en
Feedback
Magistr Hub

Magistr Hub

Open in Telegram

Show more
The country is not specifiedThe category is not specified
361
Subscribers
-224 hours
+77 days
+3630 days
Posts Archive
Magistraturaga qabul yakunlandi Talabgorlar tomonidan jami 64 ming 365 ta ariza kelib tushdi.

#Magistr_Hub ⁉️Magistraturani tugatgan o‘qituvchilarga attestatsiyasiz 1-toifa berilishi kutilmoqda Yangi o‘quv yilidan boshlab magistraturani tamomlagan pedagoglarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri 1-malaka toifasi berilishi belgilanyapti.
Shuningdek: ✅ bakalavr bosqichini imtiyozli diplom bilan tugatib, maktabda ish boshlagan pedagoglarga — 2-malaka toifasi; ✅ magistr darajasiga ega pedagoglarga — 1-malaka toifasi berilishi nazarda tutilmoqda.
Bundan tashqari, o‘qituvchilar uchun davlat xizmatlari to‘lovi 2 baravarga kamaytirilishi aytilmoqda. 📢 Pedagoglarga attestatsiyasiz malaka toifasi berish tartibi - Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi qaroriga ko‘ra, ayrim holatlarda pedagog kadrlarga malaka toifasi attestatsiyasiz beriladi. Jumladan, maktabgacha ta’lim tashkilotlari jismoniy tarbiya yo‘riqchilari yoki ta’lim muassasalarining jismoniy tarbiya o‘qituvchilari tayyorlagan tarbiyalanuvchi yoki o‘quvchi sport musobaqalarida sovrinli o‘rin olsa:
🏅 1-o‘rin — oliy toifa 🥈 2-o‘rin — birinchi toifa 🥉 3-o‘rin — ikkinchi toifa
Shu tartib jismoniy tarbiya fan olimpiadasi, “Besh tashabbus olimpiadasi” hamda uch bosqichli Respublika sport musobaqalarida sovrindor tayyorlagan pedagoglarga ham tatbiq etiladi. Bundan tashqari, IMO, IPhO, IChO, IBO va IOI kabi nufuzli xalqaro fan olimpiadalarida medal olgan o‘quvchini tayyorlagan pedagoglarga oliy malaka toifasi beriladi. 🎓 @Magistr_Hub

#Qabul2026 #MagistraturaTurdosh ⚡️ MAGISTRATURAga qabul boʻyicha turdosh oliy taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan 2026/2027-o‘quv yilida davlat oliy taʼlim tashkilotlari magistraturasiga qabul boʻyicha turdosh oliy taʼlim yoʻnalishlarining roʻyxati tasdiqlandi. Siz mazkur roʻyxatdan qaysi bakalavriat taʼlim yoʻnalishi davlat oliy taʼlim muassasalari MAGISTRATURASIga qabul boʻyicha turdosh ekanligini bilib olishingiz mumkin. 🎓@Magistr_Hub

#Video #Sertifikatni_yangilash #Milliy_sertifikat
Shaxsiy kabinentga o'ting. Bu joyda Sertifikatlar va yutuqlar qismiga o'ting, Chet tili sertifikati bosqichni tanlab o'ng taraf teparoqdagi 🔄 Milliy sertifikat (CEFR) tugamani bosib yangilab oling va arizalarim bo'limiga qaytsangiz milliy sertifikatingiz avtomatik tarzda yuklangan bo'ladi !
🎓@Magistr_Hub

#Magistratura ⚡️Magistratura mutaxassisliklariga hujat topshirayotganda diplom va ilovani my.edu.uz saytiga kiritolmayotgan bo'lsangiz ushbu videoqo'llanma sizga yordam beradi @Magistr_Hub

📚 Magistraturadan keyin nima qilish kerak? Ko’pchilik magistraturani tugatgach ikkilanib qoladi.
3 ta asosiy yo’l mavjud: 🔹 PhDga kirish; 🔹 Ish faoliyatini boshlash; 🔹 Xorijda o’qishni davom ettirish.
To’g’ri tanlov sizning maqsadingizga bog’liq. Boshqalarga emas, o’zingizning rejangizga qarab qaror qabul qiling. #PhD #MagistrHub @Magistr_Hub

👨‍🏫 Ilmiy rahbar bilan qanday ishlash kerak? Ilmiy rahbar yo‘l ko‘rsatadi. Ishni esa siz qilasiz. Har uchrashuvga: ✔️ tayyor material bilan boring; ✔️ savollarni oldindan yozib chiqing; ✔️ tavsiyalarni qayd qilib boring; ✔️ keyingi uchrashuvgacha barcha vazifalarni bajaring. Rahbarning vaqtini qadrlagan tadqiqotchi tezroq natijaga erishadi. 📌 Samarali hamkorlik — muvaffaqiyatning yarmi. #IlmiyRahbar @Magistr_Hub

🎓 GPA nega muhim? Ko‘pchilik GPA (o‘rtacha baho) faqat stipendiya olish uchun kerak deb o‘ylaydi. Aslida esa u sizning akademik “vizit kartangiz” hisoblanadi. Yuqori GPA sizga: • PhD va doktoranturaga kirishda; • xorijiy grant va stipendiyalarda; • almashinuv dasturlarida; • nufuzli ish o‘rinlariga hujjat topshirishda ustunlik beradi. Har bir fan bo‘yicha olgan bahoyingiz kelajakdagi imkoniyatlaringizga ta’sir qiladi. Shuning uchun “bir fan-ku” deb befarq bo‘lmang. 📌 Bugungi baho — ertangi imkoniyat. #GPA #Magistratura @Magistr_Hub

📄 Jurnal tanlashda adashmang! Maqola yozish qiyin. Ammo uni noto‘g‘ri jurnalga yuborish undan ham katta xato. Maqolangizni yuborishdan oldin quyidagilarni tekshiring:
✅ Jurnal Scopus yoki Web of Science bazasidami? ✅ Rasmiy veb-sayti bormi? ✅ ISSN raqami mavjudmi? ✅ Tahrir hay’ati ochiq ko‘rsatilganmi? ✅ “3 kunda maqolangiz chiqadi” kabi va’dalar bermayaptimi?
Predatory (soxta) jurnallarda chop etilgan maqola ko‘pincha ilmiy faoliyatingizga foyda bermaydi. 📌 Avval jurnalni tanlang, keyin maqolani yuboring. #Scopus #Research @Magistr_Hub

📚 Ilmiy adabiyotlarni qayerdan izlash mumkin? Google Scholar juda foydali platforma. Ammo u yagona manba emas. Quyidagi bepul platformalardan ham foydalaning:
• OpenAlex • DOAJ • CORE • Semantic Scholar • ERIC • BASE • Springer Open
Bir nechta manbadan foydalanish sizga ko‘proq sifatli maqolalarni topishga yordam beradi. 📌 Kuchli tadqiqot — kuchli adabiyotlar tahlilidan boshlanadi. #Research #LiteratureReview @Magistr_Hub

⏰ Vaqtni boshqara olmagan magistrant ilmiy ishni ham boshqara olmaydi Magistratura davrida: 📚 dars; 💼 ish; 📝 dissertatsiya; 👨‍👩‍👧‍👦 shaxsiy hayot. Bularning barchasiga ulgurish mumkin. Buning siri — rejalashtirish. Har kuni atigi 2 soat ilmiy ishga ajratsangiz, bir yil oxirida yuzlab sahifalik sifatli ish tayyor bo‘ladi. 📌 Katta natijalar muntazam mehnatdan boshlanadi. #TimeManagement @Magistr_Hub

💻 Har bir magistrant bilishi kerak bo‘lgan bepul dasturlar
Quyidagi vositalar ilmiy faoliyatingizni ancha yengillashtiradi: 📖 Zotero — adabiyotlarni boshqarish. 📖 Mendeley — manbalarni tartiblash. ✍️ Grammarly — inglizcha matnni tekshirish. 🗂 Notion — reja va vazifalarni yuritish. 📄 Overleaf — LaTeX hujjatlari. 🎨 Canva — professional taqdimotlar. 🤖 ChatGPT — g‘oyalarni rivojlantirish va tahrir. 📌 To‘g‘ri vosita vaqtni ham, kuchni ham tejaydi.
#AcademicTools @Magistr_Hub

🌍 Xalqaro konferensiyalarda qatnashish nega muhim? Ko‘pchilik konferensiyani faqat sertifikat olish deb tushunadi. Aslida esa u sizga: ✅ yangi ilmiy hamkorlar; ✅ tajriba almashish; ✅ xalqaro tanishuvlar; ✅ kelajakdagi qo‘shma loyihalar; ✅ ilmiy obro‘ orttirish imkoniyatini beradi. 📌 Har bir konferensiya — yangi eshik. #Conference #Research @Magistr_Hub

🎤 Dissertatsiya himoyasida eng ko‘p beriladigan savollar Komissiya odatda quyidagilarni so‘raydi: • Nima uchun aynan shu mavzuni tanladingiz? • Ilmiy yangilik nimada? • Tadqiqotning amaliy ahamiyati qanday? • Qanday metodlardan foydalandingiz? • Tadqiqotning cheklovlari bormi? Bu savollarga oldindan tayyorlansangiz, himoyada o‘zingizni ancha ishonchli his qilasiz. 📌 Himoyaga tayyorgarlik dissertatsiya yozish bilan bir vaqtda boshlanishi kerak. #Dissertatsiya @Magistr_Hub

⚠️ Plagiat faqat nusxa ko‘chirish emas Quyidagilar ham akademik halollikni buzadi:
❌ manbani ko‘rsatmaslik; ❌ boshqa muallif fikrini o‘zingizniki sifatida yozish; ❌ o‘z maqolangizni qayta ishlatish (self-plagiarism); ❌ AI yaratgan matnni tekshirmasdan topshirish.
Ilm-fanda eng qimmat narsa — ishonch. 📌 Akademik halollikni saqlash har bir tadqiqotchining burchidir. #AcademicIntegrity @Magistr_Hub

⚡️Magistratura qabuli bo‘yicha yangi imkoniyat Endilikda stat.edu.uz platformasi orqali magistratura mutaxassisliklari kesimi
⚡️Magistratura qabuli bo‘yicha yangi imkoniyat
Endilikda stat.edu.uz platformasi orqali magistratura mutaxassisliklari kesimida nechta ariza topshirilgani haqidagi ma'lumotlarni onlayn kuzatish mumkin.
📌 Ushbu ma'lumotlar magistratura yo‘nalishini tanlashda va qabul jarayonini tahlil qilishda qulaylik yaratadi. 🎓@Magistr_Hub

💼 Ilmiy portfolio yaratishni bugundan boshlang Ko‘pchilik portfolio kerak bo‘lganda uni yig‘ishni boshlaydi. Bu esa vaqt yo‘qotishga olib keladi.
Bitta papkada saqlang: 📄 diplomlar; 📜 sertifikatlar; 📚 ilmiy maqolalar; 🏅 grant va tanlov natijalari; 🎤 konferensiya sertifikatlari; 📝 tavsiyanomalar.
Bir kun kelib sizdan “Portfolioingizni yuboring” deyishadi. O‘shanda uni bir necha daqiqada yubora olishingiz kerak. 📌 Tartibli tadqiqotchi har doim bir qadam oldinda bo‘ladi. #Portfolio #Career @Magistr_Hub

👨‍🔬 Har bir magistrant yaratishi kerak bo’lgan 4 ta akademik profil
Bugunoq oching: 🔹 ORCID 🔹 Google Scholar 🔹 ResearchGate 🔹 LinkedIn
Bu platformalar sizning ilmiy faoliyatingizni dunyoga tanitadi va grant hamda PhD imkoniyatlarini oshiradi. Bugun yaratilgan profil ertaga katta imkoniyatlarga eshik ochishi mumkin. #AcademicProfile #Research @Magistr_Hub

❓ Qaysi magistratura mutaxassisliklariga qo‘shimcha davlat granti asosida qabulda SAT sertifikati inobatga olinadi? 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab ayrim magistratura mutaxassisliklariga qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilishda “College Board” tashkiloti tomonidan o‘tkaziladigan Scholastic Aptitude Test (SAT) sertifikati qo‘llaniladi. 📐 Matematika bakalavriat ta’lim yo‘nalishi negizidagi magistratura mutaxassisliklari:
➖ Matematika; ➖ Matematik iqtisodiyot; ➖ Aktuar va moliyaviy matematika; ➖ Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (matematika).
 🇬🇧 Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili bakalavriat ta’lim yo‘nalishi negizidagi magistratura mutaxassisligi:
➖ Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili.
📚 Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili bakalavriat ta’lim yo‘nalishi negizidagi magistratura mutaxassisliklari:
➖ Lingvistika: ingliz tili; ➖ Adabiyotshunoslik: ingliz tili.
🗣 Tarjima nazariyasi va amaliyoti: ingliz tili bakalavriat ta’lim yo‘nalishi negizidagi magistratura mutaxassisliklari:
➖ Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik: ingliz tili; ➖ Sinxron tarjima: ingliz tili.
 🎓@Magistr_Hub

#Magistr_Hub_turdosh ⚡️ Magistraturaga qabul boʻyicha turdosh oliy taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati tasdiqlandi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan 2026/2027-o‘quv yilida davlat oliy taʼlim tashkilotlari magistraturasiga qabul boʻyicha turdosh oliy taʼlim yoʻnalishlarining roʻyxati tasdiqlandi. Siz mazkur roʻyxatdan qaysi bakalavriat taʼlim yoʻnalishi davlat oliy taʼlim muassasalari MAGISTRATURASIga qabul boʻyicha turdosh ekanligini bilib olishingiz mumkin. 🎓@Magistr_Hub