Magistr Hub
Kanalga Telegram’da o‘tish
Ko'proq ko'rsatish
Mamlakat belgilanmaganToif belgilanmagan
366
Obunachilar
-124 soatlar
+27 kun
+4330 kun
Postlar arxiv
365
#Magistr_Hub
#ilmiy_maqola
🎓 Magistrlar uchun muhim tavsiya
Magistratura faqat diplom olish bosqichi emas. Bu — kelajakdagi ilmiy faoliyat, doktorantura va akademik reputatsiya uchun tayyorgarlik davri.
Shuning uchun maqola chiqarishni oxirgi kursga qoldirmang. Hozirdanoq ishonchli xalqaro ilmiy-ma’lumotlar bazalarida maqolalar e’lon qilishga harakat qiling.Chunki sifatli ilmiy maqola — magistr uchun eng muhim bosqichlardan biri. 🎓 @Magistr_Hub
365
Repost from Doktorantlar va ilmiy izlanuvchilar | PhD, DSc
#suragan_edingiz
Javob quyidagicha:
🔍 Dissertatsiya matni plagiat tekshiruvlaridan muvaffaqiyatli o‘tishi uchun uning original (ya’ni o‘xshashlik darajasi) kamida 70–75% bo‘lishi kerak. Bu degani: maksimal 25–30% gacha o‘xshashlik darajasiga ruxsat beriladi (asosan iqtiboslar, terminlar, standart jumlalar hisobiga).
🤖 Sun’iy intellektdan foydalanish darajasi esa aniq foiz bilan belgilanmaydi, ammo Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) va ko‘pchilik ilmiy jurnallar AI yordamida yaratilgan matn yoki tasvirlarning manbasini ochiq ko‘rsatishni va ularni yordamchi vosita sifatida ishlatishni tavsiya qiladi. Asosiy tahlil, fikr yuritish, ilmiy xulosa — tadqiqotchining o‘ziga tegishli bo‘lishi kerak.📌 Xulosa:
• Original matn:
kamida 70%
(ideal — 75–80%) • Sun’iy intellekt:
faqat yordamchi vosita sifatida, ochiq ko‘rsatish sharti bilan
foydalaniladi.✅Yanada batafsil: @ILM_NUR_2020 🔗
365
234 072 nafar abituriyent testda 56,7 ball ham to‘play olmadi
DTMSTAT AI bazasi tahliliga ko‘ra, joriy yil test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlarning 37,6 foizi (234 072 nafar) oliy ta’limga kirish uchun belgilangan eng kam 56,7 ballni ham to‘play olmagan.
✅ Agar siz 56,7 balldan yuqori natija qayd etgan bo‘lsangiz, tanlovda ishtirok etish imkoniyatiga egasiz.Lekin ballning o‘zi yetarli emas. Eng muhim bosqich — to‘g‘ri yo‘nalish tanlash. 📊 Natijangizni tahlil qiling: • fanlar guruhidagi o‘rningizni biling; • raqobat darajasini baholang; • o‘tgan yillardagi o‘tish ballari bilan solishtiring; • shundan keyingina yo‘nalish tanlang. 🎓 @Magistr_Hub
365
#Magistr_Hub
⁉️Magistraturani tugatgan o‘qituvchilarga attestatsiyasiz 1-toifa berilishi kutilmoqda
Yangi o‘quv yilidan boshlab magistraturani tamomlagan pedagoglarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri 1-malaka toifasi berilishi belgilanyapti.
Shuningdek: ✅ bakalavr bosqichini imtiyozli diplom bilan tugatib, maktabda ish boshlagan pedagoglarga — 2-malaka toifasi; ✅ magistr darajasiga ega pedagoglarga — 1-malaka toifasi berilishi nazarda tutilmoqda.Bundan tashqari, o‘qituvchilar uchun davlat xizmatlari to‘lovi 2 baravarga kamaytirilishi aytilmoqda. 📢 Pedagoglarga attestatsiyasiz malaka toifasi berish tartibi - Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi qaroriga ko‘ra, ayrim holatlarda pedagog kadrlarga malaka toifasi attestatsiyasiz beriladi. Jumladan, maktabgacha ta’lim tashkilotlari jismoniy tarbiya yo‘riqchilari yoki ta’lim muassasalarining jismoniy tarbiya o‘qituvchilari tayyorlagan tarbiyalanuvchi yoki o‘quvchi sport musobaqalarida sovrinli o‘rin olsa:
🏅 1-o‘rin — oliy toifa 🥈 2-o‘rin — birinchi toifa 🥉 3-o‘rin — ikkinchi toifaShu tartib jismoniy tarbiya fan olimpiadasi, “Besh tashabbus olimpiadasi” hamda uch bosqichli Respublika sport musobaqalarida sovrindor tayyorlagan pedagoglarga ham tatbiq etiladi. Bundan tashqari, IMO, IPhO, IChO, IBO va IOI kabi nufuzli xalqaro fan olimpiadalarida medal olgan o‘quvchini tayyorlagan pedagoglarga oliy malaka toifasi beriladi. 🎓 @Magistr_Hub
365
#Qabul2026 #MagistraturaTurdosh
⚡️ MAGISTRATURAga qabul boʻyicha turdosh oliy taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan 2026/2027-o‘quv yilida davlat oliy taʼlim tashkilotlari magistraturasiga qabul boʻyicha turdosh oliy taʼlim yoʻnalishlarining roʻyxati tasdiqlandi.
Siz mazkur roʻyxatdan qaysi bakalavriat taʼlim yoʻnalishi davlat oliy taʼlim muassasalari MAGISTRATURASIga qabul boʻyicha turdosh ekanligini bilib olishingiz mumkin.
🎓@Magistr_Hub
365
#Video
#Sertifikatni_yangilash
#Milliy_sertifikat
Shaxsiy kabinentga o'ting. Bu joyda Sertifikatlar va yutuqlar qismiga o'ting, Chet tili sertifikati bosqichni tanlab o'ng taraf teparoqdagi 🔄 Milliy sertifikat (CEFR) tugamani bosib yangilab oling va arizalarim bo'limiga qaytsangiz milliy sertifikatingiz avtomatik tarzda yuklangan bo'ladi !🎓@Magistr_Hub
365
#Magistratura
⚡️Magistratura mutaxassisliklariga hujat topshirayotganda diplom va ilovani my.edu.uz saytiga kiritolmayotgan bo'lsangiz ushbu videoqo'llanma sizga yordam beradi
@Magistr_Hub
365
📚 Magistraturadan keyin nima qilish kerak?
Ko’pchilik magistraturani tugatgach ikkilanib qoladi.
3 ta asosiy yo’l mavjud: 🔹 PhDga kirish; 🔹 Ish faoliyatini boshlash; 🔹 Xorijda o’qishni davom ettirish.To’g’ri tanlov sizning maqsadingizga bog’liq. Boshqalarga emas, o’zingizning rejangizga qarab qaror qabul qiling. #PhD #MagistrHub @Magistr_Hub
365
👨🏫 Ilmiy rahbar bilan qanday ishlash kerak?
Ilmiy rahbar yo‘l ko‘rsatadi. Ishni esa siz qilasiz.
Har uchrashuvga:
✔️ tayyor material bilan boring;
✔️ savollarni oldindan yozib chiqing;
✔️ tavsiyalarni qayd qilib boring;
✔️ keyingi uchrashuvgacha barcha vazifalarni bajaring.
Rahbarning vaqtini qadrlagan tadqiqotchi tezroq natijaga erishadi.
📌 Samarali hamkorlik — muvaffaqiyatning yarmi.
#IlmiyRahbar
@Magistr_Hub
365
🎓 GPA nega muhim?
Ko‘pchilik GPA (o‘rtacha baho) faqat stipendiya olish uchun kerak deb o‘ylaydi. Aslida esa u sizning akademik “vizit kartangiz” hisoblanadi.
Yuqori GPA sizga:
• PhD va doktoranturaga kirishda;
• xorijiy grant va stipendiyalarda;
• almashinuv dasturlarida;
• nufuzli ish o‘rinlariga hujjat topshirishda ustunlik beradi.
Har bir fan bo‘yicha olgan bahoyingiz kelajakdagi imkoniyatlaringizga ta’sir qiladi. Shuning uchun “bir fan-ku” deb befarq bo‘lmang.
📌 Bugungi baho — ertangi imkoniyat.
#GPA #Magistratura
@Magistr_Hub
365
📄 Jurnal tanlashda adashmang!
Maqola yozish qiyin. Ammo uni noto‘g‘ri jurnalga yuborish undan ham katta xato.
Maqolangizni yuborishdan oldin quyidagilarni tekshiring:
✅ Jurnal Scopus yoki Web of Science bazasidami? ✅ Rasmiy veb-sayti bormi? ✅ ISSN raqami mavjudmi? ✅ Tahrir hay’ati ochiq ko‘rsatilganmi? ✅ “3 kunda maqolangiz chiqadi” kabi va’dalar bermayaptimi?Predatory (soxta) jurnallarda chop etilgan maqola ko‘pincha ilmiy faoliyatingizga foyda bermaydi. 📌 Avval jurnalni tanlang, keyin maqolani yuboring. #Scopus #Research @Magistr_Hub
365
📚 Ilmiy adabiyotlarni qayerdan izlash mumkin?
Google Scholar juda foydali platforma. Ammo u yagona manba emas.
Quyidagi bepul platformalardan ham foydalaning:
• OpenAlex • DOAJ • CORE • Semantic Scholar • ERIC • BASE • Springer OpenBir nechta manbadan foydalanish sizga ko‘proq sifatli maqolalarni topishga yordam beradi. 📌 Kuchli tadqiqot — kuchli adabiyotlar tahlilidan boshlanadi. #Research #LiteratureReview @Magistr_Hub
365
⏰ Vaqtni boshqara olmagan magistrant ilmiy ishni ham boshqara olmaydi
Magistratura davrida:
📚 dars;
💼 ish;
📝 dissertatsiya;
👨👩👧👦 shaxsiy hayot.
Bularning barchasiga ulgurish mumkin. Buning siri — rejalashtirish.
Har kuni atigi 2 soat ilmiy ishga ajratsangiz, bir yil oxirida yuzlab sahifalik sifatli ish tayyor bo‘ladi.
📌 Katta natijalar muntazam mehnatdan boshlanadi.
#TimeManagement
@Magistr_Hub
365
💻 Har bir magistrant bilishi kerak bo‘lgan bepul dasturlar
Quyidagi vositalar ilmiy faoliyatingizni ancha yengillashtiradi: 📖 Zotero — adabiyotlarni boshqarish. 📖 Mendeley — manbalarni tartiblash. ✍️ Grammarly — inglizcha matnni tekshirish. 🗂 Notion — reja va vazifalarni yuritish. 📄 Overleaf — LaTeX hujjatlari. 🎨 Canva — professional taqdimotlar. 🤖 ChatGPT — g‘oyalarni rivojlantirish va tahrir. 📌 To‘g‘ri vosita vaqtni ham, kuchni ham tejaydi.#AcademicTools @Magistr_Hub
365
🌍 Xalqaro konferensiyalarda qatnashish nega muhim?
Ko‘pchilik konferensiyani faqat sertifikat olish deb tushunadi.
Aslida esa u sizga:
✅ yangi ilmiy hamkorlar;
✅ tajriba almashish;
✅ xalqaro tanishuvlar;
✅ kelajakdagi qo‘shma loyihalar;
✅ ilmiy obro‘ orttirish imkoniyatini beradi.
📌 Har bir konferensiya — yangi eshik.
#Conference #Research
@Magistr_Hub
365
🎤 Dissertatsiya himoyasida eng ko‘p beriladigan savollar
Komissiya odatda quyidagilarni so‘raydi:
• Nima uchun aynan shu mavzuni tanladingiz?
• Ilmiy yangilik nimada?
• Tadqiqotning amaliy ahamiyati qanday?
• Qanday metodlardan foydalandingiz?
• Tadqiqotning cheklovlari bormi?
Bu savollarga oldindan tayyorlansangiz, himoyada o‘zingizni ancha ishonchli his qilasiz.
📌 Himoyaga tayyorgarlik dissertatsiya yozish bilan bir vaqtda boshlanishi kerak.
#Dissertatsiya
@Magistr_Hub
365
⚠️ Plagiat faqat nusxa ko‘chirish emas
Quyidagilar ham akademik halollikni buzadi:
❌ manbani ko‘rsatmaslik; ❌ boshqa muallif fikrini o‘zingizniki sifatida yozish; ❌ o‘z maqolangizni qayta ishlatish (self-plagiarism); ❌ AI yaratgan matnni tekshirmasdan topshirish.Ilm-fanda eng qimmat narsa — ishonch. 📌 Akademik halollikni saqlash har bir tadqiqotchining burchidir. #AcademicIntegrity @Magistr_Hub
365
⚡️Magistratura qabuli bo‘yicha yangi imkoniyat
Endilikda stat.edu.uz platformasi orqali magistratura mutaxassisliklari kesimida nechta ariza topshirilgani haqidagi ma'lumotlarni onlayn kuzatish mumkin.📌 Ushbu ma'lumotlar magistratura yo‘nalishini tanlashda va qabul jarayonini tahlil qilishda qulaylik yaratadi. 🎓@Magistr_Hub
365
💼 Ilmiy portfolio yaratishni bugundan boshlang
Ko‘pchilik portfolio kerak bo‘lganda uni yig‘ishni boshlaydi. Bu esa vaqt yo‘qotishga olib keladi.
Bitta papkada saqlang: 📄 diplomlar; 📜 sertifikatlar; 📚 ilmiy maqolalar; 🏅 grant va tanlov natijalari; 🎤 konferensiya sertifikatlari; 📝 tavsiyanomalar.Bir kun kelib sizdan “Portfolioingizni yuboring” deyishadi. O‘shanda uni bir necha daqiqada yubora olishingiz kerak. 📌 Tartibli tadqiqotchi har doim bir qadam oldinda bo‘ladi. #Portfolio #Career @Magistr_Hub
