Aziza Sarvarovna
Closed channel
Nafaqat ilm beradigan, balki uni sevdiradigan ustozman💫 Tarixni o'rganish o'tmishda yashash emas, kelajakni ongli qurishni o'rganishdir🖇️ Tarix | Oʻqituvchilik | Intizom Link: @azizasarvarovna Bogʻlanish uchun: @AzizaSarvar_bot
Show moreThe country is not specifiedThe category is not specified
770
Subscribers
-1324 hours
-407 days
-4030 days
Posts Archive
❗️❗️❗️❗️
Oʻgay onasiga uylangan xon haqidagi postni oʻqishdan avval Amir Nasrullo haqidagi postni ham oʻqib qoʻying.
Chunki voqealar rivoji bir-biriga bevosita bogʻliq 💬
+1
Xayrli tong, madmuazellar 🍂
Kanalimga yaxshi joylashib oldinggizmi?
Aytganday, mana bu postda sizlarga nega madmuazel deb murojaat qilishimni tushuntirganman, oʻqidingizmi?
Bugun qiziqarli postlar koʻp boʻladi 💬
20 ta ❤️ reaksiyasidan keyin esa "Oʻgay onasiga uylangan xon" mavzusida maqola tashlayman ⬇️
Aziza Sarvarovna
🤎🤎Blogimdagi foydali postlarni mundarija orqali topishingiz mumkin
Mundarija 🎀
Bu yerda asosan tarixning eng sara voqealari yoritilgan maqolalar va ustozlikka oid tavsiyalar bor 🤩
Aziza Sarvarovna
Endi sizlarga qiziq savollar bilan murojaat qilmoqchiman:
1️⃣Qaysi tarixiy davrga tushib qolishni xohlardingiz?
2️⃣ Agar imkoniyat berilsa, qaysi tarixiy shaxsning oʻrnida boʻlishni istaysiz?
Menga qolsa, jon deb XVIII asr Fransiyasida yashab berardim. Qirol qizi boʻlmasam ham, gersog yoki grafning qizi boʻlishni xohlardim 🧚♀️
Komment sizga muntazir, xonimlar ⬇️
Xush kelibsiz, madmuazellar 🧚♀️
Sizlarni blogimda koʻrib turganimdan xursandman ⭐️
Kamina Aziza, tarixchi va oʻqituvchiman. Tarix qiziq emas degan stereotipga chek qoʻymoqchiman. Men haqimdagi toʻliq maʼlumotni mana bu postdan oʻqishingiz mumkin.
Sizlar bilan birgalikda qimmat miyamizni qimmatli maʼlumotlar bilan toʻldiramiz 🔺
🔺 Sizning miyangiz bir vaqtning oʻzida nechta vazifa bajara oladi?
Qulogʻingizda musiqa va birdaniga kitob ham oʻqiyapsiz.
Siz "ikkita ishni birdaniga qilyapman" deb oʻylaysiz.
Aslida esa, miyangizda bu vazifalar juda tez almashayotgan boʻladi.
Musiqa🤩kitob🤩musiqa🤩kitob
Bu juda tez sodir boʻlayotgani uchun sizda ikkita ishni birdaniga qilyapman degan taassurot paydo boʻladi.
Tadqiqotlar esa, miya ikki vazifani bir vaqtda qila olmasligini koʻrsatadi. Vazifalar tez-tez almashganda odamning reaksiyasi sekinlashadi va xatolari koʻpayishni boshlaydi.
Yana bir qiziq fakt.
Siz kitob oʻqiyotganingizda telefoningizga xabar keldi va u xabarni tekshirish uchun soniyalar vaqtingiz ketdi.
Endi eʼtibor bering, diqqat bilan bir vazifani qilayotgan vaqtingiz boshqa narsaga bir necha soniyaga boʻlsa ham chalgʻisangiz tamom. Yana diqqatingizni yigʻib olish uchun 23 daqiqa baʼzida undan ham koʻp vaqt ketadi.
Shuning uchun siz kuniga 5 soat dars qilsangiz ham kutilgan natijani ololmasligingiz mumkin.
Endi muammo nimada ekanini tushundingizmi?
Muammo yechimi dars vaqtini yanada koʻpaytirishda emas, balki, diqqatni boʻlmasdan bir vazifani oxirigacha yetkazishda.
Aziza Sarvarovna
Xayrli tong, qizlarjonlar ❤️
Bugun meni yaxshi kelin boʻladigan kunim. Qaynonam qishloqdan qaytib kelyaptilar. Ham bugun qayniukamni tugʻilgan kuni. Oʻtayam band boʻlaman.
Lekin orada sizlarga qiziqarli postlar yozib turaman, xoʻpmi?
Aziza Sarvarovna
Bir kunda tugatib tashlayman degan kitobim endi tugadi🔍
Qissa bir kambagʻal bolakayning shahzoda bilan almashib qolgani bilan boshlanadi.
Tasavvur qilinga, butun umr chiqindixonada katta boʻlgan bola birdaniga qirol boʻlib qoladi.
Saroydan tashqariga chiqmagan shahzoda esa bir deganda chuvrindi bolaga aylanib qoldi.
Ular ikki tomchi suvdek bir-biriga oʻxshagani uchun hatto yaqinlari ham ularni almashib qolganini sezmaydi.
Xoʻsh, ular tushib qolgan yangi hayotida qanday savdolarni boshidan kechirdi. Yana oʻzlarining eski hayotlariga qayta oladimi?
Oʻqib koʻringlar📖
Aziza Sarvarovna
Xayrli tong, qadrlilarim 🫶
Meni yana bitta sugʻur kunim boshlandi. Biror joyda ishlamasam, kunim doim bir xil oʻtadi.
Sizlarda-chi? Sizga uyda qulaymi yoki koʻchada ishlash yoqadimi?
Aziza Sarvarovna
Nega baʼzi oʻquvchilar yaxshi gapirolmaydi, lekin, yaxshi yozishadi?
Oʻqituvchi savol berdi:
- Kim javob beradi?
Odatda qoʻl koʻtargan oʻquvchilarga qarab yuzlanadi. Qoʻl koʻtarmasdan, jim oʻtirgan oʻquvchini esa passiv, yaxshi oʻzlashtirmagan
degan xulosaga keladi.
Lekin yozma ishlar tekshirilganda yoki testda oʻsha jim oʻtirgan oʻquvchilar yuqori bal olishadi.
Xoʻsh, muommo nimada?
Biz oʻquvchining bilimini toʻgʻri baholay olmayotgan boʻlishimiz mumkin.
1⃣ Gapirish va bilish bir xil narsa emas
Sinf oldida gapirish bilimdan boshqa koʻnikmalarni ham talab qiladi:
🔴tez fikrlash
🔴uni ogʻzaki ifodalash
🔴boshqalar oldida erkin gapira olish
🔴xato qilishdan qoʻrqmaslik
Shuning uchun oʻquvchi mavzuni yaxshi oʻzlashtirgan boʻlsa ham, yuqoridagi sabablar tufayli gapira olmasligi mumkin.
2⃣ Kutish muhim
Oʻquvchiga savol berganingizdan keyin, javob berolmasa, darhol boshqa oʻquvchiga oʻtib ketmang. Biroz kuting, chunki, baʼzi oʻquvchilarga fikrini tartiblash olish uchun koʻproq vaqt kerak boʻladi.
3⃣ Yozma topshiriq bering
Oʻquvchiga oʻz fikrlarini yozib olish uchun 30 sek.- 1daq. vaqt berishingiz mumkin.
Chunki, yozish davomida
🔵oʻquvchi oʻziga qulay boʻlgan tezlikda ishlay oladi
🔵xatolarini toʻgʻirlay oladi
🔵fikrini tartiblab, javobini oʻzgartira oladi
Xulosa shuki, darsingizdan faqat faol oʻquvchilarga emas, oʻylashi uchun koʻproq vaqt talab qiladigan oʻquvchilar uchun ham joy bering.
Aziza Sarvarovna
🔥🔥🔥🍃🔥🔥🔥🍃🔥 1️⃣
🟢Men kimman?
🟢Oʻqituvchilar uchun foydali sayt
🟢👍 👎 bu belgilarning tarixi yuz yillar bilan bogʻliq ekanligini bilarmidingiz?
🟢Uzoq vaqt dars qilish uchun nima qilish kerak?
🟢 Agar 1-kurs boʻlganimda edi...
🟢Hobbi vaqtni behuda sarflash emas!
🟢 Sudokuning miyamizga qanday foydasi bor?
🟢Oʻzbekistonda oʻlim jazosi qachon bekor qilingan?
🟢 Koptokni uzat metodi
🟢 Poshnalarni erkaklardan qanday oʻzlashtirganmiz?
🟢Anna Frank ➖ yahudiy qizchaning urush davridagi hayoti.
🟢REM uyqu - xotiramiz saralanadigan vaqt.
🟢Birinchi darsni qanday oʻtish kerak? Minipodkast.
🟢Ozodlik haykalini kim sovgʻa qilgan?
🟢Xirosima portlatilishiga oid real tasvirlar
🟢Ichki nizolarni kuchaytirgan Temuriy malika
🟢Perfeksionnizm nimaga olib keladi ?
🟢Yevropani yarmini halok qilgan qora oʻlat haqida
🟢Kimlarni madmuazel va madam deyishgan?
🟢"Qarsak chal" metodi
🟢Gitler boshi uchun mukofot vaʼda qilgan oʻzbek kim edi?
🟢Genotsid nima?
🟢Tarixni oʻrganish uchun 3 sabab
🟢Fransiyani muqarrar magʻlubiyatdan saqlab qolgan 17 yoshli qiz haqida
🟢Talabalarni darsga jalb qilish, tajribam asosida
🟢Ukasini saqlab qolish uchun oʻz dushmaniga turmushga chiqqan Temuriy malika
🟢Oʻquvchilarga savol berishning texnikalari
🟢Siyosiy oʻyinlar qurboni boʻlgan 17 yoshli qirolicha
🟢 Dars oʻtishda tana tilidan foydalanish
🟢Qassob amir: haqiqatmi yoki boʻrttirma
🟢 Qonli Varfolomey tuni
Bizda kasha sezon tugadi shekilli 😌
Bugun tatosh(kartoshka) yegisi kelibdi
Ketdim pishirib beray 🕺
Aziza Sarvarovna
Tomogʻi ogʻrisa, bolasini urshadigan ona endi sensan😒
Xayrli tong, qizlar 💕
Oʻgʻlim kechasi bilan inqillab chiqib, mana ertalabdan qayd qilishni boshladi. Doim tomogʻi ogʻrisa shunaqa boʻladi.
Qarayapmanu, koʻproq suv oʻyna, koʻproq yalongʻoch yur deb urshib ham qoʻyayapman🩴
Bolasi kasal boʻlsa, ona ham bir zum hotirjam boʻlolmas ekan 💕
Aziza Sarvarovna
+1
Nihoyat turmush oʻrtoqni koʻndirib koʻchaga chiqdik 🛼
Oʻzi parkka olib boring degandim. Oʻzi bir haftada bir marta uyda boʻlaman deb, manipulyatsiya qilib olib bormadi ❓
Aziza Sarvarovna
QASSOB AMIR: TARIXIY HAQIQATMI YOKI BO‘RTTIRILGAN OBRAZ?
Kuniga 50–100 odamni qatl ettirgan “qassob amir” haqiqatan ham shunday bo‘lganmi? Keling, Nasrullaxon haqidagi bu qarashni bir ko‘rib chiqamiz⬇️
Buxoro amiri Nasrullaxon adabiyotlarda “qassob amir”, “botir qassob”, “qonxo‘r amir” kabi nomlar bilan keladi.
Amir Nasrullaxon hukmronligi davomida Buxoro amirligi hokimiyatini kuchaytirish va Movarounnahrdagi tarqoq hududlarni o‘ziga bo‘ysundirishga harakat qilgan. Shu yo‘lda bo‘ysunishni istamagan Shahrisabz va Kitob bekliklarining uzoq yillar davomida qarshiligini sindirib, ularni o‘ziga bo‘ysundirgan.
Movarounnahrdagi siyosiy kurashda Qo‘qon xonligi ham muhim kuch edi. Nasrullaxon Qo‘qonga yurish qilib, xonlikni egallaydi. O‘sha vaqtdagi Qo‘qon xoni Muhammad Alixon va uning onasi, mashhur shoira Nodirabegimning oʻlimga hukm etilishi Nasrullaxon nomining xalq orasida qoralanishiga sabab bo‘ladi.
Bundan tashqari, Qo‘qondagi e’tiborli kishilar va shoir Hoziqning o‘limga hukm qilinishi ham uning shafqatsiz hukmdor sifatidagi nomini kuchaytirgan.
Ammo Nasrullaxon haqidagi — xalqni qo‘rquvda ushlab turish uchun kuniga 50–100 odamni qatl ettirgan, birodarlarining oʻlimiga sababchi boʻlgan degan maʼlumotlarni toʻgʻridan-toʻgʻri haqiqat deb qabul qilish notogʻri. Chunki bularni haqiqat deyish uchun yetarli asoslar mavjud emas.
Nasrullaxon, albatta, qattiqqo‘l va shafqatsiz siyosati bilan tanilgan hukmdor bo‘lgan. Hukm chiqarishdan avval oʻsha inson yashab oʻtgan sharoit va vaziyatini hisobga olish kerak.
Zero, biz Nasrulloxonni faqat qora tomonlari va xatolarini emas, qilgan yaxshi ishlari, botirlik va jasoratlarini ham koʻra bilishimiz kerak.
Aziza Sarvarovna
"Voiz" filmi
Oʻrta Osiyoda ruslar hokimiyati oʻrnatilgandan keyin aholi hayotida qanday oʻzgarish boʻlganligi bir oila misolida koʻrsatilgan.
Film davomida Iskandarning oddiy ishchidan qanday mashhur odamga aylanib ketganini koʻrasiz.
Qiziq boʻlgan boʻlsa, tomosha qiling📱
Aziza Sarvarovna
Sizlarga bitta qiziq kino tavsiya qilmoqchi edim. Nomini hech eslolmadim. Baraka topsin chatgptga aytgandim topib berdi.
3 xotinlik aka haqida kino koʻramizmi?
Aziza Sarvarovna
