en
Feedback
Aziza Sarvarovna

Aziza Sarvarovna

Closed channel

Nafaqat ilm beradigan, balki uni sevdiradigan ustozman💫 Tarixni o'rganish o'tmishda yashash emas, kelajakni ongli qurishni o'rganishdir🖇️ Tarix | Oʻqituvchilik | Intizom Link: @azizasarvarovna Bogʻlanish uchun: @AzizaSarvar_bot

Show more
The country is not specifiedThe category is not specified
770
Subscribers
-1324 hours
-407 days
-4030 days
Posts Archive

Xayrli tong, goʻzallar ☕️ Bizda bugun hamma 9- 10 gacha uxlaydi. Shunga hozir nonushta tayyorlayapman. Oʻgʻlimga hardoimgidek
+2
Xayrli tong, goʻzallar ☕️ Bizda bugun hamma 9- 10 gacha uxlaydi. Shunga hozir nonushta tayyorlayapman. Oʻgʻlimga hardoimgidek kasha, oʻzimizga esa bolgar bilan baqlajon qovuryapman. Siz ham bolgarni shunaqa qovurib koʻrganmisiz? Juda ajoyib boʻladiya! Aziza Sarvarovna

Dars oʻtishda tana tili qanchalik muhim !? Darsdagi eng kuchli qurol proyektor, prezentatsiya yoki doska emas, bu oʻqituvchin
Dars oʻtishda tana tili qanchalik muhim !? Darsdagi eng kuchli qurol proyektor, prezentatsiya yoki doska emas, bu oʻqituvchining oʻzi boʻlishi mumkin. Bir xil mavzuni ikkita oʻqituvchi tushuntirdi. Birida oʻquvchilar zerikib, uyqusirab oʻtiradi, ikkinchisida esa savol beradi, fikrini bildiradi, hazillar boʻladi. Nega? Chunki oʻqituvchining oʻzini tutishi ham darsga katta taʼsir koʻrsatadi. Ana endi oʻquvchini darsda ushlab qoluvchi oddiy koʻringan, lekin muhim boʻlgan detallarni koʻrib chiqamiz ⬇️ 1⃣ Harakatlaning Butun dars oʻqituvchi stolida yoki doska oldida turib qolmang. Auditoriya boʻylab harakatlanib turing. Biroz tortinchoq oʻquvchining oldiga borib qolsangiz, savolini berib oladi. Oʻquvchilarning ishlarini tekshirib turasiz. Oʻqituvchi va oʻquvchi orasidagi psixologik masofa qisqarib, yaqinlik paydo boʻladi. 2⃣ Tana holatiga eʼtibor bering. Bukchayib, stolga suyanib, loqayd turgan oʻqituvchi, darsda men ham zerikib ketyapman, degan signal beradi. Oʻzingizni tetik tutishga harakat qiling. Energiyangiz oʻquvchiga ham oʻtadi. 3⃣ Koʻz bilan aloqa oʻrnating. Gapirayotganda faqat bir nuqtaga, yaxshi yoki yomon oʻquvchiga qarab gapirmang. Guruh boʻylab nigohingizni harakatlantiring. Bu oʻquvchilarga ustoz meni ham koʻryapti degan hissiyot beradi. 4⃣ Qoʻl harakatlaridan foydalaning. Muhim fikrni taʼkidlash, yoʻnalish koʻrsatish, biror nimani tasvirlashda imo-ishoralardan foydalaning. Ammo oʻquvchi gapirayotgan vaqtda qimirlamang. Koʻp harakat qilsangiz oʻquvchiga Gaping choʻzilib ketdi, Xato gapiryapsan, degan signal berishingiz mumkin. 5⃣ Yuz ifodangizga eʼtiborli boʻling. Doim qovoq uyib turadigan oʻqituvchiga oʻquvchi savol berishga, fikrini bildirishga qoʻrqishi mumkin. Meʼyorida tabassum qiling va guruhga pozitiv energiya bering. Oʻquvchi gapirayotganda unga qarab bir qadam tashlang va qiziqish bilan qarab turing. Bu oʻquvchiga gapirish uchun yanayam kuch beradi. 6⃣ Nutqingizni tahlil qiling. Judayam past ovozni orqadagi oʻquvchilar eshitmasligi mumkin. Bir xil monoton ovoz uyqu keltiradi. Juda tez gapirish tushunishni qiyinlashtiradi. Nutqingizni diktofonga yozib olib, xatolaringizni tahlil qiling. 7⃣ Oʻquvchiga ham imkon bering. Dars faqat oʻqituvchining monologidan iborat boʻlmasligi kerak. Savol bering, fikr soʻrang, muhokama uchun sharoit yaratib bering, kichik hazillar qiling. Faqat oʻquvchi tinglab oʻtiraversa, diqqat tez buzilishi mumkin. 8⃣ Ism bilan murojaat qiling. Oʻrtadagi bola sen javob ber- dan koʻra, Said, sen javob ber - yaxshiroq eshitiladi. Ism bilan murojaat qilish iliqlik uygʻotadi va masofani kamaytiradi. Xulosa shuki, oʻquvchini darsga jalb qilmaydigan narsa har doim ham metod boʻlavermaydi. Foydali boʻlgan boʻlsa bitta ❤️ mendan aylansina 🥰 Aziza Sarvarovna

Siyosiy o‘yinlar qurboni bo‘lgan 17 yoshli qirolicha Rasmda Ledi Jeyn Greyning qatl oldi holati tasvirlangan. Eng e’tiborimni
Siyosiy o‘yinlar qurboni bo‘lgan 17 yoshli qirolicha Rasmda Ledi Jeyn Greyning qatl oldi holati tasvirlangan. Eng e’tiborimni tortgan narsa shuki, ko‘zlari bog‘langan Jeyn qo‘llari bilan paypaslab kundani izlayapti. Yonidagi odam esa unga yordam beryapti. Xo‘sh, 17 yoshli bu qiz nima uchun qatl qilingan edi? Angliya qiroli Eduard VI dan keyin taxtga katolik bo‘lgan Mariya kelishi kerak edi. Ammo Eduard protestant islohotlarini saqlab qolishni istardi. Shu sababli vafotidan bir oycha oldin vorislik tartibini o‘zgartirib, protestant Ledi Jeyn Greyni taxt vorisi deb e’lon qiladi. 1553-yil 6-iyulda Eduard VI vafot etadi. Oradan bir necha kun o‘tib, Jeyn Grey Londonda qirolicha deb e’lon qilinadi. Ammo uning hukmronligi uzoqqa cho‘zilmadi. Mariya o‘zini qonuniy qirolicha deb e’lon qiladi va uning tarafdorlari tez orada kuchaya boshlaydi. Jeynning tarafdorlari esa undan yuz o‘gira boshlaydi. Atigi 9 kundan so‘ng Jeyn Grey taxtdan tushiriladi. U London minorasiga qamab qo‘yiladi va davlatga xiyonatda ayblanib, o‘lim jazosiga hukm qilinadi. Ammo Mariya uni darhol qatl ettirmaydi. Jeynning hayotini saqlab qolish imkoniyatlarini qidiradi. Keyinchalik Jeynning otasi ishtirokidagi qo‘zg‘olon vaziyatni yanada og‘irlashtiradi. Shundan so‘ng Mariya Jeynni kechirmaydi. Jeyn Grey qo‘lga olinganidan taxminan 7 oy o‘tib, 1554-yil 12-fevralda London minorasi hududida qatl etiladi. U atigi 9 kun qirolicha bo‘ldi. Ammo Jeynning eng katta fojiasi shundaki, u taxt uchun kurashmagan, hatto taxtga chiqishni xohlamagan edi. U shunchaki siyosiy oʻyinlar qurboni boʻlgan yosh qiz edi. Aziza Sarvarovna

Pinterestda shu rasmga koʻzim tushib qoldi. Menga juda yoqib qoldi. Qiziqib rasm haqida izlanib koʻrdim va orqasida butun bir
Pinterestda shu rasmga koʻzim tushib qoldi. Menga juda yoqib qoldi. Qiziqib rasm haqida izlanib koʻrdim va orqasida butun bir tarix borligini bildim. Rasm tarixi bilan tanishib chiqamizmi? Aziza Sarvarovna

Mana shu kitobni eshitib ishlarimni qilyapman. Bolalar kitobimi deb avval oʻqimasdan oʻtqizvorgandim. Rosayam qiziq ekan leki
Mana shu kitobni eshitib ishlarimni qilyapman. Bolalar kitobimi deb avval oʻqimasdan oʻtqizvorgandim. Rosayam qiziq ekan lekin. Ishlarim tugaguncha kitob ham tugasa kerak Aziza Sarvarovna

Xayrli kun, qizlarjonlar ✌ Menda har doimgidek hafta oxiri ishlarim koʻpayib ketdi. Bugun non ham qilishim kerak ekan. Soat 1
Xayrli kun, qizlarjonlar Menda har doimgidek hafta oxiri ishlarim koʻpayib ketdi. Bugun non ham qilishim kerak ekan. Soat 14 gacha oʻttayam band boʻlaman. Oʻgʻlim koʻchaga olib chiq, bozorga olib bor deb injiqlik qilib yotibdi. Bir ammalab kechgacha yetib olishim kerak. Menga omad tilanglar👍 Aziza Sarvarovna

🌻 Savol berishning ham oʻz texnikasi bor Darsda savol-javob shunchaki oʻquvchining bilimini tekshirish usuli boʻlib qolmasli
🌻 Savol berishning ham oʻz texnikasi bor Darsda savol-javob shunchaki oʻquvchining bilimini tekshirish usuli boʻlib qolmasligi kerak. Toʻgʻri ishlatilsa, eng kuchli vositalardan biriga aylanadi. Savol javob qilish nega muhim? ☁️Oʻquvchining diqqatini jamlaydi ☁️Darsning faolligini oshiradi ☁️Oʻqituvchi va oʻquvchi oʻrtasida munosabat oʻrnatiladi ☁️Oʻquvchi darsni qanchalik yaxshi tushunganligini bilsa boʻladi. Yaxshi savol talabaning fikrlash qobiliyatini ishga tushiradi. Darsda savol berishda quyidagi 4 tavsiyadan foydalanib koʻring ⬇️ 1⃣ Darsni bitta qiziqarli va muammoli savol bilan boshlang. Darsni mavzuga oid savol bilan boshlasangiz, oʻqituvchi diqqati yigʻiladi, mavzu haqida ozgina tasavvur uygʻonadi va qiziqishi ortadi. Masalan: Ikkinchi jahon urushi qachon boshlandi? ❌ Agar Germaniya Polshaga hujum qilmaganida ham ikkinchi jahon urushi boshlangan boʻlarmidi?✅ 2⃣ Kutishni biling. Savol bergandan soʻng kamida 3 soniya kuting. Sizning miyangizda javob tayyor, oʻquvchi esa uni tushunishi, tahlil qilishi va javob topishi kerak. Javob kelmasa yaqinlashtiruvchi savollar bering. Masalan: Odam judayam kam suv ichsa nima boʻladi? Javob yoʻqmi? Kam suv ichsa diqqatida qanday oʻzgarish boʻladi? Kayfiyatidachi ? deb soʻrang. 3⃣ Faqat ha/yoʻq bilan javob bersa boʻladigan savollar bermang. - Bu mavzu tushunarlimi? ❌ - Hech kimda savol yoʻqmi? ❌ Oʻrniga: -Bugungi mavzuning eng qiyin yoki eng qiziqarli joyi qaysi boʻldi? ✅ - Bu mavzudan qanday yangi narsa oʻrgandingiz? ✅ 5⃣ Faqat bitta oʻquvchi bilan savol javobni tugatmang. Bir oʻquvchi savolga javob berdimi, boshqa biridan ham Senda qanday fikr bor? Qarshi fikring bormi? deb soʻrash orqali muhokama muhitini yarating. Yaxshi ustoz faqat koʻp maʼlumotlar beradigan emas, yaxshi savollar bilan oʻquvchini ham gapirtira oladigan ustozdir🌸 Siz bu tavsiyalarning qay birini darsingizda qoʻllar edingiz? 1 -- 🥰 2 -- ❤️ 3 -- ❤️‍🔥 4 -- 💘 Aziza Sarvarovna

Xayrli tong, qizlar 🤎 Ertalabdan beri necha kundan beri ortga surib yurgan ishlarimni bitirib, keyin sizlarga aloqaga chiqya
Xayrli tong, qizlar 🤎 Ertalabdan beri necha kundan beri ortga surib yurgan ishlarimni bitirib, keyin sizlarga aloqaga chiqyapman. Qandaydir bitmagan ishlarimiz turgan boʻlsa, odam faqat shuni oʻylab yuradiya. Miyamga bosim beradi. Bitmagan ishlarni bitirsam, oʻzimni yengil his qilaman ✌ Sizda ham shunaqami? Aziza Sarvarovna

Oʻgʻlim maza qilib oʻynayapti, men darsimni qilib oʻtiribman📖
+2
Oʻgʻlim maza qilib oʻynayapti, men darsimni qilib oʻtiribman📖

Xayrli tong, madmuazellar 🌸 Bizda tong yana yigʻi-sigʻi bilan boshlandi. Oʻgʻlim qaynonamni telefonini oʻynardi. Qaynonam qi
Xayrli tong, madmuazellar 🌸 Bizda tong yana yigʻi-sigʻi bilan boshlandi. Oʻgʻlim qaynonamni telefonini oʻynardi. Qaynonam qishloqqa ketgan. Men ham, dadasi ham telefon bermayapmiz. Xumori tutyaptimi, arzimagan narsaga yigʻlab telefon soʻrayapti. Buni davosi bitta: charchab uxlayman deguncha koʻchada oʻynatib kelish🕺 Sizning farzandingizda telefon bilan bogʻliq muommolar yoʻqmi? Aziza Sarvarovna

Bir talabam bor edi... Seminarda talabalarga topshiriqlarni yozishdan koʻra, mavzuni gapirib bergani uchun yuqoriroq baho qoʻyardim. Bu talabam esa, har doim topshiriqlarni bajarib kelib 3 baho olishni maqul koʻrardi. 5- 6 ta darsdan keyin qator bir xil baho terilib qoldi. Keyin boshqa fanlardan oladigan bahosi bilan oʻzimnikini solishtirib koʻrdim. Qarasam, ulardan yuqoriroq baho olgan. Xato oʻzimdan oʻtganini bildim. U qizning bahosi 3 boʻlsa ham, darsda jim oʻtirardi, ortiqcha savol bermasdi, telefonga ham qaramasdi. Umuman olganda meni eʼtiborimni tortmaslikka harakat qilardi. Natijada nima boʻldi? Boshqa bahosi 3 boʻlgan, lekin darsda koʻp shoʻxlik qiladigan, boʻlar boʻlmas savol beraveradigan talabalarni bahosini koʻtarishga, oʻqishga majbur qilibmanu, hech kimga halaqit bermaydigan qiz chetda qolib ketibdi. Keyin nima qildim? Har darsda bu qizning oʻziga biroz murakkabroq boʻlgan yozadigan topshiriqlar bera boshladim. Toʻliq bajarib kelsa bahosini 4 ga koʻtarishimni aytdim. Oʻziga tez-tez savol bilan murojaat qilib turdim, fikrini soʻradim. Jamoaviy oʻyinlarga ham uni jalb qila boshladim. Qoʻshimcha yozadigan topshiriqlarga ikkita dars chiday oldi(biroz dangasaroq edida). Uchinchi darsda man birinchi mavzu gapiraman ustoz deb qoldi. Yaxshi gapirdi, barcha savollarga javob berdi va birinchi besh bahosini oldi. Shu bilan keyingi darslarda men majburlab darsga jalb qilavermasam ham oʻzi qoʻshiladigan, oʻyin oʻynatsam birinchi chiqib oladigan boʻldi. Bu tajribadan shunday xulosaga keldim: ustoz jim oʻtiradigan, savol bermaydigan, eʼtibor talab qilmaydigan oʻquvchining ham potensialini payqay olishi kerak ekan. Aziza Sarvarovna

Qarasam koʻp orzularim ovqat bilan bogʻliq ekan😉 Oʻzi nima uchun koʻp pul topmoqchisan deb soʻrashsa, har kuni har xil joydan ovqatlanish uchun deb javob bersam kerak⭐

Kichkina orzuyingiz bormi? Odatda orzu deganda qimmat va yetishish uzoq vaqt talab qiladigan narsalar hayolimizga keladi: iel
Kichkina orzuyingiz bormi? Odatda orzu deganda qimmat va yetishish uzoq vaqt talab qiladigan narsalar hayolimizga keladi: ielts, oʻqishga kirish, mashina olish, chetga chiqish va h.k. Shunday orzular borki, yetishish osonroq, qimmat ham emas, lekin, ular ham bir olam baxt beradi. Mendayam shunaqa kichkina orzuchalarim bor: 🌀 Ramyon yeb, dorama koʻrish, 🌀 Birdaniga har xil sushilar sotib olib yeyish, 🌀 Turmush oʻrtogʻim bilan yolgʻiz Xivaga borish, 🌀 Oilam bilan mehmonxonada tunab qolish 🌀 Estetik daftarlar sotib olish. Ehhe aytsam koʻp ekan🙂 Sizlar ham bittadan kichkina orzularingizni yozib ketinglarchi, menga qiziq⬇️ Aziza Sarvarovna

🙄 Xoʻsh, butun bir shaharni ozod qilgan bu yoshgina yigitcha kim deb oʻylayapsizmi? Bu yigitcha emas, atigi 17 yoshli qiz Janna dʼArk🌹 Aziza Sarvarovna

Xayrli tong goʻzallar☕️ Ertalabdan oʻgʻlim bilan biroz tortishib qoldik. Asabiylashib oʻtirib pinterestga kirsam shu video chiqib qoldi va sizlarga yangi post yozish gʻoyasi keldi. Tarixda qanday kuchli va aqlli ayollar oʻtganligini bilasizmi? Tarix kitoblarida ayollarga bogʻliq sahifalarni kam uchratamiz, lekin tarixni boshqa yoʻlga burib yuborgan ayollar talaygina. Bugun ham shunday ayollardan biri haqida gaplashsak, nima deysiz? Tarixiy maqolalarimni oʻqiyapsizmi oʻzi? Aziza Sarvarovna

💜 Tarixni oʻrganish uchun 3 sabab Maktabdagi tarix ustozim aytardi: Tarix oʻzi qiziq, sizlarni tarixga qiziqmasligingiz meng
💜 Tarixni oʻrganish uchun 3 sabab Maktabdagi tarix ustozim aytardi: Tarix oʻzi qiziq, sizlarni tarixga qiziqmasligingiz menga bundanda qiziq! Xoʻsh tarix oʻzi bizga nima uchun kerak? 1️⃣ Tarix bizga bir xil xatoni qayta qilmaslikni o‘rgatadi. Masalan, bir odam qarz olib, hamma pulini bitta ishga tikdi va oxirida zarar ko‘rdi. Agar u bu xatoni tahlil qilsa, keyingi safar ehtiyotkorroq bo‘ladi. Lekin u qilgan xatosini tahlil qilmasa, yechim topmasa yana shu xatoni qilishi mumkin. Jamiyatlar ham shunday. Urushlar, iqtisodiy inqirozlar, siyosiy xatolar, noto‘g‘ri qarorlar tarixda qayta-qayta takrorlangan. Tarixni bilgan odam bu holatning oqibati nimaga olib kelishini oldindan prognoz qiladi. 2️⃣ Bugungi dunyoni tushunish uchun kechagi dunyoni bilish kerak Masalan, nega ayrim davlatlar o‘rtasidagi munosabatlar yomon? Nega ba'zi chegaralar aynan shunday? Nega ayrim xalqlarda ma’lum voqealar hali ham juda katta ahamiyatga ega? Bularning ko‘piga javobni o‘tmishdan topamiz. Masalan, xaritaga qarab Yevropadagi davlatlarning chegaralarini ko‘rsangiz, bu chegaralar shunchaki chizib qo‘yilmagan. Ularning ortida urushlar, sulhlar, imperiyalar va siyosiy kelishuvlar bor. 3️⃣Bugungi qulayliklarga qanday erishganimizni bilish uchun Telefon, internet, samolyot, zamonaviy tibbiyot — bularning hech biri birdan paydo bo‘lmagan. Masalan, bugun oddiygina antibiotik ichib infeksiyadan tuzalishimiz mumkin. Ammo antibiotiklar keng qo‘llanilishidan oldin oddiy infeksiya ham odam hayoti uchun jiddiy xavf bo‘lgan. Yoki bugun ayollar ta’lim olishi va ishlashi ko‘pchilik uchun tabiiy hol. Lekin bu imkoniyatlarga erishish uchun qancha ayollar qurbon boʻlgan. Tarixni oʻrganing azizlar, zero 💜Oʻz oʻtmishini bilmagan jamiyat nafaqat tarixini, balki, kelajagini ham yoʻqotadi. Aziza Sarvarovna