Aziza Sarvarovna
Closed channel
Nafaqat ilm beradigan, balki uni sevdiradigan ustozman💫 Tarixni o'rganish o'tmishda yashash emas, kelajakni ongli qurishni o'rganishdir🖇️ Tarix | Oʻqituvchilik | Intizom Link: @azizasarvarovna Bogʻlanish uchun: @AzizaSarvar_bot
Show moreThe country is not specifiedThe category is not specified
770
Subscribers
-1324 hours
-407 days
-4030 days
Posts Archive
Sudoku ishlashni boshlaganimdan beri manda bitta orzucha paydo boʻlgan🩷
Sudokuni shunaqa kitobchasida ishlagim keladi. Bozordayam, uzum marketdayam bolalarga moʻljallangan boshqotirmalar koʻp. Kattalarga bittayam yoʻq😒
Ichida sudokusi toʻla kitobcha boʻlsa odam metroda, ekrandan charchab ketgan vaqti maza qilib ishlaydi😐
Sizda qanaqa kichkina orzular bor?
Aziza Sarvarovna
Xayrli kech, qizlarjonlar❤️
Mendan hafta oxiri shunaqa uy ishlari, qiladigan ovqatlarim koʻpayib ketadi. Bugun ham non, somsa qildim, hozir osh damlayman.
Kuni bilan pechkani tagida oʻtirib, boshlarim oʻgʻrib ketdi. Oʻzi jaa roʻzgʻorbop xotin emasman. Sal koʻp ish qilsam, oʻzimni eplolmay qolaman.
Hali birorta darslarimni qila olganim yoʻq🙂
Sizlarda nima gaplar?
Aziza Sarvarovna
Turmush oʻrtoq yaxshi koʻradigan salatni tayyorlab qoʻydim🧚♀️
Balans saqlansin deb uncha xushlamaydigan ovqatini ham pishirib qoʻydim👍
Endi bemalol kecha vada qilingan postni yozsam ham boʻladi😐
Aziza Sarvarovna
Videolarni koʻrsangiz voqeaning haqiqiy daxshatini yaxshiroq anglab yetasiz.
Odamzod urushning bunday achchiq saboqlarini unutmasligi kerak edi...
Aziza Sarvarovna
+6
1945-yil 6-avgust kuni Xirosima shahri ustida AQSH tomonidan atom bombasi portlatiladi.
Bu haqida ortiqcha yozgim kelmadi. Rasmlarning oʻzi ham borini ochiqlab turibdi.
Aziza Sarvarovna
Xayrli tong, qizlarjonlar😇
Bugundan oʻzimga 15 kunlik marafon eʼlon qildim👩
Nimalarga amal qilishim kerak:
1️⃣Ekran vaqtini nazorat qilaman
2️⃣Har kunlik belgilangan darslarimni qoldirmasdan qilaman
3️⃣Yarim soat kitob oʻqiyman
4️⃣Bir soat loyiham uchun vaqt ajrataman
Vazifalarni yanayam aniq qilib daftarimga yozib olganman.
Kun oxirida birga hisobot qilamiz📝
Aziza Sarvarovna
Xonimlar, kanalda faqat jahon tarixiga oid maʼlumotlar beribman-ku🔍
Tezda bu xatoni toʻgʻirlash kerak. Ertadan boshlab, oʻzbegimning tarixiga oid qiziqarli maqolalar berib boraman.
Manda ikkita mavzu bor. Siz menga mavzu tanlab berishingiz mumkin⬇️
🟢 Temuriy malikalar ❤️
🟢 Xonlar tarixi ❤️🔥
Aziza Sarvarovna
+3
💬Nyu yorkdagi Ozodlik haykalini hamma bilsa kerak!?
Haykal dastlab qizgʻish rangda boʻlganini ham bilasizmi?
1876-yilda Amerika mustaqilligiga 100 yil toʻlishi kerak edi. Shu munosabat bilan Fransiya unga Ozodlik haykalini sovgʻa qilmoqchi boʻladi. Lekin qurilish ishlari choʻzilib ketib haykal 1886- yilda bitadi.
Ozodlik haykali qismlarga boʻlinib Amerikaga joʻnatiladi. 1886-yil 28-oktabrda haykalning ochilish marosimi boʻladi. Haykalning asosiy qismi Fransiya tomonidan yasalgan boʻlsa, tag qismi Amerika tomonidan yasaladi.
Ozodlik haykali misdan yasalgani uchun dastlab qizgʻish rangda boʻladi, keyinchalik, misning oksidlanishi natijasida yashil rangga kira boshlaydi.
Umuman olganda , Ozodlik haykali ikki mamlakatning doʻstligi va birodarligi ramzi sifatida oʻrnatiladi.
Aziza Sarvarovna
Manti qilishdan ham koʻra, mantiqasqonni yuvish qiyin-a?
Sizlarda ham shunaqami?
😭
#minipodkast
Kanalda yangi rubrika💜
Kichkina podkastcha qildim qizlar.
Mavzu: Oʻqituvchi birinchi darsni qanday tashkil etishi kerak va nimalarga ahamiyat berishi kerak💜
Eshitib koʻring. Keyin podkast haqida fikringlarni kutaman❤️
Aziza Sarvarovna
Qoʻlimni kesvoldim.
Baqlajon kesvotganimda pichoq toyib, barmogʻimni kesvoldi. Chuqurroq kesdide, qon bilagimga qarab sachrab ketdi. Buni koʻrib, yuragim oʻynab, nafasim qisib qoldi. Boʻshashib oʻtirib qoldim.
Xulosa, agar qotil meni oʻldirmoqchi boʻlsa, hali oʻldirmasidan oʻzim qoʻrqqanimdan oʻlib qolarkanman😞
Xayrli tong, madmuazellar 👩
5:00 da online darsim bor edi. Sal qolsa uxlab qolar ekanman.
Bugun kechki ovqatga pigodiga buyurtma tushdi. Shu uchun hamma darslarimni abedgacha qilib olishim kerak.
Kuningiz barakali oʻtsin♥️
Aziza Sarvarovna
Aynan REM uyquda biz eng jonli tushlarni koʻramiz😞
REM paytida tush ko'rayotganimizda miya turli manzaralar, odamlar va voqealarni "yaratadi". Ko'zlar go'yo tush ichidagi narsalarni kuzatayotgandek tez-tez u yoqdan bu yoqqa harakat qiladi.
Qiziq tomoni shundaki:
REM paytida ko'z mushaklari va nafas olish mushaklaridan tashqari deyarli barcha skelet mushaklari vaqtincha "o'chiriladi" (bu holat REM atoniyasi deyiladi).
Bu himoya mexanizmi bo'lib, odam tushida yugurayotgan yoki urishayotgan bo'lsa ham, tanasi o'sha harakatlarni haqiqiy hayotda takrorlamaydi.
Javondagi kitoblarni saralagandek, rem uyquda ham xotiramizdagi maʼlumotlar saralanadi. Bu qanday kechadi? Agar biz bir maʼlumotni bir necha marta takrorlagan boʻlsak miya buni kerakli deb hisoblaydi va eslab qoladi. Faqat bir martagina qabul qilgan maʼlumotimizni esa, keraksiz ekan deb oʻchirib yuboradi.
Zoʻr-a, miyamizni ishlashi!
Shuning uchun "Bilimning onasi takrorlash" deyiladi.
Zoʻrgʻa oʻqib oʻrganganlaringizni miyangiz shunchaki axlatga chiqarib yubormasligi uchun takrorlab turing😉
Aziza Sarvarovna
Xotiramizdagi maʼlumotlar har kecha saralanishini bilasizmi?
Xoʻsh, bu qachon sodir boʻladi?
REM uyquda!
Ko'pchilik uyquni shunchaki dam olish deb o'ylaydi. Aslida esa siz uxlayotganingizda miyangiz va tanangiz tun bo'yi tinimsiz ishlaydi.
Bir kechalik uyqu taxminan 90–110 daqiqalik sikllardan iborat bo'lib, ular odatda 4–6 marta takrorlanadi. Har bir siklda 4 ta bosqich mavjud.
1⃣ Bu uyquga endi kirayotgan paytingiz.
• Ko'zlar sekin yumiladi.
• Mushaklar bo'shashadi.
• Atrofdagi shovqinlarni eshitamiz, lekin javob bera olmaymiz.
• Bu bosqich atigi bir necha daqiqa davom etadi.
Tepadan qulab tushayotgandek hissiyot ayni shu vaqtda boʻladi.
2⃣ Uyquning eng katta qismi aynan shu bosqichda o'tadi.
• Yurak urishi va nafas sekinlashadi.
• Tana harorati pasayadi.
• Miya tashqi shovqinlarni kamroq qabul qiladi.
3⃣ Organizm aynan shu paytda o'zini tiklaydi.
• Mushaklar va to'qimalar tiklanadi.
• Immun tizimi faol ishlaydi.
• O'sish gormoni ko'proq ajraladi.
• Bu paytda uyg'otish juda qiyin.
5⃣ REM uyqu
Bu eng qiziqarli bosqich.
• Ko'zlar qovoq ostida tez harakatlanadi.
• Miya deyarli uyg'oq paytdagidek faol ishlaydi.
Aziza Sarvarovna
Rosa qornim ochib ketdiye🌟
Mavzularni oʻqib boʻlaman keyin ovqatlanaman degandim. Oʻqib boʻldim.
Yomon dangasamande. Ovqatlanib boʻlib uxlab qolaman koʻpincha😴
