, turkman va venger adabiyoti durdonalari ham o‘rin olgan.
To‘plamning jildlari bilan tanishtirishda davom etamiz…
📌Qozoq adabiyoti bo‘limi 72-jilddan 81-jildgacha bo‘lib, jami 10 jildni tashkil etadi. Ushbu qism qozoq xalqining boy og‘zaki va yozma adabiy merosi, mumtoz ijodkorlari hamda zamonaviy she’riyati va nasrini o‘zbek kitobxoniga izchil yetkazib beradi.
📖 Ushbu jildlar:
72-jild: Abay Qo‘nanboyev — Qozoq yozma adabiyotining asoschisi, buyuk shoir va mutafakkir Abayning saralangan she’rlari, dostonlari hamda “Nasihatlar” (“Qara sozder”) asari o‘rin olgan.
73-jild: Jambul Jabayev — Qozoq xalqining atoqli oqini Jambul Jabayevning dostonlari, to‘lg‘ovlari va termalari jamlangan.
74-jild: Muxtor Avezov — Qozoq nasrining cho‘qqisi hisoblangan, jahon adabiyoti durdonasiga aylangan “Abay yo‘li” epopeya-romani.
75-jild: Sobit Muqonov — Taniqli qozoq adibining saralangan nasriy va publitsistik asarlari.
76-jild: G‘abit Musrepov — Qozoq adabiyotida nasr va dramaturgiya rivojiga ulkan hissa qo‘shgan adibning hikoya va qissalari.
77-jild: Oljas Sulaymonov — Dunyoga mashhur qozoq shoiri va jamoat arbobining falsafiy-publitsistik she’riyati va dostonlari.
78-jild: Abdijamil Nurpeisov — Mashhur “Qon va ter” trilogiyasi va boshqa sara nasriy asarlari.
79-jild: Berdibek Soqpaqboyev — Bolalar va o‘smirlar adabiyotining yetuk vakili (“Mening otim Qoja” va boshqa qissalari).
80-jild: Qozoq she’riyati antologiyasi — XX–XXI asrlarda ijod qilgan yetuk qozoq shoirlarining saralangan she’riy asarlari guldastasi.
81-jild: Qozoq zamonaviy nasri antologiyasi — Zamonaviy qozoq hikoya va qissachiligining eng yaxshi namunalari jamlangan.
Ushbu 10 jildlik to‘plam qozoq elining asrlar davomida shakllangan ma’naviy-badiiy dunyosini va uning zamonaviy adabiy jarayonlarini to‘liq aks ettiradi.
📚 Mazkur nashrlarni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondidan mutolaa qilishingiz mumkin.
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling Telegram l Instagram YouTube l Facebook l Twitter l Website
#MUSTAQILLIK_SARI_QADAMLAR
#MUSTAQILLIKNING_35_YILLIGI
🇺🇿 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oʻz nutqlarida tinchlikning qadriga yetish va uni asrash har bir fuqaroning muqaddas burchi ekanini bot-bot taʼkidlaydilar.
“Hayot qanchalik mashaqqatli boʻlmasin, mamlakatimizda demokratik islohotlarni izchil davom ettirib, xalqimizni rozi qilishga, tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashga bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etamiz. Lekin tinchlikni saqlash faqat harbiylarimizning ishi boʻlib qolmasligi kerak. Bu barchamizning, har bir Oʻzbekiston fuqarosining muqaddas burchi boʻlishi shart. Yurtning kuchi – birlikda, qadri esa tinchlikdadir.”
📌Har bir insonning erkin va farovon hayot kechirishi, o‘z qadriyatlarini asrab-avaylashi hamda jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishi — yurtimizdagi osoyishtalikning muhim omilidir.
✨ Mustaqillikning 35 yilligi — tinchlik, hamjihatlik va ezgu maqsadlar sari bosib o‘tilgan sharafli yo‘lning yorqin ifodasidir.
#MUSTAQILLIK_SARI_QADAMLAR
#MUSTAQILLIKNING_35_YILLIGI
🇺🇿 Milliy o‘zligimiz, ona tilimiz va boy ma’naviy merosimiz — yurtimiz taraqqiyotining muhim tayanchlaridir.
📌 Bugungi avlod ajdodlarimiz qoldirgan bebaho adabiy merosni asrab-avaylab, uni yangi avlodlarga yetkazish yo‘lida munosib qadamlar tashlamoqda. Har bir asar — tarix, har bir so‘z — milliy xotira va ma’naviy merosdir.
✨ Mustaqillikning 35 yilligi — bosib o‘tilgan sharafli yo‘l, erishilgan yutuqlar va yorug‘ kelajak sari intilishlar timsoli.
📖 Adabiyotga ehtirom — millatga ehtirom.
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling Telegram l Instagram YouTube l Facebook l Twitter l Website
+9
✅ 2026-yil 21-avgust kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira, jurnalist Nazira Boymurodovaning “Tilsim” she’riy to‘plami taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Taqdimotda taniqli shoirlar, yozuvchilar, OAV xodimlari hamda she’riyat ixlosmandlari ishtirok etdilar.
📝 Nazira Boymurodovaning 2026-yilda nashrdan chiqqan “Tilsim” she’riy to‘plami shoiraning 250ga yaqin falsafiy, lirik va qalb kechinmalarini, insoniy munosabatlar va hayot go‘zalligini tarannum etuvchi go‘zal she'rlarini o‘z ichiga olgan.
📝 Shoira nazdida inson o‘zi bir tilsim. Hayot sinovlaridan sabr va bardosh bilan o‘ta oladigan, qalbini, inja tuyg‘ularini har qanday evrilishlarda ham pok saqlab, go‘zalliklarga oshno etgan kuchli shaxs namoyon.
📝 U ijod olamiga “Kelajak ovozi” ko‘rik-tanlovi orqali kirib kelgan. Uning ilk she’riy kitobi “Endi faqat kulib yashayman” (2011) nomi bilan chop etilgan edi. She'rlari turk, turkman, ozarbayjon tillarida chop etilgan.
BATAFSIL
✅ O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fonida saqlanayotgan ishbilarmonlarning maxsus “Tujjor” nomli gazetasi 1907-yil 21-avgustdan boshlab Toshkentda o‘zbek tili (arab alifbosi)da chop etildi.
📰 Unda mazkur nashrning yo‘nalishi, maslagi bayon qilingan. Muharrir gazetanning tavsifini keltirib, “Zamonamiz matbuot olamining eng taraqqiy zamonidir” degan fikrni bayon qiladi va “Tujjor” jami dindoshlarimning o‘z huquq milliy va moliyalarini talab qilmoqlari uchun buyuk bir advokatdir” deb qayd etadi.
📝 Muallif matbuotni “Oinai jahonnamo”ga qiyoslaydi. Jadidlar mazkur gazetadan minbar sifatida foydalanishga harakat qilganlar. Birgina Mahmudxo‘ja Behbudiyning qator maqolalari chop etilgan.
📰 Gazeta sahifalarida ma'rifiy, ma'naviy-ahloqiy maqolalar bilan bir qatorda rasmiy xabarlar, xorijiy xabarlar, telegramma xabarlari, idoraga maktub, fel'eton ruknida ma'lumotlar berib borildi.
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling Telegram l Instagram YouTube l Facebook l Twitter l Website
+2
Ilmiy maqolalarni izlang, ishonchli manbalarga tayanib yangi bilimlarni kashf eting!
Zamonaviy ilm-fan va ta’limda muvaffaqiyatli izlanishlar olib borish mutaxassislardan yetakchi manbalar bilan ishlashni talab qiladi. Shu maqsadda, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi o'z foydalanuvchilariga xalqaro Wiley Online Library elektron ilmiy platformasidan bahramand bo'lish imkoniyatini taqdim etadi.
🔬 Wiley Online Library — tabiiy va aniq fanlardan tortib, ijtimoiy va gumanitar fanlargacha bo‘lgan keng yo‘nalishlarni qamrab oluvchi nufuzli ilmiy-elektron platformalardan biridir.
📖 Platforma orqali ilmiy jurnallar, elektron kitoblar, ma’lumotnomalar va boshqa ilmiy nashrlar bilan tanishish hamda izlanishlaringiz uchun zarur materiallarni tezda topish mumkin.
📌 Wiley platformasida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha resurslar mavjud:
- Qishloq, suv xo‘jaligi va oziq-ovqat fanlari
- San’at va amaliy san’at
- Biznes, iqtisodiyot, moliya va buxgalteriya
- Kimyo
- Yer, koinot va atrof-muhit fanlari
- Gumanitar fanlar
- Tibbiyot
- Hamshiralik, stomatologiya va sog‘liqni saqlash
- Fizika fanlari va muhandislik
- Psixologiya
- Veterinariya
📚 Milliy kutubxona sizni jahonning yetakchi ilmiy-elektron resurslaridan unumli foydalanishga taklif etadi!
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling Telegram l Instagram YouTube l Facebook l Twitter l Website
