en
Feedback
Aziza Sarvarovna

Aziza Sarvarovna

Closed channel

Nafaqat ilm beradigan, balki uni sevdiradigan ustozman💫 Tarixni o'rganish o'tmishda yashash emas, kelajakni ongli qurishni o'rganishdir🖇️ Tarix | Oʻqituvchilik | Intizom Link: @azizasarvarovna Bogʻlanish uchun: @AzizaSarvar_bot

Show more
The country is not specifiedThe category is not specified
770
Subscribers
-1324 hours
-407 days
-4030 days
Posts Archive

🌸 Kitob o‘qishmi yoki ko‘chada sayr qilishmi? O‘g‘lim 2 yosh 2 oylik. Uyda har xil kitoblari, rivojlantiruvchi o‘yinchoqlari
🌸 Kitob o‘qishmi yoki ko‘chada sayr qilishmi? O‘g‘lim 2 yosh 2 oylik. Uyda har xil kitoblari, rivojlantiruvchi o‘yinchoqlari bor. Kitoblarini yaxshi ko‘radi: o‘zi tomosha qilib o‘tiradi, ba’zida olib kelib bizga “o‘qitadi” 📖 Lekin diqqati uzoq vaqt bir narsada turmaydi. 10 daqiqadan keyin boshqa o‘yinga o‘tib ketishi mumkin 😆 Avvaliga “Nega kitobga ko‘proq qiziqtira olmayapman?” deb o‘ylardim. Keyin biroz izlanib ko‘rdim. Bu yoshdagi bolalarning uzoq vaqt bir mashg‘ulot bilan shug‘ullanib o‘tirmasligi tabiiy ekan. Muhimi, bola majburlanmasdan, oz-ozdan bo‘lsa ham qiziqib shug‘ullansa. Ko‘chada yurishi, yugurishi, qum bilan o‘ynashi, daraxt va gullarni kuzatishi, boshqa bolalarni ko‘rishi va ular bilan o‘ynashi ham u uchun foydali ekan. Hozir har xil oʻylar bilan hayotimizni qiyinlashtirmaslikka harakat qilyapman. Ba’zan kitob ko‘ramiz, ba’zan o‘yinchoqlar bilan o‘ynaymiz, ba’zan esa shunchaki ko‘chaga chiqib, atrofni tomosha qilamiz. 🌸 Siz farzandingiz bilan qaysini ko‘proq qilasiz: ko‘chada sayr qilishnimi yoki kitob o‘qishnimi? Aziza Sarvarovna

Biz koʻchadamiz haliyam🕺
+3
Biz koʻchadamiz haliyam🕺

Kashaxoʻr bolasini kashasini pishirayotgan mendan xayrli tong😊 Bugungi rejalarim hozir tezda uyni yigʻishtirib olib, oʻgʻlimni oʻynatib kelish. Keyin abedda oʻgʻlim uxlaganda darsimni qilish. Men ketdim🛼 Aziza Sarvarovna

Bugun faqat uy ishlari bilan band boʻldim🕺 Kuni boʻyi darsimni qilolmadim, post yozolmadim deb siqilib yurdim. Chunki shu va
Bugun faqat uy ishlari bilan band boʻldim🕺 Kuni boʻyi darsimni qilolmadim, post yozolmadim deb siqilib yurdim. Chunki shu vazifalarimni qilmasam kunim besamar oʻtdi deb hisoblar ekanman. Aslidachi? Aslida esa uylarni chinniday qilib yigʻishtirdim, oila aʼzolarim uchun non, mazali ovqat va salat tayyorladim. Ishlarimga xalaqit berib, asabimga tegsa ham oʻgʻlimga bir daqiqayam telefon berib qoʻymadim. Ertalab koʻchadagi ishlarimni ham qilib keldim. Tabiatan dangasaroq men uchun bularning barchasi katta ish aslida. Bugun rejalashtirganlarimni bajarmadim, lekin kerakli ishlarni qildim. Balki samarali kun degani har doim ham “ko‘p ish qilish” emasdir. Siz uchun kunning samarali o‘tganini nima belgilaydi? Aziza Sarvarovna

Hech ishim tugamayapti🕺 Koʻchadan kelsam, oʻgʻlim uyni bardak qilgani yetmagandek, non ham tugab qolibdi. Endi uyni yigʻishtirib boʻlib, nonni ham pechkaga soldim. Birpas dam olamanmi desam, ovqat vaqti boʻlibdi. Ovqatimni solib qoʻyib, keyin bitta qiziqarli post yozmoqchiman. 🚨Qaysi mavzuga oid maqola yozishimni xohlaysiz? Tarixdagi qaysi voqea sizni qiziqtiradi? Aziza Sarvarovna

Xayrli tong, qizlar🌸 Men ishlarim bilan koʻchaga chiqdim. Oʻgʻlim manam boraman deb uvillab qoldi. Ukol olib kelaman desam,
Xayrli tong, qizlar🌸 Men ishlarim bilan koʻchaga chiqdim. Oʻgʻlim manam boraman deb uvillab qoldi. Ukol olib kelaman desam, indamay qolardi. Bu safar, manam ukol olaman deb yigʻladi😭 Sizlarda yangi hafta qanday boshlandi? Aziza Sarvarovna

Bu metodni har qanday fanga qarab moslab olsangiz boʻladi. Buyogʻi kreativlikka bogʻliq👍

👏 “Qarsak chal” metodi Dars boshlanishidan avval guruh diqqati jamlanmagan, o‘quvchilar shovqin qilayotgan bo‘lsa, ularni te
👏 “Qarsak chal” metodi Dars boshlanishidan avval guruh diqqati jamlanmagan, o‘quvchilar shovqin qilayotgan bo‘lsa, ularni tezda darsga jalb qilish uchun ushbu metoddan foydalanishingiz mumkin. Qanday o‘tkaziladi? Avval o‘tayotgan mavzuyingizga oid 4 ta so‘z tanlaysiz. Masalan, mavzu “Ikkinchi jahon urushi” bo‘lsa: Gitler, front, ittifoqchilar, Berlin. So‘ng shu 4 ta so‘z ishtirokida ChatGPT yordamida o‘rtacha hajmdagi matn tayyorlaysiz. Keyin tanlagan 4 ta so‘zingizni guruhdagi o‘quvchilar soniga qarab kartochkalarga yozasiz. Masalan, 20 nafar o‘quvchi bo‘lsa, har bir so‘zni 5 martadan yozib, kartochkalarni aralashtirib tarqatasiz. Endi asosiy qism boshlanadi. 📝 Siz tayyorlagan matnni o‘rtacha tezlikda o‘qib borasiz. 👏 O‘quvchilarning vazifasi esa juda oddiy: kartochkasidagi so‘zni eshitishi bilan qarsak chalish. Masalan, kartochkasida “Berlin” so‘zi yozilgan o‘quvchi matnda “Berlin” so‘zini eshitsa — darhol qarsak chaladi. Shu tariqa shovqin bilan boshlangan darsni bir necha daqiqada diqqat va qiziqishga aylantirish mumkin. Muhimi: matnni juda tez o‘qimang. Maqsad o‘quvchini chalg‘itish emas, uning diqqatini darsga jamlash. Matn taxminan shu koʻrinishda boʻlishi mumkin:
1939-yilda Ikkinchi jahon urushi boshlandi. Germaniya rahbari Gitler urush orqali Yevropadagi hududlarni kengaytirishni maqsad qilgan edi. Dastlab Germaniya qo‘shinlari bir qator davlatlarni egallab, turli yo‘nalishlarda yangi frontlar ochdi. Urushning dastlabki yillarida Germaniya armiyasi tezkor hujumlari bilan katta hududlarni nazoratiga oldi. Biroq vaqt o‘tishi bilan Germaniyaga qarshi kuchlar birlasha boshladi. Buyuk Britaniya, Sovet Ittifoqi, AQSh va boshqa davlatlar ittifoqchilar sifatida birgalikda harakat qildilar. Ittifoqchilarning harbiy va iqtisodiy imkoniyatlari tobora kuchayib bordi. Shu paytda urushning turli hududlarida og‘ir janglar davom etayotgan, har bir frontda vaziyat keskinlashayotgan edi. 1941-yilda Germaniya Sovet Ittifoqiga hujum qildi. Sharqiy front urushning eng yirik va qonli frontlaridan biriga aylandi. Bu hududdagi janglar Germaniya qo‘shinlari uchun tobora qiyinlashib bordi. Gitler esa urushni davom ettirish va Sovet Ittifoqini mag‘lub etish rejasidan voz kechmadi. Urushning keyingi bosqichida ittifoqchilar Germaniyaga qarshi hujumlarni kuchaytirdilar. G‘arbda ham, sharqda ham Germaniya qo‘shinlari bosim ostida qoldi. 1944-yilga kelib ittifoqchilar Fransiya hududiga tushib, Germaniyaga g‘arb tomondan ham yaqinlasha boshladilar. Sharqiy frontda esa Sovet qo‘shinlari Germaniya hududlari tomon siljib bordi. 1945-yilga kelib Germaniyaning mag‘lubiyati deyarli muqarrar bo‘lib qoldi. Sovet qo‘shinlari Germaniyaning poytaxti Berlin tomon yaqinlashdi. Berlin uchun janglar nihoyatda shiddatli kechdi. Shahar ichida ham janglar davom etar, shu paytda Gitler o‘z qarorgohida qolgan edi. 1945-yil aprel oyining oxirlarida Sovet qo‘shinlari Berlinni deyarli to‘liq qurshab oldi. Gitler 30-aprel kuni o‘z joniga qasd qildi. Oradan ko‘p o‘tmay Germaniya taslim bo‘ldi. Shunday qilib, Yevropadagi Ikkinchi jahon urushi yakuniga yetdi. Berlindagi janglarning tugashi esa Germaniya ustidan qozonilgan g‘alabaning eng muhim belgilaridan biri bo‘ldi.
 Aziza Sarvarovna

Sizlarni madmuazel, madmuazel debman-u, nimaga bunaqa deyishimni aytmabman-ku! Madmuazel oʻrta asrlarda Fransiyada qoʻllanilg
Sizlarni madmuazel, madmuazel debman-u, nimaga bunaqa deyishimni aytmabman-ku! Madmuazel oʻrta asrlarda Fransiyada qoʻllanilgan. Asosan saroyda aristokratlar yosh, turmushga chiqmagan qizlarga madmuazel deb murojaat qilishgan. Yoshi kattaroq, turmushga chiqqan xonimlarni esa madam deyishgan. Qizigʻi, Fransiyada madmuazel soʻzi rasmiy murojaat shaklida hujjatlarda ishlatilib kelingan. 2012- yildan madmuazel murojaati olib tashlangan va oʻrniga faqat madam murojaat shakli qoldirilgan. Hozir Fransiyada ayollarga yoshi va holatidan qatʼiy nazar madam deb murojaat qilishadi. Ana shunaqa madmuazellar🧚‍♀️ Hammangiz men uchun yosh va aristokrat xonimlarsiz 🥹 Aziza Sarvarovna

Oʻgʻlimga ovsyankali kasha pishirdim Kechasi bilan kasha deb chiqdi. Bilmiyman qanday qilib ovsyankani shunchalik yaxshi koʻr
Oʻgʻlimga ovsyankali kasha pishirdim Kechasi bilan kasha deb chiqdi. Bilmiyman qanday qilib ovsyankani shunchalik yaxshi koʻrish mumkin🙂 Uyda faqat oʻrtancha qayniukam yaxshi koʻradi ovsyankani. Shu homiladorligimda qayniukamni rosa yaxshi koʻrganmanmi deyman😂 Aziza Sarvarovna

Xayrli tong, madmuazellar 🧚‍♀️ Rivojlangan oʻrta asrlar Yevropasiga mehrim boshqacha. Shuning uchun har kuni kanalimda shund
Xayrli tong, madmuazellar 🧚‍♀️ Rivojlangan oʻrta asrlar Yevropasiga mehrim boshqacha. Shuning uchun har kuni kanalimda shunday rasmlarni koʻrgaysiz👀 Aziza Sarvarovna

Keyingi maqola chiqishi uchun motivatsiya tugmalari⤵️
Anonymous voting

QORA OʻLIM 1338-1339-yillarda Chigʻatoy ulusida vabo tarqaladi. Chigʻatoy ulusiga hozirgi Markaziy Osiya davlatlari va Xitoyning Shinjon hududi kirgan. Oʻsha vaqtda taxtda oʻtirgan Ali Sulton bunga gʻayriddinlarni turmush tarzi sabab deb, buddaviy va nasroniy ruhoniylarini mamlakatdan quvgʻin qiladi. Vabo epidemiyasi uzoq davom etmagan. Chunki mahalliy aholi bunday epidemiyalarga qarshi kurashishning zaruriy choralari bilan tanish boʻlgan. Ammo bu kasallik 1340-yillarning ikkinchi yarmida sayyohlar, elchilar orqali butun Yevropaga yoyilib ketadi va ... Aziza Sarvarovna

Ismingizni kim qoʻygan? Mening ismimni otam (dadamni dadasi) qoʻygan. Oʻsha yillari Aziza Niyozmetova degan xonanda mashhur b
Ismingizni kim qoʻygan? Mening ismimni otam (dadamni dadasi) qoʻygan. Oʻsha yillari Aziza Niyozmetova degan xonanda mashhur boʻlgan ekan. Otam shuni judayam yoqtirar ekan va men tugʻilganimda Azizabonu deb ism qoʻygan. Eng qizigʻi, mendan 3 oy keyin tugʻilgan amakimning oʻgʻliga Azizbek deb ism qoʻyishgan🙂 Sizning ismingiz bilan bogʻliq qanday tarix bor? Aziza Sarvarovna

✉️ Perfektsionistmisiz? "Yana biroz tayyor bo'lay." "Yana bir narsani o'rganay." "Hali mukammal emas." Tanish gaplarmi? Ko'pc
✉️ Perfektsionistmisiz? "Yana biroz tayyor bo'lay." "Yana bir narsani o'rganay." "Hali mukammal emas." Tanish gaplarmi? Ko'pchilik perfeksionizmni yaxshi sifat deb o'ylaydi. Aslida esa u ko'pincha qo'rquvni chiroyli niqob ostida yashiradi. Xato qilishdan qo'rqamiz. Tanqid eshitishdan qo'rqamiz. Shuning uchun ishni boshlashni yoki yakunlashni ortga suraveramiz. Natijada esa mukammallikka emas, harakatsizlikka erishamiz 😭 O'ylab ko'ring: bugun natijaga erishgan odamlarning barchasi birinchi urinishidayoq mukammal bo'lganmi? Yo'q. Ular xato qilishgan, o'rganishgan va har safar biroz yaxshiroq bo'lishgan. Bugun 100 foizlik ishni kutmang. 60–70 foiz tayyor bo'lsa ham boshlang. Chunki jarayon davomida siz rivojlanib borasiz. 📌 Mukammallik emas, izchillik insonni o'stiradi. Aziza Sarvarovna

Xayrli tong, qizlarjonlar🤩 Bugun oʻgʻlim bilan uyda yolgʻizmiz. Uydagilar qishloqqa ketdi. Tezda uylarni yigʻishtirib, koʻch
Xayrli tong, qizlarjonlar🤩 Bugun oʻgʻlim bilan uyda yolgʻizmiz. Uydagilar qishloqqa ketdi. Tezda uylarni yigʻishtirib, koʻchaga aylanishga chiqmoqchimiz. Bugun kuningiz qayerda oʻtadi? Ishda 💘 Koʻchada ❤️ Uyda ❤️‍🔥 Aziza Sarvarovna