en
Feedback
Aziza Sarvarovna

Aziza Sarvarovna

Closed channel

Nafaqat ilm beradigan, balki uni sevdiradigan ustozman💫 Tarixni o'rganish o'tmishda yashash emas, kelajakni ongli qurishni o'rganishdir🖇️ Tarix | Oʻqituvchilik | Intizom Link: @azizasarvarovna Bogʻlanish uchun: @AzizaSarvar_bot

Show more
The country is not specifiedThe category is not specified
767
Subscribers
-1424 hours
-547 days
-5430 days
Posts Archive
Assalomu alaykum. Xayrli tong❤️ Ertalab 5:00 ga dars qoʻyilgan edi. Unga kirib chiqib, konspektlarimni ham qilib oldim. Oʻgʻlim uygʻonguncha boshqa vazifalarimni ham qilib turaman📖 Ertalab vaqtli turishni odat qilganimdan beri, uy ishlariga ham, darslarimga ham bemalol ulguryapman. Boshida biroz qiyin boʻldi: erta turgan kunim boshim ogʻrib yurdi, hech qanaqa maʼlumot qabul qilmadi, atayin qilgandek oʻgʻlim yigʻlab uygʻonvoldi. Xullas miyam rosa qarshilik qildi. 15 kunlardan keyin, budilnikdan ham avval uygʻonib oladigan boʻldim.
Miyam bunchalik tez oʻrganishini bilganimda bu odatni avvalroq shakllantirardim☕️
Siz ertalab nechada uygʻonasiz? Aziza Sarvarovna

Bugungi kun uchun rejalagan hamma ishlarimga ulgurdim✅ Darslarimni hammasini qildim va topshirdim. Moʻljaldagi uy ishlari ham
Bugungi kun uchun rejalagan hamma ishlarimga ulgurdim✅ Darslarimni hammasini qildim va topshirdim. Moʻljaldagi uy ishlari ham bajarildi. Endi ertaga 4:00 da turish uchun, vaqtliroq uxlashim kerak. Xayrli tun goʻzallar❤️

Aytgandek, sayt online dars oʻtadiganlar uchun ham qulay. Mavzuga mos test tuzib, havolani guruhga tashlasangiz hamma qr kod orqali oʻz telefonlaridan testni online yechadi. Oxirida kim qancha vaqtda, nechta savolga javob berganini, oʻrinlar bilan chiqarib beradi. Bemalol, 15 dan ortiq oʻquvchilar bir vaqtda test ishlasa boʻladi. Aziza Sarvarovna

Agar kattalarga murakkabroq mavzularda dars oʻtsangiz, bemalol oʻzingizning mavzularingizga moslab yangi oʻyinlar yaratishing
+1
Agar kattalarga murakkabroq mavzularda dars oʻtsangiz, bemalol oʻzingizning mavzularingizga moslab yangi oʻyinlar yaratishingiz mumkin. Saytning ommaviy degan joyida boshqalar tomonidan yaratilgan, sizga mos boʻlgan oʻyinlardan foydalanish mumkin. Sayt har tomonlama qulay va bepul. 🌐 Topqir.uz Maʼlumotlarim siz uchun foydali boʻlgan boʻlsa, 🔥 bosib qoʻying. Aziza Sarvarovna

Hozirgi vaqtda oʻquvchilarni darsga qiziqtirish qiyin boʻlib qolgan. Ular uchun oddiy maʼruza va savol-javob shaklidagi darsl
+2
Hozirgi vaqtda oʻquvchilarni darsga qiziqtirish qiyin boʻlib qolgan. Ular uchun oddiy maʼruza va savol-javob shaklidagi darslar endi zerikarli. Oʻqituvchi har darsga har xil metod bilan qurollanib borishi kerak. Topqir.uz sayti sizga bunda yordamchi boʻlishi mumkin. Agar maktab oʻquvchilariga dars oʻtsangiz, tayyor maktab darsliklariga moslangan oʻyinlar bor. Aziza Sarvarovna

Qaynotam kelishlariga ovqatni tayyorlab, uylarni yigʻishtirib qoʻydim. Endi bemalol sizlarga boya aytgan saytim haqida maʼlum
Qaynotam kelishlariga ovqatni tayyorlab, uylarni yigʻishtirib qoʻydim. Endi bemalol sizlarga boya aytgan saytim haqida maʼlumot bersam boʻladi🙂‍↔️

Aytgandek, kanalimda oʻqituvchilar koʻp-aa!? Kuksini bir yoqlik qilib, sizlarga bitta sayt tavsiya qilaman. Kanalimdan xabar olib turinglar📑

Oʻgʻlim har kuni abedda qaynonam bilan uxlayapti. Men esa darslarimni qilib olib, uxlashga ham ulguryapman. Ertalab vaqtli turganimga, kunduzi uxlamasam boʻlmaydi. Kechki darslarimga soʻljayib qolaman. Kechga kuksi qilmoqchiman. Xamirini muzdek suvga solib qoʻydim.

#kuntarixi Bugun 28-iyul, Birinchi jahon urushi boshlangan kun. Birinchi jahon urushi insoniyatning eng qirgʻinbarot urushlar
+2
#kuntarixi Bugun 28-iyul, Birinchi jahon urushi boshlangan kun. Birinchi jahon urushi insoniyatning eng qirgʻinbarot urushlaridan biri boʻlib, unda 10 mlndan oshiq harbiylar, 12 mlndan oshiq tinch aholi halok boʻlgan. 20 mlndan oshiq odam yaralangan, nogiron boʻlib qolgan, bedarak yoʻqolgan yoki ochlik va kasallikdan vafot etgan. Urushda 30 dan ortiq mamlakatlar qatnashgan. Oʻzbekiston aholisi urushda bevosita ishtirok etmagan boʻlsa ham, front ortida juda katta xizmat koʻrsatgan. Butun mamlakat frontni taʼminlab beruvchi zavodga aylangan.
Insoniyat bunday urushlardan olingan saboq va oqibatlarni unutmasligi kerak edi.
Aziza Sarvarovna

Xayrli tong qizlar💌 Ertalabdan svejiy miyaga oʻylab, bajariladigan vazifalarim bor edi. Hammasini topshirib oldim. Endi kuni boʻyi topshirishim kerak degan bosimlarsiz yuraman. Bugun kuningiz qayerda oʻtadi? Uyda ❤️ Koʻchada 💘 Aziza Sarvarovna

Assalomu alaykum, qizlar. Blogimga xush kelibsiz! Men Aziza Bobomurotovaman. Yoshim 23 da. Oʻzbekiston Milliy Universitetini
Assalomu alaykum, qizlar. Blogimga xush kelibsiz! Men Aziza Bobomurotovaman. Yoshim 23 da. Oʻzbekiston Milliy Universitetini tarix fakultetini bitirganman. EMU University tarkibidagi College of EMUda dars beraman. Tibbiyot kollejida ijtimoiy fanlarga, ayniqsa, tarixga qiziqmaydigan talabalarga dars oʻtib, ularning tarix haqidagi tasavvurlarini oʻzgartirib yuborganman. Siz ham meni kuzatish davomida tarixni sevib qolishingiz mumkin.
Ishonamanki, bilim — ayolning eng katta kuchi. Shu sababli bu blogni ilm olishni, o'z ustida ishlashni va har kuni kechagi o'zidan yaxshiroq bo'lishni tanlagan qizlar uchun ochganman.
Blogimda tarixni yangi nigoh bilan kashf etasiz, o'qituvchilik hayotimdan lavhalarni kuzatasiz, lifestyle va foydali odatlar haqida o'qiysiz, shaxsiy rivojlanish va ilmiy kontentlarni topasiz. Men bilan vaqtingizni maroqli va foydali oʻtkazing💌