Aziza Sarvarovna
Closed channel
Nafaqat ilm beradigan, balki uni sevdiradigan ustozman💫 Tarixni o'rganish o'tmishda yashash emas, kelajakni ongli qurishni o'rganishdir🖇️ Tarix | Oʻqituvchilik | Intizom Link: @azizasarvarovna Bogʻlanish uchun: @AzizaSarvar_bot
Show moreThe country is not specifiedThe category is not specified
767
Subscribers
-1424 hours
-547 days
-5430 days
Posts Archive
Lekin shu bilan tinib-tinchib o'tirarmidim? 😝
O'zimga yangi hobbi topdim — sudoku.
Bir-ikki kun o'ynaganimdan keyin bitta fikr keldi: "Shuncha yildan beri nega buni oʻynab koʻrmaganman?"
Sudoku shunchaki vaqt o'tkazish uchun o'yin emas. Har safar murakkab jumboqni yechganingizda, miyangiz erishilgan natijadan qoniqish hissini oladi. Bu ijtimoiy tarmoqlarda reelslarni ketma-ket tomosha qilishdan keladigan tezkor dopamindan farq qiladi.
Bunday dopamin mehnat evaziga keladi. Shu sababli u diqqatni jamlashga, sabrni oshirishga va murakkab vazifalarni oxirigacha bajarish odatini shakllantirishga yordam beradi.
Shu paytgacha sudoku faqat zerikarli raqamlar o'yini deb o'ylardim. Endi esa uni miyam uchun haqiqiy mashg'ulot deb bilaman🧠
⬇️Sizning miyangizni chiniqtiradigan hobbingiz bormi? Yoki hali izlayapsizmi?
Aziza Sarvarovna
+2
Bolaligimdan judayam koʻp hobbilarim boʻlgan💡
Rasm chizish, sheʼr va hikoyalar yozish, toʻqish, kashta tikish, turli narsalar yasab, ularni bezatish... Bir narsadan tez zerikib qolganim uchun, hech birida mukammal boʻlmadim☕️
Lekin kashta tiksam maza qilardim. Har bir chokni tikishdan, naqshlarga rang tanlashdan zavq olardim. Ham menga qoʻshimcha daromad keltirardi.
Oxirgi yilda ishim tufayli koʻp kompyuterdan foydalandim, ham darslarim koʻpayib ketdi. Natijadi koʻzimni ogʻrigʻi kuchayib ketdi va yaqinda dadamni qatiy talabi bilan kashta toʻqishni toʻxtatdim💔
Aziza Sarvarovna
🎨 Hobbi — vaqtni behuda sarflash emas.
Ko'pchilik hobbi deganda shunchaki vaqt o'tkazishni tushunadi. Aslida esa hobbi — o'zingizga kiritilgan investitsiya.
Kitob o'qish fikrlash doirangizni kengaytiradi. Sport sog'lig'ingizni mustahkamlaydi. Rasm chizish yoki musiqa ijodkorligingizni rivojlantiradi. Blog yuritish esa yozish, muloqot qilish va yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.
Bugun shunchaki zavq uchun boshlagan mashg'ulotingiz ertaga kasbingiz, qo'shimcha daromadingiz yoki hayotingizni o'zgartiradigan imkoniyatga aylanishi mumkin.
Eng qizig'i, hobbi sizga nafaqat yangi ko'nikmalar beradi, balki kundalik stressdan ham xalos bo'lishga yordam beradi.
Shuning uchun bo'sh vaqtingizni shunchaki "o'tkazmang". Uni o'zingizni rivojlantirishga sarflang.
Aziza Sarvarovna
🤩alom qizlar💖
Bugun abedgacha uy ishlari bilan band boʻlar ekanman. Oshxonani tozalashni bir necha kundan beri ortga surib kelayotgandim. Baribir bugun tozalamasam boʻlmaydi.
Shunaqa payti bitta ovsin kerak boʻladide rosa. Menga ovsin topilsa, qayniukamdan ham koʻproq, oʻzim xursand boʻlsam kerak💚
Oxirgi kunlarda mana shu kitobni oʻqiyapman📖
Bir podkastda shu kitob haqida mavzu boʻldi. Qiziqib audiosini ish orasida eshitishni boshladim. Boʻlmadi. Tushunishimga ogʻirlik qildi. Keyin pdf shaklida oʻqishni boshladim.
Hozircha qiziq ketyapti. Tugatsam yana batafsilroq yozaman.
🔘 Siz qaysi kitobni oʻqiyapsiz? Balki keyingi oʻqiydigan kitobimni siz tavsiya qilarsiz.
Har uxlashdan oldingi savol-javobimiz🌟
Hali toʻliq gapirolmaydi, shunga hmm deb qoʻyaqoladi asalcham💚
Yana talaba bo'lganimda edi...
Agar siz talaba bo'lsangiz (ayniqsa 1-kursda bo'lsangiz), quyidagilarga e'tibor bering:
💡 Baholaringiz imkon qadar yuqori boʻlsin.
Magistraturaga kirishda diplom bali muhim rol o'ynaydi.
💡 Turli stipendiyalarga topshirib ko'ring.
Bu nafaqat qo'shimcha daromad, balki ayrim stipendiyalar magistraturaga imtiyoz bilan kirish imkonini ham beradi.
💡 Chet tillarini o'rganing.
Ilm-fan chegaralarni bilmaydi. Til bilish sizga ilmiy manbalar, xalqaro imkoniyatlar va yaxshi ish topishda katta ustunlik beradi.
💡O'zingizga yaxshi ustoz toping.
Agar shu yo'nalishda ilm qilmoqchi bo'lsangiz, ustoz siz uchun nafaqat ilmiy rahbar, balki to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi va yangi imkoniyatlarga eshik ochuvchi inson bo'ladi.
💡 Ilmiy maqolalar yozishni talabalikdan boshlang.
Bu tajriba keyinchalik sizning ilmiy portfelingizni shakllantiradi va qaysi mavzuda rivojlanishni istashingizni aniqlashga yordam beradi.
✔️To'rt yil juda tez o'tadi. Lekin shu yillarda olgan bilimingiz, tajribangiz va tanishlaringiz siz bilan uzoq yillar qoladi.
🎇 Siz yana talaba bo'lish imkoniga ega bo'lsangiz, nimalarni boshqacha qilardingiz?
Aziza Sarvarovna
+1
Siz ham makaronni avvaldan qovurib olasizmi?
Orada 1 2 marta erinib qovurmagandim. Ovqatim uncha oʻxshab chiqmadi.
🫂Sizningcha, doʻst tanlashda millatning ahamiyati bormi?
🤍Bugun — 30-iyul, Xalqaro doʻstlik kuni.
Doʻstlik faqat ikki inson oʻrtasidagi munosabat emas. U turli millat, til va madaniyat vakillarini birlashtira oladigan eng buyuk qadriyatlardan biridir.
🇺🇿 Oʻzbekiston bunga yorqin misol. Bugungi kunda yurtimizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari ahil va totuv hayot kechirmoqda. Turli tillar, urf-odatlar va madaniyatlar bir yurtda oʻzaro hurmat va hamjihatlik asosida yashab kelmoqda.
Doʻstlikning asl kuchi ham shunda: bir xil boʻlishda emas, turlicha boʻlsak ham bir-birimizni tushunish va hurmat qila olishda.
Aziza Sarvarovna
Kuni talabalarning bahosini EMISga qoʻyishdan boshlangan mendan xayrli tong🥰
Koʻpchilik oʻqituvchining ishi faqat dars oʻtishdan iborat deb oʻylaydi. Aslida esa dars ortida yana bir dunyo jarayonlar bor.
EMIS — kollejlarning oʻquv platformasi. Maktabdagi Kundalik.com qanday vazifani bajarsa, kollejda EMIS shunga yaqin tizim hisoblanadi.
Bizning EMU kollejida esa bundan tashqari alohida platforma ham mavjud. Unda joriy baholar qoʻyiladi, darslik va topshiriqlar yuklanadi, nazorat ishlari oʻtkaziladi.
🤫 Agar oʻqituvchi boʻlishni rejalashtirayotgan boʻlsangiz, faningizni bilishning oʻzi yetmaydi. Shu kabi platformalarda ishlashni ham oʻrganishingiz kerak.
Aziza Sarvarovna
Bugun ham o'zingiz uchun kichik bo'lsa ham bir qadam tashlagan bo'lsangiz, demak bu kun behuda o'tmadi💚
📌Unutmang, mukammal bo'lish shart emas. Muhimi — to'xtab qolmaslik.
Endi esa miyangizni ham dam oldiring. Ertangi kun yangi imkoniyatlar bilan kutib turibdi.
🌙 Xayrli tun. Shirin tushlar koʻringlar!
Bugun 5 soatdan ko'proq dars qildim😌
Ko'pchilik uzoq dars qilish uchun motivatsiya kerak deb o'ylaydi. Men esa buning siri intizomda deb hisoblayman.
Yana bitta odatim bor: bir o'tirishda boshlagan vazifamni iloji boricha tugatishga harakat qilaman. Chunki kun davomida bo'lib-bo'lib dars qilsam, qayta diqqatni jamlash menga ancha qiyin bo'ladi.
Menga eng ko'p yordam beradigan usullar:
1️⃣ Dars qilish joyini tez-tez almashtirib turaman. Bu usul menga eng katta foyda beradi.
2️⃣ Ko'proq suv ichaman. Bu bosh og'rig'i va suvsizlanishning oldini olishga yordam beradi.
3️⃣ Faol o'qiyman. Konspekt yozaman yoki o'qigan mavzuni o'zimga qayta tushuntiraman.
4️⃣Har bir dars oldidan aniq maqsad qo'yaman. Masalan: "Bu vazifani 1 soatda tugataman, keyin dam olaman."
5️⃣Telefonni boshqa xonada qoldiraman yoki butunlay o'chirib qo'yaman.
Siz bir o'tirishda necha soat diqqatni yo'qotmasdan dars qila olasiz?
Aziza Sarvarovna
Har kuni ijtimoiy tarmoqlarda like va dislike tugmalaridan foydalanamiz
Oʻylab qarasak, bu ishoralar shunchaki kontentga boʻlgan munosabatimizni bildiradi. Bizga yoqqaniga like bosamiz, yoqmaganiga esa dislike bosib, keyingi postga oʻtib ketaveramiz.
Lekin tasavvur qiling, shu bitta ishora kimningdir hayot-mamotini hal qilsa-chi?
Unda ham uni hech oʻylamasdan bosarmidingiz? Axir gap inson hayoti haqida ketyapti...
Kechroq mana shu mavzuda qiziqarli postni ulashaman.
Ungacha esa meni likelar bilan siylab turinglar💚
Aziza Sarvarovna
+2
#kuntarixi
29-iyul — NASA tashkil etilgan kun
1958-yil 29-iyulda AQSh prezidenti Duayt Eyzenxaur NASAni tuzish boʻyicha qonunni imzolagan.
NASA insoniyatning koinotni o‘rganish yo‘lidagi eng muhim ilmiy markazlardan biri hisoblanadi. Aynan shu agentlik Oyga insonni olib chiqqan. 1969-yil 20-iyulda Apollo 11 missiyasi Oyga ilk bor qadam qoʻygan.
Nasa Marsga tadqiqot apparatlarini yuborgan va bugungi kunda ham koinot sirlarini o‘rganishda davom etmoqda.
Sizda kosmosga sayohat qilish imkoniyati bo‘lsa, qaysi sayyoraga borishni tanlardingiz?
Aziza Sarvarovna
Assalomu alaykum. Xayrli tong❤️
Ertalab 5:00 ga dars qoʻyilgan edi. Unga kirib chiqib, konspektlarimni ham qilib oldim.
Oʻgʻlim uygʻonguncha boshqa vazifalarimni ham qilib turaman📖
Ertalab vaqtli turishni odat qilganimdan beri, uy ishlariga ham, darslarimga ham bemalol ulguryapman.
Boshida biroz qiyin boʻldi: erta turgan kunim boshim ogʻrib yurdi, hech qanaqa maʼlumot qabul qilmadi, atayin qilgandek oʻgʻlim yigʻlab uygʻonvoldi. Xullas miyam rosa qarshilik qildi.
15 kunlardan keyin, budilnikdan ham avval uygʻonib oladigan boʻldim.
Miyam bunchalik tez oʻrganishini bilganimda bu odatni avvalroq shakllantirardim☕️Siz ertalab nechada uygʻonasiz? Aziza Sarvarovna
Bugungi kun uchun rejalagan hamma ishlarimga ulgurdim✅
Darslarimni hammasini qildim va topshirdim. Moʻljaldagi uy ishlari ham bajarildi.
Endi ertaga 4:00 da turish uchun, vaqtliroq uxlashim kerak.
Xayrli tun goʻzallar❤️
