en
Feedback
Aziza Sarvarovna

Aziza Sarvarovna

Closed channel

Nafaqat ilm beradigan, balki uni sevdiradigan ustozman💫 Tarixni o'rganish o'tmishda yashash emas, kelajakni ongli qurishni o'rganishdir🖇️ Tarix | Oʻqituvchilik | Intizom Link: @azizasarvarovna Bogʻlanish uchun: @AzizaSarvar_bot

Show more
The country is not specifiedThe category is not specified
770
Subscribers
-1324 hours
-407 days
-4030 days
Posts Archive

Xayrli tong, qizlar❤️ Ikki kundan beri turmush oʻrtoq ishdan juda kech kelyapti. Bu meni rejimimga ham taʼsir qilyapti. Ishda
Xayrli tong, qizlar❤️ Ikki kundan beri turmush oʻrtoq ishdan juda kech kelyapti. Bu meni rejimimga ham taʼsir qilyapti. Ishdan oʻz vaqtida kelsa, oʻgʻlim faqat dadasi bilan oʻtiradi. Man oʻzimning ishlarimni bitirib, darslarimga kirib olardim. Ham oʻgʻlimga qarab, uxlatish, ham darslarimni qilishga qiynalyapman. Bugun ishga, "vaqtli keling, xoʻp! Rejimimni buzyapsiz" - deb kuzatvordim😒 Aziza Sarvarovna

Oxirgi marta bir daqiqasini ham oʻtkazmasdan koʻrgan podkastim📱 Sud-med ekspertiza va zakovat haqida suhbat boʻldi. Ikkala m
Oxirgi marta bir daqiqasini ham oʻtkazmasdan koʻrgan podkastim📱 Sud-med ekspertiza va zakovat haqida suhbat boʻldi. Ikkala mavzu ham men uchun juda qiziq boʻlgani uchun maza qilib koʻrdim. Koʻringlar Aziza Sarvarovna

Mashinalashib ketganmiz🚗 Hamma xonada mashinalar. Xudo xohlasa keyingi farzandimiz qiz boʻlsa, sal estetiklashib qolarmiz🌧
+1
Mashinalashib ketganmiz🚗 Hamma xonada mashinalar. Xudo xohlasa keyingi farzandimiz qiz boʻlsa, sal estetiklashib qolarmiz🌧 Aziza Sarvarovna

Xayrli kun, qizlarjonlar🧚‍♀️ Yangi haftaga rejalaringiz qanday? Man barcha rejalarimni bugun yozib chiqaman. Keyin yangi bir
Xayrli kun, qizlarjonlar🧚‍♀️ Yangi haftaga rejalaringiz qanday? Man barcha rejalarimni bugun yozib chiqaman. Keyin yangi bir narsa ustida ishlamoqchiman. Turmush oʻrtoq aytgandek uyda oʻtirgan holimdayam oʻzimga keraksiz ishlar topish bilan bandman🤩 Aziza Sarvarovna

👠Poshnada yurishni qotirib qoʻyadigan xonimlar! Sizning baland poshnalaringiz bir vaqtlar erkaklarning eng trenddagi oyoq ki
👠Poshnada yurishni qotirib qoʻyadigan xonimlar! Sizning baland poshnalaringiz bir vaqtlar erkaklarning eng trenddagi oyoq kiyimi boʻlgan desam-chi? Erkaklar uchun baland poshnalar nima uchun kerak boʻlgan oʻzi? Qachondan boshlab poshnalar ayollar tomonidan oʻzlashtirildi? Shu haqida gaplashamiz⬇️ Aziza Sarvarovna

Odatda yakshanba kunim uyda oʻtardi. Faqat uy tozalab, 3 mahal ovqat qilib dam olish kunini oʻtkazib yuborardim. Bugun kunim koʻchada oʻtdi. Oʻziyam 1 haftaga yetadigan energiya olib keldim😇 Endi mana shu energiya bilan sizlarga ajoyib post tashlayman. Tayyor turinglar🔍 Aziza Sarvarovna

Xayrli tong madmuazellar🧚‍♀️ Kuningiz qanday boshlandi? Maqtaganga koʻz tegar deganidek, oʻgʻlim kechasi bilan injiqlanib yi
Xayrli tong madmuazellar🧚‍♀️ Kuningiz qanday boshlandi? Maqtaganga koʻz tegar deganidek, oʻgʻlim kechasi bilan injiqlanib yigʻlab chiqdi. Choy bersak, suv deb yigʻladi, suv bersak, choy deb yigʻlab yotaverdi. Ertalab 4 dan keyin ammalab uxlatdik. Lekin kunning iliq yangiliklariyam bor. Bugun qaynotam oʻzlari osh qilar ekanlar. Ovqat qilishdan ozodman💚

Nihoyat darslarim tugadi😐 Bugungi kundan koʻnglim toʻldi. Uy ishlarigayam ulgurdim, darslarimni ham toʻliq qildim. Bitta kur
Nihoyat darslarim tugadi😐 Bugungi kundan koʻnglim toʻldi. Uy ishlarigayam ulgurdim, darslarimni ham toʻliq qildim. Bitta kursimda oxirgi kunlar vazifalarim koʻpayib ketgandi. Bugun ham dars boshlanguncha mavzu oʻqidim. Miyamni qatigʻini chiqarib dars qilib oʻtirganimni koʻrgan erim ham, qaynonam ham 2 soat meni bezovta qilmadi.

Manam anoyimasman😛 Albatta telefonga qarab, esnab, maruza eshitgisi kelmiy oʻtirgan talabaga toʻp yetib kelganda shartta musiqani oʻchiraman. Bitta yaxshi savol berib, oʻzginasiga keltirib olaman. Boplarkanmanmi!? 🗡️

"Koptokni uzat" metodi🥎 Bugun sizlarga dars uchun yangi metod tayyorlashga ulgurmaganimda foydalanadigan oʻyinimni oʻrgataman. Talabalarga umumiy 80 daqiqa maʼruza oʻtaman. Taxminan 30-40 daqiqa oʻtgandan keyin ularda zerikish, esnash, telefonga bitta qarab qoʻyish boshlanadi. Mana shunaqa paytda auditoriyani bittada jonlantirib yuboradigan oʻyin oʻynataman. Oʻyin uchun bizga bitta toʻpcha va musiqa kerak boʻladi. Oʻyin sharti oddiy: men musiqani qoʻyaman, talabalar ketma-ketlikda toʻpni bir-biriga uzatadi. Musiqani xohlagan joyimda toʻxtataman. Toʻpcha kimni qoʻlida qolsa, shu men bergan savolga javob beradi. Shu tariqa toʻp guruhda 2-3 marta aylanib chiqadi. Ham mavzu mustahkamlanadi, ham auditoriya jonlanadi. Guruh shovqin qilib yubormasligi uchun, musiqani oʻta baland qoʻymang. Pastroq qoʻysangiz ular musiqani eshitish uchun ham, jim oʻtirishadi. Unutmang, dars vaqtida oʻynaladigan oʻyinlar, darsning asosiy maqsadidan chetga chiqmasligi, talabalar diqqatini darsdan boshqa narsalarga qochirib yubormasligi kerak. Agar metod tushunarli va foydali boʻlgan boʻlsa bitta ❤️‍🔥 bosib keting. Aziza Sarvarovna

Har qanaqa yoshdagi oʻquvchilarga tushadigan bitta oʻyin oʻrgatiymi? Bu oʻyinni hamma guruhdagi oʻquvchilarim yaxshi koʻrardi. Tashkillashtirish ham koʻp vaqt olmaydi🫥

Oʻzbekistonda bir vaqtlar oʻlim jazosi jinoiy jazo turi boʻlganini bilarmidingiz? Bugun — 1-avgust. Aynan shu sanada, 2005-yi
Oʻzbekistonda bir vaqtlar oʻlim jazosi jinoiy jazo turi boʻlganini bilarmidingiz? Bugun — 1-avgust. Aynan shu sanada, 2005-yilda Oʻzbekistonda oʻlim jazosini 2008-yil 1-yanvardan bekor qilish toʻgʻrisidagi qonun qabul qilingan. Nega qonun darhol kuchga kirmagan? Sababi, oʻlim jazosi oʻrniga joriy etilgan umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilingan shaxslarni saqlash uchun zarur sharoit va maxsus muassasalarni tayyorlashga vaqt kerak boʻlgan. Oʻsha davrda oʻlim jazosi faqat ayrim oʻta ogʻir jinoyatlar, jumladan ogʻirlashtiruvchi holatlarda qotillik va terrorizm uchun qoʻllanilgan. Soʻnggi marta bu jazo 2005-yilda ijro etilgan. Keyinchalik, 2023-yilda qabul qilingan yangi tahrirdagi Konstitutsiyada ham Oʻzbekistonda oʻlim jazosi taqiqlanishi alohida mustahkamlab qoʻyildi.
Ba'zan bitta qonun butun mamlakatning huquqiy taraqqiyotida yangi bosqichni boshlab beradi.
Aziza Sarvarovna

Xayrli tong madmuazellar🧚‍♀️ Yilning eng ajoyib oyi - avgustni ham boshlab oldik🩷 Lekin bir necha yillar oldin 1- avgust yo
Xayrli tong madmuazellar🧚‍♀️ Yilning eng ajoyib oyi - avgustni ham boshlab oldik🩷 Lekin bir necha yillar oldin 1- avgust yoshlar uchun qoʻrqinchli kun boʻlgan. Davlat imtihonlari faqat 1-avgust kuni boʻlgan. Kimning Rossiyaga ketishiyu, kimning erga tegib ketishi shu kunning natijasiga bogʻliq boʻlgan. Oramizda 1-avgustda imtihon topshirganlar bormi? Boʻlsa oʻsha kun qoʻrqinchlari haqida bir eslab ketinglar🍼

Hozirgina online darsim tugadi😐 Mavzularni juda yaxshi topshirdim. Oʻgʻlim mavzu topshirib boʻlishimni kutib-kutib uxlab qolibdi💚 Avval oʻgʻlim dars qilishga qoʻymayapti deb dars qilmas ekanman. Daftarlarimni chizib, otib yuborardi. Online darsga kirsam doim yigʻlab, injiqlanardi. Darslarimni qilishga qatʼiy kirishganimdan keyin oʻgʻlim ham oʻzgardi. Kuni boʻyi dars qilsam ham bezovta qilmaydi. Daftar, kitoblarimga chizsa ham uncha eʼtibor bermasdan davom etaveraman. Injiqlik qilsa, unaqa qilma oʻgʻlim, hozir topshirmasam ustozim urshadi desam, indamiy kutib oʻtiradi. Intizom bilan biror ishga kirishganimizda miyamiz qarshilik qiladiku, xuddi shunaqa atrofimizdan ham qarshiliklar keladi. Biz hech narsaga qaramay davom etsak, hammasi ortda qoladi. Vaqt oʻtishi bilan miyamiz ham, atrofdagilar ham soatlab dars qilib oʻtirishimizga oʻrganadi. Aziza Sarvarovna

Lekin shu bilan tinib-tinchib o'tirarmidim? 😝 O'zimga yangi hobbi topdim — sudoku. Bir-ikki kun o'ynaganimdan keyin bitta fi
Lekin shu bilan tinib-tinchib o'tirarmidim? 😝 O'zimga yangi hobbi topdim — sudoku. Bir-ikki kun o'ynaganimdan keyin bitta fikr keldi: "Shuncha yildan beri nega buni oʻynab koʻrmaganman?" Sudoku shunchaki vaqt o'tkazish uchun o'yin emas. Har safar murakkab jumboqni yechganingizda, miyangiz erishilgan natijadan qoniqish hissini oladi. Bu ijtimoiy tarmoqlarda reelslarni ketma-ket tomosha qilishdan keladigan tezkor dopamindan farq qiladi. Bunday dopamin mehnat evaziga keladi. Shu sababli u diqqatni jamlashga, sabrni oshirishga va murakkab vazifalarni oxirigacha bajarish odatini shakllantirishga yordam beradi. Shu paytgacha sudoku faqat zerikarli raqamlar o'yini deb o'ylardim. Endi esa uni miyam uchun haqiqiy mashg'ulot deb bilaman🧠 ⬇️Sizning miyangizni chiniqtiradigan hobbingiz bormi? Yoki hali izlayapsizmi? Aziza Sarvarovna

Bolaligimdan judayam koʻp hobbilarim boʻlgan💡 Rasm chizish, sheʼr va hikoyalar yozish, toʻqish, kashta tikish, turli narsala
+2
Bolaligimdan judayam koʻp hobbilarim boʻlgan💡 Rasm chizish, sheʼr va hikoyalar yozish, toʻqish, kashta tikish, turli narsalar yasab, ularni bezatish... Bir narsadan tez zerikib qolganim uchun, hech birida mukammal boʻlmadim☕️ Lekin kashta tiksam maza qilardim. Har bir chokni tikishdan, naqshlarga rang tanlashdan zavq olardim. Ham menga qoʻshimcha daromad keltirardi. Oxirgi yilda ishim tufayli koʻp kompyuterdan foydalandim, ham darslarim koʻpayib ketdi. Natijadi koʻzimni ogʻrigʻi kuchayib ketdi va yaqinda dadamni qatiy talabi bilan kashta toʻqishni toʻxtatdim💔 Aziza Sarvarovna

🎨 Hobbi — vaqtni behuda sarflash emas. Ko'pchilik hobbi deganda shunchaki vaqt o'tkazishni tushunadi. Aslida esa hobbi — o'z
🎨 Hobbi — vaqtni behuda sarflash emas. Ko'pchilik hobbi deganda shunchaki vaqt o'tkazishni tushunadi. Aslida esa hobbi — o'zingizga kiritilgan investitsiya. Kitob o'qish fikrlash doirangizni kengaytiradi. Sport sog'lig'ingizni mustahkamlaydi. Rasm chizish yoki musiqa ijodkorligingizni rivojlantiradi. Blog yuritish esa yozish, muloqot qilish va yangi imkoniyatlar eshigini ochadi. Bugun shunchaki zavq uchun boshlagan mashg'ulotingiz ertaga kasbingiz, qo'shimcha daromadingiz yoki hayotingizni o'zgartiradigan imkoniyatga aylanishi mumkin. Eng qizig'i, hobbi sizga nafaqat yangi ko'nikmalar beradi, balki kundalik stressdan ham xalos bo'lishga yordam beradi. Shuning uchun bo'sh vaqtingizni shunchaki "o'tkazmang". Uni o'zingizni rivojlantirishga sarflang. Aziza Sarvarovna