en
Feedback
Aziza Sarvarovna

Aziza Sarvarovna

Closed channel

Nafaqat ilm beradigan, balki uni sevdiradigan ustozman💫 Tarixni o'rganish o'tmishda yashash emas, kelajakni ongli qurishni o'rganishdir🖇️ Tarix | Oʻqituvchilik | Intizom Link: @azizasarvarovna Bogʻlanish uchun: @AzizaSarvar_bot

Show more
The country is not specifiedThe category is not specified
792
Subscribers
-1524 hours
-277 days
-2730 days

Data loading in progress...

Similar Channels
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Tags Cloud
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Incoming and Outgoing Mentions
---
---
---
---
---
---
Attracting Subscribers
September '26
September '26
+830
in 2 channels
Date
Subscriber Growth
Mentions
Channels
08 September+1
07 September0
06 September+1
Channel Posts
Shunaqa deb turinglarde 😶 Men ustozlik haqidagi postlarimga reaksiya ham komment ham boʻlmayapti. Endi yozmasammi deb turgan
Shunaqa deb turinglarde 😶 Men ustozlik haqidagi postlarimga reaksiya ham komment ham boʻlmayapti. Endi yozmasammi deb turgandim ⭐ Aziza Sarvarovna

2
O‘zi ustozlik haqidagi postlarim sizga foydali bo‘lyaptimi? O‘tgan yili ishga kirganimdan 10 kun o‘tib, dars boshlanishi kera
O‘zi ustozlik haqidagi postlarim sizga foydali bo‘lyaptimi? O‘tgan yili ishga kirganimdan 10 kun o‘tib, dars boshlanishi kerak edi. Hamma hujjatlarimni tayyorlash va darsga materiallar yig‘ish uchun menda atigi 10 kun bor edi. Meni eng qo‘rqitgan narsa — bitta mavzuni 80 daqiqa davomida yoritib berish va o‘quvchilarni qiziqtira olish edi. Shuning uchun faqat ma’ruza o‘qishga tayyorlanganman. Lekin ustozlik 80 daqiqa zo‘r qilib ma’ruza o‘qish emas ekan! Ma’ruzalarni zo‘r o‘tganman. Lekin menda boshqa muammolar kelib chiqqan. Ba’zi o‘quvchilar bilan til topishishga qiynalganman. Ular meni sababsiz yoqtirishmasdi (buni o‘zlari ham aytishgan 🤣). O‘quvchilar darsimda urishib ketishgan. Hatto bittasi bir paket narsani 4-qavatdan tashlab yuborgan. U bir odamning mashinasining ustiga tushib, 102 ga qo‘ng‘iroq qilishgan. Bitta guruhimda boshida intizomni juda yaxshi ushlaganman, lekin oxiriga borib intizom buzilgan. E’tibor berib qarasangiz, yuqoridagi muammolar o‘qituvchining fan bo‘yicha bilimiga bog‘liq emas. Bular o‘tish davridagi yoshlarning psixologiyasi va o‘qituvchida pedagogik mahorat yetishmasligi bilan bog‘liq muammolar. Mana shularni anglaganimdan keyin o‘z ustimda ishlashni boshladim. To‘g‘ri, yilni zo‘r yakunladim, kamchiliklarim bo‘lmadi, deya olmayman. Lekin har safar o‘quvchilarim meni ko‘rsa: — Ustoz, tanlov faniga tarixni qo‘ysak bo‘ladimi? — Sizning darslaringizni sog‘indik, — deyishadi. Shu gaplar men uchun katta natija. Bu yil esa dars materiallari bazam bor, hujjatlarim tayyor. Endi asosiy e’tiborim — o‘quvchilar bilan ishlash va pedagogik mahoratga oid bilimlarimni oshirishga qaratilgan. Darslar boshlansa, sinovdan o‘tgan, amalda foyda bergan usullarimni sizlar bilan ham bo‘lishaman. Xoʻsh, sizda-chi? Ilk ish boshlagan yillaringizda menikiga oʻxshash muammolar boʻlganmi? Aziza Sarvarovna
205
3
Ustozlar, dars oʻtayotgan vaqtingizda albatta bitta oʻquvchi mahmadonalik qilib darsingizni boʻlaveradimi? Yoki dars oʻtishingizdan kamchilik topib, noqulay savollar beradigan oʻquvchilar boʻladimi? Bunday oʻquvchilarga qanday chora koʻrasiz? Qaytib gapira olmaydigan qilib, boplab urshib beraman - ❤️ Eʼtibor bermaslikka harakat qilaman - 🥰 Oʻzimni usulim bor, izohlarda aytaman - 😎 Aziza Sarvarovna
218
4
🤩ssalomu alaykum 🍁 Ishlarimni bitirib, abedga qaynatma mastava solib qoʻyib, keyin sizlarga aloqaga chiqyapman. Bugun qilad
🤩ssalomu alaykum 🍁 Ishlarimni bitirib, abedga qaynatma mastava solib qoʻyib, keyin sizlarga aloqaga chiqyapman. Bugun qiladigan vazifalarimni ham yozib oldim. Oʻgʻlim bilan yaxshi kelishib tursak, hammasiga ulguraman. Kuningiz barakali oʻtsin, xonimlar 🤩 Aziza Sarvarovna
244
5
No text...
292
6
Ha aytgandek, qizlar bizni toʻliq baxtli boʻlishimizga shu oʻrtogʻi qarshilik qilyaptida 😈 Buni ham uylantirib baxtli qilishimiz kerak. Har dam olish kuni uyimizni tegiga kelvoladi. Buyam yetmagandek erimni ishdan chiqishga ishxonasigayam borvoladi, ikkalasi yoʻq boʻlib ketadi keyin allamahalgacha. Toshkentlik qizlar yoʻqmi? 😶 Yaxshi ishi, Toshkentda 3-4 ta uyi, mashinasi bor. Oʻxshab qolsa chetga chiqib ketmoqchi, anaqisa 🤵‍♂️ Uylansa, oʻz-oʻzginasi bilan boʻlib ketarmidi deymanda 😈
307
7
Xonimlar, baʼzida boshlagan ishingizni, qiziqishlaringizni yaqinlaringiz qoʻllab-quvvatlamasligi mumkin. Ularga bu yoqmasa, foydasiz deb bilsa sizga ham foydasiz degani emas. Inson oʻziga yoqqan ishni qilsa, u oddiy kasb boʻlsa ham yaxshigina daromad qila oladi. Eng muhimi bu ishidan oʻzi zerikmaydi, jarayondan maza qiladi. Oʻxshamay qoladi deb havotir olayotgan boʻlsangiz mayli oʻxshamasin, mayli zerikib qolib bu ish bilan boshqa shugʻullanishni xohlamay qolarsiz. Lekin shu qiziqishingiz qalbingizda va miyaningizda yuk boʻlib qolmaydi. Shu ishni qilmadima deb armonda qolmaysiz. Asta-sekin qalb kasbingizni ham topib olasiz. Shunday ekan, oʻz hayotingizda oʻzingiz xohlagandek yashang, boshqalar siz uchun qaror qilishiga yoʻl qoʻymang 🤩 Aziza Sarvarovna
300
8
Nimaga bunchalik jahlim chiqib ketganini tasavvur qilishingiz uchun aytib beraman. Ish qilyapman, o‘g‘limning uyqusi kelib, injiqlanib, ming‘illab yuribdi. Buyoqda ovqatim ham pishgan, solib berishga qo‘lim tegmayapti. Ayni shu paytda turmush o‘rtog‘imga qo‘ng‘iroq bo‘ldi. Yaqin o‘rtog‘i: «Uyingizni oldidaman, vaqtingiz bo‘lsa, chiqing», dedi. Bu kishi ham: «Ha, vaqtim bor, hozir chiqaman», deb chiqib ketvordi-ku. Men bo‘lsam, ichimdan tutab qolaverdim 😒 Meni qizlar bilan uchrashuvga qo‘ymay, o‘zi o‘rtog‘i bilan bemalol chiqib ketgani alam qildi. Aslida men turmush o‘rtog‘imdan katta narsa kutmayman. Shunchaki, ozgina bo‘lsa ham qiziqishlarimni, rejalarimni hurmat qilishini va men uchun muhim bo‘lgan narsalarni ham muhim deb bilishini xohlayman. Kattalar tili bilan aytganda, bu kishi juda yaxshi inson: ichmaydi, chekmaydi, topgan pulini uyga tashiydi. Meni biror marta urish tugul, so‘kmagan ham. Shuning uchun o‘zim ham ba’zan: «Shuncha yaxshi tomonlari bor-ku, bitta minusiga yopishib olma», deb o‘zimni bosaman. Bu ishim boshidanoq turmush o‘rtog‘imga yoqmayapti, meni qo‘llab-quvvatlamayapti, deb to‘xtab qolmayman baribir. Ularga yoqmasa, o‘zimga judayam yoqadi. Blog yuritib maza qilaman. Qilayotgan ishimni kimdir ma’qullamadi deb tashlab qo‘yolmayman. Balki keyinchalik ular ham bu ish men uchun qanchalik muhimligini tushunib, qo‘llab-quvvatlashni boshlar🙂 Aziza Sarvarovna
302
9
Qizlar, kecha umuman kayfiyatim yo‘q edi Shunga kanalga ham ko‘p narsa yozmadim, vazifalarimni ham o‘zimni majburlab qildim.
Qizlar, kecha umuman kayfiyatim yo‘q edi Shunga kanalga ham ko‘p narsa yozmadim, vazifalarimni ham o‘zimni majburlab qildim. Sababi esa, albatta, turmush o‘rtoq. Ulardan boshqa hech kim kayfiyatimni buza olmaydi. Kecha Blogging kursimdagi kursdoshlar bilan oxirgi yig‘ilishimiz belgilangan edi. O‘zi, shu paytgacha faqat bir marta ruxsat bergandi. Bir haftadan beri so‘rayman, qo‘ymadi 😒 Kecha ertalabdan o‘zi kayfiyatsiz uyg‘ondim. Ishlarimni qilib, abeddan keyin o‘zimga kelib qoldim. «Mayli, bormagan bo‘lsam, uyda shuncha ishlarimni qilvoldim, online qatnashib turaman», deb o‘zimni ovutdim. Lekin, lekin bu yovuz odam nima qildi, denglar… Battar meni asabiylashtiradigan ish qildi 🔫 Davomini yozishga ham ikkilanib qoldim. Chunki blogimda ko‘p shaxsiy hayotimni olib chiqmayman. Opamga aytay desam, baribir kuyovining yonini oladi. Dugonamga yana muammolarimni aytib, boshini qotirishni xohlamadim. Oxiri diydiyo qilishga sizlarni tanladim 😶 Aziza Sarvarovna
330
10
Xayrli tong, qizlarjonlar 🌷 Bugun birinchi marta universitetga boradiganlar bormi? Hay, devoringlarchi! Bugun yangi muhit, y
Xayrli tong, qizlarjonlar 🌷 Bugun birinchi marta universitetga boradiganlar bormi? Hay, devoringlarchi! Bugun yangi muhit, yangi odamlar bilan tanishasiz. Hayotingizda yangi bosqich boshlanadi. Eng muhimi, 4 yildan keyin “Men shu 4 yilda nimalarga erishdim?” degan savolga bir talay javoblaringiz bo‘lsin. Talaba va sobiq talabalar sizlar esa oʻqishning birinchi kunidagi qiziq voqealardan gapiring bering, bir kulaylik🙇‍♀️ Aziza Sarvarovna
339
11
No text...
370
12
Azizlar, menda post uchun ikkita mavzu bor. Tanlashni esa sizlarga qoldiraman 💋
364
13
Xayrli tong, xonimlar 🤩 Oʻtkan kuni aytgandim reja asosida imtihonga tayyorgarlik koʻraman deb. Kecha hammasini hisoblab, re
Xayrli tong, xonimlar 🤩 Oʻtkan kuni aytgandim reja asosida imtihonga tayyorgarlik koʻraman deb. Kecha hammasini hisoblab, reja tuzib chiqdim. Bugun oʻqiyotgan kursim ham yakunlanadi. Bor fokusimni faqat imtihonga qaratmoqchiman. Bugungi rejamdan mana shular oʻrin olgan. Uxlagunimcha hammasini oʻqib boʻlishim kerak. Ulgurdimmi yoʻqmi kechqurun hisobot beraman. Sizlar imtihonga qay usulda tayyorgarlik koʻrasiz? Tajribangizni men bilan boʻlishing💡 Aziza Sarvarovna
408
14
Bu yerda asosan tarixning eng sara saboqlari va ustozlik haqida gaplashamiz. Bemalol oʻrnashib olib, foydali postlarim jamlangan mundarijani koʻrib chiqsangiz boʻladi 💋 Mundarija 1 Mundarija 2 Postlarni oʻqib chiqib, eng yoqqanlarini yozib keting. Bu menga yozish uchun motivatsiya boʻladi 🤵‍♂️
413
15
🤩🤩🤩 🤩🤩🤩 🤩🤩🤩Bizning safimizga 200 dan ortiq xonimlar qoʻshilishdi! Chiroyli va kuchli tafakkurga ega qizlarning jamoasiga xush kelibsiz madmuazellar🧚‍♀️ Mening ismim Aziza, tarixchi-pedagogman. Sizlar bilan ham tanishib olsak. Ismingiz nima? Yoshingiz nechada? Izohga javoblaringizni yoʻllashingiz mumkin, marhamat ⬇️
427
16
Manda doim 1-xato boʻlar ekan. Avval guruhlarga boʻlib, materiallarni tarqatib keyin oʻyin qoidasini tushuntirardim. Guruhim doim shovqinli boʻlgan, eshikni umuman ochmasdim. Agar yuqoridagi maslahatlarning hech qaysi yechim boʻlmasa, guruhda boshidan intizom toʻgʻri oʻrnatilmagan boʻlishi mumkin. Aziza Sarvarovna
381
17
Oʻyin oʻtkazsam nega sinfxona shovqin boʻlib ketadi? Koʻpchilik oʻqituvchilarda shunday holat boʻladi. “Bolalar, hozir o‘yin+1
Oʻyin oʻtkazsam nega sinfxona shovqin boʻlib ketadi? Koʻpchilik oʻqituvchilarda shunday holat boʻladi. “Bolalar, hozir o‘yin o‘ynaymiz”, — deysiz. 5 daqiqadan keyin esa: — Ustoz, u bizning javobimizni aytib qo‘ydi! — Yo‘q, biz birinchi edik! — Ustoz, u gapiryapti! — Bizga ball bering! — Kim javob beradi o‘zi?! 🙄 Va oxirida oʻqituvchi oʻyinni emas, oʻyin o‘qituvchini boshqarib qo‘yadi. Keling shu muammoga doir bir necha yechimlarni koʻrib chiqamiz 💚 ❤Qoidalarni avvaldan aniq oʻrnatib oling Guruhlarga boʻlib, tarqatma materiallarni tarqatib keyin topshiriqni tushuntirmang. Avval kim boshlaydi? Qancha vaqt bor? Shovqin qilganga qanday jarima bor? Kim javob beradi? Ball qanday beriladi? mana shularni hammasi aniq tushuntirib oling va keyin guruhlarga boʻlishni boshlang. Shunda ortiqcha savollarga hojat qolmaydi, shovqin kamayadi. ❤ Hamma bir vaqtda baland gapirmasligi kerak. Muhokama kichik guruh ichida past ovozda boʻlishi kerak va faqat oʻqituvchi soʻragandagina javob berish kerakligini tushuntiring. ❤ Aniq vaqt qoʻying Oʻyin boshlanishidan avval sizlarga muhokama uchun 60 soniya vaqt ajrataman va keyin istalgan guruhdan soʻrayman deng. Shunda oʻquvchilar oʻyinni choʻzib yubormaydi va tezda javob topishga harakat qiladi. ❤ "Toʻxtatish signali"ni oʻrnating Har safar 3...2...1 deb sanagangizda yoki 2 marta qarsak chalsangiz shovqindan toʻxtash kerakligini oʻrgating. Har safar bir xil ishoradan foydalansangiz oʻquvchilar shunga odatlanadi. ❤ Tartibni oʻyinning bir qismiga aylantiring Eng shovqinsiz va tartibli guruhga +1 ball qoʻshib berishingizni qoidaga kiritishingiz mumkin. ❤ Eng katta xato Oʻyin vaqtida koʻp shovqin qildingiz deb oʻyinni toʻxtatib qoʻymang. Bu oʻquvchilarni boshqara olmayotganingizni bildiradi. Undan koʻra, toʻxtatish ishorasini ishlating, 10 soniyacha jim turing, shovqin tinsa davom etishingizni ayting. Shovqin boʻlsa, siz undan ham balandroq gapirishga harakat qilmang. Bu shovqinni battar kuchaytiradi. Yaxshi oʻyin faqat qiziqarli boʻlmasligi kerak, u oʻrganishga ham xizmat qilishi kerak. Sizda koʻproq qanday muammo boʻladi: shovqinmi, vaqt yetmasligimi yoki oʻquvchilar qoidaga boʻysunmasligimi? Aziza Sarvarovna
399
18
Qadrli ustozlar, sizlar ham dars davomida oʻquvchilar bilan oʻyin uyushtirsangiz shovqin boʻlib ketadimi? Bitta podkast eshitganimda shunga yechim berib ketdi, oʻrganvoldim. Qayerda xato qilishimni aniq bildim. Shu haqida yozgunimcha sizlar ham oʻz tajribangiz va fikrlaringizni yozib keting hammaga foydali boʻladi 💋 Aziza Sarvarovna
321
19
Turmush oʻrtoq bilan bir joyda ishlashni plus tomonlari 🤵‍♂️ Mishkam yoʻqolib qolgandi. Hozir taqdimot qilmoqchi edim. Mishk
Turmush oʻrtoq bilan bir joyda ishlashni plus tomonlari 🤵‍♂️ Mishkam yoʻqolib qolgandi. Hozir taqdimot qilmoqchi edim. Mishkasiz qiylanalaman deb ulardan soʻragandim, oʻzlarinikini bervoribdilar. Yana oʻzim tushib olaman desam, qayerdaligimni kameradan topib, bitta talabadan bervoribdi. Uzr endi, turmush oʻrtoq haqidagi postlar koʻpayib ketdi. Kecha bergan travmasidan keyin yaxshi tomonlarini koʻrishga harakat qilyapman👀 Aziza Sarvarovna
374
20
Kecha turmush o‘rtog‘imga: — Premiumim o‘chmoqchi, kartangizni aytib yuboring, pul tashlab yoqib olay, — dedim. — Nima qilasan premiumni o‘zi? Bu oy olmay qo‘ya qol, — dedilar. — Kanalimga chiroyli qilib maqolalar yozishga kerak bo‘ladi, — desam... — Kimga kerak sening maqolalaring, xotin? — deydi 😱😂 Rostan shunaqami, qizlar? Hech kimga kerakmasmi mening maqolalarim? 🥲 Qani, bir yaxshilab komment yozib beringlar-chi. Shu kommentlarni turmush o‘rtog‘imga ko‘rsatib, premium ovolaylik. 😂❤️ Aziza Sarvarovna
318