en
Feedback
Magistr Hub

Magistr Hub

Open in Telegram

Show more
The country is not specifiedThe category is not specified
361
Subscribers
-124 hours
+207 days
+3730 days

Data loading in progress...

Similar Channels
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Tags Cloud
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Incoming and Outgoing Mentions
---
---
---
---
---
---
Attracting Subscribers
September '26
September '26
+29
in 3 channels
August '26
+40
in 7 channels
Get PRO
July '26
+328
in 11 channels
Get PRO
June '26
+2
in 9 channels
Date
Subscriber Growth
Mentions
Channels
08 September0
07 September0
06 September+2
05 September+1
04 September+5
03 September+2
02 September+7
01 September+12
Channel Posts
#Tezkor ⚡️⚡️Magistratura qabul natijalari e’lon qilindi! 2026/2027-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim tashkilotlarining magi
#Tezkor ⚡️⚡️Magistratura qabul natijalari e’lon qilindi! 2026/2027-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim tashkilotlarining magistratura mutaxassisliklariga qabul bo‘yicha my.edu.uz⁠ elektron tizimi hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz⁠) orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolarning arizalari to‘liq ko‘rib chiqildi. Talabgorlar natijalarni my.edu.uz⁠ elektron tizimidagi shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin. 🎓 @Magistr_Hub

2
Машҳур ёзувчи Жорж Бернард Шоундан «Статистика нима?» деб сўрашганда, у шундай жавоб берган экан: «Мен хотинимни ҳеч қачон ур
Машҳур ёзувчи Жорж Бернард Шоундан «Статистика нима?» деб сўрашганда, у шундай жавоб берган экан: «Мен хотинимни ҳеч қачон урмаганман ва ҳеч қачон урмайман ҳам. Қўшним эса хотинини ҳар куни дўппослайди. Аммо агар масалага статистика нуқтаи назаридан қарайдиган бўлсак, биз иккимиз ҳам хотинларимизни ҳар куни галма-галдан ураётган бўламиз. Мана сизга статистика дегани шу. 🎓 @Magistr_Hub
225
3
Ilmiy izlanish qilayotganlar uchun eng foydali va ishonchli Telegram kanallar tavsiya etiladi: 🔹 @centerasia_library Markaziy Osiyo va jahon ilm-faniga oid noyob kitoblar, maqolalar va akademik manbalar jamlangan katta elektron kutubxona. Tadqiqotchi uchun kerakli manbani topish imkoniyati yuqori. 🔹 @ILM_NUR_2020 Ilm-fan, grantlar, konferensiyalar, ilmiy bazalar va akademik imkoniyatlar haqida muntazam foydali postlar berib boriladigan faol ilmiy platforma. 🔹 @akademik_burchak OAK, ilmiy darajalar, attestatsiya, akademik tartiblar va ilmiy muhitdagi dolzarb masalalar bo‘yicha analitik va foydali kontent ulashadigan kanal. 🔹 @Scopus_Academy Scopus, Web of Science, xalqaro jurnallar, ilmiy maqola yozish va akademik reputatsiya masalalariga ixtisoslashgan amaliy kanal. 🔹 @Magistr_Hub Magistratura bosqichi uchun kerak bo‘ladigan tavsiyalar, dissertatsiya, ilmiy faoliyat va talabalar uchun foydali materiallar markazi. 🔹 @centerasiastudy Ta’lim, ilmiy tadqiqot va Markaziy Osiyo mavzularidagi tahliliy hamda akademik materiallarni muntazam ulashib boradigan platforma. 🔹 @PhD_Supp0rt PhD, ilmiy maqola, dissertatsiya, snoska, akademik tahlil va ilmiy faoliyatdagi amaliy yordamlar beriladigan foydali kanal. 📌 Ilmiy muhitda sifatli axborot eng katta resurslardan biri. Yaxshi manba esa tadqiqotchining vaqtini ham, natijasini ham tejaydi.
244
4
Ilmiy izlanish qilayotganlar uchun eng foydali va ishonchli Telegram kanallar tavsiya etiladi: 🔹 @centerasia_library Markaziy Osiyo va jahon ilm-faniga oid noyob kitoblar, maqolalar va akademik manbalar jamlangan katta elektron kutubxona. Tadqiqotchi uchun kerakli manbani topish imkoniyati yuqori. 🔹 @ILM_NUR_2020 Ilm-fan, grantlar, konferensiyalar, ilmiy bazalar va akademik imkoniyatlar haqida muntazam foydali postlar berib boriladigan faol ilmiy platforma. 🔹 @akademik_burchak OAK, ilmiy darajalar, attestatsiya, akademik tartiblar va ilmiy muhitdagi dolzarb masalalar bo‘yicha analitik va foydali kontent ulashadigan kanal. 🔹 @Scopus_Academy Scopus, Web of Science, xalqaro jurnallar, ilmiy maqola yozish va akademik reputatsiya masalalariga ixtisoslashgan amaliy kanal. 🔹 @Magistr_Hub Magistratura bosqichi uchun kerak bo‘ladigan tavsiyalar, dissertatsiya, ilmiy faoliyat va talabalar uchun foydali materiallar markazi. 🔹 @centerasiastudy Ta’lim, ilmiy tadqiqot va Markaziy Osiyo mavzularidagi tahliliy hamda akademik materiallarni muntazam ulashib boradigan platforma. 🔹 @PhD_Supp0rt PhD, ilmiy maqola, dissertatsiya, snoska, akademik tahlil va ilmiy faoliyatdagi amaliy yordamlar beriladigan foydali kanal. 📌 Ilmiy muhitda sifatli axborot eng katta resurslardan biri. Yaxshi manba esa tadqiqotchining vaqtini ham, natijasini ham tejaydi.
1
5
100 ta manba o‘qish shartmi? Muhimi son emas, sifat. O‘qilgan har bir manbadan uning g‘oyasi, metodi, natijasi va cheklovini ajrata olsangiz, u tadqiqotingizga xizmat qiladi. PDF yig‘ish bilan adabiyot o‘rganish bir xil narsa emas. 🎓 @Magistr_Hub
224
6
⁉️Ishni almashtirish vaqti kelganining 10 ta belgisi 1. Rivojlanish o‘rniga faqat chidashni o‘rganyapsiz. 2. Rahbariyat sizda hurmat emas, salbiy hissiyot uyg‘otadi. 3. Mehnatingiz qadrlanmaydi, ammo sizga yuklanadigan vazifalar ko‘payadi. 4. Lavozim bilim va tajribaga emas, tanish-bilishchilikka qarab beriladi. 5. Kasal bo‘lish yoki ta’til so‘rashdan cho‘chiysiz. 6. Ish tufayli o‘zingizga bo‘lgan hurmatingiz pasaymoqda. 7. Jamoada hamma charchagan, ko‘pchilik ketishni o‘ylaydi. 8. Maosh mehnat uchun mukofotdan ko‘ra stress uchun kompensatsiyaga o‘xshaydi. 9. Ketish kerakligini bilasiz, ammo «Qayerga boraman?» degan qo‘rquv to‘xtatib turadi. 10. Bu ish joyini yaqinlaringizga tavsiya qila olmaysiz. Ish joyini almashtirish har doim ham qochish degani emas. Ba’zan bu — o‘zingizni, salomatligingizni va kelajagingizni asrashdir. Sizda ham shunday belgilar kuzatilganmi? 🎓 @Magistr_Hub
2 457
7
Obyekt va predmetni adashtirmang Obyekt — siz o‘rganayotgan kengroq jarayon. Predmet esa uning ichidagi aynan siz tahlil qilayotgan jihat. Ikkalasi bir xil yozilgan bo‘lsa, tadqiqot chegaralari hali yaxshi aniqlanmagan bo‘lishi mumkin. 🎓 @Magistr_Hub
296
8
🚀 PhDga yo‘l magistraturadan boshlanadi PhD qilish niyati bor magistr uchun magistratura — shunchaki oraliq bosqich emas. Bu keyingi ilmiy yo‘lning poydevori. Agar mavzu bugun to‘g‘ri tanlansa, ertaga uni doktorlik mavzusiga aylantirish mumkin. Agar maqolalar bir yo‘nalishda yozilsa, ilmiy portfel tartibli ko‘rinadi. Agar Google Scholar profili hozirdan yuritilsa, ilmiy iz shakllanadi. Eng yaxshi holat shuki, magistratura tugaganda sizda faqat diplom emas, balki mavzu yo‘nalishi, 1-2 ta maqola, manbalar bazasi, metodologik tajriba va keyingi tadqiqot rejasi bo‘ladi. PhDga hujjat tayyorlaganda “nimadan boshlayman?” deb emas, “nimalarim tayyor?” deb qarash kerak. #Magistr_Hub #PhD #IlmiyFaoliyat 🎓 @Magistr_Hub
379
9
O‘zbekistondagi ayrim oliygohlarda shtatda umuman professor-o‘qituvchilar yo‘qligi haqidagi xabar oddiy statistik ma’lumot emas. Bu — oliy ta’lim sifati bilan bog‘liq jiddiy signal. Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakat oliygohlarida 1,6 milliondan ortiq talabaga 61 mingdan ziyod professor-o‘qituvchi dars bermoqda. Davlat oliygohlarida holat nisbatan barqaror: bir nafar professor-o‘qituvchiga o‘rtacha 19,1 nafar talaba to‘g‘ri keladi. Bu ko‘rsatkich ta’lim jarayonini tashkil etish, talabalar bilan individual ishlash va ilmiy-pedagogik muhitni saqlash imkonini beradi. Ammo ayrim nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarida vaziyat ancha xavotirli. Talabalar soni bor, qabul bor, kontrakt bor, lekin shtatdagi professor-o‘qituvchilar yetarli emas yoki umuman yo‘q. Bunday sharoitda sifatli ta’lim haqida gapirish qiyin. Chunki oliygoh faqat bino, reklama va litsenziyadan iborat emas. Uning yuragi — professor-o‘qituvchi, ilmiy muhit va akademik mas’uliyatdir. Eng muhim savol shuki: agar oliygohda doimiy pedagogik jamoa shakllanmagan bo‘lsa, u yerda talaba kimdan bilim oladi, kim ilmiy rahbarlik qiladi, kim ta’lim sifatiga javob beradi? Oliy ta’limda raqam ortidan quvish yaxshi natija bermaydi. Talaba soni ko‘paygani bilan unga mos professor-o‘qituvchi, auditoriya, metodik ta’minot va ilmiy muhit bo‘lmasa, bu ta’lim emas, shunchaki qabul kampaniyasiga aylanib qoladi. Bugun oliygohlar reytingida faqat talabalar soni emas, professor-o‘qituvchilar bilan ta’minlanganlik darajasi ham qat’iy mezon bo‘lishi kerak. Chunki sifatli ta’limni reklama emas, kuchli akademik jamoa yaratadi. 🎓 @Magistr_Hub
354
10
‼️O‘quv adabiyotlarining quyidagi turlari mavjud: -darslik; -o‘quv qo‘llanma; -uslubiy qo‘llanma; -uslubiy ko‘rsatma; -uslubiy tavsiyanoma; -ma’lumotlar to‘plami (banki); -ma’ruzalar kursi; -ma’ruzalar to‘plami; -mashqlar (masalalar) to‘plami; -lug‘at; 🎓 @Magistr_Hub
310
11
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦 O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura va doktoranturaga o‘qitish bo‘yicha 2027-yil uchun qabul kvotalarini tasdiqlash to‘g‘risida ➡️Foydali botimiz havolasi @doktorantlarofficial @doktorantlarofficial_group
293
12
Сунъий интеллект даврида билим арзонлашди, тажриба эса қимматлашди Бир неча йил олдин маълумотга эга бўлишнинг ўзи катта устунлик эди. Бугун эса бир неча сония ичида сунъий интеллект юзлаб саҳифа маълумотни таҳлил қилиб, режа тузиб, код ёзиб, матн тайёрлаб бера олади. Энди савол бошқача қўйилмоқда: маълумотга эгамисиз ёки уни тўғри қўллай оласизми? Айнан шу нуқтада билим билан тажриба ўртасидаги фарқ янада яққол кўринади. Билим оммалашди. Илгари фақат мутахассислар биладиган маълумотлар бугун барча учун очиқ. Онлайн курслар, илмий платформалар ва сунъий интеллект туфайли назарий билимга етишиш анча осонлашди. Шунинг учун бозорда "ким кўпроқ билади?" деган саволнинг аҳамияти пасаймоқда. Лекин тажриба ҳали ҳам кўчириб бўлмайдиган ресурс бўлиб қолмоқда. Чунки тажриба — бу хато қилиш, қарор қабул қилиш, масъулиятни зиммага олиш ва ноаниқ вазиятларда тўғри йўл топиш қобилиятидир. Сунъий интеллект миллионлаб мисолларни таҳлил қилиши мумкин, аммо ташкилотингизда кеча содир бўлган муаммонинг ички сабабини жамоангиздан яхши билмайди. Шунинг учун бугун ташкилотлар энг аввало диплом эмас, ишончли инсонларни қидирмоқда. Чунки билимни ўргатиш мумкин, аммо ҳалолликни, масъулиятни ва ташкилот қадриятларига садоқатни қисқа муддатда шакллантириш жуда қийин. Кўплаб халқаро тадқиқотлар ҳам шу фикрни қўллаб-қувватлайди. Жамоадаги ўзаро ишонч юқори бўлган ташкилотларда қарорлар тезроқ қабул қилинади, мувофиқлаштириш харажатлари камаяди, инновациялар тезроқ жорий этилади ва ходимлар алмашинуви пасаяди. Демак, ишонч фақат ахлоқий тушунча эмас, балки иқтисодий ресурс ҳамдир. Яна бир муҳим жиҳат бор. Сунъий интеллект вазифаларнинг маълум қисмини автоматлаштириши мумкин, аммо жамоа ичидаги муносабатлар, лидерлик, масъулиятни бўлишиш, инқироз пайтида одамларни бир мақсад атрофида бирлаштириш каби вазифалар ҳануз инсон зиммасида қолмоқда. Бу ерда эса алгоритм эмас, характер ҳал қилувчи омилга айланади. Шу сабабли келажакда энг кучли рақобат билим учун эмас, балки ишончли ва тажрибали кадрлар учун бўлади. Технологияни ҳамма сотиб олиши мумкин. Сунъий интеллектдан ҳамма фойдаланиши мумкин. Аммо бир-бирига ишонадиган, умумий қадриятларга эга ва масъулиятни бўлишадиган жамоани қисқа вақтда шакллантириб бўлмайди. Бугунги раҳбарнинг асосий капитали энди офис ёки ускуна эмас. Унинг энг катта капитали — мураккаб вазиятда ҳам елкадош бўладиган, қадриятлари бир хил ва синовдан ўтган инсонлар жамоасидир. Сунъий интеллект даври бизга муҳим бир ҳақиқатни яна бир бор эслатди: маълумотнинг баҳоси тушиши мумкин, аммо инсоннинг ишонч қозонган тажрибаси ва обрўси ҳеч қачон арзонлашмайди. #кадрлар_масаласи 🎓 @Magistr_Hub
314
13
Matematika bo‘yicha qayerda himoya qilish mumkin? Ko‘plab yosh matematiklar: “O‘z ixtisosligim bo‘yicha qaysi ilmiy kengashda himoya qilsam bo‘ladi?” deb so‘rashadi. Avvalgi postimizda 01.00.00 — Fizika-matematika fanlari ixtisoslik shifrlari haqida ma’lumot bergan edik. Endi 01.01.00 — Matematika yo‘nalishidagi ilmiy kengashlarni ko‘rib chiqamiz. Bugungi kunda matematika ixtisosliklari bo‘yicha 6 ta ilmiy kengash faoliyat yuritadi: 🔹 O‘zbekiston Milliy universiteti — 2 ta kengash 🔹 Matematika instituti — 1 ta 🔹 Samarqand davlat universiteti — 1 ta 🔹 Urganch davlat universiteti — 1 ta 🔹 Farg‘ona davlat universiteti — 1 ta Eng ko‘p imkoniyat 01.01.02 — Differensial tenglamalar va matematik fizika ixtisosligida — ushbu shifr bo‘yicha 5 ta kengashda himoya qilish mumkin. Ayni paytda 01.01.06 — Algebra bo‘yicha faqat Matematika institutida, 01.01.03 — Hisoblash matematikasi va diskret matematika hamda 01.01.04 — Geometriya va topologiya bo‘yicha esa O‘zbekiston Milliy universitetida tegishli kengash mavjud. 🎓 @Magistr_Hub
294
14
⚡Editorga maqolangizni “sotmang”, mosligini ko‘rsating Cover letter’da “Our paper is very important and highly innovative” deyishdan ko‘ra, maqola jurnal auditoriyasiga nima berishini 2–3 jumlada aniq tushuntirish kuchliroq ishlaydi. Editorning asosiy savoli oddiy: “Nega aynan bizning jurnal?” Shu savolga yaxshi javob bera olgan maqola birinchi bosqichdayoq ancha professional ko‘rinadi. 🎓 @Magistr_Hub
305
15
🎓 Magistraturaga kirishdan oldin shu 5 ta savolga javob bering Magistraturaga hujjat topshirishdan oldin o’zingizdan quyidagi savollarni so’rang: ✅ Bu diplom menga nima beradi? ✅ Ilmiy faoliyatni davom ettirmoqchimanmi? ✅ Qaysi sohada mutaxassis bo’lishni xohlayman? ✅ Chet el grantlariga tayyormanmi? ✅ Ikki yildan keyin o’zimni qayerda ko’raman? Magistratura — shunchaki diplom emas. U kelajakdagi ilmiy va kasbiy faoliyatingizning poydevoridir. #Magistratura #Qabul2026 @Magistr_Hub
365
16
🚀 PhDga yo‘l magistraturadan boshlanadi PhD qilish niyati bor magistr uchun magistratura — shunchaki oraliq bosqich emas. Bu keyingi ilmiy yo‘lning poydevori. Agar mavzu bugun to‘g‘ri tanlansa, ertaga uni doktorlik mavzusiga aylantirish mumkin. Agar maqolalar bir yo‘nalishda yozilsa, ilmiy portfel tartibli ko‘rinadi. Agar Google Scholar profili hozirdan yuritilsa, ilmiy iz shakllanadi. Eng yaxshi holat shuki, magistratura tugaganda sizda faqat diplom emas, balki mavzu yo‘nalishi, 1-2 ta maqola, manbalar bazasi, metodologik tajriba va keyingi tadqiqot rejasi bo‘ladi. PhDga hujjat tayyorlaganda “nimadan boshlayman?” deb emas, “nimalarim tayyor?” deb qarash kerak. #Magistr_Hub #PhD #IlmiyFaoliyat 🎓 @Magistr_Hub
380
17
⁉️ Nomdor stipendiyalar soni 13 ta Ularning yo‘nalishlar kesimidagi ro‘yxati: ➖ pedagogika yo‘nalishida — Abdulla Avloniy; ➖ tarix va geografiya yo‘nalishlarida – Bobur; ➖ texnika yo‘nalishlarida – Beruniy; ➖ tibbiyot yo‘nalishlarida – Ibn Sino; ➖ gumanitar yo‘nalishlarda – Navoiy; ➖ tasviriy va amaliy san’at hamda dizayn yo‘nalishlarida – Kamoliddin Behzod; ➖ tabiiy yo‘nalishlarda – Ulug‘bek; ➖ kinematografiya yo‘nalishida – Xudoybergan Devonov; ➖ jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishlarida – Pahlavon Mahmud; ➖ O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida – Imom al-Buxoriy; ➖ Qoraqalpog‘istondagi oliygohlarda – To‘lepbergen Qaipbergenov va Ibroyim Yusupov; ➖ barcha yo‘nalishlarda – Islom Karimov nomli davlat stipendiyalar 🎓 @Magistr_Hub
333
18
#Magistr_Hub #ilmiy_maqola 🎓 Magistrlar uchun muhim tavsiya Magistratura faqat diplom olish bosqichi emas. Bu — kelajakdagi
#Magistr_Hub #ilmiy_maqola 🎓 Magistrlar uchun muhim tavsiya Magistratura faqat diplom olish bosqichi emas. Bu — kelajakdagi ilmiy faoliyat, doktorantura va akademik reputatsiya uchun tayyorgarlik davri. Shuning uchun maqola chiqarishni oxirgi kursga qoldirmang. Hozirdanoq ishonchli xalqaro ilmiy-ma’lumotlar bazalarida maqolalar e’lon qilishga harakat qiling. Chunki sifatli ilmiy maqola — magistr uchun eng muhim bosqichlardan biri. 🎓 @Magistr_Hub
312
19
#suragan_edingiz Javob quyidagicha: 🔍 Dissertatsiya matni plagiat tekshiruvlaridan muvaffaqiyatli o‘tishi uchun uning origin
#suragan_edingiz Javob quyidagicha: 🔍 Dissertatsiya matni plagiat tekshiruvlaridan muvaffaqiyatli o‘tishi uchun uning original (ya’ni o‘xshashlik darajasi) kamida 70–75% bo‘lishi kerak. Bu degani: maksimal 25–30% gacha o‘xshashlik darajasiga ruxsat beriladi (asosan iqtiboslar, terminlar, standart jumlalar hisobiga). 🤖 Sun’iy intellektdan foydalanish darajasi esa aniq foiz bilan belgilanmaydi, ammo Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) va ko‘pchilik ilmiy jurnallar AI yordamida yaratilgan matn yoki tasvirlarning manbasini ochiq ko‘rsatishni va ularni yordamchi vosita sifatida ishlatishni tavsiya qiladi. Asosiy tahlil, fikr yuritish, ilmiy xulosa — tadqiqotchining o‘ziga tegishli bo‘lishi kerak. 📌 Xulosa: • Original matn: kamida 70% (ideal — 75–80%) • Sun’iy intellekt: faqat yordamchi vosita sifatida, ochiq ko‘rsatish sharti bilan foydalaniladi. ✅Yanada batafsil: @ILM_NUR_2020 🔗
285
20
234 072 nafar abituriyent testda 56,7 ball ham to‘play olmadi DTMSTAT AI bazasi tahliliga ko‘ra, joriy yil test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlarning 37,6 foizi (234 072 nafar) oliy ta’limga kirish uchun belgilangan eng kam 56,7 ballni ham to‘play olmagan. ✅ Agar siz 56,7 balldan yuqori natija qayd etgan bo‘lsangiz, tanlovda ishtirok etish imkoniyatiga egasiz. Lekin ballning o‘zi yetarli emas. Eng muhim bosqich — to‘g‘ri yo‘nalish tanlash. 📊 Natijangizni tahlil qiling: • fanlar guruhidagi o‘rningizni biling; • raqobat darajasini baholang; • o‘tgan yillardagi o‘tish ballari bilan solishtiring; • shundan keyingina yo‘nalish tanlang. 🎓 @Magistr_Hub
277